Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Features of organizing independent study lessons for
English philology students
Yulduz ISMATOVA
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
10 August 2024
Accepted 25 August 2024
Available online
25 September 2024
This article examines the key features of organizing
independent learning activities for students in the field of English
philology. The research analyzes various aspects, including the
creation of a flexible educational process, the use of digital
technologies, the development of independent research and
analytical skills, the balance between group and individual
assignments, the diversity of educational resources, and the
regular assessment of outcomes. The findings provide practical
recommendations for the effective organization of independent
learning in the field of English philology.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
independent education,
English philology,
digital technologies,
scientific research,
educational methodology.
Ingliz filologiyasi yo‘nalishidagi talabalarda mustaqil ta’lim
mashg‘ulotlarini tashkil etish
xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
mustaqil ta’lim,
ingliz filologiyasi,
raqamli texnologiyalar,
ilmiy izlanishlar,
ta’lim metodologiyasi.
Bu maqolada ingliz filologiyasi yo‘nalishidagi talabalarda
mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etishning asosiy
xususiyatlari o‘rganiladi. Tadqiqotda moslashuvchan ta’lim
jarayonini yaratish, raqamli texnologiyalardan foydalanish,
mustaqil izlanish va
tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish,
gruppaviy va individual topshiriqlar muvozanati, ta’lim resurslari
xilma-xilligi, va natijalarni muntazam baholash kabi jihatlar tahlil
qilinadi.
Maqola natijalari ingliz filologiyasi yo‘nalishida mustaqil
ta’l
imni samarali tashkil etish uchun amaliy tavsiyalar beradi.
1
PhD student, Samarkand State Institute of Foreign Languages
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
270
Особенности организации самостоятельных занятий
для студентов английской филологии
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
самостоятельное
образование,
английская филология,
цифровые технологии,
научные исследования,
методика обучения.
В данной статье рассматриваются ключевые особенности
организации самостоятельной учебной деятельности
студентов, обучающихся английской филологии. В
исследовании анализируются такие аспекты, как создание
гибкого
образовательного
процесса,
использование
цифровых технологий, развитие навыков самостоятельного
исследования и анализа, баланс между групповыми и
индивидуальными
заданиями,
разнообразие
образовательных ресурсов, а также регулярная оценка
учебных результатов. В заключении статьи представлены
практические рекомендации по эффективной организации
самостоятельного
обучения
в области английской
филологии.
KIRISH
Bugungi kunda ingliz filologiyasi yo
‘
nalishida talabalarga zamonaviy ta
’
lim
metodlarini qo
‘
llash, ularning mustaqil fikrlash va izlanish qobiliyatlarini rivojlantirish
dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu maqolada mustaqil ta
’
lim mashg
‘
ulotlarini tashkil
etishning muhim jihatlari tahlil qilinadi, shuningdek, o
‘
qituvchilar va talabalar uchun
qimmatli tavsiyalar beriladi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqotda sifatli va miqdoriy metodlar qo
‘
llanildi. Maqsadli guruh sifatida
ingliz filologiyasi yo‘nalishidagi talabalar tanlab olindi. Tadqiqotda so‘rovnomalar,
intervyular va dars jarayonini kuzatish usullari qo‘llanildi. Olingan ma’lumotlar asosida
ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali strategiyalar
aniqlanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Ilmiy manbalarda talabalarning mustaqil ta’lim olishda erkinlikka ega bo‘lishi, ya’ni
ta’lim jarayonlarining moslashuvchan bo‘lishi muhimligi qayd etilgan. Bu jarayonlarda
talabalarga turli xil resurslardan foydalanish imkoniyatini berish, ularning qiziqishlariga
mos keladigan topshiriqlar tayyorlash kabilar tavsiya etiladi. Smit va Jonson (2019) [5]
tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda mustaqil ta’limda talabalar uchun ta’lim jarayonini
moslashtirish samaradorligi aniqlangan va bu yondashuv ularning bilim olishdagi
muvaffaqiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etilgan.
Bugungi raqamli davrda talabalar uchun onlayn resurslar, elektron kitoblar va
interaktiv platformalar orqali ta’lim olish imkoniyatlari kengaymoqda. Miller [4] va
Tompson (2021) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda raqamli texnologiyalarning talabalar
mustaqil
ishlashidagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu texnologiyalar ta’lim olish
jarayonini qulayroq va samaraliroq qilishi mumkinligi tahlil qilingan.
Ilmiy izlanishlarni amalga oshirish, ma’lumotlarni to‘plash va ularni tahlil qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirish mustaqil ta’limning asosiy jihatlaridan biridir. Broun (2018)
o‘z tadqiqotida talabalarni izlanishga yo‘naltirishning samarali usullari haqida
so‘z
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
271
yuritgan. Tadqiqotda talabalar ilmiy izlanishlar olib borish orqali o‘z bilimlarini
mustahkamlashlari mumkinligi qayd etilgan [1].
Adabiyotlarda talabalar uchun gruppaviy va individual topshiriqlar muvozanatining
ahamiyati ta’kidlanadi. Gruppaviy ishlar orqali talabalar bir
-birlari bilan fikr almashish,
yangi g‘oyalar yaratish, va o‘zaro yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Jonson
(2022) tadqiqotida gruppaviy va individual ishlarga asoslangan ta’lim metodlarining
samaradorligi ko‘rsatilgan [3]. Talabalarning bilim olish jarayonida o‘zaro yordam va
raqobat muhim rol o‘ynashi ta’kidlangan .
Ingliz filologiyasi yo‘nalishida ta’lim resurslarining xilma
-xilligi talabalar bilimini
boyitishda muhim omil hisoblanadi. Doe (2020) tomonidan olib borilgan tadqiqotda turli
xil ta’lim resurslarini qo‘llash orqali talabalar bilimlarini kengaytirish va chu
qurlashtirish
imkoniyatlari tahlil qilingan [2]. O‘qituvchilarga zamonaviy ta’lim vositalaridan keng
foydalanish tavsiya etilgan.
NATIJALAR
Olingan natijalar ingliz filologiyasi yo‘nalishidagi talabalarda mustaqil ta’limga
bo‘lgan qiziqishning yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Talabalar uchun raqamli resurslardan
foydalanish, individual izlanish vazifalari, va gruppaviy loyiha ishlari muhim ekanligi
aniqlandi. Tadqiqot davomida mustaqil ta’limni samarali tashkil etish uchun tavsiyalar
ishlab chiqildi
. Ushbu tadqiqot natijalari asosida, ingliz filologiyasi yo‘nalishidagi ta’lim
jarayonida mustaqil ta’limning ahamiyati, talabalarni ijodiy izlanishga undash va ularning
ilmiy salohiyatini oshirish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Turli metodlarni qo‘llash
orqali talabalarning mustaqil ta’limdagi muvaffaqiyatlari va qiyinchiliklari tahlil qilinadi.
MUHOKAMA
Kredit-
modul tizimiga o‘tish davrida oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini
faollashtirishning yo‘llaridan biri chet tili bo‘yicha auditoriya va sinfdan tashqari
ishlarning yagona tizimini yaratishdir. Har qanday dastur mavzusi sinfdan tashqari o‘quv
mashg
‘ulotlarida ko‘rib chiqilishi mumkin, bakalavr talabalari esa bilimlarni kengaytirish
va chuqurlashtirish, chet tilidagi kommunikativ faoliyatni o‘zlashtirish ko‘nikmalarini
egallashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Chet tili o‘qituvchilari o‘quvchilarning fan
ni
o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish yo‘llariga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Bu
muammoni
ta’lim
muhitining
ijodkorligini
oshirish,
shuningdek,
filologik
kompetensiyalarni rivojlantirish va o‘quvchilar bilan ijodiy o‘zaro munosabatlarni
rivoj
lantirish orqali hal qilish mumkin. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida chet tillarini
o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani oshirish xususiyatlariga e’tibor qaratish zarur va
bakalavrlar nutq faoliyatini amaliy o‘zlashtirishga va faol so‘z boyligini oshirishga
qa
ratilgan bo‘lishi kerak [10].
Ingliz filologiyasi yo‘nalishidagi talabalarda mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil
etish, talabalarni mustaqil ishlashga undash va ularda ilmiy izlanishlar olib borish
ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan maxsus yondashuvlarni talab qiladi. Bu
jarayonda quyidagi asosiy xususiyatlarni hisobga olish muhimdir:
1. Moslashuvchan ta’lim jarayoni: talabalarga mustaqil o‘qish uchun beriladigan
materiallar moslashuvchan bo‘lishi kerak ya’ni, ularning darajasi va qiziqishlariga mos
keladigan turli darajadagi resurslar, matnlar va topshiriqlar taklif qilinishi lozim;
2. Raqamli texnologiyalardan foydalanish: talabalar uchun onlayn kurslar, veb-
saytlar, podkastlar, va elektron kutubxonalar kabi raqamli resurslar bilan ishlash
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
272
imkoniyati yaratish. Bu ularning til ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan birga mustaqil
ishlashni osonlashtiradi;
3. Mustaqil izlanish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish: talabalarga ilmiy
izlanishlar olib borish, ma’lumotlarni tahlil qilish, va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini
o‘rgatish uchun alohida e’tibor berilishi kerak. Bu uchun, ularning qiziqishlari
ga mos
keladigan kichik ilmiy loyihalar va tadqiqot ishlari berilishi mumkin;
4. Gruppaviy va individual topshiriqlar muvozanati: mustaqil ta’lim jarayonida
individual topshiriqlar bilan bir qatorda gruppaviy loyiha va muhokamalar tashkil etish
talabalarni faoliyatini rag‘batlantiradi;
5. Ta’lim resurslari xilma
-xilligi: Talabalarga adabiyot, fonetika, lingvistika va
tarjima kabi turli sohalarda turli xil materiallar taklif qilish orqali ularning bilim doirasini
kengaytirish lozim;
6. Natijalarni muntazam baholash: talabalar mustaqil ishlarini muntazam baholab
turish, ularga tahliliy fikr bildirish va yutuqlari yoki kamchiliklarini ko‘rsatib berish ham
motivatsiyani oshiradi.
Auditoriyadan tashqari ishlarning darajasi bevosita uning tashkil etilishi va shakliga
bog‘liq, deyishimiz mumkin. Chet tilida darsdan tashqari ishlarning uchta shaklini keng
tarqalgan: individual, guruh, ommaviy. Individual ish individual topshiriqlarda
ifodalanadi, masalan, 5-
10 daqiqa davomida ma’ruza, axborot, mavzu bo‘yicha taqdimot
tayyorlash, insho, maqola yozish, biznes o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rish va uning natijalarini
hujjatlashtirish. Ushbu tadbirda barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin. Shaxsiy ish
doimiy yoki vaqti-vaqti bilan amalga oshirilishi mumkin. Guruh ishi bayram uchun
ssenariy tayyorlash, havaskorlik chiqishlarining individual raqamlari va devor gazetalarini
o‘z ichiga olishi mumkin [9]. Auditoriyadan tashqari ishning ushbu shakli
aniq tashkiliy
tuzilishga va umumiy manfaatlar bilan birlashtirilgan xususiy ishtirokchilarning nisbatan
doimiy tarkibiga ega. Ommaviy ish shakllariga konferensiyalar, tarjimonlar tanlovlari,
xorijiy tillar tanlovlari, ko‘rgazmalar tashkil etish kiradi.
Chet
tilini
o‘rgatishda
talabaga
yo‘naltirilgan
yondashuv,
ko‘pgina
tadqiqotchilarning fikricha, o‘quv jarayonini tayyor bilim olishdan talabalar tomonidan
qo‘yilgan vazifalarni mustaqil hal etishga, o‘quvchilarni o‘quv, kognitiv va ilmiy faoliyatga
faol j
alb etishga qaratilgan. Mustaqil ta’limning ushbu talqini shaxsiy avtonomiyani
shakllantirish va rivojlantirish uchun asos yaratadi, bu “talabaning o‘z ta’lim jarayonini,
uning barcha tarkibiy qismlarini: maqsadlari, mazmuni, vositalari va usullarini mustaqil
boshqarish qobiliyatini anglatadi, bu tahlil va maqsadni belgilash, rejalashtirish va tashkil
etish, usullar va texnologiyalarni tanlash, o‘zini o‘zi boshqarish va baholashni o‘z ichiga
oladi” [11, 217].
XULOSA
Ingliz filologiyasi yo‘nalishida talabalarga mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini samarali
tashkil etish ularning ilmiy qobiliyatlarini rivojlantirishda va kelajakdagi professional
faoliyatlariga tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada ko‘rsatilgan tav
siyalar
mustaqil ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etishga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1. Brown C. Group work and individual assignments: Balancing student autonomy.
Lang Educ. 2018;29(1):24-39.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
273
2. Doe J. The impact of digital resources on independent learning in language studies.
Int J Educ Res. 2020;34(2):45-60.
3. Johnson R. Enhancing self-directed learning in language programs. J Educ Innov.
2022;45(3):99-114.
4. Miller D, Thompson E. Exploring digital learning environments for language
students. J Lang Tech. 2021;38(4):75-88.
5. Smith A, Johnson B. Methods for promoting independent research in higher
education. Educ Dev. 2019;16(3):112-127.
6. Yulduz I. KREDIT-
MODUL TIZIMIGA ASOSLANGAN TA’LIMNING ASOSIY
XUSUSIYATLARI VA UNI BAHOLASH MEZONLARI. PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF
SCIENCE AND EDUCATION.
7.
Белякова М. А. Международная проектная деятельность как способ
раскрытия творческого потенциала личности ученика // Иностранные языки в
школе. 2007. № 3. С. 79
-82.
8.
Исматова
Ю. Формы и методы работы по формированию речных навыков
на основе кредитно
-
модульной системы.
in Library. 2023;1(1):1-4.
9.
Леонтьев А. А. Управление усвоением иностранного языка. М., 1975. С. 10
-
16.
10.
Лужник Л. А. Организация самостоятельной работы студентов по ИЯ в
цикле аудиторных
-
внеаудиторных занятий в техническом вузе: автореф. дис. ...
канд. пед. наук. М., 1974.
11.
Шмырова О.В. Использование технологии
WEBQUEST
для развития
автономии студентов // Актуальные вопросы повышения качества языкового
образования на современном этапе: Матер. Междунар. науч.
-
практ. конф. –
Минск,
21
–22 декабря 2010. –
Минск, МГЛУ, 2011. В 2 ч. Ч. 1. –
С. 217–
218.