Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Geortonyms as a Cognitive Tool for the Natural
Phenomenon of "Rain" (Based on French Proverbs)
Toshkobil MUKUMOV
1
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
10
April 2025
Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025
This article discusses the linguistic and cultural
characteristics of paremiological units expressing the
phenomenon of rain with a geortonymic component. In the
French language material, phraseological units related to the
phenomenon of rain and rainfall, which are one of the
meteorological phenomena with a geortonymic component, are
analyzed, and the cultural and historical foundations of the
geortonyms included in them, their relationship with the
metonym of rain, and the role of these units in French socio-
cultural life are analyzed. It is also noted that geortonyms in the
selected examples, as components of paremiological units, often
reflect the culture and traditions of such areas of French social
life as farming, animal husbandry, and gardening, and indicate
the values that have long been formed in these areas of the
French people.
2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
linguistics,
metonyms,
paremiological units,
geortonyms,
prototype,
proverbs,
sayings.
Geortonimlar “yomg‘ir” tabiat hodisasining kognitiv
vositasi sifatida (fransuz paremiyalari misolida)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
lingvomadaniyatshunoslik,
meteonimlar,
paremiologik birliklar,
geortonimlar,
prototip,
maqollar,
matallar.
Ushbu maqolada geortonimik komponentli yomg‘ir hodisasini
ifodalovchi
paremiyologik
birliklarning
lingvomadaniy
xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. Fransuz tili materialida
geortonimik komponentli meteorologiya hodisalaridan biri
bo‘lgan yomg‘ir va yomg‘ir yog‘ish hodisasiga oid frazeologik
birliklar tahlil qilinib, ular tarkibida kelgan geortonimlarning
madaniy va tarixiy asoslari, ularning yomg‘ir meteonimi bilan
1
PhD student, Samarkand State Institute of Foreign Languages. Samarkand, Uzbekistan.
E-mail: kobilmukumov@mail.ru
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
429
aloqasi va fransuz ijtimoiy-madaniy hayotida ushbu birliklarning
tutgan o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, tanlab olingan
misollardagi geortonimlar paremiyologik birlik komponenti
sifatida ko‘pincha fransuz ijtimoiy hayotining dehqonchilik,
chorvachilik, bog‘dorchilik kabi sohalari madaniyati, urf-odatlarini
aks ettirishi va fransuz xalqining ushbu sohalardagi qadimdan
shakllanib kelgan qadriyatlarini ko‘rsatib berishi keltirib o‘tilgan.
Геортонимы как когнитивное средство природного
явления «дождь» (на примере французских паремий)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
лингвокультурология,
метонимы,
паремиологические
единицы,
геортонимы,
прототип,
пословицы,
поговорки.
В данной статье рассматриваются лингвокультурные
особенности паремиологических единиц, выражающих
феномен дождя с геортонимическим компонентом.
На материале французского языка анализируются
фразеологические
единицы,
связанные
с
метеорологическим явлением дождя и процессом
выпадения осадков, содержащие геортонимический
компонент. Проведен анализ культурных и исторических
основ геортонимов, входящих в состав этих единиц, их
связи с метеонимом дождя, а также роли данных единиц во
французской социально-культурной жизни. Кроме того,
отмечено, что геортонимы в отобранных примерах как
компоненты паремиологических единиц чаще всего
отражают культуру и традиции таких сфер французской
общественной жизни, как земледелие, животноводство и
садоводство, демонстрируя ценности, сформировавшиеся у
французского народа в этих областях с древних времен.
Maqol va matallar – asrlar davomida sayqallanib, avloddan-avlodga, tildan tilga
o‘tib kelayotgan xalq og‘zaki ijodining muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Ushbu
birliklar asrlar osha o‘zi tegishli bo‘lgan xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy
hayotidagi kuzatishlari natijasida vujudga kelgan. Xalqning kundalik hayotdan ottirgan
tajriba va saboqlari boshqa til birliklar singari maqol va matallarda ham aks etadi. Ushbu
paremiyologik birliklarni xalq donoligi va madaniyatini o‘zida mujassamlashtirgan
ma’naviy xazina deb atash mumkin. Bu birliklarning inson nutqi uchun muhim
vositalardan biri ekanligining sababi ular fikrlarni aniq, lo‘nda va obrazlar orqali
ifodalashidadir. Maqol va matallar tilshunoslik va folklorshunoslikda o‘rganiluvchi
paremiologik birliklar bo‘lib, ular o‘zida inson ongining kognitiv kichik mexanizmini aks
ettiradi. Paremiologik birliklar ko‘p yillar davomida tilshunoslar tomonidan o‘rganilib
kelinmoqda.
Professor Sh.Safarov o‘zining “Kognitiv tilshunoslik” asarida bu borada shunday
fikr bildiradi: “Inson faoliyati ma’lum milliy madaniyat, muhit doirasida kechadi. Shu
sababli har qanday turdagi bilish jarayoniga oid strukturalar, tuzilmalarda milliy kolorit
mavjud bo‘lishi lozimdir” [1,b.46]. Shu boisdan, paremiyalar tilshunoslikda har
tomonlama, ya’ni struktur-semantik, kognitiv va lingvomadaniy kabi turli jabhalarda
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
430
tadqiq etildi va hozirgi kunda ham tadqiq etilmoqda. Ma’lumki, “til – madaniyat – millat
(shaxs)” – lingvokulturologiyaning markaziy triadasi hisoblanadi [2,b.31]. Paremiyalarga
ushbu triadaning xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan o‘rganish predmetining yaqqol
namunalaridan biri sifatida qarash mumkin.
Tarixdan ma’lumki, insoniyatning dastlabki mashg‘ulotlari ovchilik va
dehqonchilik bo‘lgan. Dehqonchilik bilan shug‘illangan odamlar, albatta, tabiat
hodisalarini kuzatishi, ularni bilishi lozim bo‘lgan. Shu boisdan, ushbu odamlar
nutqlarida tabiat hodisalariga bog‘liq paremiologik birliklar tez-tez takrorlanib turgan.
Fransuz xalqi ham qadimdan baliqchilik, ovchilik, dehqonchilik kabi mashg‘ulotlar bilan
shug‘illanganligi bois, fransuz tilida dehqonchilik, tabiat hodisalariga bog‘liq maqollar
ko‘p uchraydi. Shuningdek, ushbu hodisalarni ifodalovchi leksemalar ishtirok etgan, lekin
boshqa ma’no-mazmun ifodalaniladigan maqol va matallar ham uchraydi.
Fransuzcha paremiologik birliklar orasida tabiat hodisalaridan biri bo‘lgan
“
yomg‘ir
” alohida o‘ringa ega. Qadimdan tabiatga uzviy bog‘liq bo‘lgan dehqonchilik,
bog‘dorchilik, baliqchilik kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘illanib kelgan xalq tili va
madaniyatida yomg‘ir meteonimining bunday aks etishi tabiiy hisoblanadi. Ushbu ilmiy
ishimizning o‘rganish obyekti sifatida 125 ta yomg‘ir va yomg‘ir yog‘ishiga oid
paremiologik birliklar to‘plandi. To‘plagan misollarimizda ushbu meteorologik hodisa
“
Il pleut
” shaxssiz shakl orqali, “
Pluie
” ot so‘z turkumi orqali, “
pluvieux, pluvieuse
” sifatlari
orqali ifodalanganini ko‘rish mumkin. Masalan:
S’il pleut
le jour de la Saint George. Il n’y
aura ne cerise ni prune
– Agar Avliyo Jorj kuni yomg‘ir yog‘sa. Na olcha, na olxo‘ri bo‘ladi.
Pluie
de mars ne profite pas.
– Mart yomg‘iri foyda keltirmaydi.
Pâques
pluvieuses
,
Souvent fromenteuses
– Yomg‘irli Pasxa, ko‘pincha bug‘doy demakdir. Fransuz tilidagi
yomg‘irga oid paremiyalarning katta qismida gerotonimlarning kelishini fransuz xalqi
ijtimoiy hayotida diniy bayramlar va xotira kunlarining roli bilan bog‘lash mumkin.
Yomg‘ir hodisasini ifodalovchi geortonimik komponentli paremiyalarni o‘rganish
davomida, avvalo, ulardan anglashiladigan ma’nolarga e’tibor qaratsak. Yig‘ilgan
misollarni ifodalagan ma’nosiga qarab, ularni salbiy, ijobiy va neytral ma’noni ifodalovchi
geortonimik komponentli paremiyalarga ajratish mumkin.
Salbiy ma’noli
paremiyalar deyilganda ob-havoning noqulay kelishi, yomon ob-
havodan darak berilishini ifodalangan misollar nazarda tutilgan bo‘lib, masalan: “
Si Saint-
Lambert est pluvieux, suivent neuf jours dangereux
” misolidan anglashiladiki, agar Avliyo
Lambert kunida yomg‘ir yog‘ishi undan keyingi to‘qqiz kun yomon ob-havo belgisi
ekanligini ta’kidlangan. Har yili 14-aprel sanasida fransuz xalqi VII
asrda Leon shahrida
yashagan va mazkur shahar yepiskopi bo‘lgan Avliyo Lambert kunini nishonlashadi [7].
Ushbu sana qish va bahor o‘rtasidagi o‘tish davrida bo‘lganligi bois, ko‘pincha beqaror
ob-havo ko‘zatiladi. Shu sababdan fransuz xalqi dehqonchilik madaniyatida 14-aprel
sanasi bilan bog‘liq ushbu paremiyologik birlik mavjud.
Yuqorida ta’kidlanganidek, salbiy ma’no ifodalaydigan paremiyalar ijobiy va
neytral turlarga qaraganda ko‘pchilikni tashkil etadi. Yig‘ilgan misollardan ko‘rish
mumkinki, yilning har bir oyiga doir salbiy ma’no ifodalaydigan gerotonimik
komponentli paremiyalar mavjud. E’tiborli tarafi shundaki, yilning har bir oyiga doir
misolda biron-bir meva yoki dehqonchilik mahsulotiga nisbatan yomg‘irning salbiy
natijasi berilgan. Misol uchun, aprel
oyiga to‘xtalsak :
Pluie le jour de Sainte-Opportune, ni
cerises, ni prunes.
[3,p.137]
–
Avliyo Opportun kuni yomg‘ir bo‘lsa, gilos, olxo‘ri yo‘q.
Fransiyada bu bayram har yili 22-aprel kuni nishonlanadi. Fransuz xalqi bog‘dorchilik
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
431
ma’daniyatga ko‘ra ushbu sanadagi yomg‘ir bog‘bonlarni gilos va olxo‘ri hosilidan ayiradi
deb hisoblashadi. 22-aprel Avliyo Opportun vafot egan kun. Fransuz xalqi orasida u bir
necha mo‘jizalar ko‘rsatgani haqida afsonalar yuradi. U hayvonlar himoyachisi
hisoblanadi [7]. 23-aprelda fransuzlar Avliyo Georgiy kunini nishonlashadi. Bu bayram
nafaqat Fransiyada, balki bir qator Yevropa davlatlarida keng nishonlanadi. Avliyo
Georgiy haqida ko‘plab afsonalar yuradi. U dehqonlar, otliqlar, kamonchilar, askarlar va
bir qancha shahar hamda davlatlar homiysi hisoblanadi, shuningdek, u insonlar uchun
jasorat, qat’iyat timsolidir [8]. Bu kunda yog‘gan yomg‘ir gilos, olcha kabi mevalar hamda
arpa o‘simligiga yomon ekanligi quyidagi paremiyalogik birliklarda berilgan :
S’il pleut à
la Saint-Georges, N’y aura ni guigne, ni orge
[3,p.154]
.
– Agar Avliyo Georgiy kuni yomg‘ir
yog‘sa, na gilos, na arpa bo‘ladi.
S’il pleut le jour de Saint-Georges, pas de fruits à noyaux, ni
guignes ni bigarreaux.
– Agar Avliyo Georgiy kuni yomg‘ir yog‘sa, qattiq donakli mevalar
qolmaydi, na gilos, na olcha. Nega bunday deyilishiga sabab Avliyo Georgiy bilan Avliyo
Mark do‘l va jala beruvchi avliyolar sifatida tanilgan [8].
Iyul oyiga doir misolda esa bug‘doyga nisbatan salbiy ta’siri izohlanadi :
Vers la
Sainte-Marguerite, toujours pluie est maudite. Le chou réussit, le froment pourrit.
–
Muqaddas Margareta kunida yomg‘ir har doim la’natlanadi. Karamlar o‘sadi, lekin don
(bug‘doy) chiriydi. Misoldan anglashiladiki, Muqaddas Margareta kunida yog‘gan yomg‘ir
bug‘doy yoki har qanday donli o‘simlik uchun zarar hisoblanar ekan. Muqaddas
Margareta kuni 20-iyul kuniga to‘g‘ri keladi. Fransuz dehqonchilik an’analariga ko‘ra
Muqaddas Margareta kunidagi yomg‘ir har qanday holda ham dehqonlar uchun yomonlik
belgisi hisoblanadi. Buni bu kunga doir geortonimik komponentli paremiyalarda
ko‘rishimiz mumkin. Misol uchun:
À la Sainte-Marguerite pluie, jamais au paysan sourit –
Muqaddas Margareta kunida yomg‘ir hech qachon dehqonga tabassum qildirmaydi yoki
À la Sainte-Marguerite, forte pluie est maudite –
Muqaddas Margareta kunidagi kuchli
yomg‘ir la’natlanadi [3,p.225].
Avgustdagi yomg‘irning yong‘oqlarga salbiy ta’siri:
Pluie de Saint-Augustin rend le
sort des noix incertain –
Avliyo Avgustin yomg‘iri yong‘oqlarning taqdirini noaniq
qiladi. Avliyo Avgustin katolik cherkovining mashhur doktorlaridan biri va
yepiskopi bo‘lgan. Katolik cherkovi an’analariga ko‘ra Avliyo Avgustin kuni har yili
28-avgust sanasida nishonlanadi va bu sanada yog‘gan yomg‘ir fransuz xalqi uchun
yong‘oqlarga salbiy oqibat olib kelishini bildiradi.
Salbiy ma’no ifodalashda yomg‘irni yuqoridagi misollarda faqat bitta
obyektga ta’siri ko‘rsatilgan bo‘lsa, boshqa misollarda butun bir mavsumga yoki
butun bir xalqqa nisbatan qo‘llanishini ham ko‘rish mumkin. Masalan:
S'il pleut à la
Saint Renaud: l'automne s'annonce penaud –
Agar Avliyo Renod kuni yomg‘ir yog‘sa, kuz
sharmandali ko‘rinadi yoki
À la Saint-Vital, pluie et gel font tout le mal –
Avliyo Vital kuni
yomg‘ir va sovuq barchaga zarar keltiradi
.
Ijobiy ma’no
ifodalovchilar ham, o‘z navbatida, yomg‘ir hodisasini ifodalovchi
geortonimli paremiyalar orasida tez-tez uchraydi. Masalan uzumchilik bilan
shug‘ullanuvchi fransuzlar orasida “
Pluie de Saint-Grégoire, Autant de vin de plus à boir
” –
Avliyo Greguar yomg‘iri ichish uchun ko‘p vino bo‘lishining belgisidir, – degan paremiya
ko‘p qo‘llaniladi. Demak fransuz xalqi an’analariga ko‘ra 12-martda nishonlanadigan
Avliyo Greguar kuni yomg‘ir yog‘ishi ushbu yilda uzumning mo‘l bo‘lishidan darak deb
hisoblanadi. Bunda aynan vino so‘zining kelishi fransuz ijtimoiy hayotini ko‘rsatuvchi
vositadir. Ma’lumki, Fransiyada uzumchilik, vino ishlab chiqarish rivojlangan bo‘lib,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
432
asosiy qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridan biri uzum yetishtirish hisoblanadi. Jumladan,
Bordo departamenti, Garonna, Luara, Sona daryolari atrofidagi vodiylarning katta
maydonlarini tokzorlar egallagan [9].
Yomg‘ir meteonimini ifodalovchi geortonimik komponentli ijobiy ma’no
ifodalovchi maqol yoki matallarni o‘rganar ekanmiz, fransuz xalqi madaniyatida yomg‘ir
uzumchilikda, shuningdek, dehqonchilik va chorvachilikda ham muhim o‘rin egallashiga
guvoh bo‘lishimiz mumkin. Bunda uzum, bug‘doy, makkjo‘xori, pichan kabilarga
yomg‘irning ijobiy ta’siri e’tirof etilgan.
Fransiyada uzumchilik bilan shug‘illanuvchilar madaniyatida yomg‘ir ijobiy
ko‘rinish hosil qiladi. Masalan, mart oyi va bu oydagi yomg‘ir muhim ahamiyat kasb etishi
ushbu toifa vakillari mentalitetiga xos etalondir. Fransuz xalqi tomonidan diniy
madaniyatiga ko‘ra 1- mart kuni Avliyo Obin kuni nishonlanadi. Bu kungi yomg‘ir esa
uzumchilik va vino ishlab chiqarish bilan shug‘illanadiganlar uchun har qachongidan
ko‘ra muhim hisoblanadi. Buni quyidagi matalada ko‘rishimiz mumkin :
Quand il pleut à
la Saint-Aubin, L’eau est plus chère que le vin –
Muqaddas Obin kunida yomg‘ir yog‘sa,
suv sharobdan qimmatroq. Demak ushbu kungi yomg‘ir fransuz uzumchilik
madaniyatida mo‘l hosil timsoli hisoblanadi. Ammo dehqonchilikda va
chorvachilik madaniyatida esa bu aksincha ma’no ifodalaydi. Ularda Avliyo Obin
kuni yog‘gan yomg‘ir salbiy ma’no kasb etadi. Buni qo‘yidagi misol orqali
bilishimiz mumkin:
S’il
pleut à la Saint-Aubin, il n’y aura pas ni foin, ni lin –
Agar Avliyo
Obin kuni yomg‘ir yog‘sa, na pichan, na zig‘ir bo‘ladi.
Fransuz madaniy hayotida Pasxa bayrami alohida o‘rin egallaydi, shu boisdan
ham bu jarayon tilda ham o‘z aksini topgan. Ijobiy ma’no ifodalaydigan geortonimik
komponentli frazeologik birliklar orasida Pasxa bayrami qatnashgan misol bo‘lishi
tabiiydir. Fransuz dehqonlari orasida Pasxa bayramida yog‘gan yomg‘ir bug‘doyning
mo‘l bo‘lishining timsoli sifatida qaraladi:
Pâques pluvieuses, Mains pâteuses –
Yomg‘irli
Pasxa, Xamirli qo‘llar. Ushbu paremiya orqali Pasxadagi yomg‘ir g‘allakorlarni
suyuntirishi anglashiladi. Bu ham fransuz dehqonchilik madaniyatining tildagi
ifodasidir. Fransiya dehqonchilik sohasining muhim yunalishlaridan bir g‘allakorlik
hisoblanadi. Asosiy qishloq xo‘jaligi ekini bo‘lgan g‘allakorlik asosan Fransiyaning
shimoliy qismidagi pasttekisliklarda yetishtiriladi.
Ijobiy ma’no kasb etgan misollar yilning to‘rt faslini qamrab oladi. Har bir faslda
yomg‘ir dehqonchilikning ma’lum bir sohasi uchun ijobiy ma’no kasb etadi. Albatta,
birinchi navbatda bahor faslidagi yomg‘ir bug‘doy yetishtirishning muhim omili sifatida
qaraladi. Misol uchun:
Pluie de Saint-Hugues à Sainte-Sophie, remplit granges et fournils –
Avliyo Gyugedan to Avliyo Sofigacha yog‘gan yomg‘ir omborlar va nonvoyxonalarni
to‘ldiradi. Avliyo Gyuge bayrami 1- aprelda, Avliyo Sofi kuni esa 25-mayda nishonlanadi.
Ikkalasi ham bahor faslida. Fransuz madaniy hayotida bu kunlarni nishonlash muhim
qadriyat hisoblanadi. Bu kundagi yomg‘ir bug‘doyning mo‘l bo‘lishini belgilovchi omil
hisoblanadi. Boshqa bir misolga qarasak:
Saint-Drogon pluvieux, an fromenteux–
Yomg
‘
irli
Avliyo-Drogon bug
‘
doyli yildir. Avliyo Drogon kuni 16-aprelda nishonlanadi. U Dragon
yoki Drugon nomlari bilan ataladi va cho‘ponlar homiysi hisoblanadi.
Yoz yomg‘iri uzumchilarning mo‘l hosil olishi belgisi sifatida keladi. Buni quyidagi
paremiyadan ko‘rishimiz mumkin:
Pluie d'orage à la Saint-Sylvère, c'est beaucoup de vin
dans le verre
– Avliyo-Selverdagi momaqaldiroqli yomg‘ir qadahdagi ko‘p sharobni
anglatadi. Avliyo Selver kuni 20-iyunda o‘tkaziladi. Yana bir boshqa misolda ham
shunday ma’no anglashiladi :
C'est comme s'il pleuvait du vin, fine pluie à Saint-Augustin
–
Avliyo-Ogustinda sharob yog‘ayotgandek, mayin yomg‘ir yog‘ayotir.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
433
O‘z navbatida, yoz faslidagi yomg‘ir g‘allachilikda ham ijobiy ma’no bildiradi.
Masalan:
Sainte-Madeleine pluie amène. Si elle ne dure pas longtemps, elle remplit le
grenier de froment
– Avliyo Madelen yomg‘ir keltiradi. Agar u uzoq davom etmasa, don
omborini bug‘doy bilan to‘ldiradi.
Odatda qish fasli haqida gapirilsa meteonimlardan qor hayolga keladi, lekin
Fransiya geografik jihatdan yomg‘ir ko‘p yog‘adigan davlatlar sirasiga kirganligi bois
ushbu hudud ijtimoiy-madaniy hayoti tilida qish fasli haqida gap ketganda yomg‘ir
hodisasiga oid paremiyalar ham uchraydi. Ijobiy ma’no ifodalovchi geortonomik
komponentli frazeologik birliklarda, asosan, bug‘doy va makkajo‘xoriga ijobiy ta’siri
ifodalangan. Misol uchun :
Si pour la Sainte-Agathe il pleut, le maïs croit au mieux.
– Agar
Muqaddas Agata kuni yomg‘ir yog‘sa, makkajo‘xori yaxshi o‘sadi. Fransuz diniy
an’analariga ko‘ra Muqaddas Agata kuni 5-fevralda nishonlanadi. Ushbu kundagi yomg‘ir
dehqonlar ijtimoiy-madaniy hayotida hosilning ko‘p bo‘lishi timsoli sifatida gavdalanadi.
Qishda yog‘gan yomg‘irning bug‘doy uchun foydali ekanligi esa quyidagi misolda o‘z
ifodasini topgan :
S’il pleut pour les Rois, Du blé aussi haut que les toits.
– Agar Shohlar
baryamida yomg‘ir yog‘sa, bug‘doy mo‘l-ko‘l bo‘ladi. Ma’lumki, Shohlar bayrami har yili
Rajestvo bayramidan keyingi ikkinchi yakshanba kuni nishonlanadi. Fransuzlar ushbu
kundagi yomg‘irni nafaqat bug‘doy uchun, balki boshqa o‘simliklar uchun ham foydali
hisoblashadi. Misol uchun,
Quand il pleut le jour des Rois, Le chanvre vient sur les toits
–
Shahlar bayramida yomg‘ir yog‘sa, kanoplar tomlar bo‘yi keladi. O‘z navbatida misollarda
qishki yomg‘irning kartoshka uchun ham ijobiy ma’no kasb etishini ko‘rish mumkin :
Quand il pleut le jour de Saint-Antoine, pomme de terre prospère
– Avliyo Antuan kuni
yomg‘ir yog‘sa, kartoshka gullab-yashnaydi. Diniy odatga ko‘ra
Siant Antoine
kuni har yili
17-yanvarda nishonlanadi.
Neytral ma’noli
misollar sifatida ijobiy yoki salbiy ma’nolar anglashilmaydigan,
faqat kutiladigan ob-havo haqida darak, xabar ifodalangan paremiologik birliklarni oldik.
Jumladan :
S’il pleut à la Bonne-Dame des Neiges, l’hiver sera humide ou neigeux. Et s’il ne
pleut pas ce jour-là, il fera un hiver sec.
–
Agar
Bonne-Dame des Neiges
kunida yomg‘ir
yog‘sa, qish nam yoki qorli bo‘ladi.
O‘sha kuni yomg‘ir yog‘masa, qish quruq bo‘ladi.
Ushbu
Bonne-Dame des Neiges
har yili avgustning beshinchi kuni nishonlanadigan
Bibi Maryam va uning “qor mo‘jizasi”ga bag‘ishlangan katolik cherkovining
an’anaviy bayramidir
[10]
.
Yana bir misolga to‘xtalsak:
À la Saint-Laurent, la pluie dans une main, le tison
dans l’autre
– Avliyo Loran kunida bir qo‘lda yomg‘ir, bir qo‘lda o‘tli tayoq. Ushbu
paremiyadan shuni anglash mumkinki,
Saint-Laurent
kuni har qanday havoni kutish
mumkin, goh yomg‘ir, gohida esa kuchli issiq. Vaholanki, fransuzlar orasida Avliyo
Loran issiq kunda kuchli yomg‘ir yog‘dirganligi haqidagi rivoyat yuradi.
Paremiyalogik birlikda qo‘llanilgan geortonim 10-avgustda nishonlanadigan katolik
cherkovi dunyosida o‘z o‘rniga ega Avliyo Loran kuni bo‘lib, u 220–258-yillarda
yashagan. Avkiyo katoliklar orasida shahidlik timsoli sifatida qaraladi
[11].
Yig‘ilgan misollar orasida neytral ma’no ifodalovchi misollarning salmog‘i ijobiy va
salbiy ma’nolilarga nisbatan kam ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Misol uchun:
S’il pleut à
la Bonne-Dame des Neiges, l’hiver sera humide ou neigeux. Et s’il ne pleut pas ce jour-là, il
fera un hiver sec. À la Saint-Laurent, la pluie dans une main, le tison dans l’autre. À la Saint-
Vincent, Cesse la pluie et vient le vent. Quand Simon et Jude n'apportent pas la pluie, elle
n'arrive qu'à la Sainte-Cécile. Pluie de Saint-Révérien, belles avoines, maigre foin.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
434
Fransuz tilidagi yomg‘ir hodisasini ifodalovchi paremiologik birliklar orasida
geortonimik komponentlilarining roli kattadir. Bunga sabab fransuz tilida har bir
muqaddas kun va diniy baryam nomi bilan kamida bitta paremiya mavjudligida. Fransuz
madaniy dunyosida 199 ta Avliyolar kuni va bir qancha diniy bayramlar nomlari
qatnashgan meteonimlar ishtirok etgan ko‘plab paremiologik birliklar mavjuddir
[3,p.668]. Shu boisdan, fransuz tilida yomg‘ir hodisasini ifodalovchi paremiyalardagi
geortonimlarni ikki turga ajratish mumkin:
1.
Sanasi o‘zgaruvchan bayram nomlari: asosan Iso Masih va u bilan bog‘liq diniy
bayramlar –
les fêtes mobiles
(Pâques, les Rameuax, la Semaine sainte);
2.
Aniq sanaga ega bo‘lgan bayram nomlari: bunga Avliyolar kunlari nomlari kiradi
–
les fêtes de Saints
;
Birinchi tur geortonimlariga
“le Carême”, “Mardi Gras”, “Lundi Gras”, “Fête des Rois”,
“Fête de Cène”, “Quatres Temps”, “Bonne Dame des Neiges”
kabilar kiradi. Ushbu bayram
sanalari fransuz an’analariga ko‘ra, asosan, Pasxa bayramiga nisbatan qilib olinadi.
Masalan,
le Carême
– bu Pasxadan oldingi bayramga tayyorgarlik ko‘rish uchun 40
kunlikni bildiradi, yoki
Dimanche Gras
– Pasxadan oldingi yettinchi yakshanba kuni
[3,p.668]. Bu turdagi bayramlarni barchasini Iso Masih o‘zaro bog‘lab turadi. Masalan,
Shohlar bayrami – Iso masihning tug‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, Fête de Cène – Oxirgi
kechgi ovqat esa Pasxadan 4 kun oldin muqaddas payshanba kuni Masihning xochga
mixlanishi arafasida 12 havoriy bilan oxirgi taomlanishini xotirlash hisoblanadi.
“Saint” leksimali geortonimik paremiyalar yomg‘ir hodisasini ifodalashda ko‘plab
uchrashi orqali fransuz xalqi hayotida til, ijtimoiy hayot va madaniy hayotning nechog‘lik
darajada integratsiyalashganligini ko‘rish mumkin. Ma’lumki har xil tillardagi
paremiologik birliklarda umumiylik bo‘ladi, chunki ularda umuminsoniy tushunchalar o‘z
aksini topgan. Biroq bu turli xil tillarning maqol yoki matallari butunlay bir xillikda
degani emas. Sababi har bir tilning paremilogik qatlami usha xalqning milliyligida,
qadriyatlarida, turmush tarzi elementlarida, leksik qatlamida nozik farqlarini nomoyon
qiladi. Fransuz dehqonlarining aprel oyida yog‘gan yomg‘ir shu yili bug‘doyni mo‘l
bo‘lishini boshqa elatlardan farqli ravishda Avliyo-Dragon kuni bilan bog‘lash orqali
ifodalashi o‘ziga xos mental xususiyatni aks ettiradi:
Saint-Drogon pluvieux, an
fromenteux.
Avliyo-Drogon yoki Druon nomi bilan atalgan bu odam cho‘ponlarning
homiysi hisoblandi.
Ko‘rish mumkinki, misollarning aksariyatida bittadan geortonim ishtirok etgan.
Lekin tarkibida birdan ortiq geortonim ishtirok etgan misollar ham bor. Masalan:
Quand
Simon et Jude
n’apportent pas la pluie, elle n’arrive qu’à la
Sainte-Cécile
. Quand
Saint-
Pierre
laisse de la pluie à
Saint-Martial
,
Saint-Martial
donne des essaims autant qu’'il en
faut. S'il pleut à la
Saint-Médard
, il pleut quarante jours plus tard, à moins que
Saint-
Barnabé
, ne vienne l’arrêter. S'il pleut à la
petite Saint-Jean
, toute l'année s'en ressent,
jusqu'à la
grande Saint-Jean
.Pluie de
Saint-Hugues
à
Sainte-Sophie
, remplit granges et
fournils.
Ushbu geortonimlarning paremiyalarda aks etishi O‘rta asrlarda dehqonchilik,
bog‘dorchilik, ovchilik bilan shug‘illangan fransuzlar uchun vaqt, fasllar va, albatta, tabiat
hodisalarini yaxshi bilishi lozimligi bilan xarakterlanadi. Vaholanki, til va madaniyatning
o‘zaro spetsifikasi ularning turli ijtimoiy guruhlarga munosabatida namoyon bo‘ladi ya’ni
til va madaniyat ijtimoiy-guruhiy tasavvur va qadriyatlarning ifoda vositasi hisoblanadi
[2,b.9].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
435
Kelib chiqishiga ko‘ra, qadimiy bo‘lishiga qaramay, maqollar hech qachon bosma
qolipga aylanmaydi. Agar maqol o‘z o‘rnida qo‘llaniladigan bo‘lsa, uning qo‘llanilishi har
doim dolzarb bo'ladi, chunki maqol keng matnni o'zida mujassam eta oladi [4,b.202].
Paremiyalar milliy-madaniy semantikada ma’lum bir jamiyatning madaniyati va
an’analari, qadriyatlari va hayot tarzini o‘ziga xos prototiplari bilan aks ettirar ekan, unda
xalqning urf-odatlari, kasb-hunari, kundalik yumushlari, dehqonchilik, bog‘dorchilik
an’analari, uydagi va mehnatdagi yumishlari, g‘am-tashvishlarini ifodalab keladi. Biz
tahlil qilayotgan yomg‘ir hodisasini ifodalovchi geortonimik komponentli paremiyalarda
ham milliy prototiplar orqali fransuzlar kundalik hayoti, qadriyatlari, axloqiy me’yorlari,
dehqonchiligi va chorvachiligi, uzumchilik kabilar ifodalanishini ko‘rish mumkin.
Jumladan, quyidagi misollarimizdagi prototiplar fransuzlarda dehqonchilik, shuningdek,
uning asosiy yunalishlari haqida belgi berib kelganligini ko‘rishimiz mumkin: “
S’il pleut
pour les Rois, Du blé aussi haut que les toits
”
– Agar shohlar bayramida yomg‘ir yog‘sa,
bug‘doy tomdek baland bo‘ladi, “Si pour la Sainte-Agathe il pleut, le maïs croit au mieux” –
Agar Aziz Agata kuni yomg‘ir yog‘sa, makkajo‘xori yaxshi o‘sadi.
Ushbu turdagi paremiyalarda prototiplarning ma’lum qismi Fransiyadagi
chorvachilik va asalarichilikni ifodalab kelgan:
“Quand il pleut à la Saint-Matthieu, Fais
coucher tes vaches et tes bœufs”, “Quand Saint-Pierre laisse de la pluie à Saint-Martial,
Saint-Martial donne des essaims autant qu'il en faut
”.
Misollarning ma’lum qismida prototiplar bog‘dorchilik haqida ma’lumot beradi:
“
Pluie le jour de Sainte-Opportune, ni cerises, ni prunes
”, “
Pluie de Saint-Augustin rend le
sort des noix incertain
”.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, “yomg‘ir” meteonimiga oid geortonimik
komponentli paremeologik birliklar biror bir xalqning madaniyati, hayot tarzi, urf-
odatlarini o‘rganishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Odatda ushbu elementlar o‘zida
xalqning kundalik hayoti, an’analarini o‘zida aks ettirib, nutqda qo‘llanishi orqali ushbu
til vakillari nutqining guzalligini, tilining tarovati va nafosatini ko‘rsatib berishda muhim
vositalardan biri bo‘lib keladi. Bu kabi birliklarning bugungi kunda ham nutqda
qo‘llanilishi xalq madaniyatini avloddan-avlodga o‘tkazishda ko‘prik vazifasini bajaradi.
Geortonimlarda ma’lum bir madaniy element aks etgan bo‘ladi, shu boisdan ularning
paremeologik birliklar tarkibida kelishi ushbu birliklarning ma’nosini yanada serjilo
qiladi va ularning unumdorligini yanada oshiradi.
Qolaversa, yomg‘ir meteonimini ifodalovchi maqol va matallarda geortonimlarning
ko‘p hollarda komponent bo‘lib kelishi, ular orqali esa ijobiy, salbiy va neytral ma’no
ifodalanishi aniqlandi. Shuningdek, madaniy kontekstda ushbu birliklar bir qancha
semali mikromaydonlarda birlashish holatlari ko‘zatildi. Ishimiz ob’ekti bo‘lgan bunday
birliklar insonlar ijtimoiy-madaniy hayoti, urf-odatlari, an’ana va qadriyatlari, kundalik
hayot tarzini ifodalash vositasidir.
Bu turdagi paremeologik birliklarning konnatativlik darajasi yuqori bo‘lganligi
bois til va madaniyatning bor guzalligini ko‘rsatib beradi. So‘zlovchiga ijtimoiy qoidalar,
axloqiy me’yorlar haqida axborot beruvchi madaniy unsur bo‘lib xizmat qiladi va xalq
an’analari, odatlarini qaysi davr yoki tarixiy hodisa fonida shakllanganligini anglashda
yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Safarov Sh.S. Kognitiv tilshunoslik. – Jizzax: Sangzor, 2006. – 92b.
2.
Mamatov A.E. Zamonaviy ligvistika (Lingvomadaniyatshunoslik asoslari).
Tafakkur avlodi. -Toshkent. 2020. –B.31.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
436
3.
Henri Mitterand, Alain Rey. Dictionnaire de proverbes et dictons. –Paris, 1984. -207 p.
4.
Сувонова Н. Н., Алиева Г. Т. National features of transliting uzbek folk proverbs
into french //Иностранные языки в Узбекистане. – 2020. – №. 3. – С. 192-205.
5.
Muqumov T. B. Linguistical properties of the comparative aspect of French
rhythmic proverbs // TJE – Tematics journal of Education. Vol-6-Issue-- February -2021
http://thematicsjournals.in
6.
Suvonova N.N., Muqumov T. B. On phraseological units related to meteorology
with the component french zoonym // AMERICAN Journal of Language, Literacy and
Learning in STEM Education. Volume 3, Issue 4, 2025 ISSN (E): 2993-2769
https://grnjournal.us/index.php/STEM/article/view/7485
7.
https://www.saint-dicton.com/0414.html
8.
https://www.midilibre.fr/2013/04/23/mardi-23-avril-bonne-fete-a-tous-les-
georges,684194.php
9.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Fransiya
10.
https://fr.wikipedia.org/wiki/Notre-Dame_des_Neiges
11.
https://www.diocesevalleyfield.org/fr/fete-de-saint-laurent
