Авторы

  • Хуршида Хашимова
    Доктор философии по филологии, и.о. доцента, кафедра языкового и литературного образования, University of Business and Science, Наманган, Узбекистан
  • Наргиза Пазлитдинова
    Доктор философии по филологии, и.о. доцента, кафедра языкового и литературного образования, University of Business and Science, Наманган, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67402

Ключевые слова:

лексика лексическая единица термин окончание терминология

Аннотация

Известно, что развитие лексики языка характеризуется появлением новых лексических единиц. Эти особенности можно увидеть в своеобразии языка, его специфических признаках и функциях. За период независимости в словарном запасе узбекского языка произошло много изменений. Резкий рост интереса к терминологии в последние годы объясняется быстрым развитием различных областей знаний. Большое значение имеет то, что исследования в этой области проводятся в различных направлениях.  По этой причине в статье рассматриваются работы по терминологии, выполненные исследователями.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The role of terminology in the development of the lexical
structure of the language

Khurshida KHASHIMOVA

1

, Nargiza PAZLITDINOVA

2


University of Business and Science

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received June 2024

Received in revised form

10 July 2024

Accepted 25 July 2024

Available online

25 August 2024

It is known that development in the lexicon of the language

is characterized by the emergence of new lexical units. These

features can be seen in the uniqueness of the language, its
specific signs and its functions. During the period of

independence, there were many changes in the vocabulary of
the Uzbek language. The sharp increase in interest in
terminology in recent years is explained by the rapid

development of various fields of knowledge. It is of great
importance that researches are conducted in different

directions in this field. For this reason, the article examines the
works on terminology performed by researchers.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2

/S

-pp112-116

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

lexicon,

lexical unit,

term,

termination,

terminology.

Til leksik

tarkibining rivojida terminologiyaning o‘rni

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

leksika,

lug‘aviy birlik,

termin,

terminlashish,

terminologiya.

Ma’lumki, til leksikasidagi taraqqiyot yangi lug‘aviy

birliklarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi.

Mazkur

xususiyatlar tilning o‘ziga xosligida, uning o‘ziga xos belgilari va
vazifasida ko‘rinadi. Mustaqillik davri o‘zbek tili lug‘at tarkibida

ko‘plab o‘zgarishlar yuz berdi. So‘nggi yillarda terminologiyaga

qiziqishning keskin oshishi bilimlarning turli sohalari jadal
rivojlanishi bilan izohlanadi. Bu sohada tadqiqotlar turli

yo‘nalishlarda olib borilayotgani katta ahamiyatga ega. Shu

sababli

maqolada

tadqiqotchilar

tomonida

bajarilgan

terminologiyaga oid asarlariga ham nazar tashlangan.

1

PhD, Associate Professor, Department of Language and Literature Education, University of Business and Science

Namangan, Uzbekistan. E-mail: xurshidaxonxashimova@gmail.com

2

Dotsenti v.b., filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Til va adabiyot ta’limi kafedrasi, University of Business and

Science, Namangan, O‘zbekiston. E

-mail: pazlitdinovanargiza@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

113

Роль терминологии в развитии лексического строя
языка

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

лексика,

лексическая единица,

термин,

окончание,

терминология.

Известно, что развитие лексики языка характеризуется

появлением новых лексических единиц. Эти особенности
можно увидеть в своеобразии языка, его специфических
признаках и функциях. За период независимости в

словарном запасе узбекского языка произошло много
изменений. Резкий рост интереса к терминологии в
последние годы объясняется быстрым развитием

различных областей знаний. Большое значение имеет то,
что исследования в этой области проводятся в различных

направлениях.

По этой причине в статье рассматриваются

работы по терминологии, выполненные исследователями.

Har qanday til leksikasidagi taraqqiyot yangi lug‘aviy birliklarning paydo bo‘lishi,

ma’lum lug‘aviy birliklarning eskirib iste’moldan chiqishi, so‘zlarni yangi ma’nolar yoki

ayrim ma’nolarni yo‘qotishi kabi hodisalar bilan xarakterlanadi. O‘zbekistonning
mustaqillikka erishuvi bilan respublikamiz hayotining barcha sohalarida ro‘y bergan

katta o‘zgarishlar, rivojlangan juda ko‘plab mamlakatlar bilan aloqalarning tobora
kuchayishi juda qisqa vaqt ichida o‘zbek tili, xususan, uning leksikasi rivojiga sezilarli

ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Y

uzlab diniy-

tasavvufiy atamalarni iste’molga kirib kelishi ayni shu

ijobiy ta’sir natijasidir.

Mustaqillik davri o‘zbek tili lug‘at tarkibida quyidagi lisoniy o‘zgarishlar yuz berdi:

1.

Xorijiy tillardan bevosita yoki bilvosita so‘zlar olindi.

2.

Tilning ichki imkoniyati hamda til egalari ehtiyojidan kelib chiqib, o‘zlashma

tarkibli yangi so‘zlar yasaldi.

3.

So‘z yoki ibora semantik strukturasi yangi ma’nolar bilan boyidi. S

hu sababli

ham terminlar ham miqdor jihatdan, ham semantik jihatdan katta o‘zgarishlarga duch

keldi deyishimiz mumkin.

Fanlarda, ayniqsa, tibbiyot, virusologiya, harbiy sohalarda tushunchalarni to‘g‘ri

nomlamaslik ularga nisbatan samarali yechim topishni qiyinlashtiradi. Shu jihatdan

fundamental adabiyotlarda terminlarni unifikatsiyalash tamoyili yuqori bo‘lsa, OAV,

internet nashrlari hamda maxsus leksikografiyada terminlarni farqlashga intilish kuchli.
Natijada turli fanlar

kesishmasida turli sohalarda bir xil shaklda qo‘llanadigan, semantik

jihatdan bir-

biriga yaqin, biroq qo‘llanish obyekti, vazifalari farq qiladigan sohalararo

terminlar qatlami shakllanib borayotgani ham mazkur sohada terminlarni leksikografik,

semantik va funksional aspektda o‘rganish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

So‘nggi yillarda terminologiyaga qiziqishning keskin oshishi bilimlarning turli

sohalari jadal rivojlanishi bilan izohlanadi. Bu sohada tadqiqotlar turli yo‘nalishlarda olib

borilayotganiga qaramay, fanlar terminologiyasi, xususan, logistika sohasidagi

terminlarning shakllanish muammolari y

etarlicha o‘rganilmaganligi kuzatilmoqda. S

huni

ta’kidlash joizki, bu masala bilimlarning aniq yangi yo‘nalishlari terminologiyalarini

shakllanishi bilan bog‘liq. C

hunki har qanday faoliyat sohasi terminologiyasi tavsifi uning

rivojlanishida eng muhim yo‘nalish hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot, ochiq axborot,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

114

madaniyatlararo aloqaning rivojlanishi, bir tomondan, kasbiy faoliyat va
terminologiyaning mutanosibligiga, boshqa tomondan esa, biznes faoliyati va hamkorlik

samaradorligi kabi o‘rinlarning yanada takomillashuviga sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, ma’naviy sohada diniy e’tiqodga berilgan erkinlik, xalqona, milliy xalq

terminologiyasiga bo‘lgan qiziqish ham mustaqillik davri terminologiyasida ma’lum
yo‘nalishni yuzaga keltirdi. S

hu bilan birga terminologiyada depolitizatsiya,

deideologizatsiya jarayoni ham kechib, ko‘plab terminlarning leksikografik izohida

siyosiy va ideologik qarashlardan xoli sof lingvistik tahlillar yuzaga keldi.

O‘zbekistonning jadallik bilan xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash

va kengaytirishga intilishi, erkin, ochiq, keng investitsion muhitni yaratish uchun olib

borilayotgan islohotlar global muhit ko‘nikmalariga zudlik bilan ko‘nikish va

moslashishni taqozo qilmoqda.

O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik munosabatlari sud

-huquq,

iqtisodiyot, bank-

moliya, xizmat ko‘rsatish, axborot texnologiyalari ko‘plab termin va

o‘zlashmalarning katta oqimi yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.

Shu sababli ham terminologiya va terminografiyada shu terminlarni mavzuiy

guruhlarga ajratib tahlil qilish tendensiyasi paydo bo‘ldi.

Til leksik tarkibining rivoji va boyishi terminologik tizimda ham bir xilda ro‘y

berishi, biroq terminologiyada tashqi imkoniyat faollik jihatdan ichki imkoniyatga

ma’lum darajada yaqinlashishini ko‘rsatadi. X.Norxo‘jayeva maqolada haligacha

tadqiqotchilar tomonidan terminlarning tasnifi aniq berilmaganligini, tilshunoslikda

termin tushunchasiga berilgan ta’riflar ham xilma

-

xil ekanligini aytib o‘tgan. Jamiyat

ehtiyoji asosida tilimizda turli sohalarga oid ko‘plab terminlar yaratilayotganligini, fanda
terminlarga bo‘lgan ilmiy qarashlar mohiyatan yangi tus olib, mazkur tizimning, uni hosil

qiluvchi birliklarning yangidan yangi xususiyatlari ochilayotganligi, tavsiflar

takomillashib, termin ijodkorligi mukammallashib borayotganligini ta’kidlagan.

Tadqiqotchi o‘z kuzatishlari asosida badiiy nutqda kamdan kam, ilmiy nutqda esa

nihoyatda faol ravishda semantik kalkalash usulidan foydalanib kelinayotganligini,

shunday usul bilan yasalgan terminlardan o‘zbek tili terminologik tizimlarining deyarli
barcha sohalarida foydalanib kelinayotganligini, ba’zi sohalar terminologik tizimlarida

jarayonlarni ifodalovchi terminlarni qo‘llamasligi mumkinligini aytib o‘tgan. O‘zbek

tilining anatomik terminologiyasida, umuman, jarayonlarni anglatuvchi terminlardan

foydalanilmaydi... yangi terminlar, asosan, rus tili terminlaridan semantik usulda, andaza
asosida hosil qilingan, degan xulosaga keladi. Shuningdek,

o‘zbek tilining turli

terminologik tizimlarida termin o‘zlashtirilishini ikki qismga bo‘lib misollar yordamida

dalillaydi:

1.

Aynan o‘zlashgan terminlar.

2.

Asoslari aynan, yasovchilari almashtirib o‘zlashtirilgan terminlar.

“Sport” terminologiyasini o‘rgangan Mahbuba S

hokirova tilning leksik sathi kabi

terminologik sath paradigmatik, sintagmatik va gipo-giperonimik munosabatlarga

bo‘ysunishi tufayli sport terminologiyasini ham sistem tarzda o‘rganish kerakligini
ta’kidlaydi. Tadqiqotda sport turlarining kengayishi va har bir turga xos yangi

tushunchalarning maydonga kelishi ularni ifodalovchi atamalarga ehtiyojni kuchaytirishi,

atamalar shu tilning mavjud leksemalari ma’nosini xususiylashtirish yoki boshqa

tillardan so‘z olish asosida boyib borishi, natija

da

atamalar tizimida o‘z va o‘zlashgan

birliklar vujudga kelishi ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqotchi sport sohasiga oid birliklarni


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

115

leksik-

semantik, komponent va valent tahliliga urg‘u berib, “sport” sememali birliklar

paradigmasini: 1) sportga oid terminlar; 2) sohaviy leksik birliklarga ajratadi.

Sh

uningdek, milliy sport o‘yinlariniga ham alohida bob ajratgan. Ko‘rinib turibdiki, bu

o‘rinda tadqiqotchi terminlar va sohaviy leksikani alohida guruhlarga ajratishni ma’qul

ko‘rgan. Mazkur guruhdagi terminlarni barqarorlashtirishda, fizkultura va sportga oid,

barcha talablarga javob bera oladigan terminlarning bir xilligiga erishishda H. Rafiyev

tomonidan yaratilgan maxsus lug‘atning o‘rni va roli benihoya katta.

Nizomiddin Usmonovning “O‘zbek tilining pedagogik terminologiyasi” deb

nomlangan dissertatsiyasida pedagogika bilan bog‘liq 10000 dan ortiq terminlar o‘rin
olgan. Bundan tashqari o‘zbek pedagogikasi bo‘yicha yaratilgan lug‘at ham e’tiborga

molik. Olim pedagogik terminlarni mavzuiy jihatdan 3 guruhga bo‘lib tahlil qiladi:

a)

ta’limga sistemasi aloqador terminlar;

b) tarbiya sistemasiga aloqador terminlar;
v)

faoliyati ta’lim

-

tarbiya bilan bog‘liq shaxs nomlari. Dilnoza Komilova pedagogik

terminlarni tadqiq etar ekan, ta’lim sohasidagi islohotlar omiliga urg‘u beradi. S

hu

sababli yuqorida keltirilgan 10 ming termindan 2900 tasigina “Pedagogik lug‘at”ga

kiritilganligi mazkur sohadagi tadqiqotlarni dolzarbligi, terminosistemadagi tezkor

o‘zgarishlardan darak berishini yozadi.

Kasb-hunar leksikasini

o‘

rgangan

Elbek Jo‘rayev professional leksika terminologik

leksikaga qonuniyatlariga bo‘ysunishini ta’kidlab, professionalizmlarning hozirgi ilm

-fan,

texnika, san’at va adabiyot kabi sohalarda qo‘llaniladigan, eskilik yoki yangilik bo‘yog‘iga
ega bo‘lmagan birliklarigina terminlar deb atalishini ko‘rsatadi. S

huningdek, muallif

o‘zbek tilining yangi, besh jildli izohli lug‘atida kasb

-

hunarga oid so‘zlarning qaysi tilga

mansubligi va ma’nosi izohlanib, ularning ma’nolari tegishli misollar bilan

dalillanganligini izohlab o‘tgan.

O‘zbek tili ornitonimlarini o‘rgangan D.

Yo‘ldosheva mazkur tizimdagi birliklarga

termin sifatida emas, lug‘aviy

-

semantik to‘plam sifatida yondashadi.

D. Y

o‘

ldosheva

ornitonimlarning turkologiyada o‘rganilishi, ularning leksik

-semantik guruhlari,

funksional uslubiy xususiyatlariga alohida urg‘u beradi.

Terminlashish ilmiy va sohaviy tushunchani ifodalash uchun tildagi umumiste’mol

so‘zlarning ishlatilishidir. Umumiste’moldagi so‘z terminga aylanishidan oldin u maxsus
kontekstda qo‘llanishi natijasida semantik ixtisoslashishga duchor bo‘ladi. Terminlashish

jarayoni jamiyat hayotining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli
ko‘rinishlarda ifodalanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Madvaliyev A. O‘zbek leksikografiyasining mustaqillik davri taraqqiyoti //

O‘zbek tili va adabiyoti 2018 yil. 5

-son. 3-13-bet.

2.

Odilov Yo. Mustaqillik davri leksikasida maʼno taraqqiyoti // O‘zbek tili va

adabiyoti 2016 yil. 2-son. 41-45-bet.

3.

Alautdinova

K. Termin o‘rganish muammosi va yangi terminlar vujudga kelish

ehtiyoji // “Til va adabiyot taʼlimi” 2021 yil, 4

-son. 21-22-bet.

4.

Norxo‘jayeva X. O‘zbek tili terminosistemasining taraqqiyot omillari // Til va

adabiyot taʼlimi, 2020 yil. 3

-son.121-123-bet.

5.

Narxadjayeva X. Jarayon nomlarining semantik usul bilan ifodalanishi// O‘zbek

tili va adabiyoti 2010 yil. 6-son. 112-114-bet.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

116

6.

Norxo‘jayeva X. Jarayon terminlarini tartibga solish muammosi // O‘zbek tili va

adabiyoti, 2015 yil. 3-son. 85-89-bet.

7.

Iskandarova Sh., Shokirova M. “Sport” arxisemali leksemalarning komponent

tahlili // O‘zbek tili va adabiyoti 2011 yil. 6

-son. 101-103-bet.

8.

Shokirova M.N. O‘zbek tilidagi “sport” sememali birliklarning struktur

-semantik

tadqiqi: filol... falsafa dokt (PhD) dissertatsiyasi avtoref.

Farg‘ona, 2019.

9.

Shodmonov Sh. O‘zbekcha sport terminlari haqida // O‘zbek tili va adabiyoti,

2010 yil. 3-son. 73-75-bet.

10.

Usmonov N.O‘. O‘zbek tilining pedagogik terminologiyasi: filol. fanl. nomz. ...

diss. avtoref.

Toshkent, 1994. 24 b.

11.

Usmonov N.O‘. O‘zbek tilining pedagogik terminologiyasi: filol. fanl. nomz. ...

diss. avtoref.

Toshkent, 1994. 9-b.

12.

Komilova D. Pedagogik terminlarning o‘rganilishiga doir // O‘zbek tili va

adabiyoti, 2011 yil. 6 -son. 103-106-bet.

13.

Jo‘rayev E. Izohli lug‘atlarda kasb

-

hunar leksikasining berilishi // O‘zbek tili va

adabiyoti, 2013 yil. 2-son. 84-86-bet.

14.

Yo‘ldosheva D. O‘zbek tilida ornitonimlarning lisoniy tadqiqi: filol... falsafa dokt

(PhD) dissertatsiyasi avtoref.

Samarqand, 2019.

15.

Yo‘ldosheva D. Turkiyshunoslikda qush nomlarining o‘rganilishi // O‘zbek tili

va adabiyoti, 2015 yil. 3-son.93-97-bet.

Библиографические ссылки

Madvaliyev A. O‘zbek leksikografiyasining mustaqillik davri taraqqiyoti // O‘zbek tili va adabiyoti 2018 yil. 5-son. 3-13-bet.

Odilov Yo. Mustaqillik davri leksikasida maʼno taraqqiyoti // O‘zbek tili va adabiyoti 2016 yil. 2-son. 41-45-bet.

Alautdinova K. Termin o‘rganish muammosi va yangi terminlar vujudga kelish ehtiyoji // “Til va adabiyot taʼlimi” 2021 yil, 4-son. 21-22-bet.

Norxo‘jayeva X. O‘zbek tili terminosistemasining taraqqiyot omillari // Til va adabiyot taʼlimi, 2020 yil. 3-son.121-123-bet.

Narxadjayeva X. Jarayon nomlarining semantik usul bilan ifodalanishi// O‘zbek tili va adabiyoti 2010 yil. 6-son. 112-114-bet.

Norxo‘jayeva X. Jarayon terminlarini tartibga solish muammosi // O‘zbek tili va adabiyoti, 2015 yil. 3-son. 85-89-bet.

Iskandarova Sh., Shokirova M. “Sport” arxisemali leksemalarning komponent tahlili // O‘zbek tili va adabiyoti 2011 yil. 6 -son. 101-103-bet.

Shokirova M.N. O‘zbek tilidagi “sport” sememali birliklarning struktur-semantik tadqiqi: filol... falsafa dokt (PhD) dissertatsiyasi avtoref. – Farg‘ona, 2019.

Shodmonov Sh. O‘zbekcha sport terminlari haqida // O‘zbek tili va adabiyoti, 2010 yil. 3-son. 73-75-bet.

Usmonov N.O‘. O‘zbek tilining pedagogik terminologiyasi: filol. fanl. nomz. ... diss. avtoref. – Toshkent, 1994. 24 b.

Usmonov N.O‘. O‘zbek tilining pedagogik terminologiyasi: filol. fanl. nomz. ... diss. avtoref. – Toshkent, 1994. 9-b.

Komilova D. Pedagogik terminlarning o‘rganilishiga doir // O‘zbek tili va adabiyoti, 2011 yil. 6 -son. 103-106-bet.

Jo‘rayev E. Izohli lug‘atlarda kasb-hunar leksikasining berilishi // O‘zbek tili va adabiyoti, 2013 yil. 2-son. 84-86-bet.

Yo‘ldosheva D. O‘zbek tilida ornitonimlarning lisoniy tadqiqi: filol... falsafa dokt (PhD) dissertatsiyasi avtoref. – Samarqand, 2019.

Yo‘ldosheva D. Turkiyshunoslikda qush nomlarining o‘rganilishi // O‘zbek tili va adabiyoti, 2015 yil. 3-son.93-97-bet.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)