Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The Elucidation of the Science of Ma'ani in Ubaydulloh ibn
Mas'ud's Work "Al-Vishoh"
Dilmurod ALMARDANOV
1
Oriental University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
10
April 2025
Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025
This article examines the elucidation of the science of Ma’ani
in Ubaydullah ibn Mas’ud’s work Al-Vishoh. Defined as the
discipline that studies the methods of aligning speech with
context and purpose, Ma’ani science and its core concepts –
musnad, musnad ilayh, isnad, and judgments pertaining to
sentences – are analyzed. The scholar Sadr al-Shari’a divides
Ma’ani science into five sections. While extensively addressing
declarative sentences (khabariy jumla), the work does not delve
into the discussion of interrogative sentences (inshoiy jumla).
With the inclusion of Qur’anic verses, hadiths, and poetic
examples, the text achieves precision and clarity in conveying
meaning. The refutation of the Mu’tazilite school’s views
demonstrates
the
profound
scholarly
approach
in
distinguishing truth and falsehood. The article holds both
theoretical and practical significance for further research in
rhetoric and Ma’ani sciences.
2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
Ubaydullah ibn Mas’ud,
Al-Vishoh,
Ma’ani science,
declarative sentence,
interrogative sentence,
rhetoric,
musnad,
musnad ilayh,
isnad,
truth,
falsehood.
Ubaydulloh ibn Mas’udning “Al-Vishoh” asarida maoniy
ilmining yoritilishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
Ubaydulloh ibn Mas’ud,
“Al-Vishoh”,
ilmi maoniy,
xabariy jumla,
inshoiy jumla,
balog‘at,
musnad,
musnad ilayh,
Mazkur maqolada Ubaydulloh ibn Mas’udning “Al-Vishoh”
asarida ilmi maoniyning yoritilishi tahlil qilinadi. Maoniy ilmi
gapning vaziyat va maqsadga muvofiq bo‘lish usullarini
o‘rganuvchi fan sifatida ta’riflanib, bu ilmning asosiy
tushunchalari – musnad, musnad ilayh, isnod va jumlaga oid
hukmlar muhokama qilinadi. Alloma Sodrush Shari’a tomonidan
maoniy ilmi besh bo‘limga bo‘lingan holda yoritilgan. Xabariy
1
Teacher, Oriental University. E-mail: dilmurodansoriy@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
442
isnod,
rostlik,
yolg‘onlik.
jumlalar haqida keng to‘xtalgan bo‘lsa-da, inshoiy jumlalarga
oid bahsga o‘tmagan. Qur’on oyatlari, hadislar va she’riy
namunalar asosida mazmunni anglashda aniqlik va
tushunarlilikka erishgan. Mo‘tazilalar fikriga berilgan raddiya
esa rostlik va yolg‘onlik masalalarini aniqlashda ilmiy
yondashuvning chuqurligini ko‘rsatadi. Maqola balog‘at ilmi va
ilmi maoniy bo‘yicha ilmiy izlanishlar uchun nazariy va amaliy
ahamiyatga ega.
Освещение науки Маани в труде Убайдуллаха ибн
Масуда «Аль-Вишах»
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Убайдуллох ибн Масуд,
«Аль-Вишах»,
наука Маани,
повествовательное
предложение,
вопросительное
предложение,
риторика,
муснад,
муснад иляйх,
иснад,
истина,
ложь.
В данной статье рассматривается освещение науки Маани в
труде Убайдуллоха ибн Масуда «Аль-Вишах». Маани
определяется как наука, изучающая методы приведения речи
в соответствие с ситуацией и целью. Анализируются
ключевые концепции этой науки – муснад, муснад иляйх,
иснад и суждения, связанные с предложением. Учёный Садр
аш-Шариа делит науку Маани на пять разделов. Несмотря на
подробное рассмотрение повествовательных предложений
(хабарий джумла), в труде отсутствует обсуждение
вопросительных
предложений
(иншоий
джумла).
Использование аятов Корана, хадисов и поэтических примеров
способствует достижению точности и ясности в передаче
смысла. Опровержение взглядов мутазилитов демонстрирует
глубокий научный подход к различению истины и лжи. Статья
имеет теоретическое и практическое значение для
дальнейших исследований в области риторики и науки Маани.
KIRISH
Maoniy (
ىناعملا
) ma’no (
ىنعم
) so‘zining ko‘plik shaklidir. Ma’no so‘zi esa
ىنع
“qasd
qilmoq” fe’lidan olingan bo‘lib, “maqsad” degan ma’noni anglatadi.
Bayon ulamolarining istilohida ilmul maoniy – gapning muqtazoi hol, ya’ni
gapirilayotgan vaziyatga mos bo‘lish usullarini o‘rganadigan ilmdir.
Balog‘at fani ilmi ma’oniy, ilmi bayon va ilmi badi’ deb nomlanuvchi uch qismdan
iborat bo‘lib, ma’oniy mana shu uch ilmdan biridir. Alloma sodrush shari’a Ubaydulloh
ibn Mas’ud “al-Vishoh” asarida ilmi maoniyga quyidagicha ta’rif bergan:
“Ilmi maoniy – kalomni holat taqozo etgan ko‘rinishda ifodalash tartibini
o‘rgatadigan ilmdir”.
Ilmi maoniyning asoschisi Shayx Abdulqohir Jurjoniy hisoblanadi. U o‘zining
“Asrorul balog‘a” asarida maoniy ilmining poydevorini qo‘ygan. Undan keyin Faxriddin
Roziy, Abu Ya’qub Sakkokiy, Johiz, Zamaxshariy kabi bayon ulamolari maoniy ilmini va
boshqa balog‘at ilmlarini komiliga yetkazdilar.
Bu ilmning vazifasi – fikrni nutq orqali tinglovchiga yetkazishda vaziyat va
maqsadga muvofiq shaklda gap tuzish va uning har bir bo‘lagini bildirilishi lozim bo‘lga
ma’no e’tiboriga ko‘ra joylashtirish usullari, ya’ni ifodalanmoqchi bo‘lgan barcha
ma’nolarni to‘g‘ri etkaza olish va uni tushunarli bo‘lishiga erishish uchun kalom tuzish va
uning bo‘laklarini o‘zaro bog‘lash yo‘llarini o‘rgatadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
443
Oddiy gap bilan xabar berish, maqtash, yomonlash, rasmiy xabarlar, oddiy gap
bilan boshqa maqsadni ifodalash kabilar maoniy ilmi o‘rganadigan bahslarga kiradi.
Talab qilinadigan holatlarga gapni moslash uchun gapning, ishlatiladigan so‘zlarning
quyidagi holatlarini bilib olish foydali bo‘ladi. Gap musnad (kesim) va musnad ilayhi
(ega) dan tuzilishini va kesimning egaga nisbati berilishi isnod ekanligi nahv ilmi
bahslaridan ma’lumdir. Gapning har bir bo‘lagi u yoki bu bo‘lakka suyangan holda
tuziladi. Masalan, gapning egasi kesimga suyanadi. Bunda fe’l musnad, egasi musnad ilayh
bo‘ladi. Isnod va boshqa holatlarning e’tibori bilan maoniy ilmi 8 qismga bo‘linadi. Ba’zi
ulamolar 6 qism, boshqalari 13, hattoki 18 qismlarga bo‘lib maoniy ilmlarini yoritganlar.
Homid Avniyning “al-Minhoj al-vozih”, imom Taftazoniyning “Talxis al-Bayon”,
Ali Xobarmiy va Mustafo Aminlarning “al-Balog‘a al-voziha” asarlarida ham mualliflar bu
ilmni 8 qismda ifodalaganlar:
1.
Xabariy jumla.
2.
Inshoiy jumla.
3.
Musnad ilayhning holatlari: uni zikr qilish va hazf qilish lozim bo‘lgan o‘rinlar,
keltirish va keltirmaslik ixtiyoriy bo‘lgan holatlar haqida.
4.
Musnadning holatlari: uni zikr qilish lozim va hazf qilish lozim bo‘lgan o‘rinlar,
keltirish va keltirmaslik ixtiyoriy bo‘lgan holatlar haqida.
5.
Fe’lning mutaalliqlari – zikr qilish yoki qilmaslikning lozim bo‘lgan bo‘lgan
o‘rinlari va boshqa holatlar haqida.
6.
Qasr, ya’ni biror narsani biror narsaga xoslash.
7.
Fasl hamda vasl hukmlari.
8.
Muxotobning holatidan kelib chiqib gapni iyjoz qilish, ya’ni qisqa-lo‘nda qilish va
unga tegishli hukmlar; itnob gapni sharhlab, cho‘zib keltirish va unga tegishli hukmlar; va
musovot kalom bilan ma’noni o‘zaro teng keltirish.
Alloma sodrush shari’a Ubaydulloh ibn Mas’ud “Al-vishoh” asarida ilmi maoniyni
quyidagi 5 qismga bo‘ladi:
1.
Musnad ilayhi (ega) haqida. Zikr, hazf, ma’rifa va nakira bo‘lish holatlari haqida
so‘z yuritiladi.
2.
Musnad (kesim) haqida. Zikr, hazf, ma’rifa va nakira bo‘lish holatlari haqida so‘z
yuritiladi.
3.
Isnod haqida. Ta’kid, qasr (hasr), ya’ni cheklash, xoslash haqida.
4.
Musnad va musnad ilayhining joylashuvi. Taqdim, ta’xir (gap bo‘laklarini oldin
va keyin keltirish) haqida so‘z yuritiladi.
5.
Jumlaga tegishli hukmlar. Fasl, vasl, ijoz, itnob, musovot haqida so‘z yuritiladi.
Ajablanarlisi, negadir inshoiy jumlalar haqida alloma so‘z yuritmagan. Maoniy
ilmiga kirishayotib,
"ربخلا يف هثاحبا مظعمو"
“Va uning asosiy bahsi xabariy jumladir” deb
xabariy jumlalarga urg‘u bergan. Alloma xabariy jumlaga quyidagicha ta’rif beradi:
هل مزلا بذكلاو قدصلا لامتحاو ءيش ىلإ ءيش ةبسن هحيرصب يضتقي لوق وهو
“Xabariy jumla – bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir narsaning ikkinchi narsaga nisbati
berilishidir. Rost yoki yolg‘on ehtimoli bo‘lishi esa, uning shartidir”.
Ko‘pgina bayon ulamolari xabariy jumlaga rost yoki yolg‘on bo‘lishi mumkin
bo‘lgan jumladir deb ta’rif berishadi. Jumladan “Javohirul-balog‘a” asarida quyidagicha
ta’rif berilgan:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
444
هتاذل بذكلاو قدصلا لمتحي ام وه ربخلا
“Xabariy jumla – bu o‘z zotida rost va yolg‘on ehtimoli bor bo‘lgan jumladir”.
Xabariy jumlaning asosiy rukni rost va yolg‘on bo‘la olishidir. Shuning uchun
muallif bu haqda ham to‘xtalib o‘tgan.
Rost va yolg‘on xabarlar. Balog‘at olimlari oddiy xabar gapni sidq-rost va kizb-
yolg‘on xabarga ajratganlar. Rost xabar – mazmuni voqe’likka muvofiq keladigan
kalomdir. Yolg‘on xabar – mazmuni voqe’likka muvofiq kelmaydigan kalomdir.
Jumla rost va yolg‘on bo‘lishi ba’zan xabar beruvchiga yoki voqe’likka bog‘liq
bo‘ladi. Zero, ba’zi xabarlar haqida yolg‘on umuman ehtimol qilinmaydi. Ular faqat rost
bo‘ladi, yolg‘on bo‘lishi mumkin emas. Ba’zilari haqida esa, yolg‘ondan boshqasi ehtimol
qilinmaydi.
Birinchisiga misol: Alloh taolo va payg‘ambarlarning xabarlari hamda maqol va
isboti talab qilinmaydigan ibora – oksioma, teorema kabilar:
دحأ الله وه لق
Ayting, u Alloh bittadir! (Ixlos surasi, 1-oyat).
تاّينلاب لامعلأا امّنإ
Amallarning savobi niyatga qarab bo‘lur! (Hadis).
Yetti o‘lchab bir kes. (o‘zbek xal maqoli).
انقوف ءامسلاو انتحت ضرلأا
Yer tagimizda, osmon ustimizdadir.
Yuqoridagi kabi gaplar isboti talab qilinmaydigan rost xabarlar xabarlar
hisoblanadi.
Ikkinchisiga misol: Musaylama Kazzobning payg‘ambarlik da’vo qilib aytgan
gaplari hamda
عفان لهجلا
(Bilimsizlik manfaatlidir),
عفان ريغ ملعلا
(Ilm manfaatsizdir) kabi
rostligini umuman ehtimol qilinmaydigan gaplarni aytish mumkin. Yuqorida keltirilgan
misollardagi so‘zlarni rost yoki yolg‘on deb ehtimol qilishda xabariy jumlaning zoti, ya’ni
o‘ziga e’tibor berilishi zarurdir. Uning xabar beruvchisi yoki voqe’likka to‘g‘ri kelishi-
kelmasligiga e’tibor berilmaydi. Shuning uchun xabarning ta’rifida “Javohiru-l-balog‘a”
muallifi Sayyid Ahmad Hoshimiy “o‘z zotida” degan so‘zni alohida zikr qilgan.
Xabariy jumlaning ikki nisbati, ya’ni ikki jihati bo‘lib, rost yoki yolg‘onlik shundan
belgilanadi. Ular quyidagilar:
– Kalomdan anglangan nisbat. Bu turni kalomiy nisbat deyiladi.
– Tashqari-voqe’likdan anglangan nisbat. Buni xorijiy yoki voqe’iy nisbat deyiladi.
ٌرِفاَسُم ٌدوُم ْحَم
Mahmud musofirdir. Bu xabariy jumla Mahmud haqiqatda musofir
ekanini anglatmoqda. Bu kalomiy nisbat yo‘li bilan anglandi. Sobitlik esa, tashqaridan,
voqe’likdan xorijiy yoki voqe’iy nisbat yo‘li bilan anglanyapti. Kalomning rost va
yolg‘onligi mana shu ikki nisbat atrofida aylanadi.
Gap mazkur ikki nisbatga muvofiq kelgan holatda u rost-sidq xabar bo‘ladi.
Yuqoridagi misolda
ٌرِفاَسُم ٌدوُم ْحَم
Mahmud musofirdir, deyildi. Demak, Mahmud haqiqatda
ham safarda bo‘lgan holatda bu xabar rost xabar bo‘ladi.
Ammo mazkur ikki nisbat
ٌرِفاَسُم ٌدوُم ْحَم
deganda, bir-biriga muvofiq kelmagan
holatda, ya’ni Mahmud voqe’likda, haqiqatan ham musofir bo‘lmagan holatda bu xabar
yolg‘on xabar bo‘ladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
445
Xabardan uni rost yoki yolg‘onligi ehtimol qilinadi, undan boshqa uchinchi holat
yo‘qdir. Bunga ko‘pchilik balog‘at olimlari ittifoq qilganlar.
Xabar – fe’liy va ismiy jumladan iborat bo‘ladi. Fe’liy jumla – biror hodisa muayyan
zamonda bo‘lganini muxtasar shaklda ifodalaydigan jumla bo‘lib, u fe’l va foil yoki noibi
foildan tashkil topadi. Agar jumladagi fe’l muzoriy shaklida, ya’ni hozirgi-kelasi zamonda
ish-harakat bo‘layotganini bildirishi, jumlada bardavomlikni ifodalaydigan omillar
mavjud bo‘lsa, mazkur hodisa doimiy ekani anglanadi. Masalan, bayt:
ٌةَليِبَق ظاَّكُع ْتَدَرَو اَمَّلُك ْوَأ
ُمَّسَوَتَي ْمُهَفيِرَع َّيَلِإ اوُثَعَب
Har vaqt Ukkoz bozori qaynaganda, qabila ulug‘lari ko‘rishganda,
Yuborib shogirdlarin huzurimga, ta’lim olardilar ko‘rishganda.
Mazkur baytda muzoriy shaklida
ُمَّسَوَتَي
fe’li va bardavomlikni ifodalayotgan qarina
(omil)
اَمَّلُك
lafzi qatnashdi.
Ismiy jumla – ikki va undan ziyod ismlardan tuziladi. Musnad ilayhning (mubtado
yoki ega) musnadi (xabar yoki kesim) sobitligini anglatadi. Ko‘pincha u mubtado va
xabardan iborat jumla bo‘ladi. Mubtado boshlanmish va xabar esa uhaqida xabar,
ma’lumot beruvchi ma’nosida ishlatiladi. Masalan:
ٌةَكِّرَحَتُم ُض ْرَ ْلأا
Yer harakatlanuvchidir .
Agar bunday jumlaning xabarida fe’l bo‘lmasa va bardavomlikni ifodalaydigan
omillar bo‘lsa, ismiy jumla doimiylikni anglatadi. Misol:
ٍميِظَع ٍقُلُخ يَلَعَل َكَّنِإَو
“Albatta, siz
buyuk xulq uzradirsiz!”.
Bordiyu, ismiy jumlaning xabari fe’l bo‘lsa, jumla yangi ma’noni anglatadi. Masalan:
ِت َلََضَعْلا يِوْقُت ُةَكَرَحْلا
. Ya’ni, har qachon harakat bo‘lsa, mushaklar quvvatlanadi. Shuningdek,
ismiy jumlaning xabari fe’liy jumla bo‘lsa ham yangi ma’noni anglatadi .
Xabarning turlari
Xabar beruvchining xabardan maqsadi muxotabga kalomni ifodalab berish bo‘lsa,
uni cho‘zib yuborishdan saqlanib, gapini qisqa qilishi lozim. Mutakallim muxotabga
nisbatan bemorga tabib singari bo‘lishi kerak. Ya’ni, tabib bemorga qanday muolaja va
qaysi malhamlar foyda berishini bilishi kerak.
Muallifning mavzuga yondashuvi juda teran va chuqur bo‘lib, har bir masalani tub
mohiyati anglab yetilishi uchun o‘ta daqiqlik bilan nozik nuqtasigacha tushuntirgan.
Masalan, rost va yolg‘on (sidq va kizb) masalalarida
"عقاولا ةقباطم قدصلاو"
– “Rostlik bu
voqe’likka moslikdir” deydi. So‘ng mo‘tazila toifasiga raddiya berib, ularning adashgan
joyini isbotlab beradi. Ular rostlik deb, aytilgan gapning voqe’likka muvofiq bo‘lishini
emas, balki so‘zlovchining e’tiqodiga to‘g‘ri kelishini tushunishadi. Masalan, birov “Zayd
keldi” desa, u rost bo‘lishi uchun Zayd voqe’likda, ya’ni haqiqatdan ham kelgan bo‘lishi
kerak. So‘zlovchi yolg‘onni qasd qilmasdan, chindan ham Zaydni kelgan deb o‘ylab
gapirgan bo‘lsa-da, agar Zayd kelmagan bo‘lsa balog‘at istilohida bu kalom yolg‘on deb
qaraladi. Mo‘tazilalar esa, bu gap voqe’likka to‘g‘ri kelmasa ham so‘zlovchining nazdida
rost bo‘lgani uchun rost deb e’tibor qilinadi, deyishadi. Ularning nazdida birov Zaydning
kelmaganini bilib turib, ataylab Zayd keldi desa, garchi u voqe’likka to‘g‘ri kelmasa ham
rost hisoblanadi. Mo‘tazilalar bu da’vosiga Munofiqun surasidagi
إ"
"نوبذاكل نيقفانملا ّن
“Albatta munofiqlar yolg‘onchidirlar” oyatini dalil qilishadi. Alloh taolo bu oyatda
munofiqlarni
دهشن"
إ
"الله لوسرل كن
“Guvohlik beramizki, siz shak-shubhasiz, Allohning
payg‘ambaridirsiz” degan gapi uchun, vaholanki, voqe’likda Rosululloh sollolohu alayhi
va sallam rostdan ham haq payg‘ambar bo‘lsada, yolg‘onchi deb atamoqda. Demak rostlik
bu voqe’likka muvofiqlik emas, balki so‘zlovchi e’tiqodiga moslikdir. Alloma Sodrush
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
446
Shari’a mo‘tazilalarga raddiya o‘laroq shunday deydi: “Agar ular rostlik va yolg‘on
borasida o‘zlarining qarashlarini quvvatlash uchun Munofiqun surasining birinchi oyatini
dalil qilishsa, aytamizki, ularning yolg‘onchiga chiqarilishi aytgan gaplari uchun emas,
guvohliklari uchundir.”
XULOSA
Ubaydulloh ibn Mas’ud “al-Vishoh” asarida maoniy bo‘limini yoritishda o‘zidan
oldingi ulamolar yo‘lidan boradi. Faqat inshoiy jumlalar haqida so‘z ochmaydi. Alloma
maoniyni 5 bo‘limga bo‘lib o‘rganadi. Misollar keltirishda Qurón oyatlari va she’rlardan
foydalanadi. Uslub jihatdan fiqh bo‘yicha dunyoga mashhur “Muxtasarul-viqoya” asariga
o‘xshash qisqa va muxtasar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Abdulqodir Jurjoniy.
Asror ul-Balog‘a
. : XV asr.
2.
Al-Mardonov, Dilmurod E.
Al-Vishoh: Maoniy ilmi izohida
. Sharq universiteti,
[2020].
3.
Ahmad Hoshimiy, S.
Javohir ul-Balog‘a
. XVI asr.
4.
Avniy, H.
Al-Minhaj al-Vozih
.
5.
Taftazoniy, S.
Talkhis al-Bayan
.
6.
Zamaxshariy, A.
Al-Kashshof
. 1130.
7.
Xaubarmiy, A. va Amin, M.
Al-Balog‘a al-Vozihah
. : XX asr.
