ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
49
2181-3187
MAKTABLARDA INKLYUZIV TA’LIMNI TASHKIL ETISH
MASALALARI
Yusufjonova Xonzodabegim Davlatbek qizi
ADCHTI , 105-guruh talabasi
Yaqubjonova Ro‘zixon Mirkomil qizi
ADCHTI, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
TEL.:+99899-321-80-11
E-mail:
xonzodabegimyusufjonova8@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada inklyuziv ta’limga hamda uni maktab tizimida
tashkil etishga qaratilgan masalalarga bag‘ishlanadi . Barcha o‘quvchilar o‘z
imkoniyatlariga ko‘ra ta’lim olishlari mumkin.
Kalit so‘zlar.
Inklyuziv ta’lim , ta’lim tizimi , jamiyat
Абстракт.
Данная статья посвящена инклюзивному образованию и
проблемам, связанным с его организацией в системе школу. Все студенты
должны иметь возможность получать образование в соответствии со своими
способностями
.
Ключевые
слова:
инклюзивное
образование,
система
образования,общество.
Abstract.
This article is dedicated to inclusive education and the issues related
to its implementation in the school. All students should have the opportunity to learn
according to their abilities
.
Keywords: inclusive education, education system,society.
Inklyuziv ta’lim – bu hamma bolalarning bir xil maktab va bir xil sharoitda
ta’lim olishini anglatadi . Ya’ni imkoniyati cheklangan bola sog‘lom bolalar bilan bir
xil e’tiborda o‘qiy olishi kerak .O‘zbekistonda oilaviy sharoitidan qat’iy nazar barcha
bolalar umumta’lim maktablariga qatnaydi .Barchamizga ma’lumki, bu mustaqil
davlatimiz tomonidan kafolatlangan .Shuni ta’kidlash joizki, respublikamizda
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
50
2181-3187
imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan 86 ta maktabda 22
mingdan ortiq, sanatoriy turdagi maktab-internatlarda 6 mingdan ortiq o‘quvchi, uy
sharoitida esa 13 mingdan ortiq o‘quvchi ta’lim oladi. Hozirda O‘zbekistonda 3
mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin o‘quvchilar
inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan. 2025-yilgacha 40% imkoniyati cheklangan
bolalar inklyuziv ta’limga jalb etilishi rejalashtirilmoqda.
Inklyuziv ta’lim jarayonida alohida ta’lim ehtiyojiga ega boʻlgan
oʻquvchilar
sogʻlom bolalar bilan birga bir maktabda, sinfda oʻqitiladi. Imkoniyati
cheklangan bolalar maktabga qadam qoʻygan kunlaridan boshlab alohida
qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻladilar. Bunday qoʻllab-quvvatlash ularning
butun
hayotlari davomida zarur hisoblanadi.
Inklyuziv talim barcha o‘quvchilarning
ta’lim olishi uchun samarali yo‘l deb o‘ylayman . Bu tizim o‘quvchilar bir-birlari bilan
sog‘lom munosabatda bo‘lishida , tengdoshlarini hurmat qilib , psixika va sog‘lik
jihatdan orqada qolayotgan bolalar bilan sog‘lom bolalar kabi munosabatda bo‘lishida
muhim ahamiyat kasb etadi.
Inklyuziv ta’lim jismoniy va psixik imkoniyatlari cheklangan oʻquvchilarni
sogʻlom oʻquvchilar bilan birgalikda oʻqitishni anglatadi. Inklyuziv ta’lim bir qator
muhim tamoyillarga tayanilgan holda amalga oshiriladi. Jumladan,
1.
Inson qadri uning layoqatlari va yutuqlariga bogʻliq emasligi prinsipi
2.
Har bir shaxsning his qilish va oʻylash layoqatiga egaligi prinsipi;
3.
Har bir shaxsning muloqot qilish va tinglash huquqiga egaligi prinsipi;
4.
Har bir oʻquvchining oʻz tengdoshlarining qoʻllab-quvvatlovi va doʻstona
munosabatlariga ehtiyojmandligi prinsipi kabilar.
O‘zbekiston miqyosida inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari:
1.
“Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g’risida”gi Qonun (1991-yil)
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
51
2181-3187
2.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992-yil)
3.
“Ta’lim to‘g’risidagi”Qonun (2020-yil)
4.
“Ta’lim hamma uchun”Milliy dastur rejasi (2003-yil)
5.
“Imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlar uchun inklyuziv ta’lim
muvaqqat Nizomi” (2005-yil)
6.
“Ijtimoiy himoya yili”Davlat dasturi (2007-yil)
7.
“Bola
huquqlarining
kafolatlari
to‘g’risida”gi
O‘zbekiston
Respublikasining qonuni(2008-yil) .
O‘zbekiston Respublikasi “Talim to‘g’risida”gi qonunning 4-moddasida ta’lim
sohasidagi asosiy prinsiplar sifatida ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi
hamda ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi,qonunning 9-
moddasida esa “Jismoniy,aqliy,sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan
bolalar,shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassalarida,umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim
tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi”deb
ko‘rsatib o‘tilgani inklyuziv ta’limning naqadar muhim ekanligini bilish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi qaroriga
muvofiq “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiya berish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qonuni ishlab chiqilgan. 2020-
2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish,alohida ta’lim
ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularga ko‘rsatiladigan
ta’lim xizmatlari sifati bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi;
- alohida ta’limga muhtoj bolalar o‘qiydigan ta’lim muassalari binolariga
qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
- inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish,ta’lim muassalarini maxsus asbob-uskunalar
bilan (yuk ko‘tarish moslamalari,panduslar,panjara va boshqalar),shuningdek , tegishli
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
52
2181-3187
xodimlar bilan ta’minlash (maxsus o‘qituvchilar,bolalarni psixologik-pedagogik
nazorat qilish bo‘yicha mutaxasislar);
- alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’limiy muhiti yaxlitligi
mustahkamlanadi,ularning
jamiyatga
integratsiyasi
uchun
zarur
sharoitlar
ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv
ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish
tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini
yaxshilash maqsadida:
2020 — 2022-yillar davomida:
a)
inklyuziv ta’lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtiriladi;
b)
inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlanadi, qayta
tayyorlanadi va malakasi oshiriladi;
c)
inklyuziv ta’lim joriy etilgan muassasalarning moddiy-texnika bazasi
mustahkamlanadi, ular maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich
va boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish
uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi;
d)
inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
va innovatsion loyihalar joriy etiladi;
e)
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv
o‘qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o‘rtasida ijobiy
ijtimoiy muhit shakllantiriladi;
f)
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga salbiy muomalada
bo‘lishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
53
2181-3187
g)
inklyuziv ta’lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta’lim muassasalarining
faoliyatiga joriy qilinadi.
2023 — 2025-yillar davomida:
a) inklyuziv ta’lim tizimi bosqichma-bosqich boshqa umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida joriy qilinadi;
b)alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish huquqini
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytganda , ushbu ta’lim tizimi jamiyatimizga juda ham keraklidir .
Ya’ni bu nogironligi bo‘lgan bolalarni insonlar orasida qadr-qiymat topishida muhim
rol o‘ynaydi . Shuni ta’kidlash joizki, har bir inson jamiyatda o‘z o‘rni topishga haqli .
Zero,konstitutsiyamizda ko‘rsatib qo‘ yilganidek , Yangi O‘zbekistonda har kim dini ,
irqi , ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar teng huquqlidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
lex.uz sayti
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni
3.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi qaroriga
muvofiq “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiya berish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qonuni
4.
O‘zbekiston Respublikasi “Talim to‘g’risida”gi qonuni