Авторы

  • Рустам Астанов
    Заведующий отделом точных и естественных наук, Педагогический центр Бухарской области

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67604

Ключевые слова:

сотрудничество методология образование обучение школа коллектив преемственность знания информация наука

Аннотация

В данной статье представлена информация о совместном образовании и его приоритетах. Совместное обучение сосредоточено на том, чтобы учащиеся не только осваивали науки, но и глубже понимали суть происходящих событий и действительности, а также повышали интерес к научной деятельности.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Cooperative education is the key factor in raising a perfect
person

Rustam ASTANOV

1


Pedagogical center of Bukhara region

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2024

Received in revised form

10 August 2024
Accepted 25 August 2024

Available online

25 September 2024

This article provides information about cooperative

education and its priorities. Cooperative education focuses on

students mastering science, gaining a deeper understanding of

current events and reality, and increasing their interest in

scientific activities.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3

/S

-pp383-388

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

cooperation,

methodology,
education,
training,

school,
team,
continuity,
knowledge,

information,
education,
science.

Hamkorlikdagi ta’lim –

komil insonni yetishtirishning

asosiy omili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

hamkorlik,
metodik,

ta’lim

-tarbiya,

o‘qitish,

maktab,

jamoa,
uzluksiz,
bilim,

ma’lumot,

fan.

Ushbu maqolada hamkorlikdagi ta’lim va uning ustuvor

tomonlari haqida ma’lumot berilgan. Hamkorlikdagi ta’limda

o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishi, hodisa va voqeiylikning

mazmun-

mohiyatini tushunishi, ularning fanga bo‘lgan

qiziqishlarini orttirishi yoritilgan.

1

Head of the Department of Exact and Natural Sciences, Pedagogical Center of Bukhara region.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

3 (2024) / ISSN 2181-3701

384

Совместное

образование

-

ключевой

фактор

воспитания совершенного человека

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

сотрудничество,
методология,

образование,

обучение,

школа,

коллектив,
преемственность,

знания,

информация,

наука.

В данной статье представлена информация о совместном

образовании и его приоритетах. Совместное обучение

сосредоточено на том, чтобы учащиеся не только осваивали

науки, но и глубже понимали суть происходящих событий и

действительности, а также повышали интерес к научной
деятельности.

Zamonaviy maktabning vazifasi o‘quvchilarga berilayotgan ta’lim sifatini zamonaviy

pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish va rivojlantirish, oila, maktab va jamoatchilik
hamkorligiga asoslangan va boshqaruvning jamoatchilik shakli tashkil qilingan ochiq

ta’lim muhitini amalga oshirish hamda bolalarning huquqlarini ta’minlash, bolaning sha’ni,
g‘ururini himoya qilish, bola uchun do‘stona muhitni yaratishdan iborat.

Jamiyat, maktabdan ta’lim oluvchi shaxsni metodik shakllanishi, o‘quvchilarni

uzluksiz bilim olishlarini ta’minlashini, ularning bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini

rivojlantirishni, hayotiy va mustaqil

ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishni,

o‘quvchida yuqori darajadagi ma’naviy

-axloqiy sifatlarni tarbiyalashni kutmoqda.

Maktabning faoliyati esa bolalar haqida g‘amxo‘rlik, ularning qiziqishlarini qo‘llab

-

quvvatlash va eng muhimi ta’limda sog‘lom muhitni tashkil etishdan iborat bo‘lishi kerak.

Ta’limda sog‘lom muhit nafaqat moddiy jihatlarni ko‘zga tutadi, shu bilan birga

maktabdagi o‘zaro munosabat, oiladagi va jamiyatdagi muhitni ham nazarda tutadi.
Ta’limda sog‘lom muhitni qo‘llab

-

quvvatlash maktab ma’muriyatidan tortib, o‘qituvchi,

ota-ona, mahalliy hokimiyat, maktab kichik xodimlari

va o‘quvchilarning ham

majburiyatiga kiradi.

Hozirgi kunda maktabni qurib, uni barcha jihozlar bilan ta’minlash

va barcha

bolalarni maktab ta’limiga shunchaki jalb qilishini o‘zi kifoya qilmaydi. Bugungi kunda
maktab har tomonlama rivojlangan hayotiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, sog‘lom va

himoyalanga

n, o‘z kuchiga ishongan hamda o‘z

-

o‘zini boshqara oladigan shaxsni

shakllantirishi kerak. Bunday shaxsni tarbiyalashda yaxshi maktab ya’ni tez o‘zgaruvchan,
iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarga moslashishga yordam beradigan, malakalarga ega bo‘lgan

pedagogla

r jamoasi muhim o‘rin egallaydi. Bu jamoada demokratik tamoyillar hukmronlik

qiladigan ijodkorlik muhiti mavjud bo‘lib, tashabbuskorlik, moddiy va ma’naviy
rag‘batlantiriladi. Bunday jamoani tashkil etishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim.

O‘qitish jarayoni vaqtida bir

-birini kuzatish yuli bilan bir-

biridan o‘rganish.

Hamkorlikdagi rejalashtirilgan darslarni tashkil etish, butun faoliyatning barcha

qirralaridan keng va samarali foydalanish.

O‘quvchilarning “bo‘sh” joylarini aniqlash va kelgusida bu kabi kamchiliklar

bo‘lmasligi uchun yangi o‘qitish usullarini (interfaol) rejalashtirish maqsadida
o‘quvchilar faoliyatini jamoa bo‘lib tashkillashtirish.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

3 (2024) / ISSN 2181-3701

385

Fikrlash va tushunish uchun boshqa professional maqolalar va resurslarga ega

bo‘lish, o‘qitish va ta’lim berishda ulardan samarali foydalanish.

O‘zaro bir

-

birimiz bilan nimani va qanday o‘qitayotganimizni hamda o‘zimizning

o‘qitish natijalari bilan o‘rtoqlashish.

Hamkasabani ma’nan qo‘llab

-quvvatlash, muvaffaqiyatlaridan xursandligingizni

namoyon etish, unga hasad emas havas qilish, unday bo‘lishga harakat qilish.

Muammolarni hamjihat bo‘lib aniqlash , o‘rganish va ta

hlil etish, bartaraf etish

yo‘llarining tartibini belgilash.

Ta’lim

-

tarbiya sifatini oshirishdek uzluksiz faoliyatda “o‘zingiz”ning o‘rningiz

bo‘lishiga erishish.

Jamoaviy faoliyatga yetaklovchi yechimlarga erishish uchun jamoaviy

yechimlarni qabul qilish.

Yordamga muhtoj, shuningdek yordam beruvchilarni har tomonlama qo‘llab

-

quvvatlash (ilmiy, metodik, pedagogik, psixologik)

Metodik qo‘llanmalar, tavsiyalar, namunali dars ishlanmalari, test savollari va

boshqa nazorat topshiriqlar to‘plami kabi metodik ishlarni tayyorlashda har bir pedagog

va jamoaning javobgarligini oshirish.

Yana bir jihat, jamoaning faoliyatini yaxshilash, ijodkorlik va sog‘lom muhitni

tashkil etishda hamkorlikdagi ta’limga e’tiborni kuchaytirish zarur. Hamkorlikdagi ta’lim
bu ishchi guruhlarda ishlashdir, lekin har qanday guruhlardagi ish hamkorlikdagi ta’

lim

emas.

Hamkorlikdagi ta’limning 5 asosiy elementi mavjud. Bular:

1.

O‘zaro ijodiy bog‘liklik

2.

Shaxsiy mas’uliyat

3.

“Yuzma

-

yuz” munosabatlar

4.

Ijtimoiy malaka

5.

Baholash

Shuningdek, hamkorlikdagi ta’limda guruhdagi o‘quvchilar passiv

tinglovchi emas,

balki muzokaralar ishtirokchisi,o‘zining fikrini qisqa, lo‘nda va aniq bayon etuvchi guruh
a’zosiga aylanadi. Guruhlardagi ochiqlik, o‘zaro hurmat va yordam o‘quvchilarni o‘ziga jalb
etadi. Bu esa o‘quvchilarning davomatini yaxshilaydi,

t

irishqoqligini kuchaytiradi, o‘zaro

hamkorlikda fanlarni o‘zlashtirish, hodisa va voqeiylikning mazmun

- mohiyatini

tushunish, ularning fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi. Fanga e’tibor bilan qaraydigan va
uni chuqurroq, mukammal o‘rganishga harakat qil

adi.

Hamkorlikdagi ta’limning

muhim jihatlaridan yana biri o‘quvchilarning bir

-

biriga tushuntirishlari, savol-

javoblarda ishtiroklari ularning og‘zaki nutqini, muloqot

ko‘nikmalarini hosil qiladi. Shuningdek, nutq, so‘zlashuv, savol berish va javob berish

mad

aniyatini shakllantiradi va rivojlantiradi. Bunday ta’lim turi o‘quvchilarga faollikni,

darsda qiziquvchanlikni va izlanishni tarbiyalaydi. O‘zaro ijodiy munosabat, fikrlar
almashinuvi, turli ma’lumotlar, turli qarorlar qabul qilish va o‘rtoqlashish kabi f

azilatlarni

hamda sinfda ijodiy faollikni kuchaytiradi. Bu esa sinfda komanda bo‘lib ishlash, muammo
va masalalarni jamoa bo‘lib hal etish va o‘ziga hamda sinfdoshlariga nisbatan mas’uliyat
ko‘nliklarini shakllantiradi. Bu esa nafaqat o‘quvchilardan balki o‘qituvchidan ham darsga

puxta tayyorlanib kelishini talab etadi.

Hamkorlikdagi ta’lim tabiatan o‘quvchining faoliyatini tashkillashtiradi. Darsga

puxta tayyorlanib kelish, uyga vazifani to‘la bajarish, o‘rtoqlashishi lozim bo‘lgan


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

3 (2024) / ISSN 2181-3701

386

ma’lumotlarni aniq, lo‘nda gapirib berishdek malakalarni hosil qiladi. Sinfdagi “a’lochi” va
“past o‘zlashtiruvchi” o‘quvchilarga ajratmaydi. Aksincha o‘quvchilarni bir

-biriga

bog‘laydi, do‘stlashtiradi, bir

-

biriga hamkor va qo‘llab

-quvvatlovchi yaqin insonga

aylantiradi. Uncha muhim bo‘lmagan ma’lumot yoki tushuncha xam guruh muhokamasida
aniq, mukammal, turli asoslarga ega va chuqur ma’noli taklif yoki xulosaga aylanishi
mumkin. o‘quvchilar bir

-

birlarini tanqid qilishdan voz kechib, g‘oyalarini tanqid qil

adilar,

qo‘shimcha va takliflar kiritadilar, umumlashtirib, ijobiy xulosalar chiqarishni
o‘rganadilar. Bunday ta’lim darsdagi o‘quvchilarning intizomini yaxshilaydi, ko‘proq
bilimga bo‘lgan ishtiyoqlarini kuchaytiradi. O‘qituvchilarning, qolaversa ma’muriy

atning

o‘quvchilarga bo‘lgan munosabatlarini ijobiy tomonga o‘zgartiradi.

Muxtasar qilib aytganda, hamkorlikdagi ta’limning ustuvor tomonlari

quyidagilardan iborat bo‘ladi:

1.

O‘zaro ijodiy munosabat shakllanadi va rivojlanadi.

2.

Har bir kishi o‘zi uchun va guruhining boshqa a’zolari uchun javobgarlik hissini

kuchaytiradi.

3.

Guruhlarda aynan bir xil bilimli o‘quvchilar emas, balki aralash guruhlar

shakllanadi.

4.

Shakllanayotgan guruhlarda ishonch, javobgarlik, jipsliklik rag‘batlantiriladi.

5.

Guruhda doimiy bir o‘quvchi emas, balki har bir guruh a’zosi rahbarlik rolini

bajaradi.

6.

Muloqot ko‘nikmalari shakllanadi, qo‘llaniladi va rag‘batlantiriladi va qo‘llab

-

quvvatlanadi.

7.

O‘qituvchi doimiy ravishda guruh ishini kuzatib boradi, baholaydi va zarurat

bo‘lganda ularning ishiga aralashadi.

“Har bir odam, go‘yoki alifbodagi harfga o‘xshaydi, so‘z yasash uchun o‘zaro birikishi

kerak” deb yozgan edi O.Mandelshtam. U qanchalik haq ekanligini davrning o‘zi ko‘rsatib
turibdi. Hamkorlikdagi ta’lim

esa bugungi kunning talabi.

Bugungi globallashuv jarayonida voqea, hodisalarni o‘rganish, ularning kelib chiqish

sabablarini tahlil etish har bir o‘quvchi uchun juda muhim. Bunday har tomonlama
rivojlangan barkamol shaxsni tarbiyalashda tabiiy fanlarning o‘rni muhim. Bu esa tabiiy

fa

nlar o‘qituvchilari oldida yangi, muhim maqsadlarni qo‘yadi, ya’ni:

Har bir bolaning atrof-

muhitga bo‘lgan tug‘ma qiziquvchanligini rivojlantirish;

Har bir bolaning so‘z boyligini shuningdek, olam haqidagi bilimlarini oshirish;

Bolalarda “ilmiy fikrlash”ni hosil qilish. Bu aniq va puxta kuzatuvlar olib borishni,

aniq, zarur ma’lumotlarni to‘plash, o‘z faoliyatida savollarni shakllantirish, bu savollarga

javob olish usullari va imkoniyatlarini topishni nazarda tutadi. Va nihoyat, olingan

bilimlarni turli vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish.

O‘quvchilarning ta’lim jarayonida faol bo‘la olishini rag‘batlantirish, tanqidiy va

ijodiy fikrlash, materiallarni yangicha qo‘llash, shuningdek o‘z fikrlash imkoniyatlarini

kengaytirish;

O‘quvchilarni to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri ta’lim jarayoniga jalb etib, yuqori sifatli dars

berishni ta’minlash.

Bu o‘quvchilarga umr bo‘yi o‘qish strategiyasini ishlab chiqishga amaliy yordam

beradi.

Asosiy e’tiborni quyidagilarga yo‘naltirish lozim.

-

hamkorlikdagi ta’limni yo‘lga qo‘yish


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

3 (2024) / ISSN 2181-3701

387

-

o‘quvchi shaxsini ijodiy rivojlantirish

-

ta’limni interfaol metodlarini amaliyotga tadbiq etish.

-

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni kompyuter savodxonligi oshirish.

-

o‘quvchilarda bag‘rikenglikni shakllantirish

-

maktabdan tashqari ta’limning yangi mazmunini shakllantirish

-

ta’lim mazmunini modernizatsiya qilish

-

maktab bitiruvchilari kasbini o‘zi tanlashiga ko‘maklashish

- bolani kuchli tomoniga suyanish
-

bolaning xatolariga urg‘u berishdan qochish.

-

bolaga mamnunligingizni ko‘rsatish.

-

bolaga nisbatan muhabbat va hurmatni ko‘rsata bilish va ko‘rsatish istagining

bo‘lishi.

- katta topshiriqlarni bola bajara oladigan kichikroq -

topshiriqlarga bo‘lib bajarishiga

yordam bera olish.
-

bola muvaffaqiyatlariga e’tiborli bo‘lish.

b

ola bilan o‘zaro muloqatda hazil mutoyibani ishlatish.

b

olaning topshiriqlarini bajarishga bo‘lgan barcha urinishlaridan xabardor bo‘lish.

Bola bilan birgalikda o‘zaro harakat qila bilish.

i

mkoni bor joyda bolaning o‘ziga, muammolarni hal etish uchun izn bera bilish.

intizomiy jazolardan qochish.

b

olaning o‘ziga xosligini qabul qila olish.

b

olaga nisbatan ishonch va mehr ko‘rsatish.

k

o‘tarinkilikni namoyish etish

O‘quv jarayonida faol ishtirok etadigan o‘quvchilar o‘quv faoliyatiga ko‘proq

qiziqishadi va darslarga borishga ko‘proq harakat qiladilar. O‘quvchilar o‘zaro aloqada
bo‘lgan sinf muhiti o‘quvchilarning yuqori motivatsiyasiga, o‘quv jarayonida faol ishtirok

etishga va darslarga qatnashishga yordam beradi. Talabalarning birgalikda ishlashi barcha

talabalar uchun individual, raqobatbardosh ta’lim tizimidan ko‘ra yaxshiroq natijalarga
olib keladi, bunda ko‘plab talabalar raqobatbardosh ta’limda ortda qoladilar,

o‘rtacha yoki

ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar hech narsaga erishmaydilar. Birgalikda o‘rganishda

barcha talabalar foyda oladi. Ular bir-

birlariga yordam berishadi va o‘zaro yordam

muhitini yaratadilar, bunda barcha talabalarning natijalari yaxshilanadi

. Bu, o‘z navbatida,

o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan hurmatini, ishonchini oshiradi.

Birgalikda o‘rganish o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi,

shuningdek, ma’lumotni eslab qolish va mavzuga bo‘lgan qiziqishni yaxshilaydi, chunki
o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan hurmati oshadi. Bu yaxshi o‘qish natijalari talabalarning
o‘zini o‘zi qadrlashini oshiradi, bu esa o‘z navbatida fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va
o‘quv faoliyatini yaxshilaydi. Talabalar o‘zlarining ijobiy natijalarini o‘z guruhining boshqa
a’zolari bilan baham ko‘rishadi va shu bilan o‘zlarining va o‘zgalar

ning hurmatini

oshiradilar. Ba’zi kooperativ ta’lim tuzilmalari talabalarga faxriy sertifikatlar berish yoki
o‘qituvchilar tomonidan butun guruh yoki alohida a’zolarning ilmiy yutuqlari uchun
guruhlarni tan olish orqali bu ta’sirdan foydalanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Стратегия и методы обучения и образования.

http:www.u.arizona,edu;80/ic/edtech/strategy.html


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

3 (2024) / ISSN 2181-3701

388

2.

Проект совместного обучения.

http:www.media.mit.edu/~andyd/mindset/design/clc.html

3.

Структуры совместного обучения.

http:www.wcer.wisc.edu/nise/cll/CL/clhome/ash

4.

Влияние методов совместного обучения на успеваемость.

http://scholar.lib.vt.edu/ejoumals/JVTE/v13n2/Abu.html

5.

Что такое класс совместного обучения?

http:www.arp.sprnet.org/Admin/supt/collab2/htm

Библиографические ссылки

Стратегия и методы обучения и образования. http:www.u.arizona,edu;80/ic/edtech/strategy.html

Проект совместного обучения. http: www.media.mit.edu/~andyd/mindset/design/clc.html

Структуры совместного обучения. http:www.wcer.wisc.edu/nise/cll/CL/clhome/ash

Влияние методов совместного обучения на успеваемость. http://scholar.lib.vt.edu/ejoumals/JVTE/v13n2/Abu.html

Что такое класс совместного обучения? http:www.arp.sprnet.org/Admin/supt/collab2/htm