Авторы

  • Xursanov Furqat Alisher o’g’li
  • Allayorova Muattar Choriyorovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125591

Ключевые слова:

hakamlik sudi doimiy faoliyat ko’rsatuvchi hakamlik sudlari hakamlik bitimi hakamlik muhokamasi hakamlik sudlari prinsiplari iqtisodiy sudlar prinsiplari hakamlik sudlari hal etadigan nizolar iqtisodiy nizolar hakamlik sudyalari hakamlik sudi va iqtisodiy sud xarajatlari hakamlik sudi hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish davlat boji yig’im gonorar

Аннотация

Hakamlik sudlarining iqtisodiy ishlarni ko’rib chiqishdagi o’ziga xos xususiyatlari, iqtisodiy va hakamlik sudlarining ishni ko’rishdagi o’xshash va farqli jihatlari, hakamlik sudlarini yanada rivojlantirish bo’yicha takliflar.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

159

2181-3187

1

HAKAMLIK SUDLARINING VA IQTISODIY SUDLARNING IQTISODIY

ISHLARNI KO’RIB CHIQISHDAGI O’RNI VA AHAMIYATI

Xursanov Furqat Alisher o’g’li

Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti

‘Yurisprudensiya” ( faoliyat turlari bo’yicha)

ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi

Allayorova Muattar Choriyorovna

Ilmiy rahbar: Termiz Davlat Universiteti

Yuridik fakulteti “Jinoyat huquqi va

Fuqarolik protsessi” kafedrasi o’qituvchisi

Annotatsiya: Hakamlik sudlarining iqtisodiy ishlarni ko’rib chiqishdagi o’ziga

xos xususiyatlari, iqtisodiy va hakamlik sudlarining ishni ko’rishdagi o’xshash va

farqli jihatlari, hakamlik sudlarini yanada rivojlantirish bo’yicha takliflar.

Kalit so’zlar: hakamlik sudi, doimiy faoliyat ko’rsatuvchi hakamlik sudlari,

hakamlik bitimi, hakamlik muhokamasi, hakamlik sudlari prinsiplari, iqtisodiy sudlar

prinsiplari, hakamlik sudlari hal etadigan nizolar, iqtisodiy nizolar, hakamlik sudyalari,

hakamlik sudi va iqtisodiy sud xarajatlari, hakamlik sudi hal qiluv qarori yuzasidan

nizolashish, davlat boji, yig’im, gonorar

Hakamlik sudlari asosan, fuqarolik va iqtisodiy sudlarda muhim rol o’ynaydi.

Bu sudning qiladigan ishlari bir tomondan iqtisodiy sudga o’xshab ketsada, ba’zi bir

jihatlari va tomonlari bilan tubdan farq qiladi. Hakamlik sudlarining iqtisodiy

sudlardan birinchi o’rinda o’xshash jihati sifatida ikkala sud ham iqtisodiy

1

Iqtisodiy protsessual huquq darslik 2022-yil

416-bet


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

160

2181-3187

munosabatlarga doir ishlarni ko’rishidir.Misol tariqasida tadbirkorlik faoliyati bilan

bog’liq iqtisodiy nizolar ham hakamlik sudida, ham iqtisodiy sudda ko’riladi. Bir-

biridan farq qiladigan tomoni shundaki bu ikkala sudning, iqtisodiy sud davlat organi

sifatida gavdalanadi. Lekin hakamlik sudi nodavlat organdir. Hakamlik sudini tashkil

etishda davlat bevosita ishtirok etmaydi. Aynan shuning uchun ham bu sud

umumyurisdiksiya sudlaridan farq qiladi. Hakamlik sudi uchun alohida qonun qabul

qilingan va bu qonun “Hakamlik sudlari to’g’risidagi” qonun hisoblanadi. Bu qonun

asosan hakamlik sudlarini tashkil etish va uning faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni

tashkil etadi. Bu sudlardagi ishni ko’rish bilan bog’liq jarayonlarni o’z ichiga oladi.

Iqtisodiy sudlar tashkil etilishi bilanoq, ular domiy faoliyat asosida ish olib boradi.

Iqtisodiy sudlarning faoliyati muayyan muddat bilan cheklab qo’yilmagan. Lekin,

hakamlik sudlarining faoliyati muayyan muddat bilan cheklab qo’yilishi mumkin.

2

.

Masalan, muvaqqat hakamlik sudi o’z faoliyatini bajarib bo’lgach, tugatiladi, hakamlik

bitimi taraflari o’rtasida nizo kelib chiqadi va buni hal etish uchun ular tomonidan bu

sud tashkil etiladi va nizo ko’rib chiqilgandan keyin muvaqqat hakamlik sudi tugaydi.

Iqtisodiy sudlarda esa bunday jarayon yo’q. Iqtisodiy sudlar bitta nizoni ko’rib

chiqqach, o’z faoliyatini tugatmaydi, o’z faoliyatini davom ettiraveradi. Lekin,

iqtisodiy sudlarga o’xshab, hakamlik sudida ham o’z faoliyatini doimiy ravishda

amalga oshiradigan doimiy hakamlik sudlari ham mavjud. Doimiy hakamlik sudi

yuridik shaxs tomonidan tashkil etiladi. Iqtisodiy sudlar esa davlat tomonidan tashkil

etiladi va uning budjetidan moliyalashtirib boriladi. Eng muhim jihati shundaki,

iqtisodiy sudlar davlat organi hisoblansa, hakamlik sudi nodavlat organi bo’lib, yuridik

shaxs hisoblanmaydi, farqli jihati ham shunda. Davlat hokimiyati organlari hakamlik

sudini tashkil etishda umuman ishtirok etmaydi. Hakamlik bitimi tuzilayotganda ham

yuridik va jismoniy shaxslar unda taraf bo’lib ishtirok etsa, davlat hokimiyat organlari

ishtirok etmaydi, lekin bu organlar iqtisodiy sudda ishtirok etishlari mumkin. Iqtisodiy

sudga yuridik va jismoniy shaxslar va davlat organlari da’vo arizalar va arizalar bilan

murojaat qilishi iqtisodiy sudda ishni qo’zg’atish va ko’rib chiqishga asos bo’ladi, lekin

2

Iqtisodiy protsessual huquq darslik Toshkent TDYU, 2019- 524-bet


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

161

2181-3187

hakamlik sudida ish yuritish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bir-biri bilan hakamlik

bitimi tuzadi va shunga muvofiq ish ko’rib chiqiladi. Iqtisodiy sudlarda esa bunday

hakamlik bitimi tuzish talab etilmaydi. Yuridik va jismoniy shaxslar ishni hakamlik

sudida ko’rish uchun o’zaro kelishuv asosida ushbu hujjatni tuzadilar. Hakamlik sudida

ishni ko’rish bilan bog’liq jarayon hakamlik muhokamasi deb nomlansa, iqtisodiy

sudlardan bu jarayon “sud muhokamasi, muzokarasi” deb nomlanadi. Hakamlik

muhokamasi jarayonida taraflar da’vogarlar va javobgarlar bo’lsa, iqtisodiy sudlarda

ham xuddi shunday deb nomlanadi, lekin iqtisodiy sudlarda ba’zi ishlar alohida tartibda

yuritilganda, taraflar arizachi va javobgar sifatida ishtirok etadi. Hakamlik sudi va

iqtisodiy sudlarda ishtirok etadigan taraflar bo’yicha birmuncha o’xshashlik bor.

Iqtisodiy sudlarda nizoni tartibga solish, unga murojaat qilish, sudyalarni saylash va

tayinlash, sudning tartib- taomillarini “Sudlar to’g’risidagi’ qonun va Iqtisodiy-

protsessual kodeksi bilan tartibga solinadi ko’proq. Hakamlik sudlarida esa “Hakamlik

muhokamasi qoidalari” muhim o’rin tutadi. . Hakamlik sudyasini saylash va

tayinlashda ham iqtisodiy sudlarga nisbatan juda katta farq qiladigan tomoni

shundaki,hakamlik sudyasi hakamlik bitimi taraflari tomonidan saylanishi yoki

tayinlanishi mumkin, ya’ni sudyani taraflar o’z xohishlariga ko’ra tanlaydilar. Iqtisodiy

sudda esa bunaqa taraflar tomonidan sudyani saylash va tayinlash vakolati mavjud

emas. Har qanday sudya iqtisodiy sudda ishni olib, ko’raveradi.

O’xshash tomonlaridan yana biri O’zbekiston Respublikasi fuqarosigina

hakamlik sudi va iqtisodiy sudda sudya sifatida faoliyat olib borishi mumkin.

Hakamlik sudining faoliyati bilan bog’liq prinsiplari iqtisodiy sudlardagi

prinsiplar bilan deyarli bir xil bo’lib, ular faoliyatining normal faoliyat olib borilishini

ta’minlaydi. Bitta dispozitivlik prinsipi hakamlik sudida muhim rol o’ynaydi.

3

Iqtisodiy sudda esa bu prinsip deyarli yo’q. Hakamlik sudlarining doimiy faoliyat

yuritadigan turi tashkil etilgani bilan bog’liq hujjatlar hakamlik sudi qayerda

3

Iqtisodiy protsessual kodeksi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

162

2181-3187

joylashgan bo’lsa, shu yerdagi adliya organlariga yuboriladi. Iqtisodiy sudlarni tashkil

etish davlat tomonidan amalga oshiriladi va davlat ro’yxatidan o’tkaziladi.

Hakamlik sudlarining tugatilishi hakamlik muhokamasi qoidalari bilan amalga

oshiriladi. Iqtisodiy sudlarda esa bu norma “Sudlar to’g’risidagi” qonunda belgilab

qo’yilgan. Hakamlik sudini tugatish yuridik shaxs tashkil etib, uni shu yuridik

shaxsning o’zi qaror chiqargan holda amalga oshiradi. Iqtisodiy sudlarda esa bu holat

yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilmaydi, bu yerda bevosita davlat tomonidan

bajariladi. Iqtisodiy sudlar iqtisodiy-protsessual kodeksida nazarda tutilgan ishlarni

ko’rib chiqadi. Hakamlik sudlari ma’muriy, oila, mehnat nizolaridan tashqari boshqa

ishlarni ko’rib chiqadi. Iqtisodiy sud ham bu nizolarni ko’rmaydi.

Hakamlik sudida ishlarni ko’rib chiqishda nizoni hal etishning qonun normalari

to’g’ri kelmasa va hal etishga yordam bermasa, qonun o’xshashligi va huquq

o’xshashligidan foydalanadi. Iqtisodiy sudlar ham mana shunaqa holatda huquq

o’xshashligidan foydalanishi mumkin.

Hakamlik sudining sudyasi 25 yoshga to’lgan paytdan boshlab sudyalik

lavozimini bajarishga kirishishi mumkin, lekin iqtisodiy sudda sudyalik qilish uchun

35 yosh talab etiladi, mana shu jihati bilan hakamlik sudyalari iqtisodiy sudlardan ishni

ko’rishda sudyaning yosh senzi bilan farq qiladi.

Hakamlik sudida oliy yuridik ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar bilan birgalikda

bunday oliy yuridik ma’lumotga ega bo’lmagan shaxslar ham ishlashi mumkin. Bunda

faqat nizoni yakka tartibda hal qiladigan hakamlik sudyasi oliy yuridik ma’lumotga

ega bo’lishi kerak. Iqtisodiy sudlarda esa faqat yuridik ma’lumotga ega bo’lgan

shaxslargina sudyalik lavozimini egallashi mumkin, oliy yuridik ma’lumotga ega

bo’lmagan shaxs sudyalik vazifasini bajara olmaydi.

Hakamlik sudyalarining soni toq bo’lishi uni iqtisodiy sudlarda ishni olib borishda

sudyalarning ish yuritishiga o’xshab ketadi, misol uchun birinchi instansiyada iqtisodiy


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

163

2181-3187

sudlarda yakka tartibda bir sudya qatnashsa, apellatsiya va kassatsiya tartibida uch

nafar va besh nafar sudyada iborat bo’lishi birmuncha o’xshashroq.

Hakamlik sudlarida ishlarni apellatsiya va kassatsiya tartibida ko’rish jarayoni

mavjud emas.

Hakamlik sudi va iqtisodiy sudda sud xarajatlari iqtisodiy sudda qanday xarajatlar

bo’lsa, ularda ham shunday xarajatlar mavjud. Hakamlik sudida xarajatlardan yana biri

hakamlik sudining sudyasi gonorari bilan iqtisodiy sudlardan farq qiladi. Hakamlik

sudyalarni ishni hal qilgani uchun belgilangan miqdorda gonorar oladi.Hakamlik

sudlarida nizoni hal qilish bilan bog’liq xarajatlarni asosan taqsimlash hakamlik

muhokamasi taraflari o’zaro kelishib amalga oshiradi.

Iqtisodiy sudlarda esa bu xarajatlarni taqsimlashni bevosita sudning o’zi amalga

oshiradi.Hakamlik sudlarida davlat boji olinmaydi. Yig’im olinadi ularda.

Iqtisodiy sudlarda sud muhokamasi sud majlisida sud ajrim chiqargan holda

amalga oshiriladi, bunda taraflar o’zaro kelishib muayyan sanaga belgilay olmaydi,

buni sud amalga oshiradi. Muvaqqat hakamlik sudida hakamlik muhokamasini

belgilashni taraflar o’zlari belgilaydi.

Hakamlik sudlarida ham iqtisodiy sudlarga o’xshab da’voni ta’minlash choralari

ko’riladi. Mediatsiya tartib- taomili hakamlik va iqtisodiy sudlarda ham qo’llaniladi.

Taraflar mediativ kelishuv tuzish bilan hakamlik va iqtisodiy sudda ishni tugatishi

mumkin.

Hakamlik sudi chiqargan ajrimlar uchun shikoyat qilish mumkin emas. Lekin

iqtisodiy sudlarda ajrim ustidan shikoyat berilishi mumkin.

Hakamlik sudlarining chiqargan hal qiluv qarori bo’yicha nizolashilayotganda

iqtisodiy sudlar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish va majburiy ijro etish

uchun ijro varaqasi berish to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqa oladi xolos.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

164

2181-3187

Hakamlik sudining hal qiluv qarori bekor qilinganda taraflar hakamlik bitimiga

muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat qilishlari mumkin. Iqtisodiy sudda esa

iqtisodiy sudning hal qiluv qarori bekor qilingach, aynan shu masala bo’yicha yana

taraflar iqtisodiy sudga murojaat qila olmaydi.

Hakamlik sudlarining hal qiluv qarori ixtiyoriy ijro etilmagan taqdirda, iqtisodiy

sudlar ijro varaqasi berish yo’li bilan majburiy ijro etadi. Xulosa qilib aytadigan

bo’lsak, hozirgi paytda hakamlik sudini rivojlantirish bo’yicha keng chora –tadbirlar

amalga oshirilmoqda. Hozirda hakamlik muhokamasining huquqiy asoslarini

yuksaltirish juda katta ahamiyatga ega. Hakamlik sudlarining darajasini xuddi iqtisodiy

sudlar kabi takomillashtirish eng katta vazifalardan biri hisoblanadi. Keyingi

rivojlantirish maqsadlaridan biri iqtisodiy va hakamlik sudlari o’rtasida o’zaro

hamkorlikni rivojlantirishdir. Agar hamkorlikda ishlansa, juda ko’p iqtisodiy ishlar tez

va oson hal qilinishiga sabab bo’ladi. Hakamlik sudyalari 25 yoshdan qabul qilinishi

bilan ularning malakasi yetarli bo;lmasligi mumkin, shuning uchun sudyalikka

nomzodlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish ishini yanada

kuchaytirish lozim. Sudyalar o’rtasida tajriba almashish tizimini joriy etish va tatbiq

etish kerak. Bugungi kunda hakamlik sudining hal qiluv qarorining ijrosini

ta’minlashni yanada kuchaytirish kerak.Hozirda ijrosi ixtiyoriy ravishda to’liq amalga

oshirilmayapti. Shuning uchun hal qiluv qarorining to’liq bajarilishini ta’minlash

lozim. Shuning uchun hakamlik sudlari tejamkorlikka, nizoni tez ko’rib chiqish,

sudyalarni mustaqil tanlash, kelishuv bitimi tuzish bilan hamkorlikni uzoq davom

ettirish kabi qulaylik va afzalliklarga egadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Iqtisodiy protsessual huquq. Darslik. Toshkent. Yuridik adabiyotlar Publish ,

2022 yil – 416 bet

Iqtisodiy protsessual huquq. Darslik. Mas’ul muharrir YFD Z.N Esanova –

Toshkent TDYU, 2019- 524 bet


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

165

2181-3187

FOYDALANILGAN QONUN HUJJATLARI

1.Iqtisodiy protsessual kodeksi

2.”Sudlar to’g’risidagi” qonun

3.”Hakamlik sudlari to’g’risidagi” qonun

4.Hakamlik muhokamasi qoidalari

FOYDALANILGAN SAYTLAR

1.www.lex.uz

2.www.norma.uz

3.www.wikipedia.uz

Библиографические ссылки

www.lex.uz

www.norma.uz

www.wikipedia.uz