Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The role of cultural anthropology as an integrator in the
system of Humanities
Otabek KHAYRITDINOV
Chirchik State Pedagogical University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2024
Received in revised form
10 April 2024
Accepted 25 April 2024
Available online
25 July 2024
This article discusses the significance of teaching cultural
anthropology and related sciences within higher education
humanities departments. Additionally, it analyzes foreign
anthropologists' perspectives on this subject.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3-pp187-191
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
cultural anthropology,
humanities,
integration,
pedagogical potential.
Madaniy antropologiyaning gumanitar fanlar integratori
sifatidagi o‘rni
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
madaniy antropologiya,
gumanitar fanlar,
integratsiya,
pedagogik salohiyat.
Mazkur maqolada oliy ta’lim timining gumanitar fanlar
sohasida madaniy antropologiya va unga turdosh fanlar
o‘qitishning ahamiyati xususida so‘z yuritilgan. Qolaversa,
maqolada xorijiy antropologlarning ushbu soha yuzasidan
bildirgan fikr-
mulohazalarining tahlili ham keltirib o‘tilgan.
Роль культурной антропологии как интегратора
в системе гуманитарных наукпедагогика
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
культурная антропология,
гуманитарные науки,
интеграция,
педагогический
потенциал.
В данной научной статье обсуждается значимость
преподавания культурной антропологии и смежных
дисциплин в сфере гуманитарных наук в высших учебных
заведениях.
Статья
включает
анализ
мнений
исследователей из различных стран, специализирующихся
на антропологии, относительно роли и важности данных
наук в образовательном процессе.
1
Master
’
s student, Chirchik State Pedagogical University. E-mail: otabekkhayriddinov99@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
188
KIRISH
Zamonaviy oliy ta
’
lim duch keladigan asosiy muammolardan biri
–
bu o
‘
quv
jarayonini rejalashtirishda vaqt yetishmasligidir. Bu muammo ayniqsa, gumanitar fanlar
bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimida yaqqol namoyon bo‘ladi. Biroq biz bir qator turdosh
gumanitar fanlarni bitta umumiy fanga birlashtirib, bu qarama-qarshiliklarning salbiy
ta’sirini minimallashtirishga erishishimiz mumkin. Bu ta’sir tufayli ularning pedagogik va
ilmiy salohiyati oshadi.
Gumanitar ta’limda fanlar integratori sifatida madaniy antropologiya yetakchi
o‘rinni egallaydi. Madaniy antropologiyaning oliy ta’lim muassasasida gumanitar
ta’limning integratori sifatidagi pedagogik salohiyati ikki guruh –
ichki va uslubiy omillar
bilan belgilanadi. Biz ichki deb belgilagan omillarning birinchi guruhi madaniy
antropologiyaning o‘zi rivojlanishining ichki mantig‘iga asoslanadi. Madaniy
-
antropologik bilimlarning yoki madaniy antropologiya tarixining shakllanishi inson
jamiyatlarining yoki sivilizatsiyasini taqqoslash yoki inson kim ekanligini tushunishga
intilishdan boshlangan. Bu yerda ikkita lingvistik tushunchalarning o‘ziga xosligini
ta’kidlash kerak
–
homo (lotin tilida) va anthropos (yunon tilida), ularning har biri
–
“
inson
”
degan ma’noni englatadi. Shunga ko‘ra, antropologiya, etimologik qarindoshlik
faktiga ko‘ra, gumanitar bilimlarning, boshqacha qilib aytganda, “
inson haqidagi
bilim
”
ning integratori sifatida harakat qilish huquqiga ega [1; 3-13b].
ADABIYOTLAR TAHLILI
Mavzuni yoritish davomida bir qancha adabiyotlar, jumladan, mavzuga doir Buyuk
Britaniyada o‘tkazilgan konferensiya
materiallaridan, antropolog olimlarning asarlaridan
hamda bir qancha ilmiy maqolalardan unumli foydalanildi.
Xususan, 1973-yilda Londonning Berdford kollejida antropologiya fanining
ahamiyati, uni nafaqat oliy ta’lim tizimi, balki maktab ta’lim tizimiga joriy qilishning
afzalliklari, shuningdek ushbu jarayonda to‘qnash kelinishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar
muhokama qilingan [2].
Ushbu maqolani tayyorlash jarayonida Alan Bernardning “History and theory of
anthropology” kitobidan ham foydalanilgan. Ushbu kitob hozirgi zamon antropologiya
fani qay yo‘sinda rivojlanganligi, undagi madaniyat yaratilishi bilan bog‘liq bo‘lgan
nazariyalarning fandagi ahamiyati nechog‘lik yuksak ekanligi yoritib berilgan.
Ilmiy izlanish jarayonida Tim Ignold, Rebeka Ramdehol, Wolf, Stretvayt kabi
olimlarning ilmiy maqola hamda kitoblaridan foydalanildi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolani tayyorlashda obyektivlik, nazariy ko‘rsatmalar ilmiyligi tamoyillari va
qiyosiy tahlil metodlari asos qilib olindi.
MUHOKAMA
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, antropologiya fanining o‘qitilishi bo‘yicha ilmiy
konferensiyalardan biri “Ta’lim tizimida antropologiya fanini o‘qitishning ahamiyati”
xususida Buyk Britaniyada 1973-
yilda bo‘lib otgan. Ushbu konferensiyada
antropologiyani ta’lim tizmida joriy qilsih xususida ko‘plab muammolar ko‘rib chiqilib,
ularni hal qilish bo‘yicha bir qator ijobiy xulosalarga kelingan.
Konferensiyda doirasdia tashkil qilingan ishchi guruh o‘tkazilgan bir qancha bahs
-
munozaralardan so‘ng madaniy antropologiyaning ta’lim tizimida o‘qitilishining quyidagi
sabablarini keltirib o‘tishgan:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
189
1.
u o‘ziga xos subyekt sifatida mavjud bo‘lgani uchun hamda bir qancha fanalrni
o‘zaro integratsiyalovchi fan hisoblanganligi uchun;
2.
boshqa jamiyatlarni tushunishni rivojlantirish va etnosentrizmni kamaytirish;
3.
irqiy munosabatlarni yaxshilash va stereotiplar va noto‘g‘ri qarashlarni
kamaytirish;
4.
shaxslarga o‘z jamiyatlarida bilimliroq va faolroq rol o‘ynashga imkon berish
[1; 13b].
Yuqorida ta’kidlanganidek, ushbu
konferensiya doirasida muhokama qilingan
mavzulardan biri maktab ta’limi tizmidan boshlab antropologiyani o‘qitish masalasi
hisoblangan. Bu borada maktab ta’limida fanni o‘qitish bo‘yicha o‘tkazilgan bir qator
tajribalar ham muhokama qilingan. Bir a’zoning ta’kidlashicha, Krouli shahridagi Tomas
Bennet umumta’lim maktabida barcha birinchi kurs o‘quvchilari ijtimoiy antropologiyani
ichki iqtisodiyotning ba’zi jihatlari (masalan, dunyoning turli burchaklaridan oziq
-ovqat
tayyorlash va pishirish) bilan bog‘laydigan integratsiyalashgan kursdan o‘tishgan. Bu esa
o‘quvchilarda fanga va o‘rganilayotgan mavzuga nisbatan qiziqish uyg‘ota olgan
[2].
Madaniy antropologlar ko‘pincha murakkab ijtimoiy muammolarni hal qilish
uchun boshqa fanlarning olimlari bilan hamkorlik qiladilar. Misol uchun, fanlararo
loyihalar globallashuvning mahalliy madaniyatlarga ta
’sirini o‘rganishi, antropologik
tushunchalarni iqtisodiy, ekologik va siyosiy istiqbollar bilan birlashtirib, keng qamrovli
tahlilni taqdim etishi mumkin. Quyida ulardan bir qanchasini ko‘rib chiqamiz.
Sotsiologiya: Madaniy antropologiya va sotsiologiya insoniyat jamiyatlarini
o‘rganishda umumiylik
k
a ega. Sotsiologiya ko‘pincha kattaroq ijtimoiy tuzilmalarga
e
’tibor qaratadi, madaniy antropologiya madaniyatning murakkab nuanslarini o‘rganadi,
urf-odatlar, marosimlar va muayyan jamoalardagi ramziy ma
’nolarni o‘rganadi. Ushbu
ikki fan o‘rtasidagi hamkorlik makro darajadagi ijtimoiy tuzilmalar va mikro darajadagi
madaniy dinamikani har tomonlama tushunishni ta
’
minlaydi.
Tarix: Madaniy antropologiya va tarix fanlari madaniy evolyutsiya va tarixiy
jarayonlarni o‘rganishda hosil bo‘ladigan xulosa hamda yaxlit tushunchalarni
shakllantirishda muhim vositalar hisoblanadi. Antropologlar tarixiy voqealarga yanada
nozikroq nuqtai nazarni taklif qilib, o‘tmishdagi jamiyatlarning tajribalari haqida
qimmatli fikrlarni taqdim etadilar. Ikkala soha ham insoniyat tarixini tushunishga
qaratilgan. Tarix yozma yozuvlar, arxeologik topilmalar va boshqa dalillar orqali
o‘tmishni o‘rganadi. Antropologiya, etnografiya (birinchi navbatda o‘rganish) va
etnotarix (og‘zaki tarix va madaniy amaliyot) yordamida esa tarixiy voqealar va
odamlarning hayoti hamda turmush tarzidagi muhim jihatlari tahlil orqali
o‘tgan davr
haqida keng ma’lumotlarni umumlashtirish imkoni
ni beradi.
Shuningdek, t
arix ko‘pincha siyosiy va iqtisodiy kuchlarga e’
tibor qaratadi.
Antropologiya ijtimoiy tuzilma qatlamlarini, qarindoshlik tizimlarini, diniy e
’
tiqodlarni va
badiiy ifodalarni qo‘shib, o‘tmishdagi jamiyatlarning yanada boy tasvirini yaratadi.
Masalan, ma’lum etnik jamoalarda o‘tkazilgan etnografik tadqiqotlar bilan bir qatorda
tarixiy hujjatlarni o‘rganish yozma yozuvlarda to‘liq aks ettirilmagan kuch dinamikasi va
madaniy to‘qnashuvlarni ochib beradi.
Tarixchilar va antropologlar inqiloblar yoki tabiiy ofatlar kabi tarixiy voqealar vaqt
o‘tishi bilan ijtimoiy tuzilmalarga, oilaviy dinamikaga va madaniy amaliyotlarga qanday
ta
’
sir etishini tushunish uchun hamkorlik qilishlari mumkin.
Geografiya: madaniy antropologiya va geografiya bir-biri bilan chambarchas
bog‘liq hisoblanadi. Antropologlar tomonidan boshqa jamiyatlarni batafsil o‘rganish
insonning o‘sha yerga ta’sirini tushunishga intilayotgan geograflar uchun katta
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
190
ahamiyatga ega bo‘ldi. Geografiya va antropologiya fanlari o‘rtasidagi aloqalar hamda
ma’lumotlar almashinuvi yangi antropogeografiya yo‘nalishi paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Inson geografiyasining asoschisi Fridrix Ratsel bu sohadagi eng dastlabki yirik asariga
ham 1882-yilda "Antropogeografiya" nomini bergan. Bu sohadagi ingliz olimi X.J. Flyur
esa antropologiya, geografiya va tarixni deyarli ajralmas uchlik sifatida ko‘rgan
[1; 12b].
Psixologiya: Madaniy antropologiya va psixologiya inson xatti-harakati, idroki va
hissiyotlarini o‘rganishda birlashadi. Psixologiya individual darajadagi tahlilga e’
tibor
qaratadi, madaniy antropologiya kognitiv jarayonlar va hissiy ifodalarni shakllantirishga
madaniy kontekstlarning ta
’sirini ko‘rib chiqadi. Ushbu fanlararo yondashuv individual
psixologiya va madaniy ta
’sirlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tan olish orqali inson xatti
-
harakatlarini yaxlit tushunishni ta
’
minlaydi.
Tilshunoslik: Tilni o‘rganish madaniy antropologiyaning asosiy jihatidir.
Tilshunoslik va madaniy antropologiya til,
madaniyat va o‘ziga xoslik o‘rtasidagi
murakkab munosabatlarni ochish uchun hamkorlik qiladi. Til tuzilmalari, nutq va
muloqot shakllarini tahlil qilish madaniy nuanslar va tilning ijtimoiy voqelikni aks
ettirish va shakllantirish usullarini tushunishimizni oshiradi.
Madaniy antropologiya gumanitar fanlar sohasida faqatgina nazariy bilimlarni
umumlashtiruvchi integrator bo‘libgina qolamay, ushbu bu fan dala tadqiqoti kabi amaliy
jarayonni ham ta’lim tizimiga integratsiyalovchi vosita hisoblanadi. Antropologiya o‘qitish
shakllaridan yana biri bu o‘quv jarayonida dala tadqiqotlaridan foydalanishdir. Antropologik
tadqiqotlarning asosi bo‘lgan dala ishi ko‘pincha aspirantura dasturlariga kiritilgan. Bu
tadqiqotchi talabalarga kuzatish, suhbatlar va jamiyat hayotida ishtirok etish orqali bevosita
ma’lumotlarni to‘plash imkonini beruvchi ma’lum bir madaniy muhitga intensiv singib
ketishni o‘z ichiga oladi. Bu bebaho real dunyo tajribasi va madaniy murakkabliklarni
chuqurroq tushunish imkonini beradi. Songgi yillarda qizg‘in bahs
-munozaralarga sabab
bo‘lib kelayotgan o‘quv mavzularidan biri bu baklavrlarni bakalavriat o‘quv dasturining bir
qismi sifatida dala ishlarini bajarishga undash kerak yoki yoqligidir. Shuningdek, barcha
oliygohlar ham dala tadqiqot loyihalari uchun imkoniyat yarata omaydi. Chunki dala
tadqiqotlarini tashkillashtirilishi moliyaviy jihatga bog‘liq.
Bu o‘rinda dala tadqiqotlarinining talabalar ilmiy faoliyati muhimligini ta’kidlab
o‘tish joiz. Madaniy antropologiya ta’limining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ham bu dala
ishlariga urg‘u berishdir, bu jamoa yoki madaniy guruh bilan immersiv, bevosita ishtirok
etishni o‘z ichiga olgan uslubiy yondashuv. Talabalarning dala ishlarida ishtiroki o‘quv
jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, akademik va shaxsiy rivojlanishga hissa qo‘shadigan
ko‘plab qulayliklarni yaratadi. Misol uchun dala ishi talabalarga nazariy tushunchalarni
real sharoitlarda qo‘llash uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi. Etnografik
tadqiqotlarda faol ishtirok etib, talabalar ishtirokchilarni kuzatish, suhbatlashish va
ma’lumotlar to‘plash kabi amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiradilar. Ushbu ko‘nikmalar
nafaqat akademik tadqiqotlarda, balki turli kasbiy kontekstlarda, jumladan, ijtimoiy ish,
jamiyatni rivojlantirish va himoya qilishda ham bebahodir. Dala ishi talabalarni
kuzatishlari va tajribalari haqida tanqidiy fikrlashga undaydi. Madaniy hodisalarni
kontekstda tahlil qilish talabalardan ma’lumotni sintez qilishni, nazariya va amaliyot
o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatishni talab qiladi. Ushbu analitik ko‘nikmalar turli kasblarda
o‘tkazilishi mumkin va qimmatlidir.
TAHLIL VA NATIJALAR
Shunday qilib, gumanitar fanlarning asosiy tamoyillari
–
inson mavjudligi
tajribasini talqin qilish
–
madaniy antropologiya muhitida ishlab chiqilgan tushuncha va
nazariyalar bilan mos keladi. Shuningdek ushbu fan turli fanlardan bilimlarni sintez qilish
orqali insoniyat jamiyatlarini yaxlit tushunishni rivojlantirish orqali gumanitar fanlar
ichida integrator bo‘lib xizmat qiladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
191
Madaniy antropologiyaning ta’lim tizimidagi integrator sifatidagi hamda nazariy va
amaliy bilimlarni uyg‘unlashtiruvchi sifatidagi ahamiyatiga alohida e’tbor berilib, Buyuk
Britaniya va boshqa qator mamlakatlarda ushbu fanni talim tizimiga integratsiyasi
xususida bir qator xalqaro konferensiyalar tashkil etilgan va Oxford, Kembrij va
LSE(London iqtisodiyot universiteti) kabi oliygohlar professor o‘qituvchilari tomonidan
soha doirasida ko‘plab izlanishlar amalga oshirilgan.
Xusussan, Mascarenhas-
Keyes va Wright antropologiyani o‘rganish va o‘qitish
usullari, talabalar profili, xodimlarning rivojlanishi va istiqbol yo‘llari bilan bog‘liq
institutsional ta’minotni o‘rganib chiqiashgan. Ular, umuman olganda, darsliklar va
seminarlar bilan birgalikda ma’ruzalarning “
klassik
”
modeli hali ham ustunlik qilishini
aniqladilar. Cheklovlarga qaramay, ma’ruzalar talabalarni tegishli tushunchalar va
adabiyotlar bilan tanishtirishning eng yaxshi usuli sifatida qaraladi [3].
Maskaren-xes-
Keycs va Rayt (1995) o‘zlarining Buyuk Britaniyada ijtimoiy
antropologiyani o‘qitish va o‘rganish asarida zamonaviy antropologiya bakalavriat o‘quv
dasturlarini evristik jihatdan ikki turga bo‘lish mumkinligini taklif qiladilar
–
substantivistik va fikr yuritish. Birida asosiy maqsad etnografik material va antropologik
nazariyaning mazmunli to‘plamini o‘zlashtirish bo‘lsa, ikkinchisida ko‘proq e’tibor
“antropologik tasavvur”ni egallashga qaratilgan. Ularning ta’kidlashicha, ikkalasi ham
“katta beshlik” klassik mavzular
–
qarindoshlik, din, iqtisodiy antropologiya, siyosiy
antropologiya va ijtimoiy nazariyaga bo‘lgan an’anaviy e’tibordan bir qadam yiroqda.
Ularning
barchasi,
shuningdek,
antropologiyaning
“
etnografiya
”ga
bo‘lgan
yondashuvining
“o‘ziga xosligini”
ta’kidlaydi. Bu esafanning idrok etilgan
intellektual
o‘ziga xosligini saqlab qolishning kalitidir.
XULOSA
Bundan ko‘rinadiki, Madaniy antropologik materiallarni maktablarga kiritish
o‘quvchilar uchun ko‘plab afzalliklarni beradi bir qator fanlardan olingan ma’lumotlarni
umumlashtirish orqali ularning integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
Madaniy antropologiya gumanitar fanlar tizimida muhim integrator bo'lib xizmat
qiladi, talabalar o‘rtasida fanlararo muloqot, tanqidiy fikrlash va madaniy
kompetentsiyani rivojlantiradi. Madaniyatlararo tushunish va refleksivlikka urg‘u berish
orqali madaniy antropologiya talabalarni globallashgan dunyoning murakkabliklarida
o‘zaro hurmat bilan harakat qilishga tayyorlaydi. Oliy ta’lim rivojlanishda davom etar
ekan, madaniy antropologiya turli nuqtai nazarlarga ega bo
‘
lgan va jamiyatga ijobiy hissa
qo‘shishga qodir bo‘lgan bilimli va madaniy jihatdan barkamol fuqarolarni
shakllantirishda ajralmas bo‘lib qolmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
The Social Science Teacher 1973 VOLUME 3 NUMBER 1 Editor CHARLES
TOWNLEY
2.
Porozov Roman Yurevich, CULTUR
А
L ANTHROPOLOGY AS INTEGRAT
О
R OF
HUMANITARIAN EDUCATION IN HIGHER SCHOOL
ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ
ОБРАЗОВАНИЕ
В
РОССИИ. 2016. № 1
3.
Mascarenhas-Keyes, S. and S. Wright (1995), Report on Teaching and Learning
Social Anthropology in the United Kingdom. Social Anthropology Teaching and Learning
Network: University of Sussex
4.
A. Bernard History and theory of anthropology Cambridge university press 2000
5.
Ingold, T.
M
а
king: Anthropology,
А
rchaeology, Art and Archit
е
cture
. Routledge,
London, UK.