Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The necessity of assessment of students' oral speech in
mother tongue education
Sh
о
khrukh ABDIRAIMOV
Tashkent State University of Uzbek Language and Literature
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2024
Received in revised form
10 April 2024
Accepted 25 April 2024
Available online
25 July 2024
International integration requires a revision of the
procedure and content of the teaching and evaluation process.
This thesis reveals the current state of assessment of students'
native language skills, the demand for assessment, and the
relevance of developing an assessment criterion in the cross-
section of classes. In the study, the current evaluation systems
were analyzed from the point of view of evaluating students'
oral speech. Also, in order to determine the necessity of
assessment of students' ability to speak in their native language,
a survey was conducted with the participation of native
language and literature teachers, and the results were analyzed.
Based on the analysis of the results, it was determined that it is
necessary to develop a criterion for evaluating the ability to
speak the mother tongue in the cross-section of classes.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3-pp392-398
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
assessment,
oral speech,
assessment criteria,
speech qualities.
Ona
tili taʼlimida oʻquvchilarining ogʻzaki nutqini
baholash zarurati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
baholash,
ogʻzaki nutq,
baholash mezoni,
nutq sifatlari.
Xalqaro integratsiyalashuv oʻqitish va baholash jarayonini
tashkil etish tartibi, mazmunini qayta koʻrib chiqishni taqozo
etmoqda. Mazkur tezisda oʻquvchilarning ona tilida soʻzlash
koʻnikmasini baholashning mavjud holati, baholash zarurati
hamda sinflar kesimida baholash mezonini ishlab chiqish
dolzarbligi ochib berilgan. Tadqiqotda oʻquvchilarning ogʻzaki
nutqini baholash nuqtayi nazaridan amaldagi baholash
tizimlarida tahlil etilgan. Shuningdek, oʻquvchilarning ona tilida
soʻzlash koʻnikmasini baholash zaruratini aniqlash maqsadida
1
PhD student (DSc), Doctor of Philosophy in Pedagogy, Tashkent State University of Uzbek Language and Literature.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
393
ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari ishtirokida soʻrovnoma
oʻtkazilib, natijalari tahlil etilgan. Natijalar tahlili asosida ona
tilida soʻzlash koʻnikmasini sinflar kesimida baholash mezoni
ishlab chiqilishi zarurligi aniqlangan.
Необходимость оценки устной речи учащихся при
обучении родному языку
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
оценка,
устная речь,
критерии оценки,
речевые качества
.
Международная
интеграция
требует
пересмотра
процедуры и содержания процесса обучения и оценивания.
В данной научной работе раскрывается современное
состояние оценки знаний учащихся по родному языку,
востребованность оценки и актуальность разработки
критерия оценки в разрезе классов. В ходе исследования
были
проанализированы
существующие
системы
оценивания с точки зрения оценки устной речи учащихся.
Также с целью определения необходимости оценки умений
учащихся говорить на родном языке был проведен опрос с
участием учителей родного языка и литературы,
результаты которого были проанализированы. На основе
анализа результатов было определено, что необходимо
разработать критерий оценки умения говорить на родном
языке в разрезе классов.
KIRISH
Global tadqiqotlar natijasini shuni koʻrsatadiki, mamlakat iqtisodiy oʻsishi uchun
oʻquvchilarga maktabda nafaqat taʼlim berish, balki oʻqitish natijalarini baholash ham
muhimdir. Shu nuqtayi nazardan, ona tili taʼlimida oʻquvchilarning nutqiy koʻnikmalarini
rivojlantirish bilan birga, baholash jarayonini toʻgʻri tashkil etish ham zarur va dolzarb
hisoblanadi. Bunda har bir nutqiy koʻnikmaning oʻrni bor. Ayniqsa, ogʻzaki nutqning real
hayotda, muloqot jarayonida ahamiyatlilik darajasi yuqori. Darhaqiqat, “ogʻzaki nutqni
yozma nutqdan ajratib turuvchi talaffuzning xususiyatlari insonlarning kundalik hayoti,
taʼlim va ish hayotining ajralmas qismiga aylangan”
[1].
ASOSIY QISM
Ona tili taʼlimida ogʻzaki nutqni baholash zaruratini oʻrganish maqsadida kichik
tadqiqot oʻtkazildi. Unda oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini rivojlantirish va
baholash
holatini va ona tili taʼlimida baholash metodikasini takomillashtirish zaruratini aniqlash
maqsadida amaldagi mavjud imtihon tizimlari, oʻquv
-metodik adabiyotlar hamda
oʻqituvchilar fikri oʻrganildi. Jumladan, umumiy oʻrta taʼlimda yakuniy davlat
attestatsiyasi va oliy taʼlimga kirish sinovlari hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilishi kutilayotgan Bilimni baholashning yangi
tartibi mazmuni tahlil etib koʻrildi.
Dastlab Yakuniy davlat attestatsiyasiga [
5] toʻxtaladigan boʻlsak, bu imtihonda
bitiruvchilar ona tili va adabiyot fanidan oʻzlashtirish darajasi bayon yoki insho orqali
baholanadi. Bunda yozma ishlarga ikkita baho qoʻyiladi:
–
birinchisi (suratda) adabiyotdan yozma ish mazmuni uchun;
–
ikkinchisi (maxrajida) ona tilidan savodxonligi uchun.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
394
Ushbu baholar adabiyot va ona tili fanlariga yakuniy attestatsiya bahosi sifatida
qoʻyiladi hamda shu fanlardan yakuniy baho chiqarishda asos boʻladi.
Ko‘rinadiki, umumiy oʻrta taʼlimning yakuniy davlat attestatsiyasida bitiruvchining
yozish (insho orqali) yoki eshitib tushunish va yozish (bayon orqali) malakalari
baholanmoqda. Oʻqib tushunish, soʻzlash koʻnikmalari baholanmaydi.
Endi esa oliy taʼlimga kirish imtihonlari haqida toʻxtalsak. Bu imtihon tizimida
imtihon topshiruvchilarning ona tili va adabiyotdan bilim, koʻnikma, malaka va
kompetensiyalari yopiq turdagi test topshiriqlari yordamida baholanadi. Bu imtihon
jarayonini tashkillashtirish, topshiriqlar mazmuni va metodikasini belgilash bilan Oliy
taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi
shugʻullanadi. Agentlikning rasmiy veb
-
sahifasida eʼlon qilingan
Ona tili va adabiyot
fanidan namunaviy test topshiriqlarini [
6] tahlil qiladigan boʻlsak, jami 30 ta topshiriq
berilgan, bu topshiriqlar orqali oʻquvchilarning leksik
-
grammatik savodxonligi, oʻqib
tushunish koʻnikmasi baholanmoqda. Biroq oʻquvchilarning ogʻzaki nutqi baholanmaydi.
Shuningdek, Vazirlik tomonidan joriy etilayotgan Bilimni baholashning yangi tartibida
ham ona tili fanidan Bob boʻyicha summativ baholash va Choraklik summativ
baholashlarda foydalanilayotgan topshiriqlar tahlil etib koʻrildi, ushbu baholashda ham
oʻquvchilarning ogʻzaki nutqi baholanmasdan qolib ketmoqda.
Shundan soʻng, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini
baholash holati va zaruratini aniqlash maqsadida ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari
ishtirokida
docs.google.com
veb-
sahifasida soʻrovnoma oʻtkazildi. Ushbu soʻrovnoma,
respublikaning turli hududlaridan boʻlgan ona tili va adabiyoti fanidan dars beruvchi
89 nafar oʻqituvchi qatnashdi. Soʻrovnoma natijalarini tahlil qilib koʻrsak.
Avvalo, oʻqituvchilardan qaysi hududda faoliyat yuritishi soʻraldi, natijalarini
1-diagrammada aks etgan.
1-
diagramma. Oʻqituvchilarning faoliyat yuritadigan hududlari
Koʻrinadiki, soʻrovnomada turli viloyatlarda faoliyat yuritayotgan ona tili va
adabiyot fanidan dars beradigan oʻqituvchilar ishtirok etishgan.
Shundan soʻng dars jarayonida oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini qay darajada
baholab borishi soʻraldi. (2
-diagrammaga qarang.)
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
395
2-
diagramma. Oʻqituvchilarning dars jarayonida oʻquvchilaringizning ogʻzaki
nutqini baholab borishi
Koʻrinadiki, ona tili fanidan dars beruvchi oʻqituvchilar 51.7%i oʻquvchilarining
ogʻzaki nutqini doim baholab borishini taʼkidlashgan, 44,9%i esa tez
-tez baholab
borishini qayd etishgan. Qolgan
oʻqituvchilar oʻquvchilarining ogʻzaki nutqini deyarli
baholamasligini qayd etishgan.
Shundan soʻng, oʻqituvchilardan ona tili darslarida oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini
baholaganida nutqning asosan qaysi jihatlariga
eʼtibor qaratishi soʻraldi.
(3-diagrammaga
qarang).
3-
diagramma ona tili taʼlimida oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini baholashda ogʻzaki
nutqning asosan qaysi jihatlariga eʼtibor berish holati
Natijalar shuni koʻrsatdiki, ishtirokchilar asosan oʻquvchilarning ogʻzaki nutqining
ravonligi va toʻgʻriligini baholashga eʼtibor qaratishmoqda. Baholash jarayonida ogʻzaki
nutqning tugalligi, joʻyaliligi, izchilligi kabilar eʼtibordan chetda qolmoqda.
Keyingi savolda oʻquvchilarni ogʻzaki nutqini baholashda ularga toʻsqinlik
qiladigan omillar soʻraldi. (4
-diagrammaga qarang).
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
396
4-
diagramma. Ona tili taʼlimida oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini baholashda
toʻsqinlik qiluvchi omillar holati
Koʻrinadiki, oʻqituvchilarning 56.2%i barcha oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini
baholashga vaqt yetmasligini qayd etishgan, 21,3% ishtirokchilar esa, sinflar kesimida
ogʻzaki nutqni baholash mezoni mavjud emasligini taʼkidlashgan. Shuningdek,
17% oʻqituvchilar oliy taʼlimga kirish sinovlarida ogʻzaki nutqni baholanmasligini sabab
sifatida qayd etishgan. Demak ona tili taʼlimida oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini
baholanmasligiga uchta asosiy omil mavjud ekan:
–
dars davomida barcha oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini baholashga vaqt yetmaydi;
–
ona tili taʼlimida oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini sinflar
kesimida baholash
mezoni mavjud emas;
–
oliy taʼlimga kirish sinovlarida ogʻzaki nutqni baholanmasdan qolib ketayotgani.
Navbatdagi savolda ogʻzaki nutqni baholash mezonlarining mavjud yoki mavjud
emasligini, mavjud baholash mezonlaridan xabardorligini aniqlash maqsadida
oʻqituvchilardan darslik hamda metodik qoʻllanmalarda ogʻzaki nutqni baholash
mezonlari berilganmi, deya soʻraldi.
(5-diagrammaga qarang)
5-
diagramma. Ona tili darsliklarida va metodik qoʻllanmalarda ogʻzaki nutqni
baholovchi mezonning mavjud yoki mavjud emasligi holati
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
397
Koʻrinadiki, respondentlarning 47.2%i darslik va metodik qoʻllanmalarda ogʻzaki
nutqni baholash mezonlari bor ekanligini, 20.2% esa “yoʻq” ekanligini qayd etishgan.
Oʻqituvchilar 32.6 %i esa baholash mezonini koʻrmaganliklarini taʼkidlashgan.
Umuman, oʻqituvchilarning yarmidan ortigʻi oʻquvchilarni ogʻzaki nutqini baholash
mezonlari
darslik hamda metodik qoʻllanmalarda mavjud emasligi taʼkidlashgan.
Keyingi savolda esa, oʻqituvchilardan oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini baholash
uchun har bir sinfga moʻljallangan maʼlum bir baholash mezonga ehtiyoj bor yoki
yoʻqligini aniqlash maqsadida savol taqdim etildi.
(6-diagrammaga qarang).
6-
diagramma. Til taʼlimida ogʻzaki nutqni baholashda har bir sinf uchun mezon
zarurati
Natija shuni koʻrsatadiki, deyarli 90% oʻqituvchi oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini
baholash mezoniga ehtiyoj borligini qayd etishgan, qolgan qariyb 10% respondent esa
ona tilida nutq soʻzlashda maʼlum mezonga ehtiyoj yoʻqligini taʼkidlashgan. Bu
oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini sinflar kesimida baholash mezonini ishlab chiqish
shartligi koʻrsatmoqda.
XULOSA
Demak, mavjud baholash tizimlarini tahlil etish, oʻqituvchilar ishtirokida
soʻrovnoma oʻtkazib, natijasini tahlil etish orqali quyidagicha xulosaga kelindi:
birinchidan,
ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilarining oʻquvchilar ogʻzaki nutqni
baholash yuzasidan bilim va koʻnikmalari yetarli darajada emas;
ikkinchidan,
mavjud baholash tizimlarida oʻquvchilarning ona tilida soʻzlash
koʻnikmasi baholanmaydi;
uchinchidan,
oʻquvchilarning ona tilida soʻzlash koʻnikmasi baholanmasligiga dars
davomida barcha oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini baholashga vaqt yetishmasligi, ogʻzaki
nutqini sinflar kesimida baholash mezoni mavjud emasligi, oliy taʼlimga kirish sinovlarida
ogʻzaki nutqni baholanmasdan qolib ketayotganligi sabab boʻlmoqda;
toʻrtinchidan,
oʻquvchilarning ona tilida soʻzlash koʻnikmasini sinflar kesimida
baholash mezoni ishlab chiqilishi zarur.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
398
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Bozkurt, B, Ü. (2017). Türkçe anadili konuşucuları için konuşma
becerisi
değerlendirme çerçevesi önerisi. Ana Dili Eğitimi
Dergisi, 5(4), 924-947.
2.
Hilma Safitri; Zainal Rafli; Ratna Dewanti. Improving
Studentsʼ
Speaking Skills
through Task-Based Learning: An Action Research at the English Departmen.
International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding Volume 7, Issue 6
July, 2020 Pages: 88-99. http://dx.doi.org/10.18415/ijmmu.v7i6.1647
3.
Qodirova. R.M Qodirova R.F. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va
metodikasi”. T., “Istiqlol”, 2006.
4.
Jalilov K. 2020. Baholash nazariyasi asoslari.
–
Toshkent, Akademnashr. B. 252 bet.
5.
Xalq taʼlimi vazirining 2008
-yil 4-
martdagi “Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning
yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi 56
-
sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan nizom.
6.
Ona
tili
va
adabiyot
fanidan
namunaviy
test
topshiriqlari.
https://uzbmb.uz/upload/file/2021_namuna/2022/pdf/ONA%20TILI%20VA%20ADAB
IYOT.pdf