ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
28
2181-
3187
YOSHLAR TASHABBUSLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA
ULARGA KO‘MAKLASHISH
Soatova Rayxona Sadriddin qizi
Termiz davlat pedagogika instituti
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti
Pedagogika yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash,
ularning g‘oya va loyihalarini ro‘yobga chiqarishda ko‘mak berishning ijtimoiy
ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, tizimli yondashuvlar va amaliy tavsiyalar orqali
yoshlar faolligini oshirish zarurligi asoslanadi.
Kalit so‘zlar:
Yoshlar, tashabbus, qo‘llab-quvvatlash, ko‘mak, loyihalar, ijtimoiy
faollik, davlat dasturlari
Annotation:
This article highlights the social significance of supporting youth
initiatives and assisting them in implementing their ideas and projects. It emphasizes
the need for a systematic approach and offers practical recommendations for increasing
youth engagement.
Keywords:
Youth, initiative, support, assistance, projects, social activity,
government programs
Аннотация:
В статье раскрывается социальная значимость поддержки
молодежных инициатив и оказания помощи в реализации их идей и проектов.
Обоснована необходимость системного подхода и представлены практические
рекомендации по повышению активности молодежи.
Ключевые слова:
Молодежь, инициатива, поддержка, помощь, проекты,
социальная активность, государственные программы
Mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli,
salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga bugungi kunda ham
oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning barcha huquq
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
29
2181-
3187
va erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar
zamon bilan hamnafas takomillashib bormoqda. Shu bois ham, yoshlar barcha
davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida eʼtirof etib kelingan. Sharq Uygʻonish
davrida ham, jadidlar faoliyatida ham, jamiyatning yangilanishida yoshlarning oʻrni
beqiyos boʻlgan. Shu jihatdan muntazam shakllanib boruvchi bu qatlamni doimiy
yoʻnaltirib va qoʻllab-quvvatlab turishni talab etadi. Bu esa davlat tomonidan
yoshlarning mamlakat manfaatlari yoʻlida erkin ijtimoiylashuvi va oʻzini samarali
namoyon etishi uchun maqbul sharoit va imkoniyat yaratish hamda yoshlarni qoʻllab-
quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi yoshlarga oid davlat siyosatini anglatadi.
Shu bois, mamlakatimizda eng katta eʼtibor mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor,
shijoatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan boʻlib, bu vazifa Oʻzbekiston
Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni
1
, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son,
2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-5106-son,
2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5313-son farmonlari,
shuningdek, koʻplab qaror va yoshlarga oid boshqa qonun hujjatlarida belgilangan.
Ayniqsa, bu borada “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston
Respublikasi qonunining qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama qoʻllab-
quvvatlashning huquqiy mexanizmlarini yaratish sohasidagi yangilik boʻldi desak,
mubolagʻa boʻlmaydi. Maʼlumki, mazkur qonun 4 bob, 33 moddadan iborat boʻlib,
davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan
shakllantirish, ularning intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatlarini kamol toptirish
1
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi
O‘RQ-406 qarori
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
30
2181-
3187
uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan. Unda belgilangan normalar yoshlar
huquq va erkinliklarini taʼminlangan.
Shuningdek, qonunda yoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning
qoʻshimcha chora-tadbirlari, iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni, yoshlar tadbirkorligini
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, yoshlar ijtimoiy xizmatiga oid normalar oʻz
aksini topgan. Jumladan, Oʻzbekistonda buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy
nomidagi Yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi muvaffaqiyatli oʻtkazilgan, uning
mantiqiy davomi sifatida fizika boʻyicha Ahmad Fargʻoniy, kimyo fani boʻyicha Abu
Rayhon Beruniy, biologiya boʻyicha Abu Ali ibn Sino, astronomiya boʻyicha Mirzo
Ulugʻbek nomlaridagi xalqaro fan olimpiadalari tashkil etilishi, iqtidor va isteʼdodli
yoshlarni qoʻllab quvvatlashning yaqqol namunasidir.
Amalda bugun ijod, prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablarning
faoliyati, oltin, kumush medal joriy etilgani, fan olimpiadasi gʻoliblari, Zulfiya, “Mard
oʻgʻlon”, “Kelajak bunyodkori” kabi davlat mukofotlarini joriy etilganining tub
maqsadi, qonunning hayotiyligi va ijrosini taʼminlashdir. Qonunning ahamiyatli
tomoni yana shundaki, unda yoshlarning tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari uchun
sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illatlar taʼsiridan himoya qilish,
huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etish maqsadida
“Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshida
“Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi tuzilib, yoshlar biznes tashabbuslarini, startap,
gʻoya va loyihalarini amalga oshirishlari uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz
miqdorida imtiyozli kreditlar va lizing xizmatlari koʻrsatish hamda dastur doirasida
ajratilayotgan kreditlar miqdorining 50 foizidan oshmagan miqdorda kafilliklar berish
kabi imtiyozlarni amalga oshirdi.
Har bir ota-ona, har bir xonadon, har bir mahalla, umuman olganda, butun jamiyat
bugungi kunda yoshlar taʼlim-tarbiyasini eng asosiy vazifa sifatida bilib, yoshlarni
xalqimizga yot va yangi avlod ongi uchun zararli boʻlgan salbiy taʼsirlardan himoya
qilishi, millat va davlat taraqqiyotini dunyo hamjamiyatiga koʻrsatishga qodir boʻlgan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
31
2181-
3187
yosh avlodni tarbiyalashi, ularning orzu-maqsadlari, tashabbuslarini qo‘llab-
quvvatlashi zarurdir.
Buyuk nemis faylasufi Gyote shunday degan: “Garchi butun dunyo olg‘a harakat
qilayotgan bo‘lsa ham, yoshlar bu jarayonni har safar yangidan boshlashi kerak”. BMT
doirasida va ushbu tashkilotdan tashqarida ham yoshlar huquqlarini ta'minlash
masalasi tobora ko‘proq muhokama markazida bo‘lib kelmoqda va global rivojlanish
davrida ushbu masalada bir necha qadam oldinga tashlash taqozo etilmoqda. Yoshlar
– keng ma'noda, yosh xususiyatlari va ular bilan bog'liq asosiy faoliyatlar asosida
shakllanadigan guruh jamoalarining keng majmui. Torroq sotsiologik ma’noda yoshlar
ijtimoiy-demografik guruh bo‘lib, yoshlarning ijtimoiy mavqeining yoshga bog‘liq
xususiyatlari, jamiyatning ijtimoiy tuzilishidagi o‘rni va vazifalari, o‘ziga xos manfaat
va qadriyatlari asosida ajralib turadi.
Nemis sotsiologi Karl Mangeymning taʼriflashicha, yoshlar tez o‘zgaruvchi,
yangi holatga ko‘nikish kerak bo‘lganida oldingi qatorda turuvchi rezervdir. Dinamik
jamiyat ertami kechmi ularni (anʼanaviy jamiyatda safarbar etilmaydigan, integratsiya
qilinmaydigan, aksincha bostirib yuboriladigan zaxiralarni) faollashtiradi va
tashkillashtiradi. N.I.Usinina o‘zining “Yoshlar tushunchasi mohiyatining tasnifi”
maqolasida quyidagi taʼriflarni keltirgan. Yoshlar asosan o‘rta maxsus va oliy
maʼlumot olish faoliyatini olib boruvchi, ijtimoiy hayotga tayyorlanuvchi va qadam
qo‘yuvchi odamlardir”.
2
Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash – jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotida muhim omil hisoblanadi. Ularning g‘oya va loyihalariga ko‘mak berish
orqali nafaqat yosh avlodning o‘ziga ishonchi, balki ularning ijtimoiy faolligi ham
ortadi. Davlat va jamoat institutlari tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta’lim,
grant va innovatsion dasturlar – yoshlar salohiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishga
xizmat qilishi lozim. Ushbu maqolada ilgari surilgan g‘oya va tavsiyalar yoshlarni
qo‘llab-quvvatlashda tizimli yondashuv zarurligini ta’kidlaydi.
2
Тесленко А. Н. Юногогика интегративное направление научно-педагогического осмысления
феномена молодежи // Вестник АПН Казахстана.2016. № 5. С. 19-28.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
32
2181-
3187
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni
ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish
tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
3907 qarori
2.
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat
siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406 qarori
3.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,
yangi bosqichga ko‘taramiz (1-jild). – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 592b.
4.
Тесленко А. Н. Юногогика интегративное направление научно-
педагогического осмысления феномена молодежи // Вестник АПН Казахстана.
2016.№ 5. С. 19-28.
5.
Farsaxonova D.R. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini ma’naviy-
axloqiy tarbiyalash metodikasi // Ta’lim, fan va innovatsiya. 2019, – №1.
7. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan “Yoshlar bandligida oʻzini oʻzi
boshqarish organlarining roli: Yevropa va Markaziy Osiyodagi misollar”.