Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Research of issues of cooperation of family and
educational institutions in international evaluation
studies
Akramjon MATKARIMOV
Research Institute
“
Family and Women
”
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2023
Received in revised form
10 September 2023
Accepted 25 October 2023
Available online
15 December 2023
The article examines the socio-pedagogical aspects of family
and educational institutions in international assessment
studies. Based on scientific sources, it is analyzed that the family
environment, the formation of educational resources in the
family, and the pedagogical competence of parents are crucial
for a student’s success in education.
2181-3701
/©
2023 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol1-iss6-pp9-14
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
family,
school student,
educational environment in
the family,
international evaluation
studies,
educational resources of the
family.
Xalqaro baholash tadqiqotlarida oila va ta’lim muassasasi
hamkorligi masalalari tadqiqi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
oila,
o‘quvchi,
oiladagi ta’lim muhiti,
xalqaro baholash
tadqiqotlari,
oilaning ta’lim resurslari.
Ushbu maqolada xalqaro baholash tadqiqotlarida oila va
ta’lim muassasasi hamkorligining ijtimoiy
-pedagogik jihatlari
yoritilgan. O‘quvchining ta’limda muvaffaqiyatga erishishida
oila muhiti, oiladagi ta’lim resurslarining shakllanganligi hamda
ota-onalarning pedagogik kompetensiyalari hal qiluvchi
ahamiyatga ekanligi ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan.
1
Doctoral student, Doctor of Philosophy in Pedagogical Sciences (PhD), Research Institute "Family and Women"
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
10
Исследование вопросов сотрудничества семьи и
образовательных учреждений в международных
оценочных исследованиях
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
семья,
школьник,
образовательная среда
в семье,
международные
оценочные исследования,
образовательные ресурсы
семьи
.
В статье рассмотрены
социально
-
педагогические
аспекты семьи и образовательных учреждений в
международных оценочных исследованиях. На основе
научных источников проанализировано, что решающее
значение для успешности ученика в образовании имеют
семейная среда, формирование образовательных ресурсов
в семье, педагогическая компетентность родителей.
Bugungi kunda respublikamizda milliy ta’lim mazmunini takomillashtirish, maktab
ta’limini isloh qilish, o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularda muvaffaqiyatga
erishish
uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish kabi ijtimoiy
-pedagogik
vazifalarning dolzarbligi ortib bormoqda. Buning uchun pedagogik nuqtai nazardan o‘quv
dasturlari, darsliklar, o‘qitish metodikasi va ta’lim natijalarini baholash tizimini
zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha islohotlar olib borish zarurat bo‘lib
borayotgan bo‘lsa, ijtimoiy jihatdan o‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyatini
ta’minlashda oila institutini ahamiyatini oshirish, maktab va oila hamkorligini
mustahkamlash, ta’lim olishdagi ijtimoiy tenglik kabi masalalar dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy
ta’lim tizimlarida fanlarni o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyalari [1], O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030
-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi [2], 2019-yil
29-
apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030
-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–
5712-
sonli Farmoni [3] bilan milliy ta’lim
mazmunini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, o‘quvchilarning sifatli ta’lim
olishi va muvaffaqiyatga erishishining ijtimoiy-pedagogik jihatlarini ham qamrab olgan.
Xalqaro baholash tadqiqotlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va inson kapitalini
rivojlanganligining mavjud va zaruriy holatini umumta’lim muassasalari o‘quvchilarida
tayanch kompetensiyalarini shakllanganlik darajasi, ularning ta’lim olishining ijtimoiy
-
pedagogik jihatlariga bog‘lagan holda aniqlaydi. Tayanch kompetensiyalar ijtimoiy
me’yor sifatida ham talqin qilinishi mumkin bo‘lib, bu tushuncha o‘quvchining kundalik
-
amaliy faoliyatda mustaqil hayot kechirishi uchun lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma,
malakalarning umumlashmasini tavsif etadi. Pedagogik amaliyotda xalqaro tajribalarni
milliy ta’lim tizimiga tatbiq etish samaradorligi jamiyatdagi ijtimoiy rivojlanish
tendensiyalari o‘rganilganligi hamda shu jihatlarni hisobga olgan holda ta’limdagi
islohotlarni rejalashtirish bilan uzviy bog‘liq.
PISA xalqaro baholash tadqiqotining 2018-yildagi texnik hisobotida tadqiqotning
ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari batafsil bayon etilgan. Mazkur hisobotda
PISA iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy holat indeksi (ESCS) atamasi qo‘llanilgan. Ijtimoiy
-iqtisodiy holat
–
bu o‘quvchilar uchun mavjud bo‘lgan moliyaviy, ijtimoiy va madaniy resurslarni va
o‘quvchining oilasi / uy xo‘jaligining ijtimoiy mavqeini aks ettirishga qaratilgan keng
tushunchadir. PISA xalqaro baholash tadqiqotida o‘quvchining ijtimoiy
-iqtisodiy holati
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
11
PISA iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy holati indeksi (ESCS) bo‘yicha baholanadi,
bu o‘quvchilar uchun mavjud bo‘lgan moliyaviy, ijtimoiy va madaniy resurslarni yagona
ballga birlashtiradi. Amalda, u o‘quvchilarning oilasi bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta
ko‘rsatkichlardan kelib chiqadi, ular keyinchalik uchta komponentga birlashtiriladi: ota
-
onalarning ma’lumoti, ota
-onalarning kasblari va moddiy boylik yoki ishonchli shaxs
sifatida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan bir qator uy
-joy mulklarini umumlashtiruvchi
indeks. Moddiy kapital, masalan, avtomobilga egalik qilish, uyda o‘qib
-
o‘rganishi uchun
yetarlik xonaning mavjudligi, internetga ulanganlik, uyda mavjud bo‘lgan kitoblar va
boshqa ta’lim resurslari [8; 34].
Shuningdek, xalqaro baholash tadqiqotlarida “o‘quvchilarning ta’limdagi
muvaffaqiyati” tushunchasi keng qo‘llanilgan bo‘lib, o‘quvchining ta’lim mazmunini
mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘llay olishini ko‘rsatadi. O‘quvchilarning
ta’limdagi muvaffaqiyatini ta’minlashning ijtimoiy aspektlari ilmiy asoslangan mezonlar
asosida baholanadi. Mazkur mezonlarga quyidagilar kiradi:
–
o‘quvchining ijtimoiy kelib chiqishi;
–
ta’lim olishning o‘z hayotidagi ahamiyatini tushunishi;
–
umumta’lim muassasasi
-oila hamkorlik mexanizmining samaradorligi;
–
oilalarda ta’limiy qadriyatlarning
rivojlanganligi;
–
ijtimoiy, akademik va madaniy resurslarning mavjudligi va ulardan
foydalanishning mavjud holati.
Oila va uning ma’naviy
-
iqtisodiy farovonligi bir vaqtning o‘zida shaxsning axloqiy
-
ruhiy barkamolligiga va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga olib keladi. Shu bois oila
va undagi hayotning turli jihatlarini tadqiq qilish ham ilmiy, ham amaliy nuqtai nazardan
katta ahamiyatga ega [4; 50].
V.M. Karimova oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarni yuqori darajada shakllangan
ijtimoiy tasavvurlar deb atagan. Oilaviy ijtimoiy tasavvurlar- shaxsning shunday
tasavvurlar tizimiki, ular vositasida shaxs oila tushunchasi atrofidagi barcha hodisa va
ob’yektlarni tushunadi va ularga nisbatan ma’lum munosabatni
shakllantirgan bo‘ladi
(ijtimoiy ustanovka). Ular ijtimoiy bo‘lgani uchun ham oilaviy hayotning deyarli barcha
sohalari-
o‘zaro munosabatlar, oilaviy rollar, reproduktiv xulq
-
atvor. Oila a’zolarining
shaxsiy fazilatlari haqidagi tasavvurlarini o‘z ichiga oladi [7; 324].
Oila
–
fuqarolik jamiyatining qadimiy institutlaridan biri bo‘lib, rivojlanishning
murakkab yo‘lini bosib o‘tgan. Oila deganda kichik bir kishilik jamiyatni tushunish kerak,
erkak va ayolning ittifoqi bu jamiyatning asosini tashkil etadi. Bu oila bir ayol va erkak
yoki bir necha ayol va erkaklardan iborat ittifoqda tug‘ilgan farzandlardan tashkil topib,
ular o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlar bo‘lishi va ushbu huquq va majburiyatlar
urf-
odatlar yoki qonun bilan tartibga solinishi mumkin. Ushbu oilalar bir ro‘zg‘or ostida
yashashi yoki oilaviy guruhlar sifatida bir necha uylarda yashashi mumkin bo‘lgan
[9; 31]. Ta’lim nuqtai nazaridan esa, oila dastlabki va bir umrlik “ta’lim muassasasi”
vazifasini o‘tab, farzandlarda ta’limiy qadriyatlarni shakllantiradi. Oilada ta’lim, intellekt,
ta’limiy resurslarning ustuvorlikka egaligi, ota
-
onalarning ta’limiy munosabatlari
farzandlar uchun namuna va hayotiy
strategik yo‘nalish sifatida shakllanib boradi.
Rossiyalik olim G.F. Shershenevich
“Oila –
nikoh orqali birlashgan va ittifoq tuzgan
shaxslar va ulardan tug‘ilgan shaxslar ya’ni er, xotin va farzandlarning birgalikdagi
yashashidir” ,[11; 259] deb ta’kidlab o‘tgan. Olim shaxs sifatida shakllantiruvchi eng
muhim muhit sifatida ta’limiy muhitni ham nazarda tutadi.
Aslida, oila farzandlarning
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
12
ta’limga bo‘lgan munosabatini shakllantirish tarbiyaning bir turi sifatida qarash mumkin
bo‘ladi. Farzandlarda ta’limga nisbatan qadriyatli munosabatni rivojlanishi ularning
shaxs sifatida ham, jamiyatdagi faol fuqaro sifatida ham bo‘lajak mutaxassis sifatida ham
ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy-
siyosiy hamda kasbiy munosabatlarning sifat ko‘rsatkichini
ta’minlab, ularda mas’uliyatlilik, javobgarlik, o‘z manfaatidan xalq manfaatini yuqori
qo‘yish kabi xususiyat va qadriyatlarni tarkib toptiradi.
Z.Ya.
Matveychikning ta’kidlashicha, oilaning tarbiyaviy ahamiyati o‘z ichiga bir
necha aspektlarni qamrab oladi:
–
bola shaxsini shakllantirish;
–
oilaning har bir a’zosiga ularning butun hayoti davomidagi tarbiyaviy ahamiyati;
–
farzandlarning o‘z ota
-
onalari va oilaning boshqa katta a’zolariga ta’siri[10; 58].
Bir qator olimlar oilaning iqtisodiy funksiyasi mavjud ham nazarda tutib o‘tishgan,
ular bu orqali avloddan-
avlodga professional bilimlar, tajriba, ko‘nikmalarning qolishini
nazarda tutiladi. Bu ham oilaning akademik resursi hisoblanadi.
Oilaning ijtimoiy ahamiyati shundaki, u aholining jismoniy va ruhiy tarbiyasi va
mehnat resurslarining yuzaga kelishi hamda bir maromda davom etishi hisoblanadi. Oila
davlat oldida ham ma’lum bir vazifalarni amalga oshiradi. Bular reproduktivlik va
tarbiyaviy funksiyalar hisoblanadi. Bundan tashqari, oilaning muhim funksiyalari
qatoriga iqtisodiy kommunakativ, qulaylik va dam olishni tashkil qilish hisoblanadi.
Oilaning jamiyatda ijtimoiy mexanizmini yuzaga keltirishdagi o‘rni beqiyosdir. Bu har
doim rivojlanib boruvchi yaxlit organizm bo‘lib, o‘z rivojlanishi jarayonida bir necha
bosqichlarni bosib o‘tgan. Unda ya’ni oilada farzandlar dunyoga keladi, dastlabki
adaptatsiyani o‘taydi, tarbiyalanadi, ta’lim oladi, muhimi farzandlarning o‘zlariga o‘z
oilalarini shakllantirishga imkon paydo bo‘ladi, qariya ota
-onalarning qarilik davrini
boshidan kechirish bosqichi ham mavjud bo‘lgan. Oilaning muvaffaqiyati, uning
mustahkamligidir jamiyatning ijtimoiy rivoji, aholi miqdori va uning sifatiga bog‘liqdir.
Olima Q. Abdurasulova hozirgi davrdagi oilaviy munosabatlar sohasidagi
o‘zgarishlarni quyidagicha keltirib o‘tadi.
•
oila a’zolarining soni kamayib bormoqda (tug‘ilishning kamayishi hisobiga ushbu
ko‘rsatkich kamayib bormoqda);
•
oilaning ijtimoiy va madaniy qiymati tushib bormoqda;
•
oilaning jamiyatdan ajralish va o‘z qobig‘ida o‘ralib qolishga intilishi sodir
bo‘lmoqda;
•
nikohdan ajralishlar soni oshib, noqonuniy tug‘ilgan farzandlar soni
ko‘paymoqda;
•
muvaffaqiyatsiz tuzilgan oilalar ko‘paymoqda;
•
ota-onalarning pedogogik tajribasi va mahorati kamayib bormoqda [5; 23].
Olima tomonidan sanab o‘tilgan holatlardan kelib chiqqan holda, so‘nggi sanab
o‘tilgan masala tadqiqotimiz mavzusi uchun dolzarbligini keltirib o‘tishimiz mumkin.
Ota-onalarning pedagogik tajribasi va mahoratining kamayib borishi jamiyat hayoti
uchun katta xavflardan biri hisoblanadi.
Oilaning ta’lim resurslarini oila a’zolari tomonidan farzandlarining ta’lim olishi
uchun xizmat qiladigan ta’lim vositalari, materiallari va texnologiyalari tashkil etadi.
Ta’lim resurslar farzandlarni bilimlarni o‘zlashtirishi, mustaqil ta’lim olish jarayonini
ta’minlash va qo‘llab
-
quvvatlash, o‘rganish strategiyasini egallashga yordam beruvchi,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
13
jamiyatning yangi talablaridan kelib chiqqan holda yangi innovatsion texnologiyalardan
foydalanish (virtual ta’lim texnologiyalari va ulardan foydalanish uchun imkoniyat),
o‘qitish metodikasini o‘zgartirish, yangi talabalar uchun tayyorlash, fanlar bilan bog‘liq
barcha ko‘nikmalarni o‘rganishga va fanni tahlil qilishga yordam beradi.
Oilaning ta’lim resurslari o‘z ichiga o‘qitish materiallarini, darsliklarni, elektron
kitoblar va maqolalar, elektron ta’lim dasturlari, qo‘llanmalar, elektron sinov materiallari
va test savollari, interaktiv darsliklar va video darsliklar kabi texnologik vositalarni o‘z
ichiga oladi.
Quyida xalqaro baholash tadqiqotlariga muvofiq ota-ona-farzand munosabatlarining
o‘quvchining ta’limdagi muvaffaqiyatiga ta’sirining jihatlari va tavsifi tasvirlangan
(1-jadvalga qarang).
1-jadval
Ota-ona-farzand
munosabatlarining o‘quvchining ta’limdagi muvaffaq
i
ytiga ta’siri
Jihatlar
Tavsifi
Ota-onaning
qo‘llab
-
quvvatlashi
–
O‘qish, o‘rganish hamda uy vazifalarini tayyorlashda yordam taklif qilish;
–
Farzandining ta’limdagi muvaffaqiyatining holati bo‘
yicha muntazam
ravishda suhbatlashib borish;
–
Ota-onalar uchun tashkil etilgan tadbirlarda hamda ota-onalar
tashabbuslarida faol ishtirok etish.
Ta’limga
qadriyatli
munosabat
–
Ta’lim va maktabdagi muvaffaqiyatning ahamiyatini ta’kidlab borish;
–
Farzandida maktab va o‘rganish jarayoniga ijobiy tasavvurni va munosabatni
rivojlantirish;
–
Farzandini maqsadlar qo‘yish, kelajak rejalarini qo‘yishda qo‘llab
-quvvatlash
va motivatsiya berish;
Resurslar va
muhit
–
Farzandlari uchun zaruriy o‘quv materiallari, kitoblar, qo‘shimcha
adabiyotlar hamda o‘qib
-
o‘rganishga mos keluvchi xona sharoitini yaratish;
–
Uyda o‘rganish uchun tinch va qo‘llab
-
quvvatlovchi muhitni ta’minlash;
–
Maktabdan tashqari ta’lim olish shart
-
sharoitlarini tashkil etish, qo‘shimcha
ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyati (kutubxona, virtual muzeylar,
kurslar);
Muloqot va
hamkorlik
–
O‘qituvchilar bilan farzandining ta’lim olishi, rivojlanishi hamda
qiyinchiliklari borasida doimiy suhbatlar tashkil etish;
–
O‘qituvchilar bilan farzandini qo‘llab
-quvvatlash borasida hamkorlikda
strategiyalar, qo‘shimcha o‘quv dasturlari ishlab chiqish;
Ota-onalarning
ishtiroki
–
Farzandining o‘rganishiga doir kutilayotgan natijalar, qoidalar va tartiblarni
belgilash;
–
Farzandining tashkilotchilik, vaqtni boshqarish (time management),
tizimlilik kabi qobiliyatlarini amaliy qo‘llab
-quvvatlash;
–
Oila muhitida ijobiy ta’lim olish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish
Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota
-
onalarda o‘ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita
ta’siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, o‘zaro aloqalari
mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq anglash, ya’ni, farzandlar
kamoloti, kelajagi timsolida o‘z umri davomiyligini qurish holati ro‘y beradi. Bularni
amalga oshirishda ota-
onalar va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot ham muhim
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
6 (2023) / ISSN 2181-3701
14
ahamiyatga ega[6; 11]. Oila sharoitida ota-
onalarning o‘zlari atrofdagilar bilan ijobiy
muloqot qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari hamda farzandlarda ham juda
yoshlikdan muloqot madaniyati sifatlarining shakllanib borishiga e’tibor qaratishlari
zarur.
Oilada farzandlar bilan muloqot deganda, kishilarning o‘zaro muloqotga kirishish
tizimi tushuniladi, uning asosiy mazmuni o‘zaro axborot almashish, shaxsni bilish,
tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish sanaladi. Ota
-onalar bu jarayonni tashkil etishi,
faollashtiruvchisi sifatida maydonga chiqishi, va boshqarishi lozim. Chunki farzandlar
hayotda asosiy andozani oilada, ulardan oladilar. Muloqotchanlik ham oilada shakllanib,
rivojlanadi. Oiladagi muloqotning tarbiyaviy ahamiyati, ota-onaning farzandlari bilan faol
muloqotga kirisha olishi, tarbiya jarayonida ularni bilishi, o‘rganish kaliti va tarbiyaviy
faoliyatining ijodiy xarakteri, bola shaxsining shakllanishi uchun eng yaxshi sharoit
yaratadigan, tarbiyada maqbul bo‘lgan emotsional muhitni ta’minlovchi, jumladan, ruhiy
psixologik to‘siqlar paydo bo‘lishining oldini oladigan, farzandlarda ijtimoiy
-psixologik
jarayonlarni to‘g‘ri yo‘lga solib boshqarishni ta’minlaydigan muhim vositadir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 29.10.2020-yildagi
“
Ilm-fanni
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g’risida”
PF
–
6097-son Farmoni,
//
O‘zbekiston
Respublikasi Qonunchilik ma
’
lumotlari milliy bazasi, 30.10.2020-y.,
06/20/6097/1431-son.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to
‘
g
‘
risida 2019-yil 29-
apreldagi PF-5712-
son Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
29.04.2019 y., 06/19/5712/3034-son.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida 2019
-yil
29-apreldagi PF-5712-
son Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
https://lex.uz/ru/docs/-4312785
4.
D.U.Abdullaeva Oila haqidagi ijtimoiy tasavvurlar oila mustahkamligini
ta’minlovchi fenomen// Pedagogika jurnali, 2022 yil, 1
-son.- B. 50-53
5.
Q.Abdurasulova Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va uning oldini olish
muammolari. // Qonun himoyasida. 2001, 1- son, 23-26- b.
6.
G.Alimova Oilada bolalar muloqotchanligini oshirishning pedagogik-psixologik
shart-sharoitlari/Kasb-
hunar ta’limi, 1
-son, 2019. -11-14B.
7.
V.M. Karimova O‘zbek yoshlarida oila to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlarning
shakllanishi: Psixologiya fanl. d-
ri…diss.
- T., 1994.- 324b.
8.
OECD.
PISA
2018
Technical
Report,
2020
https://www.oecd.org/pisa/data/pisa2018technicalreport/ -p. 14
9.
Брокгаузь Ф. А., Ефронь И. А. Энциклопедицеский словарь. Т. XXIX, Спб.,
1900, С.31
-32.
10.
Матвейчик З.Я. Семья и социальная работа // Семья как объект
социальной работы/ Отв . ред. Зимняя И.А., М., 1993, С. 58.
11.
Шершенович Г.Ф. Учебник русского гражданского право. Т. 2, м.,
-
М.,
1915, С.259.
