Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Fairy tale: genre, genesis and procedure of performance
Jakhоngir KOMILJANOV
Namangan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
10 August 2024
Accepted 25 August 2024
Available online
25 September 2024
This article summarizes the role of fairy tales in Uzbek
folklore, their genesis, history, and theoretical views related to
fairy tales. It analyzes the influence of the fairy tale on human
spirituality and its influence on the psyche from a philological
point of view.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
image,
fairy tale types,
myth,
fairy tale,
heroic tale,
chorchak,
ushuk,
system of images.
Ertak: janr, genezisi va ijro etish tartibi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
obraz,
ertak turlar,
mif,
asotir,
asotir,
qahramonlik ertaklar,
cho‘rchak,
ushuk,
obrazlar tizimi.
Ushbu maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodida ertaklarning o‘rni,
genezisi, tarixi va ertak bilan bog‘liq nazariy qarashlar jamlangan.
Ertakning inson ma`naviyatiga
ta’siri, ruhiyatga beradigan ulgusi
filologik nuqtai nazardan tahlilga tortilgan.
1
Independent Researcher, Namangan State University, Teacher, Department of Foreign Languages, KIUT Namangan
branch.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
332
Сказка: жанр, происхождение и порядок исполнения
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
образ,
виды сказки,
миф,
сказка,
богатырская сказка,
чорчак,
ушук,
система образов.
В данной статье обобщена роль сказок в узбекском
фольклоре, их генезис, история, а также теоретические
взгляды, связанные со сказками. С филологической точки
зрения анализируется влияние сказки на духовность
человека и ее влияние на психику.
KIRISH
Xalq og
‘
zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri bo
‘
lgan ertak bizning kundalik
hayotimizda ham, adabiyotimizda juda keng tarqalgan va muhim qiymatga ega. Chunki
ertak har qanday millatning adabiyoti qad ko‘taruvchi poydevor hisoblanadi. Aynan ertak
va miflar ustiga xalqlar adabiyotlari quriladi, ertaklar mohiyati va maqsadlariga ko‘ra
rivojlanish yo‘nalishini tanlaydi. Masalan, bizning ertaklarimizda biror
qahramon
–
yo xoh
shahzoda, xoh bog‘bon, xoh malika, xoh kanizak bo‘lmasin, murod
-maqsadiga faqa
t o‘z
mehnatlari, boshidan kechirgan tashvishlari hisobiga erishadi. Olmon xalq ertaklariga xos
bo‘lgan asosiy jihat –
bosh qahramonning yaxshi xulq-atvor evaziga ijtimoiy maqomi
yuksaladi. Bizning ertaklarda ham shunday
–
hozirjavobligi va o‘tkir aqli tuf
ayli shohga
kelin bo‘lgan kambag‘al qiz haqidagi yoki jasurligi, qo‘rqmasligi ortidan malikaga uylangan
Muqbil toshotar xususidagi ertaklarni eslash kifoya. Ammo bizning milliy ertaklarimiz
uchun baxtli yakun
–
chiroyli oila qurish (deyarli barcha ertaklar
imiz “qirq kun to‘y
-
tomosha qilib, murod-
maqsadiga yetibdi” tarzida tugaydi) hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Folklorshunoslikda ertak muammosiga olimlar o‘tgan Yunon
-grek tamadduni
zamonlaridan boshlab o`z qarashlarini bildirishgan. Ushbu izlanishlar asosan ertakning
kelib chiqishi va ifoda usullariga bag‘ishlangan bo‘lib, yunon faylasufi Aristotel, sharq
mutaga
kirlari Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy, jadid mutafakkirlari Fitrat, Niyoziy,
Avloniylar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolada folklorshunoslikning azaliy muammolaridan biri ertak uning genezisi,
janri va ijro etish uslubiga xos jihatlar muhokama qilinadi. Uning kelib chiqishi va
adabiyotda voqelanishiga oid jihatlar tavsiflanadi.
O‘zbekistonda adabiyotshunoslikda Sharq va G`arb adabiyotiga xos ertaklar tahlili
qilindi va solishtirildi. Oliy ta’limda poetik obrazga yondashuv me`yorlari nazariyasi
tahlillar yordamida asoslandi.
TAHLILLAR VA NATIJALAR
Chindan ham o‘zbek uchun bolasining katta amaldor bo‘lishidan oldin yaxshi inson
bilan turmush qurib, ibratli oila tuza olishi va tarbiyali bolalarni ulg‘aytirishi muhim.
Xizmat lavozimi qanchalar o‘ssa ham, qanchalar boy
-
badavlat bo‘lsa ham, nelar degan
i
lmiy ixtirolar qilgan esa ham oila qurmagan o‘zbek –
to‘laqonli hisoblanmaydi.
Boshqa xalq ertaklarida ham bu narsalar insonning shaxs sifatida yetilishi uchun
kerak bo‘lgan yutuqlar sanalsa
-
da, asosiy e’tibor –
qahramonning ijtimoiy yukiga
qaratiladi. Jamiyatda qanday o‘rin tutadi, jamiyat uchun qanchalar foydali yo zararli, uning
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
333
mavjudligi qay darajada ahamiyatli kabi jihatlar avval turadi. Uning oilasi, oiladagi qiymati,
bolalar tarbiyasi kabilar keyin o‘rtaga chiqadi.
Ko‘rinadiki, ertaklarda urg‘u berilgan, old planga qo‘yilgan, diqqat markazida turgan
masalalar u mansub bo‘lgan xalq yo millat haqida xulosa chiqarishga imkon beradi. Chunki
ertaklar avloddan avlodga o‘tib kelayotgan “odamlar haqidagi hikoyalar”dir. Shu b
ilan
birga bunday “hikoyalar”ning qahramonlari hayvonlar ham bo‘lishi mumkin. Bunda xalq
o‘zini qiynayotgan tashvishlar, iztiroblar, og‘ir ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy
muammolarni hayvonlar orqali oshkor qilishga intiladi. Bu borada yana bir jihat bor
–
odam o‘zi tushib qolgan vaziyat qanchalar yomon yoki yaxshiligini chetdan turib ko‘ra
olmagani uchun bila olmaydi. Hayvonlar misolida ko‘rsatish –
odamga o‘ziga chetdan turib
nazar solish imkonini beradi. Mashhur ertagimiz “Susambil”ni olsak. Qarib
kuchdan
qolgan, ish bermay qo‘ygan, demak, foydasiz ho‘kiz uydan haydaladi. Bu odamning
jamiyatdagi o‘rnidan tortib oiladagi vaziyatgacha ham ishora qilmayaptimikan? Tanishlari,
do‘stlari, hamkasblariga foyda keltirib turganida, qo‘lida moddiy imkoniyatla
ri bor paytida
tinmay yo‘qlangan va kerak bo‘lgan odamning davlatini yo‘qotib, imkoniyatlaridan
ayrilgan paytdagi holati ho‘kizniki kabi emasmi? Yoki ota
-
ona farzandini oyoqqa turg‘izib,
etidan et yegizib, borini unga sarflab, uylab-
joylab qo‘yganidan so‘n
g bolalarning alohida
yashashga intilishi, ota-
onadan xabar olmay qo‘yishi, malol olishi ham bu ertakda
tasvirlangan voqeaga o‘xshaydiku. Bu ertak har bir bolagagina emas, ota
-onalarga ham
saboq bo‘ladi. Bolaga mehrdan tashqari tarbiya ham berish shartligi
ni eslatadi.
Farzandlarga esa o‘zi ham ulg‘ayib, keksayishi mumkinligini uqtiradi. Yoki olmon xalq
etragi “Uch cho‘chqacha” faqat mehnatning tagi rohat bo‘lishi, ikki cho‘chqa uy qurish
o‘rniga o‘ynab yurgani uchun bo‘riga yem bo‘lishiga oz qolgani haqida
saboq beradi.
Aka-
uka Grimmlar ertaklarida ko‘p uchraydigan “ulkan bo‘ri” obrazi ham
tarbiyalovchi xarakterga ega bo‘lib, u qo‘rqinchli yirtqich —
antagonist larning
umumlashma obrazi hisoblanadi. Va u hamisha ertak oxirida yengiladi, o‘lim topadi (“Qizil
Qalpoqcha”da o‘tinchilar uning qornini yorishadi, “Ona echki”da echki shoxlari bilan suzib
qornini yorib, uloqchalarni chiqarib oladi va o‘rniga tosh solib tikib qo‘yadi, bo‘ri suv
ichaman deb toshlar og‘irligidan quduqqa tushib cho‘kib ketadi va h.k.).
O‘zbek xalq ertaklarida esa bo‘rilarning antagonist bo‘lib chiqishi kam uchraydi
(bor, ammo kam). Bu bizning qadimdagi mifologiyamizga borib taqaladi. Turkiy xalqlar
o‘zining ko‘k bo‘ri –
ilohiy bo‘ridan tarqalganiga ishongan. Totem –
muqaddas hayvonimiz
h
am bo‘ri bo‘lgan. Biror kishining vafosi, sadoqati, prinsiplaridan qaytmasligini maqtash
kerak bo‘lsa, bo‘riga o‘xshatilgan. Shuningdek, hozir ham bo‘rining nafaqat o‘zi, ruhi, fe’l
-
atvori, balki a’zolari ham omad keltiradi deb hisoblanadi. Tishi, dumi, pa
njalari, tirnoqlari
irim qilib sotiladi.
Boshqa xalq ertaklarida esa bo‘ri ochko‘zlik, munofiqlik, yaxshilikka qodir
bo‘lmagan, zaiflargagina kuchini ko‘rsatadigan obraz sifatida gavdalanadi. Bizda bu vazifa
shoqol, to‘ng‘iz, tulki kabi hayvonlarga yuklangan. Hayvonlar haqidagi o‘zbek xalq
ertakl
arida, odatda, katta ko‘pchilik hayvonlar laqma, tulki (yo ilon) ayyor qilib
tasvirlanadi. Fitna, yomonlik, nizolar ortida shu ikki qahramon turganini ko‘rishimiz
mumkin.
O‘zbek xalq ertaklariga xos yana bir jihat –
ertak voqealari shahar, qishloq, uy, hovli,
odam gavjum joylarda sodir bo‘ladi. Boshqa xalqlarda esa syujet tabiat qo‘ynida, xususan
o‘rmonlarda, ovloq joylarda rivojlanadi (Genzel va Gretxel, Qizil Qalpoqcha, S
ohibjamol va
maxluq, Yetti oqqush, Ko‘ksoqol, Suvparisi va h.k.). Ko‘rinadiki, ertak o‘zi mansub bo‘lgan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
334
millatga yo elatga tegishli DNK kodlarini olib yuradi, tarqatadi va avloddan avlodga
o‘tkazuvchi katalizator vazifasini bajaradi.
Ertakning ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy, ruhiy jihatlaridan istilohga o‘tsak. Ertak
to‘qima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi, asosan nasr
yo‘lida yaratiladigan badiiy asar hisoblanadi. Dastlab u “ertak” atalmagan. Mahmud
Kosh
g‘ariyning "Devonu lug‘otit turk" asarida ertakka xos bo‘lgan xususiyatlarga ega
asarlar “etuk” deyilgan va og‘zaki hikoya qilish ma’nosini bildirgan: «Etuk –
hikoya, ertak;
biror maqsadni shohga bildirish, hikoya qilish uchun ham bu so‘z qo‘llanadi. Asli
bir
narsani hikoya qilishdan olingan».
Og‘zaki ijod ilmi bilan shug‘ullanuvchilar “ertak” istilohini rus folkloridagi «skazka»
bilan teng ekvivalent sifatida qabul qilishgan. 16 asrga mansub bo‘lgan «Abushqa » izohli
lug‘atida ham «ertak» istilohi uchraydi.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida bu atamaga quyidagicha ta’rif beriladi: “Ertak
-folklorning asar janrlaridan biri; sehrli, hayotiy-maishiy xarakterdagi epik, aksariyat
prozaik asar. Badiiy to‘qima mahsulidir”. O‘zbek tilining izohli lug‘atida ertak “xalq
og‘zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; to‘qima va uydirmaga asoslangan,
sehrli-
sarguzasht va maishiy mazmundagi epik badiiy asar; cho‘pchak” tarzida
ta’riflangan. Ertak janrini anglatuvchi maxsus atama hamma xalqda ham mavju
d
bo‘lmagan. Yevropa xalqlarida, masalan, bunday maxsus atama yo‘q. Rus tilidagi “skazka”
so‘zi maxsus termin hisoblanadi. Olmon tilida esa ertakni ifodalovchi Marchen so‘zi
mavjud. Bu so‘zning o‘zagi “Mar” bo‘lib, yangilik, xabar degani, “chen” qo‘shimc
hasi
kichraytirish ma’nosida qo‘llanadi. Marchen –“kichik qiziq hikoya” dastlab XIII asrda
iste’molga kirib kelgan va vaqt o‘tishi bilan “ertak” ma’nosida qo‘llana boshlagan. Marchen
atamasining yana qator ma’nolari mavjud. Bular: 1. Xalq orasida tarqalgan
, ammo yuz
bermaydigan voqea (masalan, jodugar, gnom, afsun, la’natlanish kabi). 2. O‘ylab topilgan,
to‘qib chiqilgan hikoya.
Qadim yunonlar ertak tushunchasini “afsona” so‘zi orqali anglatganlar. Lotin tilida
esa ertak fabula (so‘zlashuv, g‘iybat) deyilgan, ammo u ertak janrini to‘laqonli ifodalay
olmagan. Fabul olmon tilida “masal”, fabulieren fe’li “hikoya qilmoq yoki qo‘shib gapirmoq”
deganidir. Italyan tilida esa ertak ma’nosini fiaba, favola so‘zlari anglatib kelgan. Ingliz
tilida tale (lug‘aviy ma’nosi “hikoya”) so‘ziga fairy qo‘shilib, ertak ma’nosini beruvchi fairy
-
tale (sehrli hikoya) atamasi yaratilgan. Ilgari ingliz tilida ertakni anglatuvchi nursery-tale
(nurse -
enaga), story, legend kabi maxsus so‘zlar ishlatilgan. Fransuz tilida lotinchadan
olingan conte so‘zi ertakni bildirgan, u “hikoya”, raconter
-
hikoya qilib bermoq ma’nosini
anglatadi. Ertak turlariga
ko‘ra fransuzlarda conte populaire (xalq ertagi), conte de fées
(sehrgar haqida hikoya), récit, légende kabi so‘zlar iste’molda mavjud. Bulardan ertakni
to‘laqonli anglatuvchi so‘z birligi hamma tillarda ham mavjud emas. Bunday maxsus lisoniy
birlik
lar yo‘qligining turli sabablari bor. Avvalo, ertak har bir xalqning madaniyati va o‘ziga
xos dunyoqarashidan kelib chiqadi. Keyin ertak o‘rganish va tahlil qilish qiyin janrlardan
hisoblanadi, chunki uning materiali o‘ta xilma
-xil va keng qamrovli[2.65]dir.
«Ertak» so‘zi «er», aslida «ir» yo «yir, jir» hamda «tak» so‘zlaridan tarkib topgan.
«Ir» yo «yir» Alisher Navoiy zamonida og‘zaki hikoya yo doston ma’nolarini anglatgan:
Ey yirov, sen ham ishingni ko‘rguz,
Yotug‘on birla ulug‘ irni tuz
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
335
Navoiy aytayotgan «ulug‘ ir» —
doston, u ijro etiladigan cholg‘u asbobi, ya’ni
do‘mbirani yotug‘on demoqda. Ijrochi —
hozirgi tildagi baxshi yo oqin u paytlarda yirov
yoki jirov atalgan. Ertakni esa Navoiy
cho‘rchak
[9]degan:
Habibim husni vasfin uyla muhlik anglakim, bo‘lg‘ay,
Qoshingda qissai Yusuf bir uyqu keltirur cho‘rchak.
Cho‘rchak atamasi hozir ham Toshkent hududida ishlatiladi. Cho‘rchak cho‘pchak
so‘zining o‘zgargan tarixiy shakllaridan biri bo‘lib, u “kichik hikoyalarni to‘plash, hikoya
qilish, topish, izlash ma’nosini anglatgani uchun ba’zan topishmoq ma’nosida ham
qo‘llangan”
[498]
. Xalq og‘zaki ijodining ko‘hna, ildizi xalq tarix maydoniga kirib kelgan
davrlarga borib taqaladigan, xalq bilan birga taraqqiy etib borgan janri hisoblanmish ertak
uchun yosh chegarasi qat’iy emas. Uni yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan hamma
birday o‘qishi normal holat ekani psixologlar tomonidan tasdiqlangan. Ertaklar hamma
tomonidan b
arobar o‘qilishi bilan birga o‘zida milliy kodlarimizni, urf
-odatlarimiz,
tariximiz, marosimlarimizga oid qimmatli ma’lumotlarni tashiydi. Buning sababi —
ertaklar aynan shulardan oziqlanaroq yaraladi. Ota-bobolarimiz necha ming yillar oldin bu
janrga o‘z orzulari, armonlari, qo‘rquvlari, istaklari, dunyoga munosabatlari, e’tiqodiy
qarashlari, mifologik tasavvurlarini joylashgan. Avloddan avlodga o‘tish bilan ertaklar
millat tarixini, o‘ziga xosligini, an’analarimiz, qadriyatlarimizni saqlab keladi. Har bir
xalq
ertagida o‘sha xalqning odatiy kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va insoniy
fazilatlari namoyon bo‘ladi. Bu fazilatlar ko‘p hollarda uydirmalar asosida yetkaziladi.
Masalan, “Zumrad va Qimmat” ertagida Zumradning barcha yaxshi fazilatlari,
mehribon va
oq ko‘ngli ertak yakunida sehrgar kampir taqdim etgan sirli sandiq timsolida
mukofotlandi.
Ertakning hududga ko‘ra bir qancha nomlari mavjud. Surxondaryo, Samarqand,
Farg‘onalarda
matal
, Buxoroda
ushuk
, Xorazmda
varsaqi
, Toshkent shahri va
viloyatlarida
cho‘pchak
deyiladi. Xalq ertaklarining janr xususiyatlari quyidagilardan
iborat:
1.
Ertaklar xalq og‘zaki ijodining epik turiga mansub.
2.
Ertaklar, asosan, nasrda yaratiladi. Faqat ayrim asarlardagina («Yoriltosh»,
«Tohir va Zuhra» va b.) qo‘shiqni eslatuvchi she’riy parchalar uchraydi.
3.
«Bir bor ekan, bir yo‘q ekan» boshlamasi va «murod
-
maqsadiga yetibdi»
yakunlanmasi ertaklarning an’anaviy belgisi hisoblanadi.
4.
Xayoliy-
fantastik tasvir ertaklar syujetida qo‘llanadigan ustuvor usuldir.
5.
Ertaklar
kirish/boshlanish, asosiy qism va yakundan iborat bo‘ladi (
IMF
formulasi: I
–
inisial
–
boshlanma; M
–
medial
–
asosiy qism; F
–
final
–
yakun).[7.125]
Uni boshqa epik turlardan farqlab turadigan jihatlar esa
- hayot haqiqatining hayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlanganligi;
- tilsim va sehr vositalariga asoslanishi;
-
voqea va harakatlarning g‘aroyib holatlarda kechishi;
-
qahramonlarning g‘ayritabiiy jasorati kabilardan iboratdir.
Ertak boshlanmasi, odatda, “Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir och ekan, bir to‘q ekan,
bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan...” tarzida bo‘ladi. Folklorshunos olimlarning
tekshirishicha, inisialdagi “ekan” so‘zi 20tagacha bo‘lishi mumkin ekan. Bor ekan
-yo
‘q
ekan lisoniy birliklari aytib berilajak voqealarning noreal ekaniga ishora kilar ekan. Ammo,
shunga qaramay, ertaklarning ta’sir kuchi boshqa adabiy turlarnikidan kam emas.
Malikaga oshiq yigitga achinamiz, jodugar kampirdan nafratlanamiz va h.k.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
336
Ertakda odam xayotiga tegishli barcha soha (ijtimoiy, iqtisodiy, maishiy hayot) o‘z aksini
topgani uchun yer yuzining bir burchidagi xalq ertagi ikkinchi burchidagi boshqa xalq
ertagiga o‘xshashi ko‘p kuzatiladi. Masalan, ruslarning “Ayozbobo” ertagi qay b
ir jihatlari
bilan o‘zbek xalqining “Zumrad va Qimmat” ertagini yodga soladi. Boisi, yuqorida
aytilganidek, umumiy hayot tarzi o‘xshash.
Endi ertaklarning ijro etilishiga kelsak. Ertaklar, yuqorida ta’kidlanganidek,
odamlarning odamlar haqidagi hikoyalari bo‘lib, avloddan
-
avlodga o‘tib kelgan. Ular
og‘zaki shaklda mavjud bo‘lgan, odamlar bir
-biriga aytib bergani uchun bizgacha yetib
kelgan.
Ertaklar og‘zaki adabiyot bilan, xususan, dostonlar bilan chambarchas bog‘liq.
Yoddan aytishga asoslangani uchun ertaklarning syujeti barqaror bo‘lmagan, doimiy
o‘zgarishga uchrab turgan. Ijtimoiy
-
siyosiy ahvoldagi o‘zgarishlar ta’sir qilib, syujet
liniya
siga yangi o‘zgarishlar qo‘shilgan. To folklorshunos olim tomonidan qog‘ozga
tushirilib, kitob holida chop ettirilmaguncha ertak syujeti juz’iy o‘zgarishlarga uchrab
turavergan. Buni folklorshunos olimlarning bir ertakning bir necha xil variantiga duch
kelgani bilan dalillash mumkin.
Ertak ijro etish hammaga ham mumkin bo‘lavermagan. Gapga chechan, nutqi boy,
hayotiy tajribaga ega, hodisalarni mantiqiy asoslay oladigan, badiiy bagaji boy odam ertak
aytgan odatda. Keyinchalik ertaklar yig‘inlarda, gashtaklarda, qish kechalarida aytiladi
gan
ijtimoiy hodisadan uyda onalar yo oilaning katta a’zolari aytib beradigan maishiy
yumushga aylangan. Har bir ertakning o‘z aytilish tarixi bo‘lgan. Hamid Olimjonning “Oygul
bilan Baxtiyor”, Oybekning “Bolalik” qissasi, Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Besh
bolali
yigitcha”, “Sariq devni minib” qissalarida shunga to‘xtalingan. Masalan, “Besh bolali
yigitcha”da Orifjon ukalari och qolganida yo injiqlik qilganida, “Sariq devni minib” da
qo‘rqqan paytida, “Oygul bilan Baxtiyor” ertak
-dostonida uyqusi kelmaganida aytiladi.
Ertaklar hozir, asosan, uyqu oldidan ijro etiladigan marosim tusini olgan. Odatda,
uyqu kelmaganida aytiladi va ijro jarayonida bola uxlab qolishi nazarda tutiladi.
Psixologlarning e’tirof etishicha, miya uyqu fazasiga kirish oldidan eshitganlarini ong
ost
iga yozib qo‘yarkan va chuqur ta’sirlanarkan. Shu nuqtai nazardan bolaga aytilayotgan
ertakning ahamiyati juda baland va u jiddiy e’tibor bilan tanlanishi shart. Chunki ertak o‘z
bag‘rida milliy o‘ziga xoslik kodlarini tashiydi. Bolada milliy qadriyatlarga
hurmat
tuyg‘usini shakllantiradi. Yorqin tasvirlar, obrazli ifoda va qiziqarli voqealar yordamida
bolaning axloqi, ma’naviyati, fe’l
-atvori, yaxshi va yomonlik haqidagi tushunchalarini
tarbiyalaydi. Bola xushmuomalalik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, haloll
ik, rahmdillik kabi
sifatlarning yaxshi ekanini “Zumrad va Qimmat”, “Husnobod”, “Guliqahqah pari”, “Tilla
kokilli bola”, “To‘g‘ri bilan Egri” kabi ertaklar bilan tanishish davomida bilib boradi.
Ertaklar kishi hayotida uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar, so
tqinliklar, qiyinchiliklar,
mashaqqatlar, aldovlar, xiyonatlarni bo‘rttirib ko‘rsatadi. Bu –
bolaning tafakkuri olam
yaxshilikdangina iborat emasligi, har qanday hayotiy holatga tayyor turishi uchun qilinadi.
Shu jihatdan ertaklarni
–
haqiqiy hayotning qab
ariq, ixcham, lo‘nda va tugallangan modeli
deyish mumkin. Ya’ni ertaklarda bolani zararsiz, talafotlarsiz, ruhiy ikkilanishlarga
tushirishsiz hayotga tayyorlash potensiali bor.
Psixologiya fanidan bilamizki, har bir bola o‘zining aqliy rivojlanish va jismoniy
o‘sish bosqichlarida turli ruhiy evrilishlarni boshidan o‘tkazadi. O‘zi va o‘rab turgan olamni
boshqatdan idrok etishi kerak bo‘ladi. Bu idrok hamisha ham silliq o‘tavermaydi. Ba’zi
bolalarda ruhiy siqintisiz o‘tkazsa, ba’zi bolalarda psixologlar “yoshga bog‘liq krizis” deb
ataydigan bosqich og‘ir kechadi. Masalan, 3 yosh krizisini olsak –
uning kelib chiqish
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
337
sabablarining asosiysi bola o‘zining kattalar kabi alohida shaxs ekanligini tushuna
boshlaydi. Natijada, o‘zini shaxsiy chegaralarini qo‘ya, o‘zigagina xos fazilatlarini namoyish
qila boshlaydi. Bolaning ilk yoqtirgan o‘yinchog‘i, kiyimi, rangi, odami –
3 yoshda paydo
bo‘ladi. Bu krizis o‘jarlik, jahldorlik, o‘zboshimchalik, isyonkorlik (qilma deganni
ko‘zingizga qarab turib qilish), ota
-
onani qadrsizlantirish (quloq solmaslik), o‘z hukmini
o‘tkazishga intilish (aytganini yerga dumalab bo‘lsa ham qildirish)
kabi alomatlar bilan
kechadi. Mazkur jarayonni imkon qadar ruhiy jarohatlarsiz va salbiy oqibatlarsiz o‘tkazish
uchun bolani 3 yoshdan boshlab biroz erkin qo‘yish, atrof bilan tanishishda ro‘y beradigan
jismoniy zararlar (kuyish, lat yeyish, yiqilish, kesib olish kabi)ning oldini olishga
intilavermaslik (albatta mantiq doirasida), aytganini qilishga majburlamaslik, itoatsizlik
qilganda jazolamay, tushuntirishga va gaplashishga urinish, har bir saboqni bolaga o‘yin
shaklida uqtirish, o‘zini tutish qoidalari
ni bolaga u tushunadigan shaklda yetkazish, bolaga
kimdir tanbeh berayotganda yonini olmaslik, kattalar orasidagi muammo va
kelishmovchiliklarga bolaning guvoh bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, bolaga biror narsani
taqiqlashda “yo‘q”, “mumkin emas” kabi so‘zlarni ishlatmaslik, “yo uni, yo buni tanla” deya
o‘ziga qo‘yib berish, tengdoshlari bilan muloqot qilishni o‘rgatish (“u ham sen kabi...” deya
boshlash) kerak bo‘ladi. Shu bosqichda ertaklar juda katta yordamchi bo‘ladi. Sanab
o‘tilgan ko‘plab talab va shartla
r ertakni aytish jarayonida beixtiyor bajarib ketiladi.
Masalan, bola tengdoshlarining ham o‘zi kabi istak va xohishlarga egaligini, birovni tishlasa
yo ursa, o‘ziniki kabi og‘rishi mumkinligi, qilgan yaxshi ishi albatta mukofotlanishi, yomon
ishi jazolani
shini ertak orqali anglab boradi. Egri misolida yolg‘on gapirmaslik kerakligini,
To‘g‘ri misolida yaxshi xulqli bola albatta mukofotlanishini bilib oladi. Ertak eshitish orqali
bolaning nutqi ham boyib, rivojlanib boradi. U yoki bu qahramonnikiga o‘xshash
vaziyatga
tushsa, bola darhol ertakda qo‘llangan nutq formasini eslaydi va aytadi. Muammoni hal
qilishga urinadi. Ya’ni boladagi erkinlik, tanqidiy tafakkur uning yoshiga mos tarzda
ishlashiga erishamiz. Tengdoshlariga yordam berish, ilk axloqiy mezonlarni
o‘rganish va
rioya qilish ham ertaklar yordamida amalga oshadi.
Yuqorida ta’kidlangani kabi, ertak ijro etishning o‘z tartib
-qoidalari mavjud. Bularni
juda ko‘p ota
-onalar intuitiv bilganlari holda soha mutaxassislarining fikrini inobatga olish
v ularning ko‘rsatmalariga rioya qilish foydadan holi bo‘lmaydi. Bular quyi
dagilardir:
Uch yoshgacha bo‘lgan bolalarga sokin ovozda, shoshmasdan, harflarni dona
-dona
talaffuz qilgan holda, har bir so‘zni bolaga tushunarli shaklda o‘qish kerak –
bu bolaning
gap nimadaligini tushunishga ulgurishi uchun kerak.
Ertakdagi qo‘rqinchli lavhalarga alohida urg‘u berish, qo‘llarni slikitish, hissiz
ovozda o‘qish kerak emas —
bola qo‘rqib ketishi, qo‘rquvini boshqara olmasligi va kechasi
uyqusiz qolishi mumkin.
Ertak ijro etilayotganda bolaning ruhiy tayyorgarligi, holati, kayfiyati va yoshi
qancha tuyg‘uni ko‘tarsa, o‘shancha tuyg‘uni unga his etdiraverish kerak. Buni cheklash
noto‘g‘ri. Faqat juda e’tibor bilan o‘qish kerak: ertakdagi biror lavha, qahramon yo v
oqea
bolaga yoqmayotgani, noxushlantirayotgani, qo‘rqitayotganini sezgan zahoti o‘sha joyni
biroz quvnoq ovozda o‘qish yo o‘zi qisqacha, zararsizlantirgan shaklda aytib berish kerak.
Ertakni o‘qib berayotganda zinhor bazinhor bolaning ustidan kulish, “ertakdan ham
qo‘rqasanmi?” deya tuyg‘ularini qadrsizlantirish mumkin emas! Bola uchun bu tuyg‘ular
o‘ta ahamiyatli. Ustidan kulish bolani odamovi, ota
-onasiga ishonolmaydigan, demakki,
h
ech kimga ishonmaydigan, o‘zini kamchilikli hisoblaydigan, har narsani o‘ziga olib xafa
bo‘laveradigan shaxsga aylantirishi mumkin.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
338
Umuman, texnika taraqqiy etgan bizning zamonda bolaga ertak o‘qib berish
qanchalik muhim? Bolaning ma’naviyati, shaxsiy sifatlari shakllanishida, jamiyatda o‘z
o‘rnini topishida bu qanchalar ishtirok etadi? Axir televizorda bolalarga atalgan maxsus
kanalla
ru ko‘rsatuvlar, filmlar va filmlarni ortda qoldiradigan multfilmlar, hatto
ovozlashtirilgan ertak kitoblar ham bor. O‘shalardan foydalanish, tejalgan vaqtni esa
boshqa foydali nimagadir sarflash mumkinku. Bir qarashda
–
chindan shunday. Ammo har
bir bola
ertak eshitib va o‘qib ulg‘ayishi kerak, hatto shart! Eng zamonaviy texnik vosita
-
yu gadjetlar ham ertakning o‘rnini bosa olmaydi. Chunki bola olamni ertak orqali idrok
etishdan tashqari o‘z millatiga mansub bo‘lgan qadriyatlar bilan ham tanishib boradi.
Ertakni jonli ijroda eshitishga odatlangan bolaning tengdoshlari bilan muloqot qilishi
qulay kechadi, o‘z o‘rnini odamlar orasida osonroq belgilaydi, tuyg‘ularini erkin ifodalay
oladi. Ertak ijro etish
—
avlodlararo tushunish va ishonchga asoslangan munosabat
o‘rnatishning eng universal usuli hisoblanadi. Bu munosabatlar bir umr davom etadi va
o‘sib kelayotgan bolaga qiyin vaziyatlarda ota
-
onasiga murojaat qilish, yordam so‘ray
olish imkonini beradi. Bu juda muhim ko‘nikma. Chunki odamlararo kelishmovchilik
negizida ko‘p hollarda yordam so‘rashga botina olmaslik, to‘g‘ri tushunishi va yordam
berishiga ishonmaslik yotadi.
Ma’lumki, ertak bola tug‘ilishi bilanoq ota
-
ona tomonidan aytib yo o‘qib, bir so‘z
bilan aytganda, ijro etib boriladi. Bu to‘g‘ri yo‘l. Psixologlarning qayd etishicha, chaqaloq
ijro etilayotgan ertak ma’nosini tushunmasa ham uni ota
-onasining qadrdon ovozi, alohida
ohangi, bolalar ertagiga xos so‘zlarning takror
-takror yangrashi tinchlantiradi, ota-onasi
bilan muloqot o‘rnatishini ta’minlaydi, passiv so‘z boyligini shakllantira boshlaydi. Bola
hayotidagi ilk ertaklar “Bo‘g‘irsoq”, “Zumrad va Qimmat” tarzida
gi syujeti qiziq, ammo
murakkab bo‘lmagan, o‘zida odamlararo munosabatlar modelini (arazlash, quvonish,
sog‘inish, kutish, qarindoshlik aloqalari kabi), o‘zi yashayotgan sosiumga xos qadriyatlarni,
qiyinchiliklarni yengish usullarini tashigan ertaklar bo‘lishi kerak. Bu ertaklar ma’nisini
bola 1,5 yoshidan tushuna boshlaydi. Misol uchun “Bo‘g‘irsoq” ertagi orqali bola quyidagi
saboqlarni o‘zlashtiradi:
1. Xavf tug‘ildimi, harakat qilish kerak.
2. Bitta yechim har safar ish beravermaydi
–
uddaburon bo‘lish kerak.
3. Biror narsaga erishish uchun harakatni darhol boshlash shart, kutib o‘tirish
yaramaydi.
4. Hiyla-
nayrang eng xavfli qurol. Ayyor odamlardan ehtiyot bo‘lish kerak.
5. Ota-onadan uzoqlashmaslik zarur, bu falokatga olib kelishi mumkin.
6. O‘zini aldashga yo‘l qo‘ymaslik shart.
7. Yuz berayotgan hodisalarni tahlil qilish va baholashni o‘rganish kerak.
8. Hech qanday chora qolmaganday tuyulsa ham baribir harakat qilaverish kerak.
9. Mas’uliyatsiz bo‘lmasdan, ota
-onaga quloq solish zarar qilmaydi.
10. Ota-onalar bolani nazoratsiz qoldirmasliklari shart.
11. Har qanday gapga laqqa tushmaslik, yashirin xavfni ko‘rishni o‘rganish lozim.
12. Ota-
onada uzoqlashish kerak bo‘lsa, negaligini aniq bilish shart.
13. Har kimning o‘z vazifasi bor.
14. Odam o‘zining qobiliyatlari, imkoniyatlarini mehnat, mashaqqatlar evaziga
ochib boradi.
15. Qilmishlar keltiradigan oqibatga tayyor bo‘lish kerak.
16. Maqtanchoqlik yomon.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
339
17. Begonalar bilan xushmuomala bo‘lish kerak.
Bunday qiymatli xulosalarni “Zumrad va Qimmat” ertagidan ham olish mumkin.
Albatta, bu xulosalarning barchasi 1,5-2 yashar bolaning imkoniga kiravermaydi. Ammo,
hech bo‘lmasa, bitta saboq o‘zlashtirilsa ham –
katta gap.
Bunda ijro etilayotgan ertaklarning imkon qadar o‘zi mansub bo‘lgan xalqqa tegishli
ekaniga e’tibor qaratish kerak. Albatta, boshqa xalqlar ertagi bilan tanishish bolaga zarar
qilmaydi. Ammo o‘z xalqi ertagi asrlar mobaynida sayqal topgan eng asosiy milliy
ma’lumotlarni tashiydi, bolaga dastlabki etnomadaniy (milliy madaniyatimizga xos
bo‘lgan) jihatlarni tanishtiradi. Shular bolaga singdirilgachgina boshqa xalq ertaklari bilan
tanishtirilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yana urush, nizo, zo‘rlik sahnalari kam
bo‘lgan,
qahramonlari yoqimli bo‘lgan ertaklarni tanlash ham pedagogik
-
psixologik jihatdan to‘g‘ri
sanaladi. Shuningdek, syujetning ham o‘ta murakkab, bir necha xil rivojlanish yo‘llariga ega
bo‘lmagan soddasini ijro etgan ma’qul. Chunki bola eshitayotib chalg‘ib ketishi, voqealarni
tushunmasligi, natijada esa ertak tashiyotgan ma’naviy
-
axloqiy darsni o‘zlashtira olmasligi
mumkin.
Bolalarning katta ko‘pchiligi 5
-
6 yoshgacha moʻjizalarga ishonadi, tafakkur tarzi hali
sehrli voqealarni qabul qila oladigan bo‘ladi. Ular mz’jizalar rostdan yuz berishi, jodugarlar
borligi, devlarga, o‘zini yomon tutgan bolalarning sehrli tarzda jazolanis
higa real faktlar
kabi ishonishadi. Shu bois sehrli ertaklarni ijro etishda juda ehtiyot bo‘lish, bolaning ruhiy
holati va yoshiga mosini tanlash kerak. Xususan, Xans Xristian Andersyenning ertaklarini
chetlab turgan ma’qul. Chunki yovuzlik va ezgulik tushunchalari eng chalkash bo‘lgan
ertaklar shu muallif qalamiga mansub (“Yog‘och askar”, Qizil boshmoqchalar”, “Suvparisi”
ertaklarini eslash kifoya). Umuman, bolaga ertak tanlash o‘ta murakkab jarayon. Kattalar
uchun g‘ayritabiiy bo‘lgan holatlarni bolalar t
abiiy qabul qilishi yoki bolalarni hayratga,
qo‘rquvga solgan vaziyatlar esa kattalar tomonidan e’tiborga ham arzitilmasligi mumkin.
Shu bois ertakni ijro qilish jarayoniga jiddiy yondashish, soha mutaxassislarining
ko‘rsatma va tavsiyalariga muloq solish,
shu bilan birga har bir bolaga xos bo‘lgan
individual qaytarilmas o‘ziga xosliklarni inobatga olish shart. Umumiy bo‘lgan jihat –
ertak
kitoblar rangli bo‘lishi, ranglari yorqin va e’tibor tortishi, suratlari bo‘lishi shartligi. Shu
bilan birga suratlar q
o‘rqinchli yoki tushunarsiz bo‘lmasligi, ertak mazmuniga mos bo‘lish
bilan birga, bo‘ri, yo‘lbars, dev, jodugar kabi qahramonlar o‘ta qo‘rqinchli chizilmasligi, xira
va bo‘g‘iq ranglar ishlatilmasligi, qog‘oz oppoq, harflar esa yirik, ammo jimjimador
bo‘lmasligi, qog‘oz yiltiroq bo‘lmasligi (ko‘zni charchatadi) lozim.
Ijro etilayotgan ertak bolaga ota-onasi, jamiyat va maktab singdirayotgan axloq
prinsiplariga mos kelishi, ma’naviy qadriyatlariga zid kelmasligi lozim. Masalan, biz bolaga
yaxshilikka albatta yaxshilik qaytishini o‘rgatamiz. Ammo Andersenning “Yog‘och askar”
ertagida askar o‘ziga yaxshilik qilgan jodugar kampirni o‘ldiradi. Ya’ni bolaga
singdirilayotgan axloqiy-
ma’naviy mezon bu bilan qarshilashsa, ziddiyat paydo bo‘ladi va
bola ikkilanishda qoladi. Uning qadriyatlar tizimida bo‘shliq paydo bo‘ladi.
Uch yoshlar atrofidagi bolalarga ertak ijro etidayotganda qo‘rqinchli lavhalarga
alohida urg‘u bermaslik kerak degandik. Endi bola maktab yoshiga yetganida bu sahnalar
ham ifodali o‘qilishi, sahna talab qilgan ohang bilan boyitilishi, ba’zi o‘rinlarda biro
z tin
olib, qiziqish va xavotirni oshirib, so‘ng ijro etish tavsiya qilinadi. Shu o‘rinda bolalarga
qo‘rqinchli ertak nega kerak, bu ularning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilmaydimi degan savol
tug‘ilishi tabiiy. Ba’zi ertaklarda zo‘ravonliklar, qonli sahnalar
, janglar, shafqatsiz
qotilliklar ko‘pligi ota
-
onalarni ajablantiradi (“Hasan va Zuhra”da yangi tug‘ilgan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
340
chaqaloqlarning uloqchalarga almashib qo‘yilishi, “Oltin baliq” ertagida vazirning
baliqchini qayta va qayta o‘limga yuboraverishi, “Qorasoch pari”da ayolning qaroqchilar
tomonidan qiynoqlarga duchor qilinishi va shu kabi). Ertaklarda tishlari so‘yloq
jodu
garlar, qon so‘rar yalmog‘iz kampirlar, odamxo‘r devlar, har kuni qurbonlik talab
qiladigan ajdaholar uchraydi... Bunday ertaklarni ota-
onalar silliqlab o‘qishga harakat
qilishadi. Bu bola 3 yosh atrofida bo‘lganida samara keltiradi. Ammo maktab yoshiga
ye
tgan bolada bu aks ta’sir o‘tkazadi. Chunki ota
-
onasi bilan o‘z qadrdon uyida shunday
qo‘rqinchli sahnalarni eshtimagan bola real hayotda oddiy qo‘rquvni boshqara olmasligi,
bu ruhiy jarohatga olib kelishi mumkin. Bola hamma tuyg‘ular qatorida qo‘rquvni ha
m
yashab o‘tishi, uni boshqarishga o‘rganishi, qo‘rquvni tanishi shart. Mazmun mohiyatiga
ko‘ra ertak turli his
-
tuyg‘ularni boshdan kechirish mumkin bo‘lgan o‘ziga xos mashq
maydonidir. Ertak syujeti yordamida u yoki bu tuyg‘u uyg‘onadi, bola vaziyatga mo
s
kayfiyatda bo‘ladi, shundan kelib chiqqan holda reaksiya qiladi va shu tariqa kelajakda
asqotadigan tuyg‘ularini boshqara olishday qimmatli tajribaga ega bo‘ladi. Agar bola
bunday qo‘rqinchli, noxush, sotqinliklar tasvirlangan lavhalardan bexabar o‘ssa,
butun
dunyo va odamlar oppoq hamda yumshoq degan yanglish tasavvuda bo‘ladi, demakki,
hayotga mutlaqo tayyor bo‘lmagan noshudga yoki alamzadaga aylanib qolishi mumkin.
Psixologiyada ertakni bunday ijro etish bolada fobiyalarning barqaror rivojlanishiga olib
kelgan misollar talaygina. Qo‘rquv, odatda, haqiqiy yoki xayoliy tahdid (jismoniy yo ruhiy
tahdid) uyg‘otadigan vaziyatlar oqibatida paydo bo‘ladi. Qo‘rquv bolani vaqtincha
falajlantirib qo‘yishi yoki sababsiz xovliqib, shoshib, tipirchilatib qo‘yishi mu
mkin.
Qo‘rquvning bashoratchilik funksiyasi bor —
bola hozir jimsmoniy yo ruhiy azob
chekishini biladi va shu bois yanada qo‘rqadi. Qo‘rquvni yengish qiyin, chunki uni aslida
nima keltirib chiqarayotganini hamisha ham bilavermaymiz. Bilmasligimizning boisi esa
ko‘pchiligimizni ota
-
onamiz emlashi mumkin bo‘lgan shifokordan, olib ketib qolishi
mumkin bo‘lgan ajinadan va shu kabi vositalar bilan qo‘rqitib o‘stirgan. Qo‘rquv
ko‘pchiligimiz uchun tabiiy tuyg‘u emas, jazolash vositasi bo‘lgani uchun uning aniq
ma
nbasini topa olmaymiz va boshqarishga qiynalamiz. 40dan oshib ham ish o‘rnini
almashtirishga, yoqimsiz muhitdan chiqib ketishga, surbet hamkasbini tiyib qo‘yishga
qiynaladiganlar shunday tarbiya mevasidir. Ular shaxs sifatida to‘liq balog‘atga yetmagan.
Ba’zan bolalar bitta ertakni qayta
-
qayta ijro etishni so‘rashadi. Bu normal holatmi?
O‘zi yodlab olgan bo‘lsa
-da yana eshitishni istashidan xavotirlanmaslik kerak. Bu bola
uchun tabiiy risoladagi holat. Kattalar ham o‘zlari yoqtirgan asarni takror o‘qishad
i,
yoqtirgan filmlarini qayta-
qayta ko‘rishadi. Buning bir necha sabablari bo‘lishi mumkin –
ertak bolaning dilidagi biror kechinmani qitiqlab qo‘ygan yoki uyg‘un kelgan, biror
ehtiyojiga mos tushgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari bola hayotda va ertakd
a
yomonlik jazolanishi, yaxshilik mukofotlanishi, ya’ni hayot barqaror muvozanatda ekanini
bilib ulg‘ayishi shart. Shu bois ertak birozgina o‘zgartirish kiritib ijro etilsa ham bola darhol
to‘xtatadi va to‘g‘rilaydi. Ko‘rinadiki, ertak bola psixikasi oziql
anadigan, dunyoqarashi,
axloqiy o‘lchovlari, qadriyatlar tizimi, milliy mansubligi shakllanadigan muhit hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
Ўзбек
халқ
ижоди
.
Кўп
томлик
.
Зумрад
ва
Қиммат
.
Адабиёт
ва
санъат
нашриёти
. 1988. 79-83 betlar
2.
Мифы древного мира. Москва. Просвещение. 1991.
3.
O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari. –
Toshkent. Fan.2002 yil. 10-12 betlar
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
341
4.
Каскабосов С. Казахская волшебная сказка. Алмата. 1990. стр –
100.
5.
Олтин бешик. Ўзбек халқ эртаклари.
-
Тошкент. Адабиёт ва санъат нашриёти.
1985 йил. 115
-
117 бетлар.
6.
Чалпак ёққан кун. Ўзбек халқ эртаклари.
-
Тошкент. Чўлпон. 1987 йил.79
-81
бетлар.
7.
Саримсақов Б. Эпик жанрлар диффузияси.// Ўзбек фольклорининг эпик
жанрлари. Тошкент. 1981.113
-
бет
8.
Жўраев М., Пиримқулова М., Миф, фольклор ва адабиёт.
-
Тошкент. А.Навоий
номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти. 2006 йил. 16
-
бет.
9.
https://plato.stanford.edu/archivES/FALL2017/Entries/hegel-aesthetics/