Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Peculiarities of the design method in teaching
“
Renewable
Energy Sources
”
Gulkhayo AKBAROVA
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2024
Received in revised form
10 April 2024
Accepted 25 April 2024
Available online
25 July 2024
This article analyzes the possibilities of increasing the
effectiveness of a lesson using non-traditional educational
technologies when teaching “Renewable Energy Sources”. In
particular, the features of the design method, stages, and
methods of its implementation are considered. This method has
been shown to help students find new ideas, think creatively,
choose the right strategy, and solve specific problems using the
knowledge gained during the project and practical advice to
serve in the learning process. In addition, this method deepens
students’ knowledge, i
mproves their skills, and improves their
learning.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3-pp154-160
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
pedagogical technology,
pedagogical system,
educational periods,
project method,
evaluation criteria,
project stages.
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanini o‘qitishda
loyihalash usulidan foydalanish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
pedagogik texnologiya,
pedagogik tizim,
ta’lim davrlari,
loyiha usuliusul,
baholash mezoni,
loyiha bosqichlari.
Ushbu maqolada “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanini
o‘qitishda noan’anaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanib, dars
o‘tish samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan.
Xususan, loyihalash usuliusulning o‘ziga xos xususiyatlari,
bosqichlari va uni amalga oshirish usullari ko‘rib chiqilgan.
Bu usulusul talabalarda loyiha ustida ishlash jarayonida olgan
bilimlaridan va bilish jarayonida xizmat qiladigan amaliy
maslahatlardan foydalanib, yangi g‘oyalar topish, ijodiy fikrlash,
to‘g‘ri strategiya tanlash va aniq masala
-muammolarni yechish
ko‘nikmasini hosil qilishi ko‘rsatilgan.
Shuningdek, bu usulusul
talabalar bilimini chuqurlashtiradi, mahoratini oshiradi va
ularning o‘rganish faoliyatini yanada kuchaytiradi.
1
Basic Doctoral Student, Andijan State University.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
155
Особенности метода проектирования в преподавании
возобновляемым источникам энергии
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
педагогическая
технология,
педагогическая система,
периоды обучения,
проектный метод,
критерии оценки,
этапы проекта
.
В
данной
статье
анализируются
возможности
повышения эффективности урока с использованием
нетрадиционных
образовательных
технологий
при
преподавании «Возобновляемых источников энергии».
В
частности,
рассмотрены
особенности
метода
проектирования, этапы и способы его реализации.
Показано, что этот метод помогает студентам находить
новые идеи, творчески мыслить, выбирать правильную
стратегию и решать конкретные задачи, используя знания,
полученные в ходе проекта, и практические советы,
служащие в процессе обучения. Кроме того, этот метод
углубляет знания учащихся, совершенствует их навыки и
улучшает их обучение.
KIRISH
Ma’lumki, hozirgi kunda O‘zbekistonda ta’lim sohasiga yuksak e’tibor berilmoqda.
Ayniqsa, fizika fani va uning rivoji uchun chiqarilayotgan qaror va qonunlar juda
dolzarbdir. Tabiiy fanlar ichida fizika alohida o‘rin egallagani uchun u barcha tabiiy
fanlarning asosi hisoblanadi, chunki fizika barcha tabiiy fanlarning yutuqlariga hissa
qo‘shgan va qo‘shib kelmoqda.
Fizika
–
insoniyat tarixida barcha fanlar qatori o‘z o‘rniga ega. Hozirgi vaqtda ham
bu fan sohasida jadal ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu izlanishlar fizika fanini yanada
rivojlantiradi va to‘ldiradi, bu esa insoniyat muammolarini hal etishga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Fizika fanining fan sifatida paydo bo‘lishi va rivojlanishiga buyuk
mutafakkirlarimiz Xorazmiy, Roziy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino va boshqa yurtimiz
allomalari o‘z vaqtida munosib hissalarini qo‘shganlar.
Fizika kursining hozirgi kunda eng dolzarb bo‘limlaridan biri
–
qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridir. Mustaqillik yillarida bu sohaga juda katta e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021
-yil 19-martdagi PQ
–
5032-
sonli “Fizika
sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish
to‘g‘rida“gi
Qarori
va 2019-yil 21-
maydagi O‘RQ–
539-
sonli “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun sohaga berilayotgan yuksak e’tibor namunasidir. Bu esa
oliy ta’lim muassasalarida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanini o‘qitish
samaradorligini oshirish eng dolzarb muammolardan biri ekanligini ko‘rsatmoqda.
Hozirgi ta’lim tizimi bilimlarni egallashda yangi noan’anaviy ta’lim
texnologiyalarini qo‘llashni taqozo etmoqda. Noan’anaviy talim texnologiyalari
–
talaba
shaxsiga qaratilgan, modellashtirish usulusuli va hamkorlikda o‘rganishga asoslangan
pedagogik texnologiya bo‘lib, u yaxlit, mustaqil va uzviy tarzda olib boriladi. Noan’anaviy
talim texnologiyasi ta’limiy maqsadni amalga oshirish bo‘yicha o‘qituvchi va talaba bilan
hamkorlik faoliyatining asosi hisoblanadi. Bunda talabaning bilimi, uddalashi va ko‘zda
tutilgan natijalarga erishishi ta’minlanadi. Ta’lim jarayonida ishtirok etuvchi barcha
voqea va hodisalar bir-
biri bilan funksional bog‘liq bo‘lib, bir butun yaxlitlikni, ya’ni
pedagogik jarayon majmuini tashkil etadi [1, 2].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
156
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanini o‘qitishda ta’limning o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rganish va tahlil qilish yo‘llarini pedagog olimlar bilim berish quyidagicha
izohlaydi. Pedagogik texnologiya nazariyasi
o‘tgan
asrning ikkinchi yarmidan boshlab
asoslanib kelinayotgan
bo‘lsa
-da, hozirgacha
“pedagogik
texnologiya”
tushunchasiga
nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan, pedagog olim V.P. Bespalko pedagogik
texnologiyani
“amaliyotga
tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim
loyihasi”
deya
ta’riflaydi
hamda asosiy diqqatni
o‘quv
-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi
[3]. N.F. Talizina esa pedagogik texnologiyani
“fan
va amaliyot
oralig‘ida
muayyan
tamoyillarni
olg‘a
suruvchi usulusullar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil
qo‘llash
kabi
masalalarni hal etishga
yo‘naltirgan
mustaqil
fan”
bo‘lishi
lozimligini qayd etadi [4].
A.D. Romishovskiy
o‘zining
ta’lim
texnologiyasiga oid asarida
ta’limda
maqsadlar tizimini
aniqlash
yo‘li
bilan
ta’limning
o‘ziga
xosligi va davriyligini asoslashga harakat qilgan [5].
Uning fikricha,
ta’lim
davrlari quyidagi jihatlarni
o‘z
ichiga oladi:
–
bilimlarni o‘rganish;
–
ularni tushunish;
–
tatbiq etish;
–
tahlil qilish;
–
birlashtirish;
–
baholash.
Olimning ta’kidlashicha, ta’limning har bir
davrida shu olti faoliyat takrorlanishi
lozim. Bilim, tushunish va shu kabilar bilish faoliyatiga taalluqli bo‘lib, ularsiz ta’lim
jarayonini tasavvur etish qiyin. Ammo bu kategoriyalar ta’lim davrlarini ajratish va uning
o‘ziga xosligining mezoni bo‘la olmaydi. Biz ularni o‘zlashtirish jarayonining shakllari
sifatida qaraymiz. Shu masalalar bir qator tadqiqotlarda talqin etilgan. Biz o‘zlashtirish
jarayoni tarkibida ikki xil qiymatga ega bo‘lgan hodisalarni farqlaymiz: ruhiy
-logik
hodisalar. Bunday hodisalar sirasiga bilish va tushunish, didaktik-logik kabi hodisalar
kiradi. Bunday hodisalar qatoriga butunni bo‘laklarga ajratish, bo‘laklarni qo‘shib,
yaxlitni shakllantirish, bilimlarni yangi o‘quv holatlariga ko‘chirish, bilimni amaliyotga
tatbiq qilish, o‘zini va o‘zgalar faoliyatini baholash kabilar kiradi. Bilish va tushunish ong,
binobarin, tafakkur hodisalaridir. Tarkibiy qismlarga ajratish, qayta birlashtirish va
boshqalar faoliyat hodisalaridir. Shu bilan birga, didaktik-logik hodisalar faoliyat
shakllari bo‘lib, ong va tafakkurni o‘rganilayotgan mavzu va mavzuga oid obyektlar bilan
bog‘lanishning eng faol vositalari sanaladi [6].
TAHLIL VA NATIJALAR
Loyihalash usuli ta’lim jarayonining muhim jihatlaridan biri bo‘lib, o‘qituvchining
talabalar bilan individual ishlash imkonini beradi. O‘qituvchi dars vaqtidan unumli
foydalanib, talabalarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ular
bilan yakka tartibda ishlaydi. Bunda ularning kasbiy fanlarni chuqurroq egallashlariga
kengroq yo‘l ochib beriladi. Loyihalash ishlarini tashkil etishda didaktik vazifaning
qo‘llanilishi va uni hal etish muammolari ko‘rib chiqiladi.
Loyihalash usuli ta’lim oluvchilarni
–
fanning turli sohalaridagi bilimlarni bir butun holga keltirib, muammolarni
topish va yechish, axborotlar oqimida mo‘ljal olish;
–
faoliyatni tanlash huquqidan foydalanib, turli taxmin, g‘oyalarni ilgari surish,
tadqiqot o‘tkazish, tahlil qilish va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini aniqlash;
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
157
–
o‘z faoliyati natijasiga mas’ul bo‘lish, mustaqil qaror qabul qilish, yutuqlar va
kamchiliklarni aniqlash, uning sabablarini qidirish, xatolarni topish va to‘g‘rilash;
–
turli yechim- takliflarning natijalarini ilmiy taxmin qilish (prognozlash);
–
jamoada ishlash, turli nuqtayi nazar, fikrlarning muhokamasida qatnashishga
rag‘batlantiradi.
Loyihalash usulini qo‘llab, dars o‘tish jarayonida o‘quvchi va talabalarning vazifasi:
–
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq, ijtimoiy ahamiyatga ega ishni bajarish,
mahsulot ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, iqtisodiy va boshqa muammoni belgilangan vaqt
davomida yechish yoki yechish uchun takliflar ishlab chiqish.
O‘qituvchining vazifasi:
–
o‘quvchi va talabalami mustaqil ijodiy faoliyatlarini unumli bo‘lishi uchun sharoit
yaratish.
Bu usulusulni iqtisodiy fanlarni o‘rganishdagi muhim ahamiyati shundaki,
talabalar biznes-reja tuzishni, turli tanlovlarda qatnashish uchun loyihalar ishlab
chiqishni o‘rganadilar. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlami qanday tashkil etishning
texnologik xaritasini ishlab chiqish, ya’ni darsni qanday o‘tkazishni mufassal rejasini
ishlab chiqishni, umuman olganda, o‘z faoliyatlarini rejalashtirishni o‘rganadilar. Shu
bilan birga mazkur usulning o‘ziga xos xususiyatlarini, albatta, hisobga olish zarur.
Birinchidan, bu usulni mavzular, alohida predmetlar bo‘yicha qo‘llash juda qiyin.
Chunki, bir muammoning kelib chiqish sabablari nihoyatda xilma-xil. Ikkinchidan, barcha
talabalar ham loyiha tayyorlab, qo‘yilgan muammoni yecha olmaydi. Uchinchidan, bu
usul o‘qituvchidan chuqur bilim, tajriba, o‘z ustida tinimsiz ishlash va turli loyihalarda
shaxsan qatnashishini talab qiladi.
Loyihalash usulini qo‘llash uchun birinchi navbatda loyihalash obyekti aniqlanadi.
Ya’ni qanday masala yoli muammo mavjudki, uni yechib loyihaning natijasi qanday
bo‘lishi belgilanadi.
1.
Bu o‘tilayotgan mavzu bo‘yicha qo‘yilgan savol yoki yechimini kutayotgan
dolzarb masala bo‘lishi mumkin. Loyiha talabalarning o‘z xohishlari, qiziqishlariga ko‘ra
tanlagan ilmiy izlanishlari bo‘lishi yoki o‘qituvchi taklif qilishi mumkin. Har ikkala holda
ham talabalar zarur axborotlarni to‘plashlari, ularni tahlil qilishlari zarur. Tahlil asosida
qaror qabul qilib, loyiha ishlab chiqishdan maqsad qo‘yiladi va qanday natijaga erishilishi
belgilanadi.
2. Maqsad aniqlangach, loyihaning mazmuni belgilanadi.
3.
Reja asosida amalga oshirish uchun vazifalar belgilanadi, ya’ni faoliyat rejasi
ishlab chiqiladi. Loyihaning umumiy tavsifi oydinlashadi. Aniq faoliyatga asos yaratiladi.
Loyihani amalga oshirish uchun tuzilgan reja aniq bo‘lishi, haddan tashqari murakkab
bo‘lmasligi kerak. Umumiy rejadan tashqari haftalik va oylik rejalar tuziladiki, ular
asosida talaba bajaradigan ishlar yanada oydinlashtiriladi.
4. Loyiha qatnashchilari belgilanadi.
Loyiha qatnashuvchilari o‘z qiziqishlari va fikr doiralari bilan bir
- birlariga yaqin,
yordam beruvchi
talabalar bo‘lib, ularni loyihada oldiga qo‘yilgan maqsadlari
birlashtiradi. Ularni yoniga keyinchalik boshqa qatnashchilar ham qo‘shilishi mumkin.
Lekin qatnashchilar haddan tashqari ko‘payib ketishi salbiy oqibatlarga olib keladi.
Shuning uchun loyihada har bir qatnashuvchining bajaradigan vazifasi aniq yozib
qo‘yiladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
158
5.
Loyihani amalga oshirish muddatlari belgilanadi. Agarda u bosqichlarga bo‘linsa,
har bir bosqichning muddatlari ko‘rsatiladi.
6. Loyihalash va uni amalga oshirishning bosqichlari:
1-bosqich.
Loyihani ishlab chiqish. Unda loyihani amalga oshirish shakllari va
vositalari, bosqichma-
bosqich natijalari ham ko‘rsatiladi.
2-bosqich.
Loyihada belgilangan vazifalar shakllantiriladi.
Bu bosqichda talabalar mustaqil ravishda individual va guruh bo‘yicha qo‘yilgan
vazifalami bajaradilar. Loyihaga oid material va axborotlar to‘playdilar. To‘plangan
ma’lumotlarni muhokama qiladilar. Jadvallar va grafiklar ishlab chiqadilar. Namoyish
etiladigan ko‘rgazmali materiallar tayyorlaydilar.
3-bosqich.
Loyihaning barcha qatnashchilari tomonidan tayyorlangan ishlar bir
butun qilib birlashtiriladi. Avval loyihaning xonaki varianti yozib chiqiladi. So‘ngra
yakuniy variant tayyorlanadi va rasmiy talablar asosida shakllantiriladi.
4-bosqich.
Loyihaning so‘nggi varianti ekspertga taqrizga beriladi. Bunda matn
aniq asoslangan bo‘lib, bajarilgan ishlarning mazmuni va erishilgan natijalarni
gavdalantirishi kerak. Matnda, albatta, jadvallar, grafiklar, chizma, dasturlar va boshqa
shunga o‘xshash materiallar bo‘lishi shart.
5-bosqich.
Loyihaga ekspert xulosasi olinadi. Tashqi taqriz natijasi e’lon qilingach,
tugallangan hisoblanadi.
6-bosqich.
Loyiha taqdimoti. Taqdimot loyihada bajarilishi belgilangan mezonlar
asosida jyuri yoki hay’át a’zolari tomonidan baholanadi. Jyuri a’zolari tarkibi loyiha ishlab
chiqilayotganda aniqlanadi. Tayyorlangan loyiha ko‘rib chiqilib, tanlanib, so‘ngra
tayyorlangan hisobot ko‘rib chiqiladi.
Hay`at ishni baholashi uchun baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Bu mezonlar
muammoni o‘rganish darajasi, matnni aniq, tushunarli tarzda bayon qilinishi, o‘ziga
xosligi, rasmiylashtirish sifati, ko‘rgazmali, namoyish materiallardan foydalanilgani,
berilgan takliflar va ularni muammoni yechishga yordam berishi va boshqa jihatlarini
mujassamlashtirilgan bo‘lishi kerak. Dars jarayonida kichik guruhlar tayyorlagan
loyihalarni o‘qituvchi boshchiligida talabalardan tuzilgan hay’at baholashi mumkin.
Talabalar tomonidan tayyorlangan loyihalarni baholash mezonlari:
№
Mezonlar
Eng yuqori ball
1.
Tanlangan muammoning dolzarbligi
5
2.
Muammoni o‘rganilganlik darajasi
5
3.
Maqsad va vazifalarni aniq, tushunarli tarzda bayon qilinishi
5
4.
Tanlangan muammoning qisqacha mazmunini yoritilishi
5
5.
Bajariladigan ishning qisqacha mazmunining yoritilishi
5
6.
Ko‘rgazmali, namoyish materiallaridan foydalanish
5
7.
Loyihani amalga oshirish uchun zarur moliyaviy resurslar, ularning
manbalarini ko‘rsatilishi va asoslanishi
5
8.
Rasmiylahtirish sifati
5
Talabalar loyiha ustida ishlash jarayonida olgan bilimlaridan, bilish jarayonida
xizmat qiladigan amaliy maslahatlardan foydalanishsa, mustaqil tahliliy fikr yuritishga
o‘rganadilar. Ularda yangi g‘oyalar topish, ijodiy fikrlash, to‘g‘ri strategiya tanlash va aniq
masala-
muammolarni yechish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi ularning ishini
kuzatadi, maslahatlar beradi va qo‘llab
-quvvatlaydi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
159
Boshqa hech qaysi usul o‘quvchi
-
talabalarda bu usulchalik mas’uliyatni his qilishni
shakllantirmaydi.
Loyihalash usuli asosida dars jarayonini tashkil etishda o‘quv guruhi ichida ishchi
guruhlari tuziladi. Ular o‘zlashtirish darajalariga qarab uch ishchi guruhga bo‘linadi.
Bunda kuchli ishchi guruhlar mustaqil shug‘ullanganda, o‘qituvchi o‘zlashtirishi past
bo‘lgan o‘quvch
-
talabalar bilan mashg‘ulot o‘tkazishi uchun ko‘proq vaqt ajratiladi.
Ishchi guruhlar ishtirokchilarining o‘zlashtirish darajasi taxminan teng bo‘lganida
ta’limda yuqori natijaga erishiladi. Bunday guruhlarni ta’lim oluvchilarning o‘zlari
tuzgani ma’qul, chunki ular o‘zlarining qaysi guruhga mos
ekanliklarini juda yaxshi
bilishadi. 2-va 3-ishchi guruhidan 1-
ishchi guruhiga o‘tishga imkon beriladi. Kichik
guruhlarda har bir o‘quvchi yakka tartibda loyiha ishini bajargani uchun individual
amaliy usuldan ham foydalanish mumkin.
Individual usulning laboratoriya usulidan farqi, talabalar o‘z faoliyati davomida
olgan bilimlaridan foydalanib, amaliy vazifani hal etishga harakat qiladi. Ushbu usul
talabalar bilimini chuqurlashtiradi, mahoratini oshiradi, shuningdek, ularning o‘rganish
faoliyatini yanada kuchaytiradi.
Loyihalash usulini amalga oshirish bosqichlari
Bosqichlar
Mazmuni
Usuli, shakli
1-bosqich, tayyorgarlik
O‘qituvchi
talabalarga
iqtisodiyotda
qanday
muammolar bor, o‘zlari uchun
qiziqarl
i bo‘lgan muammolarni
tanlashlarini taklif qiladi yoki
topshiriqlami o‘zi tayyorlaydi.
Aqliy hujum. Mustaqil ish
O‘quvchi talabalarga loyihalash mazmuni,
loyihalash ob’yekti, usullari
va bosqichlari
haqida ma’lumot beradi.
Bayon qilish
2-bosqich
O‘qituvchi talabalarni kichik
guruhlarga bo‘ladi.
Ixtiyoriy
Har bir kichik guruhga o‘zlarini qiziqtirgan muammoni tanlash va uni yechish bo‘yicha loyiha
tayyorlashni topshiradi.
3-bosqich
O‘qituvchi loyihani qanday
tayyorlashni
tushuntiradi.
Talabalar
faqat
loyiha
tayyorlaydilar. Uni amalga
oshirish
talab
qilinmaydi
(chunki uni bir dars jarayonida
amalga oshirib bo‘lmaydi).
Bayon qilish
Asosiy qism
Talabalar loyiha tuzishga
kirishadilar.
Mustaqil
kichik guruh
Loyihalar taqdimoti
Yakuniy qism
O‘qituvchi o‘quvchi
-talabalarni baholaydi.
Xato va kamchiliklami ko‘rsatadi. Darsni
umumlashtiradi va yakunlaydi.
XULOSA VA NATIJALAR
Shunday qilib, ushbu ishda
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanini o‘qitishda
noan’anaviy ta’lim trxnologiyalaridan foydalanib, dars o‘tish samaradorligini oshira olish
imkoniyatlari tahlil qilingan. Hususan, loyihalash usulining o‘ziga xos hususiyatlari,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
160
bosqichlari va uni amalga oshirish usullari ko‘rib chiqilgan. Loyihalash usuli ta’lim
jarayonining muhim jihatlaridan biri bo‘lib, o‘qituvchining talabalar bilan individual ishlash
imkonini beradi. Talabalar loyiha ustida ishlash jarayonida olgan bilimlaridan, bilish
jarayonida xizmat qiladigan amaliy maslahatlardan foydalanishsa, mustaqil tahliliy fikr
yuritishga o‘rganadilar. Ularda yangi g‘oyalar topish, ijodiy fikrlash, to‘g‘ri strategiya tanlash
va aniq masala-
muammolarni yechish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi ularning
ishini kuzatadi, maslahatlar beradi va qo‘llab
-
quvvatlaydi. Boshqa hech qaysi usul o‘quvchi
-
talabalarda bu usulchalik mas’uliyatni his qilishni shakllantirmaydi. Bu usulda talabalar o‘z
faoliyati davomida olgan bilimlaridan foydalanib, amaliy vazifani hal etishga harakat qiladi.
Bu usul talabalar bilimini chuqurlashtiradi, mahoratini oshiradi, shuningdek, ularning
o‘rganish faoliyatini yanada kuchaytiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalari
–
Pedagogik mahorat
–
Toshkent,
“Nizomiy”, 2003
2.
Садриддинзода
Ш
.
Ж
.,
Эшмуродов
М
.
Ш
.
Педагогик
технологиялар
ва
улардан
фойдаланиш
курси
бўйича
маърузалар
тўплами
. -
Самарқанд
, 2007.
3.
Беспалько В.Г. Слагаемые педагогической технологии –
Москва:
Педагогика 1989
-
с
. 6.
4.
Талызина Н.Ф. Управление процессом усвоения знаний –
Москва: Изд
-
во
1984
–
с
.13
5.
S.Q.Qahhorov. Fizika
ta’limi
davriyligini loyihalash texnologiyasi.
Т
oshkent,
«Fan
va
texnologiya»,
2007, 192 bet.
6.
“Қайта
тикланувчи
эн
e
ргия
манбалари” фанини
ўқитишда
таълим
самарадорлигини ошириш// ЎзМУ хабарлари, 2022, 1/11, 73
-
75 б.
