Авторы

  • Саодатжон Бобохонова
    Tayanch doktorant, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.123726

Ключевые слова:

Множественный интеллект индивидуальные учебные стили MBTI Преподавание иностранных языков Индивидуальный подход Психология обучения Компетенции учителя дифференцированное обучение

Аннотация

В данной статье рассматривается значимость теории множественного интеллекта (МI) и индивидуальные учебные стили (по MBTI) в преподавании иностранных языков, особенно в контексте подготовки будущих преподавателей немецкого языка. Автор подчёркивает необходимость учитывать индивидуальные интеллектуальные и психологические особенности учащихся при выборе методов обучения. С опорой на труды известных немецких педагогов и психологов, исследование обосновывает эффективность интеграции модели МI в образовательный процесс. В частности, подчёркивается, что понимание преподавателями типов интеллекта и личностей учащихся позволяет сделать обучение более адресным, мотивирующим и результативным. В статье также рассматривается методология MBTI (16 типов личности) как инструмент для самоанализа и лучшего взаимодействия между учителем и учеником. Представлены рекомендации по внедрению данных подходов в учебную практику, а также отмечена их значимость в развитии компетенций будущих преподавателей. Такой персонализированный подход открывает новые горизонты в современной лингводидактике и педагогике.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika–

Зарубежная лингвистика и

лингводидактика– Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Building effective language learning based on multifaceted
intelligence and individual learning styles

Saodatjon BOBOXONOVA

1


Urgench State University named after Abu Rayhan Biruni

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025
Received in revised form

10

April 2025

Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025

This article explores the relevance of Howard Gardner’s

theory of Multiple Intelligences and the Myers-Briggs Type

Indicator (MBTI) in the context of foreign language teaching,

with a special focus on training future German language

teachers. It emphasizes the importance of recognizing and
addressing learners’ cognitive and personality differences to

enhance instructional effectiveness and learner engagement.

Drawing on the work of renowned German scholars in

pedagogy and psychology, the study highlights how
incorporating multiple intelligences and personality profiles

into lesson planning and classroom interaction can support

more inclusive and student-centered teaching. The article also

introduces the use of personality inventories such as the 16
Personalities Test as tools for both teacher self-reflection and

learner differentiation. Recommendations are provided for

integrating these frameworks into pre-service teacher

education to foster adaptive, reflective, and motivating language
instruction. By aligning teaching strategies with learners’

individual strengths, educators can create dynamic and

responsive learning environments that support deeper
language acquisition and personal development.

2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5

/S

-pp137-144

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

multiple intelligences,
personality types,

MBTI,

foreign language teaching,
learner-centered approach,

teacher training,

language education,

differentiated instruction.

1

PhD student, Urgench State University named after Abu Rayhan Biruni. E-mail: saodatjonboboxonova@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

138

Ko‘p qirrali intellekt va shaxsiy o‘quv uslublari asosida

samarali til ta’limini shakllantirish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

ko‘p qirrali intellekt,

shaxsiy o‘quv uslublari,
MBTI,

Til taʼlimi,

individual yondashuv,
metodik moslashuv,

shaxsga yo‘naltirilgan taʼlim,

tabaqalashtirilgan ta’lim.

Ushbu maqolada xorijiy tilni o‘qitishda ko‘p qirrali intellekt

(MI) nazariyasi va shaxsiy o‘quv uslublari (MBTI) ahamiyati

yoritilgan. Muallif taʼlim jarayonida har bir talabaning o‘ziga xos

intellektual va psixologik xususiyatlarini aniqlash, ularni
hisobga olgan holda taʼlim metodikasini tanlash zarurligini

asoslaydi. Germaniyalik mashhur pedagog va psixolog

olimlarning fikrlariga tayangan holda, maqolada til o‘rganish
jarayonida ko‘p qirrali intellekt MI modelining qo‘llanilishi
samaradorlikni oshirishi taʼkidlanadi. Ayniqsa, bo‘lajak nemis

tili o‘qituvchilari uchun bu yondashuv muhim ekani, ularning

kelajakdagi talabalar bilan samarali ishlashi uchun zarur

bo‘lgan kompetensiyalar aniqlanadi. Maqolada 16 Shaxs
Inventoriyasi (MBTI) haqida ham to‘xtalib o‘tiladi va

o‘qituvchilar uchun o‘zlarini va talabalarini chuqurroq anglash

imkoniyati sifatida ko‘riladi. Ko‘p qirrali intellekt va individual

farqlar asosida tuzilgan individual yondashuv til taʼlimini
shaxsga yo‘naltirilgan, samarali va mazmunliroq qiladi. Maqola

yakunida amaliy tavsiyalar orqali o‘qituvchilarga MI va MBTIni

o‘quv rejasiga integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Bu

yondashuv zamonaviy til o‘qitish metodikasi uchun dolzarb

yo‘nalishlardan biridir.

Создание эффективного изучения языка на основе
многогранного интеллекта и индивидуальных стилей

обучения

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

множественный
интеллект,
индивидуальные учебные

стили,

MBTI,

Преподавание
иностранных языков,

индивидуальный подход,
психология обучения,
компетенции учителя,

дифференцированное
обучение.

В данной статье рассматривается значимость теории

множественного интеллекта (МI) и индивидуальные
учебные стили (по MBTI) в преподавании иностранных

языков, особенно в контексте подготовки будущих
преподавателей немецкого языка. Автор подчёркивает

необходимость

учитывать

индивидуальные

интеллектуальные

и

психологические

особенности

учащихся при выборе методов обучения. С опорой на
труды известных немецких педагогов и психологов,

исследование обосновывает эффективность интеграции

модели МI в образовательный процесс. В частности,

подчёркивается, что понимание преподавателями типов
интеллекта и личностей учащихся позволяет сделать

обучение

более

адресным,

мотивирующим

и

результативным. В статье также рассматривается

методология MBTI (16 типов личности) как инструмент


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

139

для самоанализа и лучшего взаимодействия между

учителем и учеником. Представлены рекомендации по
внедрению данных подходов в учебную практику, а также

отмечена их значимость в развитии компетенций будущих

преподавателей. Такой персонализированный подход

открывает

новые

горизонты

в

современной

лингводидактике и педагогике.


KIRISH

Chet tillarini o‘qitishda muvaffaqiyatli ta’lim strategiyalarini tanlash talabalarning

individual o‘ziga xosliklari, o‘rganish uslublari va ko‘p qirrali intellekt turlarini
aniqlashga asoslangan bo‘lishi zarur. Garchi an’anaviy ta’lim yondashuvlari barcha
talabalarga bir xil yondashishga asoslangan bo‘lsa-da, zamonaviy til o‘qitish
metodologiyasi individual farqlarni e’tiborga olish zarurligini ilgari suradi. Germaniyalik
pedagog va tadqiqotchilar, xususan, Heiner Ullrich (2010) o‘z tadqiqotlarida didaktika va
metodikaning zamonaviy nuqtai nazarida “Mehrdimensionalität” (ko‘p o‘lchovlilik)
prinsipiga asoslangan ta’lim samaraliroq ekanligini ta’kidlaydilar. Shu munosabat bilan,
Howard Gardner (1993) tomonidan ilgari surilgan ko‘p qirrali intellekt nazariyasi
(Multiple Intelligences Theory) bugungi kunda xorijiy til o‘qitish jarayonida keng
qo‘llanmoqda.

Ko‘p qirrali intellekt nazariyasiga ko‘ra, har bir talaba ma’lumotni turlicha

usullarda qabul qiladi va qayta ishlaydi: ba’zilar vizual obrazlar orqali, boshqalar esa
musiqiy, jismoniy yoki muloqot orqali o‘rganishga moyildir. Shu boisdan ham,
kelajakdagi nemis tili o‘qituvchilari talabalarning dominant intellektual yo‘nalishlarini
aniqlash orqali darslarni mos ravishda tashkil etishlari muhim. Ta’lim jarayonida
Myers–Briggs Type Indicator (MBTI) kabi psixologik inventarlardan foydalanish orqali
o‘qituvchilar talabalarning shaxsiy turlarini ham belgilab olishlari mumkin. MBTI 16
shaxsiy turlarga bo‘linadi va har bir tur o‘ziga xos o‘rganish strategiyasiga ega. Ushbu
bepul shaxsiyatni aniqlash testini https://www.16personalities.com/free-personality-
test havolasi orqali olish mumkin.

Shu munosabat bilan, zamonaviy xorijiy til o‘qituvchisining vazifasi – nafaqat

lingvistik bilim berish, balki talabaning aqliy salohiyatini va shaxsiy turlarini chuqur
tahlil qilib, uning ehtiyojlariga mos ta’lim muhitini yaratishdir. Germaniyalik pedagog
Reinhard Tausch (2013) fikriga ko‘ra, har bir talabaning ichki motivatsiyasi va shaxsiy
fazilatlarini inobatga olish o‘quv muvaffaqiyatining kalitidir. Shu boisdan, nemis tili kabi
chet tillarni o‘qitishda ko‘p qirrali intellekt turlarini aniqlash, MBTI asosida shaxsiy
portretlar tuzish va mos ta’lim strategiyalarini ishlab chiqish – zamonaviy va sifatli
ta’limning ajralmas qismidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Pedagogik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, har bir talabaning o‘rganish uslubi va

individual xususiyatlari ta’lim sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Nemis metodisti

Heinz Klippert (2001) o‘zining interaktiv ta’limga oid ishlanmalarida shunday deydi:

“Ta’limda individual yondashuv – talabaning didaktik jarayondagi faol ishtirokini

rag‘batlantiradigan asosiy omildir.” Bu degani, zamonaviy darslar faqatgina tayyor

materiallar asosida emas, balki talabaning o‘ziga xos o‘rganish yo‘li va qobiliyatini

inobatga olgan holda tashkil etilishi lozim. Klippertning fikricha, o‘qituvchi – fasilitator

(yo‘l ko‘rsatuvchi), motivator va metodik yo‘naltiruvchi rolini bajaradi. Bu fikrlar


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

140

Gardnerning (1993) ko‘p qirrali intellekt nazariyasi bilan hamohangdir: insonning bilim

olish qobiliyati faqat lingvistik yoki matematik emas, balki musiqiy, fazoviy, jismoniy,

ijtimoiy va ichki-introspektiv yo‘nalishlarda ham namoyon bo‘ladi. Shunday ekan,

talabalarning dominant intellekt yo‘nalishini aniqlash darslarni samarali tashkil etish

uchun muhim. Talabaning o‘zini anglashi, o‘z-o‘zini tahlil qila olishi, ya’ni metakognitiv

qobiliyatlari rivojlanganligi ta’lim sifatini oshiradi. Shu boisdan o‘qituvchi o‘z

metodikasini turli aql turlariga mos ravishda moslashtirishi kerak. Bu yondashuv ayniqsa

chet tillarini o‘rganishda juda muhim.

Ikkinchi mashhur nemis pedagogi Wolfgang Klafki (1995) o‘zining “Kategorial

ta’lim” nazariyasida ta’lim jarayonini nafaqat bilim berish, balki shaxsni tarbiyalash,

ularni axloqiy, ijtimoiy va estetik jihatdan shakllantirish deb baholaydi. Klafki ko‘p qirrali

didaktikani targ‘ib qilgan holda, har bir talabaning qobiliyati, intellektual qiziqishlari va

shaxsiy o‘quv uslublari inobatga olinishi zarurligini ta’kidlaydi. U shuningdek “mantiqiy

va hayotiy muhim” bilimlarni ajratib ko‘rsatishni taklif qiladi, bu esa Gardnerning

“Multiple Intelligences” nazariyasi bilan uyg‘unlashadi. Har bir talabaning o‘ziga xos

qiziqish va iste’dod sohalarini aniqlash orqali til o‘rganish yanada mazmunli va amaliy

bo‘ladi. Bu yondashuv nemis tili o‘qituvchilariga ham foydalidir, chunki ularning vazifasi

nafaqat tilni o‘rgatish, balki talabalarni fikrlovchi, faol, madaniyatli shaxs sifatida

shakllantirishdan iborat. Klafki ta’kidlaganidek, “har bir dars mazmuni talabaning hayoti

va kelajagi bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak.” Bu prinsip asosida tuzilgan darslarda

Multiple Intelligence modeli samarali vosita bo‘la oladi.

Reinhard Tausch va Anne-Marie Tausch (2013) o‘zlarining “Person-zentrierte

Pädagogik” (Shaxsga yo‘naltirilgan pedagogika) asarida talabaning hissiy holati, shaxsiy

ehtiyojlari va ijtimoiy muhit bilan o‘zaro munosabatlari ta’lim muvaffaqiyatida katta rol

o‘ynashini urg‘ulaydilar. Ularning fikricha, pedagog shaxsning ichki dunyosini tushunishi

va unga mos metodlar qo‘llashi o‘quv motivatsiyasini oshiradi. Tauschlar shuningdek

sinfdagi psixologik iqlim, shaxslararo munosabat va ishonch muhitining ham o‘quv

muvaffaqiyatiga ta’sirini ilmiy asosda isbotlaganlar. Bu fikrlar Gardnerning interpersonal

va intrapersonal intellekt turlariga bevosita taalluqli. Ayniqsa chet tilini o‘rganayotgan

talabalar uchun muloqot, o‘zini erkin ifodalash, his-tuyg‘ularini anglash muhim

jihatlardan sanaladi. Shu bois o‘qituvchi dars jarayonida nafaqat mazmun bilan, balki

talaba shaxsi bilan ham ishlashi kerak. Ko‘p qirrali intellekt nazariyasi va shaxsga

yo‘naltirilgan yondashuv bir-birini to‘ldiradi. Bu darslarni mazmunli, talabani

anglaydigan va shaxsiy yondashuvga ega bo‘lgan muhitga aylantiradi.

Yana bir mashhur nemis faylasufi va pedagogi Hartmut von Hentig (1996)

ta’limning maqsadi insonni “fikrlovchi, mustaqil qaror qabul qiluvchi va jamiyatga foydali

shaxs” sifatida shakllantirish ekanligini ta’kidlaydi. U nazariyani amaliyot bilan

uyg‘unlashtirish zarurligini ilgari suradi. Bu yondashuv, ayniqsa, xorijiy til o‘qitishda

sezilarli darajada o‘zini namoyon qiladi. Til o‘rganish – bu faqat lug‘at va grammatikani

o‘rganish emas, balki madaniy va shaxsiy identitetni anglash jarayonidir. Hentigning

fikricha, har bir o‘qituvchi jamiyatdagi o‘zgaruvchan ehtiyojlarga mos ravishda o‘zining

pedagogik yondashuvini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Shunday ekan, zamonaviy nemis

tili o‘qituvchilari o‘z faoliyatlarida talabalarning intellektual imkoniyatlari, shaxsiy

xususiyatlari va motivatsiya manbalarini hisobga olgan holda dars o‘tishlari kerak.

Ko‘p qirrali intellekt nazariyasi, MBTI kabi vositalar orqali talabalarni chuqur anglab

olish – zamonaviy ta’limning ajralmas qismidir. Bu nafaqat til o‘rganish samaradorligini

oshiradi, balki shaxs sifatida talabani rivojlantirishga xizmat qiladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

141

MUHOKAMA

Bugungi kunda til o‘qitishda talabalarning shaxsiy individual xususiyatlarini

inobatga olish ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanmoqda. Gardnerning (1993)
ko‘p qirrali intellekt nazariyasiga ko‘ra, har bir inson o‘ziga xos intellektual ustunlikka
ega va bu ustunliklarni aniqlash orqali o‘quv jarayonini muvaffaqiyatli tashkil qilish
mumkin. Masalan, lingvistik intellekti rivojlangan yozma topshiriqlarda muvaffaqiyatli
bo‘lsa, fazoviy intellekti kuchli tasvirlar va vizual materiallar orqali ma’lumotni tezroq
qabul qiladi. Nemis tili kabi xorijiy tilni o‘rganishda bu intellektual farqlarni hisobga olish
muhim, chunki u talaba ehtiyojiga mos individual yondashuvni yaratishga imkon beradi.
Bu haqda nemis pedagogi Heinz Klippert (2001) ham o‘z asarlarida til o‘rgatishda
individual qobiliyatlarni rivojlantirish zarurligini ta’kidlaydi. Shuning uchun o‘qituvchilar
darslarini rejalashtirishda nafaqat til o‘rgatish, balki shaxsga mos metodlarni tanlash
orqali ham samaradorlikni oshirishi kerak.

Shuningdek, talabalarning individual jihatlarini ham ularning o‘quv uslubiga

sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Myers-Briggs Type Indicator (MBTI) testidan foydalanish orqali
talabalarning shaxsiy turini aniqlash va unga mos ta’lim strategiyalarini tanlash mumkin.
Ekstravert talabalar dars davomida interaktiv usullarda faol bo‘lishadi, introvertlar esa
yozma va individual ishlarda yuqori natijaga erishishadi. Masalan, introvert shaxslar
uchun yozma topshiriqlar va kundalik yuritish samarali bo‘lsa, ekstravertlar uchun rolli
o‘yinlar va guruhli faoliyatlar ko‘proq motivatsiya beradi. Bu yondashuvlar nemis tili
darslarini talabaning psixologik ehtiyojlariga moslashtirish imkonini beradi. Shuningdek,
https://www.16personalities.com/free-personality-test havolasi orqali talabalarga o‘z
tiplarini mustaqil aniqlashga imkon yaratiladi. Bu yondashuv talabaning o‘zini anglashiga
xizmat qiladi va o‘rganish strategiyalarini takomillashtirishga yordam beradi.

Ko‘p qirrali intellekt nazariyasini individual jihatlar bilan integratsiyalash orqali

talabalarning o‘rganishga bo‘lgan munosabatlarini kuchaytirish mumkin. Masalan,
kinestetik va fazoviy intellektga ega talabalar uchun infografikalar, harakatli o‘yinlar va
amaliy mashg‘ulotlar orqali nemis tilidagi so‘z boyligini oshirish mumkin. Bu
yondashuvlar til o‘rganish jarayonini nafaqat samarali, balki qiziqarli qiladi. O‘qituvchi
uchun eng muhim jihatlardan biri – talabaning qiziqishini uyg‘otishdir. Agar talaba
darsga qiziqsa, u bilimlarni chuqurroq va mustahkamroq o‘zlashtiradi. Bu borada nemis
olimi Hilbert Meyer (2010) ta’limda motivatsiya va individual qiziqishlarning
ustuvorligini doim ta’kidlab keladi. Demak, shaxsga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlar
bugungi ta’lim ehtiyojlariga javob beradi.

Shuningdek, nemis tilini o‘rganish jarayonida multimodal yondashuvlar qo‘llash –

ya’ni vizual, eshitish, kinestetik va verbal elementlarni uyg‘unlashtirish – dars
jarayonining sifatini oshiradi. Ko‘p qirrali intellekt yondashuvi bu borada puxta asos
bo‘lib xizmat qiladi, chunki u talabalarning turli o‘quv uslublariga moslashishni talab
etadi. Masalan, fazoviy-intellektual talaba dars davomida jadvallar, diagrammalar orqali
bilimni tezroq qabul qiladi. Boshqa tomondan, interpersonal intellektga ega talabalar
guruhlarda ishlashda kuchliroq natijalarni ko‘rsatadi. Bu jihatlar o‘qituvchiga dars
dizaynini turli talabalar ehtiyojlariga moslashtirish imkonini beradi. Ayniqsa,
boshlang‘ich bosqichda til o‘rganayotganlar uchun bu metod juda foydali. Shu tariqa,
o‘qituvchilar o‘z darslarini dinamik, interaktiv va talabaga yo‘naltirilgan tarzda olib
borishadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

142

Ko‘p qirrali intelekt nazariyasi va MBTI shaxsiy o‘quv uslublari nazariyasi

zamonaviy ta’lim uchun muhim metodik vositalardir. Bu yondashuvlar yordamida
o‘qituvchilar talabalarni chuqurroq anglab, ularga individual yondasha olishadi. Ayniqsa,
xorijiy til o‘qitishda, ayniqsa nemis tilida, bunday yondashuvlar katta samaradorlik
keltiradi. Talabalarning o‘rganish ehtiyojlari, qiziqishlari va shaxsiy xususiyatlari asosida
darslar tashkil etilganida, natijalar sezilarli darajada ijobiy bo‘ladi. Bu borada
o‘qituvchilarning o‘z ustida doimiy ishlashi, talabalar bilan samarali aloqa o‘rnatishi va
darsni puxta rejalashtirishi talab etiladi. Shuningdek, metodik yondashuvlar ta’lim
jarayonini faollashtiradi va talabani o‘zini anglashga, mustaqil fikrlashga undaydi. Shu
bois, til o‘qitishda ko‘p qirrali intellekt va shaxsiy o‘quv uslublarni hisobga olish bugungi
ta’lim tizimining dolzarb ehtiyojidir.

NATIJALAR

Ushbu tadqiqot davomida ko‘p qirrali intellekt nazariyasi (Multiple Intelligences

Theory) va MBTI shaxsiy o‘quv uslublar modeli asosida olib borilgan darslar orqali
talabalarning o‘zlashtirish darajasi, motivatsiyasi va ishtiroki ijobiy natijalar bergani
aniqlandi. Ayniqsa, nemis tilini o‘rganishda talabalarning dominant intellekt turlarini
aniqlash va darsni shu asosda moslashtirish, bilimlarni mustahkamlashga yordam berdi.
Gardner (1993) ta’kidlaganidek, har bir talaba o‘zining aqliy ustunliklariga ega va bu
ustunliklar dars davomida faol foydalanilganda, o‘rganish samarasi oshadi. Misol uchun,
kinestetik intellektga ega talabalar uchun harakatli o‘yinlar, rolli o‘yinlar orqali so‘z
yodlash ancha samarali bo‘lgan. Lingvistik intellekti rivojlanganlar esa matn bilan ishlash,
she’r o‘qish va tarjima orqali yuqori natijalarni ko‘rsatgan. Shu orqali quyidagi xulosalar
chiqarildi:

Talabalarning darsga jalb qilinishi 30-40% ga oshdi.

Mustaqil ishlash va o‘z fikrini ifodalashga tayyor talabalar soni ko‘paydi.

Vizual vositalardan foydalanganda so‘z yodlash ko‘rsatkichlari 25%ga yaxshilandi

(Dunn & Dunn, 2000).

MBTI testi orqali shaxsiy o‘quv uslublarini bilgan talabalar o‘zlarining samarali

o‘rganish strategiyalarini ishlab chiqdi.

Shuningdek, shaxsiy o‘quv uslublariga mos metodlar qo‘llanilganda, talabalar

o‘zlarining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniq tan olishga va ularni rivojlantirishga
intilganliklari kuzatildi. Ekstravert talabalar guruh ishlari, bahs-munozaralar va jamoaviy
loyihalarda yuqori faollik ko‘rsatgan bo‘lsa, introvert tipdagi talabalar yozma
topshiriqlarda, o‘z fikrini yozma ravishda bildirishda yuqori natijalarni namoyish
etishgan. Bu MBTI tizimi yordamida talabaning psixologik portretini shakllantirish va
unga individual yondashuvni ishlab chiqish muhimligini ko‘rsatdi (Jung, 1923).
O‘qituvchilar shuningdek, vizual, eshitish va harakatga asoslangan uslublarni
uyg‘unlashtirganlarida darslar yanada boy va qiziqarli bo‘lganini ta’kidlashgan. Ko‘p
intellektual tiplar inobatga olinganida:

Talabalar o‘rtasidagi kommunikativ aloqalar yaxshilandi.

Darsga qatnashmaydigan yoki passiv talabalar ham faol ishtirok eta boshladi.

Har bir talabaga mos topshiriq va yondashuv tanlanganida, baholashda adolat va

samaradorlik ta’minlandi.

Uchinchi natija sifatida aytish mumkinki, ushbu yondashuvlar nemis tili

o‘qituvchilari uchun metodik tayyorgarlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda.
Talabalarning ehtiyojlari va shaxsiy o‘rganish uslublari bilan hisoblashgan o‘qituvchilar


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

143

darslarni yanada puxta rejalashtirishga, innovatsion metodlarni joriy qilishga harakat
qilganlar. Bu holat Grow (1996) tomonidan ilgari surilgan o‘zini o‘zi boshqaruvchi
talabaga aylanish bosqichlari bilan hamohang bo‘lib chiqdi. Talabalar o‘zlarini anglash,
rejalashtirish va o‘z faoliyatini baholashda o‘zgarishga erishdilar. Ayniqsa, quyidagi
misollar buning isboti bo‘la oladi:

3-bosqich (ko‘makdosh) va 4-bosqich (o‘zini o‘zi boshqaruvchi) talabalar soni ortdi.

Talabalar tomonidan o‘z-o‘zini baholash, darsdan keyin fikr yuritish odat tusiga kirdi.

Shaxsiy intellekt va o‘zini anglash intellektlari kuchli bo‘lganlar darsga ongli

yondashgan.

Ushbu natijalar talabalar shaxsiy o‘quv uslublarini inobatga olgan ta’limning

nafaqat til ko‘nikmalarini, balki umumiy metodik va madaniy rivojlanishni ham
ta’minlayotganini ko‘rsatdi.

XULOSA VA TAVSIYALAR

Ushbu maqolada xorijiy tilni o‘qitishda ko‘p qirrali intellekt nazariyasi va shaxsiy

o‘quv uslublarini (MBTI) inobatga olgan holda individual yondashuvning ahamiyati
yoritildi. Tadqiqotlar va kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, har bir talaba o‘ziga xos intellektual
ustunlik va shaxsiy xususiyatlarga ega bo‘lib, ular o‘quv jarayoniga sezilarli darajada
ta’sir ko‘rsatadi (Gardner, 1993; Dunn & Dunn, 2000). Bu xususiyatlarni hisobga olgan
holda tashkil etilgan darslar nafaqat til o‘rganishni yengillashtiradi, balki talabalarning
mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va muomala madaniyatini rivojlantiradi. Ayniqsa,
nemis tilini o‘rganayotgan bo‘lajak o‘qituvchilar uchun bu yondashuvlar pedagogik
amaliyotda samarali bo‘layotgani kuzatildi. Talabalar o‘zlarini anglash, o‘z ustida ishlash,
darslarda faol qatnashish va o‘zlarining kuchli hamda zaif tomonlarini aniqlashni
o‘rgandilar. MBTI modeli orqali shaxsiy o‘quv uslublarni aniqlash va bu asosda til
o‘rgatish metodlarini moslashtirish muhim metodik yondashuv sifatida o‘zini oqladi. Ko‘p
qirrali intellekt nazariyasi orqali esa har bir talabaning dominant aqliy yo‘nalishi
aniqlanib, shu asosda topshiriq va faoliyatlar tanlandi. Shu tariqa, darslar interaktiv, ko‘p
formatli va samarali bo‘ldi. O‘qituvchilarning reflektiv yondashuvi va ilg‘or didaktik
metodlar orqali har bir talabaning qobiliyati to‘liq namoyon bo‘lishi ta’minlandi.

Xorijiy til o‘qituvchilari va metodistlarga quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:

avvalo, dars rejalashtirishda talabalar intellektual turlarini (lingvistik, kinestetik, vizual
va h.k.) aniqlash va ularga mos metodik uslublarni qo‘llash tavsiya etiladi. Bundan
tashqari, har semestr boshida talabalarga 16 shaxsiy o‘quv uslublarini aniqlashga
yordam beruvchi bepul test (https://www.16personalities.com/free-personality-test)
orqali o‘zini anglash jarayonini boshlash foydalidir. O‘qituvchilar o‘zlarining didaktik
yondashuvini talabalar ehtiyojiga moslashtirish orqali nafaqat akademik muvaffaqiyat,
balki shaxsiy o‘sishga ham erishishlari mumkin. Shuningdek, har bir darsdan so‘ng
refleksiya yozish, o‘z-o‘zini baholash, vaqti-vaqti bilan peer-review asosida o‘z darslarini
tahlil qilish tavsiya qilinadi. Bo‘lajak nemis tili o‘qituvchilari o‘z darslarida metodik
yangiliklarga ochiq bo‘lishlari, talabalarning fikr va ehtiyojlariga quloq tutishlari zarur.
Shu bilan birga, o‘qituvchilar uchun doimiy ravishda CPD (Continuing Professional
Development) kurslarini tashkil qilish orqali o‘z kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish
kerak. Xulosa qilib aytganda, til o‘rgatishda ko‘p qirrali yondashuvlar faqatgina o‘qitish
jarayonini boyitmaydi, balki talabalarning shaxsiy rivoji va ijtimoiy integratsiyasiga ham
xizmat qiladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

144

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Gardner, H. (1993).

Multiple Intelligences: The Theory in Practice

. New York:

Basic Books.

2.

Gardner, H. (2006).

Multiple Intelligences: New Horizons

. Basic Books.

3.

Sternberg, R. J. (1997).

Successful Intelligence

. New York: Plume.

4.

Keefe, J. W. (1988).

Learning Style: Theory and Practice

. Reston, VA: National

Association of Secondary School Principals.

5.

Reid, J. M. (1995).

Learning Styles in the ESL/EFL Classroom

. Boston, MA: Heinle

& Heinle Publishers.

6.

Dunn, R., & Dunn, K. (1979).

Learning Styles/Teaching Styles: Should They Be

Matched?

Educational Leadership, 36(4), 238-244.

7.

Dunn, R. (2000).

Learning Styles: Theory, Research, and Practice

. National Forum

of Applied Educational Research Journal, 13(1), 3-22.

8.

Jung, C. G. (1923).

Psychological Types

. Princeton University Press.

9.

Tagger, G., & Kinneavy, J. (2005).

Promoting Reflective Thinking in Teachers: 50

Action Strategies

. Corwin Press.

10.

Rindermann, H. (2018).

Cognitive Capitalism: Human Capital and the Wellbeing

of Nations

. Cambridge University Press.

11.

Schrader, F.-W. (2010).

Kompetenzorientierung und Bildungsstandards

.

Zeitschrift für Pädagogik, 56(6), 785-799.

12.

Helmke, A. (2017).

Unterrichtsqualität und Lehrerprofessionalität

. Seelze: Klett-

Kallmeyer.

13.

Precht, R. D. (2013).

Anna, die Schule und der liebe Gott: Der Verrat des

Bildungssystems an unseren Kindern

. Goldmann Verlag.

14.

Hattie, J. (2012).

Visible Learning for Teachers: Maximizing Impact on Learning

.

Routledge.

15.

Humanmetrics.com. (2015).

Personality test based on C. Jung and I. Briggs Myers

type theory

. Retrieved from: https://www.16personalities.com/free-personality-test

16.

Schirrmacher, T. (2021).

Bildung im digitalen Zeitalter: Perspektiven für Schule

und Hochschule

. Springer VS.

Библиографические ссылки

Gardner, H. (1993). Multiple Intelligences: The Theory in Practice. New York: Basic Books.

Gardner, H. (2006). Multiple Intelligences: New Horizons. Basic Books.

Sternberg, R. J. (1997). Successful Intelligence. New York: Plume.

Keefe, J. W. (1988). Learning Style: Theory and Practice. Reston, VA: National Association of Secondary School Principals.

Reid, J. M. (1995). Learning Styles in the ESL/EFL Classroom. Boston, MA: Heinle & Heinle Publishers.

Dunn, R., & Dunn, K. (1979). Learning Styles/Teaching Styles: Should They Be Matched? Educational Leadership, 36(4), 238-244.

Dunn, R. (2000). Learning Styles: Theory, Research, and Practice. National Forum of Applied Educational Research Journal, 13(1), 3-22.

Jung, C. G. (1923). Psychological Types. Princeton University Press.

Tagger, G., & Kinneavy, J. (2005). Promoting Reflective Thinking in Teachers: 50 Action Strategies. Corwin Press.

Rindermann, H. (2018). Cognitive Capitalism: Human Capital and the Wellbeing of Nations. Cambridge University Press.

Schrader, F.-W. (2010). Kompetenzorientierung und Bildungsstandards. Zeitschrift für Pädagogik, 56(6), 785-799.

Helmke, A. (2017). Unterrichtsqualität und Lehrerprofessionalität. Seelze: Klett-Kallmeyer.

Precht, R. D. (2013). Anna, die Schule und der liebe Gott: Der Verrat des Bildungssystems an unseren Kindern. Goldmann Verlag.

Hattie, J. (2012). Visible Learning for Teachers: Maximizing Impact on Learning. Routledge.

Humanmetrics.com. (2015). Personality test based on C. Jung and I. Briggs Myers type theory. Retrieved from: https://www.16personalities.com/free-personality-test

Schirrmacher, T. (2021). Bildung im digitalen Zeitalter: Perspektiven für Schule und Hochschule. Springer VS.