Авторы

  • Yusufjonova Xonzodabegim Davlatbek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.109459

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Tilshunoslik maqola dissertatsiya sotsiologiya dialektologiya sotsiolingvistika til jamoasi. Ключевые слова: Лингвистика диссертатция Социология диалектология социолингвистика лингвистическая команда. Keywords: Linguistics article dissertation sociology dialectology sociolinguistics language team.

Аннотация

     Annotatsiya: Ushbu tezisda yurtimizda sotsiolingvistika sohasiga doir olib borilayotgan turli xil amaliyotlar va ushbu sohaning barcha masalalari tog‘risida so‘z boradi. Shuningdek , tarmoqning sohalari va kelib chiqishi haqida keng mulohazalar misollar bilan birga keltiriladi.

      Аннотация: В данной диссертации рассказывается о различных практиках, проводимых в нашей социолингвистики, и обо всех вопросах этой области. Кроме того, обширный размышления о областях и происхождении сети сопровождаются примерами.

    Abstract: This thesis discusses various practices of sociolinguistics in the country and all problems relate to this field. Extensive reflections on the network’s industries and origin are also provided , accompanied by examles.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

321

2181-3187

SOTSIOLINGVISTIKANING UMUMIY MASALALARI

Andijon davlat chet tillari institute

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabasi

Yusufjonova Xonzodabegim Davlatbek qizi

e-mail:

xonzodabegimyusufjonova8@gmail.com

tel: +998993218011

Annotatsiya

: Ushbu tezisda yurtimizda sotsiolingvistika sohasiga doir olib

borilayotgan turli xil amaliyotlar va ushbu sohaning barcha masalalari tog‘risida so‘z

boradi. Shuningdek , tarmoqning sohalari va kelib chiqishi haqida keng mulohazalar

misollar bilan birga keltiriladi

.

Kalit so‘zlar

: Tilshunoslik, maqola, dissertatsiya , sotsiologiya, dialektologiya,

sotsiolingvistika, til jamoasi.

Аннотация:

В данной диссертации рассказывается о различных практиках,

проводимых в нашей социолингвистики, и обо всех вопросах этой области.

Кроме того, обширный размышления о областях и происхождении сети

сопровождаются примерами.

Ключевые слова:

Лингвистика, диссертатция, Социология, диалектология,

социолингвистика , лингвистическая команда.

Abstract:

This thesis discusses various practices of sociolinguistics in the country

and all problems relate to this field. Extensive reflections

on the network’s industries

and origin are also provided , accompanied by examles.

Keywords: Linguistics , article, dissertation , sociology , dialectology,

sociolinguistics, language team.

Sotsiolingvistika - til ilmining makrolingvistika, sodda qilib aytganda , tashqi

tilshunoslik deb

ataluvchi keng tarmoqli sohalari tarkibiga kiruvchi yo'nalishlardan biri

hisoblanadi. Sotsiolingvistika – tilning ichki qurilishini o‘rganuvchi lingvistika va


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

322

2181-3187

jamiyatshunoslik fanlari orasida paydo bo‘lgan yangi fanlardan biridir. Shuning uchun

ham ushbu fan til qurilishining ijtimoiy tomonini o‘rganadigan fan sifatida qaraladi.

Bugungi kunga qadar , o‘zbek tilshunosligida sotsialogiya sohaga katta e’tibor

qaratilmagan bo‘lsa-da , ushbu sohaga doir maqola , tezis , qo‘llanmalar va broshyura

kabi ishlar yo‘q emas . Masalan, G‘. Abdurahmonov va F. Abdullayev kabi

professorlarning sotsiolingvistika masalalariga oid yozilgan maqolalari mavjud.

Nazarimda, yangi kirib kelagan va hali ko‘p insonlarning e’tiborini jalb qilib olmagan

mavzularni ko‘rib chiqib u haqida yangi ma’lumotlar topish foydadan xoli emas.

Chunki , biz e’tiborga olmagan har bor sohaning zamirida katta bir manfaatli axborot

yotgan bo‘lishi mumkin. Masalan , ushbu soha so‘zlarning tuzilishini o‘rgatsa , aynan

biz bilmagan boshqa soha qandaydir bir yangi metod ya’ni bilim olishni va eslab

qolishni o‘rgatishi mumkin. Shuning uchun har doim yangilik sari harakat qilishimiz

darkor.

Yuqorida ta’kidlaganimdek, sotsiolingvistika – tilshunoslikning kam o'rganilgan

alohida tarmog‘i hisoblanadi. Bu tarmoq fanda hozircha o'z mustaqil o'rniga ega

bo'lmagan boshqa bir qator yo'nalishlar bilan bog’lanadi. Shulardan biri sinergetika va

uning tilshunoslikka aloqador lingvosinergetika

yo'nalishidir.

Sotsiolingvistikaning lingvistik tarmoq sifatida shakllanishiga keladigan bo‘lsak,

ushbu sohaga yondashuv 1970-yillardan boshlandi. Ammo ushbu davrlarda dunyoning

ko‘plab davlatlarida sotsiolingvistika masalalariga doir ilmiy- amaliy anjumanlar

o‘tkazilayotgan edi. Yuqorida ta’kidlanganidek sotsiolingvistika tilshunoslikning eng

yosh tarmog‘i. Ushbu tarmoqni nomlovchi atama o'tgan asrning ikkinchi yarmida

vujudga keldi. Kayfiyotchisi esa amerikalik X.Karri edi.

O.S.Axmanovaning "lingvistik atamalar lug’ati"da ("Slovar lingvisticheskix

terminov". –M., 1969) tilshunoslikdagi bu yosh tarmoq

"Sotsiologik lingvistika

"va

"Sotsiolingvistika"

atamalari bilan nomlanib, ikki xil talqin etilgan, chunonchi:

1) tilshunoslikning til bilan jamiyat va uning hayotida sodir bo'luvchi qonuniy

o'zgarishlar aloqasini o'rganuvchi tarmog’i;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

323

2181-3187

2) tilshunoslikning tilning hududiy shakllarini, ya'ni tillarning ijtimoiy farqlanishini

o'rganuvchi tarmog’i

1

.

Ushbu ma’lumotga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning notog‘riekanligini

anglashimiz qiyin emas . Chunki ,tilning hududiy va shevalardagi shakllari

tilshunoslikning dialektologiyaga bo‘limiga qarashli. To‘g‘ri biz aytishimiz mumkin

har bir tilshunoslik sohasi bir bir-biriga uzviy bog‘liq , ammo to‘la-to‘kis lahja va

shevalarni o‘rganadigan fan sotsiologiya emas balki dialektologiya. Bundan ko‘rinib

turibdi-ki , ushbu sohada o‘rganadigan yangiliklarimiz talaygina. Shu tufayli,

nazdimda, sotsiologiya fanini chaqaloq fan desak ham bo‘laveradi.

Asosiy masala va tushunchalarga keladigan bo‘lsak ,sotsiolingvistika sohasiga

dahldor tushunchalardan biri bu til jamoasi hisoblanadi. Til jamoasi - ma’lum bir tilda

so‘zlashuvchi , unga egalik qiluvchi omma hisoblanadi. Har narsaning ikkiy tarafi bor

bo‘lganidek, ushbu atamaning ham keng va tor doiralari mavjud. Keng doirasi bu turli

xil hududiy guruhlarni , aniqroq qilib aytganda, bir xil sheva va lahjalarlarda

gaplashuvchilar , kasb egalari va ilm sohasi sohiblari tushuniladi. Tor doirada esa

ma’lim bir davlatni qamrab oladi.

Sotsiolingvistikaning asosiy tarmoqlari haqida gap ketganda birinchi bo‘lib

umumiy va xususiy sotsiolingvistika onggimizga keladi .

Umumiy sotsiolingvistika – o‘zining nomidan ham ma’lumki , ushbu fanning

umumiy masalalarini tahlil qiladi va o‘rganadi.

Xususiy sotsiolingvistika esa ko‘p millatli mamlakatlarda amal qilivchi tillarga

aytiladi . Misol uchun, sobiq Sho‘rolar davlati.

Demak, xususiy Sotsiolingvistika ham sertarmoq bo'lib, uning har bir tarmog’i

alohida-alohida o'rganilishi davr talabidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

A.Berdaliyev.M.Turdibekov . Sotsiologiya .

“Nodirabegim” nashriyoti 2022.

2.

https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/10/15/NamDU-ARM-13442-
Sotsiolingvistika.pdf

1

A.Berdaliyev.M.Turdibekov . Sotsiologiya .

“Nodirabegim” nashriyoti 2022

. 17-b