Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Comparative analysis of artiodactyls (even-toed ungulates)
and perissodactyls (odd-toed ungulates) mentioned in
Turkic manuscripts from the 11th-14th centuries (based on
the examples of "Codex Cumanicus", "Tarjumon Turkiy" and
"Devonu Lug'otit Turk" manuscripts)
A'zamkhon SOBITOV
1
Namangan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received November 2024
Received in revised form
10 December 2024
Accepted 25 December 2024
Available online
25 January 2025
The article provides a comparative linguistic analysis of the
names of animals belonging to the families of even-toed
ungulates and even-toed ungulates found in the ancient Turkic
manuscripts of the 11th
–
14th centuries, including Devonu
lug‘otit turk (Turk
ish Dictionary of Languages), Codex
Kumanikus (Comanic Dictionary) and Tarjuman turk (Turkish
Dictionary) by Mahmud Kashgari, and discusses their adequate
translations into modern English. While those of these zoonyms
that are presented in the form of a complete dictionary have been
translated and subjected to comparative semantic analysis, those
that are presented in the form of proverbs, wisdoms and poetic
fragments, considered as literary genres, have been enriched
with detailed explanations and definitions. The lexical and
semantic features of the names of animals taken from the
manuscripts for comparative analysis, in particular, even-toed
ungulates and odd-toed ungulates, are discussed in detail. In the
comparative analysis, especially in the most accurate translation
into English, the English Etymological Dictionary, dedicated to
the etymology of ancient Turkic languages, as well as the most
popular explanatory dictionaries recognized throughout the
world, were used.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1
/S
-pp144-154
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
mammal,
etymological dictionary,
semantic development,
lexical layer,
adequate translation,
linguistic features.
1
Teacher, Namangan State University. E-mail: tursunpulotovich21@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
145
XI
–
XIV
asr turkiy qo‘lyozmalardagi nomlari qayd etilgan
artiodaktilalar (juft tuyoqlilar) va perissodaktillar (toq
tuyoqlilar) qiyosiy tahlili (“Kodeks Kumanikus”, “Tarjumon
turkiy” va “Devonu lug‘otit turk” qo‘lyozmalari misolida)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘
zlar:
sutemizuvchi,
etimologik lug‘at,
semantik taraqqiyot,
leksik qatlam,
adekvat tarjima,
lisoniy xususiyatlar.
Ushbu maqolada XI
–
XIV asrlardagi qadimgi turkiy
qo‘lyozmalar, jumladan Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu
lug‘otit turk” (Turkiy soz’ar devoni) asari, “Kodeks Kumanikus”
(Qumanlar qomusi) hamda “Tarjumon turkiy” (Turkcha lug‘at)
qo‘lyozmalarida uchraydigan juft tuyoqlilar va toq tuyoqlilar
oilasiga mansub hayvon nomlari lingvistik jihatdan qiyosiy tahlil
qilinib, ularning hozirgi kundagi zamonaviy ingliz tilidagi
adekvat tarjimalari haqida ham so‘z yuritiladi. Mazkur
zoonimlarning yaxlit lug‘at shaklida kelganlari tarjima qilib
semantik jihatdan qiyosiy tahlil qilib ketilgan bo‘lsa, adabiy
janrlar hisoblanmish maqol, hikmat va she’riy parch
alar
tarkibida kelganlari batafsil izohlar va ta’riflar bilan boyitilgan.
Qo‘lyozmalardan qiyosiy tahlil uchun olingan hayvon nomlari,
xususan, artiodaktilalar (juft tuyoqli hayvonlar) hamda
perissodaktillarning (toq tuyoqlilar) leksik va semantik
xususiyatlari atroflicha yoritib berilgan. Qiyosiy tahlilda, ayniqsa
ingliz tiliga eng to‘g‘ri usulda tarjima qilishda qadimgi turkiy
tillar etimologiyasiga bag‘ishlangan inglizcha etimologik
lug‘atdan, shuningdek hozirgi kunda jahon miqyosida tan
olingan eng omma
bop izohli lug‘atlardan foydalanilgan.
Сравнительный анализ артиодактил (парнокопытных) и
периссодактил (непарнокопытных), названия которых
зафиксированы в тюркских рукописях XI–XIV веков
(на примере рукописей «Кодекс Куманикус»
,
«Тарджуман
тюрки»
и «Диван лугат ат
-
турк»
)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
млекопитающее,
этимологический словарь,
семантическое развитие,
лексический пласт,
адекватный перевод,
языковые особенности.
В
данной
статье
проводится
сравнительный
лингвистический анализ названий животных из семейств
парнокопытных и непарнокопытных, встречающихся в
древнетюркских рукописях XI–XIV веков. В частности,
рассматриваются термины, зафиксированные в «Devonu
lug‘otit turk» («Турецкий словарь языков»), «Codex
Kumanikus» («Команский словарь»)
и «Tarjuman turk»
(«Турецкий словарь») Махмуда Кашгари, а также их
адекватные переводы на современный английский язык.
Зоонимы, представленные в этих источниках в формате
словарных записей, были переведены и подвергнуты
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
146
сравнительному семантическому анализу. В то же время
термины, встречающиеся в составе пословиц, афоризмов и
поэтических фрагментов, рассматриваемых как элементы
литературных жанров, сопровождены развернутыми
комментариями и пояснениями. Особое внимание уделяется
лексико
-
семантическим особенностям названий животных,
выбранных для сравнительного анализа, прежде всего
парнокопытных и непарнокопытных. Для обеспечения
максимально точного перевода на английский язык
использовались Английский этимологический словарь,
посвященный древнетюркским языкам, а также наиболее
авторитетные толковые словари, признанные во всем мире.
KIRISH
Juft tuyoqlilar, toq tuyoqlilar turkumiga kiruvchi hayvon nomlari umuman olganda,
tuyoqlilar onomastikasi (tuyoqlilar bilan bog‘liq nomlar) qadimgi turkiy qo‘lyozmalardan
bizga ma’lum. Ularning
ayrimlari qo
‘
lyozmalar tarkibidagi she
’
riy parchalar, shuningdek,
adabiy janrlar jumladan: maqol, masal va hikmatlarda kelgan bo
‘
lib, bevosita ana shu matn
bilan birga izohlab ketilgan bo
‘
lsa, aksariyati yaxlit lug
‘
at shaklidagina keladi.
Tuyoqlilar onomastikasi bir qancha turlarga bo‘linadi. Mazkur maqolada asosan ikki
tur: (a) toq tuyoqlilar
–
oldingi va orqa oyoqlarida 1 yoki 3 ta barmoq bo‘lib, gavdasi shu
barmoqqa tayanadigan, jag‘ tishlari o‘simlikni chaynashga moslashgan
, son suyagida
uchinchi kpo‘stning borligi bilan juft tuyoqlilardan far qilib turadigan sutemizuvchi hayvon
hisoblansa, (b) juft tuyoqlilar
–
oyoqlari o‘qi kuchli rivojlangan, o‘simlikxo‘r, aksariyat
turlari xonakilashtirilgan sutemizuvchi hayvonlar. Onoma
stika bo‘limining zoonimiya
yo‘nalishidagi aynan tuyoqlilar onomastikasi leksik qatlami lug‘aviy ma’nolarga boyligi
bilan alohida ahamiyat kasb etadi va albatta hayvon arxisemali leksemalar, zoonim
komponentli matnlarni o‘rganish orqali turkiy xalqlarning
madaniyati, urf-odati, tili
hamda lisoniy xususiyatlari bilan tanishish imkonini beradi [1].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD
Hozirgi kunda mazkur mavzuning kam o‘rganilganligiga bir qancha sabablar
mavjud. Birinchidan, XI
–XIV asrlardagi turkiy so‘zlarning z
oonimlar leksik qatlamiga oid
ayrim so‘zlar bugunga kelib arxaik so‘zlarga aylanib ulgurgan. Ma’nosini saqlab qolgan
bo‘lsada, o‘z shaklini yo‘qotgan. Bu esa, izohli lug‘atlar orqali mazkur terminlarni bir
-biriga
qiyoslashda qiyinchilik tug‘diradi. Ikkinchidan, o‘sha davrga oid qo‘lyozmalarda
berilganlar so‘zlarning ayrimlarida sinonimik qatorlar mavjud, ya’ni qadimgi turkiy
xalqlarda muayyan bir zoonim turlicha shaklda bo‘lgan. Ushbu so‘zlarning tarjimalari
qo‘lyozmalar tarkibidagi matnlar, maqollar, masal
va she’riy parchalarda keladi hamda
aksariyat so‘zlar yaxlit holda berilgan bo‘lib, semantik tahlilda murakkablik yuzaga
keltiradi. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” qo‘lyozmasi, Yusuf Xos Hojibning
“Qutadg‘u bilig” asari, Kodeks Kumanikus ya’ni “Qumanlar kitobi” hamda “Tarjumon
turkiy” qo‘lyozmalari
va albatta XIII asrgacha bo‘lgan davrdagi turkiy so‘zlarning ingliz
tiliga tarjima qilingan izohlari berilgan Gerard Clauson tomonidan tuzilgan
“
An
Etymological
Dictionary
of
Pre-Thirteenth-Century
Turkish”
ya’ni
“XIII asrgacha bo‘lgan Turkiy so‘zlar etimologik lug‘ati”
bevosita turkiy xalqlar tarixida
yaratilgan nodir yodgorliklar sirasiga kiradi va albatta ushbu tadqiqot uchun muhim
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
147
obyekt sifatida qaraldi. Qolaversa, XI
–
XIV asr turkiy yodgorliklarda qayd etilgan zoologik
terminlarni jamlash, tartibga solish hamda lingvistik asosda tahlil qilish, shuningdek,
mazkur terminlar tizimining o‘zbek tili leksik tarkibining shakllanishi va rivojlanishida
tutgan o‘rnini aniqlashni maqsad qilgan B.
Abdushuku
rovning “XI–
XIV asr turkiy yozma
manbalarda qo‘llanilgan zoonimlar” nomli dissertatsiyasi ham mazkur mavzu uchun
muhim adabiyot vazifasini bajardi [2]. Chog‘ishtirish jarayonida yanada tushunarli bo‘lishi
uchun O‘zbek tili izohli lug‘ati yordamida izohlab
ketilgan. Abdushukurov
XI
–
XIV asr turkiy obidalar tilidagi tuyoqli hayvonlar nomini anglatuvchi terminlarni 4 ta
katta guruhga ajratib, funksional-semantik aspektda tahlil qilish maqsadga muvofiq deb
hisoblagan.
Ta’kidlash joizki,
zoonim leksik qatlamli
so‘zlarni tartiblash, ularni ingliz tiliga
hozirgi kunga mos ravishda tarjima qilishda nodir manba hisoblanmish “Devonu lug‘otit
turk” yoki boshqa qo‘lyozmalarni nisbatlash uchun uni morfologik, dialektologik, leksik,
gramatik tomondan qiyosiy tekshirib puxta xulosalar chiqarish talab etiladi [3].
Onomastika eng kam o‘rganilgan qatlam hisoblanib, lekin bu bo‘yicha bir qancha tadqiqot
ishlari mavjud, jumladan: jahon tilshunosligida zoonimlar tadqiqi bo‘yicha salmoqli o‘rin
egallagan ishlardan Ch. Inkuy, S. Novik, S.
Nesterov, shu bilan bir qatorda o‘zbek
tilshunosligida esa: D. Bazarova, N. Nishonova, B.
Jo‘rayeva hamda XI–
XIV asr turkiy yozma
manbalar tilidagi zoonimlari tadqiqi bo‘yicha B.
Abdushukurovlar o‘z ilmiy tadqiqot
ishlari, B. Jafarov tomonidan tar
jima qilingan va tartibga solingan “Kodeks Kumanikus”
qo‘lyozmalarining
mazkur
soxa
rivojiga
qo‘shgan
hissalari
beqiyosdir.
Bu bevosita
Qumanlar qadimgi turkiylarga mansub bo‘lgan alohida bir qavmning tarixiy
nomi ekanligi va bu qavm barcha turkiy xalqlar
qatorida bugungi o‘zbeklar uchun ham
bevosita aloqadorligi bilan muhimdir [4].
MUHOKAMA
Juft tuyoqlilar va toq tuyoqlilar oilasiga kiruvchi sutemizuvchi hayvon nomlari
klassifikatsiyasi, ularning semantik tahlili uchun turkiy tillarning bugungacha aniqlangan
ilk yirik so‘zligi bo‘lmish Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” qo‘lyozmasi,
qiyosiy tahlil sifatida “Kodeks Kumanikus” (“Qumanlar kitobi”
) hamda tarkibida 200 dan
ortiq hayvon nomlari uchraydigan “Tarjumon turkiy” qo‘lyozmalari hamda ulardagi
hayvon nomlarning hozirgi kunda adekvat tarjimalarnini ingliz tilida berish uchun Gerard
Clauson tomonidan tuzilgan “XIII
asrgacha bo‘lgan Turkiy so‘zlar etimologik lug‘ati”,
“Merriam Webster” hamda “The Longman” davriy lug‘atlari obyekt sifatida tanlab olindi.
Mazkur qo‘lyozmalardagi aksariyat so‘zlar Gerard Clauson tomonidan tuzilgan etimologik
lug‘at orqali ingliz tiliga adekvat usulda tarjima qilindi hamda O‘zbek tilining izohli lug‘ati
yordamida har bir qiyoslangan hayvon nomlarining izohlari berib ketildi. Yuqoridagi
qo‘lyozmalarda toq tuyoqlilar, hamda 2 ta kenja turkumga bo‘linuvchi ayrim juft tuyoqli
zoonimlar lug‘av
iy jihatdan qiyosiy tahlil qilingan [5].
So‘nggi yillarda o‘zbek tilshunosli
gi va leksik sathida yetakchi miqyosga ega nomlar
hisoblanmish zoonimlar
bo‘yicha bir qator ilmiy tadqiqotlar maydonga keldi
, xususan
G. Cuvier, R. Dawkins, J.
Gray, o‘zbek
tilshunosligida A. Sodiqov, A. Rashidov kabi olimlar
turkiy qo‘lyozmalardagi zoonim terminlarini
semantik, sintaktik va struktur jihatdan
tadqiq etdilar [6].
Aksariyat tadqiqotlarda etimologik jihatdan izlanishlar olib borilgan
lekin aynan chog‘ishtirma ta
hlilga oid ishlar juda kam.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
148
NATIJALAR
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida
Қоч
so‘zi yaxlit termin shaklida kelib, qo‘chqor deb
tarjima qilingan bo‘lsa, “Kodeks kumanikus” qo‘lyzomasida esa mazkur zoonim goȝchar
shaklida kelgan va shunday ta’rif berilgan: qo‘chqor –
sovliqlarni urug‘lantirishda
foydalaniladigan, bichilmagan erkak qo
‘y. “Tajumon” qo‘lyozmasida yana bir o‘rinda
Қочқар
so‘zi yaxlit termin shaklida kelib, mazkur so‘z ham qo‘chqor deya tarjimalangan.
Clauson
etimologik
lug‘atida
ushbu
zoonimga
shunday
ta’rif
beriladi:
XIV ram
–
kockar, koc as synonyms. Maxmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”
qo‘lyozmasida қочнар
so‘zi qo‘chqor deb tarjimalangan va maqolda shunday kelgan:
i
к
i
қ
o
чнар
башї
бїр
ашїчта
пїшмаз
ya’ni ikki qo‘chqorning boshi bir qozonda pishmaydi.
Bu maqol bir shaharda ikki bek, ikki boshliq bir-biri bilan chiqisha olmasligi, birining u
yerdan chiqib ketishi kerakligi haqida aytiladi va bu bevosita didaktik ahamiyat kasb etadi
[7]. O‘zbek tili izohli lug‘atida ushbu zoonim shunday izohlanadi:
qo‘chqor
–
sovliqlarni
urug‘lantirishda foydalaniladigan, bichilmagan erkak qo‘y.
Yuqorida nomlari qayd etilgan
qo‘lyozmalar tarkibida kelgan qo‘chqor ma’nosini ifoda etuvchi
Қочқар
,
қочнар
so‘zlari
biroz fonetik o‘zgarishga uchragan bo‘lsada, hozirgi kunga qadar o‘z ma’nosini saqlab
qolgan va bugungi zamonaviy ingliz
tiliga adekvat usuldagi tarjimasi ram [ræm].
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida
t
иши
қойун
so‘zi yaxlit termin shaklida kelib,
urg‘ochi qo‘y ma’nosini beradi. “Kodeks kumanikus” qo‘lyzomasida esa tisi coy shaklida
uchraydi. Qo‘lyozmaning elektron lug‘atida ushbu termin “tishi” deb ham tarjima qilinadi
[8]. Har ikkala qo‘lyozmada kelgan
t
иши
қойун
,
tisi coy terminlari hozirgi kunda leksik
jihatdan arxaik so‘zga aylanganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. O‘zbek tili izohli lug‘atida
qo‘y –
go‘sht, jun, sut va teri oli
sh uchun boqiladigan juft tuyoqli, kavsh qaytaruvchi
sutemizuvchi uy hayvoni deya izohlanadi. Hozirgi kunda mazkur terminning inglizcha
adekvat tarjimasi sheep [
ʆiːp].
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida
қозу
so‘zi yaxlit termin shaklida kelib –
qo‘zi deb
tarjim
a qilinga bo‘lsa, “Kodeks kumanikus” qo‘lyzomasida
coªi
tarzida uchraydi va
qo‘yning bolasi deb ta’riflanadi.
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida yana bir o‘rinda
t
оқлы
so‘zi yaxlit termin shaklida kelib
–
bir yoshli qo‘zi deb tarjima qilingan. Clauson etimologi
k
lug‘atuda mazkur zoonimga shunday ta’rif beriladi:
“
ku:zi
means a lamb”
[9], o‘zbek tili
izohli lug‘atida
qo‘zi
–
qo‘yning yoshiga yetmagan, to‘rt
-besh oylik bolasi, umuman,
qo‘yning bolasi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa chiqarish mumkinki
,
қозу
,
ku:zi
terminlari fonetik jihatdan o‘zgarishga uchragan bo‘lsada hozirgi kunga qadar o‘z
ma’nosini saqlab qolgan. Qumanlardagi
coªi
termini esa to‘liq arxaik so‘zga aylangan.
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida boshqa bir o‘rinda
шишəк
so‘zi yaxlit termin
shaklida
kelib
–
ikki yoshli qo‘zi
siaftida tarjimalangan bo‘sa, Caluson etimologik lug‘atida: “
tise
means
a two-year-old sheep
” tarzida ifodalangan va har ikki
шишəк
, tise
zoonimlari
ham hozirgi kunda leksik jihatdan arxaik so‘zga aylangan. Ushbu zooniml
ar Tarjumon
turkiy qo‘lyozmasida yosh jihatida tasniflangan bo‘lib,
ꝋ
чəк
so‘zi yaxlit termin shaklida
kelgan va
uch yoshli qo‘y deb tarjima qilingan bo‘lsa, qadimgi turkiy so‘zlar
etimologiyasiga bag‘ishlangan Clauson etimologik lug‘atida mazkur termin irk
shaklida
uchraydi va shunday ta’rif beriladi: “
irk
–
some more specific meaning like
‘three
-year-
old’ ram
”. Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida
ꝋ
к
so‘zi ham yaxlit lug‘at shaklida kelib, to‘rt
yoshli qo‘y ma’nosini beradi. Yuqoridagi izoh va tahlillardan kelib
chiqqan holda xulosa
qilib, shuni aytish mumkinki, qo‘lyozmalar tarkibida kelgan irk,
ꝋ
чəк
,
ꝋ
к
bugungi kunga
kelib to‘liq arxaik so‘zga aylanib ulgurgan.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
149
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida
əчки
so‘zi yaxlit termin shaklida kelib –
umuman
echki demakdir. Yana bi
r boshqa o‘rinda
k
ичи
tarzida ham uchraydi. Clauson etimologik
lug‘atida mazkur zoonim teke, eçku tarzida kelgan va aynan echki sifatida tarjima qilingan.
O‘zbek tili izohli lug‘atida ushbu zoonim shunday izohlanadi: echki –
quvur shoxlilar
oilasiga mansub, kavsh qaytaruvchi juft tuyoqli sutemizuvchi hayvon. Mazkur terminni
hozirgi zamonaviy ingliz tiliga adekvat usulda goat [g
əƱ
t] deb tarjima qilish mumkin [10].
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida
o
ғалақ
so‘zi yaxlit termin shaklida kelib, uloq,
echki bolasi tar
jimalarini beradi va yana boshqa bir o‘rinda
тəкəчук
shaklida ham
uchragan. “Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasida esa
ogolach
tarzida keladi va uloqcha deb
tarjima qilinadi. Shu o‘rinda Clauson etimologik lug‘atida ushbu termin
şişek
shaklida
uchraydi va shunda
y ta’rif beriladi: “
şişek
means
“a one
-year-
old goat”
. O‘zbek tili izohli
lug‘atida esa ushbu terming shunday izoh beriladi: uloqcha –
echki bolasi. Yuqoridagi
tahlillardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki,
o
ғалақ
,
тəкəчук
,
ogolach
so‘zlari
bugungi
kunga kelib leksik jihatdan arxaik so‘zga aylanib qolgan va hozirgi zamonaviy
ingliz tiliga adekvat tarjimasi [11] goatling [g
əƱ
tlin].
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida
a
лыр
termini yaxlit lug‘at shaklida kelib, xachir deb
tarjima qilinadi. “Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasida esa mazkur zoonim chatar tarzida
uchraydi. O‘zbek tili izohli lug‘atida ushbu hayvon nomiga shunday ta’rif beriladi: xachir –
ot (biya) bilan eshak (xangi) dan urchigan, yuk tashuvchi uy hayvoni [12]. Demak,
a
лыр
,
chatar terminlari hozirgi ku
nda arxaik so‘zga aylanib qolgan va bugungi zamonaviy ingliz
tiliga adekvat tarjimasi mule [mju;l].
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida
əшəк
so‘zi eshak deb tarjimalangan [13]. “Kodeks
kumanikus” qo‘lyozmasida esa esac tarzida berilib, shunday ta’riflangan: esha
k
–
otdan
kichikroq, yuk tashish uchun ishlatiladigan hayvon. Clauson etimologik lug‘atida esgek
ta’rzida uchraydi:
“
esgek
means a donkey”
, ushbu izohli lug‘atda yana bir boshqa o‘rinda
esek shakli ham mavjud. O‘zbek tili izohli lug‘atida:
eshak
–
yakka tuyoqlilarga mansub,
quloqlari uzun, sutemizuvchi, otdan kichik ish hayvoni
. Hozirgi zamonaviy ingliz tiliga
adekvat tarjimasi donkey [d
ɒŋki]. Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki, mazkur
zoonim qumanlarda ham qadimgi turkiylarda ham deyarli bir xil tarzda ishlatilgan.
Esgek
shakli esa hozirgi kunga kelib arxaik so‘zga aylanib qolgan. Ushbu hayvonning yosh bolasi
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida
қодуқ
shaklida berilib, xo‘tik sifatida tarjimalangan.
Qo‘lyozmaning yana boshqa bir o‘rnida
c
ыпа
shaklida uchra
ydi va “bir yoshli xo‘tik deb
tarjima qilingan bo‘lsa, Clauson etimologik lug‘atida
xuduk
tarzida beriladi. Xo‘tik –
eshakning bolasi, yosh eshak deya izohlanadi o‘zbek tili izohli lug‘atida. Hozirgi zamonaviy
ingliz tiliga adekvat tarjimasi foal [f
əʊl]. “Kodeks kumanikus” qo‘lyzomasida tisi esac,
Clauson etimologik lug‘atida tişi eşek terminlari berilgan. Har ikkalasi ham urg‘ochi eshak
deb tarjima qilingan. Qadimgi turkiylarda ham, qumanlarda ham “tisi” so‘zi hayvonlarning
urg‘ochi juftlariga nisbatan ishlatilgan bo‘lib, hozirgi kunda mazkur termin arxaik so‘zga
aylangan deb xulosa qilishimiz mumkin. Eng maqbul inglizcha tarjimasi female donkey
[fiːmeɪ
l d
ɒŋki].
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida
i
нəк
termini sigir deb tarjima qilingan. “Kodeks
kumanikus” qo‘
lyozmasida esa
seger, ynak
shakllarida berilgan va shunday ta’rif beriladi:
sigir
–
buzoqlagan urg‘ochi qoramol. Bundan tashqari qo‘lyozmada yana bir o‘rinda
Susager termini kelgan va shoxli sigir deb tarjimalangan. Clauson etimologik lug‘atida
ingek
tarzida berilgan va shunday izohlangan:
“
ingek
means ‘cow’, apparently inge:n seems
probably that these two words have a common origin in the remote past. In turku as inek
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
150
VIII”
. Shuningdek, mazkur lug‘atda ushbu hayvon nomining sinonimlari sifatida sigir, siyi
r,
siyer terminlari beriladi va ular shunday izohlab ketilgan: sigir, siyir, siyer comes as a
translation of cow, buffalo. Hozirgi zamonaviy ingliz tiliga adekvat tarjimasi cow [ka
ʊ
].
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida
c
ағыр
so‘zi ham yaxlit lug‘at shklida keli
b, umuman
qoramol demakdir va ushbu termin bugungi kunda arxaik so‘zga aylanib ulgurgan. Ushbu
zoonimga o‘zbek tili izohli lug‘atida shunday ta’rif beriladi: qoramol –
shoxli, yirik chorva
hayvoni: ho‘kiz, buqa, sigir kabilar. Bugungi kundagi inglizcha ade
kvat tarjimasi esa cattle
[kætl].
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida
b
узағу
termini yosh buzoq deb tarjimalangan
bo‘lsa, “Kodeks kumanikus” qo‘lyzomasida
buªau
shaklida uchraydi. Clauson etimologik
lug‘atida buzaw shaklida uchraydi va ushbu zoonimga shunday ta’
rif beriladi:
“
buzaw
means a calf “
, mazkur etimologik lug‘atida yana bir o‘rinda shunday keladi: “turku (VIII)
erkek buza:gu
means bull calf. Buzoq
–
sigirning bolasi deya izohlanadi o‘zbek tili izohli
lug‘atida. Hozirgi kundagi zamonaviy ingliz tiliga ad
ekvat tarjimasi calf [k
ɑːf].
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida
ꝋ
куз
so‘zi yaxlit lug‘at shaklida kelib, ho‘kiz deya
tarjima qilingan bo‘lsa, “Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasida ushbu termin ogus shaklida
uchraydi va shunday ta’rif beriladi: ho‘kiz –
ikki yoashdan
oshib, qo‘shga yaraydigan holga
kelgan bichilgan erkak qora mol. Yuqoridagilardan xulosa qilgan holda shuni atish
mumkinki, yuqoridagi qo‘lyozmalarda kelgan
ꝋ
куз
,
ogus terminlari fonetik va orfografik
jihatdan biroz o‘zgarishga uchragan bo‘lsada hozirgi kunga qadar o‘z ma’nosini saqlab
qolgan va ingliz tiliga adekvat usulda
ox
[oks] deb tarjima qilish mumkin.
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida
Боға
termini yaxlit lug‘at shaklida kelib,
buqa
tarjimasida keladi va leksik jihatdan hozirgi kunda arxaik so‘zga aylangan. “Kodeks
kumanikus” qo‘lyozmasida boga shaklida uchraydi. Ushbu zoonimga o‘zbek tili izohli
lug‘atida shunday izoh beriladi:
buqa
–
bichilmagan erkak qoramol. Hozirgi kundagi
inglizcha adekvat tarjimasi bull [bƱl].
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida
Икдиш
termini
ma’lum
tarjimasi kelib,
aravaga
qo‘shiladigan yuk tashuvchi ot
deya ta’riflanadi. Ushbu termin hozirgi kunda leksik jihatdan
arxaik so‘zga aylanib ulgurgan. Qo‘lyozmada yana bir o‘rinda
a
т
shaklida ham uchraydi va
ot deb tarjimalanadi. “Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasida ham at –
ot deb tarjima qilingan
va miniladigan ish hayvoni deya izohlangan bo‘lib, hozirgacha shakli va ma’nosini saqlab
qolgan. O‘zbek tili izohli lug‘atida ushbu zoonimga shunday izoh beriladi:
ot
–
toq
tuyoqlilarga mansub o‘txo‘r,
sutemizuvchi yirik ish-ilov hayvoni
. Ushbu zoonim hozirgi
kundagi zamonaviy ingliz tiliga
horse
[h
ɔːs] shaklida tarjima qilinadi.
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida
қулун
terminiga shunday ta’rif beriladi:
қулун
–
kichik toy, uning kichraytma shakli
қулунчақ
.
O
‘zbek tili izohli lug‘atida
Qulun
–
otning
bir yoshgacha bo‘lgan bolasi
deb ta’rif beriladi. Mazkur termin hozirgi kungacha shakl va
ma’nosini saqlab qolgan hamda inglizcha adekvat tarjimasi foal [faol]. Tarjumon turkiy
qo‘lyozmasida kelgan
Дунан
,
арба
ter
mini to‘rt yoshli ot deb tarjima qilingan bo‘lsa,
Clauson etimologik lug‘atida ushbu termin arba’a shaklida uchraydi va shunday
izohlanadi:
“according to Kip, XIII in a list of words used for some animals,
arba’a
is a four-
year-
old animal”.
Tarjumon turkiy
qo‘lyozmasida kelgan
b
оз
so‘zi yaxlit lug‘at shaklida
kelib, kulrang, ko‘k ot deb tarjima qilingan bo‘lsa, Clauson etimologik lug‘atida ham ushbu
termin boz shaklida uchraydi va shunday izoh keltiriladi:
“
boz
at means a grey horse
according to turku VII”
.
Demak, qadimgi turkiy xalqlarda ko‘k, kulrang ot ma’nosida boz
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
151
termini ishlatilgan va mazkur terminning hozirgi ingliz tiliga adekvat tarjimasini ham
Clauson etimologik lug‘ati orqali aniqlash
grey horse
[grei h
ɔːs] qiyin emas.
Tarjumon turkiy qo‘
lyozmasida kelgan
y
орға
so‘zi yo‘rg‘a ot deb tarjima qilingan
bo‘lsa, Clauson etimologik lug‘atida yorga shaklida uchraydi va mazkur tarminga shunday
izoh beriladi:
”
yorga
means an ambling horse [kip, XIII]”
. Shuningdek, o‘zbek tili izohli
lug‘atida
yo‘rg‘a
–
mayda qadam tashlab, tez yuradigan ot deya ta’riflanadi
. Demak,
qo‘lyozmalar tarkibida kelgan
y
орға
, yorga,
yo‘rg‘a
terminlari hozirgi kungacha o‘z shakl
va ma’nosini deyarli saqlab qolgan.
Hozirgi kundagi zamonaviy inglizcha tarjimasi
amble
[æmbl].
1-jadval
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida ot turlari quyidagicha tasniflangan:
Тəмир
боз
temir rangga moyil bo‘z ot
Тазы
arab chopqir oti
Ал
-
йагиз
chang rangli ot
Қара
qora (ot)
Қулун
bir yoshli toy
Чибич
bir yoshli uloq
Тай
ikki yoshli ot
Қунан
uch yoshli ot
Сəкул
oyoqlari oq ot
Дунан
,
арба
to‘rt yoshli ot
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida
чəпəр
so‘zi chipor rangli ot deb tarjima qilinsa,
“Kodeks kumanikus” qo‘lyzomasida chestrac biya termini voyaga yetgan urg‘ochi ot chipor
ot
–
ola-bula, olachipor
rangli ot deya izohlangan. Mazkur qo‘lyozmalarda kelgan har ikki
termin bugungi kunda o‘z ma’nosini yo‘qotgan holda arxaik so‘zga aylanganiga guvoh
bo‘lishimiz mumkin. Ushbu zoonimning adekvat usuldagi inglizcha tarjimasi
dappled
horse
[daep(a)ld h
ɔːs].
T
arjumon turkiy qo‘lyozmasida
ə
чки
–
umuman echki demakdir, k
ичи
tarzida ham
aytiladi deya ta’rif berilgan. “Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasida esa Eȝchi
–
eschki
–
quvur
shoxlilar oilasiga mansub, kavsh qaytaruvchi juft tuyoqli sut emizuvchi hayvon deb izohlab
ketiladi. Clauson etimologik lug‘atida ushbu zoonim eçkü tarzida uchraydi va shunday
ta’rif beriladi:
“
eçkü
means goat according to hak. XI”
. Yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqqan
holda shuni aytish mumkinki, qo‘lyozmalarda kelgan
əчки, eçkü
so‘zlari bir
oz fonetik
o‘zgarishga uchragan holda hozirgi kunda ham shakli va ‘ma’nosini saqlab qolgan. Bugungi
zamonaviy ingliz tiliga eng to‘g‘ri tarjimasi goat [
g
əʊ
t].
Tarjumon turkiy qo‘lyozmasida
t
иши
əчки
so‘zi
urg‘ochi echki
deb tarjimalanadi
va shunday ta’rif
beriladi: c
амғалы
–
sog‘im qo‘y yoki echki, uni
сағлық
deb ham aytiladi.
“Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasida esa mazkur termin tisi eȝchi shaklida uchraydi va
echki hayvonining urg‘ochisi deb tarjima qilinadi. Clauson etimologik lug‘atida esa
shunday izoh keladi: elik survives only in several NE languages including Khakas and Tuva,
meaning a female goat. Milliy ensiklopedik lug‘atda ushbu zoonimga shunday ta’rif
beriladi: echki
–
quvur shoxlilar oilasiga mansub. Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqli
sutemizuvchi h
ayvon [14]. Yuqoridagi izohlardan ko‘rinib turibdiki, aksariyat hayvon
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
152
nomlari oldida kelgan
tişi
so‘zi deyarli aksariyat qadimgi qo‘lyozmalarda ushbu
hayvonlarning urg‘ochi turini ifodalash uchun ishlatilgan. Qo‘lyozmalarda urg‘ochi echki
ma’nosini ifodal
ab kelgan t
иши
ə
чки
, c
амғалы, tisi eȝchi, elik kabi terminlarning ayrimlari
bugungi kunga kelib qisman o‘z ma’nosini yo‘qotib, arxaik so‘zga aylangan va hozirgi
zamonaviy ingliz tiliga
female goat
[
fiːmeɪ
l g
əʊ
t
] deb tarjima qilish maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
XULOSA
Yuqoridagi qiyosiy tahlillar, fikr-
mulohazalar hamda chog‘ishtirishlardan kelib
chiqqan holda umumiy xulosa chiqargan shuni aytish mumkinki, XI
–
XIV asrlardagi
qo‘lyozmalar va lug‘atlar tarkibida kelgan tuyoqlilar turkumiga kiruvchi sutemizuvchi
zoonimlar leksik qatlami, shuningdek ularning hozirgi kundagi zamonaviy ingliz tiliga
qilingan eng to‘g‘ri variantdagi tarjimalari shunchaki lug‘atlar to‘plami emas, balki o‘sha
davr turkiy qabilalardagi hayot tarzi, urf-odatlar, madaniy-
ma’rifiy, axloqiy tushunchalarni
ifodalab beruvchi o‘ziga xos faktor vazifasini bajarib berganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
“Tarjumon turkiy”, “Kodeks kumanikus” qo‘lyozmalarida va “Clauson” etimologik lug‘atida
berilgan mazkur zoonimlar bir qancha adabiy janrlar orqali, masalan, maqol, masal, she’riy
parchalar tarkibida va asosan yaxlit lug‘at shaklida berilgan bo‘lib, lug‘aviy ma’nolari to‘liq
aks ettirib berilganini va ayr
im zoonimlarni batafsil izohlab ketilganini ko‘rishimiz
mumkin. Ayniqsa, she’riy parcha va yana bir qancha adabiy janrlar tarkibida kelgan
zoonimlar bevosita o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Bunga misol tariqasida: Maxmud
Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” qo‘lyozmasida
қочнар
so‘zi qo‘chqor deb
tarjimalangan va maqolda shunday kelgan:
iкi қoчнар башї бїр ашїчта пїшмаз
ya’ni
ikki qo‘chqorning boshi bir qozonda pishmaydi. Bu maqol bir shaharda ikki bek, ikki
boshliq bir-biri bilan chiqisha olmasligi, birining u yerdan chiqib ketishi kerakligi haqida
aytiladi va bu bevosita didaktik ahamiyat kasb etadi. Mazkur terminlarni semantik
jihatdan chuqur tahlil qilishda, ingliz tiliga adekvat usulda tarjima qilishda Gerard Clauson
tomonidan tuzilgan XIII asrgacha bo
‘lgan turkiy terminlarning etimologik lug‘ati
shuningdek hozirgi kunda eng ommabop hisoblangan “Merriam Webster” lug‘atlari ham
muhim manba bo‘lib xizmat qiladi [15]. Qadimgi turkiy tillarga oid aksariyat zoonim
komponentli terminlarni mazkur manba orqali topish, ularning qiyosiy tahlili va
etimologiyasini aniqlashda hamda boshqa turkiy
qo‘lyozmalardagi zoonimlar bilan
qiyoslashda nihoyatda qimmatli manba ekanligi aniqlandi. Ushbu manbalarning o‘ziga xos
jihati shundaki, qo‘lyozmalarda berilgan aksariyat zo
onimlar yuqoridagi nomlari
keltirilgan lug‘atlar tarkibida sinonimlari bilan birga berilgan. Zoonimiya sohasidagi
izlanishlar, tadqiqot va tahlillar onomastika yo‘nalishi rivojiga katta hissa qo‘shadi. Bunday
izlanish va tahlillar keyingi tadqiqot ishlari
uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
D.Ismoilova, “Tilshunoslikda zoonimlar tadqiqi” (scientific article) Research and
Education scientific journal Impact factor 2023: 5.789 ISSN: 2181-3191
https://t.me/ResearchEdu_Journal 67. p.
2.
Abdushukurov. B, “XI
-
XIV asrlar turkiy yozma manbalar tilidagi zoonimlar” nomli
diss. Ozbekiston Respublikas
i Fanlar akademiyasi X.S.Sulaymonov nomidagi qo‘lyozmalar
instituti.
–
1998, Toshkent. 7 b
3.
Mуталлибов. С, (таржимон ва нашрга та нашрга тайёрловчи) Маҳмуд
Қошғарийнинг “Девону луғотит турк (Туркий сўзлар девони)” қўлёзмаси,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
153
Ўзбекистон ССР Фанлар академияси
A.С. Пушкин номидаги тил ва адабиёт
институти ва Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти, Ўзбекистон
ССР Фанлар академияси нашриёти, II том, №: 81. Тошкент. 1963. 6 b.
4.
Jafarov, B. “Kodeks Kumanikus –
turkiy xalqlar mushtarak yodgorligi”.
Tashkent:
Bayoz. (2017)
5.
Ergasheva. X, “Zoologiya” fanidan o‘quv
-uslubiy majmua, Namangan: 2023. 107 b.
6.
Зохидова Т.З. Зоология энциклопедияси. Қушлар. –
Тошкент, 1957; Базарова
Д.Х. Народно
-
этимологическом осмысления некоторых звукоподражательных
названий птиц в
узбекском языке// Сов.Тюркология, –Ташкент, 1975. –
№5;
Базарова Д.Х. История формирования и развитие зоологических терминологии
узбекского языка (на материале птиц) –
Ташкент: Фан, 1978; Абдурахмонов H.
Парранда номларини билдирадиган қўшма сўзлар ва уларнинг маъноси, стилистик
хусусиятлари // Ўзбек тили грамматик қурилиши ва стилистикаси масалалари
(илмий мақолалар тўплами). –
Самарқанд: СамДУ нашри, 1993; Абдушукуров Б. ХI
-
ХIV аср туркий ёзма обидалар тилидаги зоонимлар: Филол. фан. номз... дисс.
автореф. –
Тошкент, 1998; Йўлдашева Д.Б. Ўзбек тилида орнитонимларнинг
лисоний тадқиқи: Филол. фан. бўйича фалсафа д
-
ри... (PhD) дисс. автореф. –
Самарқанд,
2019;
Тошева
Д.А.
Зооним
компонентли
мақолларнинг
лингвокультурологик хусусиятлари: Филол. фан. бўйича фалсафа д
-
ри... (PhD) дисс.
автореф. –
Тошкент, 2017; Азамов О.Б. Немис ва ўзбек тилларида зоонимик
компонентли фразеологик бирликларнинг структурал
-
семантик чоғиштирма
таҳлили (ўқув луғат тамойиллари): Филол. фан. бўйича фалсафа д
-
ри... (PhD) дисс.
автореф.
–
Андижон, 2022.
7.
Mуталлибов. С, (таржимон ва нашрга тайёрловчи) Маҳмуд Қошғарийнинг
“Девону луғотит турк (Туркий сўзлар девони)” қўлёзмаси, Ўзбекистон ССР Фанлар
академияси A.С. Пушкин номидаги тил ва адабиёт институти ва Абу Райҳон Беруний
номидаги Шарқшунослик институти, Ўзбекистон ССР Фанлар академияси
нашриёти, III том, №: 81. Тошкент. 1960. 157 –
b.
8.
Jafarov. B. ““Kodeks Kumanicus” qo‘lyozmasining elektron ilmiy izohli matni va
izohli lug‘atini yaratish” loyihasi asosida tayyorlangan” lug‘at, Toshkent:
2022.
9.
G.Clauson, “An Etymological Dictionary of Pre
-Thirteenth-
Century Turkish”,
1972. Oxford at the Clarendon press, Glasgow. 930, 183, 200, 776, 763, 356, 192, 238, 368
–
pp. ISBN 109634812686
10.
Mayor. M, “The Longman Dictionary of Contemporary English” (
LDOCE5),
Pearson Education Limited, the fifth edition. England, 2009. ISBN 9781408215333
11.
M.W.Cornog, A.K.Harris & A.West, “Merriam Webster’s Dictionary and
Thesaurus”, Massachusetts, 2014.
- Revised and updated edition ISBN: 978-0-87779-863-7
12.
Мадвалиев. A ва бошқалар, “Ўзбек тилининг изоҳли луғати”, Ўзбекистон
Республикаси Фанлар академияси, Алишер Навоий номидаги тил ва адабиёт
институти, “Ўзбекистон миллий энсиклопедияси” давлат илмий нашриёти,
Тошкент. 2021. 197, 100, 559, 99, 44, 416, 496, 550, 278, 510,
563, 334, 472
–
bb.
13.
Юнусов. A, (нашрга тайёрловчи) “Таржумон” XIV аср ёзма обидаси,
Ўзбекистон ССР Фанлар академияси A.С. Пушкин номидаги тил ва адабиёт
институти. Ўзбекистон “ФАН” нашриёти. 1980.
14.
Ўзбекистон
Миллий
Энциклопедияси,
«Ўзбекистон
миллий
энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти Тошкент. 2005. “Э” харфи. 269 b.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
154
15.
Sobitov. A, “MAHMUD QOSHG‘ARIYNING “DEVONU LUG‘OTIT TURK” ASARIDA
KELGAN YOVVOYI HAYVONLAR KLASSIFIKATSIYASI VA ULARNING SEMANTIK TAHLILI”.
NamDU axborotnomasi maxsus soni.
–
2024. Namangan. 2-b.
16.
https://www.ajhuman.uz/article/405791065877/abstract
17.
https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/mahmud-koshgariy-va-uning-
devoni-lugatit-turk-asari-videodars-devoni-lugatit-turk-3-jildlik.html
18.
https://researchedu.org/index.php/iclt/article/view/2734
19.
https://researchedu.org/index.php/iclt/article/view/2734/3223
20.
https://journal.fdu.uz/index.php/sjfsu/article/view/5017
21.
www.Merriam-Webster.com
22.
www.goldenscripts.navoiy-uni.uz
23.
https://codex-cumanicus.uz/2022/10/17/hayvonlar/
24.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Toq_tuyoqlilar