Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Linguistic features of English hydronyms
Mokhira KHOLMATOVA
1
Jizzakh State Pedagogical University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
10
April 2025
Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025
This article analyzes the linguistic features of hydronyms in
English (river, lake, sea, ocean, stream, reservoir, canal, etc.).
Hydronyms are names given to natural water bodies, the
formation and development of which is associated with various
historical, cultural and linguistic factors. The article extensively
covers the morphological, etymological and semantic
classifications of hydronyms, and examines their structural
structure, origin and semantic development. English hydronyms
were formed under the influence of ancient Celtic, Anglo-Saxon,
Roman and Scandinavian languages, and they semantically
express meanings related to the natural properties of water,
geographical location and the fauna and flora. The article also
analyzes the metaphorical use of hydronyms and their role in
the formation of new lexical units in the development of
modern language.
2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
English hydronyms,
morphological classification,
etymological classification,
semantic classification,
lexical layers,
metaphorical meaning,
historical-linguistic factors.
Ingliz tili gidronimlarining lingvistik xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
ingliz gidronimlari,
morfologik tasnif,
etimologik tasnif,
semantik tasnif,
leksik qatlamlar,
metaforik ma’no,
tarixiy-lingvistik omillar.
Ushbu maqolada ingliz tilidagi gidronimlar (daryo, ko‘l,
dengiz, okean, soy, suv ombori, kanal va h.k) ning lingvistik
xususiyatlari tahlil qilinadi. Gidronimlar tabiiy suv havzalariga
berilgan nomlar bo‘lib, ularning shakllanishi va rivojlanishi turli
tarixiy, madaniy va lingvistik omillar bilan bog‘liq. Maqolada
gidronimlarning morfologik, etimologik va semantik tasniflari
keng yoritilib, ularning tarkibiy tuzilishi, kelib chiqishi hamda
ma’no jihatdan rivojlanishi ko‘rib chiqiladi. Ingliz gidronimlari
qadimgi kelt, anglo-sakson, rim va skandinav tillarining ta’sirida
shakllangan bo‘lib, ular semantik jihatdan suvning tabiiy
xususiyatlari, geografik joylashuvi va hayvonot hamda o‘simlik
1
Independent Researcher, Jizzakh State Pedagogical University. E-mail: mohira2292974@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
413
dunyosi bilan bog‘liq ma’nolarni ifodalaydi. Shuningdek,
maqolada gidronimlarning metaforik ma’noda ishlatilishi va
zamonaviy til taraqqiyotida yangi leksik birliklar hosil
qilishdagi roli ham tahlil qilinadi.
Лингвистические особенности английских гидронимов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
английские гидронимы,
морфологическая
классификация,
этимологическая
классификация,
семантическая
классификация,
лексические слои,
метафорическое значение,
историко-
лингвистические
факторы.
В статье анализируются лингвистические особенности
гидронимов
(река,
озеро,
море,
океан,
ручей,
водохранилище, канал и т. д.) в английском языке.
Гидронимы – это названия природных водоемов,
формирование и развитие которых связано с различными
историческими, культурными и языковыми факторами.
В статье подробно рассматриваются морфологическая,
этимологическая
и
семантическая
классификации
гидронимов, рассматривается их структурная структура,
происхождение и семантическое развитие. Английские
гидронимы сформировались под влиянием древних
кельтских, англосаксонских, романских и скандинавских
языков и семантически выражают значения, связанные с
природными свойствами воды, ее географическим
положением, фауной и флорой. В статье также
анализируется
метафорическое
использование
гидронимов и их роль в образовании новых лексических
единиц в развитии современного языка.
KIRISH
Ingliz tili gidronimlari tarkibiy jihatdan turli modellar asosida shakllangan bo‘lib,
ularning kelib chiqishida qadimgi tillarning ta’siri sezilarli darajada kuzatiladi. Ya’ni
shuni ta’kidlash joizki, Britaniya orollari xuddi bir “til qozoni” kabi bo‘lgan. Bu yerda
ming yillar davomida turli xalqlar yashagan va ularning har biri o‘z tilida daryo va
ko‘llarga nom bergan. Masalan, keltlar (dastlabki aholi) daryolarga o‘z tillarida “daryo”
ma’nosini anglatuvchi “Avon” kabi nomlar berishgan. Ushbu nom bugungi kungacha
saqlanib qolib, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Bundan tashqari, Britaniya hududiga
keltlardan so‘ng kirib kelgan rimliklar, anglo-sakson, viking va norman qabilalarining tili
ta’siri ostida ham yangi nomlar paydo bo‘lgan deyish mumkin.
Ingliz tili gidronimlarini tuzilishi, kelib chiqishi hamda ma’nosiga ko‘ra quyidagi
3 asosiy qismlarga ajratish mumkin:
Morfologik tasnif
Morfologik tahlil o‘z ichiga so‘zlarning tuzilishi, kelib chiqishi va shakllanishini
o‘rganishni qamrab olishini hisobga olgan holda ta’kidlash joizki, asosiy morfologik
tuzilmalar quyidagilardan iborat:
1. Suffiksal tuzilmalar orqali: ingliz tili gidronimlarining tarkibida uchraydigan so‘z
oxiriga qo‘shiladigan suffikslar ularning ma’nosida muhim rol o‘ynaydi va qayerdan kelib
chiqqanligini yoki suv havzasining xususiyatlarini aniqlashda yordam beradi. Buni
quyidagi misollar orqali ko‘rish mumkin:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
414
– bourne (qadimgi inglizcha burna – oqim): Bournemouth, Ashbourne. Ushbu
qo‘shimcha, asosan, janubiy Angliya hududlarida uchraydi.
– beck (qadimgi skandinavcha “bekkr” – “kichik daryo” yoki “oqim”): Troutbeck,
Holbeck. Bu element asosan vikinglar istiqomat qilgan shimoliy hududlarda keng
tarqalgan.
– ford (qadimgi inglizcha “ford” – “sayoz joy”): Oxford, Stratford [1]. Ushbu
element daryolarni kesib o‘tish mumkin bo‘lgan sayoz joylarni bildiradi.
2. Prefiksal tuzilmalar orqali: suv havzalari nomi oldidan bosh qo‘shimchaning
qo‘shilishi orqali yasaladi va bu hol ingliz tili gidronimlarida boshqa tuzilmalar (suffiksal
va qo‘shma) dan farqli o‘laroq kamroq uchraydi. Buning sababi tarixiy asoslarga ko‘ra,
kelt, anglosakson va skandinaviya tillarida geografik joy nomlarini shakllantirishda
prefikslar muhim rol o‘ynamaganligiga borib taqaladi. Misollar:
Black- (qora): Blackwater, Blackburn – suvning loyqalanishi yoki o‘rmon
oralig‘idan oqishini ifodalovchi nomlar.
White- (oq): Whitewater, Whitbeck – suvning tiniqligi yoki tez oqimiga ishora
qiladi.
Red- (qizil): Redbrook, Redriver – tuproq tarkibida temir oksidi ko‘pligi sababli
suv qizg‘ish tusga kiradigan hududlarni bildiradi.
Overton Brook
(Angliya) – “Yuqori joydagi daryo”, “ton” (qishloq) yuqori
hududda joylashganligini bildiradi.
Underwood Lake
(AQSh) – “O‘rmon ostidagi ko‘l” degan ma’noda kelgan [2].
Bedale Beck
(Angliya) – "Be-" bu yerda eski inglizcha
“yaqin yoki bog‘liq”
ma’nosini anglatishi mumkin, "dale" esa vodiy degani.
3. To‘liq qo‘shma tuzilmalar orqali: girdonimlarning ikki yoki undan ortiq mustaqil
qismlarning birikishi orqali paydo bo‘lishi.
River Avon (daryo daryosi – pleonazm/ortiqcha ma’no takrorlanishi). “Avon” so‘zi
kelt tilidan olingan bo‘lib, “daryo” degan ma’noni anglatadi.
Derwentwater (eman daraxti suvi). Ushbu nomning tarkibiy qismlari kelt va anglo-
sakson tillarining aralashmasidan hosil bo‘lgan.
Etimologik tasnif.
Ingliz gidronimlari tarixan turli davrlarda paydo bo‘lgan bo‘lib,
ularni quyidagi asosiy qatlamlarga ajratish mumkin:
1. Keltcha qatlam (miloddan avvalgi V asrgacha):
Avon (keltcha abona – daryo). Britaniyaning turli hududlarida ushbu nomdagi
daryolar uchraydi.
Thames (keltcha Tamesis – qorong‘u suv) [3].
Ushbu nom daryoning chuqur va
loyqa ekanligini bildiradi.
Derwent (keltcha derva – eman daraxti). Eman daraxtlari bilan o‘ralgan suv
havzalari shu nom bilan atalgan.
2. Anglo-sakson qatlami (V-XI asrlar):
Exe (qadimgi inglizcha isca – suv). Rimliklar tomonidan qabul qilingan va
Angliyaning janubiy hududlarida uchraydi.
Ouse (qadimgi inglizcha usa – oqim). Shimoliy Angliyada keng tarqalgan bu
gidronim daryolar va oqimlarga nisbatan ishlatilgan.
3. Skandinav qatlami (VIII-XI asrlar):
-by (qadimgi skandinavcha býr – qishloq): Whitby, Derby. Ushbu element vikinglar
istiqomat qilgan joylarda keng tarqalgan.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
415
-thorpe (qadimgi skandinavcha þorp – qishloq): Scunthorpe [4].
Bu suffiks viking
koloniyalari bo‘lgan hududlarda uchraydi.
Shunday qilib, ingliz gidronimlarining etimologik qatlamlari inson va tabiatning
uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ular orqali turli sivilizatsiyalar suv havzalaridan qanday
foydalanganini, qanday yashaganini va qanday nomlar qo‘yganini bilib olishimiz mumkin.
Semantik tasnif.
Ingliz gidronimlari insonlarning tabiatni idrok etish tarzini aks
ettirib,
suv havzalarining tabiiy, biologik va geografik xususiyatlariga asoslangan
holda shakllangan
.
Ingliz gidronimlari ma’nosi jihatidan quyidagi toifalarga bo‘linadi:
1. Tabiiy xususiyatlarga asoslangan nomlar (suvning rangi, oqim tezligi kabi
jihatlarni bildiradi):
Blackwater (qora suv) – daryoning botqoqli yoki loyqa suvli joylari uchun
ishlatilgan.
Swift River (tez oqar daryo) – kuchli oqimga ega daryolarni ifodalash uchun
ishlatilgan.
2. O‘simlik va hayvonot dunyosiga oid nomlar:
Otter River (qunduz daryosi) – ushbu nom qunduzlarning yashash joyiga ishora
qiladi.
Ashbourne (olxa daraxti oqimi) – daryo bo‘yida o‘suvchi olxa daraxtlari bilan
bog‘liq.
3. Geografik xususiyatlarga asoslangan nomlar:
Brackendale (qiyalik vodiy) – tog‘li yoki qiyalik hududlar bilan bog‘liq.Highbrook
(baland oqim) – tog‘ hududlaridan oqib tushuvchi daryolarni ifodalash uchun ishlatilgan.
Bu nomlar suv havzalarining joylashuvi va relyefi bilan bog‘liq bo‘lib,
tabiat va
inson o‘rtasidagi tarixiy aloqani ko‘rsatib,
geografik yo‘l-yo‘riq sifatida ham xizmat
qilgan.
Gidronimlarning ingliz tilida metaforik va semantik rivojlanishi
Gidronimlarning lingvistik rivojlanishi faqat tarixiy omillar bilan cheklanib qolmay,
balki semantik kengayish va metaforik ma’nolar hosil qilish orqali ham davom etmoqda.
Ingliz tilida ba’zi gidronimlar ko‘chma ma’noda ishlatilishi yoki yangi so‘z yasash
jarayonida qatnashishi kuzatilmoqda:
1.
Gidronimlarning metaforik ma’noda ishlatilishi
Ba’zi daryolar va suv havzalarining nomlari inson faoliyati, jamiyat va madaniyat
bilan bog‘liq holda metafora va idiomatik birliklar sifatida shakllangan. Masalan:
Mississippi of data – katta hajmdagi ma’lumotlarni tasvirlash uchun ishlatiladi.
Amazon of books – juda katta assortimentga ega bo‘lgan kitob do‘konlari yoki
platformalar haqida aytiladi.
Bu jarayon gidronimlarning semantik jihatdan kengayib, mavjud til birliklariga
yangi ma’no qatlami qo‘shish qobiliyatini namoyish etadi.
2.
Gidronimlardan hosil bo‘lgan yangi so‘z va atamalar
Ba’zi gidronimlar yangi so‘zlar yoki atamalar shakllanishida ishtirok etgan.
Masalan:
Thamesian – (Thames daryosidan) Temza atrofidagi madaniyat va yashash tarzi
bilan bog‘liq tushuncha.
Avonian – (Avon daryosidan) Avon hududi yoki u bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy-
tilshunoslik jihatlarni ifodalovchi so‘z.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
416
Ushbu misollar shuni ko‘rsatadiki, gidronimlar nafaqat tarixiy nom sifatida, balki
zamonaviy tilning rivojlanish jarayonida ham faol ishtirok etmoqda.
Metodika:
Ingliz tilidagi gidronimlarning lingvistik xususiyatlarini tahlil qilish
1. Maqsad va vazifalar
Maqsad: Ingliz tilidagi gidronimlarning morfologik, etimologik va semantik
xususiyatlarini chuqur tahlil qilish.
Vazifalar:
Gidronimlarning shakllanishini va rivojlanishini o‘rganish.
Ularning tarkibiy tuzilishini aniqlash.
Tarixiy, madaniy va lingvistik omillarni tahlil qilish.
Metaforik ma’nolarni aniqlash va ularning til taraqqiyotidagi rolini o‘rganish.
2. Metodologik asoslar
Lingvistik tahlil: Morfologik, etimologik va semantik tahlil usullari.
Tarixiy-lingvistik yondashuv: Gidronimlarning tarixiy rivojlanishini o‘rganish.
Madaniy-kontekstual yondashuv: Gidronimlarning madaniy va ijtimoiy kontekstini
tahlil qilish.
Metaforik tahlil: Gidronimlarning metaforik ishlatilishini o‘rganish.
3. Tahlil qilish bosqichlari
a. Morfologik tahlil
Gidronimlarning tarkibiy qismlarini aniqlash (prefiks, suffiks, qo‘shma so‘zlar).
Morfologik tuzilishini o‘rganish.
b. Etimologik tahlil
Gidronimlarning kelib chiqishini aniqlash.
Tarixiy tillar (kelt, anglo-sakson, rim, skandinav) ta’sirini o‘rganish.
c. Semantik tahlil
Gidronimlarning ma’nolarini aniqlash.
Tabiiy, biologik va geografik xususiyatlarga asoslangan nomlarni tahlil qilish.
d. Metaforik tahlil
Gidronimlarning metaforik ishlatilishini o‘rganish.
Zamonaviy til taraqqiyotidagi yangi leksik birliklarni aniqlash.
4. Tadqiqot usullari
Korporal tahlil: Gidronimlarning yozma manbalaridagi namunalarini tahlil qilish.
Intervyu va so‘rovnomalar: Mahalliy aholi va tilshunoslar bilan suhbatlar o‘tkazish.
Tarixiy hujjatlar tahlili: Tarixiy manbalarni o‘rganish.
5. Natijalarni taqdim etish
Grafik va diagrammalar: Gidronimlarning tarqalishi va turlari bo‘yicha vizual
taqdimotlar.
Jadval va sxemalar: Morfologik, etimologik va semantik tasniflarni jadval shaklida
taqdim etish.
Ilmiy maqola: Tadqiqot natijalarini ilmiy maqola shaklida yozish.
XULOSA
Ushbu maqolada ingliz tilidagi gidronimlarning lingvistik xususiyatlari har
tomonlama tahlil qilinib, ularning morfologik, etimologik va semantik jihatlari chuqur
o‘rganildi. Gidronimlar – tabiiy suv havzalariga berilgan nomlar sifatida – til, tarix,
geografiya va madaniyatning uzviy bog‘liqligi asosida shakllangan bo‘lib, ularning
rivojlanishida qadimgi kelt, anglo-sakson, rim va skandinav tillarining ta’siri muhim rol
o‘ynagan.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
417
Morfologik jihatdan gidronimlar uch asosiy model: suffiksal, prefiksal va qo‘shma
tuzilmalar orqali shakllangan bo‘lib, bu tuzilmalar suv havzasining tabiiy va hududiy
xususiyatlarini aks ettiradi. Etimologik tasnif esa gidronimlarni uch tarixiy qatlam –
keltcha, anglo-saksoncha va skandinavcha manbalarga ajratish imkonini beradi. Bu
qatlamlar orqali suv havzalarining nomlanish tarixiga oid muhim lingvistik va madaniy
axborotlar aniqlanadi.
Semantik jihatdan esa ingliz gidronimlari insonning tabiatni idrok etish shaklini,
suvning tabiiy xususiyatlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan bog‘liqligini, hamda
geografik joylashuvini ifoda etuvchi til birliklari sifatida namoyon bo‘ladi. Ular,
shuningdek, tarixiy kontekstda joy nomlari sifatida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, madaniy
belgilarni saqlovchi va til taraqqiyotida faol qatnashuvchi vositalardir.
Ahamiyatli jihatlardan biri – gidronimlarning zamonaviy ingliz tilida metaforik va
semantik kengayish orqali yangi leksik birliklar shakllanishida ishtirok etishidir. Ayrim
gidronimlar ko‘chma ma’noga ega bo‘lib, madaniy va ijtimoiy kontekstda keng qo‘llanmoqda
(masalan,
Amazon of books
,
Mississippi of data
), yoki hududiy-madaniy identifikatsiya
vositasi sifatida yangi atamalar (masalan,
Thamesian
,
Avonian
) hosil qilmoqda.
Shu bilan birga, gidronimlarning lingvistik tahlili orqali turli tarixiy
sivilizatsiyalarning tilga bo‘lgan ta’siri, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar, hamda
til tizimining tarixiy dinamikasi haqida muhim ilmiy xulosalar chiqarish mumkin bo‘ladi.
Ingliz gidronimlarini tahlil qilish tilshunoslikda nafaqat onomastika sohasi uchun, balki
tarixiy tilshunoslik, sotsiolingvistika va madaniy-geografik tadqiqotlar uchun ham muhim
manba sifatida xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ekwall, E. (1960). Concise Oxford Dictionary of English Place-Names. Oxford
University Press, 50-250.
2.
Mills, A.D. (2003). A Dictionary of British Place-Names. Oxford University Press,
420-470
3.
Coates, R. (1998). The Place-Names of the River Thames. Journal of Linguistic
Geography, 8-12
4.
Fellows-Jensen, G. (1985). Scandinavian Settlement Names in the British Isles.
Copenhagen: Reitzel, 40-45
5.
Ordnance Survey. (2003). UK Hydronyms Database
6.
https://www.researchgate.net/publication/230096157_British_and_European_
river-names
