Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The paranormal nature of the story "The Black Book"
Sanobar SAYDAZIMOVA
Tashkent State University of the Uzbek Language and Literature
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
10 August 2024
Accepted 25 August 2024
Available online
25 September 2024
This article analyzes the paranormal episodes in Nazar
Eshonk
ul’s novella The Black Book and their artistic function.
The focus is on how these paranormal elements play a significant
role in the protagonists' spiritual journeys and inner
experiences. Supernatural phenomena in literary thought are
examined as part of the process of human spiritual decline and
self-realization. The discussion also addresses the symbolic
meanings and aesthetic roles of the paranormal episodes,
particularly in relation to religious, mythological, and folkloric
sources.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
paranormal episodes,
devil,
poetics,
normal,
myth,
telepathy.
“Qora kitob” qissasining paranormal tabiati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
paranormal epizodlar,
iblis,
poetika,
normal,
mif,
telepatiya.
Ushbu maqolada Nazar Eshonqulning “Qora kitob” qissasidagi
paranormal epizodlar va ularning badiiy vazifasi ilmiy asoslangan
holda qayta tahlil qilinadi. Asar qahramonlarining ruhiy izlanishlari
va ichki kechinmalarida paranormal epizodlar qanday ahamiyatga
ega ekani ko‘rib chiqiladi. Badiiy tafakkurdagi g‘ayritabiiy hodisalar
adabiyotda inson ma’naviy tanazzuli va shaxsiy o‘zlikni anglash
jarayonining bir qismi sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, diniy,
mifologik va folklor manb
alari bilan bog‘liq bo‘lgan paranormal
epizodlarning estetik vazifalari va ramziy ma’nolari haqida
mulohaza yuritiladi.
1
Doctoral Candidate, Alisher Navoi' Tashkent State University of the Uzbek Language and Literature
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
349
Паранормальная природа рассказа "Черная книга"
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
паранормальные эпизоды,
дьявол,
поэтика,
норма,
миф,
телепатия.
В данной статье проводится научный анализ
паранормальных эпизодов в повести Назара Эшонкула
«Чёрная
книга»
и
их
художественной
функции.
Рассматривается значение паранормальных элементов в
духовных исканиях и внутренних переживаниях героев
произведения.
Сверхъестественные
явления
в
художественном мышлении анализируются как часть
процесса духовного упадка человека и осознания им своей
сущности. Также обсуждаются эстетические функции и
символические
значения
паранормальных
эпизодов,
связанных
с
религиозными,
мифологическими
и
фольклорными источниками.
Jahon va o‘zbek adabiyotshunosligida azal
-azaldan shakllanib, takomillashib
kelayotgan poetik obrazlar va epizodlar mohiyatan o‘z tarixiy va haqqoniy ildizlariga ega.
Dunyo yaralibdiki, olam va odam, zamon va makon, yer-u osmon aro cheksiz tasavvurlar
va s
odir bo‘ladigan barcha hodisotlar badiiy adabiyotga ko‘chgan. Adabiy
-tarixiy
jarayonda an’anaviy va epizodik obrazlar poetik takomilning asosini tashkil etadi. Ammo
poetik tafakkurning muhim bir komponenti sifatida uchraydigan
–
“paranormal epizodlar”
o‘z genezisi bilan adabiy janrlar taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra badiiy
adabiyotdagi “paranormal epizodlar”ning asosi va ilk omillarini belgilashda ilohiy
manbalar, mif va folklor namunalari genetik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Avvalo, “paranormal” so‘zining lug‘aviy ma’nosiga to‘xtalib o‘tamiz. “Paranormal”
ikki “para” va “normal” so‘zlarining birikuvidan paydo bo‘lgan. “Para”
-yonida, yaqinida,
tashqarida ma’nolarini bildirib, baynalmilal, o‘zlashma qo‘shma so‘zlarning birinchi
qismi
bo‘lib, biror narsaning yaqinida, yoki undan chetlashish, uzoqlashish, o‘zgarish kabi
ma’nolarni bildiradi. “Normal”
- umum tomonidan qabul qilingan va tan olingan, hamma
uchun majburiy deb hisoblangan, qonun hukmiga kirgan tartib-
qoidalardir. “Paranormal”
mana shu umumiy tartib-qoidadan chetga chiqish, barcha uchun odatiy hayot tarzidan
tashqarida bo‘lish, g‘aroyib va mahvum hodisotlarning tasviridir. Andrey Yuryevich Dolgix
va Anna Pavlovna Koryakinaning hammualliflikda yozilgan “Три взгляда на проблему
паранормального” nomli maqolasida paranormal hodisaga quyidagicha izoh beradi.
“Paranormal hodisalar misoli sifatida odatda quyidagi “hodisalar” keltiriladi: sezgi
organlaridan tashqari qabul qilish (extrasensorik idrok), NLO (noaniq uchuvchi jismlar),
Loch-
Ness ko‘li maxluqi, astrologiya, deja
-vu, farishtalar, sharpali uylar, sehrgarlik,
levitatsiya, fikrlarni o‘qish (telepatiya), narsalarga teginmasdan ta’sir ko‘rsatish
(telekinez), narsalarning o‘z
-
o‘zidan harakatlanishi (poltergeyst), kaft chiziqla
ridan fol
ochish (hiromantiya), qora sehr (ayniqsa vudu), ruhlarning ko‘chishi, ruhlar ta’siri,
o‘simliklar bilan muloqot qilish va hokazolar”.[4:27
-bet] Yuqoridagi misollar asosan turli
tahliliy kuzatishlar va hayotiy asosga ega. Ushbu maqolada paranormal epizodlarning
zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi talqini va badiiy vazifasiga ahamiyat qaratiladi.
Zamonaviy o‘zbek nasrida, xususan qissa janrida diniy, mifologik, folklor motivlari
bilan realizm sinkretik tarzda gavdalanadi. “Paranormal epizod” badiiy asarlarda
qo‘llangan uchinchi olam bilan bog‘liq bo‘lgan noodatiy obrazlar, an’anaviy bo‘lib kelgan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
350
voqelikning buzilishi, tutash olamda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlardir. “Paranormal
epizodlar”ga jin, ajina dev, alvasti, qorabosti, qora soya, iblis, shayton, oziqchi, ilon
-qiz, it-
odam, Xizr kabi asarlarda qisman qatnashib, o‘ziga xos badiiy vazif
a bajaradigan diniy-
mifologik obrazlar va g‘ayrioddiy hodisotlar kiradi. Aslida barchasining tub ildizlari ilohiy
haqiqatlar, mifologik va folklor manbalariga borib taqaladi. Yuqorida sanab o‘tilgan
obrazlar folklorshunoslik va mifologiyada demonologik personajlar deb yuritilgan. Biz
tadqiqot ishimizda faqat obrazlarni emas, balki sujet va noodatiy, mavhum va sirli
hodisalar, karomatlarni tahlilga tortamiz va umumiy ma’noda “paranormal epizodlar”
istilohini ilmiy atama sifatida ilk bora qo‘llaymiz.
O‘zbek va jahon adabiyotida har bir badiiy komponentning o‘ziga xos ta’rif
-u tavsifi,
kanonlari, spetsifikasi, genezisi bor. Adabiyotshunos olim Uzoq Jo‘raqulov fikri bilan
aytganda “Mohiyatan har qanday badiiy
-
estetik hodisa an’anaviy ya’ni tarixiydir” [1
:6-
бет]. “Paranormal epizodlar”ning turli talqinlari, sujet liniyalari ilohiy kitoblarda,
mifologik-
folklor manbalarida, maishiy turmush tarzida poetikaning muhim bo‘lagi
sifatida uchraydi. Shuningdek, paranormal epizodlar poetik tafakkurning muhim
komponenti hisoblanadi, chunki ular adabiy asarlarning sirli, mistik yoki chuqur ramziy
ma’nolarini, g‘ayriodatiy karomatlarni yaratishga yordam beradi. Paranormal hodisalar,
ya’ni ilmiy yoki mantiqiy tushuntirishga ega bo‘lmagan, g‘ayritabiiy ko‘rinadigan voqeal
ar,
adabiyotda ko‘pincha inson ruhiyati, hissiyoti va ichki olamini aks ettirish uchun ishlatiladi
va badiiy asarlarda o‘ziga xos vazifa bajaradi.
Paranormal epizodlar poetik tafakkurda kutilmagan va g‘ayrioddiy hodisalar orqali
o‘quvchi yoki tinglovchida chuqur tasavvur va hissiyotlarni kuchaytiradi. Sirli va noodatiy
voqealar inson ongida o‘ziga xos dahshat, qo‘rquv yoki hayrat uyg‘otadi, bu esa b
adiiy
asarlarning hissiy kuchini oshiradi. Shuningdek, paranormal epizodlar ko‘pincha ramzlar
va simvolik ma’nolar yaratadi. Ular inson tabiatining noma’lum yoki yashirin tomonlarini
aks ettirish uchun ishlatilishi mumkin. Masalan, ruhlar yoki g‘ayritabiiy
kuchlar
insoniyatning o‘lim, hayot va bu dunyodan tashqaridagi tushunchalar bilan bog‘liq falsafiy
savollarni ko‘taradi. Paranormal hodisalar poetik tafakkurda realizm doirasidan chiqib,
ramziy va metaforik dunyolarga yo‘l ochadi. Bu orqali yozuvchilar vo
qealarni oddiy
haqiqatdan ajratib, ular orqali inson ruhiyati va ichki olamining chuqur darajalarini
o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Jahon va o‘zbek adabiyotshunosligida “paranormal epizodlar” diniy
-mifologik
manbalar va xalq og‘zaki ijodida keng tarqalgan qahramonlar bilan bog‘liqdir. Ular ilohiy
haqiqatlarda, mifologiyada yoki folklor manbalarida aks etgan ramziy voqealar orqali
tasvi
rlanadi. Bu esa “paranormal epizodlar”ning muhim poetik komponent ekanligi va
poetik tafakkurning chuqur madaniy qatlamlarni aks ettirishida yordam beradi.
“Paranormal epizodlar” adabiyotda odatda insonning botiniy tasviri, ichki his
-
tuyg‘ularini va insoniyatning sirli tomonlarini o‘rganish uchun muhim vosita sifatida
qo‘llaniladi. Misol sifatida Nazar Eshonqulning “Qora kitob” asaridagi sirli va g‘ayriodatiy
voqealar orqali insoniyatning ma’naviy va ruhiy dunyosi tanazzuli Iblis qiyofasida aks
ettirilganligini ta’kidlab o‘tish joizdir. Muallifning e’tirof etishicha “Qora kitob” bu –
oʻzini
anglash, oʻzligini topish isyoni”dir. [ Kh
-davron.uz. Nazar Eshonqul.
Ogʻriq lazzati]
Modernist yozuvchi Nazar Eshonqulning “Qora kitob” qissasi adabiy jamoatchilikka tanish
va zamonaviy o‘zbek adabiyotida alohida e’tirof etiladigan asarlar sirasiga kiradi. Qissada
inson ma’naviyati va o‘zligini topish yo‘lidagi anglash, sha
xs kamoloti va tarbiyasi, inson
taqdirida duch kelinadigan muhim nuqtalar kabi masalalar asarning bosh konsepsiyasini
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
351
belgilaydi. Shuningdek, asar gʻoyasi butun insoniyat taqdirining ko‘rinishi bir inson hayoti
va u bosib o‘tgan yo‘l misolida aks etgan. Qissada asar qahramoning ismi noma’lum, va bu
holat butun bani basharga tegishli ekanligini ifodalaydi.
Nazar Eshonqul asarlarida paranormal epizodlarning voqelanishi insonning ichki
kechinmalari va falsafiy izlanishlari bilan bog‘liq. Uning qahramonlari aksar hollarda
hayotning sirli tomonlarini his qiluvchi, sezgir va o‘zlikni anglashga intiluvchi insonlar
dir.
Shuningdek, Nazar Eshonqul asarlarida inson va tabiat o‘rtasidagi sirli aloqalar, ruhiy
izlanishlar muhim o‘rin tutadi. Qahramonlar o‘z ongining cheksiz imkoniyatlarini his
qilgan holda, sirli va paranormal holatlarga duch kelishadi. Bu hodisalar ularning ichki
kechinmalari, ruhiy qiyinchiliklari bilan bog‘liqlikda ifodalanadi. Misol uchun, Nazar
Eshonqulning hikoyalari va qissalarida qahramonlar kutilmagan va tushuntirib
bo‘lmaydigan hodisalarga duch kelishadi, bu hodisalar ularning ruhiyatida o‘ziga
xos iz
qoldiradi. G‘ayritabiiy tushlar, ruhlar va hayot sirlarini izlash motivlari “Bahouddinning
iti”, “Maymun yetaklagan odam”, “Tobut”, “Ajr” hikoyalarida diniy va mistik miflarga
aloqador bo‘lgan sujetlarda o‘z aksini topgan.
Nazar Eshonqulning o‘ziga xos uslubi mistik va realizm o‘rtasidagi o‘tkir chegarani
yo‘qotadi. U asarlarida kundalik hayot voqealari bilan bir qatorda, tushuntirib
bo‘lmaydigan hodisalarni ham ifodalaydi. Bu uslub orqali yozuvchi real va mistik dunyo
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Masalan, qahramonlar oddiy va hayotiy
muammolar bilan bir qatorda, noaniq va g‘ayritabiiy voqealar bilan ham kurashadilar. Bu
hodisalar ularning ichki dunyosini shakllantiradi va ular hayot haqidagi yangi
tushunchala
rni kashf qiladilar. Aynan mana shu jarayonlar “Qora kitob” qissasi bosh
qahramoni hayotida ro‘y beradi, personaj o‘z “men”ini yo‘qotgan, va besamar umri uchun
achingan, eng og‘ir gunoh bo‘lsa
-
da (Iblisdan homilador bo‘lgan qizini o‘ldirishi) insoniyat
uch
un nafi tegadigan so‘nggi ishni bajaradi va o‘zining iqrori asarda quyidagicha aks etadi.
“Odam sifatida odamzodga keltirgan zararlarim uchun, odamzod oldidagi gunohlarim
uchun tazarru qilmoqchiman. Men ulug‘ gunohkorman...”[2:200
-bet]
Nazar Eshonqulning “Qora kitob” asari o‘zining chuqur falsafiy ma’nosi va inson
ruhiyatining murakkab tomonlarini tadqiq qilishi bilan ajralib turadi. Asarda paranormal
hodisalar to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri ko‘rsatilmasa ham, uning syujeti va obrazlari orqali inson
ning
ichki kechinmalari, sirli va g‘ayritabiiy his
-
tuyg‘ularni o‘quvchiga anglatishga imkon
beradi. Asar mistik, falsafiy va ramziy qirralar bilan boyitilgan.
“Qora kitob” qissasi ramziy ma’noda inson bilimlari, tajribalari va ichki olamining
qorong‘i qirralarini o‘rganishga urinadi. Bu asarda kitob g‘ayritabiiy va o‘qigan kishini
o‘ziga mahliyo qilib oladigan, shaytonning quroli sifatida tasvirlanadi. Bu ram
zlar orqali
inson ongining qorong‘i va sirli tomonlari yoritiladi, bu esa paranormal hodisalarning
ramziy ifodasi sifatida talqin qilinadi.
Nazar Eshonqulning “Qora kitob” asarida Iblis cho‘qqi soqol qiyofasida tasvirlangan
murakkab va chuqur falsafiy ma’noga ega bo‘lgan obrazlardan biridir. Iblis faqat
yovuzlikning timsoli sifatida emas, balki insoniyat va uning ichki olami bilan bog‘liq
ko‘p
lab muammolarni ochib beradigan ramziy personaj sifatida talqin etiladi. Bu obraz
orqali muallif jamiyat, axloq, va insonning ma’naviy kurashi haqidagi falsafiy savollarga
javob izlaydi.
Iblis obrazining asosiy xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1.
Iblisning ramziy ma’nosi: Asarda Iblis obrazi faqat yovuzlik yoki gunohni aks
ettirmaydi. U insonning ichki olami, shubhalari, gumonlari, dunyoga bo‘lgan ishonchsizligi
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
352
va iztiroblarining ifodasi sifatida ko‘rinadi. Bu ramziy ifoda Iblisni insonning o‘zidagi
yovuzlikka moyilligini, uning zaifliklarini va ruhiy sinovlarini namoyon etish vositasi qilib
ko‘rsatadi.
2.
Inson va Iblis o‘rtasidagi qarama
-
qarshilik: Iblis va inson o‘rtasidagi kurash
asarda muhim markaziy mavzulardan biri bo‘lib, insoniyatning yaxshi va yomon
o‘rtasidagi doimiy kurashini aks ettiradi. Bu kurash Odam Ato va Iblis kurashining ayni
kundagi z
amonaviy talqinidir. Bunda Iblis insonni adashtirish, yo‘ldan ozdirish bilan emas,
balki uni o‘z ichidagi shubha va zulmat bilan yuzlashtirish orqali namoyon bo‘ladi. Bu,
asosan, insonning o‘z xatosi, zaifliklari va ikkiyuzlamachilik bilan to‘qnashishi sif
atida
talqin etilishi mumkin.
3. Iblisning falsafiy talqini: Asar orqali muallif Iblisning mohiyatini insonning
axloqiy va ma’naviy mas’uliyatlari nuqtayi nazaridan yoritadi. Iblis odamzodning o‘zligiga
va hayotning ma’nosiga bo‘lgan munosabatini shubha ostiga qo‘yadi. Nazar Eshonqulni
ng
tasviricha, Iblis shunchaki shaytoniy qiyofada bo‘lgan qahramon emas, balki insonning o‘z
-
o‘zi bilan ichki kurashi va dunyoqarashdagi noaniqliklarni aks ettiradigan timsoldir.
4. Iblis va insonning axloqiy sinovlari: Asarda Iblis insonni tashqi yovuz kuchlar
bilan emas, balki uning o‘zidagi axloqiy sinovlar va qarama
-qarshiliklar bilan sinaydi. Bu
esa Iblisni insonning ichidagi qorong‘ilik va ma’nosiz hayotning ichki kurashini
ifoda
qiladigan obrazga aylantiradi. Iblis obrazining ushbu falsafiy qirralari o‘quvchini
insoniyatning o‘zini anglash yo‘lidagi cheksiz izlanishlari haqida fikrlashga undaydi.
Xulosa qilib aytganda, Nazar Eshonqul -
o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan
biri bo‘lib, uning asarlarida inson ruhiyati, ichki kechinmalar va tushunarsiz voqeliklar
tasviri quyuq va qora bo‘yoqlarda ifodalanadi. U o‘z ijodida inson va olamning murakk
ab
tomonlarini tadqiq qilib, sirli va g‘ayritabiiy hodisalar orqali falsafiy fikrlarni mushohada
qilishga chorlaydi. Aynan mana shu o‘ziga xos uslubi va mahorati Nazar Eshonqul
asarlarida paranormal hodisalarning aks etishiga zamin yaratadi. Shuningdek, Nazar
Eshonqul ijodida “paranormal epizodlar” inson ruhiyati va ichki dunyosining murakkab
tomonlarini ochib beruvchi vosita sanaladi. Yozuvchi o‘z asarlarida ruhiy izlanish va sirli
voqealar orqali inson va olamning murakkabligini tasvirlaydi. Ushbu hodisalar orqali u
hayotning chuqur falsafiy masalalarini yoritib, insonning o‘z
-
o‘zini anglash jarayonini
tavsiflaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Узоқ Жўрақулов. Алишер Навоий “Хамса”сида хронотоп поэтикаси
Монография. Тошкент Турон
-
иқбол нашриёти. 2017 6
-
бет
2.
Назар Эшонқул Қора китоб. Қисса. Шарқ нашриёт
-
матбаа акциядорлик
компанияси Бош таҳририяти, 2008. 200
-
бет
3.
Kh-davron.uz. Nazar Eshonqul.
Ogʻriq lazzati
4.
Андрей Юрьевич Долгих, Анна Павловна Корякина. Три взгляда на
проблему паранормального. Научный ежегодник Института философии и права
Уральского отделения Российской академии наук 2015. Том 15. Вып. 4, с. 25–
40
5.
Жўрақулов У. Ҳудудсиз жилва. –
Т.: “Фан”, 2006. 155 –
Б.