Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Ensuring linguistic expressiveness in the syntax of
Internet discourse
Mukhabbat MADAMINOVA
1
Alisher Navo’i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
10
April 2025
Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025
This article discusses how, despite being a relatively new
field of social relations, internet communication has quickly
encompassed all of humanity. This rapid spread has given rise
to a number of issues, including the communication system on
the Internet, user interactions, the formation of virtual
communities, and how individuals express themselves online.
The article also touches on the impact of online speech and how
these topics have become objects of research in
psycholinguistic, sociolinguistic, and pragmalinguistic fields.
2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
parcellation,
ellipsis,
internet discourse,
inversion,
parcellated constructions.
Internet diskursi sintaksisida nutqiy ta’sirchanlikni
ta’minlash
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
parsellyasiya,
ellipsis,
internet diskursi,
inversiya,
parsellyatli konstruksiyalar.
Ushbu
maqolada
internet
muloqoti
ijtimoiy
munosabatlarning nisbatan yangi maydoni bo‘lsa-da, qisqa vaqt
ichida butun insoniyatni qamrab olishi bu esa internet
tarmog‘ida muloqot tizimi, foydalanuvchilarning o‘zaro
munosabatlari, virtual jamoatchilikning shakllanishi, shaxsning
qaytarzda o‘zligini namoyon qilishi, nutqiy ta’sir kabi qator
masalalarni keltirib chiqarishi, psixolingvistik, sotsiolingvistik,
pragmalingvistik yo‘nalishlar uchun tadqiqotlar ob’yektiga
aylanishi haqida fikr yuritilgan.
1
Doctor of philosophy in philological Sciences (PhD), Alisher Navo’i Tashkent State University of Uzbek Language
and Literature.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
166
Обеспечение речевой аффективности в синтаксисе
интернет-дискурса
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
парсел,
многоточие,
интернет-дискурс,
инверсия,
парсельные конструкции.
В данной статье отмечается, что, хотя интернет-
коммуникация является относительно новой областью
социальных отношений и охватывает все человечество за
короткий период времени, она затрагивает целый ряд
вопросов, таких как система общения в сети Интернет,
взаимодействие пользователей, формирование виртуального
сообщества, самовыражение личности в ретроспективе,
речевое воздействие, является объектом исследований
психолингвистического,
социолингвистического,
прагмалингвистического направлений. циркуляции.
Dunyo tilshunosligida diskursning yangi turi – yozma so‘zlashuv nutqining
shakllanganligi tan olindi. Og‘zaki so‘zlashuv nutqiga xos bo‘lgan fonetik, leksik,
grammatik nomuvofiqliklar, ya’ni til me’yorlaridan chekinishlar internet diskursining
yozma shaklida ham amal qila boshladi. Adabiy til me’yorlariga amal qilinmaslik,
noadabiy qatlamga oid dialektizm, vulgarizm, varvarizm, nostandart qisqartmalar kabi
lug‘aviy birliklardan foydalanish xususiyatlari yozma so‘zlashuv nutqiga ham “ko‘chib
o‘tdi”. Og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos xususiyatlar, asosan, norasmiy doirada, ya’ni
ijtimoiy tarmoqlar, ko‘ngilochar saytlardagi o‘zaro va guruhiy muloqotlar, shaxsiy
yozishmalarda kuzatiladi. Birinchidan, bunday platformalarda, ko‘pincha, muloqot tezligi
talab etiladi, shuning uchun tezda javob xabar yuborish kerakligi bilan ham bog‘liq deb
hisoblash mumkin. Ikkinchidan, adresantning saviyasi, bilim doirasi, diskursiv
vaziyatdagi holati va imkoniyatlari kabi psixolingvistik yoki tashqi omillar ham sabab
bo‘lishi mumkin. Rasmiy doiradagi ijtimoiy qatlamlar muloqotida esa imkon qadar
adabiy til me’yorlariga amal qilinadi.
Bugungi kunda ko‘plab olimlar og‘zaki nutqni butunlay so‘zlashuv uslubiga xos deb
bo‘lmaydi yoki yozma nutqni so‘zlashuv uslubiga qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas
deb hisoblaydilar. Bu juda o‘rinli gipoteza, chunki bugungi muloqot imkoniyatlarining
turli darajalarida “og‘zaki-yozma” nutq shakllari bir-birini to‘ldiradi.
Bugunga kelib esa, fan-texnika taraqqiyotining mislsiz imkoniyatlari tufayli yozma
so‘zlashuv shakli paydo bo‘ldiki, internet muloqoti ana shu yangi uslubiy shakl uchun
o‘ziga xos maydon vazifasini o‘tay boshladi. Endi insonlar asinxron shaklda va masofadan
turib bilvosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shunday qilib, interaktiv sintaksisni tahlil qilish quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni
belgilashga imkon berdi:
– so‘zlarni xato yozish;
– grammatik vositalarni xato qo‘llash;
– qisqartiruv usullari;
– agrammatizmga moyillik;
– inversiya;
– parsellyatli konstruksiyalar.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
167
Internet diskursi sintaksisida nutqiy ta’sirchanlikni ta’minlash maqsadida
parsellyasiya va ellipsis usullari keng qo‘llanilayotgani kuzatildi.
Parsellyasiya
(fransuzcha parcelle – qism, parcha)
–
bitta sintaktik tuzilma-
jumlani bir necha kommunikativ mustaqil birliklar orqali ifodalash usuli. Nutqiy
parsellyasiya ohang yordamida, yozma matnda esa uning grafik ko‘rsatkichlari – tinish
belgilari orqali amalga oshiriladi. Parsellyasiya fenomeni nutqni tashkil qilishning
shakliy-strukturaviy va intonasion-semantik jihatlarining nisbiy mustaqilligini, lisoniy va
nutqiy (matniy) birliklar asimmetriyasini ochib beradi. Kengaytirilgan va o‘ta murakkab
sintaktik tuzilmalarni idrok etishni osonlashtiruvchi parsellyasiya ta’limiy matnning
maxsus usuli vazifasini bajaradi. Uning kommunikativ va ekspressiv funksiyalari
nutqning turli uslublarida qo‘llash imkoniyatini beradi.
Parsellyasiya
(frans
. pagselle
–
lotin.
ragtieile
–
bo‘lakcha). Gapning ekspressiv
maqsad bilan bo‘laklanishi bo‘lib, unda gapning bir qismi ayiruvchi to‘xtamdan keyinga,
gapning tashqarisiga chiqariladi.
Sharl Balli “dislokatsiya” deb nomlagan til hodisasi, aynan, parsellyasiya atamasiga
xos tushunchani anglatadi: “Gap bo‘laklari orasidagi mantiqiy muvofiqlik fikr uzvlari
ketma-ketligini ta’minlab, uni tushunishga hissa qo‘shadigandek ko‘rinsa ham, aslida
fikrni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifoda etish uchun to‘siq bo‘ladi. Bu ikki omil ta’sirida ifoda
elementlari bir-biridan ajratiladi (hech bo‘lmaganda, shakl jihatdan); gapirish bir xil
ohangda emas, balki yengil silkinishlar bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, tinglovchi
butun bir fikrni birdaniga emas, balki alohida-alohida qismlarga ajratib qabul qiladi.
Bu qismlarning har biri alohida ekspressiv ta’sir kuchiga ega bo‘ladi, qisqa pauza bilan
ajralib turadi; har biri mustaqil bir gap sifatida boshqalarga hech qanday aloqasi yo‘qdek
ko‘rinadi, ammo aslida unday unday emas. ... garchi so‘zlar mantiqiy tartibining buzilishi
tinglovchini qayta tiklashga majbur qilishi paradoksga o‘xshaydi – chunki mantiqiy tartib
aqliy dangasalikka hissa qo‘shsa, aksincha, dislokatsiya diqqatni rag‘batlantiradi.
Parsellyasiya hodisasi o‘zbek tilshunosligida dastlab ilova konstruksiyalar sifatida
talqin qilingan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda parsellyativ va ilovali qurilmalarni farqlash
jarayoni kechdi va nihoyat zamonaviy lingvistik tamoyillar asosida alohida sintaktik
hodisa sifatida tadqiq etilmoqda.
Parsellyativ konstruksiyalarni badiiy matn doirasidagina talqin qilinishi,
bizningcha, yetarli emas. Hodisaning nutqiy ta’sirni ta’minlash xususiyati reklama
matnlarida faol qo‘llash uchun asos bo‘la oladi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, ijtimoiy
tarmoqlardagi Internet muloqoti so‘zlashuv uslubining yozma varianti sifatida
“so‘zlashuv matni”da ham parsellyatli tuzilmalar faol qo‘llanmoqda.
“Parsellyatli tuzilmalardagi tartib mohiyat e’tibori bilan ta’sirchan so‘z tartibi
bo‘lib, uslubiy jihatdan betaraf tuzilmali gap qismlarini kommunikativ maqsadga muvofiq
tarzda guruhlash, sintaktik jihatdan qayta o‘rinlashtirish sifatida ruyobga chiqadi”.
Ilmiy adabiyotlarda parsellyatli konstruksiyalar quyidagi xususiyatlarga ega
sintaktik birliklar sifatida tavsiflanadi: 1) ikki komponentli tuzilma: asosiy qism va
parsellyat; 2) parsellyatlar asosiy qismga grammatik va semantik jihatdan bog‘liq bo‘lib,
talaffuzda pauza bilan va yozma matnda nuqta bilan ajratiladi; 3) komponentlar tartibi
qat’iy belgilangan; 4) parsellyatlarni tayanch qism bilan bog‘laydigan vositalar
parchalanish belgisi sifatida xizmat qiladi; 5) ajratilgan element dolzarb ma’lumot
tashuvchi (rema) hisoblanadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
168
Suyun Karimov parsellyasiya hodisasini so‘zlashuv uslubiga xos deb hisoblaydi.
Bunda parsellyat oldindan rejalashtirilmagan, o‘ylanmagan holda ajratilganga o‘xshaydi.
Aslida unday emas. U yetakchi gapning ataylab tushirib qoldirilgan va uning davomida
alohida keltiriladigan bo‘lagidir, so‘zlovchi tomonidan ongli ravishda ajratilgan qismidir.
Orada men o‘qishimni o‘zgartirdim. Ularning tavsiyasi orqali. Anqara universitetiga
(“Feysbuk”dan).
Ellipsis
tabiatan murakkab hodisa bo‘lib, u tilning sintaktik tizimida alohida o‘rin
egallaydi.
Ellipsisda
nutq jarayonida qaysidir bir bo‘lak qisqalikka erishish yoki nutq
vaziyatidan kelib chiqib tushirib qoldiriladi. Internet muloqoti shakllangunga qadar
tilshunoslar ellipsisni, asosan, og‘zaki so‘zlashuvga xos nutqiy hodisa deb hisoblaganlar.
Bugungi kunda internet muloqotida ellipsis hodisasi keng qo‘llanilmoqda.
Ellipsis Sh. Balli, V.V. Vinogradov, A.M. Peshkovskiy, A.A. Shaxmatov, Kubryakova,
I.A. Lipova, Yu.V. Vannikov, Yu.M. Skrebnev, G.A. Ribakova, A.P. Skovorodnikov kabi
olimlar tomonidan o‘rganilgan.
Sh. Balli ellipsisni nol ko‘rsatkichli forma deb hisoblaydi. “Ellipsis” so‘zi har xil
ma’noda ishlatiladi. Biz nutqda oldingi yoki keyingi kontekstdan aniq bo‘lishi nazarda
tutilgan belgini ellipsis deb ataymiz. Boshqacha qilib aytganda, ellipsis nutqda ishora
qilingan belgiga to‘g‘ri keladi. Masalan, – Qayerga ketyapsiz? – Universitetga... Ellipsis
yozma nutqqa qaraganda og‘zaki nutqda ko‘proq ishlatiladi. Bu tabiiy: og‘zaki tilda
so‘zlovchi nutqiy vaziyatdan yoki suhbatdoshning so‘zlaridan kelib chiqishi mumkin;
yozma nutqda esa muvofiq holatni uning o‘zi tanlashi kerak”.
Sh. Balli “Fransuz stilistikasi”
kitobida ellipsis hodisasiga qayta murojaat qilib,
masalaning mohiyatini yanada chuqurroq yoritib beradi. Odatda, qo‘llanadigan “ma’noni
ifodalash uchun zarur bo‘lgan bir yoki bir nechta
so‘zni
tushirib qoldirish” degan ta’rifga
kengroq tus berib, “ma’noni aniq ifodalash uchun zarur bo‘lgan bir yoki bir nechta
lisoniy elementlarni
tushirib qoldirish” deb ta’riflaydi va bu o‘zgartirishni shunday
izohlaydi: “bo‘g‘indan bitta tovush yo‘qolganda, so‘zdan bir yoki bir nechta bo‘g‘in
yo‘qolganda, so‘z birikmasidan bir yoki bir nechta so‘zning tushirilishi, va nihoyat,
iboraning bir qismi bo‘lgan jumlaning tushirib qoldirilishida namoyon bo‘lishi mumkin”.
Bizningcha, Sh. Balli
tovush, bo‘g‘in,
so‘z
va hatto qo‘shma gap tarkibidagi
jumla
ning
tushirib qoldirilishi kontekstda mazmunga putur yetkazmasligini nazarda tutgan. Demak,
olimning bu fikriga tayanib, fonetik, leksik va sintaktik ellipsis turlarini belgilash
mumkin. Bu g‘oya esa tilshunoslar oldiga kelgusida ellipsis hodisasini yanada chuqurroq
tadqiq qilish vazifasini qo‘yadi.
– Ke(l) o‘tir, hozir yuzimni yuvib turgan edim
(«Odnoklassniki»dan).
– Nozi(ma), namuncha kech qop ketting?
(«Odnoklassniki»dan)
– U boshqa tomonga...(ketyapti)
(So‘zlashuvdan).
– Qassobga yog‘ qayg‘usi, deng, oka!
(«Feysbuk»dan)
Birinchi jumlada so‘zning oxirgi tovushi (l), ikkinchi jumlada so‘zning bir bo‘g‘ini
(-ma), uchinchi jumlada esa yo‘nalma harakatni ifodalovchi
ketdi, ketyapti, boradi
kabi
fe’llardan biri qo‘llanishi kerak bo‘lgan o‘rinda butunlay tushirib qoldirilgan bo‘lsa-da,
ma’no to‘liq anglashiladi. To‘rtinchi misolda
“Echkiga jon qayg‘usi, qassobga yog‘ qayg‘usi”
maqolining birinchi komponenti, ya’ni qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning biri
tushirib qoldirilgan, lekin maqol mohiyatiga yashiringan pragmatik ma’no kontekstdan
anglashiladi va adresat tomonidan to‘g‘ri qabul qilinadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
169
Ellipsisga bo‘lgan ehtiyojning paydo bo‘lishi odamning muloqot jarayonida tilning
rivojlanish qonunlaridan biri bo‘lgan lisoniy vositalarni tejash, lisoniy shakllarni
takomillashtirishda aqliy va jismoniy energiyani kam darajada sarflash istagi tufayli
yuzaga keladi.
Akademik V.V. Vinogradov ellipsisni gapning o‘ziga xos shaklda, ya’ni mavhum
grammatik sxemada ifodalanadigan va gap strukturasida o‘zini namoyon qilmaydigan
alohida usul sifatida tavsiflaydi. Olim jumlaning tuzilish xususiyatlari va funksiyasini
o‘rganish asosida ularning taxminiy tugallanmaganligini isbotlash orqali gapning to‘liq
shakli gavdalantiriladi va u o‘z vazifasini aniq bajaradi deb hisoblaydi.
“Elliptik konstruksiyalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularni ishlatishning
barcha holatlarida strukturaning ixchamligi, bu har bir aniq ifodalangan elementga
semantik va uslubiy yukning ortishida namoyon bo‘ladi. To‘liq jumlalarda har bir element
ma’lum miqdordagi ma’lumotni o‘z ichiga oladi. Elliptik konstruksiyalarda esa nazarda
tutilgan ma’lumot saqlanib qolgan bir yoki bir nechta elementlarga qayta taqsimlanadi”.
Gapning elliptik xarakteri uning mantiqsizligini keltirib chiqarmaydi. Nutqiy
vaziyat, suhbatdoshlarning o‘zaro munosabati ana shunday to‘liqsiz gaplar vositasida
ham gap mazmunining to‘liq anglanishiga ko‘maklashaveradi. Hatto bir suhbatdosh
nutqining ikkinchisi tomonidan bo‘lishipi ham, odatda, suhbatdagi asosiy mantiqning,
izchillikning saqlanib qolinishiga xalaqit bermaydi.
Ellipsis hodisasi funksiyalarining xilma-xilligi tufayli ularning pragmatik
chegaralarini aniqlash vazifasi funksional va grammatik xususiyatlarini chuqurroq
o‘rganishni taqozo etadi. K.Ya. Sigal ellipsisning mantiqan
tushirib qoldirish, qisqartirish,
to‘liq konstruksiyaning noto‘liq variantini qo‘llash
kabi usullari mavjudligini bayon qiladi.
Jim qolish
(pauza) ham ellipsisning bir turi sifatida qaraladi. Badiiy uslubda ruhiy
iztiroblarni, psixologik holatni ifodalaydigan jim qolishlar birmuncha faol. Bu usul
yordamida yozuvchi va o‘quvchi o‘rtasida mustahkam psixologik aloqa o‘rnatiladi,
o‘quvchi beixtiyor ijodkor hissiyotlariga sherik bo‘ladi.
Odatda, jim qolish yozuvda ko‘p nuqta (...) bilan ifodalanadi.
Safo aka keluvdilar. Sho‘rlik bir tutam bo‘lib qolibti. Ayolidan yashirishibti.
Zohirjondan ham...
(“Feysbuk”dan).
Internet-diskurs sintaksisining yana bir xususiyati an’anaviy adabiy til
me’yorlaridan chetlashishdir. Bu hodisa agrammatizm deb ataladi. sintaktik sathda
agrammatizm ifoda elementlari va turli qismlar o‘rtasidagi sintaktik munosabatning
buzilishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Tinish belgilarining yetarli qo‘yilmasligi yoki
noto‘g‘ri qo‘llanishi, gap bo‘laklari orasidagi sintaktik munosabatning buzilishi,
nomuvofiqlik (anakoluf) va nutqiy uzilish, tutilish kabi holatlar
agrammatizm
hisoblanadi. Shuningdek, oddiy so‘zlashuvdagi, she’riy nutqqa yo‘naltirilmagan inversiya
– gap bo‘laklari tartibining o‘zgarishi ham agrammatizmning ko‘rinishidir. Bunday
shakliy va mantiqiy nomutanosibliklar ifoda tartibining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib,
so‘zlovchining hissiy holati ifodasi nuqtai nazaridan,
ikkilanish, norozilik, xavotir,
ishonchsizlik, qat’iyatsizlik, kayfiyat o‘zgarishi
kabi psixologik omillar ta’sirida ro‘y berishi
mumkin.
Internet muloqotida boshqa-boshqa til vakillari ham o‘zaro muloqot qila olishi
imkoniyati insoniyatni o‘ziga jalb etgan yutuqlaridan biridir. Bugungi globallashuv
jarayonida bu juda muhimdir. Ana shu jarayonda til o‘rganayotgan foydalanuvchilarning
ham agrammatizm holatlariga duch kelishi tabiiy holdir.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
170
Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, aslida so‘zlashuv uslubi sintaksisiga xos bo‘lgan
parsellyasiya, ellipsis, anakoluf kabi til hodisalari, ko‘pincha, badiiy tasvir vositalari
sifatida talqin qilinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Каримов С. Ўзбек тили функционал стилистикаси. Монография. –
Самарқанд: СамДУ, 2010. – Б. 186.
2.
Исҳоқов Ф. Ҳозирги замон ўзбек тилида иловали конструкциялар //
Адабиётшунослик ва тилшунослик масалалари. 2-китоб. – Тошкент: ЎзФА, 1961.
3.
Абдуллаев А. Илова кўчирма гапли конструкциялар // Ўзбек тили ва
адабиёти. – 1982. – № 2.
4.
Маскапов Б. Присоединительные конструкции в узбекском языке:
Автореф. дисс. ... канд. филол. наук. – Т., 1985.
5.
Туропова М. Илова конструкциянинг бошқа синтактик конструкциялардан
фарқи // Ўзбек тили ва адабиёти. – 1980. – №1.
6.
Ғаффоров А.А. Ҳозирги ўзбек тилида парцеллятив ва иловали
қурилмаларнинг синтактик деривацияси: Филол. фан. номз. ... дисс. автореф. –
Самарқанд, 1997.
7.
Тошалиев И. Ҳозирги ўзбек тили. Синтаксис. Синтактик ва синтагматик
қайта бўлиниш. Парцелляция. – Т.: Zar qalam, 2004.
8.
Ҳайдаров Ш.М. Бадиий матнда парцеллятив конструкцияларнинг
кўлланилиши. Филол. фан. номз. дисс. ... автореф. – Т., 2011.
9.
Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари. – Т.:
Фан, 2007.
