Авторы

  • Hamroyeva Shaxnoza Ziyomiddinovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124416

Ключевые слова:

professional position reflection self-awareness professional development professional identity Dutch RIASEC model and self-efficacy.

Аннотация

This text analyzes the professional development process of a psychologist from the perspective of various theoretical studies, practical experience and personal reflection. Reflection, trust and self-awareness are considered as the main components of professional growth in psychological activity. For all, young specialists, each experience of work is considered important, strengthening the professional “I” model. Qualifications, training and seminars not only update national knowledge, but 
also deeply build reflexive and ethical competencies. The dynamic nature of the professional position based on the principles of Super, John Holland and Bandura and its coordination with personal characteristics are emphasized. Local scientists interpret 
the professional position as a harmonious complex of personal, professional and social management. In general, the text justifies the implementation of the professional position of a psychologist through self-awareness, continuous learning, skills and 
interaction with the social environment.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

44

2181-

3187

REFLEKSIYA VA KASBIY O‘SISH

Hamroyeva Shaxnoza Ziyomiddinovna

Farg’ona davlat universiteti

magistratura talabasi

Abstract:

This text analyzes the professional development process of a

psychologist from the perspective of various theoretical studies, practical experience

and personal reflection. Reflection, trust and self-awareness are considered as the main

components of professional growth in psychological activity. For all, young specialists,

each experience of work is considered important, strengthening the professional “I”

model. Qualifications, training and seminars not only update national knowledge, but

also deeply build reflexive and ethical competencies. The dynamic nature of the

professional position based on the principles of Super, John Holland and Bandura and

its coordination with personal characteristics are emphasized. Local scientists interpret

the professional position as a harmonious complex of personal, professional and social

management. In general, the text justifies the implementation of the professional

position of a psychologist through self-awareness, continuous learning, skills and

interaction with the social environment.

Keywords:

professional position, reflection, self-awareness, professional

development, professional identity, Dutch RIASEC model, and self-efficacy.

Annotatsiya:

Mazkur matnda psixologning kasbiy pozitsiyasi shakllanishi va

rivojlanishi jarayoni turli nazariy yondashuvlar, amaliy tajriba va shaxsiy refleksiya

nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Psixologik faoliyatda refleksiya, ishonch va o‘zini

anglash kabi omillar kasbiy o‘sishning asosiy komponentlari sifatida ko‘rsatilgan.

Ayniqsa, yosh mutaxassislar uchun har bir muvaffaqiyatli ish holati kasbiy “men”

modelini mustahkamlovchi muhim bosqich sifatida baholanadi. Malaka oshirish,

trening va seminarlar nafaqat bilimlarni yangilaydi, balki refleksiv va etik

kompetensiyalarni chuqurlashtiradi. Shuningdek, Donald Super, John Holland va


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

45

2181-

3187

Albert Bandura nazariyalari asosida kasbiy pozitsiyaning dinamik tabiati va uni

shaxsiy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish zarurligi asoslab berilgan. Mahalliy

olimlarning yondashuvlari esa kasbiy pozitsiyani shaxsiy, professional va ijtimoiy

jihatlarning uyg‘unlashgan majmuasi sifatida talqin qiladi. Umuman olganda, matn

psixolog kasbiy pozitsiyasining shakllanishi o‘zini anglash, doimiy o‘rganish, malaka

oshirish va ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’sir orqali amalga oshishini asoslaydi.

Kalit so‘zlar: k

asbiy pozitsiya, refleksiya, o‘zini anglash, malaka oshirish, kasbiy

identitet, holland RIASEC modeli va self-efficacy.

Har bir muvaffaqiyatli ish holati psixolog uchun nafaqat amaliy natija, balki

reflektiv o‘zgarish imkonidir. Refleksiya jarayoni orqali mutaxassis o‘zining muloqot

strategiyasi, hissiy javoblari va uslublarini baholaydi. Bu psixologik o‘zini anglashni

chuqurlashtiradi, o‘z uslubiga, qadriyatlariga va professional pozitsiyasiga bo‘lgan

ishonchni oshiradi (Schon, 1983).

Samarali ish tajribasi ayniqsa yosh mutaxassislar uchun muhim. Chunki ular

o‘zlarining kasbiy rolini hali shakllantirayotgan bo‘lishadi. Har bir muvaffaqiyatli

holat kasbiy barqarorlikni yaratadi, har bir ijobiy fikr yoki mulohaza ularning kasbiy

“o‘zlik modeli”ni mustahkamlaydi.

Mijozlar bilan ishlash tajribasi orqali kasbiy pozitsiyaning boyishi

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatli psixologlar o‘z pozitsiyasini

samarali muloqot va ijobiy natijalarga asoslab shakllantiradilar (Hill & Lent, 2006). Bu

tajribalar faqatgina kasbiy bilimga emas, balki shaxsiy fazilatlar — sabr, empatiya,

ehtiyotkorlik va mas’uliyatlilik kabi omillarga ham asoslanadi. Shu sababli ham har bir

mijoz bilan ishlash holati – bu psixolog uchun o‘zini qayta kashf etish, malakasini

chuqurlashtirish va o‘zining ichki kasbiy tamoyillarini sinovdan o‘tkazish imkonidir.

Samarali tajriba nafaqat psixologga ishonch beradi, balki uning psixologik

agentligini (ya'ni, mustaqil, ongli va mas'uliyatli faoliyat subyekti sifatida o‘zini

anglashini) ham kuchaytiradi. Bu jarayon, o‘z navbatida, psixologning ichki


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

46

2181-

3187

pozitsiyasini barqarorlashtiradi va uni kasbda uzoq muddatli muvaffaqiyatga olib

boradi.

Malaka oshirish va kasbiy rivojlanish – psixolog kasbiy pozitsiyasining dinamik

omili

Psixologning kasbiy pozitsiyasi dinamik tizim bo‘lib, u nafaqat bir martalik bilim

va qadriyatlarga, balki doimiy yangilanish va o‘sishga asoslanadi. Bugungi kunda

jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida yangicha

yondashuvlar, psixologik xizmat ko‘rsatishning texnologik va etik me’yorlaridagi

yangiliklar mutaxassisdan kasbiy moslashuvchanlik va doimiy o‘rganishni talab etadi.

Shu nuqtai nazardan qaralganda, malaka oshirish, trening va seminarlar psixologning

kasbiy pozitsiyasini mustahkamlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Hayot davomida o‘qish (lifelong learning) konsepsiyasi va psixolog kasbiy

identiteti

Zamonaviy psixologik amaliyotda lifelong learning – hayot davomida o‘rganish

g‘oyasi yetakchi tamoyillardan biridir. Psixolog o‘z faoliyatida yangi metodlar, ilmiy

yangiliklar, axloqiy me’yorlar va psixodiagnostik vositalarni doimiy o‘rganib borishi

lozim. Bu faqat kasbiy bilimlar doirasini kengaytirish emas, balki shaxsiy va kasbiy

o‘zlikni yangilash, kasbiy “men”ni barqarorlashtirish imkonini ham beradi.

Malaka oshirish kurslari nafaqat yangilikni o‘rganish maydoni, balki refleksiya

va o‘z ustida ishlash uchun imkoniyat yaratadi. Bu jarayon orqali psixolog o‘z

faoliyatini tahlil qiladi, o‘ziga baho beradi, xatolarini ko‘radi va o‘zini rivojlantirish

yo‘llarini belgilaydi.

Trening va seminarlarning kasbiy pozitsiyaga ta’siri

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, trening va seminarlar faqat nazariy bilim emas, balki

praktik ko‘nikma va qadriyatlarni ham mustahkamlaydi. Jumladan:

• Etik dilemmalar bo‘yicha treninglar psixologning axloqiy pozitsiyasini

chuqurlashtiradi;

• Kasalxonada ishlash bo‘yicha seminarlar klinik bilimlarni kengaytiradi;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

47

2181-

3187

• Stressni boshqarish va burnout (kuyish) profilaktikasi bo‘yicha kurslar esa

shaxsiy barqarorlikni oshiradi.

Bu tajribalar psixologga nafaqat kasbiy bilim, balki o‘z ustida ishlash

ko‘nikmasini ham beradi, bu esa uning kasbiy pozitsiyasini shaxsiy tamoyillar bilan

uyg‘unlashgan holda mustahkamlaydi.

Hamkasblar bilan muloqot va kasbiy hamjamiyatlar

Malaka oshirishning yana bir muhim jihati – bu kasbiy muloqot muhiti.

Treninglar va konferensiyalar mutaxassislarga boshqa psixologlar bilan tajriba

almashish, o‘z pozitsiyasini taqqoslash va tahlil qilish imkonini beradi. Bu esa

psixologik refleksiya, o‘z kasbiy e’tiqodlari va qadriyatlarini tekshirish va qayta ko‘rib

chiqishga undaydi.

Xorijiy va mahalliy olimlarning yondashuvlari

Psixolog kasbiy pozitsiyasining shakllanishi va rivojlanishini o‘rganishda Donald

Superning hayotiy yo‘lga asoslangan kasbiy rivojlanish nazariyasi muhim metodologik

asoslardan biri hisoblanadi. Superning yondashuvida kasb tanlash – bu bir martalik akt

emas, balki shaxsning hayoti davomida takrorlanib turuvchi, dinamik va evolyutsion

jarayondir. U kasbni "shaxsiy tajribalarning integratsiyalashgan shakli, hayotiy

voqealar ketma-ketligi" sifatida tavsiflaydi va kasbiy rivojlanishning markaziga “o‘zini

anglash” (self-concept) tushunchasini qo‘yadi .

Psixolog kasbiy pozitsiyasining barqarorligi shaxs o‘zini kim deb bilishi, nima

uchun shu kasbni tanlagani va qanday qadriyatlar asosida ishlashini doimiy qayta tahlil

qilib borishini talab qiladi. Shu sababli, Super nazariyasi asosida kasbiy pozitsiyani

shaxsning hayotiy o‘zini anglash mexanizmlariga bog‘liq holda tahlil qilish mumkin.

U o‘z tadqiqotlarida inson o‘z yo‘lini ongli ravishda tanlashi va unga mos ravishda

kasbiy rolni bajarishi, o‘zini ijtimoiy-psixologik kontekstda amalga oshirishi

zarurligini urg‘ulagan .

Superning konsepsiyasi psixologlar uchun juda muhim, chunki u kasbiy

pozitsiyani shakllantirishda kasbiy refleksiya, hayotiy maqsadlar va qadriyatlar

uyg‘unligini asosiy determinant sifatida ko‘rsatadi. Bu yondashuv orqali psixologlar


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

48

2181-

3187

o‘z kasbiy yo‘lini faqat mahorat bilan emas, balki chuqur shaxsiy motivatsiya va

e’tiqodlar asosida barpo etadi.

Psixolog kasbiy pozitsiyasini o‘rganishda John Hollandning RIASEC modeli

amaliy ahamiyatga ega. U kasb tanlash va kasbiy pozitsiyani shakllantirishda shaxs va

faoliyat muhiti o‘rtasidagi muvofiqlikni muhim mezon sifatida ko‘rsatadi. Holland

nazariyasiga ko‘ra, shaxslar o‘z shaxsiy xususiyatlari va qadriyatlariga mos keluvchi

faoliyat muhitini tanlashga intiladilar. U insonlarni va faoliyat turlarini olti tipga

ajratadi:

R – Realistik (amaliy)

I – Investigativ (tadqiqotchi)

A – Artistic (badiiy)

S – Social (ijtimoiy)

E – Enterprising (tadbirkor)

C – Conventional (konventsional) .

Bu model doirasida har bir shaxs ma’lum darajada bir yoki bir necha tipga mos

keladi va ularning kombinatsiyasi kasbiy orientatsiyani aniqlaydi. Ayniqsa, “ijtimoiy”

(Social) tipi psixolog kasbiy pozitsiyasi bilan bevosita bog‘liq. Bu tipga mansub

shaxslar odatda empatik, kommunikativ, yordam berishga tayyor, o‘rgatuvchan

bo‘lishadi va ular ijtimoiy muhitda ishlashni afzal ko‘radilar .

Psixolog kasbiy pozitsiyasining asosiy elementi – bu inson bilan ishlashga doimiy

ehtiyoj va tayyorgarlikdir. “Ijtimoiy” tipga mos keluvchi psixologlar odatda maslahat

berish, ta’lim, tarbiya, diagnostika va psixokorreksiya faoliyatiga moyil bo‘ladilar.

Ular o‘zlarining kasbiy o‘zliklarini — ya’ni kasbga nisbatan qiziqish, ishonch,

qadriyatlar va xatti-harakatlar yig‘indisini — ijtimoiy yordam, muloqot va qo‘llab-

quvvatlash mezonlari asosida shakllantiradilar.

Holland nazariyasining asosiy tamoyillaridan biri — shaxs va muhit mosligining

yuqoriligi kasbiy qoniqish va samaradorlikni oshiradi, degan g‘oyadir. Psixolog

faoliyat muhiti, ya’ni ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash markazlari yoki maslahat

markazlari, agar ularning qadriyatlari va tamoyillari psixologning ichki e’tiqodlari va


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

49

2181-

3187

intilishlariga mos bo‘lsa, u holda psixologning kasbiy pozitsiyasi ijobiy yo‘nalishda

shakllanadi .

Masalan, ijtimoiy qadriyatlarga asoslangan kasbiy muhitda faoliyat yuritayotgan

psixolog:

o‘zining kasbiy maqsadlarini aniq anglaydi;

mijozlar bilan empatik munosabat o‘rnatadi;

o‘z faoliyatini jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashtiradi;

kasbiy refleksiya va o‘z-o‘zini baholash orqali o‘z pozitsiyasini rivojlantiradi.

Bunday sharoitda psixolog kasbiy o‘zligini mustahkamlab boradi, bu esa kasbiy

pozitsiyaning barqaror shakllanishiga xizmat qiladi. Aksincha, agar muhit va shaxs

o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud bo‘lsa (masalan, biroq bu psixolog individual

muloqotni afzal ko‘rsa-yu, birokratik, normativ va kommunikatsiyasi cheklangan

muhitda ishlasa), u holda kasbiy pozitsiya noaniq, ziddiyatli va beqaror bo‘lishi

mumkin.

Holland modeli bu nuqtai nazardan psixologning shaxsiy tipologiyasi va

professional faoliyat muhiti o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlash orqali kasbiy

pozitsiyani shakllantirishda qo‘llaniladi. Ayniqsa kasbiy tanlov davrida yoki faoliyat

yo‘nalishini o‘zgartirish istagida bo‘lganlar uchun bu yondashuv amaliy ahamiyatga

ega.

Albert Bandura tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy-kognitiv nazariya kasbiy

faoliyat va psixolog kasbiy pozitsiyasi masalalariga muhim nazariy asos bo‘lib xizmat

qiladi. Bandura kasbiy rivojlanish va kasbga oid qarorlarni shaxsning o‘ziga bo‘lgan

ishonchi, ya’ni self-efficacy (o‘z-o‘zini samarador deb bilish) tushunchasi orqali

izohlaydi . Unga ko‘ra, shaxs o‘zining ma’lum bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish

qobiliyatiga ishonsa, ushbu faoliyatga nisbatan ijobiy munosabat shakllanadi va bu

kasbiy intilishlarni kuchaytiradi.

Bandura ijtimoiy-kognitiv modelida shaxsiy o‘zgaruvchanlik (personal agency),

tashqi ijtimoiy tajriba va kognitiv jarayonlar birgalikda harakat qiladi. Shaxs o‘z

faoliyatining natijalariga nisbatan ijobiy tajriba orttirsa, o‘zini yuqori kasbiy


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

50

2181-

3187

samaradorlikka ega mutaxassis deb his qiladi. Bu esa psixologning kasbiy pozitsiyasini

shakllantirishda asosiy rol o‘ynaydi . Masalan, terapiya jarayonida mijozning

salomatligi yaxshilanishi psixologda ijobiy refleksiya va o‘ziga ishonch uyg‘otadi, bu

esa keyingi faoliyatga ongli yondashuvni ta’minlaydi.

Bandura fikricha, psixologning kasbiy pozitsiyasi — bu faqat bilimlar majmui

emas, balki faoliyatga ongli ishtirok, ichki motivatsiya va o‘z-o‘zini baholash

mexanizmlarining uyg‘un tizimidir. Kasbiy pozitsiyaning rivojlanishida shaxsning

o‘zini agent sifatida ko‘rishi — ya’ni o‘z taqdirini faol boshqaruvchi sifatida qabul

qilishi — muhim ahamiyatga ega .

O‘zbekiston olimlari yondashuvi

O‘zbekiston psixologiya fanida ham kasbiy pozitsiya masalasi mustaqil ilmiy

izlanishlar mavzusiga aylangan. S. Raximov, N. Yo‘ldoshev, M. Xolbekova, R.

Yusupov kabi mahalliy olimlar psixolog kasbiy identiteti, kasbiy etikasi va

professional rivojlanish determinantlari masalasini nazariy va amaliy jihatdan chuqur

yoritganlar.

Mahalliy yondashuvlarda kasbiy pozitsiya odatda quyidagi tarkibiy qismlar

asosida izohlanadi:

psixologning kasbiy e’tiqodlari va qadriyatlari (etika, insonparvarlik, xolislik),

ijtimoiy roli va kasbiy maqomi (kasb obro‘si, jamiyatga foydasi),

mehnat faoliyatidagi samaradorlik va javobgarlik,

doimiy o‘z ustida ishlashga tayyorlik (malaka oshirish, innovatsiyalar bilan

ishlash).

Shunday qilib, O‘zbekiston olimlari kasbiy pozitsiyani — bu psixolog shaxsiy

qadriyatlari, professional ko‘nikmalari va ijtimoiy maqomini mujassamlashtiruvchi

murakkab psixologik konstrukt sifatida ko‘radilar. Bu pozitsiya nafaqat kasbiy

faoliyatga nisbatan ongli yondashuv, balki jamiyat oldida mas’uliyatni his qilish, o‘z

shaxsiy rivojlanishini boshqarish bilan ham tavsiflanadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

51

2181-

3187

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Ахмедова,

Г.

К.

(2022).

Психологические

особенности

профессионального самоопределения студентов

. Ташкент: Фан.

2.

Абдуллаева, М. А. (2021).

Ижтимоий психология асослари

.

Самарқанд: СамДУ нашри.

3.

Назарова, З. Х. (2022).

Психологик тадқиқотларда методлар ва

услублар

. Фарғона: ФДУ нашри.

4.

Сайдуллаева, М. М. (2024).

Касбий идентификация психологияси:

назария ва амалий жиҳатлар

. Тошкент: Ziyo Press.

5.

Abdurahmanov, R. (2020).

Pedagogik psixologiya

. Toshkent: O‘zR FA

nashri.

6.

Bandura, A. (2021).

Social cognitive theory: An agentic perspective

. Annual

Review of Psychology, 72, 1–20.

7.

Super, D. E. (2022).

Career development theory: Recent trends

. Journal of

Vocational Behavior, 131, 103–117.

8.

Holland, J. L. (2023).

Making vocational choices: A theory of careers

. New

York: Psychological Press.

Библиографические ссылки

Ахмедова,

Г.

К.

(2022).

Психологические

профессионального самоопределения студентов. Ташкент: Фан.

особенности

Абдуллаева, М. А. (2021). Ижтимоий психология асослари.

Самарқанд: СамДУ нашри.

Назарова, З. Х. (2022). Психологик тадқиқотларда методлар ва

услублар. Фарғона: ФДУ нашри.

Сайдуллаева, М. М. (2024). Касбий идентификация психологияси:

назария ва амалий жиҳатлар. Тошкент: Ziyo Press.

Abdurahmanov, R. (2020). Pedagogik psixologiya. Toshkent: O‘zR FA

nashri.

Bandura, A. (2021). Social cognitive theory: An agentic perspective. Annual

Review of Psychology, 72, 1–20.

Super, D. E. (2022). Career development theory: Recent trends. Journal of

Vocational Behavior, 131, 103–117.

Holland, J. L. (2023). Making vocational choices: A theory of careers. New

York: Psychological Press.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)