Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The writer's mastery in utilizing non-literary lexical units
for stylistic purposes
Shokhsanam TURSUNOVA
1
Navoi State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
10
April 2025
Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025
This article analyzes the methods employed by writer
Khayriddin Sultanov in using non-standard lexical units for
stylistic purposes. The study explores the mechanisms of
character creation, environment animation, and stylistic
contrast in literary texts through the use of colloquial style,
dialectal and jargon words, and oral speech expressions. The
article examines the skillful artistic use of non-standard lexical
layers in the works of Khayriddin Sultonov and other
contemporary writers. The analysis reveals that such lexical
units serve to make the writer's style more vivid and natural;
however, their moderate and functional use is considered a
crucial factor.
2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
non-literary vocabulary,
stylistic device,
colloquial speech,
literary character,
author's style,
dialect,
jargon.
Yozuvchining noadabiy qatlamga oid leksik birliklardan
stilistik maqsadda foydalanish mahorati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
noadabiy leksika,
stilistik vosita,
so‘zlashuv uslubi,
badiiy obraz,
yozuvchi uslubi,
lahja,
jargon.
Ushbu maqolada yozuvchi Xayriddin Sultonovning noadabiy
qatlamga oid leksik birliklardan stilistik maqsadda foydalanish
usullari tahlil qilinadi. Badiiy matnda so‘zlashuv uslubi, lahjaviy va
jargon so‘zlar, og‘zaki nutq ifodalari orqali obraz yaratish, muhitni
jonlantirish va stilistik kontrast hosil qilish mexanizmlari
o‘rganiladi. Maqolada Xayriddin Sultonov va boshqa zamonaviy
yozuvchilarning asarlari misolida noadabiy leksik qatlamdan
badiiy foydalanishdagi mahorat tahlil qilinadi. Tahlillar shuni
ko‘rsatadiki, bunday leksik birliklar yozuvchi uslubining jonli va
tabiiy bo‘lishiga xizmat qiladi, ammo ularning me’yorida va
funksional ishlatilishi muhim omil hisoblanadi.
1
Doctoral student, Navoi State University.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
523
Мастерство писателя в использовании лексических
единиц нелитературного пласта в стилистических
целях
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
нелитературная лексика,
стилистическое средство,
разговорная речь,
художественный образ,
авторский стиль,
диалект,
жаргон.
В данной статье рассматривается стилистическое
использование нелитературной лексики писателями в
художественных произведениях. Анализируется, как
разговорные выражения, диалектизмы и жаргонизмы
используются
для
создания
образов,
оживления
художественной среды и создания стилистического
контраста. Особое внимание уделено произведениям
современных узбекских писателей, таких как Хайриддин
Султонов. Результаты анализа показывают, что подобные
лексические единицы придают тексту живость и
выразительность, однако их применение должно быть
уместным и функционально оправданным.
KIRISH
Yozuvchi uchun til – bu nafaqat ifoda vositasi, balki badiiy obraz va estetik
mazmun yaratish qurolidir. Shuning uchun adabiy asar yaratuvchilari tilning barcha
qatlamlaridan – jumladan, noadabiy qatlamga oid leksik birliklardan ham mohirlik bilan
foydalanadilar. Bu birliklar, odatda, adabiy til me’yorlaridan chetda turgani holda, asarda
realizm, obrazlilik va emotsional ta’sirchanlikni kuchaytirish maqsadida xizmat qiladi.
Taniqli lingvist va stilist olima G‘.Rahmatullaeva bu haqda shunday deydi: “Adabiy asarda
so‘zlashuv tili unsurlarining, xususan, normadan chekingan, emotsional-yukli, dialektal
yoki vulgar so‘zlarning paydo bo‘lishi yozuvchining uslubiy niyatiga bog‘liq bo‘lib, obraz
tabiatini ochishda muhim vositaga aylanadi.” Biz tahlilga tortmoqchi bo‘lgan obyekt
Xayriddin Sultonov qissalarida ham oz bo‘lsa-da ijodkor qahramonlari tilidan turli xil
shevaga oid so‘zlar, iboralar, jargonlar keltirish orqali ularni kitobxonga yaqinlashtiradi
va xarakteriga xos bo‘lgan sifatlarni oydinlashtiradi.
METOD
Ushbu maqolada Xayriddin Sultonov asarlaridagi noadabiy qatlamga oid leksik
birliklar kontekstual tahlil asosida o‘rganildi. Asarlardagi personajlarning nutqi, muhit va
voqea tasviri, uslubiy vosita sifatida ishlatilgan leksik birliklar ajratib olinib, funksional-
semantik jihatdan guruhlashtiriladi.
MUHOKAMALAR
Adabiy tilning o‘zi badiiy asar uchun to‘laqonli manba bo‘la olmasligini Xayriddin
Sultonovgacha bo‘lgan ko‘pgina ijodkorlar, tilshunos olim va tanqidchilar e’tirof etishgan.
Axir busiz biz “Shaytanat” qissasidagi Asadbekni, G‘afur G‘ulomning “Shum bola”sini,
hattoki mumtoz shoir Boburning “Boburnoma”sini bu qadar sevib mutolaa qilmagan va
anglamagan bo‘lar edik. Shuni ham e’tirof etish o‘rinliki, o‘zbek adabiy tili, madaniyati va
mentalitetini yuksak darajada tasvirlagan Abdulla Qodiriy ham shoh asari “O‘tkan kunlar”
romanida Kumushni zaharlagani ayon bo‘lgan o‘rinda Zebiga qarata aytgan haqoratli
hayqirig‘i bo‘lmasa edi, biz Otabekning qay darajada nafratdan ko‘r bo‘layotganini, butun
alamini his qilmasdik balki. Xuddi shu o‘rinda adabiyotshunos U. Normatov badiiy tilning
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
524
ekspressivlik darajasini aniqlashda noadabiy qatlamdan foydalanishni adabiyotshunoslik
nuqtai nazaridan tahlil qilib, quyidagilarni qayd etadi: “Badiiy adabiyotda emotsionallik
va individuallikni ta’minlovchi muhim qatlamlardan biri – bu og‘zaki so‘zlashuv tili,
dialektizmlar, jargonizmlar va ekspressiv birliklardir. Ular personaj tilini tabiiylashtiradi,
asarning ijtimoiy kontekstini kengaytiradi.” Adabiy til doirasiga kirmaydigan, lekin xalq
tilida faol ishlatiladigan bu birliklar, V.V. Vinogradovning ta’biri bilan aytganda, “stilistik
to‘lqinlarni harakatga keltiradigan semantik detonatorlar”dir. Ular badiiy ifodaning
energetikasini oshiradi, matnning tasviriy kuchini kuchaytiradi. 20-asrga kelib,
romantizm metodi o‘z o‘rnini realizm metodiga bo‘shatib berdi. Badiiy adabiyot faqatgina
go‘zallik, estetika, san’atshunoslik manbasi emas, balki real hayotning ifodachisi sifatida
bo‘y ko‘rsata boshladi. Ijodkorlarimiz jahon adabiyoti durdonalaridan ilhomlangan holda,
o‘z qahramonlarini real hayotdan, oddiy odamlardan tanlab ola boshladilar. Ularning qay
tabaqaga oid ekanligini, mansubligini ifodalashda shevaga oid birliklardan unumli
foydalana boshlashdi. Ba’zi ijodkorlar esa butun boshli asarni o‘z shevalarida yozdilar.
Masalan, Tog‘ay Murodning qissalari fikrimiz dalilidir. Shu tariqa badiiy adabiyot yo‘qota
boshlagan kitobxonlarini qaytara oldi, balki ularning safini yanada kengaytira oldi. Bu esa
noadabiy qatlamga oid bo‘lgan so‘zlar o‘z o‘rnida ishlatilganda, asarning qimmatini,
qiymatini oshira olishi mumkinligini amalada isbotladi. Ijodkor Xayriddin Sultonovning
“Ko‘ngil ozodadir” qissasida bosh qahramon G‘ulom taqdir taqozosi bilan o‘zi uchun
butkul o‘zga dunyo vakili bo‘lgan, maishatga berilib ketgan Shodiyor bila bir uyda
yashashga majbur bo‘lgandagi konekstda yozuvchi ular o‘rtasidagi tafovutni ko‘rsatishda
stilistik maqsadda jargon va argo so‘zlardan foydalanadi:
“…Yarim kechasi zahar tang qilib, hojatxonaga kirdim. Uyuqsizlikdan qizargan
ko‘zlarim ko‘rsaki, “Zarbulmasal” kitobim sakkiz bo‘lakka bo‘linib, yelim tutqichga
qistirib qo‘yilibdi!..
Vaqt bemahal bo‘lgani bois, o‘ng yelkamdagi rahmon qattiq uxlab yotardi. Chap
yelkamdagi qutqutalab shaytonning joni kirib, vujudimni jaholat bo‘ronida pirpirakdek
uchirib, naq Shodiyorning oldiga eltib tashladi. Es-hushimni unutib, ustidagi ko‘prasini
yulqab ochdim:
– “Bu enangning mahriga tushganmidı, nega yirtding, it?!”
Shodiyor talmovsirab, quti o‘chib, sapchib turdi.
– “Nima?! Nima bu?! Kim bu?!”, deya o‘pkasi bo‘g‘ziga tiqilib beo‘xshov qichqirdi.
Shartta chiroqni yoqib, qalt-qalt titragancha kitob parchalarini tumshug‘iga niqtadim:
– “Nega yirtding, deyman, gazanda!”
Shodiyor nihoyat gapning tagiga yetib, besaranjom yuzlari alam bilan burishib ketdi:
– “E, kitobing boshini yesin seni, – deb so‘kindi, – uyquni harom etib...”
So‘ng yerdа sudralib yotgan ko‘rpasini olar ekan, g‘udranib:
– “Ahmoq Safar, eshshak... – deb jo‘rasining onasini “ishladi”.
To‘satdan menga o‘girilib qo‘lini paxsa qildi:
– “Nastoyashchiy psix ekansan! Meniyam psix qilmoqchimisan?! Safar svoloch
yirtgan bo‘lsa, men nima qilay?! Bor, o‘zigа borib dodla!
Beixtiyor ikki qadam ortimga tislandim – jahl ustida shu qaro tunda bir kori hol
qilib qo‘yishdan cho‘chirdim...
Shodiyor buni o‘zicha tushunib, picha ruhlandi, ustimga bostirib kelib, tishining
orasidan chiqqan bir ovoz bilan so‘radi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
525
– “Xo‘sh, qancha turadi shu matohing? O‘n baravar to‘lasam, qutulamanmi? Yuz
baravar to‘lasam, tinch qo‘yasammi?”
– “Sensirama, ablah!” – dedim yana bir qadam chekilib va shu zahoti ortimda eshik
borligini, bundan ortiq chekinib bo‘lmasligini sezdim.
Shodiyor shiddat bilan qo‘limdan kitob bo‘laklarini yulqib oldi, orqa-o‘ngini
ag‘darib, bahosi bitilgan joyini axtarib topdi, yorug‘da solib ko‘rdi va adoqsiz bir
zaharxanda bilan tantana qilib:
– “To‘qqiz tiyin!” – deb qichqirdi, so‘ng shodligiga chidayolmay qah-qah otib kuldi:
– “To‘qqiz tiyin! Ah, o‘laman, to‘qqiz tiyinga hali... Mana, mana senga o‘n tiyin, bir
tiyini siylov – suv olib ichasan! Vox-xa, to‘qqiz tiyin, to‘q...”
Qissa oxirida voqealar yanada jonlanib, qarama-qarshilik kuchayadi. Yozuvchi esa
jonli nutqni yanada reallashtiradi, o‘zining shaxsiy aralashuvisiz qahramonlarni o‘z
tillarida “sayratadi”:
…“U “onajon”lab bejiz dodlamas – quturgan Shodiyor hozir onajonini
ko‘rsatayotgani aniq edi. Yana nimadir qarsillab sindi, nimadir gumburlab ketdi, Shodiyor
boloxonador qilib so‘kindi, temir karnaylar quloqni qomatga keltirib hayqira boshladi.
Ortiq bu mashmashaga chidab turolmay, pastga tushib kutmoqchi bo‘ldim, endi
o‘rnimdan turgan ham edimki, qarshimdаgi eshik sharaqlab ochildiyu qip-yalang‘och bir
ayol jon talvasasida o‘zini mening xonamga qarab otdi. Bu voqea ko‘z ochib-yumgunchа
ro‘y berganidan ilon avragan baqadek qotib qoldim. Ayol ichkari kirasolib, qo‘lidagi
singan kursi oyoqini eshik tutqichiga tiqdi, shu zahoti Shodiyor bir ho‘kiz kuchi bilan
eshikni itarib-tepishga tushdi:
– “Och, qanijq! – deb vahshat solardi u hansirab, – ochmasang, naq onangni...”
Joyimda hamon qimir etmay o‘tirardim, zero bu mojaroda men tilsiz guvohlikdan
o‘zga ishga yaramas edim. Beixtiyor ayolga ko‘z qirim bilan nazar soldim va uning bu
qadar yosh, bu qadar chiroyli ekanini ko‘rib, alam bilan yuzimni chetga burdim.
– “Battar bo‘l! – deb qahr ila pichirladim o‘zimcha. – Senlarning jazoingni Shodi
ayg‘irlar bersin!”
Ters o‘girilib o‘tirarkamman, nima qilarimni bilmas edim. Hozir Jo‘lliboy akam
Shokirni boshlab kelsa, bu ne sharmandalik? Yemagan somsaga pul to‘lab...
– Yo‘q, hozir chiqib ketaman, menga desa bir-birini pishirib yesin!
Shartta o‘rnimdan turdim. Qiz deraza raxida yotgan yirtiq gazetani parda qilib,
o‘rin-ko‘rpalarim ortida biqinib yotar, yelkalari dir-dir titrar edi. Buni ko‘rib, jon-ponim
chiqib ketdi: to‘shagimni nahs bostiradi!
– “Tur o‘rningdan!” – deb baqirdim.
– “Bir narsamga qo‘lingni tekkizsang!...”
Qiz, ko‘zlari sarosima ichra telbalanib, qaltirab-qaqshab, burchakka to‘rt oyoqlab
suraldi, vahshiy hayvondek bo‘ynini ichiga tortib, uvvos soldi. Yuz-ko‘zi momataloq, qon-
qus, sochlari kipriktan bo‘lib hurpaygan... Shodiyor eshikni qasira-qusur urganchа endi
ikkalamizni qo‘shib so‘ka boshladi:
– “Ochlaring! Och, deyapman, o‘ldiraman ikkovingniyam!””
Yuqoridagi matnda yozuvchi noadabiy qatlam so‘zlarini asosan ikki maqsadda qo‘llaydi:
1. Obraz ruhiy holatini kuchli ifodalash,
2. Ijtimoiy qatlamlar to‘qnashuvi va ziddiyatni kuchaytirish.
Misol uchun, quyidagi jumlalar obrazlardagi zo‘ravonlik, qo‘rquv, xavotir va
jahldan darak beradi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
526
“Och, qaniqi! – deb vahshat solardi u hansirab, – ochmasang, naq onangni...”
“Bu enangning mahriga tushganmidi, nega yirtding, it?!”
“Nega yirtding, deyman, gazanda!”
“Sensirama, ablah!”
“Safar svoloch yirtgan bo‘lsa, men nima qilay?!”
Ushbu ifodalarda “naq onangni”, “it”, “gazanda”, “ablah”, “svoloch” kabi so‘zlar
oddiy adabiy tildan tashqarida bo‘lsa-da, voqealarning hayotiyligiga, personajlarning
real muhitdagi tabiiy nutqiga xizmat qilmoqda. Shaxsiy hissiyotning keskinligi,
qahramonlar orasidagi ichki mojaro va jaholat holati aynan mana shunday stilistik
vositalar orqali ta’sirchan ifodalanadi. O‘zbek tilshunoslari fikricha, bunday leksik
qatlamdan mohirona foydalanish yozuvchining badiiy tilga bo‘lgan munosabati, xalq
og‘zaki nutqini chuqur bilishi, va obraz yaratishdagi realizmga intilishi bilan
bog‘liqdir. Tilshunos Sh.Rahmatullayev o‘z tadqiqotlarida shunday deydi: “Badiiy
adabiyotda me’yoriylikdan chekinish har doim salbiy emas, ba’zan obrazli
tafakkurning to‘laqonli ifodasidir.” Shuningdek, O. Akramov noadabiy qatlamdan
foydalanishda ikki qirrani ajratadi:
1. Obrazni individual qilish, ya’ni uni o‘zgalaridan ajratib ko‘rsatish.
2. Reallikni kuchaytirish, ayniqsa zamonaviy shahar hayotini, yoshlar yoki
muayyan ijtimoiy qatlamning tilini yoritishda.
Yuqoridagi sahifalarda Shodiyor obrazi aynan shunday qurilgan. U xalq tilida
so‘zlaydi, emotsiyalarga beriladi, tajovuzkor, qo‘pol, ammo hayotiy. Shuning uchun
o‘quvchi bu obrazni tasavvur qilishda qiynalmaydi. Yana bir stilistik jihat –
sinkretizmdir, ya’ni adabiy va og‘zaki nutqning qo‘shilishi. Quyidagi parcha bunga
misol bo‘ladi:
“To‘qqiz tiyin! Ah, o‘laman, to‘qqiz tiyinga halti... Mana, mana senga o‘n tiyin, bir
tiyinı siylov – suv olib ichasan!”
Bu yerda hazil, kamsitish, kulgi va alam birgalikda ifodalangan. “Tiyin”, “siylov”,
“o‘laman” kabi so‘zlar va ohang – badiiy emas, og‘zaki, ammo obrazga xosdir.
Noadabiy qatlamga oid leksik birliklar, ayniqsa zamonaviy o‘zbek nasrida,
realizm tamoyillariga xizmat qiladi. Ular obraz ruhiy holatini ko‘rsatish, ijtimoiy
ziddiyatlarni ochish, hayotiylikni ta’minlash vositasi sifatida muhim ahamiyatga ega.
Asarda yozuvchi bu qatlamni ishonarli, ehtiyotkor, ammo erkin tarzda qo‘llab, badiiy
tilning yangi ifoda imkoniyatlarini ochadi.
NATIJALAR
Yozuvchilar, ayniqsa realistik uslubda ijod qilgan adiblar, noadabiy qatlamdan
stilistik vosita sifatida keng foydalanadilar. N.S. Valgina ta’kidlashicha: “So‘zlashuv tili,
dialekt va vulgar so‘zlar yordamida yozuvchi nutqiy kontrastlar yaratadi. Bu esa
obrazlar orasidagi farqni, ijtimoiy kelib chiqishni, madaniy darajani aniqlashtirishga
xizmat qiladi.” O‘zbek adabiyotshunosligida bu masala ustida ishlagan olimlardan
yana biri – I. G‘aniyev bo‘lib, u yozuvchi tilidagi og‘zaki qatlamni asarda jonlilik va
realizm manbai deb baholaydi: “Yozuvchi asarida og‘zaki nutq elementlarini o‘rinli
qo‘llasa, bu obrazlar jonlanadi, o‘quvchi bilan emotsional aloqa yuzaga keladi. Lekin
bu unsurlar ortiqcha yoki joysiz ishlatilsa, badiiy asarning stilistik yaxlitligi buziladi.”
XULOSA
Yozuvchilar noadabiy qatlamga oid leksik birliklardan obraz yaratish, muhitni
jonlantirish, uslubiy rang-baranglik va emotsional ta’sir kuchini oshirish maqsadida
foydalanadilar. Ularning bu boradagi mahorati – bunday birliklarning matn tuzilishiga,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
527
obrazlar tizimiga va umumiy uslubga mos tarzda singdirilganidadir. Yozuvchi uchun
asosiy mezon – badiiy niyatga xizmat qilishi va o‘quvchiga tabiiy ta’sir etishidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Sultonov X. (2016). Yozning yolg‘iz yodgori. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi
adabiyot va sanʼat nashriyoti.
2.
Sultonov X. (2018). Ko‘ngil ozodadir. Toshkent: “Yangi asr avlodi” nashriyoti.
3.
Sultonov X. (2020). Saodat sohili. Toshkent: “Akademnashr”.
4.
Qodirova M. (2021). Xayriddin Sultonov asarlarida og‘zaki nutq unsurlarining
stilistik talqini. O‘zbek tili va adabiyoti, №4, 74–78.
5.
Normurodov A. (2022). Badiiy asarlarda noadabiy leksik qatlamning stilistik
funksiyasi: Xayriddin Sultonov ijodi asosida. Zamonaviy tilshunoslik, №2, 29–34.
6.
Qilichev M., Yusupova N. (2018). O‘zbek tilining stilistikasi. Toshkent: “Fan va
texnologiya” nashriyoti.
7.
Erkinov, A. (2020). Badiiy matnda og‘zaki nutq unsurlarining stilistik
xususiyatlari. Filologiya masalalari, №2, 45–50.
8.
Alimova D. (2017). Dialekt so‘zlarning badiiy matndagi funksional xususiyatlari.
O‘zbek tili va adabiyoti, №5, 62–66.
9.
Bozorov, S. (2019). So‘zlashuv uslubining badiiy asarlardagi namoyon bo‘lishi.
Til va adabiyot ta’limi, №3, 38–41.
10.
Galperin I.R. (1981). Stylistics. Moskva: Vysshaya Shkola.
11.
Vinogradov V.V. (1972). Stilistika. Poetika. Yazyk. Moskva: Nauka.
12.
Axmedov A. (2015). Badiiy matnda leksik variantlik va uslubiy maqsad.
Tilshunoslik islohoti, №1, 19–23.
