A linguopsychological study of patriarchal society's influence on gender roles

Abstract

This article defines the concept of gender and provides a brief overview of what the field of genderology studies, its connections with other disciplines, and the history of its development. Additionally, the influence of patriarchal society on gender roles is concisely and clearly illustrated through examples from literary works and Uzbek folk proverbs. The emotional experiences and psychological states of female and male characters are explored from a linguopsychological perspective.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
HAC
elibrary
doi
 
CC BY f
93-97

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Madrakhimova, M. (2025). A linguopsychological study of patriarchal society’s influence on gender roles. Foreign Linguistics and Lingvodidactics, 3(6/S), 93–97. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/133946
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article defines the concept of gender and provides a brief overview of what the field of genderology studies, its connections with other disciplines, and the history of its development. Additionally, the influence of patriarchal society on gender roles is concisely and clearly illustrated through examples from literary works and Uzbek folk proverbs. The emotional experiences and psychological states of female and male characters are explored from a linguopsychological perspective.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

A linguopsychological study of patriarchal society's
influence on gender roles

Maftuna MADRAKHIMOVA

1


Urgench State University named after Abu Rayhan Biruni

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025
Received in revised form

10 April 2025
Accepted 2 May 2025
Available online

25 June 2025

This article defines the concept of gender and provides a

brief overview of what the field of genderology studies, its

connections with other disciplines, and the history of its

development. Additionally, the influence of patriarchal society
on gender roles is concisely and clearly illustrated through

examples from literary works and Uzbek folk proverbs. The

emotional experiences and psychological states of female and

male characters are explored from a linguopsychological
perspective.

2181-3701

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss6

/S

-pp93-97

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

gender,

sociolinguistics,

linguo-psychology,
patriarchal society,

gender stereotypes,

psychological roles,

male speech,

female speech.

Patriarxal

jamiyatning

gender

rollarga

ta’sirini

lingvopsixologik jihatdan o‘rganish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlare

:

gender,

sotsiolingvistika,

lingvopsixologiya,

patriarxal jamiyat,

gender stereotiplar,

psixologik rollar,

erkak nutqi,

ayol nutqi.

Ushbu maqolada gender tushunchasiga ta’rif berilib,

genderologiya fani nimani tadqiq etishi, uning qaysi sohalar
bilan aloqasi borligin, mazkur soha rivojlanish tarixi haqida

qisqacha ma’lumot berib o‘tilgan.

Shuningdek, patriarxal

jamiyatning gender rolla

rga ta’siri adabiy asarlar, o‘zbek xalq

maqollari misolida qisqa va aniq keltirilgan. Ayol va erkak

obrazlarining hissiy kechinmalari hamda ruhiy holati

lingvopsixologik tomondan ochib berilgan.

1

PhD student, Urgench State University named after Abu Rayhan Biruni.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

94

Лингвопсихологическое

изучение

влияния

патриархального общества на гендерные роли

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

гендер, социолингвистика,

лингвопсихология,

патриархальное общество,

гендерные стереотипы,

психологические роли,

мужская речь,

женская речь.

В данной статье даётся определение понятия гендера,

а также раскрывается, что изучает наука гендерология,

с какими областями знаний она связана и кратко изложена

история

её

развития.

Также

кратко

и

чётко

проанализировано влияние патриархального общества на

гендерные роли на примерах литературных произведений

и

узбекских

народных

пословиц.

Эмоциональные

переживания и психическое состояние женских и мужских

образов раскрыты с лингвопсихологической точки зрения.

KIRISH

Til bu jamiyatning aks sadosi, psixologik tafakkur, madaniyat va ijtimoiy

normalarning ifodasidir. Gender rollari esa aynan til orqali avloddan-avlodga uzatiladi.

Patriarxal jamiyatlarda til ayol va erkaklarning ijtimoiy pozitsiyasini mustahkamlovchi

asosi

y vositaga aylanadi. Lingvopsixologiya shunday jarayonlarni o‘rganadi: odamning til

tanlovi, nutq ohangi, so‘z birikmalari orqasida qanday psixologik holat, ijtimoiy bosim

yoki madaniy identitet yotganini aniqlaydi. Ushbu maqolada patriarxal ijtimoiy tuzumda

erkak va ayol obrazlarining til orqali qanday shakllanishi, ularning o‘zini anglash va ifoda

etishdagi lingvopsixologik farqlari tahlil qilinadi.

ASOSIY QISM

Gender tushunchasi haqida gap ketar ekan, avvalo ushbu terminning o‘ziga

alohida to‘xtalib o‘tsak. Gender tushunchasi birinchi bor 1934

-yilda amerikalik

olim Margaret Mead tomonidan kiritilgan bo‘lib, uning

“Sex and Temperament in

Three Primitive Societies

kitobida biologik jinsni ijtimoiy jinsdan farqlash g‘oyasini ilgari

surgan. (1) Keyinchalik bu izlanish

gender munosabatlarini, jamiyatda erkak va ayol

o‘rtasidagi tenglik va farqlarning sabablarini o‘rganadigan fan

-

ya’ni Genderologiya

tashkil topishiga

ilk qadamlardan biri bo‘ldi. U

sotsiologiya

,

psixologiya

,

tilshunoslik

,

adabiyotshunoslik

,

madaniyatshunoslik

kabi sohalar bilan uzviy bog‘liq.

Genderologiya fan sifatida 1960

1970-

yillarda G‘arb sotsiologiyasida shakllana

boshlagan. Feministik harakatlar, ayollar huquqlari uchun kurashlar natijasida genderga oid

tadqiqotlar mustaqil ilmiy yo‘nalishga aylandi. “Gender” tushunchasi

- bu shunchaki biologik

jinsni emas, balki

jamiyat tomonidan erkak va ayolga yuklangan ijtimoiy, madaniy,

psixologik rollar

majmuasini anglatadi. Gender tushunchasi orqali insonning

ijtimoiy

identiteti

, o‘zini jamiyatda qanday tutishi, qanday kutishlar ostida yashashi va bu kutishlarga

qanday moslashishi tushuniladi. Biologik jins tug‘ilishda aniqlanadi, gender esa

ijtimoiy

konstruksiya

dir

–u tarbiya, madaniyat, din, til va an’analar orqali shakllanadi.

Genderni tilshunoslik bilan bogʻlagan yana bir olim daniyalik tilshunos Yens Otto

Yaspersen edi. Olim 1925-

yilda ayollar tili va erkaklar tili oʻrtasidagi farqlarni “Language:

I

ts Nature, Development and Origin” (Til: uning tabiati, rivojlanishi va yaralishi) nomli

kitobida batafsil yoritib berdi. Kitobda tilning jamiyatdagi roli, til tarixi, bolalar tili, chet

tilining ta’siri haqida batafsil yoritgan va shu bilan birga kitobnin

g butun bir bobi ayollar

va erkaklar tili oʻrtasidagi farqlarga bagʻishlangan. Olim ikki jins tili orasidagi farqlarni

fonetik jihatdan koʻrsata olmaganiga qaramasdan, soʻz boyligi, soʻz tanlashdagi jinslararo


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

95

farqlarni o‘zining bir qator tajribalari bilan

asoslab bergan. Tilshunos tilning ayollar

tomonidan qoʻllanishiga koʻpincha salbiy baho bergan. Yaspersen ta’kidlashicha,

ayollarning boʻrttirishga moyilligi tufayli ular koʻproq kuchaytiruvchi soʻzlardan

foydalanishadi va sintaksisga kelsak, ayollar koʻp

incha jumlalarni tugatmasliklarini

ta’kidlaydi, uning fikricha, bu nomukammal fikrlashdan kelib chiqadi: chunki ular oʻzlari

xohlagan narsani oʻylamasdan gapira boshlaydilar.

(2)

Shundan keyin bir qator rus tadqiqotchilari, shu jumladan; A.V. Kirilina, A.N. Telia,

M.S. Kolesnikova, I.I. Xaleeva, O.S. Kamenskaya, M.D. Gorodnikova, Robin Tolmach

Laffoflar ham tilda gender yondashuvga ahamiyat qaratishgan. Masalan A.V. Kirilina

genderga quyidagicha ta’rif bergan va bizning fikrimizcha, ushbu tarif gender

tush

unchasi mohiyatini toʻliq ochib bergan:

“Zamonaviy ma’noda gender individual biologiyaning natijasi yoki u yoki bu turdagi

shaxs boʻlishga moyillik emas. Aytishimiz mumkinki, bu umuman individual xususiyat emas,

balki har bir inson bir qismi boʻlgan jamiyat tomonidan oʻrnatilgan tartibdir. Gender

shaxsni ma’lum bir tarixiy bosqichda ma’lum bir jamiyatda qabul qilingan erkaklik yoki

ayollikning ijtimoiy va madaniy jihatdan aniqlangan modeliga “singdirish” jarayonini ham,

natijasini ham aks ettiradi. Shunday

qilib, konseptual nuqtai nazardan, gender “jinsning

tabiiy dominantini emas, balki ijtimoiy-

madaniylik”ni ta’kidlaydi

(3).

O‘zbek izlanuvchilari ham gender masalalarga alohida e’tibor qaratgan, jumladan,

M.Xudoyberganov gender stereotiplarini o‘rgangan.

Jamiyatda mavjud bo‘lgan

gender

stereotiplari

bu erkak va ayollarga nisbatan oldindan shakllangan, odatda bir

tomonlama yoki cheklovchi tasavvurlardir. Masalan:

“Erkak yig‘lamaydi.”

“Ayol boshqaruvchi bo‘la olmaydi.”

“Ayol go‘zalligi bilan baholanadi, erkak esa kuchi bilan.”

Bu stereotiplar insonning o‘zini anglashiga, til orqali o‘z fikrini erkin bildirishiga,

shuningdek, ijtimoiy o‘zini tutishiga ta’sir qiladi. (4)

Jamiyatda shaxsning o‘zini anglashida til muhim vosita sanaladi. Til orqali shaxs o‘z

ij

timoiy rolini ifodalaydi, o‘zligini anglaydi va unga mos ravishda psixologik portretini

shakllantiradi. Ayniqsa, gender rollar va patriarxal stereotiplar hukmron bo‘lgan muhitda

til va psixologiya o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqroq namoyon bo‘ladi. Patriarxal

jamiyatda

erkak obrazining shakllanishi

bu ijtimoiy ongda tarixiy, madaniy va psixologik jihatdan

mustahkamlangan tasavvurlar asosida yuzaga kelgan murakkab jarayondir. (5)

Patriarxal tizimning ta’siri alohida ahamiyatga ega, chunki bu erkaklar ustunlik

qiladigan ijtimoiy tizim bo‘lib, unda erkaklar yetakchi, hukmron, kuchli, aqlan ustun, ruhiyati

barqaror deb hisoblanadi. Bunday stereotiplar ijtimoiy ongga chuqur singib ketg

an bo‘lib, til

va muloqot vositalarida ham o‘z aksini topadi. Masalan, o‘zbek tilida ishlatiladigan “Erkak

yig‘lamaydi”, “Erkak gapidan qaytmaydi”, “Erkak bo‘lsa, shunday bo‘l!” kabi maqollar

shaxsga jamiyat tomonidan yuklatilgan talab va kutilmalarni ifod

alaydi. Ayollar bo‘lsa

mehribon, sabrli, itoatkor bo‘lishi kerak

doim muloyim, yumshoq muomala qilishi,

kechirishga tayyor bo‘lishi kutiladi.

Ayolning asosiy vazifasi

ona bo‘lish va uy ishlarini

bajarish

. Bu stereotiplar o‘zbek maqollarida ham o‘z aksini

topadi;

Misol (maqol):

“Ayol sabr bilan uyni tutar.” (6)

Mazkur yondashuv bevosita lingvopsixologiyaning asosiy yo‘nalishiga to‘g‘ri

keladi, ya’ni

jamiyatdagi psixik omillar va tilning o‘zaro ta’siri orqali insoniy

identitet shakllanishi

.

Patriarxal qadri

yatlar shaxs psixikasiga ta’sir qilgani kabi,

ularning

nutqdagi ifodasi

lingvopsixologik jihatdan o‘rganilishi lozim.

Lingvopsixologiya


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

96

insonning til orqali o‘z ichki dunyosini qanday aks ettirishi, ijtimoiy

-madaniy kontekstda

o‘zini qanday identifikatsiya

qilishi bilan shug‘ullanadi. Patriarxal jamiyatda erkaklar

o‘zini “ideal erkak” modeli asosida anglashga va shu modelga moslashishga harakat

qiladi. Bu holat erkaklarning nutqida irodalilik, qat’iylik, hissiyotlarni yashirish kabi til

birliklari orqali ifodalanadi. (6)

Masalan, erkaklar orasida “yumshoq”, “nozik”, “mayin” kabi so‘zlardan qochish, o‘z

fikrini ko‘proq buyruq ohangida yoki lo‘nda tarzda bildirish holatlari kuzatiladi. Bu holat

tilni o‘rganish orqali shaxs psixologiyasini va ijtimoiy bosimni anglash imkonini beradi.

Erkak obrazining shakllanishida adabiyot, ommaviy mad

aniyat va xalq og‘zaki ijodi

muhim o‘rin tutadi. O‘zbek adabiyotida, ayniqsa folklorda, erkaklar doim kuchli, jasur,

jasoratli, boshqaruvchi sifatida tasvirlanadi. Bunday tasvirlar bolalikdan ongga

singdiriladi va natijada erkaklar bu idealga mos kelishga urinadi, bu esa ularning

psixologik bosim ostida qolishiga olib keladi.

Misol uchun, “Alpomish” eposida Alpomish jasorat, sadoqat va kuch timsoli sifatida

tasvirlanadi. Bu obrazlar jamiyatda erkakdan nimani kutishlari haqida aniq

lingvopsixologik model yaratadi (7).

Ayol va erkak obrazlarining lingvopsixologik jihatlari tahliliy qarama-

qarshiliklar shuni ko‘rsatadi

-ki:

Ayol nutqi: emotsional, o‘zini fido qilishga tayyor, lekin ezilgan

“Mehrobdan chayon” romanidagi Zebi obrazini

tahlil qiladigan bo‘lsak, uning

nutqi va ruhiy holatida ijtimoiy bosim, ayollik hissiyotlari, ichki ezilish va bo‘ysunuv

motivlari yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Misol (roman matnidan):

“...Men endi baxtsizman, otamni yodga olib, qop

-

qora tunlarda yig‘layman...”

Bu satr Zebi nutqida hissiyot, ichki iztirob va o‘z taqdiriga taslim bo‘lish psixologiyasini

ochib beradi. (8)

Zebi ko‘p hollarda

o‘zini emas, boshqalarning hukmini ustuvor ko‘radi

, bu ayol

obraziga patriarxal jamiyat tomonidan yuklatilgan “sabrli, irodasiz” rolni aks ettiradi.

Erkak nutqi: nazorat, buyruq, hisni bostirish

Asardagi erkak obrazlar (Muhsinbek, Xoliqbek) asosan

nutq orqali nazoratni

ifoda etuvchi

, o‘z emotsiyasini yashiruvchi va o‘zini jamiyatda muhim deb biluvchi

shaxslardir.

Misol (Muhsinbek):

“Sen kimsan menga ‘yo‘q’ deyishga?! Ayol kishi bunga jur’at qilmasin!”

Bu gap

orqali erkak obrazi ijtimoiy jihatdan ustun, buyruq beruvchi, ayolni tobe sifatida

ko‘ruvchi pozitsiyani egallaydi. (8)

Muhsinbekning nutqi:

Imperativ (buyruq-ohang)

So‘z tanlashda keskinlik

Hisni ifoda etmaydi

Ayol obrazlarida nutq ko

pincha ichki mojaroga asoslanadi: ular jamiyat talabiga

moslashish va o

z istaklarini yashirish o

rtasida bo

ladi. Bu esa lingvopsixologik

zo

riqishga olib keladi. Zebi

sevgi va ijtimoiy majburiyat o

rtasida eziladi, bu uning

nutqida o

zini ayblov, past baholash, sukut va ko

z yoshlari orqali namoyon bo

ladi.

Erkak obrazlari esa his-tuyg

ularni yashirish orqali o

zlarini

erkaklik

me

yorida

tutishga harakat qiladi. Bu esa ularni ham ichki ijtimoiy ziddiyatlarga olib keladi.

Xoliqbek misolida, tashqaridan qat

iyatli tuyulsa-da, ichki ruhiy parokandalik namoyon


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

97

bo

ladi. Shuni aytish joiz-ki ayol va erkaklarning nutqidagi tafovutlarni

ixtiyoriy emas

,

balki

jamiyat bosimi ta

sirida shakllangan psixologik til akti

sifatida tahlil qilishgan.

Bu holat lingvopsixologiyada “

kontekstual til va psixologik moslashuv

” deb ataladi. (9)

Ayol va erkak tilidagi tafovutlar nafaqat grammatik darajada, balki psixologik

holatda ham namoyon bo‘ladi. Ayollar jamiyatda til orqali o‘z his

-

tuyg‘ularini ifoda

etishda nisbatan erkinroq bo‘lishsa

-

da, ular ko‘pincha “ortiqcha gapiradi”, “nizo

chiqaradi” kabi stereotiplarga duch keladi.

Erkaklar esa til vositasida ichki dunyosini erkin ifoda eta olmaydi. Bu esa stress,

depressiya va kommunikativ nosog‘lomlikka olib keladi. Gender rollar erkak va ayolning
tilidagi natural rivojlanishni to‘sib qo‘yadi. (10)

XULOSA

Gender

bu biologik emas, balki ijtimoiy, madaniy va psixologik konstruksiyadir.

Genderologiya fani bu konstruksiyaning qanday shakllanishini, qanday ijtimoiy,

tilshunoslik va madaniy omillar orqali mustahkamlanishini tahlil qiladi. O‘zbek tilida

gender stereotipl

ari ko‘p yillik patriarxal madaniyat ta’sirida shakllangan bo‘lib, ular

shaxsning til orqali o‘zini anglashiga, jamiyatdagi o‘rnini belgilashiga ta’sir etadi. Bu
jarayonni chuqurroq o‘rganish tilshunoslik va psixologiya kesishmasida muhim ilmiy

yondashuvdi

r. “Mehrobdan chayon” romani misolida erkak va ayol obrazlarining

lingvopsixologik tahlili

shuni ko‘rsatadiki, patriarxal tuzum insonning faqat ijtimoiy

emas, balki ruhiy, til orqali namoyon bo‘ladigan ichki holatini ham shakllantiradi.

Erkaklar

nutq orq

ali o‘z ustuvorligini ko‘rsatishga majbur; ayollar esa –

muloyimlik,

shubha va itoat orqali ijtimoiy mezonlarga moslashishga majbur bo‘ladi. Til bu yerda

ruhiy muvofiqlashuv vositasi

sifatida xizmat qiladi. Shu bois gender stereotiplarini

yo‘qotish faqat i

jtimoiy emas, balki lingvopsixologik tahlil orqali amalga oshirilishi

mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Margaret Mead. Sex and Temperament in Three Primitive Societies, 1934

2.

Jespersen O. Language: Its Nature, Development and Origin.

London: Allen and

Unwin, 1922.

443 p.

3.

Кирилина А.В. Гендер: Лингвистические аспекты. –

Москва: Институт

социологии РАН, 1999. –

189 c.

4.

Xudoyberganov M. O‘zbek tilida gender lingvistikasi va stereotiplar.

2021.

5.

Fairclough, N. Language and Power. London: Longman, 1989.

6.

Qodirova X. Maqollar tarkibida gender stereotiplar.

Tilshunoslik yangiliklari. 2020.

7.

Bahodir Sarimsoqov. “Alpomish –

o‘zbek xalq qahramonlik eposi”, Fan

nashriyoti, 1999.

8.

Қодирий

А. Меҳробдан чayon. –

Тошкент: Ғафур Ғулом нашriyоти. 1929

9.

Jo‘

rayev Sh. Til va jamiyat: Gender yondashuv.

O‘zbek tili va adabiyoti.

2019.

10.

Tannen, D. You Just Don’t Understand: Women and Men in Conversation.

New

York: Ballantine, 1990.

11.

http/dis.natlib.uz/ru

12.

http/ziyonet.uz

References

Margaret Mead. Sex and Temperament in Three Primitive Societies, 1934

Jespersen O. Language: Its Nature, Development and Origin. — ¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬------London: Allen and Unwin, 1922. — 443 p.

Кирилина А.В. Гендер: Лингвистические аспекты. — Москва: Институт социологии РАН, 1999. —189 c.

Xudoyberganov M. O‘zbek tilida gender lingvistikasi va stereotiplar. 2021.

Fairclough, N. Language and Power. London: Longman, 1989.

Qodirova X. Maqollar tarkibida gender stereotiplar. – Tilshunoslik yangiliklari. 2020.

Bahodir Sarimsoqov. “Alpomish — o‘zbek xalq qahramonlik eposi”, Fan nashriyoti, 1999.

Қодирий А. Меҳробдан чayon. – Тошкент: Ғафур Ғулом нашriyоти. 1929

Jo‘rayev Sh. Til va jamiyat: Gender yondashuv. – O‘zbek tili va adabiyoti. 2019.

Tannen, D. You Just Don’t Understand: Women and Men in Conversation. New York: Ballantine, 1990.

http/dis.natlib.uz/ru

http/ziyonet.uz