Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The role of graphology in personal identification
Yulduz YULDOSHEVA
1
Alisher Navo’i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
10
April 2025
Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025
This article provides a detailed analysis of the significance
and role of graphological examination in personal identification
from the perspectives of scientific foundations, methodology,
and judicial practice. Graphology is examined as a scientific field
used to determine authorship through handwriting samples
and to detect signature forgery. The article explores the
capabilities and limitations of graphological expertise, as well as
analytical methods employing modern technologies. It also
highlights the role of graphology in identifying psychomotor
characteristics unique to an individual's writing samples and
determining whether the writing was produced naturally or
under duress. The findings of the article emphasize the
necessity of further refining graphological expertise and
implementing modern methods and tools to enhance its
reliability in judicial practice.
2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
Personal identification,
graphological expertise,
handwriting analysis,
signature forgery,
psychomotor characteristics,
natural handwriting,
forensic examination,
graphology methods,
handwriting identification,
forensic technologies.
Shaxs identifikatsiyasida grafologiyaning roli
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
shaxs identifikatsiyasi,
grafologik ekspertiza,
qo‘lyozma tahlili,
imzoni qalbakilashtirish,
psixomotor xususiyatlar,
yozuvning tabiiyligi,
sud ekspertizasi,
grafologiya metodlari,
yozuv identifikatsiyasi,
ekspertiza texnologiyalari.
Ushbu maqolada shaxs identifikatsiyasida grafologik
ekspertizaning ahamiyati va roli ilmiy asoslar, metodologiya
hamda sud amaliyoti nuqtai nazaridan batafsil tahlil qilinadi.
Grafologiya-shaxsning qo‘lyozma namunalari orqali uning
muallifligini topish va imzo qalbakilashtirilishini aniqlashda
qo‘llaniladigan ilmiy yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqiladi.
Maqolada grafologik ekspertizaning imkoniyatlari, cheklovlari,
shuningdek, zamonaviy texnologiyalar yordamida olib
borilayotgan tahlil usullari ko‘rib chiqilgan hamda yozuv
namunalarining shaxsga xos psixomotor xususiyatlari va
1
Doctoral student, Alisher Navo’i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature.
E-mail: yulduzyoldosheva27@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
487
yozuvning tabiiy yoki bosim ostida yozilganligini aniqlashda
grafologiyaning roli yoritilgan. Maqola natijalarida grafologik
ekspertizani yanada takomillashtirish va sud amaliyotida uning
ishonchliligini oshirish uchun zamonaviy metod va vositalarni
joriy etish zarurligi ta’kidlanadi.
Роль графологии в идентификации личности
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Идентификация личности,
графологическая
экспертиза,
анализ почерка,
подделка подписи,
психомоторные
особенности,
естественность почерка,
судебная экспертиза,
методы графологии,
идентификация почерка,
технологии экспертизы.
В данной статье подробно анализируется значение и
роль
графологической
экспертизы
в
процессе
идентификации личности с точки зрения научных основ,
методологических подходов и судебной практики.
Графология рассматривается как научное направление,
служащее для установления авторства по почерковым
образцам, проверки подлинности подписи и выявления
случаев её подделки. В статье раскрываются возможности
и ограничения графологической экспертизы, а также
методы
анализа,
применяемые
с
использованием
современных технологий. Анализируются психомоторные
особенности личности, проявляющиеся в почерке, и
критерии, позволяющие определить, был ли текст написан
в естественных условиях или под давлением. В заключении
обоснована необходимость внедрения передовых методов
и технических средств для повышения достоверности
графологической экспертизы и эффективности её
применения в правоприменительной практике.
Shaxs identifikatsiyasi
– bu shaxsni aniqlash jarayoni bo‘lib, unda uning tashqi
ko‘rinishi, xatti-harakatlari, biologik va ijtimoiy xususiyatlari, shuningdek, hujjatlar va
boshqa shaxsga oid ma’lumotlar tahlil qilinadi. Bu jarayon shaxsni boshqa shaxslardan
ajratib turuvchi noyob belgilarini aniqlashga qaratilgan.
Shaxs identifikatsiyasi – bu shaxsni uning o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan,
biologik, ijtimoiy, psixologik belgilari asosida aniqlash jarayonidir.
Shaxs identifikatsiyasida grafologik ekspertiza – bu qoʻlyozma (yozuv)ni tahlil qilish
orqali shaxsning muayyan hujjatga aloqadorligini aniqlash jarayonida qoʻllaniladigan
kriminalistik usullardan biridir. Mazkur ekspertiza turining asosiy roli quyidagilardan iborat:
1. Shaxsning yozuv namunalarini tahlil qilish.
Shaxs identifikatsiyasining
muhim yo‘nalishlaridan biri bu yozuv (qo‘lyozma) namunalarini tahlil qilish orqali
muallifni aniqlashdir. Grafologik ekspertiza bu borada eng samarali usullardan biri
hisoblanadi. Mutaxassislar yozuvni chuqur tahlil qilish orqali shaxsni aniqlashga harakat
qilishadi. Yozuv muallifining o‘ziga xos xususiyatlari uning yozuv uslubida ifodalanadi va
bu ekspertiza jarayonida quyidagilar aniqlanadi:
1) yozuv muallifi kimligini aniqlash (avtorlik identifikatsiyasi);
2) imzo qalbakilashtirilgan yoki haqiqiyligi (ekspertizaga ko‘ra, qalbakilashtirilgan
imzolar ko‘pincha linelikka, bir xil bosimga ega bo‘ladi);
3) yozuv tabiiy (erkin) yoki bosim ostida yozilganligi (masalan, psixologik stress,
majburlash holatlarida).
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
488
G.A. Matyushin o‘zining “Sud grafologik ekspertizasi” asarida yozuv muallifining
psixomotor odatlari, harakat koordinatsiyasi, tajribasi va intellektual darajasi ularning
yozuvida aks etishini ta’kidlaydi (Матюшин Г.А., “Судебная почерковедческая
экспертиза”. 2012, с. 95–102). David Ellen o‘zining ingliz tilidagi qo‘lyozma tahliliga
bag‘ishlangan asarida shunday deydi: “Qo‘lyozma – bu chuqur shaxsiy harakatdir. Yozuv
uslubi yillar davomida neyromuskulyar xotira orqali shakllanadi va shu darajada odat
tusiga kiradiki, uni ongli ravishda butunlay yashirish deyarli imkonsiz bo‘ladi”. Bu fikrga
ko‘ra, yozuv insonning shaxsiy neuromotor xarakteristikalarini aks ettiradi va ularni
soxtalashtirish deyarli mumkin emas. Shu sababli aynan shaxsning o‘ziga xos yozuv
belgilarini (harflar formasini, ularning o‘zaro ulanishini, yozuv ritmini) aniqlash
grafologik ekspertizaning asosiy vazifasidir.
2. Imzoning haqiqiyligini aniqlash.
Grafologik ekspertiza amaliyotida shaxs
imzosining asl yoki qalbakilashtirilganligini aniqlash alohida ahamiyatga ega.
Qalbakilashtirish odatda ikkita shaklda amalga oshiriladi: trassirovka qilish (ko‘chirib
chizish)
va
taqlid qilish
(o‘xshatib yozish). Ekspert bu holatlarni aniqlash uchun imzoning
quyidagi xususiyatlarini tekshiradi:
chiziqning tabiiyligi (yo‘nalish, bosim, tezlik);
motor harakatlardagi muvofiqlik va to‘xtash nuqtalari;
harflarning shakli va ulanishlar;
noaniq, sun’iy chizilgan belgilar.
V.P. Polyakov bu haqida shunday deydi: “Trassirovka qilingan imzolar odatda
sun’iy ravishda bir xil bosim va chiziq qalinligi bilan ajralib turadi”. Bundan tashqari,
Daubert v. Merrell Dow Pharmaceuticals (1993) sud qaroriga ko‘ra, ekspertlar xulosasi
faqatgina ilmiy ishonchli metodlarga asoslangan bo‘lishi kerak. Shu sababli imzoning
haqiqiyligini aniqlashda grafik harakatlarni mikroskopik tahlil qilish, chiziqning
boshlanishi va tugash nuqtasini skanerlash kabilar qo‘llaniladi.
3. Yozuvning tabiiyligi yoki bosim ostida yozilganini aniqlash.
Yozuvning
tabiiy yoki majburlik ostida yozilganini aniqlash ekspertiza uchun dolzarb
yo‘nalishlardan biri bo‘lib, bu ko‘pincha jinoyat ishlarida, ayniqsa, majburiy tilxatlar,
arizalar yoki e’tirof qog‘ozlarida muhim bo‘ladi.
Tabiiy yozuv- bu inson ongli harakatlar orqali o‘z xohishiga ko‘ra, erkin sharoitda
amalga oshirgan yozuv turi. Bosim ostida yozilgan yozuv esa odatda quyidagi belgilar
bilan ajralib turadi:
chiziqlarning notekisligi, titrashi;
harakat ritmining buzilishi;
satrlararo notenglik, asabiylik izlari;
yozuvdagi pauzalar yoki to‘xtab qolishlar.
Schiller
D
.
bu holatlarni quyidagicha izohlaydi: “Bosim yoki psixologik zo‘riqish
holatida yozuv o‘z ritmi va izchilligini yo‘qota boshlaydi hamda ko‘pincha ikkilanib
yozilgan izlar va o‘zgartirilgan chiziq ketma-ketliklarini namoyon qiladi.” Yozuvdagi bu
xususiyatlar ekspertga yozuv psixologik bosim, qo‘rqitish yoki zo‘rlik ostida yozilganini
aniqlash imkonini beradi.
4. Yozuv va shaxsning psixomotor xususiyatlari.
Grafologik ekspertiza yozuv
orqali shaxsning psixomotor (harakat va psixika uyg‘unligi) odatlarini aniqlashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu xususiyatlar odatda inson hayoti davomida avtomatlashtirilgan
motor odatlar bilan shakllanadi. Shuning uchun yozuv – har bir shaxsga xos, noyob va
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
489
doimiy belgilar tizimini ifodalaydi.
G.A. Matyushin yozadi:
“Qo‘lyozma – bu murakkab,
avtomatlashtirilgan psixomotor akt bo‘lib, u o‘zida har bir kishining individual
xarakteristikasini aks ettiradi”. Yozuvda aniqlanadigan psixomotor xususiyatlar
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
harflarning o‘lchami, balandligi va eni;
harflarning qiyalik darajasi;
bosim kuchi va chiziqning qat’iyligi;
yozish ritmi va tezligi.
Ushbu xususiyatlarning murakkab tahlili orqali shaxsning yoshi, ruhiy holati,
ba’zan esa kasallik (masalan, Parkinson) belgilarini aniqlash ham mumkin (Ellen D.,
2006).
5. Ekspertiza usullari va texnikalari.
Hozirda grafologik ekspertizalarda
quyidagi zamonaviy texnikalar va metodlar keng qo‘llanilmoqda:
Vizuallashgan solishtirma tahlil (оптическое сравнение): yozuv elementlarini
mikroskop yordamida solishtirish.
Digital (raqamli) skanerlash: yozuvdagi bosim kuchini, ritmni va o‘zgarishlarni
aniqlash uchun grafometrik skanerlardan foydalaniladi.
Matematik-statistik metodlar: o‘xshashlik va farqlilik darajasini matematik yo‘l
bilan baholash.
AI va mashina o‘rganish texnologiyalari: avtomatlashtirilgan tahlil uchun sun’iy
intellekt asosida yozuv identifikatsiyasi (masalan,
DeepWrite
yoki
SigNet
dasturlari).
Schiller D. buni quyidagicha izohlaydi: “Yangi avlod qo‘lyozma identifikatsiyasi
tizimlari mashina o‘rganish vositalarini inson mutaxassisi tahlili bilan birlashtiradi va bu
hujjat ekspertizasida yuqori aniqlikka erishish imkonini beradi”. Kriminalistik
grafologiyani psixologik tahlil bilan adashtirmaslik kerak. Psixologik grafologiya shaxs
xarakterini yozuv orqali aniqlashga urinadi, ammo kriminalistik grafologik ekspertiza
faqatgina yozuvning shaxsga tegishli yoki tegishli emasligini
aniqlaydi.
Shaxs identifikatsiyasida grafologik ekspertiza muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga
ega bo‘lib, ayniqsa, imzolar, arizalar va shubhali hujjatlar bilan bog‘liq sud tergovlarida
keng qo‘llaniladi. Ilmiy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yozuv insonning o‘ziga xos psixomotor
xarakteristikasini o‘zida mujassam etadi va bu xususiyatlar ekspertizaga aniqlik olib
kiradi, biroq grafologik ekspertiza sohasida ayrim cheklovlar ham mavjud:metodlar
ba’zida subyektiv bo‘lishi mumkin;
xalqaro miqyosda yagona standartlar yetarlicha ishlab chiqilmagan;
zamonaviy kompyuter tahrirlari tufayli qalbakilashtirish usullari ham
rivojlanmoqda. Shu sababli quyidagi takliflarni ilgari suramiz:
1) grafologik ekspertiza metodikalarini ilmiy asosda modernizatsiya qilish;
2) sudlarda grafologik ekspert xulosalarining ishonchliligini oshirish uchun AI
texnologiyalarini joriy qilish;
3) ekspertiza faoliyatini tartibga soluvchi milliy qonunchilikni xalqaro tajriba
asosida takomillashtirish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Абрамов, С. П., Судебная экспертиза документов. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2010. – 432 с.
2.
Ахмедов И., Криминалистика. – Т.: Адолат, 2016. – 408 б.
3.
Джонс Т., Теория и практика судебной графологии. – М.: Юрайт, 2014. – 256 с.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
490
4.
Қурбонов Қ., Суд экспертизаси назарияси ва амалиёти. – Т.: ТДЮУ, 2021. – 312 б.
5.
Матюшин Г. А., Судебная почерковедческая экспертиза. – М.: Норма, 2012. – 358 с.
6.
Поляков В. П., Основы криминалистической экспертизы документов. – М.:
Экзамен, 2009. – 480 с.
7.
Schiller D., Handwriting Identification: Facts and Fundamentals. – CRC Press,
2006. – 368 p.
8.
Ellen D., Scientific Examination of Documents. – CRC Press, 2006. – 270
9.
Daubert v. Merrell Dow Pharmaceuticals, Inc., 509 U.S. 579 (1993).
