Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Bukhara writer, poet and publicist!
Amonkeldi AKHMADOV
Bukhara State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
10 August 2024
Accepted 25 August 2024
Available online
25 September 2024
This article provides information about Rustam
Abdurakhmonov, who has played a role in the development of
the modern literary environment in Bukhara, yet whose creative
work has not been thoroughly studied. For the first time, details
about the life and work of this writer and journalist are being
published. The article is based on archival materials.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
literary environment of
Bukhara,
writer,
poet,
journalist,
press,
feuilleton,
world war,
Rustam Abdurakhmonov,
CPSU.
Buxorolik yozuvchi, shoir va publitsist!
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Buxoro adabiy muhiti,
yozuvchi,
shoir,
jurnalistika,
matbuot,
felyeton,
jahon urushi,
Rustam Abdurahmonov,
SIKP.
Ushbu maqolada Buxoroda zamonaviy adabiy muhit
taraqqiyotida oʻz oʻrniga ega boʻlgan boʻlsa
-da, ijodiy faoliyati
hamon
oʻrganilmay kelayotgan Rustam Abdurahmonov haqida
ma’lumot beriladi. Yozuvchi va jurnalist sifatida faoliyat olib borgan
adib hayoti va ijodi haqida ilk marotaba e’lon qilinmoqda. Maqolani
yozishda arxiv materiallariga tayaniladi.
1
Associate Professor, PhD, Bukhara State University
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
390
Бухарский писатель, поэт и публицист!
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Бухарская литературная
среда,
писатель,
поэт,
журналистика,
печать,
фельетон,
мировая война,
Рустам Абдурахманов,
КПСС.
В данной статье представлена информация о Рустаме
Абдурахманове, который, несмотря на значительный вклад в
развитие современной литературной среды Бухары, остается
малоизученным
с
точки
зрения
его
творческой
деятельности. Впервые публикуются сведения о жизни и
творчестве этого писателя и журналиста. При подготовке
статьи были использованы архивные материалы.
KIRISH
Buxoro zamonaviy adabiy muhitida nasriy asarlar yozish ananasi XX asrga kelib
tamomila yangicha ko‘rinishga kirdi. 30
-yillarda adabiy muhitga bugungi kunda ijodi u
qadar yaxshi o‘rganilmagan Rustam Abdurahmonov singari yozuvchi va publitsistlar kirib
kela
boshladi. Ularning hayoti va ijodini o‘rganish zamonaviy adabiy muhit tarixining
qorong‘i sahifalarini oydinlashtirishda ko‘maklashadi. Adabiy jarayonlarning rivojlanishi
sustlashmaganligini, doimiy harakatda bo‘lganligini ushbu ijodkorlar hayotini o‘rgani
sh
orqali aniqlashtirib, dalillashtirib olish mumkin.
TADQIQOT OBYEKTI VA QO‘LLANILGAN METODLAR
Buxoro adabiy muhitini qaraydigan boʻlsak Abdurauf Fitratning
Turkiyada nashr
etilgan asari, Mirzo Siroj Hakimiy
ning “Tuhfa ahli Buxoro” va shunga oʻxshash ayrim
asarlar va she’riy toʻplam chiqarildi. Ammo adabiyot uchun muhim boʻlgan nasriy
janrlarga qaralsa bu borada zaiflik koʻzga tashlanadi. Zamonaviy uslublarning keng
taraqqiy etishi bilan nasriy janrlar adabiy muhitning keyingi davrlarida rivoj topa bordi
deyish mumkin.
Buxoro adabiy muhiti tarixida yorqin iz qoldirgan Sadriddin Ayniy ijodiga oʻrganilar
ekan, Buxoroda sodir qilingan bosqinga qadar asosan nazmda, so‘ngra esa nasrda qalam
tebratganini ko‘rishimiz mumkin. Bu ijodkor ham ko‘plab adiblar singari Buxoroni tark
etgach, adabiy jarayonlar bir qadar pasaygandek ko‘rinadi. Shu davrda muhitga yangi
ijodkorlar kelib qo‘shilishi adabiy jarayonlarni taraqqiy qildirib boradi.
Shunday ijodkorlardan biri Rustam Karimovich Abdurahmonov 1905-yil Buxoro
viloyat Gʻijduvon tumanida kambagʻal dehqon oilasida tavallud topgan. Otasi qishloqma
-
qishloq yurib boylarning uyida chorikor boʻlib ishlagan. Yoshlik yillari Gʻijduvon va
Karmana at
roflarida oʻtgan. Olti yoshida Karmanada maktabni boshlab, Gʻijduvondagi
qishloq maktabida tamomlagan. Maktab davridanoq mumtoz adabiyot namoyandalari
–
Alisher Navoiy, Bedil, Fuzuliy, Hofiz Sheroziy, Muqumiy, Furqat she’riyatini oʻqigan.
Maktab davridanoq she’rlar yoza boshlagan. Otasi vafotidan soʻng, kunduzi diniy
maktabda oʻqib, kechqurun nonvoyxonada shogird keyin esa, nonvoy boʻlib ishlagan.
Bu
bilan onasi, ukasi va singlisini moddiy ta’minlab turish imkoniga ega boʻlgan. Buxoro
bosqinidan keyin ishchi yoshlar (Rabfak) maktabida oʻqigan. Dastlab “Ozod Buxoro”
gazetasining nashriyoti huzuridagi “Ishchi yoshlari” devoriy gazetasida she’rlari chi
qib
turgan. Dastlab “Ozod Buxoro” gazetasining nashriyoti huzuridagi “Ishchi yoshlari”
devoriy
gazetasida she’rlari chiqib turgan. Dastlabki katta ishi 1924
-yil 10-oktyabrda
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
391
“Ozod Buxoro” gazetasida “Eski amaldorlar yo‘qolsin” sarlavhasi ostida bosilib chiqadi.
(Maqolada: 1924-
yil sentyabr oyida maktab sahnasida o‘sha zamon mulohazasi bilan
aytganda bosmachilarga (aslida istiqlolchilar) qarshi yozilgan pyesa asosida teatr sahnasi
namoyish qilinganda avvalgi davrda amir amaldorlaridan bo‘lgan bir kimsa rol ijro
qilayotgan rabfak o‘quvchilarini kamsituvchi so‘zlar aytadi. Shu hodisaning guvohi boʻlgan
va voqeadan ta’sirlangan Rustam Abdurahmonov yuqoridagi asarini yozadi). Iqti
dorini
payqagan nashriyot xodimlari yosh havaskor muxbirni gazetada ishlashga chorlaydilar.
Shunday qilib yosh ijodkor matbuot ishida faol ishtirok qilishga kirishadi.
Rabfakni 1924-yil oxirida muvaffaqiyatli tamomlab, Buxoro pedagogika bilim
yurtiga oʻqishga kirgan. Undagi “Kommunizm chechagi” devoriy gazetasida “Chayon”
taxallusi bilan hajviy she’rlar va tanqidiy maqolalarini yozadi. Ijodkor asarlari asosan eski
ta’lim, millatchilikka qarshi kurashga da’vat koʻrinishida boʻlgan. Oʻqish davomida
oilasining moddiy ehtiyojlarini qoplash uchun savodsizlikni tugatishga qaratilgan
kurslarda muallimlik qilgan. 1925-1927-
yillarda viloyatning Soktare, Vangʻoze qishloq
sovetlarida muallim, maktab mudiri lavozimlarida ishlagan. Yer-suv islohoti,
kollektivlashtirish, xotin-qizlar ozodligi xullas qishloqlarda sovet hokimiyatini
mustahkamlashga qaratilgan maqolalar yozgan.
Shu yillarda uning “Ozod Buxoro”, “Yosh leninchi” viloyat va “Qizil Oʻzbekiston”
singari respublika gazetalarida “Koʻrgan”, “Chumchuq”, “Xabarchi” taxalluslarida she’rlar
yozgani bizga ma’lum. “Ozod Buxoro” gazetasining “Qarmoq” satirik boʻlimida “Mulla
t
ayoq” taxallusi bilan she’rlari yozgani saqlanib qolgan. “Ozod Buxoro”ning 1926
-yil 26-
noyabr sonida “Sud ishlari” boʻlimida ostida “Dodini kim eshitadi” sarlavhasi bilan
“Koʻrgan” taxallusida bosilgan materiali shov
-
shuvlarga sabab boʻladi. Ushbu maqola
dan
keyin aybdorlarga chora koʻriladi.
Ahmadjon Yoqubov muharrirligidagi “Ozod Buxoro” gazetasi tahririyati Rustam
Abdurahmonovni 1927-
yil O‘rta Osiyo kommunistik universiteti (SAKU)ning jurnalistika
fakultetiga o‘qishga yuboradi. 1929
-
yilda o‘qishni tugatib VKP(b) O‘rta Osiyo byurosi va
O‘zbekiston kommunistik partiyasi markaziy komiteti uni “Ozod Buxoro”ga bo‘lim mudiri
qilib yuboradi. “Men Rustam Abdurahmonovni birinchi marta Kattaqo‘rg‘on bilim yurtida
o‘qib yurganimda uchratgan edim” –
deb yozadi “Sovet O‘zbekistoni” gazetasi muharrir
o‘rinbosari Xolbek Yodgorov. “O‘shanda u bilim yurti o‘quvchilari orasida so‘zga chiqgan
va ularni mahalliy ahvollar haqida gazetaga yozib turishga chaqirgan edi”. Bu vaqtda “Ozod
Buxoro” gazetasi Buxoro va Zarafshon okrugi nashri bo‘lib, Kattaqo‘rg‘on xabarlar
i ham
shu gazetada bosilib chiqgan.
Rustam Abdurahmonov gazetachilik texnikasini korrektura va sahifalovchi bo‘lib
ishlagan kezlarida o‘rganib tajriba orttirgan edi. Ikki oy shu vazifani bajargach gazetaning
mas’ul kotibi etib tayinlanadi. Doimiy ijod qilish va izlanishdan to‘xtamagan adibni
ng
qalami tobora o‘tkirlashib borgan. XX asr 20 yillarida hech kim u singari ko‘p felyeton
yozgan emas. Birgina 1928-yildan 1930-yil oktyabrgacha uning qirqdan oshiq felyetoni
bosilgan. Yana ko‘plari bosilmay navbatini kutib qolib ketgan. Odatda felyetonla
ri mavzusi
sovet mafkurasiga juda yaqinligi bois tez bosilgan. Jumladan, u asosan sinfiy dushmanlar,
mulkiy tengsizlikni tugatish, jamoalashtirish, “bosmachilik”, ruhoniylarga qarshi
mavzularda qalam tebratgan.
Ijodkorlar va jurnalistlar uchun xatarli bo‘
lgan yillarda ham
yozishdan to‘xtamagan. Tez
-
tez jurnalist va yozuvchilarga zug‘umlar va tazyiqlar bo‘lar,
ayrim hollarda ko‘cha atrofda ochiqchasiga tahdidlar qilingan. Shunday xatarli kunlarning
birida muxbirlardan biri Siroj Sharipov o‘sha davr tili bilan aytganda “mushtumzo‘r
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
392
boylar” tomonidan kaltaklanib halok bo‘ladi. Matbuot bu voqeaga siyosiy tus berib, keng
jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadi[3,10]. Bundan tashqari Xo‘jayakshanba
qishlog‘idan yosh ijodkor va jurnalist Idi Boltayev, Chorbakr qishlog‘idan A.Bozorov,
Buxor
o shahridan Fathulla Xo‘jayevlarning
ham taqdiri shunday fojiali yakun topgani
arxiv materiallarida saqlanib qolgan. Ayniqsa G‘ijduvon tuman Firishkent qishloq
fuqarolar yig‘inining kotibi (Rustam Abdurahmonovning ukasi) Hotam Abdurahmonov
“kolxozlashtirish”
masalalari bo‘yicha bo‘lgan yig‘indan qaytar chog‘ida otib o‘ldirilishi
adib oilasiga qayg‘u olib keladi. Ushbu holatlar biz tarixini yozayotgan ijodkorni
ehtiyotkorlikka chorlab ijod bilan yashirin taxalluslar ostida shug‘ullanishga majbur
qilgan. At
rofda bo‘layotgan xunrezliklar, tazyiqlar va ukasining o‘ldirilishi ijodkorni to‘liq
sovet hukumati tomoniga o‘tishiga va partiya manfaatlariga xizmat qilishiga sababchi
bo‘ladi.
NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI
Rustam Abdurahmonov “Shalloqining amakivachchasi”, “Mandatchi xuliganlar”
felyetonlarida matbuotchilar, yozuvchilar faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan kishilar fosh
qilinadi. “Mas’ul qonxo‘rlar”[3,16] felyetonida ayrim rasmiy idora vakillarining
kirdikorlarini fosh qilishga urinadi.
VKP(b) ning 1930-yil 11-avgustdagi qarori asosida 1930-yil 2-oktyabrda Buxoro
shahri va Kogon tumani uchun “Buxoro proletari” gazetasi chiqa boshlagan. Gazetaga
1930-yil 4-oktyabrdan Rustam Abdurahmonov muharrir etib tayinlanadi. Adib ushbu
vazifada 1930-1933-yillarda faoliyat yuritgan.
Tajribali jurnalist sifatida tanilgan Rustam Abdurahmonov 1933-
yil “Lenin yo‘li”,
1934-
yilda Surxondaryo viloyatidagi “Ilg‘or surxon uchun” gazetalarida bosh muharrirlik
qilgan. Keyingi faoliyati viloyatlardan respublika darajasiga ko‘tarilib, “Kolxoz yo‘li”
gazetasida muharrirlik vazifasini bajaradi. 1935-1936-
yillarda O‘zbekiston davlat
nashriyotida bosh muharrir, 1937-1938-
yillarda “Qizil O‘zbekiston” gazetalarida muharrir
o‘rinbosari, keyinchalik muharrir bo‘lib ishlagan. Shuningdek, O‘zbekiston Kommuni
stik
partiyasi markaziy komiteti huzuridagi partiya tarixi institutida katta ilmiy xodim
vazifasida ham ishlagan.
Yozuvchining “Ozod Buxoro” va “Buxoro proletari” gazetalari sahifalarida e’lon
qilingan “Bir tillo halqa ertagi”, “Qoraxoniydan chiqqan qora yaloq”, “Dumli odam” singari
o‘tkir felyetonlari o‘z vaqtida shov
-
shuvlarga sabab bo‘lgan matbuot sahifalaridan
ayo
nlashadi. Hikoya, ocherk, lavhalari, milliy tarjimonlikda yaratgan ijodiy ishlari o‘zbek
adabiyotining yorqin sahifalarini yanada boyitadi [2,17].
XULOSA
Rustam Abdurahmonov bugun kimgadir tanish kimgadir, noma’lum. Biroq uzoq va
samarali mehnat faoliyati davomida jurnalistika va adabiyotda oʻz oʻrniga ega boʻlgan
adiblardan. Koʻplab she’r, hikoyalar yozdi. Buxoro zamonaviy adabiy muhitining
taraqqiyoti tar
ixiga oʻzining asarlari bilan munosib hissa qoʻshgan ijodkorning hayoti va
faoliyatini oʻrganish bugungi kun adabiyotshunosligi oldidagi vazifalardan sanaladi.
Oʻzbekiston tarixini batafsil, bor holicha oʻrganishga kirishilgan bir davrda bunday adiblar
faoliyati ham tadqiqotlarni talab qiladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
393
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. XX asr 50-70 yillarida Buxoro adabiy muhiti tarixi. Oriental renaissance:
innovative, educational, natural and social sciences scientific journal. Volume 2, Impact
Factor:5.947 ASI Factor = 1.7. April 2022.
–
B.399-403.
2.Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Бухоро бўлими котиблари (архив
материаллари асосида, биринчи мақола). Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2023
йил №7). –Б 20
-24.
3. Buxoro adabiy muhiti vakillarining tarjimalari tarixidan lavhalar. Uchinchi
renessans poydevorini qo‘yishda filologik tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyati
mavzusidagi xalqaro konferensiya to‘plami. –
T., 2024.
–
B.216-219.
4. Бухорода фаолият юритган афғон адиблари. Таълим ва инновацион
тадқиқотлар (2023 йил №9). –Б
13-15.
5.O
ʻ
zbekiston SSSR yozuvchilar uyushmasining Mustaqillik arafasidagi faoliyati
(Buxoro bo
ʻ
limi misolida). Pedagogik akmeologiya. (1)2024.
–
B.7-10.
6. Ёзувчилар Уюшмаси Бухоро бўлимининг ташкил қилиниши ва дастлабки
фаолияти. Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №5). –Б.29
-36.
7.Axmtov A. O
ʻ
zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro bo
ʻ
limi tarixi. Research on
social and Humanitarian sciences Volume: 01. Issue:01/Jan-2023 Impact factor: 7.2 (2022)
ISSN-L: 3595-3566 www.scirp.org.
8.Buxoro viloyat davlat arxivi, 1079-fond, 1-
roʻyxat, 5
-9-ishlar.
9.Ozod Buxoro 1929-yil, 16-sentabr.;1930-yil, 10-mart.
10. Qizil Oʻzbekiston, 1944
-yil 5-may.