Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The application of euphemisms in English and Uzbek
fiction and their pragmatic functions
Otakhon RADJABKULOV
1
Uzbekistan State World Languages University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
10
April 2025
Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025
This article examines the specific features of the use of
euphemisms in English and Uzbek literary literature and their
pragmatic functions. Euphemism is a linguistic device that
expresses concepts that are considered socially or culturally
inappropriate, rude or unpleasant in a softened, socially
acceptable form, and in literary texts it is manifested as an
expression of speech culture based on moral and aesthetic criteria.
While in the English literary context, euphemistic units are formed
more inextricably linked with political correctness, censorship and
individual rights, in Uzbek literature they are based on
traditionalism, religious and moral values and national mentality.
The article examines the views of advanced linguists, the analysis
of literary texts and the communicative functions of euphemisms
in a cultural context. It also sheds light on the pragmatic functions
of euphemisms, such as politeness, saving face, and alleviating
emotional burden, based on a comparative approach.
2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
emotional load,
euphemism,
uzbek literature,
traditionalism.
Evfemizmlarning ingliz va o‘zbek badiiy adabiyotida
qo‘llanilishi va ularning pragmatik vazifalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
hissiy yuklama,
evfemizm,
o‘zbek adabiyoti,
an’anaviylik.
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek badiiy adabiyotida
evfemizmlarning qo‘llanilishiga xos xususiyatlar hamda ularning
pragmatik funksiyalari tizimli tarzda tadqiq etiladi. Evfemizm – bu
ijtimoiy yoki madaniy jihatdan nojoiz, qo‘pol yoki yoqimsiz deb
hisoblangan tushunchalarni yumshatilgan, ijtimoiy maqbul
shaklda ifodalovchi lingvistik vosita bo‘lib, badiiy matnlarda u
axloqiy-estetik mezonlarga asoslangan nutq madaniyatining
1
Doctoral Student, Uzbekistan State World Languages University. E-mail: radjabkulovotaxon@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
543
ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Ingliz adabiy kontekstida
evfemistik birliklar ko‘proq siyosiy to‘g‘rilik, senzura va individ
huquqlari bilan uzviy bog‘liq holda shakllansa, o‘zbek adabiyotida
ular an’anaviylik, diniy-axloqiy qadriyatlar va milliy mentalitetga
asoslanadi. Maqolada ilg‘or tilshunoslar qarashlari, adabiy matnlar
tahlili hamda evfemizmlarning madaniy kontekstda qanday
kommunikativ vazifalarni bajarishi o‘rganiladi. Shuningdek,
evfemizmlarning xushmuomalalikni saqlash, hissiy yukni
yumshatish kabi pragmatik funksiyalari qiyosiy yondashuv
asosida yoritib beriladi.
Использование эвфемизмов в английской и узбекской
художественной литературе и их прагматические
функции
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
эмоциональная нагрузка,
эвфемизм,
узбекская литература,
традиционализм.
В данной статье рассматриваются особенности
использования эвфемизмов в английской и узбекской
художественной литературе и их прагматические функции.
Эвфемизм – это языковой прием, который выражает
понятия, которые считаются социально или культурно
неуместными, грубыми или неприятными, в смягченной,
социально приемлемой форме, а в литературных текстах
он проявляется как выражение речевой культуры,
основанной на моральных и эстетических критериях.
В то время как в английском литературном контексте
эвфемистические
единицы
формируются
в
более
неразрывной связи с политической корректностью,
цензурой и правами личности, в узбекской литературе они
основаны на традиционализме, религиозных и моральных
ценностях и национальном менталитете. В статье
рассматриваются взгляды передовых лингвистов, анализ
литературных текстов и коммуникативные функции
эвфемизмов в культурном контексте. Она также проливает
свет на прагматические функции эвфемизмов, такие как
вежливость, сохранение лица и облегчение эмоциональной
нагрузки, на основе сравнительного подхода.
Til millat ko‘zgusi ya’ni tilda shu til egalarining madaniyati, orzu istkaklari, tarixi,
dunyo qarashi aks etadi. Har bir tilning o‘ziga xos badiy adabiyot xazinasi yani
asarlari,o‘ziga xos farqli badiy yozma manbalari mavjud bo‘lib, ushbu asarlar bevosita
shu millat, shu davr voqea hodisalarini bayon qiladi. Bu kabi badiy asarlarda tilning eng
nozik qirralaridan tortib eng o‘tkir xuxsusiyatlarigacha namoyon bo‘ladi. Aniqroq qilib
bayon qiladigan bo‘lsak, turfa xil stilistik vositalar, o‘xshatishlar, qochirmlar va shu kabi
voqelikni vaziyatga mos ta’sirli ochib berishda turfa xil til birliklari qo‘llaniladi. Shu kabi
til birliklaridan biri evfemizmlar nafaqat so‘zlashuv, publististik yoki ilimiy uslubda balki
badiy uslubda ham juda keng qo‘llaniladi. Misollar tahliliga o‘tishdan avval, evfemizmlar
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
544
tarixi kelib chiqishi va ushbu terminga ilmiy tarif berib o‘tsak. Garchi evfemizlar dastlab
tilda qachon paydo bo‘lganligi haqida aniq faktlarga asoslangan ilmiy manbalar mavjud
bo‘lmasada, bir necha tilshunos olimlar o‘zlaring ilmiy qarashlarini bayon qiladi.
Evfemik birliklar qadimgi davrdan beri mavjud bo‘lib, tilshunoslikda
evfemizmlarning oʻrganish, tilshunoslik fan sifatida shakllanmagan davrdan boshlab yani
“evfemizm” atamasi hali paydo boʻlmagan, biroq evfemizm tushunchasi yani qo‘pol,
uyatsiz, qo‘rqinchli hodisalarni tasvirlarni ifodalash antik davr notiqlik sa’nati bilan
bog‘liq degan qarashlar mavjud. Evfemik birliklarni yuzaga keltruvchi bazi omillar bor
shulardan biri irim sirimlar bo‘lib, bu kabi tushunchalar insonlar ongida yomonlik
keltiruvchi so‘z sifatida muhrlangan bo‘lib ushbu so‘zlar o‘rnida yumshoqroq evfemik
birliklar qo‘llanilgan. Masalan ingliz tilida
die
so‘zi o‘rnida
Passed beyond the veil
yoki
Gone to his/her reward
kabi evfemlashtrilgan yoki
Slept with his fathers
bu kabi evfemizm
asosan badiy asarlarda qo‘llaniladi. Shuni takidlash kerakki, evfemizmlar asosiy
shakllantruvchi omillardan biri tabulardir. Jahon tilshunosligida dastlab bu til birligi
ananaviy ravishda tabu bilan bog‘liq holda tadqiq qilingan. Tabu va evfemizatsiya bir-biri
bilan uzviy bog‘langan lingvistik hodisalar bo‘lib, ular orasida sabab-oqibat munosabati
mavjud: birining mavjudligi ikkinchisining shakllanishini taqozo etadi. Bu jarayon
dinamik xarakterga ega bo‘lib, tilning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti jarayonida doimiy
ravishda rivojlanib boradi.
Tabu tushunchasi tilshunoslikda ma’lum ijtimoiy yoki madaniy sabablarga ko‘ra
ishlatilishi cheklangan yoki mutlaqo taqiqlangan so‘z va iboralarni anglatadi. Bunday
cheklovlar, odatda, nolingvistik omillar, jumladan xurofotlar, diniy e’tiqodlar, madaniy
stereotiplar, nojo‘ya yoki yoqimsiz so‘zlardan ehtiyotlanish kabi sabablarga tayangan
holda shakllanadi. Shu bois, tabu so‘zlar ko‘pincha hurmat yoki nafrat uyg‘otuvchi
hodisalar bilan bog‘liq bo‘lib, ular jamiyatda bevosita til vositasida ifodalanishdan
saqlanadi.
Evfemizm esa aynan shunday so‘z va tushunchalarni madaniy-axloqiy me’yorlarga
muvofiq tarzda yumshatib ifodalash uchun xizmat qiluvchi lingvistik strategiyadir.
Evfemizatsiya orqali qo‘pol, nomaqbul yoki noxush deb baholangan so‘zlar yumshatilgan,
ijtimoiy jihatdan maqbul va odob doirasida qabul qilinadigan sinonimlar bilan
almashtiriladi. Bu holat ko‘pincha so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi ijtimoiy masofa,
madaniy sezgirlik va nutq vaziyatining rasmiylik darajasi bilan belgilanadi. Ilmiy
adabiyotlarda qayd etilishicha, tabular ko‘proq arxaik madaniyatlarga ega bo‘lgan
xalqlarning (masalan, Afrika, Avstraliya, Okeaniya va Shimoliy xalqlar) tillarida keng
uchraydi. Biroq, bu hodisa til va madaniyatdan qat’i nazar barcha jamiyatlarda ma’lum
darajada mavjud bo‘lib, uning universal xarakterini ko‘rsatadi. Ya’ni, tabu va evfemizm
o‘zaro bog‘langan, har qanday til tizimida ijtimoiy muvozanat va madaniy pardalilikni
ta’minlovchi muhim pragmatik vositalar sifatida namoyon bo‘ladi.
O‘zbek tilshunosligida evfemizlarni dastlab keng doirada tadqiq qilgan tilshunos
A. Omonturdiyev takidlashicha, evfemizmlar tilda aniq paydo bo‘lganiligi haqida ilmiy
manbalar yo‘q, evfemizlarning shakllanishi bevosita tabular bilan bog‘liq hodisa yani
insoniyat ibtidoyi davrda ilohiy deb yoki qo‘rqgan bazi narslarini yoki hodislarni
to‘g‘ridan to‘g‘ri nomlashdan qo‘rqishgan va bu kabi tushunchalarni boshqa so‘zlar bilan
nomlagan O.S. Axmanova tahriri ostida lingvistik lug‘atda evfemizmga quydagicha ta’rif
beriladi: “so‘zlovchiga beadab, qo‘pol, nazokatsiz ko‘ringan o‘z sinonimi o‘rnida qo‘llanila
oluvchi hissiy bo‘yoqsiz so‘z va ibora”.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
545
Bizningcha evfemizmlarga berilgan ushbu tarifda biroz chalkashlik bor sababi
evfemizmlar o‘z sinonimi o‘rnida qo‘llanilsa vaziyatga mos mano bera olmaydi. Sababi
har bir evfemik birliklning o‘z ishlatilish darajasi bor yani bir biri o‘rnida almashinib
qo‘llanilsa ma’noviy mujmallik vujudga keladi. Bir evfemik birlik qayta qayta qo‘llanilshi
natijasida o‘z yumshatyotgan tushunchani shu evfemizga bog‘lanib insonlar miyyasida
saqlanib qoladi va o‘z evfemik xususiyatuni yo‘qotadi.
Yana bir rus tilshunosi D.N. Shmelovga ko‘ra, “evfemizm so‘zlovchiga ma’lum
vaziyatda nomqul ko‘ringan,nihoyatda o‘tkir, aytilishi odobdan sanalmagan, ayni bir
ma’noni ifodalashga xizmat qiladigan, nomunosib so‘zdan saqlanish maqsadida
yumshatilgan ifoda” deb tariflaydi. Avvalroq takidlanganimizdek til dunyoni anglashni,
muloqotga kirishish jarayonini yengillashtruvchi vosita ekan, kishilik jamiyatidagi o‘zaro
munosabatlarda esa evfemik birliklar juda keng qo‘llanilishi, bu til birliklarini
antropologiya, sotsiologiya va falsafa fanlarining tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilishini
taqazo etadi va bu tomondan tilni, madaniyatni anglashi va madaniyatning insonlar
ongidagi his tuyg‘u o‘ylarning tilda ifodalanishiga oid dastlabki tadqiqotlarga asos bo‘lgan
deb hisoblaymiz.
Evfemik birliklar lison ilmida turli jixatlari tadqiq qilingan, o‘rganilgan bo‘lib.
Dastlab, evfemik birliklarni lingvistikada g‘arb tilshunoslarining chuqur ilmiy
izlanishlarini takidalab o‘tsak. Garchi tilshunoslikning bu nodir nutq vositasi qadimgi
antik davr faylasuflarining, notiqlarining kitoblarida risolalarida bayon qilib o‘tilgan
bo‘lsada, asosli ilmiy termin yoki lingvistik tomonlama tahlillar bilan isbotlab berilmagan.
Jahon tilshunosligida dastlabki jiddiy evfemizmlarga oid lingvistik tadqiqotlar
19-asrga kelib rivojlana boshladi. Herman Paul o‘zining “Principien der
Sprachgeschichte” (tilshunoslik tarixi tamoyillari) ilmiy asarida evfemizmlarni metafora
va metonimya bilan birga semantikasini tadqiq qiladi. Garchi bu ilmiy asar faqat evfemik
birlikar asosiy tadqiqot obyekti sifatida yoritilmagan bo‘lsada, unda tarixan tilning
o‘zgarishi, tilning psixologik asoslari, qo‘pol, tabu so‘zlarning semantik o‘zgarishi yani
asliy manoning kuchsizlanishi kabi evfemik birliklarning yuzaga kelishiga oid fikr
mulohazalarini ilmiy dalillar bilan yozgan. Bundan keyin fransuz tilshunosi Mishel Breal
(Essai de sémantique, 1897) semantikani fan sifatida kiritdi va evfemizm nazariyasining
kashshofi bo‘lgan qochish strategiyalari tufayli so‘zlarning ma’nosini qanday
o‘zgartirishini muhokama qildi. 19-asrning oxiriga yaqin frantsuz olimi Mishel Breal soʻz
maʼnosidagi oʻzgarishlarni tartibga soluvchi qonunlarni aniqlashga kirishdi.
So‘nggi o‘n yilliklar davomida ingliz tili sezilarli lingvistik o‘zgarishlarga uchradi,
bu esa asosan ijtimoiy-madaniy omillar ta’siri bilan izohlanadi. Xususan, ingliz tilida
so‘zlashuvchi jamiyatlarda so‘nggi yigirma yil mobaynida siyosiy to‘g‘rilik atamasi bilan
ifodalanadigan madaniy, ijtimoiy xatti-harakat va til me’yorlariga oid yangi tendensiya
shakllandi va keng tarqaldi. Ijtimoiy-madaniy aspektda evfemizmlarning tabular bilan
uzviy aloqadorligi, ularning kommunikativ vaziyatlarning xarakteriga qarab aholining
turli ijtimoiy qatlamlari hamda yosh guruhlari tomonidan qo‘llanishi, shuningdek, nutqiy
jarayonda evfemizmlardan foydalanishning genderga xos jihatlari tahlil qilinadi. Ushbu
yo‘nalishda, ayniqsa, evfemizmlarning tarixiy ildizlarini ochib berish muhim ahamiyat
kasb etadi, ya’ni evfemizm hodisasini o‘rganishda ularning qadimiy tabu tushunchalari
bilan bog‘liqligini aniqlash dolzarb masalalardan biri sanaladi.
Bu borada B.A. Larin evfemizmlarning shakllanishini tabu hodisalari va so‘z
sehriga bo‘lgan qadimiy e’tiqod bilan izohlaydi. Qadimgi davrlarda xudolar, yovuz ruhlar
va hayvonlarning nomlari tabu holatiga tushgan bo‘lib, ularning bevosita til orqali tilga
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
546
olinishi cheklangan. Shu bilan birga, tadqiqotchilar qadimgi diniy kontekstda shakllangan
evfemizmlar bilan zamonaviy til tizimidagi evfemizmlarni aniq farqlash zarurligini
ta’kidlaydilar. Bu borada diniy e’tiqod va xurofotlar bilan bog‘liq bo‘lmagan motivlar
asosida yuzaga kelgan zamonaviy evfemizmlarning kommunikativ va ijtimoiy omillar
bilan belgilanishi alohida e’tiborga loyiq.
V.P. Moskvin zamonaviy evfemizmlarning asosiy tashuvchilari sifatida o‘rta
ijtimoiy qatlam vakillarini ko‘rsatadi. B.A. Larin esa evfemizmlarning ijtimoiy mohiyatini
tahlil qilar ekan, ularni quyidagi guruhlarga ajratadi: adabiy til doirasida keng
qo‘llaniladigan evfemizmlar, kasbiy va sinfiy evfemizmlar hamda oilaviy-maishiy
evfemizmlar. Umuman olganda, evfemistik birliklarning qo‘llanilishi muloqotning
ijtimoiy kontekstiga bevosita bog‘liq bo‘lib, aloqa holatining rasmiylik darajasi oshgan
sayin, nutq ishtirokchisining til birligiga bo‘lgan ongli munosabati kuchayadi va
evfemizmlardan foydalanish ehtimoli ortadi.
Evfemizmlarning qo‘llanilishida gender omili muhim determinantlardan biri
sifatida namoyon bo‘ladi. Bu holat, avvalo, shaxsni jinsiga ko‘ra kamsitishdan tiyilish va
unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish istagi bilan izohlanadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, evfemistik ifodalar, ayniqsa, ayollar nutqida
kengroq qo‘llaniladi va ular ko‘pincha fiziologik holatlar, tashqi ko‘rinish va kasbiy
faoliyat bilan bog‘liq mavzularni yumshoq ifodalashga xizmat qiladi. Evfemizmlarni
o‘rganishning psixologik yo‘nalishi esa psixolingvistik va kognitiv yondashuvlarni o‘z
ichiga oladi. Bu doirada, evfemistik birliklarning paydo bo‘lish motivlari, ularning
emotsional-baholovchi xarakteri, assotsiativ xususiyatlari va insonning bilish
faoliyatidagi roli o‘rganiladi. Jumladan, A.M. Katsev evfemizm shakllanishining asosiy
psixologik motivlarini tizimlashtirib, ularni uchta asosiy emotsional soha – qo‘rquv,
jirkanchlik va uyat – bilan bog‘laydi. Shunday qilib, evfemizmlar salbiy hissiy
reaktsiyalarning oldini olishga xizmat qilsa, disfemiyalar esa, aksincha, bunday his-
tuyg‘ularni qo‘zg‘atish maqsadida qo‘llaniladi . Evfemizmlarning samarali funksional
faoliyati, avvalo, ularning to‘g‘ri anglanishi va muloqotning har ikki ishtirokchisi
tomonidan adekvat tarzda talqin qilinishiga bog‘liq. Ikkilamchi nominatsiya birliklarining
semantik talqini muloqot konteksti va individning assotsiativ fikrlash salohiyatiga
bevosita bog‘liqdir. Evfemistik o‘rinbosarni to‘g‘ri idrok etish uchun muloqot
ishtirokchisi mazkur leksik birlikni o‘z denotati bilan bog‘lay oladigan muvofiq
assotsiatsiyalarga ega bo‘lishi lozim.
Tadqiqotning pragmatik yo‘nalishi esa ijtimoiy-psixologik yondashuv bilan uzviy
aloqada bo‘lib, evfemizmlarning pragmalingvistik xususiyatlari ularning nutq adresatiga
ko‘rsatadigan kommunikativ-ta’sir kuchi orqali namoyon bo‘ladi. T.M. Abakovaning
fikricha, evfemistik ifodalarni qo‘llashdagi asosiy pragmatik maqsad bu jismoniy yoki
aqliy nuqsonlar, shuningdek, jinslararo munosabatlarga doir masalalarni til vositasida
ifodalashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kommunikativ mojarolardan qochishga
intilishdir. Evfemizmlar pragmatik jihatdan motivatsiyalangan til birliklari hisoblanadi.
Ular nutq adresatiga ko‘rsatuvchi ta’siri hamda kommunikativ holatdagi ijtimoiy-
psixologik omillar bilan bog‘liq holda shakllanadi.
Evfemizmlar, aslida, nutq pragmatikasini amalga oshiruvchi vosita bo‘lib, ular
orqali so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muvozanat
buzilishini oldini olishga intilish kuzatiladi. Ushbu birliklarning paydo bo‘lishi, asosan,
xushmuomalalikning pragmatik tamoyillari bilan belgilanadi. E’tibor berish lozimki,
ma’nodagi pragmatik komponent har qanday lingvistik birlikning tarkibiy elementi
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
547
hisoblanib, bu birlikning qaysi kommunikativ registrga (rasmiy, neytral yoki norasmiy)
mansubligini belgilaydi. Til birliklarining semantik tuzilmasida, ularning qaysi nutq
registrida qo‘llanilishi haqida aniq pragmatik ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladi. Turli
kommunikativ registrlar, ijtimoiy guruhlar va hududiy til variantlarida mavjud bo‘lgan
evfemizmlar, odatda, ijtimoiy jihatdan noqulay yoki nojo‘ya deb hisoblangan hodisalarni
yumshoq tarzda ifodalash ehtiyojidan kelib chiqqan holda shakllanadi.
Bundan tashqari evfemik birliklar ba’diy adabiyotda keng qo‘llanilishiga guvoh
bo‘lamiz. Jumladan ingliz adabiyotida William Shakespeare (Hamlet) asarida
“He is gone
to his rest”
To‘g‘ridan-to‘g‘ri
“He died”
(u vafot etdi) demasdan, yumshoqroq “u orom oldi”
degan evfemistik ifoda ishlatilgan. Ushbu evfemik birlikning asardagi pragmatik roli o‘lim
tushuncasining og‘irligini yumshatish va o‘quvchida achinish hissini uyg‘otish.
Shuningdek, George Orwell (“1984”) asarida ham juda ko‘p evfemik birliklar qo‘llanilgan
bo‘lib ularning aksariyati siyosiy evfemizmlar. Misol uchun;
“Room 101”
bu aslida
qiynoqlar xonasi bo‘lsada, uning nomlanishi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytmaslikni,
metaforik usulda evfemalashtirilgan
. “Correctional facility” qamoqxona
,
“Liquidation”
siyosiy qotillik
kabi evfemik birliklar qo‘llanilgan. Bularning pragmatik maqsadi haqiqatni
noaniqlik bilan ifodalash orqali qo‘rquvni nazorat qilish.
O‘zbek adabiyotida Abdulla Qodiriyning (“O‘tgan kunlar”) romanida
“u bu dunyoni
tark etdi.”
o‘lim tushunchasi shunday bayon etilgan bolib uning pragmatik roli madaniy
axloqi yuqori jamiyatda og‘riqli hodisalarni muloyimlik bilan ifodalash. Cho‘lponning
(“Kecha va kunduz”) asarida
“u xotinini o‘z yo‘lida qo‘yib yubordi.”
Ajralish haqida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri "ajrashdi" demay, yumshatilgan shaklda ifoda beriladi. Ushbu evfemik
jumlaning pragmatik roli oilaviy muammolarni ko‘pchilikka nozik tarzda yetkazish.
Tohir
Malik hikoyalarida: “Sog‘lig‘i unchalik yaxshi emas edi” kasallikni yumshoq ifodalash
orqali dramatik ta’sirni oshirish.
Ushbu evfemik birlikning pragmatik maqsadi
o‘quvchida
keskin salbiy emotsiyalar (dahshat, shokka tushish) uyg‘otmaydi, matnda og‘irlikni
yumshatadi, estetik balansini saqlaydi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki,
Ingliz va o‘zbek badiy adabiyotlarida
evfemizmlarning qo‘llanilishi har ikki til va madaniyatga xos bo‘lgan ijtimoiy, madaniy
hamda kommunikativ omillar bilan belgilanadi. Ingliz adabiy matnlarida evfemistik
birliklarning shakllanishi ko‘proq siyosiy to‘g‘rilik (political correctness), shaxs erkinligi
va demokratik qadriyatlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa, o‘zbek adabiyotida evfemizm tizimi
an’anaviy dunyoqarash, diniy-axloqiy qadriyatlar va milliy tafakkur asosida shakllanadi.
Ingliz tilidagi adabiy kontekstda evfemizmlar, odatda, o‘lim, jinsiylik, siyosiy mavzular
hamda tibbiy holatlar singari ijtimoiy jihatdan nozik sanaluvchi muammoli mavzularni
estetik jihatdan yumshatish va madaniy qabul qilinadigan shaklda ifodalash uchun
ishlatiladi. Bunday hollarda evfemizmlarning kommunikativ vazifasi bu keskin
emotsional ta’sirni kamaytirish, axborotni senzura bosqichlaridan o‘tkazib yetkazish,
shuningdek, sotsial muvozanatni saqlashga xizmat qilishdir. O‘zbek adabiy tilida esa
evfemizm ko‘proq oila, axloq, nomus, nogironlik va tabu bilan bog‘liq mavzularni
bevosita emas, balki bilvosita ifodalashga qaratilgan. Bunday til birliklarining
qo‘llanilishi, avvalo, axloqiy sezgirlikni oshirish, muloqot jarayonida muloyimlik, e’tibor
va ehtiromni saqlash, shuningdek, madaniy va diniy pardalilik talablariga moslashish
ehtiyojidan kelib chiqadi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, ingliz tilida evfemizmlarning
shakllanishiga asosan sotsial-huquqiy omillar – xususan, siyosiy to‘g‘rilik va inson
huquqlari bilan bog‘liq nutq normalari ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, o‘zbek tilidagi evfemistik
birliklar asosan diniy e’tiqodlar, madaniy qadriyatlar va ijtimoiy odob-axloq me’yorlari
bilan mustahkam aloqadadir.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
548
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Abakova, T. M. (2002). Pragmaticheskiye funktsii eufemizmov [Evfemizmlarning
pragmatik funksiyalari]. // Vestnik MGU. Filologiya, 5(3), 45–52.
2.
Bréal, M. (1897). Essai de sémantique: Science des significations. Paris: Hachette.
3.
Cameron, D. (1995). Verbal Hygiene. London: Routledge.
4.
Fairclough, N. (1992). Discourse and Social Change. Cambridge: Polity Press.
5.
Grice, H. P. (1975). Logic and Conversation. In P. Cole & J. Morgan (Eds.), Syntax
and Semantics (Vol. 3, pp. 41–58). New York: Academic Press.
6.
Katsev, A. M. (1999). Psikhologicheskiye aspekty eufemii [Evfemizatsiyaning
psixologik jihatlari]. Moskva: MGU nashriyoti.
7.
Larin, B. A. (1977). Stilistika i razvitiye yazyka. Leningrad: Nauka.
8.
Leech, G. N. (1983). Principles of Pragmatics. London: Longman.
9.
Moskvin, V. P. (2005). Eufemizmy v sovremennom russkom yazyke: Opyt
sistemnogo opisaniya. Moskva: Flinta – Nauka.
10.
Paul, H. (1880). Principien der Sprachgeschichte. Leipzig: Max Niemeyer Verlag.
