Авторы

  • Наргиза Пазлитдинова
    Доктор философии (PhD) филологических наук, заведующий кафедрой языкового и литературного образования, Университет бизнеса и науки
  • Умида Гафурова
    Преподаватель, кафедра языкового и литературного образования, Университет бизнеса и науки

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67212

Ключевые слова:

цитата поэтическое искусство художественное искусство поэма газель байт Коран аят хадис прецедентный метод

Аннотация

В данной статье рассматривается место искусства цитирования в художественной литературе, а также проводится художественно-лингвистический анализ цитат из Священного Корана и хадисов в произведениях Алишера Навои.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The art of quotation in the works of Alisher Navoi

Umida GAFUROVA

1

, Nargiza PAZLITDINOVA

2


University of Business and Science

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2024

Received in revised form

10 May 2024

Accepted 25 May 2024

Available online

25 June 2024

The article talks about the place of the art of citation in

fiction and artistic and linguistic analysis of quotations of the
Holy Quran and Hadith in the works of Alisher Navoi.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1

/S

-pp300-303

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

quotation,

poetic art,

godly art,

poem,

ghazal,

Koran,

verse,

hadith,

precedent method.

Alisher Navoiy asarlarida iqtibos san’atining o‘rni

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

iqtibos,

she’riy san’at,

badiiy san’at, she’r,

g‘azal, bayt,

Qur’on,

oyat,

hadis,

hol usuli.

Maqolada iqtibos san’atining badiiy adabiyotda tutgan o‘rni

hamda Alisher Navoiy asarlarida Qur’oni Karim va hadislardan

keltirilgan iqtiboslarning badiiy va

lisoniy tahlili haqida so‘z

yuritilgan.

1

Lecturer, Department of Language and Literature Education, University of Business and Science.

2

Doctor of Philosophy (PhD) of Philological Sciences, Head of the Department of Language and Literary Education,

University of Business and Science.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

301

Искусство цитирования в творчестве Алишера Навои

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

цитата,

поэтическое искусство,

художественное

искусство,

поэма,

газель,

байт,

Коран,

аят,

хадис,

прецедентный метод.

В данной статье рассматривается место искусства

цитирования в художественной литературе, а также
проводится художественно

-

лингвистический анализ цитат

из Священного Корана и хадисов в произведениях Алишера
Навои.

Har qanday shoir o‘z dilidagini aytgisi keladi. Uni qaysi usul, qaysi san’at bilan

yetkazish uning mahoratiga bog‘liq. Mahoratni turli san’at yo‘li bilan amalga oshirib,

maqsadini kitobxonga yetkazadi. She’riy san’at faqat g‘azal bezagi emas, balki shoir
maqsadini o‘quvchiga yetkazuvchi vositadir.

Alisher Navoiy o‘zining boy ijodiyotida mavjud she’riy san’atlarning deyarli

barchasidan foydalangan. Ko’plab san’atlarning turkiy adabiyotga kirib kelishiga va

rivojiga hissa qo‘shgan buyuk ijodkordir. Uning “Xazoyin

-ul-

maoniy”, “Xamsa” va boshqa

asarlarida mumtoz she’riyatda mavjud bo‘lgan barcha she’riy san’atlarning betakror

namunalarini istagancha topish mumkin. Ushbu san’atlar ichida iqtibos san’ati o‘ziga

xosligi bilan ajralib turadi.

Iqtibos ma’naviy san’atlar sirasiga kirib, arabcha

سابتقا

“ilm o‘zlashtirmoq”, “sitata

keltirmoq”, “ro‘kach qilmoq”, “dastak qilmoq”

degan ma’nolarni anglatadi. Qadimda Qur’on

oyatlarini o‘rganish, payg‘ambar hadislaridan she’r ichida keltirish, uning mazmunini
she’rda ifodalash odat bo‘lgan. O‘z navbatida bu

she’riy san’at ham hisoblanib, ulardan

foydalanish mahorat sanalgan. Hadislarga bag‘ishlangan

“Arba’in” ham iqtibos usulida

yaratilgan. Navoiy yozadi:

Onalarning oyog‘i ostidadur

Ravzai jannat-

u jinon bog‘i.

Ravza bog‘in visolin istar esang

Bo‘l onaning oyog‘i tufrog‘i.

Keltirilgan parchada payg‘ambarimizning

“Al jannatu tahta aqdomi ul

-

ummahat”,

ya’ni

“Jannat onalar oyog‘i ostidadur”

degan hadislaridan keltirilgan.

Iqtibos

mushtarak san’at turiga kiritiladi. Nazmning yorqin ifodasi uchun oyat va

hadislardan misol keltiriladi.

Taniqli olim Yoqubjon Is’hoqov iqtibosni ikkiga ajratadi.

1.

Oyat yoki hadis aynan keltirilgan iqtibos “darj” deyiladi. Navoiy bunday

iqtiboslarni juda ko‘p qo‘llagan. Ular oddiy bezak emas, balki kuchaytirib, quvvatlashga

xizmat qiluvchi muhim vosita hisoblanadi. Ba’zida she’riy parchalar mohiyatan oyat yoki
hadis mazmuni bilan aloqador bo‘ladi.

Navoiy asarlarida oyat yoki hadis to‘liq emas, balki bir bo‘lagi keltiriladi va

mazmuniga ishora qilinadi. Masalan,

“azza man qana’, zalla man tama”

, ya’ni

“Qanoatli

kishi aziz, ta’magir kishi esa xor

-

u zaloldir”

hadisi o‘nlab baytlarda ishlatilgan:

Elni xor aylagan tama’ bilgil,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

302

Doimo “azza man qana’ bilgil”

Navbatdagi misolda ham xuddi shunday holatni ko‘ramiz:

Kim etsa, vasatliq yo‘linda zuhur,

Anga tuzsa, oyini “xayr ul

-

umur”

.

Bu parchada

“xayr ul

-

umuri avsatuho” (ishlarning yaxshisi o‘rtachasidur)

degan

hadisdan parcha keltirilib, iqtibos san’ati yaratilyapti. Nasriy muqaddimalarda ham
iqtibos to‘liq keltirish yoki ma’lum bir bo‘lakni keltirish bilan qo‘llangan.

2. Agar oyat va hadisning tarjimasi yoki mazmuni keltirilsa, bunday iqtibosni Doriy

Javod “holl usuli” deb atagan. Navoiyda holl usulidagi iqtiboslar ko‘plab uchraydi:

Oyini qanoat tut, izzat tilar ersangkim,

Ermish tama’

ahlidin, har kimki zalil ermish.

“Qanoat –

istig‘no sarmoyasidur, sharaf va izzat kiroyasidur. Muxlisi qone’ g‘aniy

va shoh-

u gadodin mustag‘niy. Tama’ mazallatg‘a dalil va g‘aniy tome’ xor

-

u zalil”.

Navoiy iqtibos keltirganda ko‘pincha iboralarning manbaiga ishora qilib ketgan.

Masalan:

Sidq ila urg‘onda salo ummati

Oyati “Kazzobuna lo ummati”.

Tarjimasi:

Yolg‘onchilar ummatim emas.

Yoki:

Tashnalab o‘lma, Navoiy, chun azal soqiysidin,

“Ishrabu yo ayyuhal

-

atshon” kelur har dam nido.

Tarjimasi:

Ichinglar, ey tashnalar!

Demak, iqtibos lug‘atda

“ilm o‘zlashtirmoq”, “sitata keltirmoq”

ma’nolarini

anglatadi. Atash ma’nosi birinchi ma’nosiga ko‘ra zohirdir, ikkinchi ma’nosiga ko‘ra
Qur’on va hadisning nur, aysh

-

u surur vositalarini hozirlayotgan o‘tga o‘xshaydi.

Shuningdek, ulardan bir nimani tilga ziynat qilib kiritib, nur va aysh-u surur vositalarini

hosil qilish uchun o‘t oladiganga o‘xshaydi. Masalan:

Zuhur aylabon “arzu zilzalaho

Va axrojat ul-

arzu asqolaho”

Baytda Qur’oni karimning “Zalzala” surasi 1–

2-oyatlariga ishora qilingan.

Tarjimasi:

1. Vaqtiki, yer o‘ziga xos zilzilaga tushsa… 2. Va yer o‘z yuklarini otib chiqarsa…

Navoiy ushbu baytda Qur’on oyatidan iqtibos keltiradi va bir vaqtning o‘zida

tashbeh san’atini qo‘llab, bayt mazmunini boyitgan.

Navoiyning Qur’on va hadis ilmi bevosita singdirilgan g‘azalida, albatta, she’riy

san’atga duch kelamiz:

Ilm o‘qib qilmag‘on amal maqbul,

Dona sochib ko‘tarmadi mahsul.

Yoki:

Olimekim, ilmi erdi beamal,

Yo g‘aniykim molig‘a buxl erdi yor.

O‘ldilar yuz hasrat

-u armon bila,

Elga bo‘ldi ishlaridin e’tibor.

Bu iqtibosli g‘azal quyidagi hadis bilan sug‘orilgan:

“Dinning ofati uchtadir: beamal

olim, zolim podsho va ilmsiz mujtahid”.

Alisher Navoiy tanbeh va hadislarni mutanosib holda yozadi va ma’no kengligini,

ta’sirchanligini oshirishga harakat qiladi:


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

303

Kim so‘zni terib aytg‘uvchi og‘ziga berg‘ay,

Molik ani do‘zax o‘tining dudiga tergay.

Bu bayt quyidagi hadis asosida yoritilgan:

“Odamlar orasida chaqimchilik va

bo‘hton gaplarni tarqatishdan saqlaninglar”

. Shoir ushbu hadisdan ta’sirlanib, ma’noni

kuchaytiradi:

“Ulki so‘zni bir yerdin yana bir yerga yetkurgay. Hammomliq chin so‘zga

mamnu’dir. Agar zuhr etgay –

xayol qilki, yolg‘on so‘zga ne yetgay, so‘z terguvchining agar

ulug‘i, agar kichigi –

bilki erurlar tamug‘ o‘tining tutirug‘i”

.

Navoiy qarashlarida hadis talqini, unga munosabat keng o‘ringa ega. Hadislarda

bo‘hton, chaqimchilikdan saqlanish haqida fikrlar berilgan. Navoiy nafaqat

chaqimchilikdan saqlanish, balki uning dahshat-

u oqibatlarini ham o‘quvchiga anglatish

maqsadida ko‘plab iqtiboslardan foydalanadi. Iqtiboslar

asarlarning yorqin, ta’sirchan

chiqishini ta’minlash bilan birga shu kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi bilan

qadrlidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Is’hoqov Y. So‘z san’ati so‘zligi. –

Toshkent: Zarqalam, 2006.

B. 3.

2.

Hojiahmedov A. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya. –

Toshkent, 1998.

B. 62.

3.

Navoiy A. Asarlar. 6-tom

Toshkent, 1971.

B.9.

4.

Navoiy A. Favoyid ul-kibar.

Toshkent, 1961. 8-tom.

B. 98.

5.

Navoiy A. Xamsa.

Toshkent, 1969.

B. 86.

6.

Navoiy A. Mahbub ul-qulub.

Toshkent, 1982.

B. 81.

7.

Navoiy A. Hayrat ul-abror. 7-tom.

Toshkent: Fan.1991.

B. 208.

8.

Navoiy A. G‘aroyib us

-

sig‘ar. 3

-tom.

Toshkent, 1988.

B. 25.

9.

Navoiy A. Saddi Iskandariy.

Toshkent: Fan. 1993.

B. 169.

Библиографические ссылки

Is’hoqov Y. So‘z san’ati so‘zligi. – Toshkent: Zarqalam, 2006. – B. 3.

Hojiahmedov A. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya. – Toshkent, 1998. – B. 62.

Navoiy A. Asarlar. 6-tom – Toshkent, 1971. – B.9.

Navoiy A. Favoyid ul-kibar. – Toshkent, 1961. 8-tom. – B. 98.

Navoiy A. Xamsa. – Toshkent, 1969. – B. 86.

Navoiy A. Mahbub ul-qulub. – Toshkent, 1982. – B. 81.

Navoiy A. Hayrat ul-abror. 7-tom. – Toshkent: Fan.1991. – B. 208.

Navoiy A. G‘aroyib us-sig‘ar. 3-tom. – Toshkent, 1988. – B. 25.

Navoiy A. Saddi Iskandariy. – Toshkent: Fan. 1993. – B. 169.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)