ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
152
2181-3187
1
XALQARO XUSUSIY HUQUQNING PREDMETI, MANBALARI VA
SUBYEKTLARI, XALQARO XUSUSIY HUQUQNING TUZILISHI ( TARKIBIY
QISMLARI )
Xursanov Furqat Alisher o’g’li
Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti
“ Yurisprudensiya “ ( faoliyat turlari bo’yicha )
ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi
Nomozov Husan
Ilmiy rahbar: Termiz Davlat Universiteti
Yuridik fakulteti “ Jinoyat huquqi va Fuqarolik
protsessi “ kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya: Xalqaro xususiy huquqning predmeti, manbalari va subyektlarining
keng talqin qilinishi, O’zbekiston Respublikasi va Fransiya davlatining milliy
qonunchiligi va xalqaro huquq normalarining o’ziga xos o’xshash va farqli jihatlari,
xalqaro xususiy qonunchilikdagi muammolar va ularga takliflar.
Kalit so’zlar: Xalqaro xususiy huquq, sud va arbitraj qarori, chet el huquq
normasi, Bustamante kodeksi, xalqaro shartnomalar, xalqaro tovarlar savdosi,
konvensiyalar, umumiy va maxsus qism, pandect tizimi, kollizion normalar, aybsizlik
prezumpsiyasi, oila kodeksi, vasiylik sudyasi, Fuqarolik kodeksi, fuqarolik protsessual
kodeksi, Adliya vazirligi, fuqarolik guvohnomasi, FHDYO.
Xalqaro xususiy huquq fani huquq sohasining eng ko’lamli tarmog’I hisoblanadi.
Bu fan asosan boshqa fanlardan xalqaro huquq sohasida keng qo’llanilishi bilan ajralib
turadi. Xalqaro xususiy huquqning negizini asosan uning predmeti tashkil etadi.
Chunki har bir huquq sohasi birinchi navbatda predmeti bilan boshlanadi. Predmet
xalqaro huquq sohasida normalar bilan ifodalanadigan va tartibga solinadigan ijtimoiy
1
Xalqaro xususiy huquq darslik 2019
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
153
2181-3187
munosabatlardan iboratdir. Ijtimoiy munosabatlar asosan fuqarolik huquq
munosabatlardan iborat bo’lgan oila, yer, mehnat, tadbirkorlik, yuk va yo’lovchi
tashish, vorislik va meros huquqi, oldi-sotdi va ijara , intellektual mulk obyektlari va
boshqa shunga o’xshash munosabatlardan tashkil topgan. Xalqaro xususiy huquq
fanida predmetlar xalqaro huquq normalari va shartnoma, konvensiya, doktrina,
deklaratsiya va boshqa xalqaro huquqiy hujjatlar bilan birgalikda boshqa davlatlarning
ham ichki qonun hujjatlaridan foydalangan holda ham tartibga solib boradi. . Faning
predmeti boshqa huquq fanlari predmetidan yaqqol ajralib turadi, Chunki bu fan chet
ellik yuridik va jismoniy shaxslarning, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning boshqa
davlat firmalari, korxonalari va tijorat tashkilotlari va davlatning o’zini ham chet
elementi bilan murakkablashgan fuqarolik huquqiy munosabatini o’z ichiga oladi va
ularni mulkiy, nomulkiy, munosabatlarini tartibga solidi.
2
Har bir huquq sohasining
manbasi bo;lgani singari xalqaro xususiy huquqning ham o’ziga xos manbalari mavjud.
Manbalar asosan fanga tegishli barcha ma’lumot va axborotlarni, nizolarni qanday hal
qilish uchun qanday qonun hujjatlaridan foydalanish kerakligi, ularni to’plab hisobga
oladigan, muhim huquq normalari yig’indisidan iboratdir. Xalqaro xususiy huquq fani
xalqaro shartnomalar va davlatlar ichki qonun hujjatlaridan foydalanib davlat va
fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solidi. Lekin sud va arbitraj qarorlari
xalqaro huquq hujjatlari va ichki qonun hujjatlariga qaraganda kam qo’llaniladigan
manbasi hisoblanadi.
3
Sud qarorlari asosan boshqa sudlar uchun qilinishi kerak bo’lgan
ko’rsatma hisoblandi. Bu esa faqat sudlar qo’llashi kerak bo’lgan va ularning faqat sud
jarayonida amalga oshirish yo’l-yo’riqlarini o’rgatadi. Chet el huquq normalari bilan
birgalikda davlatlar o’z ichki qonun hujjatlariga tayanib ham ish ko’rishi mumkin.
Masalan, O’zbekiston sudi ishni ko’rib chiqishda nafaqat o’zimizning qonun
hujjatlariga balki chet el davlati qonun normalarini xalqaro huquq me’yorlariga ko’ra
qo’llaydi. Manbalar sifatida ikkita davlat qonunchiligini birxillashtirgan holda norma
ishlab chiqilishi mumkin, Bunga misol tariqasida Bustamante kodeksi muhim
2
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
3
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
154
2181-3187
ahamiyat kasb etadi. Xalqaro xususiy huquq manbalari biryoqlama xarakterga ega
bo’lmaydi. Ular asosan ikkiyoqlama , ya’ni bir tomondan xalqaro soha bo’yicha,
boshqa tomondan esa davlatning o’z ichki huquq normalariga ko’ra qonunlaridan
iborat bo’lishidir. Xalqaro shartnomalar bugungi kunda keng tarqalgan xalqaro xususiy
huquqning manbayi hisoblandi. Bular har xil sohani tartibga solishga qaratilgan.
Masalan, intellektual mulk, oila, vasiylik va meros, oldi-sotdi, shartnomaviy va boshqa
munosabatlar. Xalqaro shartnomalarni tuzishdan maqsad bir davlat fuqarolari huquqini
boshqa davlat hududida huquq va qonuniy manfaatini himoya qilishdir. Hozirgi kunda
O’zbekiston juda ko’p shartnomalarni boshqa davlatlar bilan tuzmoqda va ratifikatsiya
qilmoqda. Masalan, Xalqaro tovarlar savdosida mulk huquqi o’tishiga nisbatan
qo’llaniladigan huquq to’g’risida Gaaga konvensiyasi, Umumjahon madaniy va tabiiy
merosni muhofaza qilish to’g’risida konvensiya, Yuklarni xalqaro yo’llarda tashish
to’g’risida Jeneva konvensiyasi va boshqalar shular jumlasidan.
Xalqaro xususiy huquqda subyektlar muhim rol o’ynaydi, chunki har bir
huquqning subyektlari normalarni amalga oshirishda qatnashadi va ular orqali bu fan
harakatga keladi. Ya’ni tegishli munosabatlar sohasida subyektlar bu normalarning
vujudga kelishi, o’zgarishi va bekor bo’lishida bevosita ishtirok etadi. Subyektlar
sifatida asosan jismoniy va yuridik shaxslar qatnshadi. Subyektlarning huquq layoqati
va muomala layoqati qonunlarda belgilab qo’yilganidek vujudga keladi va bekor
bo’ladi. Ya’ni huquq layoqati fuqaro tug’ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va
uning o’limi bilan bekor bo’ladi.
4
Hozirgi kunda O’zbekiston fuqarosi chet elga borsa,
uning huquq va erkinligi o’sha davlat qonuni yoki xa;qaro huquq normalariga muvofiq
ta’minlanadi, shuningdek chet el fuqarosi va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar huquq va
erkinliklari esa O’zbekistonda ham xalqaro huquq normalariga muvofiq amalga
oshiriladi. O’zbekiston o’zining davlati hududida ham, chet elda ham o’z
fuqarolarining himoya qilinishini ta’minlaydi va kafolatlaydi. Jismoniy shaxs
huquqlari ko’proq uning shaxsiy qonunidir. Har bir huquq sohasida o’zining tuzilishi
va tarkibiy qismi bo’lganidek, xalqaro xususiy huquq fani ham ma’lum bir tuzilishga
4
Fransiya Fuqarolik kodeksi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
155
2181-3187
ega. Bu fanning tuzilishi boshqa fanlarga o’xshash. 1. Umumiy qism 2. Maxsus qism.
Bu tuzilish fuqarolik huquqida ham mavjud. Lekin xalqaro xususiy huquq alohida
huquq sohasi hisoblanadi. Fuqarolik huquqi ma’lum bir davlatda va uning hudidida
amal qilsa, xalqaro xususiy huquq bir mamlakatda emas, chet el mamalakatlari
o’rtasida keng qo’llaniladi. Fuqarolik huquqi bilan xalqaro xususiy huquq birgalikda
pandect tizimiga ega. Umumiy qismda xalqaro sohadagi normalarni fuqarolik huquqiy
munosabatda huquqni qo’llashni belgilab olish, chet el normalari mazmunini aniqlash
va uni keng sud tizimi va boshqa organlar tizimida keng qo’llash, boshqa davlatlar
huquqiga havola etish va uni qo’llash, huquq normalari turlari va shartnomalar,
kollizion normalar tushunchasi. Huquq qo’llanilishi va retorsiyalar va boshqa narsalar
haqoda ma’lumot olishimiz mumkin. Xalqaro xususiy huquq maxsus qismida fuqarolik
huquq tarkibiy bo’limlariga o’xshash normalardan iborat. Masalan, bitimlar,
intellektual mulk, shyoviy huquqlar, vakillik, da’vo muddati, vorislik, yuk va yo’lovchi
tashish, xalqaro hisob-kitoblar va boshqa munosabatlar mavjud. Fanning tarkibiy
tarmoqlari uning predmeti bilan ifodalanadi. Maxsus qismda mehnat migrantlari va
mutaxassislar uchun xalqaro mehnat huquqi keng qo’llaniladi. Aslida xalqaro mehnat
huquqi xalqaro ommaviy huquqda keng qo’llaniladi xalqaro xususiy huquqqa
qaraganda. Bundan tashqari notarial harakatlar fuqarolik huquqiy munosabat bo’lgani
uchun bu munosabatlarni amalga oshirishda keng qo’llaniladi. Tashqi iqtisodiy
bitimlar va nizoni sud va arbitraj sudida ko’rib hal etish muhim ahamiyat kasb etadi
maxsus qismda. Fransiya qonunchiligiga binoan qabul qilingan qonunlari faqat
oldinga qarab harakatlanadi, ular orqaga qaytish kuchiga emas, bu xususiyati bilan
O’zbekiston qonunchiligi bilan o’xshash tomonlari mavjud. Fransiyada sudyalar
havola qilingan umumiy me’yorlarga ko’ra hukm qilmasligi, ya’ni har qanday
holatlarni aniq tekshirib, adolatli, qonuniy qaror qabul qilishi kerakligibayon qilingani
munosabati bilan bizning ichki kodekslarimizda ham nazarda tutilgan. Fransiya
qonunchiligida ham O’zbekiston qonunchiligiga mos aybsizlik prezumpsiyasi mavjud
va fuqarolar huquqi aybsizligi isbotlunguncha aybdor bo’lmaydi. Fransiyaga kelgan
chet el fuqarosi musofir bo’lib yurgan paytida Fransiya qaysi davlatlar bilan shartnoma
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
156
2181-3187
tuzgan bo’lsa o’sha davlat fuqarolariga nisbatan Fransiyada yashaydigan fuqarolarga
va Fransiya fuqarolariga beriladigan huquq va majburiyatlarga ega bo’ladi va ularni
bajaradi. Bizning konstitutsiyamizda ham chet el fuqarolari ham O’zbekiston
qonunlarini bajaradi. Fransiya qonunchiligiga ko’ra boshqa shaxslar manfaati uchun
homiladorlik va bola tug’ish nikohning haqiqiy emasligiga sabab bo’lishi mumkin.
5
Ya’ni O’zbekiston Oila kodeksida ham biron narsadan manfaatdorlik evaziga
nikoh qurish soxta nikoh deb tan olioshi va tuzilgan nikoh haqiqiy emasligini nazarda
tutgan. Fransuz qonunchiligiga ko’ra, voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi Fransiya
fuqaroligini qabul qilgan bo’lsa va ular bilan bir xil yashash joyiga ega bo’lsa va ular
ajrashgan taqdirda ham voyaga yetmagan shaxs ota-onalar qayerda yashashi va
ajrashishiga qarab Fransiya fuqaroligida qoladi. Bu tuproq huquqi hisoblanadi va
bizning davlat qonunchiligida ham qo’llaniladi. Fransiya qonunchiligi bo’yicha
alohida vasiylik sudyas maqomi mavjud, bizning mamalkatda esa bunday sudya yo’q,
faqat fuqarolik sudi sudyasi vasiylik bo’yicha ishni sudda ko’rib chiqadi. Vasiylikni
ko’rib chioqishda u o’z-o’zidan, ota-onalar, qarindoshlar va prokuratura organi
tomonidan qo’zg’atilgan da’voga binoan ishni olib boradi. Fransiya Fuqarolik kodeksi
396-moddasiga asosan vasiylik tayinlangan shaxs o’zining noloyiq, beparvo, noto’g’ri
va firibgarligi tufayli olib qo’yilishi mumkin. Agar sud vasiylik bolaning manfaatiga
zid kelsa undan vasiylikni olib qo’yishi mumkin. Bu bizning Oila kodeksida ham
nazarda tutilgan. Fransiya qonunchiligi bo’yicha sudlar tomonida chiqarilgan hukm va
qarorlar sudda taraf bo’lmagan va vakil bo’lmagan shaxslarga ham ta’sir qiladi.
O’zbekistonda uy nizolari bo’yicha va boshqa nizolar bo’yicha chiqarilgan sud
qarorlari taraflardan ytashqari ularning uyida yashayotgan bolalari va yaqin
qarindoshlariga ham ta’sir qiladi. Sudda isbotlash masalasi ham taraflarga yuklatiladi,
sud esa keltirilgan vajlar to’g’ri yoki noto’g’riligiga qarab, qaror chiqaradi, bizning
davlatda ham isbotlash taraflarga yuklatiladi. Fransiyada sudlar ishni ko’rayotganda
boshqa davlat hududidagi qonun normalarini aniqlash va sharhlash uchun Fuqarolik-
5
France civil system
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
157
2181-3187
protsessual kodeksiga binoan Adliya vazirligiga murojaat qiladi. O’zbekiston
Fuqarolik-protsessual kodeksiga binaon Adliya vazirligi chet el normalarini izohlaydi
va sharhlaydi. Fransiyada instansiya sudi bosh kotibi o’z fuqaroligini tasdiqlab bergan
shaxslarga fuqarolik guvohnomasi berish kerak. Agar guvohnomani bermasa, fuqaro
Adliya vazirligiga murojaat qilishi mumkin, lekin bizning qonunchilikka ko’ra
instansiya sudida fuqarolik masalasi bo’yicha uning ustidan yuqori turuvchi
instansiyaga chiqishi mumkin. Fransiyada fuqarolik holati dalolatnomalari FHDYO
tomonidan beriladi, ular o’z vazifalarini davlat prokurori nazorati ostida bajaradi,
bizning mamlakatda esa FHDYO mudiri tomonidan nazorat qilinadi.
Xulosa qismi; Hozirgi kunda xalqaro xususiy huquq fanini rivojlantirish
muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bugungi kunda davlatlar o’rtasida o’zaro aloqalar
rivojlanib taraqqiy etib bormoqda. Horirgi paytda davlatlarning ichki qonun hujjatlari
boshqa davlat qonunchiligiga zid kelishi oqibatida kollizion normalar kelib
chiqmoqda, bu normalarni bartarf etish ko’pgina davlatlar uchun global muammodan
biri bo’lib turibdi. Shuning uchun davlatlar qonunchiligini birxillashtirish, ya’ni
unifikatsiya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Birxillashtirish natijasida kollizon
masalalar hal qilinar edi. Bustamante kodeksi turli qonunlarni birxillashtirish orqali
davlatlar o’rtasidagi kollizionmasalani hal qilmoqda. Ushbu kodeksga o’xshagan yana
xalqaro shartnomalar tuzish va ko’paytirish lozim. Keyin davlatlar o’rtasida hozirgi
kunda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda bir-biri bilan aloqalar
kuchayib, rivojlanib borayotgani uchun integratsiyalashuv jarayonini yanada
kuchaytirish lozim. Hozirgi kunda yurisdiksiya masalasida ham ko’plab davlatlar
o’rtasida nizolar mavjud. Bu nizoni hal ilish uchun har bir davlat sudiga tegishli
bo’lgan ishni ko’rib chiqish vakolatini ko’rib hal qilishni yaxshilab belgilab olish
kerak. Sudlar tomonidan chet ellik shaxslar ishini ko’rishda davlatlar ichki va xalqaro
huquq normalariga muvofiq, yurisdiksiya masalasini hal qilish va ko’rib chiqishni
birxillashtirish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda davlatlar milliy huquq tizimi
har xil va bir-biriga to’g’ri kelmaydi, bu bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi.
Chet el sudlari tomonidan qo’llanilgan qonunlar asosida chiqarilgan qarorlar boshqa
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
158
2181-3187
davlat chet el sudi tomonidan ijro etilishi bilan bog’liq muammolar kelib chiqmoqda,
Bu muammolarni hal qilish yo’llarini ishlab chiqish lozim. Hozirda chet normalarini
izohlash va sharhlashda davlat organlari qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Chunki
tildagi va boshqa davlatlar madaniyatida birmuncha farqlar mavjud. Zamonaviy
texnologiyalar haddan tashqari rivojlanib borgan sari kiberjinoyatchilik ham kuchayib
boradi. Bu jinoyatlar oldini olish uchun yangi-yangi xalqaro shartnomalar tuzish va
tartibga solish lozim. Shunday qilib, xalqaro huquq sohasidagi qonun normalari va
xalqaro shartnomalarni uyg’unlashtirib borish mavjud muammolarni hal qilishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2.Xalqaro xususiy huquq darslik 2019
3.O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
4.O’zbekiston Respublikaqsi Oila kodeksi
5.O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi
6.France Civil Code
7.French International Law system
8.https//www.fd.ulisboa.pt
9.https//www.wipo.int
10.https//store.legal.thomsonreuters.com
11.https//library-tsul.uz
12.https//renessans-edu.uz
13.https//namdu.uz
14.https// cyberleninka.ru
15.https//oriens.uz
16.https// sciencebox.uz