Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Methods for translating into English phraseological units with
numerical components used in the work
“
A naughty boy
”
Makhbuba MARDIEVA
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2023
Received in revised form
10 December 2023
Accepted 25 January 2024
Available online
25 February 2024
This article analyzes the role of phraseological units (idioms)
in the semantic and linguocultural aspects of the analysis of
literary texts. A lexical and linguistic analysis of phraseological
units with a numerical component is carried out using the
example of Gafur Gulam’s story “A naughty boy”. The article
demonstrates how idioms contribute to the expressiveness of a
literary text and offers an in-depth understanding of the
contribution of idioms to literary analysis
2181-3663
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1-pp130-133
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
phraseological units,
numerical component,
linguistic analysis,
emotionally impactful
coloring words.
“Shum bola” asarida qo‘llanilgan son komponentli
frazeologizmlarni ingliz tiliga tarjima qilish usullari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
frazeologik birliklar,
son komponentli iboralar,
lingvomadaniy tahlil,
hissiy ta’siriy bo‘yoqdor
so‘zlar,
tarjima usullari.
Ushbu maqolada frazeologik birliklarning badiiy matnlarni
semantik hamda lingvomadaniy tahlil qilishdagi ahamiyati
o‘rganiladi. Shuningdek, G‘afur G‘ulomning “Shum bola”
qissasidagi son komponentli frazeologik birliklarning semantik
tahlili amalga oshirilgan va ularni ingliz tiliga tarjima qilish
usullari bayon etilgan.
1
Lecturer, Samarkand State Institute of Foreign Languages.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
1 (2024) / ISSN 2181-3701
131
Методы
перевода
на
английский
язык
фразеологизмов
с
численными
компонентами,
используемых в произведении «Шум бола»
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
фразеологизмы,
числовой компонент,
лингвокультурный
анализ,
эмоционально
-
аффективная окраска
слов.
В данной статье анализируется роль фразеологизмов
(идиом) в семантическом и лингвокультурологическом
аспектах анализа художественных текстов. Производится
лексический и лингвистический анализ фразеологизмов с
числовым компонентом на примере рассказа Гафура
Гулама
«Шум
бола».
Статья
демонстрирует,
как
идиомы
способствуют
повышению
выразительности
художественного текста, и предлагает углубленное
понимание вклада фразеологизмов в литературный анализ.
Badiiy asar tili nihoyatda murakkab va o‘ziga xos xarakterga ega ekanligi asar tilini
tadqiq qilish ehtiyojini yuzaga keltirdi. Yozuvchi ma
’
lum bir fikrni yoki voqea-hodisani
tasvirlashda turli xil leksik qurilmalardan yoki hissiy-ekspressiv so
‘
zlardan foydalanadi.
Bu o
‘
rinda frazeologik birliklar faol qatlamni tashkil etadi. Badiiy til mahorati har qanday
adabiy asarning spetsifikatsiyasini belgilaydigan eng asosiy ko
‘
rsatkichlardan biri
hisoblanadi. Badiiy asar tahlilida fonetik, fonologik, morfologik, sintaktik tahlillardan
tashqari asar qahramonlari shaxsiyatini ochib berishda iboralarning roli ham
ahamiyatlidir. Tilshunoslikning frazeologiya sohasi frazemalarning semantik, struktual-
grammatik xususiyatlari bilan bir qatorda funksional-uslubiy imkoniyatlarini ham
o
‘
rganadi. Iboralar yirik til birligi bo
‘
lib, tuzilish jihatdan kamida ikkita mustaqil so
‘
z
(leksema)dan tarkib topadi, so
‘
zlovchi nutqida tayyor holda sodir bo
‘
ladi, iboraning
ma
’
nosi esa tuzilish jihatdan bir-biriga teng bo
‘
lmaydi, ya
’
ni nutqda bir so
‘
zga teng ma
’
no
anglatadi.
Frazeologik birliklar badiiy asar tilini boyitadi va insonlarga asarning asosiy
mag‘zini ochib berishga xizmat qiladi. Shu sababli badiiy asarning tilini boyitish,
ta’sirchanligini ochirishda badiiy adabiyotda iboralardan juda keng foydalaniladi.
Misol tariqasida shuni ta’kidlashimiz joizki, G‘.
G‘ulom “S
hum bola
”
asarida
iboralardan o‘z o‘rnida juda keng tarzda foydalangan.
Asardagi iboralarning tahliliga nazar
soladigan bo‘lsak, son komponentli iboralar juda ko‘p uchraydi. Masalan: sirlangan
xumchaga tushgan sichqonday
to‘rt tomonga
alanglab
, o‘zimga bir najot yo‘li qidirar edim
(55-
bet). Ushbu iborada to‘rt tomon deyilganda istalgan tomon, dunyoning to‘rt tomoni
nazarda tutilmoqda. Ushbu iboraga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da quyidagicha ta’rif
berilgan:
“Biror narsa yoki joyga nisbatan joy, makon, taraf: u tomon, bu tomon, ko‘chaning
ikki tomoni, bog‘ning u tomoni”
[O‘TIL, 142
-
b]. Ibora asarda Qoravoy tomonidan qo‘llanilgan
bo‘lib , oldinga yoki orqaga, ishqilib voqea joyini tark etish vajidan foydalanilgan. Bundan
tashqari, asarda to‘rt soni bilan bog‘liq bir necha iboralarni keltirilgan:
Endi men pok-pokiza,
qushday yengil, ko‘nglim tongday tiniq. To‘rt tomonim qibla.
Xudoi taoloning dargohi keng, to‘rt tomonimiz qibla.
Keltirilgan ushbu iboralarda
to‘rt tomoni qibla
iborasi quyidagi ma’nolarni anglatadi: Aslida
qibla so‘zi fors tilidan
olingan bo‘lib, O‘TILda uning turli xil ma’nolari izohlangan: 1. Musulmonlar sajda
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
1 (2024) / ISSN 2181-3701
132
qiladigan tomon, ya’ni qiblaga qarab ibodat qilmoq, 2. Qayerga ketsang ketaver,
ixtiyoring o‘zingda, 3. G‘arb, kun botish tomon
kabi ma’nolarni izohlashi ko‘rsatilgan
[O‘TIL, V, 79].
Ma’lumki, Kaʼbaning ichida istalgan tomonga qarab ibodat qilish mumkin. Sababi
bu yerda to‘rtala tomon ham qibla hisoblanadi. Tilimizda qibla so‘zi ishtirokida “to‘rt
tomoning qibla”, “beti qibladan qaytsin” iboralari shakllangan. Mazkur ibora tarkibiga
kiritilgan “to‘rt” so‘zi bilan bog‘liq tilimizda yana “to‘rt ko‘z tugal”, “to‘rt ko‘z bo‘lib
kutmoq”, “to‘rt muchasi sog‘” kabi iboralar qo‘llanadi.
Asarda to‘rt soni bilan bog‘liq quyidagi xalq orasida juda ko‘p uchraydigan
“to‘rt
oyoqlab yugurmoq”
iborasini uchratamiz
,
ushbu ibora Qoravoy tomonidan quyidagicha
qo‘llanilgan: “
Zinadan chiqqan itdek to‘rt oyoqlab narvonga tirmashib tomga chiqdim”.
Jumlaning mazmunidan shuni anglashimiz mumkinki, asarda Qoravoy Boy otaning
ho‘kizini o‘rniga eshagini so‘yib qo‘ygan vaqtda boy ota uni quvlaganida u shilganidan
to‘rt oyoqlab yuguradi. Xalqimiz orasida inson shoshib chopganida to‘rt oyoqlab yugurdi
degan ibora uchraydi. Ba’zi hollarda aksincha to‘rt oyoqlab yurish aks ma’noni anglatadi
ya’ni “ toshbaqadek sekin yurmoq”, imillamoq kabi ma’nolari uchraydi.
Asarning
inglizcha tarjima variantida ushbu ibora
So I climbed up to the wall and escape through
the roof
tarzida tarjima qilingan
.
Nazariy asoslarga ko‘ra, biz
ushbu iborani inglizcha
ekvivalenti tarzida quyidagi iborani keltirishimiz mumkin.
Cut and run
Ushbu ibora
frazeologik struktura jihatdan ekvivalentlari to‘liq mos tushmasa
-da, lekin ushbu iboraga
ma’no jihatdan mos kelganligi uchun ushbu iborani keltirishimiz mumkin.
“
Bir gapni ana shunday ziyraklik bilan anglab olsang, xor bo‘lmaysan, har
ikki dunyong obod bo‘ladi...”,
deb ko‘p maqtadi
.
Asardan olingan ushbu gapda ikki
soni bilan bog‘liq
“ikki dunyosi obod bo‘lmoq”
iborasi qo‘llangan ushbu iboraga O‘TILda
quyidagicha
ta’rif berilgan ikki olam ya’ni u dunyo
-bu dunyo, u juda aqlli-da ustozimiz,
bunaqa bolani ikki dunyoda ham topolmaysiz [O‘TIL,131
-b], asarda ushbu gap eshon
tomonidan Qoravoyga nisbatan aytilgan. Shuni ta’kidlash joizki, asarda ikki soni bilan
bog‘liq
“ikki qo‘lini burniga tiqib”
iborasi quyidagi holatda qo‘llanilgan.
Quruqdan-quruq
sho‘ppayib shaharga tushib ketaveramizmi, ko‘rgan
-bilgan ne deydi, shuncha vaqt sanqib
yurib, ikki barmog‘imni burnimga tiqib boramanmi, o‘zing o‘lguncha nas bosgan, pes
deganimcha bor bola ekansan, sen bilan birlashganimdan buyon ishim o‘ng‘alganini
bilmayman
.
Ikki qo‘lini burniga tiqib
iborasi hech narsasiz qolish, ya’ni
quruq qo‘l bilan
qolmoq
iborasining sinonimi hisoblanadi. Ushbu iboraning izohli lug‘atda turli xil
ma’nolari keltirilgan 1.Quruq, hech narsasiz qolish 2.quruq, benasiba ya’ni ulushsiz qolish
degan ma’nolarni anglatadi. [O‘TIL,253
-
bet]. Ushbu iboraning inglizcha to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
varianti bo‘lmaganligi tufayli ushbu iboraga ingliz tilidagi “running on empty” iborasini
adekvat deb topish mumkin bo‘ladi. Asarning tarjima variantida esa ushbu ibora “We’ll
go to the city without anything, right?” tarzida berilgan.
Tilimizda besh soni bilan bog
‘
liq bir nechta iboralar ham mavjud: besh panjasini
og
‘ziga tiqmoq, besh ketmoq, besh kunlik dunyo kabi. G‘afur G‘ulom “Shum bola”
qissasida son bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha xil iboralarni uchratishimiz mumkin.
Masalan, besh battar bo‘lmoq iborasi “ilgarigidan ham yomon bo‘lmoq, juda yomon
bo‘lmoq” ma’nosini anglatadi [O‘TFL, 2023]. Qissada bu ibora hindi sarrofning holati
ifodasini ko‘rsatgan: Har galgidek, sho‘x
-
shatir “shum bola” bu yerda yo‘q edi. Bu
holatimdan Hoji bobo anchagina tashvishga ham tushdi shekilli, hindi bo‘lsa, undan
besh
battar.
(158-
b) Mazkur ibora ingliz tiliga “go bad” tarzida tarjima qilinadi. “Shum bola”
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
1 (2024) / ISSN 2181-3701
133
asarining ingliz tiliga tarjima qilingan variantida mazkur gap shunday tarjima qilingan:
Mischievous “naughty boy” was absent here. Hoji Grandfather was
worried from
my
state and Indian,
more than him.
Mazkur gapda iboraning |“juda ham yomon, undan
ham yomon” tarzidagi ma’nosidan foydalanilgan.
“Yetti” soni bilan bog‘liq “yetti iqlim”
Yetti iqlim
iborasi qadimgi geograflar
tasavvuridagi yerning yetti mintaqasidan har birini anglatadi. Bundan tashqari, tilimizda
yetti so‘zi bilan bog‘liq
yetti olam, yetti pusht
kabi iboralar ham uchraydi. “Shum bola”
asariga murojaat qilamiz:
Bu viloyatlardan umidim uzilgan, kimsan Ko‘kterak, Eshonbozor,
Qoplonbek, Sharobxona kabi shahri azimlarda (ko‘p voqealarni ushbu sarguzashtda
yozganim yo‘q) qilmagan ishim qolmagan,
yetti iqlimda
nomim yomonlikka yoyilgan,
mazkur mamlakat va viloyatlarga qaytishim mumkin emas.
. Ingliz tilida:
I mean, what
would I do in cities like Kukterak, Eshonbazaar, Koplonbek, Sharobkhand. I did each job
there, and
everydiv knew me now.
Ko‘ringanidek, nomi yetti iqlimga ketgan
iborasining ma’nosi “mashhur, taniqli” demakdir. Asarning tarjima variantida bu ibora
“meni hamma biladi” tarzida berilgan. Bizningcha, ingliz tilida bu iboraning aynan
muqobili bo‘lmagani uchun uning ma’nosi tarjimasidan foydalanilgan. “Yetti iqlimga nomi
ketmoq” iborasini “make yourself known” tarzida berish ham mumkin.
“Oyog‘i olti, qo‘li yetti” iborasiga O‘TILda shodlikdan o‘zini hech qayerga
sig‘dirolmaydi, g‘oyat xursand kabi ma‘nolari keltirilgan. Ushbu ibora
asarning tarjima
variantida quyidagicha tarjima qilingan
I served very well and fast
. Aslida ushbu
iborani ingliz tilidagi “As fast as your legs can carry you” iborasi bilan muqobil tarjima
qilinsa ham bo‘ladi.
Iboralar kishi nutqini bezaydi, boyitadi, fikrni yanada go‘zallashtiradi. Tahlilga
tortilgan badiiy asarda qo‘llangan iboralardan o‘zbek tilining naqadar boy til ekanligini
namoyon etishda, voqelikni ifodalashda, asar qahramonlarining xarakterini ochib
berishda, ichki insoniy kechinmalarini ifodalashda, ularning aytmoqchi bo‘lgan fikrini
kitobxonga oson va tez yetkazib berish maqsadida foydalanilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Abjalova, M. ve Rashidova, U. (2023). Til Korpuslarida Frazemalar Bazasini
Yaratish Omillari. Uluslararası Türk Lehçe Araştırmaları Dergisi / International Journal of
Turkic Dialects (TÜRKLAD). 7. Cilt, 2. Sayı, 273
-278.
2.
Йўлдошев Б. Фразеологик услубият асослари. Ўқув
қўлланма
.
–
Самарқанд
., 1998.
3.
G‘afur G‘ulom. Shum bola. –
Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2018.
4.
Н. Каримов Ғафур Ғулом. –
Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт
–
матбаа ижодий уйи, 2003.
5.
Т. Матёқубова Ғафур Ғулом бадиияти. –
Т: Фан ва технология, 2006
6.
Sh.Rahmatullayev. O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati. –
Toshkent, 1978.
7.
O‘zbek tilining izohli lug’ati. Qomuslar bosh tahririyati. –
Toshkent, 2006.
