Том 69 № 1 (2025)

Том 69 № 1 (2025)
Опубликован: 19-07-2025

Статьи

3-8 9 3

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI YULDUZLAR VA SAYYORALAR BILAN TANISHTIRISH METODOLOGIYASI

Murtazayev Zohid, Zaripova Manzura Pardatursun qizi

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf o‘quvchilarini yulduzlar va sayyoralar bilan tanishtirishda foydalaniladigan samarali metodik yondashuvlar yoritilgan. Astronomik tushunchalarni soddalashtirilgan tilda tushuntirish, vizual va interaktiv vositalardan 
foydalanish, o‘yin va kuzatish usullari orqali o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, qiziqish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan.

384-390 9 5

HOMILADORLIK PATOLOGIYALARIDA ESTROGENNING DOLZARB ROLI

Axmadjonova Odina, Alimqulova Mohinur, Azizxonova Robiya, Qodirxanova Muhayyo

Preeklampsiya bilan og'rigan ayollarda estrogen darajasining pastligi va progesteron darajasining ko'tarilishi me'yoriy homiladorlik bilan kechayotgan ayollarga nisbatan ko’proq kuzatiladi. Estrogen retseptor alfa (ESR1) orqali ta'sir qiluvchi estrogen bachadon epitelial hujayralarining ko'payishini qo'zg'atsa, progesteron retseptorlari (PGR) orqali ta'sir qiluvchi progesteron estrogeninduferatsiyaga qarshi turish uchun endometriumning epitelial va stromal bo'linmalari o'rtasidagi o'zaro bog'lanishni tartibga soladi. Estrogen va progesteron signalizatsiyasining buzilishi preeklampsiya, homiladorlik qandli diabeti, erta tug'ilish va takroriy spontan abortlar kabi ayollarning reproduktiv patologiyasiga olib keladi va bu muvaffaqiyatsiz homiladorlikka olib keladi. Kuzatuvlarga ko’ra erta homiladorlik davrida plazma estradiolining pastligi abort xavfining oshishi bilan bog'liq ekan.

317-328 10 0

НАЛОГООБЛОЖЕНИЕ БАНКОВСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

Шохзод Хужамуротов Шахобиддин угли, Ашраф Турдиалиев

В данной статье анализируется система налогообложения банковской деятельности и её влияние на финансовый сектор Узбекистана. В исследовании рассматриваются основные налоги, такие как налог на прибыль, НДС, подоходный налог, социальный налог, налог на имущество и земельный налог. Анализируется экономическое влияние налоговой 
нагрузки на банки, налоговые льготы и возможные пути совершенствования налоговой системы. В статье также даны рекомендации по оптимизации налоговой политики.

329-335 46 12

FREDERIK SHOPEN VA POLYAK MUSIQA MADANIYATI

Abduvohidova Kamolabegim

Ushbu maqolada buyuk kompozitor va pianinochi Frederik Shopenning hayoti, ijodi va uning Polyak musiqa madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi yoritilgan. Shopen asarlari orqali polyak milliy ruhi, folklor elementlari va zamonaviy romantizm uyg‘unligining qanday namoyon bo‘lgani tahlil qilinadi.

336-344 13 2

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРОВЕРОЧНОЙ ЗАКУПКИ И КОНТРОЛИРУЕМОГО ПРИОБРЕТЕНИЯ В СИСТЕМЕ ОПЕРАТИВНО РОЗЫСКНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ: ПРАВОВЫЕ И ПРАКТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ

Насриддинов Азизхон Анварович, Тоиров Бобур Собиржон ўғли

В статье рассматриваются правовые основания, цели и тактические особенности проведения проверочной закупки и контролируемого приобретения как оперативно-розыскных мероприятий. Даётся анализ правового 
регулирования, условий допустимости, различий между указанными мерами, а также примеры практического применения в борьбе с наркопреступностью, незаконным оборотом оружия, коррупцией и контрафактной продукцией. 

345-351 8 1

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR HAYOTIDA O‘YINNING AHAMIYATI

Umarova Havasxon Isroiljonovna

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida o‘yinning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. O‘yinlarning turlari va ularni tashkil  etish yoritilgan. 

352-360 9 1

MIKROSUG'URTA: KAM TA'MINLANGAN ODAMLAR VA KICHIK BIZNESNI MOLIYAVIY HIMOYA QILISHNING KALITI

Yuldashev Obiddin, Mambetqulova Mahliyo

Yirik global sug'urtachilar ko'plab xorijiy mamlakatlardagi kam ta'minlangan aholiga mikrosug'urta mahsulotlarini faol taklif qilmoqdalar. Umuman olganda, mikrosug'urta an'anaviy sug'urta bilan sezilarli o'xshashliklarga ega, lekin faoliyatning amaliy jihatlarida, birinchi navbatda, narx belgilash va taqsimlashda farqlar mavjud. 

361-366 8 0

ТЕХНОЛОГИИ И МЕТОДЫ, ПОДДЕРЖИВАЮЩИЕ РАЗВИТИЕ ФУНКЦИОНАЛЬНОЙ ГРАМОТНОСТИ

Мардонова Азиза, Бурханова Гульрух

В статье рассматриваются современные технологии и методы, способствующие развитию функциональной грамотности у учащихся. Особое внимание уделено использованию цифровых технологий и интернет-ресурсов 
для повышения уровня грамотности, а также применению интерактивных методов обучения, таких как дискуссии, дебаты и ролевые игры, которые способствуют развитию критического мышления и навыков коммуникации. 
Кроме того, рассматривается роль групповой и проектной работы в улучшении функциональной грамотности, акцентируя внимание на сотрудничестве, ответственности и способности работать с информацией. Автор подчеркивает 
значимость внедрения геймификации и мультимедийных ресурсов в образовательный процесс, что делает обучение более увлекательным и эффективным, а также помогает ученикам развивать навыки, необходимые для успешной адаптации в информационном обществе.

367-368 7 2

HAMSHIRALIKDA BEMOR PARVARISHI RESPUBLIKA O‘RTA TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA XODIMLARI MALAKASINI OSHIRISH VA ULARNI IXTISOSLASHTIRISH MARKAZI TERMIZ FILIALI O‘QITUVCHISI

Gaipova Muhabbat, Bozorova Mexriniso

Hamshiralikda bemor parvarishi — bu bemorning sog‘ligini tiklash, saqlash va yomonlashuvining oldini olish maqsadida hamshira tomonidan ko‘rsatiladigan tizimli, ilmiy asoslangan va shaxsga yo‘naltirilgan yordamdir.

369-375 10 5

INDIVIDUAL APPROACH TO ECONOMIC LITERACY IN THE UZBEK LANGUAGE

Yuldasheva Dilnoza Bekmurodovna, Kochkarova Asalya Azizovna

In this article, we analyzed the role of the Uzbek language and its specific approaches in the process of improving economic literacy in Uzbekistan. Language is an important tool for understanding and transmitting economic knowledge to the general public, and the scientific, popular and understandable nature of this tool is one of the factors determining the effectiveness of economic reforms. The article examines the interpretation of economic terms in the Uzbek language, their use in the education system and the media, as well as their impact on the formation of economic ideas among the population. 

376-383 9 4

ИЗУЧЕНИЕ ЧАСТОТЫ И ХАРАКТЕРИСТИКИ АНОМАЛИИ МАТКИ И ВЛАГАЛИША У ДЕВОЧЕК ПОДРОСТКОВ

Ахмаджонова О.Д, Асрангулова Д.Б

Данная научная статья посвящена углубленному изучению частоты встречаемости и клинических характеристик аномалий матки и влагалища у девочек. В рамках исследования были проведены гинекологические обследования 35 пациенток, в ходе которых были проанализированы морфологические и клинические особенности их внешних и внутренних 
половых органов. Результаты исследования показали, что, несмотря на нормальное развитие наружных половых органов у большинства пациенток, были выявлены различные степени аномалий строения влагалища и матки. В частности, у некоторых пациенток влагалище было рудиментарным или укороченным, а у других – размеры матки не соответствовали возрастным нормам или имели признаки гиперплазии. Также отмечено, что аномалии развития мюллерова тракта оказывали влияние на функциональное состояние урогенитальной системы. 

311-316 5 1

«TA’LIM JARAYONIDA AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARI YORDAMIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

Xaydarov Anvar Djurayevich

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish orqali ta’lim sifatini oshirish metodikasini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish va ularning ta’lim samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi.

391-396 9 0

TOMOQ STREPTOKOKK YARALARINI EKSPRESS DIAGNOSTIKASINING KLINIK AHAMIYATI

Axmadjonov Davlatbek, E. M. Usmonova

Streptokokk infeksiyasi asimptomatik tashuvchilikdan tortib to yaqqol klinik belgilargacha bo‘lgan keng doiradagi holatlar bilan namoyon bo‘ladi. O‘tkir tonzillit shifokorlar amaliyotida dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Har uchinchi bakterial 
tonzillit holatida A guruhi β-gemolitik streptokokklari (Streptococcus pyogenes) asosiy etiologik omil sifatida aniqlanadi. Ushbu maqolada streptokokk tonzillitining zamonaviy diagnostik mezonlari va tezkor testlarning klinika amaliyotidagi ahamiyati 
yoritilgan. 

397-400 11 4

STREPTOKOKLI INFEKSIYALARNI YOSH BOLALARDAGI KECHISHINI O‘ZIGA XOSLIGINI O‘RGANISH

Axmadjonov Davlatbek, E.M. Usmanova

Maqolada A guruhi β-gemolitik streptokokklari (Streptococcus pyogenes) bilan bog‘liq infeksiyalarning yosh bolalarda kechishiga xos klinik ko‘rinishlar, diagnostika usullari, asoratlari va ularni oldini olish choralari keng yoritilgan. Tahlil jarayonida 
bolalarning immun tizimidagi xususiyatlar, zamonaviy ekspress diagnostika usullarining samaradorligi hamda davo tamoyillarining asoslangan tahlili olib borildi. Maqola xalqaro ilmiy manbalar asosida tayyorlangan. 

401-406 8 4

VATAN- YURAKDAGI ARMON: FURQAT IJODIDA SOGʻINCH MAVZUSI.

Boirova Nargiza Shuhrat qizi

Ushbu maqolada Furqat ijodida sog‘inch, g‘urbat va vatan sog‘inchi mavzularining badiiy ifodalanishi tahlil qilingan. Ayniqsa, shoirning “Sog‘inch” she’ri asosida vatandan uzoqda kechgan hayot, yurakdagi armon, shaxsiy va milliy o‘zlikni 
anglash jarayoni keng yoritilgan. Maqolada Furqatning boshqa asarlaridagi sog‘inch ifodasi ham ko‘rib chiqilib, badiiy san’at vositalari orqali tuyg‘ularning estetik ifodasi tahlil etiladi. Mavzuning bugungi kun uchun ahamiyati ham yoritilib, vatanparvarlik, 
milliy g‘urur va madaniy xotiraning dolzarbligi alohida ta’kidlanadi. 

407-410 9 2

ONA TILI O’QITISH METODIKASINI TOJIK TILIDA O’RGATISH.

ahadova Farida.

O‘quvchilarning ravon va burro nutqini shakllantirishda, dunyoni anglatishda o‘qituvchi nutqining ham o‘rnibeqiyosdir.  

411-417 10 2

QISHLOQ XO‘JALIGIDA ISHLATILADIGAN KIMYOVIY VOSITALARNING INSON SALOMATLIGI VA ATROF-MUHIT XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI

Fayzullayev Sayfulloh Xayrullo o‘gli, Nasirova Saodat Shukrillayevna

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanilayotgan pestitsid, gerbitsid va boshqa kimyoviy vositalarning inson salomatligiga va atrofmuhitga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri o‘rganiladi. Ushbu kimyoviy moddalar tuproq, suv, havoga ta’sir qilib, biologik xilma-xillikni kamaytirish, ekotizimning barqarorligini buzish va ekologik izolyatsiyaga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ularning yot komponentlari orqali tashqi muhitga tarqalishi va bu holatlarning uzoq muddatli ekologik ta’sirlari tahlil qilinadi. Muqobil usullar sifatida agroekologik yondashuvlar va bioprotektantlardan foydalanish taklif etiladi, chunki bu usullar tabiiy resurslardan samarali foydalanishga, zararsiz va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga imkon yaratadi

418-425 7 2

QISHLOQ XO‘JALIGI FAOLIYATIDA YUZAGA KELADIGAN YONG‘IN XAVFI: SABABLAR, PROGNOZLASH VA BARTARAF ETISH CHORALARI

Fayzullayev Sayfulloh Xayrullo o‘gli, Nasirova Saodat Shukrillayevna

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi faoliyati davomida yuzaga keladigan yong‘in xavfining asosiy sabablari, prognozlash usullari va oldini olish choralari chuqur tahlil qilinadi. Texnik nosozliklar, inson omili, ob-havo sharoiti kabi muhim omillar asosida 
yong‘in holatlari qanday shakllanishi va ularning oldini olish yo‘llari ilmiy-amaliy asosda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ekologik va iqtisodiy jihatdan xavfli bo‘lgan yong‘inlar oqibatlarini kamaytirish maqsadida zamonaviy texnologiyalar, monitoring 
tizimlari va samarali boshqaruv strategiyalari asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.  

426-430 7 0

BIOLOGIK HIMOYA VOSITALARIDAN FOYDALANISH VA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI TAMOYILLARI

Fayzullayev Sayfulloh Xayrullo o‘gli, Nasirova Saodat Shukrillayevna

Mazkur maqolada biologik himoya vositalarining turlari, ularning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati, qo‘llanish tamoyillari hamda inson salomatligi va hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni keng yoritilgan. Bioprotektantlarning ekologik ustunliklari, ularning an’anaviy kimyoviy vositalarga nisbatan samaradorligi, tabiiy muhitga zarar yetkazmasdan zararli organizmlarga qarshi kurashishdagi afzalliklari chuqur tahlil etilgan. Shuningdek, bu vositalarni qo‘llash texnologiyasi, saqlash va tashish shartlari, biologik xavfsizlik me’yorlariga muvofiqligi hamda ularning inson organizmiga uzoq muddatli ta’siri ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Maqolada barqaror qishloq xo‘jaligi tizimiga o‘tishda bioprotektantlardan foydalanishning dolzarbligi asoslab berilgan. 

254-257 3 0

ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDAGI EPIGRAFLAR ORQALI ASAR G‘OYALARINING OCHILISHI

Usmonova Odina Siddikovna, Xamidullayeva Ruxshona Qilichbek qizi

 Ushbu maqolada o‘zbek hikoyanavisi Abdulla Qahhorning hikoyalarida foydalanilgan epigraflar haqida so‘z yuritiladi. Adibning hikoyalaridan ko‘zlangan asosiy g‘oyalarni qisqa tarzda ifoda etgan epigraflarning mohirona qo‘llanilganligi bayon qilinadi.

192-196 8 1

TA'LIMIY PLATFORMALARNING TA'LIM TIZIMI RIVOJIGA QO‘SHAYOTGAN HISSASI VA ROLI (KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA'LIM PLATFORMALARI MISOLIDA)

Rustamova Parizoda Suhrob qizi, Baxtiyorov Muhammadqodir Berdali o‘g‘li

Ushbu maqolada innovatsion ta’limiy platformalarning hozirgi ta’lim tizimidagi ahamiyati, ularning kreativ fikrlashni rivojlantirishdagi o‘rni, zamonaviy ta’lim muhitiga qo‘shayotgan hissasi va raqamli texnologiyalarning ushbu platformalar bilan integratsiyalashuvi tahlil qilinadi. Shuningdek, platformalarning o‘quv jarayoniga ta’siri, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi roli amaliy misollar asosida yoritiladi.

197-200 11 3

DARS JARAYONIDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH ORQALI BILIMLARNI O'ZLASHTIRISH SAMAR ADORLIGINI OSHIRISH USULLARI

Murodullayeva Rayxona Abduraxmon qizi

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida multimedia vositalaridan foydalanishning o‘quvchilar bilimini o‘zlashtirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning ta’limga kirib kelishi natijasida, darslarni interaktiv, samarali va qiziqarli tarzda tashkil etish zaruriyati ortib bormoqda. Maqolada multimedia vositalarining afzalliklari, xususan, o‘quvchining faolligi, qiziqishi va 
mustaqil izlanishlariga ijobiy ta’siri misollar orqali ochib beriladi. Shuningdek, multimedia vositalarining ta’limni differensiallashtirishdagi roli ham yoritiladi. Muallif tomonidan ta’lim sifati va o‘quv samaradorligini oshirishda zamonaviy 
yondashuvlarning dolzarbligi asoslab berilgan. 

201-215 9 1

ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРЛАРИНИНГ ХУДУДИЙ ЁШЛАР ИШЛАР АГЕНТЛИКЛАРИ БИЛАН ХАМКОРЛИГИДАГИ МУАММО ВА КАМЧИЛИКЛАР

Жуманазарова Дилноза Хамиджон қизи

Мазкур тадқиқотда профилактика инспекторлари ва ҳудудий Ёшлар ишлари агентликлари ўртасидаги ҳамкорликнинг ҳуқуқий, ташкилий ва амалий асослари таҳлил этилади. Жиноятчиликни бартараф этиш, ҳуқуқбузарликларни олдини олиш ва ёшлар билан самарали профилактик ишлар олиб боришда ушбу икки тузилманинг ўзаро ҳамкорлиги муҳим ўрин тутади. Аммо амалда у ҳамкорлик доим ҳам самарали йўлга қўйилмагани, маълум бюрократик тўсиқлар, маълумот алмашинуви бўйича муаммолар, ташкилий номувофиқликлар ва масъулиятнинг аниқ тақсимланмагани туфайли профилактика ишларининг таъсири сусайиши кузатилади.

216-219 8 1

ҲИНДИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ ЎЗБЕКИСТОНДАГИ ФАВҚУЛОДДА ВА МУХТОР ЭЛЧИСИ СМИТА ПАНТНИНГ SAMBHRAM УНИВЕРСИТЕТИГА ТАШРИФИ: ТАЪЛИМ ВА МАДАНИЙ ҲАМКОРЛИК ЙЎНАЛИШЛАРИ

Надирова Хилола

Мазкур мақолада Ҳиндистон Республикасининг Ўзбекистондаги элчиси Смита Пант хонимнинг Sambhram университетига амалга оширган расмий ташрифи таҳлил қилинади. Ташриф доирасида икки давлат ўртасидаги таълим 
ва маданият соҳасидаги ҳамкорлик, қўшма лойиҳалар, академик ва талабалар алмашинуви, илмий тадқиқотлар ҳамда стипендия дастурлари муҳокама қилинди. Мақолада мазкур ташрифнинг стратегик аҳамияти ва унинг 
Ўзбекистоннинг халқаро таълим майдонидаги нуфузини оширишга қўшаётган ҳиссаи ёритилган. 

220-234 8 2

YANGI OʻZBEKISTONDA PENSIYA TA’MINOTI TIZIMINI ISLOH QILISH VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI, IJTIMOIY SUG‘URTA TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI

Mavlonov Aziz Mexmonovich

Maqolada fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tizimida pensiya ta’minotining o‘rni, Taraqqiyot strategiyasida pensiya ta’minoti tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq yo‘nalishlar, pensiya tizimini isloh qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish bo„yicha chora-tadbirlar dasturining ahamiyati ochib berilgan hamda ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 

235-244 9 1

SEMANTIC PECULARITIES OF COMPOUND WORDS IN CONTEXTS

Nigora Muhammedova, Istamova Dilnoza Bahriddin qizi

This study explores the complex factors that shape the interpretation of compound words, with a particular focus on semantic transparency, idiomaticity, and the influence of context. By integrating insights from cognitive linguistic frameworks 
and employing corpus-based analytical methods, the research sheds light on how individual components of compound words interact to form holistic meanings. It emphasizes the dynamic and often non-linear relationship between a compound’s 
constituents and its overall semantic interpretation. Through a detailed examination of language use in authentic contexts, the study demonstrates that the understanding of compound words is not solely dependent on their morphological structure but is also 
significantly affected by idiomatic usage patterns and contextual cues. Ultimately, the findings contribute to a deeper understanding of how language users process and comprehend complex lexical constructions in real-world communication. 

245-250 12 3

ANALIZATORLARIDA KAMCHILIKLARI BOR BOLALAR. KO'RISHIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALAR.

Sattorova Mohira Amirqulovna, Rajabova Sevinch Mirzohidovna

Ushbu maqolamni mazmuni shundan iboratki , Kòrishda nuqsoni bòlgan bolalarni  koreksiya qilish va jamiyatga qòshish. Korreksion chora tadbirlar natijasida ularni hayotida òz òrnini toptirsh.

251-253 9 2

LUTFIY IJODINING JANRLAR TASNIFI VA G’AZALLAR MAZMUNI

Xoliqulova Husniyabonu Hojiakbar qizi

Lutfiy (XIV-XV asrlar) o'zbek adabiyotining eng yirik shoirlaridan biri bo'lib, uning ijodi o'z davrining ma'naviy va falsafiy muammolarini yoritgan. Uning g'azallari, nafaqat sevgi va ishqning ilohiy mohiyatini, balki insonning hayot va 
ma'naviy o'sish yo'lidagi izlanishlarini ham tasvirlaydi. Lutfiy ijodi asosida yirik adabiy tadqiqotlar olib borilgan bo'lib, uning g'azallari janr va mazmuni jihatidan boy va turli xil ma'nolarni o'z ichiga oladi. Ushbu maqolada Lutfiy ijodining janrlar tasnifi va g'azallarining mazmuni haqida so'z yuritiladi.

437-446 14 6

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ СОЛО ПУТЕШЕСТВИЙ

Бахтиёрова Дилдора Бахромкизи

Целью данного исследования является анализ психологических аспектов соло путешествий, их влияние на личность и психоэмоциональное состояние человека. В работе исследуются как позитивные, так и негативные последствия 
путешествий в одиночестве. Методы включают обзор литературы, опросы и интервью с путешественниками, а также психологический анализ полученных данных. В ходе исследования выявлены ключевые аспекты, такие как 
повышение самооценки, развитие независимости и личностного роста, а также возможные трудности, такие как тревожность и чувство одиночества. Основным выводом является то, что соло путешествия являются мощным инструментом 
для самопознания и личностного развития, однако они требуют подготовки и осознанного подхода. Результаты исследования могут быть полезны для тех, кто планирует путешествия в одиночестве, а также для специалистов в области 
психологии, туристической индустрии и саморазвития.

258-264 6 1

DUNYO KUTUBXONALARIDA NAVOIY ASARLARINING SAQLANISHI

Karimova Yulduz Baxtiyorovna

Mazkur ishda buyuk Alisher Navoiy merosining jahon kutubxonalarida saqlanishi masalasi yoritiladi. Asarda Navoiy qalamiga mansub nodir qo‘lyozmalar va ularningturli mamlakat kutubxonalaridagi holati haqida ma'lumotlar beriladi. Xususan, Britaniya kutubxonasi (London), Parij milliy kutubxonasi, Istanbul kutubxonalari, Sankt-Peterburgdagi Rossiya milliy kutubxonasi va boshqa mashhur ilmiy markazlarda saqlanayotgan Navoiy asarlari o‘rganiladi. Shuningdek, shoir ijodining jahon adabiy-madaniy merosidagi o‘rni, asarlarning tarjima va tadqiqotlari ham ko‘rsatiladi. Tadqiqot Alisher Navoiyning dunyo miqyosidagi qadr-qimmatini ochib berishga xizmat qiladi.

265-273 8 2

BOSHLANG‘ICH TA'LIM TABIIY FANLARIDA EKSKURSIYA DARSLARINI OLIB BORISH TEXNOLOGIYALARI

Alimardonova M, Xayrullayeva Sevinch

Maqolada, tabiiy fanlar bo‘yicha ekskursiya darslarini o‘tkazishda foydalaniladigan zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati va samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Ekskursiyalar nafaqat talabalarga tabiiy fanlarni amaliy ravishda o‘rganish imkoniyatini beradi, balki o‘qituvchilar uchun darslarni yanada jonli va qiziqarli qilishga yordam beradi. Maqolada ekskursiya darslarini tashkil etishning asosiy 
usullari, texnologik vositalar va metodikalar tahlil qilinadi, shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalarni ta'lim jarayoniga qanday integratsiya qilish mumkinligi haqida fikrlar bildiriladi.

274-282 6 0

ПРИМЕНЕНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ ИЗУЧЕНИИ ПРОИЗВЕДЕНИЙ РУССКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ В НЕЯЗЫКОВЫХ ВУЗАХ.

Ибрагимова Наргис Акрамжон қизи

В данной статье рассматриваются особенности применения современных педагогических технологий при изучении русской литературы в неязыковых вузах. Актуальность темы определяется необходимостью формирования у студентов гуманитарной культуры, аналитического мышления и мотивации к чтению художественных произведений в условиях цифровизации 
образования. Автор анализирует технологии активного и интерактивного обучения, включая кейс-метод, проектную деятельность, веб-квесты и мультимедийные ресурсы. Представлены результаты внедрения этих подходов в 
учебный процесс, сделаны выводы о повышении интереса к предмету, а также предложены рекомендации по совершенствованию методики преподавания русской литературы для студентов неязыковых специальностей. 

283-293 12 2

RO‘ZA VA AQLIY FAOLIYAT: OVQATLANISH TARTIBINING KOGNITIV FAOLLIKKA TA’SIRI

Abdullayeva D.G, Xaytbayeva Z.M.

Ushbu maqolada ro‘zaning ovqatlanish, uyqu, kognitiv faoliyat va energiya darajasiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ro‘za tutuvchi talabalar orasida iste’mol qilingan mahsulotlar, uyqu davomiyligi va diqqat-e’tibor o‘zgarishlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib beradi. Ro‘za davomida talabalarning aksariyati ratsional ovqatlanishga e’tibor qaratgani, biroq energiya pasayishi va uyqu rejimining o‘zgarishi kognitiv faoliyatga turlicha ta’sir qilgani aniqlandi. Ba’zi tadqiqotlar ro‘za davomida uyqu sifati va kognitiv faoliyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatgan bo‘lsa [1], boshqalari esa ovqatlanish tartibining aqliy ishlash samaradorligiga bevosita ta’sir qilishini qayd etgan [2].

294-297 8 0

ВЫБОР КАРЬЕРЫ В ЭПОХУ ГЛОБАЛИЗАЦИИ ОСОБЕННОСТИ

Алимардон Тураев

В статье рассматриваются вопросы выбора профессии молодежью и его специфические аспекты. Также в работе затрагивается вопрос формирования человеческого капитала.

298-301 8 1

ПОНЯТИЕ И ЗНАЧЕНИЕ КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ В ШКОЛЬНОМ ОБУЧЕНИИ

Закирова Мадина Ганижановна

 Статья посвящена рассмотрению понятия коммуникативной компетенции и её значению в школьном обучении. В работе анализируется структура коммуникативной компетенции, включающая речевую, социальную и когнитивную составляющие, а также подчеркивается важность их комплексного развития для успешного взаимодействия учащихся в учебном процессе и 
социальной среде. Особое внимание уделяется роли коммуникативной компетенции в образовательной практике, её влиянию на личностное развитие школьников, формированию уверенности в себе и способности к конструктивному взаимодействию с окружающими. В статье рассматриваются ключевые аспекты формирования коммуникативных навыков в школьном обучении и их значение для социализации и успешного взаимодействия в обществе.

302-304 10 4

OSHQOZON-ICHAK TRAKTI KASALLIKLARI VA SEMIRISH O‘RTASIDAGI KLINIK VA PATOGENETIK BELGILAR

Babadjanova Zamira Xikmatovna, To’xtayeva Shahrinoz Xayrullo qizi

Maqolada oshqozon-ichak trakti kasalliklari va semirish o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlik tahlil qilingan. Yallig‘lanish, mikrobiota disbalansi, metabolik sindrom, leptin va insulinga qarshilik kabi omillar bu kasalliklarning patogenezida muhim rol o‘ynaydi. Klinika misollar asosida tahlil qilinadi.

305-310 10 3

LOYIHA MENEJMENTINING IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISHDAGI AHAMIYATI

Shermatov Abbos Jumayevich

Maqola loyiha menejmenti (project management) usullarining iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi muhim rolini tahlil qiladi. O‘zbekiston iqtisodiyotidagi islohotlar va modernizatsiya jarayonlari fonida loyiha menejmentining infratuzilma, sanoat va ta’lim sohalaridagi loyihalarda qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Maqolada loyiha boshqaruvining asosiy tamoyillari, jumladan, 
resurslarni optimal taqsimlash, xavf-xatarlarni boshqarish va vaqtni samarali rejalashtirishning iqtisodiy natijalarga ta’siri muhokama qilinadi. 

159-165 7 0

1HAKAMLIK SUDLARINING VA IQTISODIY SUDLARNING IQTISODIY ISHLARNI KO’RIB CHIQISHDAGI O’RNI VA AHAMIYATI

Xursanov Furqat Alisher o’g’li, Allayorova Muattar Choriyorovna

Hakamlik sudlarining iqtisodiy ishlarni ko’rib chiqishdagi o’ziga xos xususiyatlari, iqtisodiy va hakamlik sudlarining ishni ko’rishdagi o’xshash va farqli jihatlari, hakamlik sudlarini yanada rivojlantirish bo’yicha takliflar.

105-111 12 1

ILM MA’RIFATGA INTILISH VA UNING FAZILATLARI

Umarkulov Aminjon

Bu maqolada dunyoviy va islom dini nuqtai nazaridan ilmning o‘rni, uning fazilatlari va musulmon insonning unga bo‘lgan munosabati yoritilgan. Qur’oni Karim oyatlari va Rasululloh(s.av)ning muborak hadislari asosida ilm egalarining Alloh taolo huzuridagi yuksak maqomi, jaholatning oqibatlari hamda ilm orqali erishiladigan dunyo va oxirat saodati haqida. 

112-117 10 2

KEKSALAR BILAN ISHLASHDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR VA TEXNOLOGIYALAR

Usmonova Mohidil Mardon qizi, Ibragimov Jahongir Toshniyozovich

Mazkur maqolada Kekasalar bilan ishlashda ijtimoiy-psixologik yondashuvlar va texnalogiyalarni ishlab chiqish, ularni amalyotga tatbiq qilish masalalari haqida so’z boradi. Shuningdek keksalik davrida uchraydigan ijtimoiy, psixologik va jismoniy 
muammolarni aniqlash, baholash hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy chora tadbirlar va chet el tajribalari haqida  atroflicha fikr yuritilgan .  

118-126 9 0

ЭФФЕКТИВНЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ.

Арзикулова Юлдуз Адиловна

в данной статье ставится задача рассмотреть эффективные современные педагогические технологии, которые может применить в своей работе учитель русского языка и литературы в условиях реализации. Особое внимание в статье уделяется технологиям деятельностного метода, которые формируют у учащихся умения самостоятельно добывать новые знания, 
собирать необходимую информацию, выдвигать гипотезы, делать выводы и умозаключения, не теряться в ситуации неопределенности, уметь налаживать эффективные коммуникации с разными людьми, осаваться нравственными. 

127-132 10 2

SOLIQ TIZIMINING MUAMMOLARI VA ULARNI HAL QILISHNING MUMKIN BOʻLGAN ISTIQBOLLARI, TIZIMDAGI SO’NGGI YILLARDAGI O’ZGARISHLAR.

Turdialiyeva Otikaxon Umidjon qizi, Bozorboyeva Barnoxon Farxodjon qizi

Bugungi maqolada O’zbekistonda soliq islohotlari amalga oshirilishi,soliq tizimidagi o’zgarishlar va natijalar, soliq turlari, ularning miqdori, hamda jismoniy va yuridik shaxslarga tadbiq etilishi haqida bilib olamiz.

133-137 10 3

NUTQ FAOLIYATI TURLARINI O'RGATISH

Akbaraliyeva Nigora, Qodirova Nargiza

Ushbu maqolada nutq faoliyati turlarini o‘rgatishning ahamiyati va usullari ko‘rib chiqiladi. Til o‘rganish jarayonida eshitish, o‘qish, yozish va suhbatlashish kabi nutq faoliyati turlarining o‘rganilishi zarurligi ta’kidlanadi. Maqolada har bir faoliyat turi alohida tahlil qilinib, ularni samarali o‘rgatish uchun zamonaviy metodlar va texnologiyalar, jumladan kommunikativ yondashuv, interfaol 
metodlar va onlayn vositalar yordamida o‘rgatishning foydalari ko‘rsatilgan. Talabalarning til o‘rganish ko‘nikmalarini yaxshilashda madaniy tafovutlarni inobatga olishning ham ahamiyati muhokama qilinadi. Nutq faoliyati turlarini samarali o‘rgatish 
tilni to‘liq o‘zlashtirishda katta rol o‘ynaydi va talabalarga tilni amaliyotda ishlatish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

138-146 5 2

BEDEUTUNG UND GEBRAUCH DES KONJUNKTIVS

Numonova Xonzoda, Ismanova Odinaxon

Ushbu maqolada nemis tilidagi Konjunktiv (sub’yunktiv) fe’l shaklining mazmuni va qo‘llanilish holatlari tahlil qilinadi. Konjunktiv I va II shakllari, ularning grammatik tuzilishi, zamon shakllari, nutqdagi uslubiy funksiyalari hamda boshqa tillar (o‘zbek, ingliz, rus) bilan taqqosloviy tahlili keltirilgan. Maqola til o‘rganayotgan o‘quvchilar va til o‘qituvchilari uchun amaliy foyda beruvchi manba 
hisoblanadi.

147-151 9 2

NUTQ FAOLIYATI TURLARINI O’RGANISH

Darmonqulova Mohinur, Qodirova Nargiza

Ushbu maqolada nutq faoliyati tushunchasi, uning psixologik va ijtimoiy asoslari, shuningdek, asosiy turlari — gapirish, eshitish, o‘qish va yozish haqida tahliliy yondashuvda fikr yuritilgan. Har bir faoliyat turi chuqur yoritilib, ularning o‘zaro bog‘liqligi va til o‘rgatishdagi roli izohlangan. Nutq faoliyatining tilshunoslik, psixologiya va pedagogikadagi o‘rni haqida ilmiy asoslangan mulohazalar berilgan.

152-158 11 4

1XALQARO XUSUSIY HUQUQNING PREDMETI, MANBALARI VA SUBYEKTLARI, XALQARO XUSUSIY HUQUQNING TUZILISHI ( TARKIBIY QISMLARI )

Xursanov Furqat Alisher o’g’li, Nomozov Husan

Xalqaro xususiy huquqning predmeti, manbalari va subyektlarining keng talqin qilinishi, O’zbekiston Respublikasi va Fransiya davlatining milliy qonunchiligi va xalqaro huquq normalarining o’ziga xos o’xshash va farqli jihatlari, xalqaro xususiy qonunchilikdagi muammolar va ularga takliflar. 

97-104 14 4

MAXSAR MOYINING KIMYOVIY TARKIBI VA OZIQAVIY QIYMATI

Atakulova Dilfuza Tursunovna, Xolmurodova Zubayda Diyorovna

Ushbu maqolada maxsar moyining inson organizmi uchun foydali tomonlari yoritib berilgan hamda kimyoviy tarkibi va oziqaviy qiymatlari ktltirilgan. 

166-170 10 2

SUN’IY OQSIL OZUQA MODDALARINING ISHLAB CHIQARILISHI VA KELGUSIDAGI IMKONIYATLARI.

Abdumannonova Sevinch Sherzod qizi, Kiyamova Dilfuza Shrifovna

Oqsillar inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan asosiy ozuqa moddalaridan biri bo‘lib, ularning biologik rolini hech bir ozuqa modda to‘ldira olmaydi. Biroq, dunyoda aholi sonining ortishi va atrof-muhitga bo‘lgan ta’sir tufayli oqsil manbalarining ishlab chiqarilishi va ulardan foydalanish o‘zgacha yechimlarni talab qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan sun’iy oqsil ishlab chiqarish texnologiyasi oziq
ovqat sanoatida katta qiziqish uyg‘otmoqda va u kelajakda an’anaviy oqsil manbalariga o‘z o‘rnini topishi mumkin. 

171-174 9 2

ORGANIK BIRIKMALAR VA ULARNING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI

Sultonova Farangis Ergash qizi, Kiyamova Dilfuza SHarifovna

  Organik kimyo — uglerod asosidagi birikmalarni o‘rganuvchi fan bo‘lib, tibbiyot sohasida alohida ahamiyatga ega. Inson organizmida kechadigan barcha asosiy jarayonlar, shu jumladan hujayra darajasidagi reaksiyalar, asosan 
organik moddalarsiz yuzaga chiqmaydi. Ushbu maqolada organik birikmalarning turlari, ularning organizmdagi tarkibi va tibbiy amaliyotdagi qo‘llanilishi haqida ma’lumotlar yuritiladi.

175-179 9 4

MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING QIZIQISH VA QOBILIYATLARIGA MOS FAN YO‘NALISHINI ANIQLASH UCHUN ONLAYN PLATFORMA ISHLAB CHIQISHNING NAZARIY VA TEXNOLOGIK ASOSLARI

Asadbek Moʻminov Maʼmurjon oʻgʻli

Ushbu maqolada maktab yoshidagi bolalarning individual qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlash orqali ularning fan yo‘nalishlarini to‘g‘ri tanlashlariga ko‘maklashuvchi onlayn platformani ishlab chiqishning nazariy va texnologik asoslari yoritiladi. Ilmiy asoslangan diagnostika metodikasi va sun’iy intellekt yordami bilan bolalarning psixologik xususiyatlari, bilim olishga bo‘lgan 
moyilligi hamda kasbiy yo‘nalishdagi intilishlari tahlil qilinadi. Platforma foydalanuvchiga qulay interfeys, avtomatlashtirilgan testlar va shaxsiylashtirilgan tavsiyalar asosida ta’limda individual yondashuvi qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Mazkur loyiha nafaqat ta’lim tizimini raqamlashtirish, balki har bir o‘quvchining salohiyatini erta aniqlash va rivojlantirish imkonini beradi. 

180-183 8 3

WEB TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA UY HAYVONLARINI SEVUVCHILAR VA SOTUVCHILAR O‘RTASIDA SAMARALI VA INTERAKTIV ALOQA PLATFORMASINI ISHLAB CHIQISHNING ILMIY METODIK ASOSLARI

Abdullayev Javlonbek Ulug'bek o'g'li

Ushbu maqolada web texnologiyalari asosida uy hayvonlari sevuvchilar va sotuvchilar o‘rtasida samarali va interaktiv aloqa platformasini yaratish zaruriyati hamda bu platformaning ijtimoiy va texnologik ahamiyati yoritilgan. Platforma yordamida foydalanuvchilar uy hayvonlarini sotish, hadya qilish, izlash, veterinar xizmatlarini topish, prvarish bo‘yicha bilim olish kabi ko‘plab 
funksiyalardan foydalanishi mumkin. Unda sun’iy intellekt yordami, xavfsizlik tizimi, filtrlangan qidiruv, foydalanuvchilar o‘rtasida ijtimoiy muloqot va raqamli ta’lim materiallari kabi innovatsion yechimlar taklif etiladi. Platform jamiyatda hayvonlarga 
nisbatan mas’uliyat va madaniyatni shakllantirishda ham muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

184-187 10 3

SHAHAR INFRATUZILMASINI RAQAMLASHTIRISH KONTEKSTIDA 5G TEXNOLOGIYALARINING INNOVATSION IMKONIYATLARI VA IQTISODIY-IJTIMOIY SAMARADORLIGI

Ergashaliyev Elyorjon Erkinjon ogli

Ushbu maqolada shahar infratuzilmasini raqamlashtirish jarayonida 5G texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati yoritib berilgan. Unda 5G tarmog‘ining texnik imkoniyatlari, xususan, yuqori tezlikda ma’lumot uzatish, tarmoq kechikishini minimallashtirish va ko‘plab qurilmalarni samarali boshqarish xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu texnologiyaning “aqlli shahar” konsepsiyasi doirasida transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim va xavfsizlik sohalarida qo‘llanilishi, iqtisodiyijtimoiy samaradorligi hamda kelajakdagi istiqbollari yoritilgan. Maqola 5G asosidagi raqamli transformatsiyaning muhim jihatlarini ochib berish bilan birga, raqamli tenglikni ta’minlash va yangi imkoniyatlar yaratish yo‘llarini ham ko‘rsatadi.

188-191 10 2

MAKTABLAR UCHUN ONLAYN DO‘KON WEB SAHIFASI

Ergashaliyev Kamronbek Nodirbek o‘gli

Ushbu maqolada maktablar uchun onlayn do‘kon web sahifasining ahamiyati, uning afzalliklari, texnologik asoslari va foydalanuvchi tajribasiga e'tibor qaratilgan. Maktablar uchun onlayn do‘kon yaratish o‘quvchilar, o‘qituvchilar va otaonalar uchun o‘qish jarayonini osonlashtiruvchi qulay platforma taqdim etadi. Maqolada onlayn do‘konning afzalliklari, ishlab chiqish uchun kerakli texnologiyalar va foydalanuvchi tajribasi haqida batafsil ma'lumot berilgan. Yaratoson tarzda sotib olishlari mumkin. Shuningdek, onlayn do‘konlar maktablarni modernizatsiya qilishda va ta'limni sifatli tashkil etishda muhim o‘rin tutadi. 

192-196 10 3

TA'LIMIY PLATFORMALARNING TA'LIM TIZIMI RIVOJIGA QO‘SHAYOTGAN HISSASI VA ROLI (KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA'LIM PLATFORMALARI MISOLIDA)

Rustamova Parizoda Suhrob qizi, Baxtiyorov Muhammadqodir Berdali o‘g‘li

Ushbu maqolada innovatsion ta’limiy platformalarning hozirgi ta’lim tizimidagi ahamiyati, ularning kreativ fikrlashni rivojlantirishdagi o‘rni, zamonaviy ta’lim muhitiga qo‘shayotgan hissasi va raqamli texnologiyalarning ushbu platformalar bilan integratsiyalashuvi tahlil qilinadi. Shuningdek, platformalarning o‘quv jarayoniga ta’siri, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi roli amaliy misollar asosida yoritiladi.

73-78 8 1

BOLALARDA OVQATLANISH RATSIONINI TAHLIL QILISH:MUOMMOLARI VA ULARNING OLDINI OLISH YO’LLARI

Maxmanazrov G’afur Axnazarovich, Yusupova Sevinch Baxriddin qizi

Mazkur maqolada bolalar ovqatlanish ratsionining tahlili, uning tarkibi va bolalar salomatligiga ta’siri o’rganilgan. Muvozanatsiz va noto’g’ri ovqatlanish oqibatida yuzaga keladigan sog’liq muammolari, xususan semizlik, kamqonlik, gipovitaminoz va boshqa kasalliklar statistik ma’lumotlar va ilmiy adabiyotlar asosida yoritilgan. Shu bilan birga, sog’lom ovqatlanishni shakllantirish 
bo’yicha tavsiyalar ham berilgan. 

42-46 6 1

INSON ORGANIZMIDA OQSIL TANQISLIGI OQIBATLARI.

Xujamova Dilobar Berdiyorovna, Jumayeva Obida Yoʻlchiyevna

Mazkur maqolada Inson organizmida oqsil tanqisligi jiddiy sog'liq muammolariga olib kelishi va organizmning turli funktsiyalarini ta'minlashda muhim o‘rin tutishi, shu jumladan hujayralar qurilishi, metabolizm jarayonlari va immun tizimining ishlashi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu maqolada oqsil tanqisligining sabablari, ta'siri va unga qarshi kurashish yo‘llari haqida batafsil 
ma'lumot berilgan. 

73-78 7 2

BOLALARDA OVQATLANISH RATSIONINI TAHLIL QILISH:MUOMMOLARI VA ULARNING OLDINI OLISH YO’LLARI

Maxmanazrov G’afur Axnazarovich, Yusupova Sevinch Baxriddin qizi

 Mazkur maqolada bolalar ovqatlanish ratsionining tahlili, uning tarkibi va bolalar salomatligiga ta’siri o’rganilgan. Muvozanatsiz va noto’g’ri ovqatlanish oqibatida yuzaga keladigan sog’liq muammolari, xususan semizlik, kamqonlik, gipovitaminoz va boshqa kasalliklar statistik ma’lumotlar va ilmiy adabiyotlar asosida yoritilgan. Shu bilan birga, sog’lom ovqatlanishni shakllantirish bo’yicha tavsiyalar ham berilgan. 

447-454 10 0

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ИНВЕСТИЦИОННОЙ ПРИВЛЕКАТЕЛЬНОСТИ РЕГИОНОВ

Буриев Сардор Норович

Данная диссертация направлена на повышение инвестиционной привлекательности региона Будет обсуждаться применение зарубежного опыта. Региональная экономика o важности привлечения инвестиций для развития слово гласит. Зарубежный опыт, например, в Сингапуре, Польше, Германии удут проанализированы успешные инвестиционные стратегии. 

9-13 17 4

PRAGMATICS AND SPEECH ACT THEORY AS DISCIPLINES STUDYING VERBAL COMMUNICATION

Tuhtayeva Shahzoda Oktamovna

This article is devoted to the basic categories, conditions of illocutionary acts, types of differences among them and one of the most well-known classifications made by Fraser. Special attention should be paid to the performative hypothesis and 
types of performatives. The students are to be able to distinguish between performative and constatives utterances. Unlike constatives, that can be true or false, performatives have felicity conditions – a typology of conditions which performative utterances must meet if they are to succeed or be “happy”. It should be made clear that in the utterance of a sentence three kinds of acts are simultaneously performed: locutionary, illocutionary and perlocutionary. It is very important that the conditions of performing 
illocutionary acts be elucidated and analyzed on numerous examples to be able to use 

14-18 11 2

TILSHUNOSLIKNING BOSHQA FANLAR BILAN MUNOSABATLARI.TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI

Nusrataliyeva Musharrafxon., Xomidova Malohat

Tilshunoslik fanining rivojlanishi jarayonida u boshqa ko‘plab fanlar bilan uzviy aloqaga kirishgan. Ayniqsa, sotsiologiya, psixologiya, falsafa, informatika, adabiyotshunoslik kabi yo‘nalishlar bilan o‘zaro hamkorlik til tabiatini chuqurroq o‘rganish imkonini beradi. Bugungi kunda tilshunoslikda kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, neyrolingvistika, kompyuter lingvistikasi va korpus 
lingvistikasi kabi zamonaviy yo‘nalishlar shakllangan bo‘lib, ular tilni o‘rganishda fanlararo yondashuvning dolzarbligini ko‘rsatadi. Ushbu yo‘nalishlar tilshunoslikka yangi metod va texnologiyalarni olib kirib, fan taraqqiyotiga kattaissa qo‘shmoqda.

19-24 10 1

O'QUVCHILARNING IJODIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA ASOSLARI

Yuldasheva Shohista

Ushbu maqolada o`quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishda  pedagogik  psixologik metodlarning o`rni shu bilan birga ularni tafakkurini ongini rivojlantirishda ularning o`rni va usullari keng yoritilgan. 

25-30 6 2

O‘SMIRLIK DAVRIDA KASBIY NIYATLAR SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Bo‘riyev Jasurbek Shavkat o‘g‘li

Mazkur maqolada o‘smirlik davrida kasbiy niyatlarning shakllanishi va uni belgilovchi psixologik omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, kasbiy yo‘nalishni tanlash jarayonida o‘smirlar ongida kechadigan psixologik holatlar, shaxsiy va ijtimoiy omillar roli empirik ma’lumotlar asosida yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘smirlar orasida kasbiy niyatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi 
omillarni aniqlash, ular asosida amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. 

31-35 8 7

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ LINUX В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЕ ДЛЯ РАЗВИТИЯ КРЕАТИВНОСТИ И ЦИФРОВОЙ БЕЗОПАСНОСТИ

Закирова Мадина, Нуриддин Фахритдинов

This paper explores the use of the Linux operating system as a tool for fostering creative thinking and developing information security skills among university students. Special emphasis is placed on the educational potential of open-source software, the 
principles of modularity, and system administration. The study presents practical approaches to integrating digital technologies into the learning process, including the design of courses based on real-world scenarios and the application of modern 
pedagogical strategies. The role of Linux is substantiated as a platform that supports the development of professional competencies in the context of educational digital transformation. 

36-41 8 3

DUKKАKLI EKINLАR DОNIDА LIPID MIQDОRI

Hamroyev Elmurod Ortiqnazarovich, Salimova Gulshoda Ramazonnovna

Ushbu maqolada dukkakli donli ekinlar (masalan, no‘xat, loviya, soya) tarkibidagi lipid moddalarning turlari, miqdori va ularning biologik ahamiyati o‘rganilgan. Maqolada ushbu lipidlarning turlari (triglitseridlar, fosfolipidlar, sterollar), ularning metabolik jarayonlardagi ishtiroki hamda oziq-ovqat sanoatidagi qo‘llanilishi yoritilgan. Shuningdek, lipid tarkibi dukkakli donlarning naviga, 
yetishtirish sharoitlariga va saqlash texnologiyasiga bog‘liq ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada, oziq-ovqat sanoati, parhez dietasi va o‘simlik yog‘i ishlab chiqarishda dukkakli donlarning roli haqida ham tavsiyalar beradi.  

431-436 9 1

SANOAT KORXONALARIDA YONG‘IN XAVFINI BAHOLASH VA OLDINI OLISH STRATEGIYALARI

Burxonova H.O

Ushbu maqola sanoat korxonalarida yong‘in xavfini baholash va oldini olish strategiyalariga bag‘ishlangan. Maqolada yong‘in xavfini kamaytirish uchun samarali usullar va texnologiyalar, shuningdek, xodimlarning xavfsizlikka tayyorgarligini oshirish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Maqolada korxonalarda xavfsizlik tizimlarini kuchaytirish va yong‘in xavfsizligini ta’minlashning muhim omillari muhokama qilinadi. 

47-52 25 6

PEPTIDLARNING INSON ORGANIZMIDAGI FIZIOLOGIK AHAMIYATI.

Xujamova Dilobar Berdiyorovna, Mirzayeva Dilsora Abduxoliqovna

Ushbu maqolada peptidlarning inson organizmidagi fiziologik ahamiyati yoritilgan. Petidlar - bu aminokislotalardan tashkil topgan qisqa zanjirli birikmalar bo‘lib, ular gormonlar, neyropeptidlar va immun modulyatorlar sifatida muhim biologik funksiyalarni bajaradi. Maqolada peptidlarning sintezi, tasnifi, va ularning organizmdagi o‘rni haqida ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan, peptidlarning 
asosiy turlari, ularning organizmdagi roli va ilm-fan sohasidagi qo‘llanilishini yoritishga qaratilgan. 

53-57 6 3

OZIQ - OVQAT TARKIBIDAGI KISLOTALAR VA ULARNING TEXNOLOGIK AHAMIYATI.

Hamroyev Elmurod Ortiqnazarovich, Sherbutayeva Sevinch Mardonovna

Ushbu maqolada oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida uchraydigan asosiy organik kislotalar, ularning biologik va texnologik funksiyalari tahlil qilinadi. Ayniqsa, ularning ta'm, saqlanish muddati, mikrobiologik barqarorlik va ishlov berish jarayonlaridagi roli yoritiladi. Turli mahsulotlarda uchraydigan limon, sirka, olma sut, askorbin kabi kislotalarning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. 

58-65 8 1

“THE ROLE OF ARTIFICIAL INTELLECT IN THE FIELD OF INTELLECTUAL PROPERTY RIGHTS”

Tulkinova Sevinch

Ushbu maqolada intellektual mulk yaratish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishning ahamiyati, xususan, bu sohada sun'iy intellektning oʻrni, u tufayli yuzaga keladigan ayrim huquqiy muammolar va ularning yechimlari tahlil qilinadi.  

66-68 8 2

XARDI-VAYNBERG QONUNI VA POPULYATSIYA DINAMIKASI

Axmadjonova Mohlaroyim

Xardi-Vaynberg qonuni. Erkin chatishuvchi populyatsiyalarda genotipik sinflar takror taqsimlanishi haqida 1908-yili ingliz matematigi G.Xardi va nemis shifokori V.Vaynberg birbirlaridan mustaqil ravishda qonun kashf qiladilar. Ular bir juft genlar alleli bilan farqlanuvchi chetdan chatishuvchi populyatsiyada genetik sinflar taqsim lanish tezligini ifodalovchi form ulanip2:2pq:qJ taklif etdilar.

69-72 8 1

KO'RISH ORGONLARI KASALLIKLARI ODAM GENETIKASIDA

Odilova Shahnoza

Yorug‘lik nurini sezadigan organ bu ko‘zdir. Kishiga tashqi muhitdagi narsalarning shakli, katta-kichikligi, rangi, bir-biriga nisbatan o‘rni va oralig‘ini aniqlab, tegishli harakatlar qilishga imkon beradigan fiziologik jarayon ko‘rish deb ataladi. Ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi esa ko‘rlik, ko‘zi ojizlik yoki so‘qirlik deyiladi. Odamlarda ko‘rlikning ikki xili uchraydi: yorugiikni qorong‘ilikdan ajrata 
olmaydigan absolyut ko‘rlik va hali ko‘rish qobiliyati biroz saqlangan nisbiy ko‘rlik.

71-78 10 3

BOLALARDA OVQATLANISH RATSIONINI TAHLIL QILISH:MUOMMOLARI VA ULARNING OLDINI OLISH YO’LLARI

Maxmanazrov G’afur Axnazarovich

 Mazkur maqolada bolalar ovqatlanish ratsionining tahlili, uning tarkibi va bolalar salomatligiga ta’siri o’rganilgan. Muvozanatsiz va noto’g’ri ovqatlanish oqibatida yuzaga keladigan sog’liq muammolari, xususan semizlik, kamqonlik, gipovitaminoz va boshqa kasalliklar statistik ma’lumotlar va ilmiy adabiyotlar asosida yoritilgan. Shu bilan birga, sog’lom ovqatlanishni shakllantirish 
bo’yicha tavsiyalar ham berilgan.

79-85 7 3

OZIQ OVQAT SANOATIDA VA INSON SALOMATLIGI UCHUN ZIRKNING ILMIY AXAMIYATI

Ataqulova D.T, Karimov U.J

Zirk mevalari ziravor sifatida keng koʻlamda qoʻllaniladi. Uning mevalaridan murabbo tayyorlanadi. Oʻsimlik boʻyoqchilik sanoatida ham katta ahamiyatga ega. Uning ildiz va tanasidan junlarni boʻyash uchun sariq boʻyoq olinadi. Mevasidagi qizil rang esa jun matolarini boʻyash uchun yaxshi vosita hisoblanadi. Tibbiyotda, zirkdan tayyorlangan dori-darmonlar oʻt pufagi shamollashi bilan bogʻliq 
boʻlgan kasalliklarda, undagi tosh boʻlganda hosil boʻluvchi ogʻriqlarga еngillik beruvchi omil sifatida foydalaniladi. Zirk barglari asosida tayyorlangan spirtli aralashma qon toʻxtashi, yalligʻlanishga qarshi davo boʻlishi bilan birga qon tomirlarini toraytiradi, tomir urishini tezlashtiradi, oʻt ajralishini kuchaytiradi, bachadon mushaklarini qisqartiradi.Tadqiqotlar, shuningdek, zirkning xolesterolni kamaytirish, qon bosimini normallashtirish va hazm qilish jarayonlarini yaxshilashdagi samaradorligini tasdiqlaydi. 

86-96 17 0

O’RIK MEVASINING SALOMATLIK UCHUN AMALIY AXAMIYATI

Ataqulova D.T, Karimov U.J

Maqolada tibbiy adabiyotlar ko’rib chiqiladi o’rikning xalq, qadimiy va ilmiy tabobatda qo’llanilishi. Quritilgan mevalarning infuzioni dori sifatida ishlatiladi, ovqat hazm qilishni normallashtirish, to’yimli hisoblanadi. Xitoy tibbiyotda o’rik yadrolari suv infuziyalari shaklida qo’llaniladi. Zamonaviy ilmiy tibbiyotda o’rik yurak kasalliklari uchun parhez mahsulot sifatida ishlatiladi. O’rik urug’i yog’i sifatida tibbiyotda Oleum persicorum nomi bilan ishlatiladi dorivor mahsulotlar uchun erituvchi. Bu moy bor gepatoprotektiv xususiyatlar, jigar sirrozi rivojlanishni oldini oladi.