Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Effectiveness of teaching “Informatics and Information
Technologies” in elementary classes
Bibisora ALIKULOVA
Tashkent University of Humanities
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2024
Received in revised form
10 April 2024
Accepted 25 April 2024
Available online
25 July 2024
This article covers the basics of Informatics and the
advantages and convenience of teaching “Informatics and
Information Technologies” in elementary classes. The relevance
and feasibility of the use of information technologies are
analyzed.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3-pp226-232
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
elementary education,
4K,
collaboration,
communication,
critical and creative
thinking,
informatics,
information technologies,
computer,
computer hardware,
information,
algorithm,
programming,
multimedia technologies.
Boshlang‘ich
sinflarda
“Informatika
va
axborot
texnologiyalari” fanini o‘qitishning samaradorligi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
boshlang‘ich ta’lim,
4K,
kollaboratsiya,
kommunikatsiya,
kritik va kreativ fikrlash,
informatika,
axborot texnologiya,
Ushbu maqolada informatika fani asoslari,
boshlang‘ich
sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini
o‘qitishning afzallik va qulaylik tomonlari yoritilgan. Axborot
texnologiyalardan foydalanishning dolzarbligi va maqsadga
muvofiqligi tahlil qilinadi.
1
Senior teacher, Tashkent Humanities University. E-mail: bibisoraalikulova5@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
227
kompyuter,
kompyuter qurilmalari,
axborot,
algoritm,
dasturlash,
multimedia texnologiyalari.
Эффективность преподавания предмета «Информатика
и информационные технологии» в начальных классах
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
начальное образование,
4K, совместная работа,
коммуникация,
критическое и творческое
мышление,
информатика,
информационные
технологии,
компьютер,
компьютерные
устройства,
информация,
алгоритм,
Программирование.
мультимедийные
технологии.
В этой статье рассматриваются основы информатики,
преимущества и удобство преподавания предмета
«Информатика и информационные технологии»
в
начальных классах. Анализируется актуальность и
целесообразность
использования
информационных
технологий.
Kun sayin barcha sohalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan axborot
texnologiyalarini umumta’lim maktablari ta’lim jarayoniga ham tatbiq etish dolzarb
masalalardan biridir. Butun jahon miqyosidagi axborot tarmog
‘
i har qanday sohada
axborotning hajmi va tezligidan qat
’
iy nazar, uni istagan miqdorda qabul qilish uchun
taqdim eta oladi. Multimedia va Internet texnologiyalarining paydo bo
‘
lishi axborot
texnologiyalarining umumiy ta
’
lim maktablari ta
’
lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida
samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo
‘
l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining
barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o
‘
z-o
‘
zini
shakllantirish, kasbiy mahoratini o
‘
stirishda tutayotgan o
‘
rni va ta
’
siri ortib
borayotganligini inkor etib bo
‘
lmaydi.
Shu asnoda mamlakatimizda zamonaviy texnologiyani joriy etish bo
‘
yicha bir qator
ishlar amalga oshirilmoqda. Ijobiy natijalarga erishish, eng avvalo, o
‘
rta maktablarda
yosh avlodga ilmiy bilim asoslarini puxta o
‘
rgatish, ularda dunyoqarash hamda tafakkur
ko
‘
lamini kengaytirish, ma
’
naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish borasidagi ta
’
limiy-
tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bilan belgilanadi. Bu borada ta
’
lim-tarbiya
jarayoniga ko
‘
plab o
‘
zgartirishlar kiritilmoqda, yangicha yondashuvlar tatbiq etilmoqda.
Shuningdek, ta
’
lim tizimida ilg
‘
or xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy
talablariga muvofiq sifatli ta
’
lim olish imkoniyatlarini yaratish, xalq ta
’
limi
muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag
‘
bilan
ta
’
minlashning samaradorligini oshirish, yoshlar ta
’
lim-tarbiyasi uchun qo
‘
shimcha
sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilmoqda. O
ʻ
zbekiston
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
228
Respublikasi Maktabgacha va maktab ta
ʼ
limi vazirligining 2023-yil 15-maydagi
“
Umumiy
o
ʻ
rta ta
ʼ
lim maktablari uchun 2023
–
2024
–
o
ʻ
quv yiliga mo
ʻ
ljallangan tayanch o
ʻ
quv
rejasini tasdiqlash to
ʻ
g
ʻ
risida
”
gi 125-son buyrug
ʻ
iga ko
ʻ
ra umumiy o
ʻ
rta ta
ʼ
limning
1
–
4-sinflari uchun ilg
ʻ
or xorijiy tajribalar asosida yaratilgan darslik majmualarini
amaliyotga joriy etildi. Unga
koʻra
boshlangʻich sinflarda “Informatika va axborot
texnologiyalari” fanini oʻqitish yolga qoʻyildi.
[1; Б.1.].
Shu munosabat bilan maktablarda informatika
va axborot texnologiyalari fani joriy
qilindi, chunki bolalar kattalarga qaraganda ancha oson va tezroq o‘rganadilar.
Bugungi kunda
taʼlim
jarayonini
to‘g‘ri
va samarali tashkil qilishda innovatsion
texnologiyalar, texnik vositalarning, jumladan, zamonaviy kompyuterlarning
o‘rni
beqiyosdir.
Ta’lim jarayoniga axborot
-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish davr talabi
hisoblanadi. Darslarni ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, o‘quvchilarni
mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan
oqilona foydalanishga o‘rgatish, o‘qitilayotgan fanni o‘zlashtirish sifatini oshirish ustuvor
vazifa hisoblanadi. Bu borada boshlang‘ich ta’limni o‘qitishda ham turlicha uslublar
qo‘llanilmoqda. Shulardan biri zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishdir.
Zamonaviy axborot texnologiyalarning jadal taraqqiy etib, ta’lim sohasiga jadal
kirib kelishi, hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotgani bu boradagi bilim va
malakalarimizni ham mos ravishda shakllantirishni taqozo etadi. Shuning uchun,
boshlang‘ich sinflarda kompyuterdan foydalanib dars o‘tish tavsiya qilindi.
Barcha fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkazildi. Shu
bilan
birga, darslardagi mavzular aniq muammolarni hal qilish orqali o‘rgatiladi, amaliyot
darslari loyihani bajarish shaklida o‘tkaziladi.
2023
–
2024-
o‘quv yili davomida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida
zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi:
Yangi darsliklar XXI asr kishisi uchun eng zarur bo‘lgan “4K” ko‘nikmasi bo‘yicha
ishlab chiqilgan (kritik fikrlash, kreativlik, kollaboratsiya, kommunikatsiya). Ya’ni, bu
o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv,
jamoada ishlash va muloqot
ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Yangi darsliklarni tayyorlashda PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA kabi xalqaro
dasturlardagi namunaviy vazifalar asos qilib olingan.
Shuningdek, bu tizimga Estudy elektron ta’lim platformasi integratsiya qilingan.
Undan dars paytida ham, bo‘sh vaqtda ham foydalanish mumkin.
1.
4K-kollaboratsiya,
kommunikatsiya,
kritik
va
kreativ
fikrlash
ko‘nikmalarining izohi.
4K nima?
4K
–
XXI asr o‘quvchisi uchun zarur ko‘nikmalarini o‘rgatuvchi model
.
4K
yondashuvi o‘z nomi bilan 4 ta tamoyilni o‘z ichiga oladi:
•
Kollaboratsiya;
•
Kommunikativlik;
•
Kreativ fikrlash;
•
Kritik (tanqidiy) fikrlash.
•
Kollaboratsiya(hamkorlik):
Darsliklar o‘quvchilarning jamoada ishlash
qobiliyatini rivojlantirishga yordam
beradigan tarzda tuzilgan. Bu o‘quvchilarga
hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab
-
quvvatlash ko‘nikmalarini
o‘rganishga ko‘maklashadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
229
•
Kommunikatsiya
(lotincha: communicatio
–
umumlashtiraman, bogʻlayman).
•
Kommunikativlik:
O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga,
suhbatdoshni tinglashga va tushunishga, ma’lumotni yetka
zishda til vositalaridan unumli
foydalanishga o‘rganadi.
•
Kreativ fikrlash:
O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi
yondashuvlarni
qo‘llashni o‘rganadi, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy
muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
•
Kritik (tanqidiy) fikrlash:
Ushbu metodologiya o‘quvchilarning axborotni
tanqidiy baholash, o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini
rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar muammolarga tahliliy nuqtayi nazardan
yondashishni o‘rganadi va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtayi nazarini shakllantiradi.
Yangi innovatsion yondashuv natijasini o‘quvchining dunyoqarashi, fikrlashi
o‘sishida ko‘rish mumkin. XXI asr o‘quvchisi portretida XXI asr ko‘nikmalari bo‘lishi
kerak. Innovatsion yondashuvni qo‘llashdan asosiy maqsad ham shu. Qolaversa,
ta’limning asosiy maqsadi –
o‘quvchilarga nafaqat bilim berish, balki olgan bilimlarini
hayotda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat.
XXI asrda dunyoning zamonaviy ilmiy manzarasini shakllantirishda informatika va
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanmagan
holda tasavvur etib boʻlmasligi
hammamizga ma’lum.
Hozirgi zamon
umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich
sinf
o‘qituvchilari
jamiyatda
ro‘y
berayotgan
tub o‘zgarishlarni
mushohada qila oladigan, har bir masalaga
o‘z munosabatini
bildiradigan, mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlay oladigan, dunyoqarashi
keng shaxs bo‘lishi kerak.
Shunday ekan boshlang‘ich
sinflarda dars
beruvchi o‘qituvchilar yangi pedagogik
va axborot texnologiyalari haqida nazariy-
amaliy tushunchalarga ega bo‘lishlari kerak.
Boshlang‘ich
sinflarda joriy etiladigan pedagogik va axborot texnologiyalari, avvalo,
fanlar orasidagi bog‘liqlikni ta’minlash va
bu orqali bolalarni ortiqcha qiyinchiliklardan
ozod
etish, o‘quvchi
faoliyatini
to‘g‘ri
izga solish, vaqtdan unumli foydalanish, sinfda va
sinfdan tashqari vaqtlarda bolalar orasida tashabbuskorlik muhitini yuzaga keltirish,
erkin fikrlash, ijodiy izlanish tizimini yaratish kabi qator ishlarni amalga oshirishdan
iboratdir.
O‘quvchilarda k
ompyuterlar bilan tanishish maktabgacha yoshdan, bolalar
kompyuter
o‘yinlari
o‘ynab,
kompyuter bilan dastlabki muloqot qilish
ko‘nikmalarini
egallashlaridan boshlanadi.
Boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarida
kompyuter savodxonligini oshirish, kompyuter
haqidagi
oddiy ma’lumotlarni informatikaning
boshlang‘ich
elementlari haqidagi
materiallarni
o‘rganadilar. Ma’lumki,
texnika xavfsizlik qoidalari, axborot tushunchasi,
axborot turlari va xossalari, kompyuter, shaxsiy kompyuterlarning qurilmalari, klaviatura
va sichqoncha bilan tanishish, algoritm tushunchalari kabi asosiy komponentlari bilan
tanishadilar.
O‘quvchilar sodda dasturlar Microsoft Paint, WordPad yoki veb
-brauzer kabi
asosiy kompyuter dasturlari va vositalaridan qanday foydalanishni o‘rganishdan
boshlashlari mumkin. Bu ularga nafaqat ilovalardan qanday foydalanishni o‘rgatadi, balki
kompyuter operatsiyalari haqida asosiy tushunchalarni shakllantirishga yordam beradi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
230
Scratch (
скреч
, skrech)
vizual dasturlash tili oddiy va tushunarli dasturlash tili.
O‘quvchilar
animatsion va interfaol loyihalarni amalga oshirish va multifilm, ertak va
o‘yin
ssenariylarni ham yaratish bosqichlarini
o‘rganadilar.
Informatika fani hozirgi vaqtda inson faoliyatining turli sohalarida
qo‘llanilayotgan
fanlardan biri
bo‘lib,
u XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga keldi.
Informatika fani inson faoliyatining turli holatlarida axborotlarni izlash,
to‘plash,
saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan
shug‘ullanuvchi
fandir.
Maktabda
o‘qitishni
kompyuterlashtirish ikki
yo‘nalishda
amalga oshirilmoqda.
Informatika predmetini
o‘rganish
(kompyuter
–
o‘rganish
obyekti) va boshqa
o‘quv
predmetlarini
o‘rganishda
kompyuterdan foydalanish (kompyuter
–
ta’lim
vositasi).
Shubhasiz, kompyuter
o‘quvchining
o‘qishga
rag‘batini
oshiradi. Shuningdek,
o‘quv
topshiriqlarini murakkablik darajasiga
ko‘ra
taqdim etishni izga solib turuvchi
imkoniyatlar ortadi,
to‘g‘ri
bajarilgan topshiriq uchun
rag‘batlantirish
orqali ham
motivatsiyaning
o‘sishiga
erishish mumkin.
O‘zini kompyuter texnologiyalari sohasida sinab ko‘rgan yoshlar uchun kelajakdagi
kasbini tanlash ancha oson. Informatika jamiyatning axborot sohasining tarixiy
rivojlanishining tabiiy natijasi sifatida tushuniladi. Axborotni qayta ishlash
texnologiyalari bir asrdan ko‘proq vaqt davomida mavjud bo‘lib, ularning rivojlanishi
evolyutsiyasi ilmiy texnik taraqqiyot tufayli bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi.
O‘qituvchi
bu tushunchalar mohiyatini
o‘quvchilarga
tushuntirib berishi
va amalda qo‘llashi
uchun
quyidagilarni bilishi kerak:
1. Axborot
o‘rganilayotgan
narsa yoki hodisani har taraflama
to‘liq
ifodalashi,
ya’ni
axborot
to‘liqlik
sifatiga
ega bo‘lishi.
2. Axborot
ma’lum
ma’noda
qimmatli
bo‘lishi
va aks holda undan foydalanish
ehtiyoji tug‘ilmasligi.
3. Axborot ishonchli
bo‘lishi
aks holda uni
qayta ishlashga zarurat tug‘ilmasligi.
Axborot (informatsiya)
so‘zi
lotincha
“informatsion” ya’ni
“tushuntirish”,
“tavsiflash”
degan
ma’noni
anglatishiga e’tibor bersak, insoniyat taraqqiyotining asosini
axborotni biror maqsadga
ko‘ra
ishlab chiqish, undan foydalanish va hozirgi vaqtda
hayotimizda muhim o‘rin egallaydigan tushuncha
–
axborotni saqlash tashkil etadi.
Insonning butun hayoti
axborotni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash bilan bog‘langan.
Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rgatishning afzalligi
shundaki, u:
‒
o‘quvchilarning darsda faol qatnashishlarini, o‘zlashtirish sifatining oshishini;
‒
boshlang‘ich
ta’lim
uchun yaratilgan elektron darsliklar yordamida darslarni
qiziqarli tashkil qilishni;
‒
o‘quvchilarning
o‘z
-
o‘zini
boshqarishi va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlanib
borishini;
‒
darsda
o‘quvchilarning
informatsion tushunchalarini shakllanishini;
‒
darsning sifat va samaradorligining oshishini ta’minlaydi.
Shu bois ham boshlang‘ich
ta’limda
informatika
darsi quyidagi yo‘nalishda
o‘rganilishi afzal hisoblanadi:
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda biz informatika va axborot
texnologiyalari
bo‘yicha eng zamonaviy bilim berish va yaxshi amaliy tayyorgarlikni
singdirishga intilmog‘imiz zarur. Bunda ilg‘or
pedagogik va axborot texnologiyalarini
ishlab chiqish, zamonaviy
o‘quv
-uslubiy majmualarni yaratish juda muhimdir. Axborot
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
231
texnologiyasi o‘zi uchun asosiy muhit bo‘lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog‘liqdir.
Chunki axborot texnologiyasi axborot
tizimlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar ustida
bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni
bajarishdan iborat bo‘lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyasi
–
bu axboriy ma’lumotni bir ko‘rinishdan ikkinchi, sifat
jihatidan yangi ko‘rinishga keltirish, axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uzatishning usul
va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va
tashqi omillar mavjud.
•
Ichki omillar
–
bu axborotning paydo bo‘lishi (yaratilishi), turlari, xossalari,
axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.
•
Tashqi omillar
–
bu axborot texnologiyasining texnik
–
uskunaviy vositalar orqali
axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
XXI asrda dunyoning zamonaviy ilmiy manzarasini shakllantirishda informatika va
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanmagan
holda tasavvur etib boʻlmasligi
hammamizga ma’lum.
Boshlangʻich
sinflardanoq
“Informatika
va axborot
texnologiyalari”
fanini o‘rganish
atrof-
olamning ko‘plab hodisa va jarayonlarini tushunish kalitini
taqdim etadi.
Informatika tomonidan ishlab chiqilgan ko‘plab qoidalar, umuman axborot
kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) zamonaviy taraqqiyotning eng muhim texnologik
yutuqlarini yaratish va ulardan foydalanishning asosi hisoblanadi.
“Informatika
va axborot
texnologiyalari”
fanini
boshlangʻich
sinflarda o‘qitish
o‘ziga
xos xususiyatlarga ega
bo‘lib,
zamonaviy
boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisida
nafaqat
kasbiy salohiyatni, balki raqamli iqtisodiyot sharoitida
ishlaydigan mutaxassisga xos
bo‘lgan
asosiy qobiliyatlarni mujassam
bo‘lishini
ham talab
qiladi. Boshlang‘ich
ta’lim keyingi ta’lim bosqichlari uchun poydevor
hisoblanadi, shu bois kichik yoshdagi oʻquvchilarda mustaqil ishlash koʻnikmalarini
shakllantirish muhimdir.
Boshlang‘ich
sinflarda
“Informatika
va axborot
texnologiyalari”
fanidan natijalarga
erishishga qaratilgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
•
o‘quvchilar
har bir dars mavzusi
bo‘yicha
asosiy tushunchalarning mohiyatini
tushunishi;
•
o‘quvchilar axborot, kompyuter va zamonaviy axborot
-kommunikatsiya
texnologiyalari vositalari bilan ishlashning xavfsiz va samarali modelini tushunishi;
•
dars jarayonida
qo‘llanadigan
zamonaviy metodlar va
o‘quv
qo‘llanmalarini
qo‘llash
orqali o‘quvchilar dunyoqarashni kengaytirish;
•
bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi;
•
axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llashni bilib oladilar;
•
mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;
•
bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga,
ijobiy qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi
•
o‘quvchilarda algoritmik va tanqidiy fikrlash (axborotni tahlil qilish, sintez qilish,
tasniflash hamda umumlashtirish) qobiliyatini rivojlantirish;
•
o‘quvchilar muammoli ta’lim (muammo, faraz, yechim variantlari) qobiliyatini
rivojlantirish.
[2; Б.3
-4.].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
232
Xulosa qilib aytish mumkinki, bugungi kun bolalari raqamli dunyoda yashar
ekanlar, bu erta yoshdan boshlab raqamli texnologiyalar bilan ishlash kompetensiyalarini
rivojlantirishni talab qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Umumiy oʻrta taʼlim maktablari
uchun 2023-2024-
oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejasini tasdiqlash
toʻgʻrisida”gi 2023
-yil 15-maydagi 125-
son buyrugʻi.
2.
A.A.Abduqodirov, G.U.Umarova. Boshlang‘ich sinflarda informatika elementlarini
o‘qitish metodikasi. –T.: “Fan va texnologiya”, 2016, 72 bet.
3.
https://www.google.com/search
4.
gov.uz
–
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati portali.
5.
uzedu.uz
–
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy sayti.