Авторы

  • Soatova Rayxona Sadriddin qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121111

Ключевые слова:

Refleksiya mahorat pedagog faoliyat tajriba o‘quv jarayoni.

Аннотация

 Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning refleksiv 
ko‘nikmalarini shakllantirish orqali pedagogik mahoratini rivojlantirishning nazariy 
asoslari va amaliy yo‘nalishlari tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari refleksiya pedagogik 
kompetensiyani shakllantirishda muhim omil ekanini ko‘rsatadi. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

23

2181-

3187

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MAHORATINI

OSHIRISH JARAYONIDA REFLEKSIV KO‘NIKMALARNI

RIVOJLANTIRISH

Soatova Rayxona Sadriddin qizi

Termiz davlat pedagogika instituti

Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti

Pedagogika yo‘nalishi talabasi

rayhonasoatova@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning refleksiv

ko‘nikmalarini shakllantirish orqali pedagogik mahoratini rivojlantirishning nazariy

asoslari va amaliy yo‘nalishlari tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari refleksiya pedagogik

kompetensiyani shakllantirishda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar:

Refleksiya, mahorat, pedagog, faoliyat, tajriba, o‘quv jarayoni.

Annotation:

This article analyzes the theoretical foundations and practical

directions of developing pedagogical skills in future teachers through the formation of

reflective competencies. The results of the study demonstrate that reflection is a key

factor in shaping pedagogical competence.

Keywords:

Reflection, skill, pedagogue, activity, experience, educational

process.

Аннотация:

В статье анализируются теоретические основы и практические

направления развития педагогического мастерства будущих учителей

посредством формирования рефлексивных умений. Результаты исследования

показывают, что рефлексия является важным фактором в формировании

педагогической компетентности.

Ключевые слова:

Рефлексия, мастерство, педагог, деятельность, опыт,

учебный процесс.

Bugungi o‘zgaruvchan, raqamli texnologiyalar bilan boyitilgan ijtimoiy muhitda

o‘qituvchi faqat bilim beruvchi emas, balki o‘quvchining shaxsini rivojlantiruvchi,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

24

2181-

3187

unga yo‘l ko‘rsatuvchi murabbiy sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu borada O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847 sonli farmoni bilan

tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha

rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”

1

pedagogdan o‘z kasbini chuqur

anglashni, doimiy izlanishni, o‘z faoliyatini tahlil qilish va takomillashtirish

qobiliyatiga ega bo‘lishini talab etadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, refleksiya –

o‘qituvchining professionallik darajasini aniqlovchi indikatorlardan biri sifatida e’tirof

etiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–

60-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da ta’lim sifatini oshirish, innovatsion

yondashuvlarni joriy qilish, pedagogik malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish alohida

strategik yo‘nalish sifatida qayd etilgani bu mavzuning dolzarbligini yanada oshiradi.

2

Shu boisdan, bo‘lajak o‘qituvchilarda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni

pedagogik amaliyotga tayyorlashda mazkur jihatni nazariy va amaliy nuqtai nazardan

chuqur tadqiq etish ayni kunning eng dolzarb ilmiy-pedagogik vazifalaridan biridir.

Refleksiya (lot. “reflexio” – orqaga qaytish) – har tomonlama barkamol

rivojlangan insonning o‘z xatti - harakatlari va ularning qonuniyatlami anglashga

qaratilgan nazariy faoliyat shaklidir; inson ma’naviy dunyosining o‘ziga xos yashirin

hislatlarini ochib beradigan o‘z-o‘zini bilishga va anglashga qaratilgan faoliyatdir.

3

Pedagogik refleksiya — bu o‘qituvchining o‘z kasbiy faoliyatini anglash,

baholash, tahlil qilish va uni takomillashtirishga yo‘naltirilgan ongli intellektual

faoliyatidir. U shaxsiy tajriba asosida o‘z-o‘zini anglash, o‘zining kasbiy harakatlarini

nazorat qilish va takroriy tahlil qilish orqali ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda

muhim vosita hisoblanadi. Refleksiya bo‘lajak o‘qituvchiga o‘z faoliyatini tanqidiy

ko‘z bilan ko‘rishga, o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashishga, o‘zining bilim,

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha

rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yildagi 8-oktabrdagi PF-5847 farmoni.

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning

taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-sonli farmoni.

3

Filosofskaya ensiklopediya. - M : Sovetskaya ensiklopediya 1967

.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

25

2181-

3187

ko‘nikma va munosabatlarini zamon talablari asosida yangilab borishga imkon

yaratadi. Ayniqsa, zamonaviy pedagogik jarayonda refleksiya bo‘lajak o‘qituvchining

kasbiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi ichki motivator sifatida namoyon bo‘ladi. Bu

jarayon nafaqat o‘quvchilarning rivojlanishiga, balki o‘qituvchining pedagogik

pozitsiyasi, kasbiy madaniyati va metodik yondashuvlarining boyishiga ham xizmat

qiladi. Refleksiv fikrlovchi pedagog har bir o‘quv vaziyatini tahlil qilish, uni

takomillashtirish va eng maqbul yechimlarni topish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu

sababli pedagogik refleksiya nafaqat kasbiy zarurat, balki o‘qituvchining uzluksiz

kasbiy o‘sishining ajralmas tarkibiy qismi sifatida qaraladi.

Refleksiv salohiyatni rivojlantirishda samarali tashkiliy-pedagogik sharoitlar

muhim rol o‘ynaydi. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi: ta’lim jarayonining interaktiv

usullar asosida tashkil etilishi, mustaqil tahliliy faoliyatga yo‘naltirilgan topshiriqlar

tizimi, o‘z-o‘zini baholash va kuzatish mexanizmlarining joriy etilishi, mentorlik

(murabbiylik) faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi va o‘zaro baholash usullarining

muntazam qo‘llanilishi. Shuningdek, ta’lim muassasalarida kasbiy rivojlanish bo‘yicha

tashkil etilgan malaka oshirish kurslari, seminar-treninglar, ustoz-shogird an’analari,

portfoliolar yuritish amaliyoti refleksiyani chuqurlashtirishda muhim tashkiliy omillar

sanaladi. Refleksiv yondashuv samaradorligini ta’minlovchi omillardan yana biri —

bu akademik erkinlikdir. Bularning barchasi refleksiv kompetensiyani shakllantirishda

murakkab, lekin zaruriy tashkiliy-pedagogik asos bo‘lib xizmat qiladi.

N.V.Kuzminaning fikricha, refleksiyaning “mazmuni, sherigining ichki

dunyosini о‘zaro hamkorlik asosida subyektiv qayta yaratishdan iborat bo‘lgan

individlar bir - birlarini ko‘zgudagi kabi aks ettirishi, о‘zaro aks ettirishning о‘ziga xos

ikki tomonlamalik jarayoni, qolaversa, bu ichki dunyoda, о‘z navbatida, birinchi

tadqiqotchining ichki dunyosi aks etishidir”.

4

Refleksiv muloqot shundaki, u bir tomonlama axborot uzatish emas, balki fikr

almashinuvi, tushunchalar to‘qnashuvi va talqinlar uyg‘unligidan iborat dinamik

4

A.Xoliqov. Pedagogik mahorat. – Toshkent.: 2011.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

26

2181-

3187

jarayondir. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘z mavqeini “men bilaman – sen o‘rganasan”

nuqtai nazaridan emas, balki “keling, birgalikda anglaylik, baholaylik” yondashuvida

tashkil etishi lozim.

Buyuk Britaniya va Kanada ta’lim tizimlarida ham refleksiv yondashuv ustuvor

tamoyil sifatida qaraladi. Bu mamlakatlarda bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlash

dasturlarida talabalarning shaxsiy portfoliolari, amaliy tajriba kundaliklari,

professional rivojlanish rejalari orqali refleksiya ko‘nikmalari shakllantiriladi. Shu

orqali pedagogik jarayon subyektlari o‘z faoliyatini chuqur tahlil qilish, baholash va

takomillashtirishga o‘rgatiladi. Ayni vaqtda G‘arb ta’lim tizimlarida refleksiya

o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasining ajralmas qismi sifatida qaraladi. Pedagogik

jarayondagi refleksiv yondashuv nafaqat o‘qituvchining shaxsiy o‘sishini ta’minlaydi,

balki o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil qilish va o‘z-o‘zini baholash

kabi ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Xorijiy davlatlar tajribasining

o‘zbek ta’lim tizimiga moslashtirilishi, avvalo, pedagogik tafakkurning milliy

xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Bu borada refleksiv

kompetensiyani rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish, kasbiy

refleksiya madaniyatini shakllantirish va mentorlikni kuchaytirish muhim ahamiyat

kasb etadi. Bu yo‘nalishlar orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda puxta, ijtimoiy mas’uliyatli

va doimiy o‘zgaruvchan muhitga moslasha oladigan refleksiv tafakkur shakllantiriladi.

Xulosa qilib aytganda, bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini

oshirishda refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirish — bu nafaqat kasbiy tayyorgarlikning

ajralmas tarkibiy qismi, balki ular uchun hayot davomida o‘qituvchilik san’atini

mukammallashtirishga xizmat qiluvchi strategik kompetensiyadir. Shu bois, oliy

pedagogik ta’lim muassasalari ushbu ko‘nikmalarni tizimli, bosqichma-bosqich va

metodik asoslangan holda rivojlantirishga e’tibor qaratmog‘i zarur. Kelajakda ushbu

yo‘nalishdagi izlanishlar o‘qituvchilik kasbining yanada innovatsion va refleksiv

xususiyatga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

27

2181-

3187

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF–

60-sonli farmoni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim

tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-

yildagi 8-oktabrdagi PF-5847 farmoni.

3.

B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – Т.: Sano-

standart, 2017.

4.

A.Xoliqov. Pedagogik mahorat. – Toshkent.: 2011.

5.

Sovremennaya filosofiya. Slovar i xrestomatiya. - Rostov - don. Femks. 1996. -

67 b.

6.

Селевко Г.К. Педагогические технологии авторских школ. - М.: НИИ

школьных технологий, 2005. - 192 с.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF

-sonli farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim

tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019

yildagi 8-oktabrdagi PF-5847 farmoni.

B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – Т.: Sano

standart, 2017.

A.Xoliqov. Pedagogik mahorat. – Toshkent.: 2011.

b.

Sovremennaya filosofiya. Slovar i xrestomatiya. - Rostov - don. Femks. 1996. -

Селевко Г.К. Педагогические технологии авторских школ. - М.: НИИ

школьных технологий, 2005. - 192 с.