Авторы

  • Лазиз Бабаханов
    Старший преподаватель, Университет Ангрена

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.123744

Ключевые слова:

поэзия метонимия художественная среда поэтический образ эстетическое выражение метафора Синекдоха персонификация образность современная узбекская литература языковая среда поэтическое мышление внутреннее переживание национальная память

Аннотация

В данной статье исследуется художественная функция метонимических выражений в творчестве представителя современной узбекской поэзии Улугбека Хамдама. Метонимия анализируется как эстетический фактор, формирующий образность и поэтическое мышление, а также как средство языка. Личное переживание, историческая память и общественные отношения описываются через метонимические образы, такие как” Адам“,” страна страданий“,” ты мои родители, родина“, которые встречаются в таких стихотворениях поэта, как” страна страданий“,” песня о родине". В статье обосновывается, что метонимия в языке поэта в сочетании с другими художественными средствами – метафорой, олицетворением и синекдохой-углубляет содержательные слои поэтического текста. Анализы показывают активное использование метонимии в поэтике Улугбека хамдама не только как изобразительного средства, но и как средства выражения внутреннего душевного состояния.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Metonymic Expression in Ulugbek Hamdam's Poetry

Laziz BABAKHANOV

1

Angren University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025
Received in revised form
10

April 2025

Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025

This article explores the artistic function of metonymic

expressions in the work of Ulugbek Hamdam, a representative

of modern Uzbek poetry. Metonymy is analyzed as an aesthetic

factor that shapes figurativeness and poetic thinking, in
addition to being a means of language. Through metonymic

images such as "Adam", "country of suffering", "country of

suffering", "father–mother, Homeland", which are found in

poems such as "country of suffering", "song about the
motherland", personal forgiveness, historical memory and

social relations are described. The article bases metonymy in

the poet's language on the deepening of the content layers of

the poetic text in harmony with other artistic means –
metaphor, personification and Synecdoche. Analysis shows that

in Ulughbek Hamdam's poetry, metonymy is actively used not

only as a pictorial tool, but also as a means of implying an

internal state of mind.

2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5

/S

-pp171-177

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

poetry,

metonymy,

artistic medium,

poetic image,

aesthetic expression,
metaphor,

synecdoche,

personification,
figurativeness,

modern Uzbek literature,
language medium,

poetic thinking,

inner relaxation,

national memory.

Ulug‘bek Hamdam she’riyatida metonimik ifoda

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

she’riyat,

metonimiya,

badiiy vosita,

poetik tasvir,

estetik ifoda,

metafora,

sinekdoxa,

personifikatsiya,

obrazlilik,

zamonaviy o‘zbek adabiyoti,
til vositasi,

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyati vakili Ulug‘bek

Hamdam ijodidagi metonimik ifodalarning badiiy funksiyasi

o‘rganiladi. Metonimiya – bu til vositasi bo‘lishi bilan birga,
obrazlilik va poetik tafakkurni shakllantiruvchi estetik omil

sifatida tahlil etiladi. Shoirning “Iztirob mamlakati”, “Vatan

haqida qo‘shiq” singari she’rlarida uchraydigan “Odam Ato”,

“iztirob mamlakati”, “otam–onamsan, Vatan” kabi metonimik
obrazlar orqali shaxsiy kechinma, tarixiy xotira va ijtimoiy

munosabatlar tasvirlangan. Maqolada shoir tilida metonimiya

boshqa badiiy vositalar – metafora, personifikatsiya va

1

Senior Lecturer, Angren University.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

172

poetik tafakkur,

ichki kechinma,

milliy xotira.

sinekdoxa bilan uyg‘unlashib, poetik matnning mazmuniy

qatlamlarini chuqurlashtirishi asoslab beriladi. Tahlillar
Ulug‘bek Hamdam poetikasida metonimiya nafaqat tasviriy

vosita, balki ichki ruhiy holatni anglatish vositasi sifatida faol

ishlatilishini ko‘rsatadi.

Метонимическое выражение в поэзии Улугбека Хамдама

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

поэзия,

метонимия,

художественная среда,

поэтический образ,

эстетическое выражение,

метафора,

Синекдоха,

персонификация,

образность,

современная узбекская

литература,

языковая среда,

поэтическое мышление,

внутреннее переживание,

национальная память.

В данной статье исследуется художественная функция

метонимических выражений в творчестве представителя

современной узбекской поэзии Улугбека Хамдама.

Метонимия анализируется как эстетический фактор,

формирующий образность и поэтическое мышление,

а также как средство языка. Личное переживание,

историческая память и общественные отношения

описываются через метонимические образы, такие как

«Адам», «страна страданий», «ты мои родители, родина»,

которые встречаются в таких стихотворениях поэта, как

«страна страданий», «песня о родине». В статье

обосновывается, что метонимия в языке поэта в сочетании

с другими художественными средствами – метафорой,

олицетворением и синекдохой-углубляет содержательные

слои поэтического текста. Анализы показывают активное

использование метонимии в поэтике Улугбека хамдама не

только как изобразительного средства, но и как средства

выражения внутреннего душевного состояния.

Ulug‘bek Hamdam zamonaviy o‘zbek she’riyati vakili sifatida o‘ziga xos uslubi,

ichki falsafiy-ruhiy izlanishlari ва obrazli ifoda vositalari orqali adabiyotimizda alohida

o‘rin egallaydi. Uning

“Eski dunyo va yangi men”

nomli she’riy to‘plami shoirning chuqur

falsafiy mazmun, ruhiy kechinma va ramziy ifodalarga boy she’rlarini jamlagan. Ushbu

maqola mazkur to‘plamda qo‘llanilgan metonimiyalarning poetik funksiyasi, estetik yuki

ва ularning badiiy tilda egallagan o‘rni haqida so‘z yuritadi. Tadqiqotning dolzarbligi

shundaki, metonimiya vositasida U. Hamdamning poetik dunyoqarashi, hayotga va

jamiyatga bo‘lgan munosabati ochib beriladi. Shuningdek, maqola o‘zbek poeziyasi

doirasida metonimiyaning ijodiy qo‘llanilish imkoniyatlarini ham tahlil qiladi.

Ma’lumki, metonimiya bir tushuncha o‘rnida unga aloqador bo‘lgan boshqa

tushuncha nomining ishlatilishi orqali ma’no hosil qilish uslubidir. Bu hodisa kontekstual

aloqadorlik asosida shakllanadi va badiiy tilning obrazli qatlamini boyitadi. Metonimiya

tushunchasi qator tilshunos olimlar tomonidan atroflicha o‘rganilgan va turlicha ta’riflar

berilgan. Jumlada, qadim yunon mutafakkiri Aristotel metonimiyani kontekstual yaqinlik

asosida amalga oshadigan “so‘z almashish” deb baholaydi va uni troplar turkumiga

kiritadi [1]. R. Yakobson esa uni metafora bilan qarama-qarshi qo‘yib, real hayotdagi

assotsiativ bog‘liqlik orqali hosil bo‘ladigan “semantik o‘zgarish” deb ta’riflaydi [4].

Jean Cohenning fikricha, “metonimiya real hodisalar asosidagi nom o‘zgarishini anglatadi

va badiiy matnda kombinatsion o‘q asosida ishlaydi” [2]. Stephen Ullmann “metonimiya –

odatiy assotsiatsiyalar orqali ifodaning boshqa obyektga o‘tishini ta’minlovchi

mexanizm”- deb ataydi [14].


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

173

Shuningdek, rus tilshunosi N.M. Shanskiy metonimiyani “predmetlar yoki hodisalar

o‘rtasidagi obyektiv aloqadorlik asosida yuzaga keluvchi nom ko‘chishi” sifatida

tasvirlaydi [12]. Kognitiv tilshunoslar Lakoff va Johnson esa metonimiyani bir soha orqali

boshqa sohani anglash imkonini beruvchi “aqliy model” deb hisoblashadi. Ularning

fikricha, metonimiya inson tafakkurining asosiy tushunish mexanizmlaridan biridir va

kundalik til ishlatishda ҳам кенг қўлланилади [6].

Metonimiya hodisasi o‘zbek tilshunosligida ham ko‘plab olimlar tomonidan turlicha

jihatlari bilan tadqiq qilingan. Jumladan, N. Mahmudov ham metonimiyani predmetlar

o‘rtasidagi bevosita aloqa asosida yuzaga keladigan ma’no ko‘chishi deb hisoblaydi [7].

Uning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” asarida qayd etilishicha, bu hodisada o‘xshatishdan ko‘ra

bog‘liqlik, aloqadorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Sh. Rahmatullayev “O‘zbek

tilining stilistikasi” asarida metonimiyani obrazlilik vositasi sifatida ta’riflaydi. Uning

fikricha, biror so‘z o‘rniga unga yaqin va bog‘liq bo‘lgan boshqa so‘zning ishlatilishi

metonimiyaning asosiy belgisi hisoblanadi [11]. Bu holat adabiy tilning ifodaviy

imkoniyatlarini kengaytiradi va poetik obrazlar yaratishda muhim rol o‘ynaydi.

S. Shermamatova, N. Sobirova, Z. Nazirovalar metonimiyani “bir predmet, narsa

yoki hodisaning nomini unga yaqin bo‘lgan boshqa predmet yoki hodisa nomiga o‘tkazish

tufayli yuzaga keladigan ma’no ko‘chishi” sifatida talqin qiladilar. Ularning fikricha,

metonimiya orqali hosil bo‘ladigan ma’no kontekst asosida shakllanadi va badiiy tilda

muhim semantik quvvatga ega bo‘ladi [13].

M. Masharipov esa metonimiyani figurativ ma’no hosil qilishda metaforadan

keyingi faol bosqich sifatida baholaydi [8]. Unga ko‘ra, metonimiya so‘zlarning real

aloqadorligi asosida ma’no almashinuvini yuzaga keltiradi. M. Jo‘rayev esa metonimiyani

joy–voqea, muallif–asar, buyum–egasi kabi real bog‘liqlik asosida yuzaga keladigan nom

almashtirish hodisasi deb izohlaydi [5]. Bu yondashuvda metonimiya tildagi ijtimoiy-

madaniy kontekst bilan bevosita bog‘lanadi.

Ko‘rinadiki,

metonimiya mazmunni kontekstual asosda ifodalashga imkon

beradigan, mantiqiy va semantik yaqinlik asosida qurilgan ijodiy ma’no ko‘chish

vositasidir.

U nafaqat til estetikasi, balki tafakkur va madaniy ongda ham chuqur ildiz otgan.

Metonimiya adabiy asarlarda, xususan, she’riyatda – shoirning ichki

kechinmalarini, ruhiy iztiroblarini, ramziy obrazlar orqali ifodalashga xizmat qiladi.

Ulug‘bek Hamdam she’riyatida esa metonimiya nafaqat tasviriy vosita, balki chuqur

falsafiy va hissiy qatlamlarni ochib beruvchi badiiy kalit sifatida xizmat qiladi. Shoir o‘z

ijodida insoniyat tarixi, Vatan, iztirob, tabiat va jamiyat kabi tushunchalarni metonimik

yondashuvlar orqali teran tasvirlaydi.

Ulug‘bek Hamdam she’rlarida metonimik uslub turli jihatlarda namoyon bo‘lgan.

Masalan:

“Odam Atodan qolgan

Bu ko‘hna olamga men bir keldim, axir!..

Bisotimdagi bor boyligim

Yurak–tanamni Uning pixlari qayrilib ketgan

Burishiq oyoqlari ostiga Bir marta tingillatim tashlagancha,

Qarorgohiga suqilib kirganman…

Endi…

Endi mening o‘zim eskirmaguncha –

Kim nima desa deyaversin, –

Dunyo ham eskirmaydi!..”

[3.329].


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

174

Ushbu she’riy parchaning boshlanishida uchraydigan

“Odam Atodan qolgan bu

ko‘hna olam”

ifodasi kuchli

metonimik obraz

dir. Bu yerda “Odam Ato” iborasi diniy va

tarixiy konnotatsiyalar orqali butun insoniyat ajdodi, tarixining boshlanishini anglatuvchi
timsolga aylantiriladi. “Olam” esa bu kontekstdagi mavjud borliq, tarixiy dunyo, jamiyat
va ijtimoiy merosni ifodalovchi obrazdir. “Odam Ato” orqali barcha avlodlar, insoniyat
tajribasi va o‘tmish hayoti ramziy tarzda eslatiladi. Bu klassik metonimik uslubga xos –

ajdod orqali butunni ifodalash

tamoyiliga asoslanadi.

She’r davomida “yurak–tanamni... oyoqlari ostiga... qarorgohiga suqilib kirganman”

kabi satrlar orqali shoir o‘zini bu tarixiy dunyoning bir bo‘lagi sifatida ko‘rsatadi. Yurak
va tana – bu yerda

insonning butun borlig‘i, ichki va tashqi mohiyati

ni bildiruvchi

metonimik timsollar sifatida ishlatiladi. Shoir “tanam” orqali jismoniy mavjudlikni,
“yurak” orqali esa ruhiy holat, sezgi, tuyg‘uni ramziy ifodalaydi. Bu ham metonimik
tasvirning individual ko‘rinishidir.

“Uning pixlari qayrilib ketgan burishiq oyoqlari ostiga Bir marta tingillatim

tashlagancha...”

Bu misralarda “ko‘hna olam” personifikatsiya qilinadi – ya’ni inson

obrazida gavdalanadi. U

burishgan, oyoqlari og‘ir va tajriba orttirgan dunyo

sifatida

tasvirlanadi. Bu obraz dunyoga nisbatan

insoniy xususiyatlar yuklash

orqali yaratilgan

metonimik-personifikatsion yondashuvdir.

“Endi mening o‘zim eskirmaguncha –
Kim nima desa deyaversin,
– Dunyo ham eskirmaydi!..”

[3.329].

Bu qismda shoir o‘zligini dunyo bilan baravar qo‘yadi. Ya’ni, inson eskirmasa,

dunyo ham eskirmaydi. Bu yerda “dunyo”

– metonimik tarzda zamon, atrof-muhit,

ijtimoiy muhit, tajriba,

hattoki, shoirning o‘z shaxsiy qabul qilgan haqiqatlarining

ramzidir. Bu holatda dunyoning “eskirishi” va “eskirmasligi” shoir shaxsiy yangilanish
holatiga bog‘langan. Bu esa

inson va olam o‘rtasidagi metonimik munosabatning

nozik falsafiy ifodasidir.

Ko‘rinadiki, mazkur she’riy satrlarda shoir metonimiyani metafora,

personifikatsiya, sinekdoxa bilan uyg‘unlashtirib go’zal tasviriy vosita yaratadi. Aynan
mana shunday yondashuv Ulug‘bek Hamdam she’riyatiga falsafiy chuqurlik, hissiy boylik
va badiiy yangilik baxsh etadi.

Yana bir she’rida shoir quyidagicha bildiradi:

“Endi men shohdirmen – Shoh!
Iztirob mamlakatining
Zavolli shohi!..”

Ushbu qisqa she’riy parcha soddaligi bilan birga teran poetik mazmunga ega bo‘lib,

unda shoirning ruhiy holati kuchli obraz vositasida ifoda etilgan. Ayniqsa, “iztirob
mamlakati” birikmasi metonimik obraz sifatida muhim semantik yuklamaga ega. Bu
iborada “iztirob” so‘zi aslida hissiy holat – azob, ruhiy og‘riqni bildirsa-da, u “mamlakat”
kabi konkret makon, siyosiy birlik timsoli bilan bog‘lanadi. Shu tarzda shoir iztirobni
shaxsiy kechinma emas, balki butun bir olam, ichki hudud, boshqaruvga muhtoj tizim
sifatida talqin etadi.

Metonimiya bu yerda “tushuncha – unga aloqador boshqa tushuncha”

munosabatiga asoslanadi. Shoirning “iztirob mamlakati” degan iborasi, mohiyatan,
iztirobni mustaqil makon deb tasavvur qilishiga asoslangan bo‘lib, bu orqali u o‘z
kechinmalarini real fazoda mujassamlashtiradi. U o‘zini ushbu mamlakatning “zavolli


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

175

shohi” deb atashi orqali, o‘z iztiroblari ustidan mutlaq hokim emasligini, balki ularning
qurboni, ularni boshqarishga ojiz bo‘lgan shaxs sifatida ko‘rsatadi. Bu yondashuv
obrazning dramatik kuchini oshiribgina qolmay, metonimik shakl bilan chuqur falsafiy
mazmun hosil qiladi.

She’rning ichki tuzilmasiga e’tibor qilinsa, undagi sintaktik qismlarning qisqa,

ammo kuchli urg‘uga ega bo‘lishi – “Shoh!” so‘zining alohida turishi – ruhiy holatni
ta’kidlash bilan birga, dramatik ifodaning kuchayishini ta’minlaydi. “Shoh” so‘zi, odatda,
kuch, hokimiyat, nazorat timsoli bo‘lsa-da, bu kontekstdagi “zavolli shoh” – shoirning
ichki iztiroblariga taslim bo‘lganligini, ya’ni nazorat imitatsiyasini ifodalaydi. Bu esa
metonimik obrazni paradoksal holatda ochib beradi:

hokim, ammo ojiz, boshqaruvchi,

ammo mag‘lub shaxs

.

Ulug‘bek Hamdam ushbu satrlari orqali ruhiy iztirobni ramziy makon –

“mamlakat” bilan almashtirish orqali metonimik ifoda yaratadi. Bu ifoda nafaqat poetik
obraz sifatida, balki inson ruhiyatining murakkab tabiatini ochuvchi semantik vosita
sifatida ham o‘quvchini o‘yga chorlaydi. Shoir o‘zini bu mamlakatning “zavolli shohi” deb
atab, og‘riqni boshqarishga ojiz ruhiy holatni poetik ifodaning markaziga olib chiqadi.
Natijada metonimiya bu yerda nafaqat badiiy bezak, balki poetik falsafa, shaxsiyat
metaforasiga aylangan semantik mexanizm sifatida xizmat qiladi.

Zamonaviy o‘zbek adabiyotida Vatan timsoli turli poetik ko’chimlar bilan

tasvirlanib keladi. Ayniqsa, Ulug‘bek Hamdam ijodida “Vatan” tushunchasi tor hududiy
yoki siyosiy tushuncha emas, balki chuqur ruhiy-ijtimoiy qadriyat sifatida talqin qilinadi.
Shoir bu timsolni ko‘p hollarda metonimiya vositasida ifoda etadi.

Uning

“Vatan haqida qo‘shiq”

she’rida bu yondashuv yaqqol ko‘zga tashlanadi:

“Avval otam, onamsan, Vatan,
Akam, ukam, olamsan, Vatan.
Do‘st-u yor-u begona ham sen,
Yonimdagi odamsan, Vatan!

[3.30].

Ushbu satrlarda shoir Vatanni turli yaqinlik darajasiga ega bo‘lgan qarindoshlar va

ijtimoiy munosabatlar doirasidagi shaxslar orqali ifodalagan. Bu poetik usul mohiyatan

metonimik yondashuv

bo‘lib, shoir Vatanni

ona, ota, aka, uka, do‘st, begona

obrazlarida ko‘rsatadi. Bularning har biri Vatanga nisbatan chuqur shaxsiy, hissiy, ruhiy
munosabatni bildiruvchi belgilar asosida tanlangan.

“Otam, onamsan, Vatan” iborasida “ota” va “ona” – insonning eng yaqin, tayanchi,

mehr manbai bo‘lgan shaxslardir. Shoir ularni Vatanga qiyoslab, Vatanning insonga
bo‘lgan hissiy ta’sirini chuqurlashtiradi. Bu metonimik usul orqali “Vatan” – mehr,
muhabbat, o‘zlik, ildiz timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. “Akam, ukam, olamsan, Vatan”
satrida esa “olam” tushunchasi ham kiritilgan bo‘lib, u Vatanning kengligini, umumiy
insoniy makon sifatidagi fazilatini ifodalaydi.

Yana bir e’tiborli jihati shundaki, shoir faqat ijobiy obrazlar bilan kifoyalanmay,

“begona” so‘zini ham metonimik zanjirga qo‘shadi: “Do‘st-u yor-u begona ham sen”
satrida bu kontrast orqali shoir Vatanning ham har xil insoniy holatlar bilan bog‘liqligini,
yaqinlik va begonalik, mehr va masofa, muhabbat va og‘riq kabi murakkab hislar
majmuasi ekanini ko‘rsatadi. Shu tariqa “Vatan” tushunchasi inson hayotidagi barcha
ijtimoiy va hissiy aloqalarning ramziy yig‘indisiga aylantiriladi. Shu tarzda, she’rda
“Vatan” bevosita tasvirlanmaydi, balki unga oid aloqador shaxsiy figuralar orqali
tushuntiriladi. Bu – metonimiyaning badiiy matndagi klassik ishlanish ko‘rinishidir. Bu


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

176

bilan shoir Vatanni oddiy hudud yoki siyosiy tushuncha emas, balki shaxsiy kechinmalar,
munosabatlar, mehr-muhabbat manbai sifatida tasvirlaydi. Shoir “Vatan” tushunchasini
metonimiya vositasida yaqin insonlar nomi bilan almashtirib, u orqali Vatanning
shaxsiylashtirilgan obrazini yaratadi. Bu poetik yondashuv Vatanni faqat tashqi makon
sifatida emas, balki o‘zlik, xotira, tuyg‘ular markazi sifatida ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Metonimik ifodalar esa she’rga chuqur estetik hamda falsafiy mazmun bag‘ishlaydi.

Shuningdek, Ulug‘bek Hamdam she’riyatida oddiy tasviriy frazeologik ifodalar ham

metonimiya rolini o‘taydi. Masalan, “Vatan haqida qo‘shiq” ning boshqa satrlarida:

“Tilimdagi eng shirin so‘zim,

Ona Vatan, ey kular ko‘zim.

Ushbu misralarda shoir “Ona Vatan” obrazini til va ko‘z bilan bog‘lab, uni insoniy

idrok, til va tuyg‘u bilan mushtarak bir timsolga aylantiradi. “Tilimdagi eng shirin so‘z” –

bu yerda Vatan nafaqat joy yoki makon, balki

til orqali anglanadigan eng qadrli, eng

aziz tushuncha

sifatida ifodalanadi. “Kular ko‘zim” esa ruhiy holat, mehr va quvonch

manbaini bildiradi. Ushbu ikki satrda “Ona Vatan” obrazining metonimik xususiyatlari

ochiladi. Demak, bu satrlarda

so‘z

,

til

,

ko‘z

kabi jismoniy elementlar orqali shoir Vatanni

anglaydi, his qiladi va u bilan ruhiy aloqa o‘rnatadi. Bu yondashuv metonimiyaning

shaxsiy hissiyotlar orqali obraz yaratish xususiyatiga to‘liq mos keladi.

Shoir she’riyatida tog‘lar ham ramz vazifasini bajaradi. Masalan,

“Tog‘lar”

she’ridagi:

“Dardlarimdan

tog‘lar

ko‘tardim…

Qay bir yerda o‘qib qoldim men:

Xazina bo‘larkan tog‘larda.

Ushbu uch misrada shoir o‘z kechinmalarini tabiat obrazlari – tog‘lar orqali

tasvirlaydi.

Tog‘

bu yerda oddiy geografik obyekt emas, balki inson dardi, ichki og‘irligi,

sabr va chidam ramzi sifatida aks etadi. “Dardlarimdan tog‘lar ko‘tardim” degan jumlada

dard – og‘irlik, ko‘tarish – ruhiy yuk, tog‘ – sabr va chidam bilan bog‘liq obrazli vosita

sifatida qo‘llangan. Shoir bu yerda dard (abstrakt hissiyot) → tog‘ (konkret shakl)

shaklidagi metonimik almashinuvdan foydalanadi. Bu orqali dardning og‘irligi real jism

sifatida tasvirlanib, tog‘lar – og‘ir kechinmalar natijasida ichda paydo bo‘lgan ruhiy

balandlik, sabr-u matonat ramziga aylanadi.

“Xazina bo‘larkan tog‘larda”-

satrida esa

tog‘lar – yashirin qadriyatlar, ichki boyliklar, tajriba xazinalari manbai sifatida talqin

qilinadi. Bu yerda ham metonimiya ishlaydi: tog‘ → ichki boylik → insoniy sabr, tajriba.

Demak, tog‘lar inson hayotidagi sinovlar, sabr va chidam orqali erishilgan qadriyatlar

majmuasi sifatida tasvirlanmoqda. Misralardagi “tog‘” obrazi metonimik almashuv

asosida paydo bo‘lsa-da, uning metaforik xususiyati ham yo‘q emas. Ya’ni, tog‘ bu yerda

dardning shakllangan manzarasi ham, undan topilgan ma’no va xazina hamdir. Bu poetik

uslubda metonimiya va metafora uyg‘unlashuvi kuzatiladi.

Xullas, Ulug‘bek Hamdam she’riyatida metonimiya badiiy tilning oddiy bezagi

emas, balki chuqur semantik yuklamaga ega poetik vosita sifatida xizmat qiladi. Shoir

metonimik ifodalardan nafaqat tasviriylik, balki hissiy, falsafiy va ma’naviy mazmunni

qatlamlashtirish uchun foydalanadi. Shoirning metonimik obrazlar yaratishdagi mahorati

shundaki, u metonimiyani faqat nominativ (nom beruvchi) almashinuv sifatida emas,

balki ichki ma’no va hissiy holatlarni tasvirlashda, shaxsiylikni universallikka

aylantirishda samarali qo‘llaydi. U metonimiyani metafora, personifikatsiya, allegoriya,

sinegdoxa kabi boshqa poetik vositalar bilan uyg‘unlashtirib, o‘ziga xos estetik uslub

yaratadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701

177

Demak, Ulug‘bek Hamdam o‘z she’riyatida metonimiyadan chuqur falsafiy va

estetik ong asosida foydalanadi. U har bir tushunchani uni ifodalovchi yoki unga aloqador
boshqa obrazlar orqali gavdalantirib, o‘quvchini o‘z ichki olami, ruhiy holati va poetik
haqiqatlari bilan yuzlashtiradi. Shoirning bu uslubiy yondashuvi uning poetik fikrlash
doirasi kengligi va badiiy mahoratini yaqqol namoyon etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Aristotle. Rhetoric. (Trans. George A. Kennedy). Oxford University Press.

2.

Cohen, J. (1966). Structure du langage poétique. Flammarion.

3.

Hamdamov, U. (2018). Eski dunyo va yangi men: She’rlar to‘plami. Toshkent:

Yangi asr avlodi.

4.

Jakobson, R. (1956). Two Aspects of Language and Two Types of Aphasic

Disturbances.

5.

Jo‘rayev M. Til va uslub masalalari. – Toshkent: Fan, 2011.

6.

Lakoff, G., & Johnson, M. (1980). Metaphors We Live By. Chicago: University of

Chicago Press.

7.

Mahmudov N. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy

ensiklopediyasi, 2005.

8.

Masharipov M.M. The peculiarities of the use of metonymic and synecdochic

transferences in the publicism of Mahmudkhoja Behbudi. // International Journal of
Social Science Research and Review, 2023, Vol. 6, № 6, P. 583–588.

9.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. (2000). 1-jild. Toshkent: O‘zbekiston Milliy

Ensiklopediyasi.

10.

Rahimjonov, N. (2007). Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati. Toshkent: Fan.

11.

Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining stilistikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1982.

12.

Shanskiy, N.M. (1983). Лингвистический анализ стихотворного текста. М.:

Просвещение.

13.

Shermamatova S., Sobirova N., Nazirova Z. O‘zbek tilida ma’no ko‘chish usullari:

metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik. Oriental Renaissance: ta’lim, tabiiy va
ijtimoiy fanlar журнали, 2023, Vol.3, №4, B.960–964.

14.

Ullmann, S. (1962). Semantics: An Introduction to the Science of Meaning. Basil

Blackwell.

Библиографические ссылки

Aristotle. Rhetoric. (Trans. George A. Kennedy). Oxford University Press.

Cohen, J. (1966). Structure du langage poétique. Flammarion.

Hamdamov, U. (2018). Eski dunyo va yangi men: She’rlar to‘plami. Toshkent: Yangi asr avlodi.

Jakobson, R. (1956). Two Aspects of Language and Two Types of Aphasic Disturbances.

Jo‘rayev M. Til va uslub masalalari. — Toshkent: Fan, 2011.

Lakoff, G., & Johnson, M. (1980). Metaphors We Live By. Chicago: University of Chicago Press.

Mahmudov N. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2005.

Masharipov M.M. The peculiarities of the use of metonymic and synecdochic transferences in the publicism of Mahmudkhoja Behbudi.

// International Journal of Social Science Research and Review, 2023, Vol. 6, № 6, P. 583–588.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. (2000). 1-jild. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.

Rahimjonov, N. (2007). Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati. Toshkent: Fan.

Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining stilistikasi. — Toshkent: O‘qituvchi, 1982.

Shanskiy, N.M. (1983). Лингвистический анализ стихотворного текста. М.: Просвещение.

Shermamatova S., Sobirova N., Nazirova Z. O‘zbek tilida ma’no ko‘chish usullari: metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik. Oriental Renaissance: ta’lim, tabiiy va ijtimoiy fanlar журнали, 2023, Vol.3, №4, B.960–964.

Ullmann, S. (1962). Semantics: An Introduction to the Science of Meaning. Basil Blackwell.