ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
54
2181-3187
CHET TILLARINI O‘QITISHGA QARATILGAN IMKONIYATLAR
XUSUSIDA
Yusufjonova Xonzodabegim Davlatbek qiz
i
Andijon davlat chet tillari instituti
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabasi
tel: +998 99 321 80 11
Annotatsiya :
Mazkur tezisda Yangi O‘zbekistonda xorijiy tillarga hamda
ularning adabiyotiga ochilgan keng islohotlar va ularning natijasi to‘g‘risida so‘z
boradi. Shu jumladan, mamlakatimizda ushbu yo‘nalishga qaratilgan samarali ishlar
haqida fikr-mulohazalar va qarashlar aks etgan.
Kalit so‘zlar
: Yangi O‘zbekiston, ilm-fan, farmon, qaror, imkoniyat, davlat,
tashkilot, siyosat, adabiyot.
Ma’lumki, mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida, har tomonlama
barkamol, raqobatbardosh kadr, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqbolini o‘z
zimmasiga olishga qodir va ma’suliyatli, bir so‘z bilan aytganda , komil inson holida
tarbiyalash hali hamon jiddiy masala bo’lib qolmoqda. Ularning intellektual va ijodiy
salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun poydevor yaratishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Dunyo aholisining 20 foizini yoshlar tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa bu
ko‘rsatkich 60 foizdan oshadi. Yoshlar xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligi. Ular
uchun barcha yetarli shart-sharoitlar yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati
samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
to‘g`risida” gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Qaror ijrosini
ta’minlash maqsadida talabi va ehtiyojlaridan kelib chiqib, yurtimizda yoshlar
muammosiga alohida e’tibor qaratildi, ularning manfaatlarini taminlash uchun keng
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
55
2181-3187
imkoniyatlar yaratishga kirishildi, ya’ni bevosita yoshlar masalalariga ma’sul davlat va
jamoat tashkilotlaridan vakillar tayinlanib, bu borada keng islohatlar qilindi.
Shuni takidlash joizki, hozirgi kunda xorijiy til va uning adabiyotiga bo‘lgan
e’tibor yanada kuchaymoqda. Sozimning isboti sifatida shuni ayta olamanki, Andijon
davlat chet tillari institutida chet tillari(rus, ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy, arab
tillari va boshqalar)ga berilgan imkoniyatlar talaygina. Shuningdek, Xitoydan
mutaxassis sifatida Chang Mi, Amerikadan Emily Chem, Koreyadan Sejong
akademiyasi mutaxassislari Joo Youngho va Byun Kwangsuk taklif qilingan va o‘z
faoliyatlarini intitutimizda olib bormoqda. Institut talaba yoshlari xorijiy davlatlarga
tashrif buyurib ilmiy-amaliy konferensiyalarda bepul ishtirok etish huquqiga ega va
shu bilan birga xorijiy va qo‘shni oliy ta’lim muassasalariga borib mobil almashinuv
doirasi tizimli amalga oshirilmoqda.
Yangi O‘zbekistonda yoshlar zamon talabidan kelib chiqib takomillashtirishda
Prezident Shavkat Miramonovich Mirziyoyev tashabbuslarini alohida e’tirof etish
zarur. Davlatimiz rahbarining yoshlar kamolotiga qaratayotgan doimiy e’tibori,
ayniqsa, ta’lim islohotlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu islohotlar yoshlarning davlat
va qonunlarga ishonchini kuchaytirmoqda.
Bugungi globallashuv davri har birimizdan zamon bilan hamnafas odimlashni
talab etadi. Demak, bugun qaysi sohada qaramaylik, albatta, ona tilimiz bilan birga, bir
nechta xorijiy tillarni bilishimiz kerak. Boisi til bilgan kishi dunyoni kezadi, do‘st
orttiradi, hamkorlar topadi. Dunyo xalqlarining madaniyatidan, tarixidan xabardor
bo‘ladi. Shu sababli, nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda chet tillarni o‘rganishga
qiziqish kundan-kunga ortmoqda. Inson qachonki xorijiy tillarni va ularning
adabiyotini mukammal bilsa, bir nechta tillarda muloqot qila olsa, to‘g‘ri kasb-hunar
tanlasa, o‘ylaymanki, hayoti va turmushi ham mazmunli o‘tadi. O‘zbekistonda
yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, turli yo‘nalishlarda yetuk mutaxassislarni tayyorlashda
xorij tillarini chuqurlashtirib o‘rgatishga muhim vazifa sifatida qaralayotgani sababi
ham shunda.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
56
2181-3187
Bu siyosatning zamirida yurt kelajagi va ravnaqi uchun xizmat qiluvchi, dunyo
bozorida raqobatbardosh, talab katta, bilimdon, har tomonlama yetuk kadrlar
tayyorlash, o‘g‘il-qizlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit
yaratish, ilmli qilish, dunyodagi tengdoshlari bilan raqobatlasha oladigan avlodni
voyaga yetkazish maqsadi mujassam.
Xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan har qanday inson nafaqat o‘z faoliyatiga
yangiliklar olib kiradi, vazifalarni sifatli bajaradi, ilg‘or g‘oyalar bilan chiqadi, balki
xizmat pog‘onalaridan ko‘tarilish, ya’ni sodda qilib aytganda “karyera” qilish uchun
mustahkam intellektual zamin tayyorlaydi. Eng muhimi, xorijiy tillarni yaxshi bilgan
inson qayerda bo‘lmasin o‘z ishini topadi, o‘zgalarning yordamiga muhtoj bo‘lmaydi.
Shuning o‘ziyoq globallashuv davrida til bilish naqadar muhim ekanligidan dalolat
beradi.
Mashhur siyosatchi Nelson Mandela aytganidek, “Agar siz bir odam bilan u
tushunadigan tilda gaplashsangiz, uning ongiga kirib borasiz. Agar siz u bilan uning
ona tilida so‘zlashsangiz, uning yuragiga kirib borasiz”. Shu sababli chet tilida ham
ona tilidek chiroyli so‘zlash, xushmuomala bo‘lish yoshlarga faqat va faqat yangi
imkoniyatlar eshigini ochadi.
Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda, internet saytlarida xorijda mehnat
faoliyatini olib borayotgan yoshlarimizning til bilmasligi, qo‘lida yaxshi hunari
yo‘qligi sababli turli qiyinchiliklarga, muammolarga duch kelayotgani haqida ko‘p
eshityapmiz. Bu har birimizni o‘ylantiradi, mushohadaga chorlaydi. Bundan shunday
xulosa qilish mumkinki, ushbu masalada hali muammolar bor.
Shuni ham ta’kidlash joizki, yurtboshimiz raisligida 2024-yil 2-aprel kuni
o‘tkazilgan yig‘ilishda ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tashkil etishda yangicha tizim
yaratilishi bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Unga ko‘ra, 27 ta professional ta’lim
muassasasida yangi o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Unda xorijda ishlash istagi bo‘lgan
fuqarolar bir yilgacha muddatda to‘lov-kontrakt asosida tayyorlanadi hamda ularni
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
57
2181-3187
chet tiliga o‘qitishda xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlik qilinadi. Kasbiy
malakasi yo‘q, tilni bilmaydigan fuqarolarni esa kasbga o‘qitish va profta’lim
muassasalarida maqsadli tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Yana bir quvonarlisi shundaki, ilm yo‘lini tanlagan iqtidorli yoshlarimizni
qo‘llab-quvvatlash maqsadida magistratura va doktorantura bosqichlari uchun
Prezident stipendiyasi kvotasi ikki barobar oshirildi.
Keling yoshlar, bu imkoniyatlardan unumli foydalanib raqobatbardosh
kadr sifatida yurtimiz bayrog`ini ko‘klarga ko‘taraylik.
Ishonchim komilki, bunday imkoniyat va imtiyozlar ertamizning munosib
davomchilari etib tayyorlashda yorqin istiqbollarni ochadi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, vaqtni bekorga sarflamasdan
imtiyozlardan foydalanib, nafaqat yurtboshimiz balki ota-onamizning ishonchini
oqlashimiz zarur. Zero yoshlar – yutning kelajagi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
“O‘zbekiston Republikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan
isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish to‘g`risida” gi PF – 6017 son qarori.
– T.:2020