Social activism of women in society

Abstract

This article will discuss the social activity of women and girls in society, which reflects the cultural standards and spiritual development of the community. It presents perspectives on systemic reforms and gender equality policies designed to support women and girls in achieving leadership roles across social and political spheres.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
HAC
elibrary
doi
 
81-85
29

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Bakiyeva , M. (2024). Social activism of women in society. Foreign Linguistics and Lingvodidactics, 2(4/S), 81–85. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/68049
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article will discuss the social activity of women and girls in society, which reflects the cultural standards and spiritual development of the community. It presents perspectives on systemic reforms and gender equality policies designed to support women and girls in achieving leadership roles across social and political spheres.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Social activism of women in society

Mukhabbatkhоn BAKIYEVA

1

University of Economics and Pedаgogy

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

10 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

25 October 2024

This article will discuss the social activity of women and girls

in society, which reflects the cultural standards and spiritual

development of the community. It presents perspectives on

systemic reforms and gender equality policies designed to

support women and girls in achieving leadership roles across
social and political spheres.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss4

/S

-pp81-85

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

society,
gender equality,
women, social activism,
attention to women,

education,
employment,
career.

Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

jamiyat,
gender tenglik,

xotin-qizlar,
ijtimoiy faollik,

ayollarga e’tibor,

ta’lim,

bandlik,
kasb-hunar.

Ushbu maqolada jamiyatning madaniy darajasi va ma’naviy

barkamolligini tavsiflaydigan ayol-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy

faolligi haqida so‘z

boradi. Ayol-qizlarning ijtimoiy va siyosiy

jabhalarda yetakchi o‘rinlarni egallashiga qaratilgan tizimli

islohotlar,gender tenglik siyosati haqida fikrlar ifodalangan.

Социальная активность женщин в обществе

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

общество,

гендерное равенство,
женщины,

В статье рассматривается социальная активность женщин

и девочек как показатель культурного уровня и духовного

развития общества. Выражены взгляды на системные

1

Associate Professor, PhD, Head of the Department of Primary and Preschool Education, University of Economics and

Pedagogy.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

82

социальная активность,

внимание к женщинам,
образование,

занятость,

профессия

.

реформы и политику гендерного равенства, направленные

на поддержку женщин в стремлении занимать лидирующие

позиции в социальной и политической сферах.

O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridayoq xotin

-qizlarning jamiyatda

ijtimoiy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu sababli mamlakatimizda olib

borilayotgan xotin-qizlarga oid islohotlar hamda ijtimoiy faol ayol va uning axloqiy xatti-

harakatlarining jamiyat ravnaqidagi o‘rnini tahlil etish bugungi kunning dolzarb

mavzularidan biri hisoblanadi. Davlat va jamiyat qurilishi, ishlab chiqarish, oila, mahalla,
jamoat tashkilotlari, fuqarolik institutlari faoliyatida ayol-qizlarning ijtimoiy faolligi

nihoyatda zarur bo‘lib, ulardagi ijtimoiy faollik sifatlarini shakllantirish va kuchaytirish

muhim ahamiyatga ega.

Barkamol avlod tarbiyasida xotin-qizlarning ijtimoiylashuv muammolari ijobiy hal

etilishi nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning yechimini topishda, balki yangi jamiyat

quruvchilarni tarbiyalash ishlarini to‘g‘ri tashkillashtirish va amalga oshirish bora

sida

ham ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli bugungi kunda inson, shaxs muammosi
jamiyat miqyosida ham, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ham eng dolzarb masalalar

darajasiga ko‘tarildi. Xotin

-

qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish ko‘p qirrali, mur

akkab

hodisa bo‘lib, bu ularning ijtimoiylashuv jarayoni bilan bog‘liq boʻlgan muhim va o‘ziga xos

jihatlardan biridir. Tabiiyki, muammoning nafaqat mamlakatimizda demokratik
islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish konsepsiyasi

orqali o‘rganilishi, balki yangi ma’naviy

-axloqiy tamoyillar, yangi innovatsion

texnologiyalar va jarayonlar orqali o‘rganilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Biz uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini

yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-

xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat

muhitini yaratish, ma’naviy

-

ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to‘ldirishdan iborat

bo‘lmog‘i zarur”, deb alohida ta’kidlagan. Buyuk ma’rifatparvar Abdurauf Fitrat:
“Farzandlarimizni yaxshi xulq egalari qilib tarbiyalashimiz uchun, avvalo, millat onalari
tarbiya va ilm olishlari lozim”, deb yozgan edi. “Biz Uchinchi Renessans poydevorini qurish,

jami

yatda yangi ma’naviy makon yaratish haqida gapirar ekanmiz, bu ishlarni otalar,

onalar, ustozlar ma’naviyati bilan uzviy amalga oshirishimiz zarur. Bugun biz ochiq
jamiyatda yashayapmiz. Bu imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanib, ilg‘or g‘oyalarni
o‘zlashtirishim

iz kerak. Lekin milliy qiyofamizga putur yetkazadigan illatlardan ehtiyot

bo‘lishimiz, o‘zligimizni yo‘qotmasligimiz shart” .

“Amerikada demokratiya” asarining muallifi, XIX asr fransuz gumanisti va faylasufi

Aleksis de Tokvil bu xususda shunday fikr yuritadi: “Ba’zilar erkak va ayolni nafaqat
tengligi, balki yaxlit ekanini ta’kidlaydilar. Ular erkak va ayolga bir xil huquqlarni

beribgina

qolmay, bir xil majburiyatlarni ham ularning zimmasiga yuklaydilar. Ular erkak va ayolni
bir xil fikrlashi, mehnat qilishini istaydilar. Bu yaxshilikka olib kelmaydi, erkak va ayolning
jins sifatida inqirozini keltirib chiqaradi, zaif erkaklarni

va kuchli ayollarni paydo qiladi”.

Sharq qadriyatlarida ayol doimo erkak kishiga do‘st, yor, oqila, mehribon, oilaviy
tinchlikning rahnamosi sifatida ulug‘langan.

Ayollarning oila va jamiyatdagi roli, xususan, farzand tarbiyasi va

ijtimoiylashuvidagi ahamiyati mutafakkirlar tomonidan e’tirof etilgan. Abu Rayhon
Beruniy o‘z qarashlarida oila tinchligi bevosita oqila, aqlli, farosatli, tarbiyali ayollar qo‘lida


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

83

ekanligiga alohida ahamiyat qaratgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarining yetakchi

ma’rifatparvarlari M.Behbudiy, A.Fitrat va A.Avloniy xotin

-

qizlarning jamiyatdagi o‘rni

borasida keng fikrlar bildirganlar. Masalan, Fitratning “Oila yoki oila boshqarish tartiblari”
asarida shunday fikrlar bor: “Ayollarning huquqlari, albatta, din va milliy qadriyatlar bilan
ham bog‘liqdir. Islom dini kirib kelgunga qadar qizlar tug‘iliboq tiriklayin o‘ldirilgani
ko‘pchilikka ma’lum. Muqaddas Islom dini hamisha ayollarni e’zozlashga buyuradi. “Jannat
onalar oyog‘i ostidadir” degan naql asrlar osha o‘z mavqeyini yo‘qotmagan. Islom ta’limoti

ayollarni ilm olish, mehnat qilish, meros huquqi, jamiyat taraqqiyotida faol qatnashishda
erkaklar bilan teng huquqli qildi. Hadislarda

“ilm olish har bir muslim va muslimaga

xosdir”, deyilgan. Islomda oila, nikoh, meros masalalarida ayolga ko‘proq yon beriladi,
nikohsiz yashashga ruxsat berilmay, shu tariqa ayolning huquqi ta’minlanadi. Nikoh
shartlaridan bo‘lmish mahr ham aynan ayollarning foydasi uchun joriy etilgan”.

Jamiyat hayotida xotin-qizlar va ularning ijtimoiy faoliyati haqidagi qarashlar va

ta’limotlar G‘arb hamda Sharq falsafiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi. Xotin

-

qizlarning ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy faolligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biri

ular faoliyat yuritayotgan mehnat jamoasidagi boshqaruvning qanday xarakterga egaligi

bo‘lib bu, asosan, rahbarlarning boshqaruv madaniyati, usul va vositalariga bog‘liq bo‘ladi.

Rahbar mehnat jamoasidagi muhitni qanchalik erkinlashtirsa, ayollarimizning nozik jins
vakillari ekanligini his qilib tursa va ular faoliyatini modernizatsiyalashga oid

tashabbuslarni qo‘llab

-

quvvatlasa, ularni amalga oshirishda o‘rnak ko‘rsata olsa,

ayollarning jamoadagi faolligiga ta’sir qila oladi va bu o‘z

-

o‘zidan ularning siy

osiy faolligini

yanada oshishiga turtki bo‘ladi.

Ayollar faolligini oshirishda ruhiy holat muhim rol o‘ynaydi. Agar ayollar ijtimoiy

-

siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda faoliyatni amalga oshirish uchun ruhiy jihatdan
tayyor bo‘lmasa, ular o‘rtasida olib borilayotgan tadbirlar o‘zining kutilgan natijas

ini

bermaydi. Shunga ko‘ra, ayollar faolligi quyidagi mezonlar bilan belgilanadi:

-

dunyoqarashni boyituvchi va mutaxassislik bilimlariga ega bo‘lish;

-

ma’naviy

-ijtimoiy munosabatlarda faol ishtirok etish;

-

ma’naviy faoliyatning ko‘lami va mazmuni:

-

ma’naviy

-ijtimoiy vaziyatlarni baholay olish;

-

ma’naviy

-

ijtimoiy faoliyatni tashkil etishda onglilik, g‘oyaviylik, vatanparvarlik,

mustaqillik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, insonparvarlik, baynalmilallik,

ishchanlik, tezkorlik, erkin fikr yuritish, ijodkorlik, mas’uliyatni his etish

kabi xislatlarni

namoyon etish va boshqalar.

Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj xotin-

qizlarimizni bugun faol qilib, qiyin vaziyatida ularni o‘qitib, kasb

-hunarli qilib,

muammolarini o‘zlari yengishga asosiy e’tibor qaratilmoqda va ijtimoiy xodim sifatida bu

bizn

ing ustuvor maqsadimiz. Zamonamizni o‘tmish tarix bilan taqqoslasak, xotin

-

qizlarimizning bugungidek erkinligi, huquq va imkoniyat jihatidan tengligi taqsinga
sazovordir. Bugun xotin-

qizlarimiz uchun mavjud imtiyozlarni ko‘rib chiqamiz:

- Xotin-

qizlar o‘qishga kirishida qo‘shimcha davlat granti va imtiyozli kreditlar;

-

Kam ta’minlangan oilalardagi xotin

-qizlarga yordam;

-

To‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan yoxud ota

-onasining ikkisi ham vafot etgan

ijtimoiy himoya muhtoj qizlarga davlatimiz tomonidan ko‘mak;

-

Turmush o‘rtog‘i vafot etgan. Voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan

ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga yordam;


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

84

-

Nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin

-qizlarga ijtimoiy-psixologik

ko‘maklashish.

Yuqoridagi ehtiyojmand toifalarga tavsiyanoma Mahalla va nuroniylarni qo‘llab

-

quvvatlash vazirligi tomonidan beriladi hamda bu toifalar “Ayollar daftari” ga ham
tegishlidir. “Ayollar daftari” ga 30 yoshdan oshgan xotin va qizlarimizni qamrab oladi.
Qo‘llab

-quvvatlash, asosan, (moddiy tomonlama, natura shaklida, dori-darmon bilan

ta’minlash, jarrohlik amaliyoti uchun mablag‘lar bilan qo‘llab

-

quvvatlash) ni o‘z ichiga

oladi. OTM uchun 4 % kvotani olishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018

-yil 2-

fevraldagi “Xotin

-qizlarni

qo‘llab

-quvvatlatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan

takomillashtirish chora-

tadbirlari” to‘g‘risida PF

-5325-

sonli Farmoni e’lon qilindi.

Bundan tashqari 2020-yil 18-fevraldagi PF-

5938 “Jamiyatda ijtimoiy

-

ma’naviy

muhitni sog‘lomlashtirish mahalla institutini yanada qo‘llab

-quvvatlash hamda oila va

xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”

gi farmoni qabul qilindi. Bunda yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan

xotin-

qizlar, nogironligi bo‘lgan ayollarga ijtimoiy

-huquqiy, xotin-qizlarning bandligi,

mehnat sharoitlarini yaxshilash, qishloq joylarda xotin-qizlarning oilaviy tadbirkorlik,

hunarmandchilikka jalb qilishga ham atroflicha to‘xtab o‘tilgan.

Ayollarning jamiyatdagi o‘rni va rolini oshirish, davlat boshqaruviga ularni yanada

kengroq jalb qilish, mamlakatning siyosiy boshqaruvi sohasida ularning faolligini yanada
oshirish vazifalari keng ahamiyat kasb etib bormoqda.

Bugun jamiyatimizning ilmiy-texnikaviy faoliyatida xotin-qizlar faol ishtirok

etmoqda. Olima ayollar tomonidan ilm-fan sohasidagi izlanishlar ishlab chiqarish, sanoat,

qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy

-

madaniy sohalarning rivojiga salmoqli hissa bo‘lmoqda. 2018

-

yildan beri o‘tkazib kelinayotgan “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion
loyihasi” tanlovida ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy
etish maqsadida talaba va o‘quvchi qizlar, dasturchi va tadbirkor ayollar i

shtirok etib

keladi. “Olima ayollar grantlari” tanlovi xotin

-qizlarni ilm-

fan sohasida qo‘llab

-quvvatlash

va rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Ayni paytda ayollarning ilmiy faoliyatda nufuzi va o‘rnini yanada oshirishga daxldor

masalalar

olimalarga ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida hal etishga ko‘maklashish,

tadqiqotlarni amalga oshirishning tashkiliy imkoniyatlarini yaratish, ilmiy faoliyatda
gender diskriminatsiya muammosiga barham berish, olima ayollar uchun ilmiy nufuzli

mukofotlar ta’sis etish, tadqiqot grantlari, xorijiy stajirovka dasturlarini kengaytirish,
olimalarning akademik mobilligini oshirish, innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtiris

h,

ijtimoiy qo‘llab

-

quvvatlash loyihalarini yo‘lga qo‘yish, ilm

-fanni ijtimoiy taraqqiyotning

drayveri va generatoriga aylantirish sohaning bundan keyingi rivojida samarali yechimdir.

Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, ta’lim olayotgan, mehnatda band bo‘lgan,

jamiyat hayotida ijtimoiy faol sanalgan xotin-qizlarimizning intilishlari va qobiliyatlarini

inobatga olishimiz, ularni jamiyatda erkaklar bilan faoliyatini uzviy va uyg‘un tarzda

davom ettirish, imkoniyatlarini kengaytirish lozim. Ayol-qizlarimizning huquq va
manfaatlarini himoya qilishimiz va jamiyatimizda ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish
maqsadga muvofiq strategiyadir.




background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

85

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI

:

1. Sh.M.Mirziyoev raisligida o

tkazilgan videoselektor yig

ilishidagi asosiy

ma

lumotlar. 2022-yil 2-mart.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020

-yil 18-fevraldagi PF-5938-son

Farmoni.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019

-yil 2-

sentabrda “Xotin qizlar va

erkaklar uchun teng huquq va hamda imkoniyatlar kafolatlari” to‘g‘risidagi O‘RQ

-562-sonli

qonuni.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019

-yil 7-mart

Xalqaro xotinqizlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimdagi nutqi.

5. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2015-yil 22-dekabrda qabul qilingan

“Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” to'g‘risida rezolyutsiyasi

6.

Qaxramon Abdulxamid o‘g‘li Axmedov, Aziza Jovli Qizi Sodiqova JAMIYATDA

XOTIN

QIZLAR VA ULARNING IJTIMOIY FAOLLIGI // Academic research in educational

sciences. 2023. №Periodical Collection

7.URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/jamiyatdaxotin-qizlar-va-ularning-

ijtimoiy-faolligi (data obrashcheniya: 13.02.2024)

References

Sh.M.Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi asosiy ma’lumotlar. 2022-yil 2-mart.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-sentabrda “Xotin qizlar va erkaklar uchun teng huquq va hamda imkoniyatlar kafolatlari” to‘g‘risidagi O‘RQ-562-sonli qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019-yil 7-mart Xalqaro xotinqizlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimdagi nutqi.

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2015-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” to'g‘risida rezolyutsiyasi

Qaxramon Abdulxamid o‘g‘li Axmedov, Aziza Jovli Qizi Sodiqova JAMIYATDA XOTIN – QIZLAR VA ULARNING IJTIMOIY FAOLLIGI // Academic research in educational sciences. 2023. №Periodical Collection

URL: https://cyberleninka.ru/article/n/jamiyatdaxotin-qizlar-va-ularning-ijtimoiy-faolligi (data obrashcheniya: 13.02.2024)