Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Improving the pedagogical conditions of students during
the internationalization of higher education institutions
Shokhista DONIYOROVA
Uzbek-Finnish Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2023
Received in revised form
10 August 2023
Accepted 25 September 2023
Available online
15 November 2023
This article examines the educational services offered by
higher education institutions to improve the pedagogical
conditions of students in the process of internationalization.
The problems of the process of internationalization of
educational programs in modern higher education are
discussed.
2181-3701
/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol1-iss5-pp38-40
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
internationalization,
international educational
programs,
university students,
academic mobility.
Oliy ta’lim muassasalari xalqarolashuvida
talabalarning
pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
xalqarolashuv,
xalqaro ta’lim dasturlari,
oliy ta’lim muassasalari
talabalari,
akademik harakatchanlik.
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari
xalqarolashuv
jarayonida
talabalarning
pedagogik
shart-sharoitlarini
takomillashtirish uchun taklif qilinayotgan ta’lim xizmatlari
haqida fikr yuritilgan. Bugungi kun oliy ta’limda ta’lim
dasturlarini xalqarolashuvi jarayonida turgan muammolar
haqida so‘z yuritilgan.
Улучшение педагогических условий студентов при
интернационализации высших учебных заведений
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
интернационализация,
международные
В данной статье рассматриваются образовательные
услуги, предлагаемые высшими учебными заведениями
для улучшения педагогических условий студентов
1
Teacher, Uzbek-Finnish Pedagogical Institute.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
39
образовательные
программы,
студенты вузов,
академическая
мобильность.
в процессе интернационализации. Обсуждаются проблемы
процесса
интернационализации
образовательных
программ в современном высшем образовании.
KIRISH
O‘zbekistonning so‘ngi o‘n yillik mobaynida iqtisodiyot, jamiyat globallashuvi va
mintaqaviylashuvining kuchayishi oliy ta’limda xalqarolashtirishga yanada strategik
yondashish uchun sharoit yaratdi. Mamlakatimiz bu borada “Oliy ta’lim tizimini
2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini markaziy
Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi “xab”ga aylantirish uchun zarur
chora tadbirlar ishlab belgilab berildi. Bu borada oliy ta’lim muassasalari
xalqarolashuvida talabalarning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish muhim
jihatlardan biridir.
ASOSIY QISM
Xalqarolashuv oliy ta’limda, rivojlangan va rivojlanayotgan jamiyatlarda asosiy
o‘zgarishlar jarayoniga aylandi. Har bir davlatning Oliy ta’lim muassasalari ta’lim
tizimining belgilangan maydonlarida turlicha farq qiladi. Xalqarolashuv, bu sohada global
jamiyatning bitta jihatidir va oliy ta’limning yuksak darajada takomillashtirilishini talab
qiladi. Shu sababli, talabalarning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishda
quyidagi tahlillar ketma ketligini bayon qilishimiz zarurdir:
–
oliy ta’lim muassasalari o‘zining maqsad va vazifalari boyicha tuzilgan, talabalar
va o‘qituvchilar uchun o‘quv jarayonini o‘rganish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga
ega bo‘lib, xalqarolashishga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
–
xalqarolashuv talabalar uchun xalqaro aloqalar va xalqaro maydonda ish bilan
ta’minlanish imkoniyatlarini ochishi uchun o‘z navbatida o‘quv jarayonining sifatini
oshirish;
–
xalqaro talabalarning pedagogik shart-sharoitlarini yaratishda har bir talabaning
individual o‘quv jarayonini yaratish va ularning qo’llab quvvatlash;
–
talabalarning ilmiy jihatlarda o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda
mustahkamlashlari, ilm-fan sferalariga taalluqli fikr olishlari uchun qulay muhit
yaratilishi;
–
talabalar o‘z fikrlarini izhor qilish va ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatiga
ega bo‘lishi uchun mustaqil fikrlashni rivojlantirish;
–
xalqaro konferensiyalar, forumlar va tanlovlar orqali talabalarning
xalqarolashuvda ishtirok etishining muhimligini tushuntirish;
–
xalqaro ta’lim dasturlari tashkil etish, dunyo bo‘ylab ta’lim olishning yangi
yo‘nalishlarini ochish uchun muhimdir.
NATIJALAR VA TAKLIFLAR
O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, xalqarolashuv jarayonida barcha
pedagogik shart-sharoitlarning bir-
birini to‘ldirishi va o‘zaro bog‘liqligi mavjud bo‘lib,
ular ikki toifaga bo‘linadi. Birinchi toifaga ko‘ra, pedagogik
shart-
sharoitlarni ta’minlash
xalqaro ta’lim hamjamiyatini shakllantirish jarayonida sodir bo‘ladi, uning asosiy
maqsadi xalqaro fan va ta’lim sohasi sub’yektlarining ta’lim dasturlari mazmunini
ta’minlashga tayyorligini shakllantirishdir. Ushbu jarayon doirasida talabalar uchun
akademik mobillik dasturlari amalga oshirilmoqda, buning natijasi ishtirokchilarda
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
40
global kompetensiya ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning innovatsion ta’lim
texnologiyalarini egallashi hamda o‘quv
-
metodik qo‘llab
-quvvatlash materiallarini ishlab
chiqishdir.
Ikkinchi toifaga ko‘ra, pedagogik shart
-
sharoitlarni ta’minlash ta’lim faoliyati
jarayonida amalga oshiriladi, uning doirasida xalqaro ilmiy va ta’lim sohasi
sub’yektlarining birgalikdagi faoliyati jarayonida ta’lim dasturi amalga oshiriladi. Ushbu
o‘zaro bog‘liq jarayonlarni amalga oshirish natijasida ta’lim dasturlarini xalqarolashuvi
to‘liq tarzda sodir bo‘ladi.
Shunday qilib, xalqarolashuvning asosiy pedagogik sharti sub’yektlarning ushbu
jarayonga tayyorligi quyidagilarda ko‘rinadi:
–
ta’lim natijasi sifatida global kompetensiyani shakllantirish;
–
ta’limda innovatsion yondashuvlardan foydalanish;
–
akademik harakatchanlikni tashkil etish pedagogik shart-sharoitlari asosiy
pedagogik shartga o‘zaro bog‘liqdir.
Ta’lim dasturlarini xalqarolashuvi bo‘yicha xalqaro ta’lim sohasi sub’yektlarining
o‘zaro hamkorligini tashkil etish usuli oliy ta’lim muassasalarida xalqarolashuvga ta’sir
qiluvchi ta’lim hamjamiyatlarini shakllantirishni ta’minlaydigan ta’lim dizayni ekanligini
aniqladik va asoslab berdik. Oliy ta’lim muassasalari, xalqaro ta’lim dasturlarini
mustahkamlash orqali talabalarni dunyo bo‘ylab integratsiya qilish, shaxsiy
rivojlanishlarini ta’minlash va ijtimoiy ma’naviyatni shakllantirishlari uchun katta
imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu bo‘yicha davlatlar, xalqaro tashkilotlar va oliy ta’lim
muassasalari birgalikda ishlashlari bu esa oliy ta’lim muassasalarida xalqarolashuvida
talabalarning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish uchun juda muhimdir.
XULOSA
Oliy ta’lim muassasalari xalqarolashuvida talabalarning pedagogik shart
-
sharoitlarini takomillashtirish bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarini dunyo reytingida
munosib o‘rinni egallashi uchun, xalqaro ta’lim xizmatlarini taklif etishi, xalqaro
talabalarga
pedagogik
shart-sharoitlarni
yaratib
borishi,
mamlakatimizdagi
ajdodlarimizdan qolgan boy ilmiy merosni va bugungi kunda yaratilayotgan
imkoniyatlarni xalqaro maydonga olib chiqishi uchun zarurdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Altbach, P. G. (2002). Knowledge and education as international commodities.
International Higher education, 28,2-5.
2.
Xalqaro Ta’lim va Ma’naviyatni Mustahkamlash: Texnologik Muassasalar va
Kolinli Pedaqogika. (J.W. Meyer, 2000).
3.
Oliy Ta’lim Muassasalari O‘quvchilarining Xalqarolashuvi: Nazariy va Amaliy
Maslahatlar. (P. W. Cookson, 2018).
4.
Astin, Alexander W. and Helen S. Astin (1999). Meaning and Spirituality in the
Lives of College Faculty: A Study of Values, Authenticity, and Stress. Los Angeles: Higher
Education Research Institute.
5.
Dalton, Jon C. (2001). Career and Calling: Finding a Place for the Spirit in Work
and the Community in The Implications of Student Spirituality for Student Affairs
Practice, 17-26.