Авторы

  • Камолдин Умаров
    PhD, Кафедра узбекского языкознания, Андижанский государственный университет

Биография автора

  • Камолдин Умаров, PhD, Кафедра узбекского языкознания, Андижанский государственный университет

    Кафедра узбекского языкознания, (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67787

Ключевые слова:

категория категория желания желательность-нежелательность

Аннотация

В статье рассматривается лингвистическое описание категории желания и ее основных свойств. В рамках данной категории подчеркивается, что важную роль играют противопоставление желательности и нежелательности и характер градации. Также для формирования желания как языковой категории в качестве теоретической основы показано наличие определенной смысловой основы, средств и способов выражения нежелания.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The expression of unwillingness within the category of
desire

Kamoldin UMAROV

1

Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2024

Received in revised form
10 November 2024
Accepted 25 November 2024

Available online
25 December 2024

The article discusses the linguistic description of the category

of desire and its main properties. Within this category, it is
emphasized that the opposition of desirability and undesirability

and the nature of gradation play an important role. Also, for the

formation of desire as a linguistic category, the existence of a

specific meaningful framework, means and methods of

expression of unwillingness is shown as a theoretical basis.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6

/S

-pp29-32

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

category,

category of desire,

desirability-undesirability.

Xohish-istak kategoriyasida istamaslikning ifodalanishi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

kategoriya,

xohish-istak kategoriyasi,
istalganlik-istalmaganlik.

Maqolada xohish-istak kategoriyasining lisoniy tavsifi va

uning asosiy xossalari muhokama qilingan. Ushbu kategoriya
doirasida istalganlik va istalmaganlikka oid zidlik oppozitsiyasi

hamda darajalanish xususiyati muhim rol o‘ynashi taʼkidlangan.

Shuningdek, xohish-istakning lisoniy kategoriya sifatida
shakllanishi uchun o‘ziga xos mazmuniy doira, istamaslikning
ifoda vositalari va usullarining mavjudligi nazariy asos sifatida

ko‘rsatilgan.

Выражение нежелания в категории желания

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

категория,

категория желания,
желательность-
нежелательность.

В статье рассматривается лингвистическое описание

категории желания и ее основных свойств. В рамках данной

категории подчеркивается, что важную роль играют
противопоставление желательности и нежелательности и

характер градации. Также для формирования желания как

1

PhD, Department of Uzbek linguistics, Andijan State University.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701

30

языковой категории в качестве теоретической основы

показано наличие определенной смысловой основы,

средств и способов выражения нежелания.

Tilshunoslikda kategoriya tushunchasi muayyan maʼno va shakllar tizimidan iborat

bo‘lib, keng maʼnoda fonetik, leksik yoki semantik hodisalar tizimidan ham tashkil topishi

mumkin. Xususan, istak kategoriyasi – o‘z ifodalanish vosita va usullariga, voqelanish omil

va imkoniyatlariga, intralingvistik va ekstralingvistik xususiyatlariga ega bo‘lgan

psixolingvistik hodisa sifatida semantik, leksik, grammatik va uslubiy aspektlar nuqtai

nazaridan o‘rganish obyekti bo‘la oladi [1].

Shuningdek, istak maʼnosining mavjud bo‘lishida istalganlik/istalmaganlik tarzidagi

zidlik oppozitsiyasi hamda darajalanish xossasi mazkur kategoriyani voqelantiruvchi

omillar hisoblanadi[2]. Kategoriya doirasida umumlashganlik borliqning har qanday

unsuri uchun, xususan, til birligi uchun ham yashash shartidir. O‘ziga xos mazmuniy

doirasi, ifoda vositalari va ifoda usullarining mavjudligi xohish-istakning lisoniy kategoriya

sifatida belgilanishi uchun nazariy asos bo‘la oladi[3].

O‘zbek tilida istamaslik ma’nosining kommunikativ-semiotik hamda formal jihatdan

tadqiq qilish zarurati mavjud.

Mantiqiy mazmun nuqtai nazaridan istamaslik tushunchasini ikki xil talqin qilish

mumkin: 1) biror narsaga, harakatga istak yo‘qligi; 2) noxush, qiyin yoki o‘ziga yoqmagan

narsani qilmaslik, (ya’ni, qadriyatlarga qarshi bormaslik istagi).

1) Qishloq guzariga yetmay, u o‘ngga – tor ko‘chaga burildi; odamlarga ko‘rinishni

istamadi.

Eski tegirmon tomondan yurib, deyarli hech kimni uchratmadi.

(O‘. Usmonov,

“Qismat”)

2) Uch yil davomida u deyarli uyidan chiqmadi, hech kimni ko‘rishni

xohlamadi

, faqat

tinmay yig‘ladi. 16 yil o‘tgachgina nihoyat o‘ziga keldi va hayotdan zavqlana boshladi.

(Internetdan)

Birinchi va ikkinchi misolda shaxsning kayfiyati yo‘q edi, shuning uchun odamlarga

ko‘rinishni istamadi. Ya’ni, bizningcha, istamaslikning tub mohiyatida istak turadi – bunda

yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatga qarshilik, shu holatning (birinchi misolda

odamlarga ko‘rinish, ikkinchi misolda

birovni ko‘rish

) yuz bermasligini istash aks etadi.

Demak, yuqoridagi misollarda harakatga istak yo‘qligi, istamaslik kayfiyati ifodalanmoqda.

Quyidagi misollarga e’tibor bering:

3) Axir sizning oilangiz bor. Ulardan kecholmaysiz. Men esa, nikohsiz birovga

turmushga chiqolmayman. Shuning uchun, taklifim munosabatlarimiz avvalgidek, do‘stona

qolaversin. Men birovga zararim tegishini

istamayman.

Birovning baxtsizligi evaziga baxtli

bo‘lolmasligimni yaxshi bilaman.

(Dilbar Barotova, “Buni hayot deydilar”)

Ushbu misolda ayolning o‘z istagiga qarshi borib, birovning baxtsizligi evaziga oila

qurishni istamasligi uning qadriyatlarni aziz bilishini, olijanobligini ko‘rsatadi.

4) Muxbir so‘ramish, kotib aytmish o‘sha bandai mo‘minlar ko‘z o‘ngidan bir-bir o‘tdi:

Xolliev, Saidov, To‘raeva... Bu bandayi mo‘minlar... bu bandayi mo‘minlar bundan besh-olti yil

muqaddam... rahmatlik bo‘lib edi...

Shu-shu, Qoplon kotib yuzini ko‘rmadi.

Ko‘rishni-da xohlamadi.

Kotibni esladi –

seskandi, eti jimirladi. Kotibni esladi – bosh chayqadi, yoqasiga tufladi. Ko‘rmish-

kechirmishlarini elga joriy etmoqchi-da bo‘ldi. Yana tag‘in shashtidan qaytdi.

(Tog‘ay Murod,

“Oydinda yurgan odamlar”).


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701

31

Yuqoridagi misolda kotibning jirkanch qilmishi – vafot etib ketgan kishilarning

nafaqalarini olib yurganligiga beixtiyor guvoh bo‘lib qolgani sababli uni ko‘rishni ham,
u bilan gaplashishni ham mutlaqo istamaydi, undan qattiq jirkanadi, iztirob chekadi.

O‘zbek tilida istamaslik mazmuni

istamadi, xohlamaydi

kabi bo‘lishsiz fe’llar,

shuningdek,

xushi yo‘q, tobi yo‘q, tobi toqati yo‘q (tobu toqati yo‘q), rayi bo‘lmadi

kabi

birikmalar bilan ifodalanadi. Ushbu so‘zlarning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi izohlari
quyidagicha:

Xushi yo‘q –

Xohlamaslik, yoqtirmaslik; xohishi yo‘q. (O‘TIL, 4-jild, 430-b.).

Kuyib ketdi bag‘ir, ammo, yo‘q taskin,

Xushim yo‘q

yig‘i-yu azalarga.

(Muslimbek Musallam)

Ustaning ovqatga unchalik

xushi yo‘q

ekan. Orastaxon olib kelgan jarkopga qayrilib

ham qaramadi.

(Said Ahmad, “G‘ildirak”). So‘nggi misoldagi “…qayrilib ham qaramadi”

birikmasida ham xohish-istakning yo‘qligini kuzatish mumkin.

O‘g‘li

xushiga kelsa

ikki enlik xat yozadi, bo‘lmasa u ham yo‘q. (Gazetadan).

Ushbu

gapdagi “

xushiga kelsa

” birikmasida ikki xil ma’no ifodasini kuzatish mumkin. Xotira va

xohish semalarini kuzatish mumkin.

Toqati yo‘q –

Sabr-chidam yetishmasligini, chiday olmaslikni bildiradi.

Ochig‘ini

aytsam, kitob o‘qishga toqat yo‘q.

(S. Ahmad, “Qadrdon dalalar”).

Bunga qolganda, sizni

bilmasam-da, ammo mening bunday judolikka sira toqatim yo‘q.

A. Qodiriy, “O‘tkan kunlar”.

(O‘TIL, 4-jild, 163-b.)

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da

toqati yo‘q

iborasiga berilgan yuqoridagi ta’rif shu

lug‘atda keltirilgan ikkinchi

Bunga qolganda, sizni bilmasam-da, ammo mening bunday

judolikka sira

toqatim yo‘q

jumlasidagi mazmunga to‘la mos keladi. Biroq, bizningcha,

Ochig‘ini aytsam, kitob o‘qishga toqat yo‘q

jumlasidagi toqati yo‘q iborasi “sabr-chidam

yetishmasligi, chiday olmaslik”ni anglatmaydi, balki bu o‘rinda so‘zlovchining illokutiv
maqsadidan kelib chiqadigan ma’no “kitob o‘qishga xohishi yo‘qligi”ni anglatadi. Demak,
toqati yo‘q iborasining ikkinchi ma’nosida “xohlamaslik”, “istamaslik” semasi yotadi.
Iboraning har ikki ma’nosi kontekstda anglashiladi.

Sira toqati yo‘q, tobi-toqati yo‘q, tobu

toqatim yo‘q

variantlari esa uslubiy bo‘yoqdorlikka ega bo‘lib, “istamaslik”ning kuchli

darajasini ifodalaydi.

Burni, og‘zidan buralib chiqqan achchiq tutun hushini o‘ziga keltirganday biroz

yengillashdimi, sekingina entikib qo‘ydi. Uning ko‘ziga yana burni tagidagi ikkita tishini
ko‘rsatib iljaygan bashara ko‘rinib ketdi. Uning bag‘ri butunligini shafqatsizlik bilan tortib
olgan bu ayolni ko‘rishga Nizomning

toqati yo‘q edi

.

(S. Zunnunova, “O‘shanda ham

kuz edi”).

Musurmon tog‘a qanchalar ko‘ngilchan va mehribon odam bo‘lmasin, ikkovimizning

uyimiz ro‘parasida o‘sgan, oti ham, zoti ham notayin, ana o‘sha bechoravash daraxtni
yoqtirmas, unga sira

tobi-toqati yo‘q edi.

(Erkin Usmon, “Txarad”).

Jalil qaytib, tanchaga omonat o‘tirdi. Keyin o‘rnidan turib qo‘shni xonaga kirdi-da,

elektr pechi olib chiqib qo‘ygach:

- Ahmoqlik ham evi bilan-da. Sen ahmoqqa qo‘shilib shamollashga

tobu toqatim yo‘q

,

– deb yana tashqariga chiqdi. Uch-to‘rt daqiqadan so‘ng xokandoz to‘la cho‘g‘ ko‘tarib kirib
tanchaga soldi. Chap panjasida siqimlab turgan isiriqni cho‘g‘ ustiga tashlab, joyiga
o‘tirgach, “gaping bo‘lsa, ana endi gapir” deganday oshnasiga qarab oldi.

(T. Malik,

“Shaytanat”)


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701

32

Bola tushmagurning somsapazlikka

sirayam toqati yo‘q-da

. Mendan bemaslahat

avtobazaga borib ishga joylashib olibdi. Bir shalaq aravani berib qo‘yishgan, bir kun yursa,
o‘n kun qora moyga belanib tuzatadi. Shunda ham shashtidan qaytmayapti. Juda o‘jar-da.

(T. Malik, “Shaytanat”).

Ichkilikni yoqtirmasdi. Chunki ichkilik ichuvchilarning qanday sharmandali ahvolga

tushganlariga ko‘p guvoh bo‘lgan. Bunday qabohat ishlarga

sira ham toqati yo‘q,

viqor va

odob egasi edi.

(L. Qozonchi, “Saodat asri qissalari”).

Zokirjon aka tibetlik shifokorlar ko‘magida mahalliy sharoitda, o‘zimizda o‘sadigan

giyoh-o‘simliklardan dori tayyorlashni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan edi. Tibetliklarning bu
taklifga

uncha rayi bo‘lmadi

. Ular o‘zlari dori-darmon olib kelishlari shartligini aytishdi.

(Q. Kenja, “Boburiylardan biri”).

Habib Sattorov bu yakunga qarshi bir gap aytmadi. Sohib Po‘latovning fikrini

ma’qullaganidan emas, aksincha, aytilgan gapning naqadar tuban, naqadar puch ekani
sababli unga javob qaytarishni

lozim topmadi.

(Tohir Malik, “Shaytanat”)

Misollardan ko‘rinadiki, o‘zbek tilida xohish-istakni ifodalovchi birliklardan uning

aksini ifodalovchi birliklar rang-barangdir. Bu insonning kognitsiyasi bilan bog‘liq bo‘lib,
salbiy hissiyot uyg‘otuvchi holatlarga birinchidan, e’tiborning kattaligi, ikkinchidan undan
qochish yo‘l-usullarining rang-barangligini ham tasdiqlaydi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Мальцева А.П. Введение в философию желания. Критический анализ опыта

концептуализации феномена желания. М.: ФЛИНТА, 2014. – С. 4.

2.

Алтабаева Е.В. Концепт «желание» как лингвофилософская категория //

Вопросы когнитивной лингвистики № 4 (013) 2007. – С. 109-118.

3.

Мальцева А.П. Феномен желания: философско-антропологический подхол:

дисс…док-ра философ. наук. Ульяновск, 2005. – С.199.

4.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 tomlik. 2008 yil.

5.

Усмонов Ў. Қисмат (ҳикоя). Тошкент –1988. 255 б.

6.

Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong.

7.

Tog‘ay Murod. Oydinda yurgan odamlar (qissa). Тoshkent – 2008. 87 b.

8.

Erkin Usmon. Txarad (hikoya).

Библиографические ссылки

Мальцева А.П. Введение в философию желания. Критический анализ опыта концептуализации феномена желания. М.: ФЛИНТА, 2014. – С. 4

Алтабаева Е.В. Концепт «желание» как лингвофилософская категория // Вопросы когнитивной лингвистики № 4 (013) 2007. – С. 109-118

Мальцева А.П. Феномен желания: философско-антропологический подхол: дисс…док-ра философ. наук. Ульяновск, 2005. – С.199

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 tomlik. 2008 yil.

Усмонов Ў. Қисмат (ҳикоя). Тошкент –1988. 255 б.

Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong.

Tog‘ay Murod. Oydinda yurgan odamlar (qissa). Тoshkent – 2008. 87 b.

Erkin Usmon. Txarad (hikoya).