Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The most beautiful aspects of motherhood in Shukur
Kholmirzayev's short story "Odam"
Shokhsanam KHUSANOVA
1
University of Tashkent for Applied Sciences
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received November 2024
Received in revised form
10 December 2024
Accepted 25 December 2024
Available online
25 January 2025
This article explores the beauty of motherhood in Shukur
Kholmirzayev’s short story "Odam". The mother figure emerges
as a symbol of kindness, self-sacrifice, patience, and devotion.
The deep emotional bond between mother and child, along with
the mother’s pivotal role in upbringing, is depicted with
realistic depth. Through artistic analysis, the article examines
how the story captures the essence of motherhood.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
Shukur Kholmirzayev,
"Odam" short story,
motherhood,
kindness,
self-sacrifice,
patience,
devotion,
realism,
artistic analysis.
Shukur Xolmirzayevning “Odam” hikoyasidagi onalikning
eng go‘zal jihatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
Shukur Xolmirzayev,
“Odam” hikoyasi,
onalik,
mehr-oqibat,
fidoyilik,
sabr,
sadoqat,
realizm,
badiiy tahlil.
Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayevning “Odam”
hikoyasida onalikning eng go‘zal jihatlari tahlil qilinadi. Asarda
ona obrazi mehr-oqibat, fidoyilik, sabr va sadoqat timsoli
sifatida tasvirlangan. Ona va farzand o‘rtasidagi chuqur hissiy
bog‘liqlik hamda onaning farzand tarbiyasidagi roli realistik
ruhda yoritilgan. Maqolada hikoyadagi onalik fazilatlari badiiy
tahlil asosida o‘rganiladi.
1
Teacher, University of Tashkent for Applied Sciences, Tashkent, Uzbekistan. E-mail: shohsanam. xusanova@mail ru
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701
235
Самые прекрасные аспекты материнства в рассказе
Шукура Холмирзаева «Одам»
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Шукур Холмирзаев,
рассказ «Одам»,
материнство,
доброта,
самоотверженность,
терпение,
преданность,
реализм,
художественный анализ.
В данной статье анализируются самые прекрасные
аспекты материнства в рассказе «Одам» Шукура
Холмирзаева. Образ матери представлен как символ
доброты, самоотверженности, терпения и преданности.
Глубокая эмоциональная связь между матерью и ребенком,
а также роль матери в воспитании раскрыты в
реалистичном ключе. В статье изучаются материнские
качества в рассказе на основе художественного анализа.
O‘zbek adabiyotida hikoya juda qadimdan boshlangan. Ilk yozma adabiy
yodgorliklar Kultegin va To‘nyuquq bitiktoshlarida bayon qilingan voqealar ishtirok
etuvchilar tomonidan hikoya qilingan. Hikoya –badiiy adabiyotda kichik epik janr,hayot
hodisalarini ixcham ifoda etadigan nasriy asar. Jahon adabiyotida hikoya qadim
an’analarga ega. Mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotda shakillangan. Hikoya
atamasi kengroq ma’noda biror voqeani gapirib berishni ham anglatadi. So‘zlab berilgan
bunday voqea o‘z qamrovi,hajmi, rang-barangligi bilan qissa yoki romanga ham xos
bo‘lishi mumkin Bunday hollarda bu atama janr ma’nosida tushunilmaydi. To‘qima
obrazlardan emas aynan hayotiy voqealardan olingan hikoyalarning insonlar tomonidan
keng ko‘lamda mutolaa qilinishiga ham sabab bo‘lgani alohida e’tirof etish kerak.
Shukur Xolmirzayev o‘zbek hikoyachiligi san’atining ustozi Abdulla Qahhordan
keyin yangi, yuqori bosqichga ko‘targan ijodkorlardan biridir. Uning hikoya qissa,
romanlari tesha tegmagan voqealarga bag‘ishlanganligi,xarakterlarga boyligi bilan ajralib
turadi. Yozuvchi ijodining o‘ziga xosligi ayni paytda ijod jarayonining o‘ziga xosligini
bildiradi. Ijodiy jarayon har bir yozuvchida oziga xos tarzda ketadi. Mustaqil
uslubga,individual ovoziga ega ijodkor qanchalik ko‘p bo‘lsa individual ijodiy jarayon
ham rang-barang bo‘ladi. Shukur Xolmirzayev ijodi hozirgi zamon adabiyotida munosib
o‘rin egallaydi. Shukur Xolmirzayev hozirgi o‘zbek adabiyoti o‘z ovoziga,uslubiga ega
bo‘lgan ijodkordan hisoblanadi. Adibning hikoyalarida asosan Surxon vohasining koloriti
yorqin sezilib turadi. Yozuvchining hokoyalarida surxondaryoliklarning o‘ziga
xosligi,yorqin va katta xarakterlari,yashash tarzi yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.
Yozuvchining hikoyalarida surxondaryolik
o‘ziga xoslik yorqin va keng
xarakterlari,yashash tarzi yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Uning “Odam” hikoyasida ham
koloritni aniq sezishimiz mumkin. To‘g‘ri yozuvchi dastlabki ijodiy qadamlaridanoq
“o‘zligini” o‘z uslubini topib olgani yo‘q. U tinimsiz izlanishlar,ijodiy tajribani o‘zlashtirish
jarayonida shunga erishdi. “Mana o‘tmish hozirgi zamon adabiyoti yozish usullaridan
ozmi ko‘pmi o‘rganib,o‘z yo‘limni toppish ustida ko‘p o‘ylandim” – degan edi yozuvchi.
Shukur Xolmirzayevning boshqa asarlari ham fikr olishuviga sababchi bo‘lgan. Demak,u
zamondoshlarimizni to‘lqinlantiradigan,salmoqli ijtimoiy fikrga molik asarlar ijod
qilayotgan yozuvchidir. Shu hikoyalar ichida ‘Odam’ hikoyasi alohida salmog‘ jihatidan
juda ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan hikoyalar qatoriga kiradi. Ushbu hikoyada
odamning butun boshli taqdiri hikoya qilinadi. Unda Raxima ismli ayolning
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701
236
hayoti,kechmish kechinmalari qalamga olinishi misolida o‘quvchi umr va mazmun haqida
chuqur falsafiy mushohada yuritish imkoniga ega bo‘ladi. Adib Rahima obrazi orqali
o‘zbek ayollarining naqadar kuchli,bardoshli hayotning har qanday zarbasi bo‘lsada uni
matonat bilan yengib o‘ta olishi,umrini oilasiga farzandlariga hattoki nevaralari uchun
ham baxshida qila olishligini, hayotining mazmuni bir umrlik yo‘ldoshidan ajralganda
ham matonat bilan yenga olishlikni oddiy qalami orqali qog‘ozga tushura olgan samimiy
ijodkordir. agar Adib bugungi kunda hayot bo‘lganlarida jamiyatimizdagi ayrim to‘qlikka
sho‘xlik qilayotgan, oilaviy ikir – chikirlariga taslim bo‘layotgan singillarimiz haqida
qanday hikoyalar yozgan bo‘lishi mumkinligi haqida chuqur hayol sursa bo‘ladi. Ayol
sifatida turmushda yolg‘iz qolish,farzandidan ajralish zamon notinch vaqti ayolning
nomusini saqlay olish ham juda katta matonat hisoblanadi. Bugungi tinch zamonimizda
ozgina yetishmovchiliklar orqali oilasiga xiyonat qilib qilib ayollarim ham yo‘q emas.
Raxima onaning Abdurahimdan qora xat kelishi,yolg‘iz onaga naqadar qiyin
ekanini,kelinining farzandlarini qaynonasiga tashlab ketishi, sal o‘tmay yana oila
qurishi,farzandini yerga bergan jamiki ayollar uchun naqadar qiyin ekanini anglash oson
emas. Bu onani hali ham baxtiga qizi Adolat opa borligi uni yashab qolishga bo‘lgan
umidi,ilinji edi. Adolat opa ham yosh bo‘lmadi uni ham qishloqni eng og‘ir ishlarini qilishi
erkakday dashtma dasht yurishi oila yuki uning ham gardanida edi. Adib shu davr
muhitini yaqqol olib chiqa olgan. O‘quvchi hozirgi kunda ham hikoyani o‘qisa ko‘z oldiga
yaqqol namoyon bo‘ladi,yoki o‘sha davr muhitiga tushadi. Hikoya o‘qiyotgan har qanday
o‘quvchi his tuyg‘ular bilan o‘qiydi. Adibning qalami kuchli bo‘lsa bilingki mutolaa
qilayotgan shaxs hikoyani ichiga kiradi, o‘zicha nima tasavvur qiladi shu obrazlar bilan
yashaydi,ichki kechinmalari olamida birgalikda suzadi.
Ushbu maqolada "Odam" hikoyasida onalikning eng go‘zal jihatlari tahlil qilinadi.
Onaning mehr-muhabbati va fidoiyligi
“Odam” hikoyasida ona obrazi mehr-muhabbat va fidoiylik timsoli sifatida
gavdalanadi. U farzandini har qanday holatda ham qo‘llab-quvvatlaydi, unga g‘amxo‘rlik
qiladi. Xolmirzayev ona obrazi orqali hayotda eng ulug‘ tuyg‘ulardan biri – onaning
farzandga bo‘lgan cheksiz mehrini yuksak badiiy talqin etadi. Bu mehr-muhabbat nafaqat
so‘zlarda, balki uning harakatlarida, yurish-turishida, hatto ko‘zlarida ham namoyon
bo‘ladi.
Onaning sabr-toqati va matonati
Ona hayotda juda ko‘p sinovlarga duch keladi, biroq u har qanday mushkul
vaziyatda ham bardoshli bo‘lishi kerak. "Odam" hikoyasida ona qahramoni o‘z farzandi
uchun mashaqqatlarni yengib o‘tishga, hayotning qiyinchiliklariga qarshi turishga
tayyorligi bilan ajralib turadi. Uning sabr-toqati, matonati va hayotdagi irodasi
hikoyaning asosiy g‘oyalaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Onaning yuragidagi bu
tuyg‘u uni o‘zgalar oldida yanada baquvvat qilib ko‘rsatadi.
Onaning o‘z farzandi taqdiri uchun qayg‘urishi
Ona o‘z farzandining taqdiri haqida chuqur qayg‘uradi va uni himoya qilishga, unga
to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishga harakat qiladi. Hikoyada ona o‘z farzandi baxtli bo‘lishi uchun
harakat qiladi, uni qo‘llab-quvvatlaydi va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Onaning yuragidagi bu
tuyg‘u butun hikoya davomida sezilib turadi va o‘quvchiga onaning buyuk mehribonligini
his qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, ona qahramoni farzandining hayotiga to‘g‘ri
yo‘nalish berish uchun o‘z tajribasidan foydalanadi va unga hayot saboqlarini o‘rgatadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701
237
Onaning himoya va qo‘llab-quvvatlash rolini bajarishi
Hikoyada ona farzandini nafaqat tarbiyalaydi, balki hayotning og‘ir sinovlaridan
asrashga harakat qiladi. Onalik himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lib, bu
jihatlar Xolmirzayev tomonidan juda nozik tasvirlangan. Onaning qiyinchiliklar oldidagi
mustahkamligi, farzandining hayotini yaxshilash yo‘lidagi intilishi hikoyaning asosiy
mazmunini tashkil etadi. Onaning farzandini ruhiy va jismoniy qo‘llab-quvvatlashi, uni
hayotning qiyin yo‘llarida yo‘naltirishi ona obrazi orqali aniq ko‘rsatilgan.
Onaning fidokorligi va o‘zini qurbon qilishga tayyorligi
Onalik fidokorlik bilan bog‘liq bo‘lib, "Odam" hikoyasida bu jihat juda yorqin aks
etgan. Ona o‘z hayotini, ba'zan esa orzularini farzandining kelajagi yo‘lida qurbon qilishga
tayyor. Bu fidokorlik oddiy harakatlarda, onaning har bir so‘zida va uning yuragidan
o‘tgan og‘riqlarda aks etadi. Xolmirzayev bu jihatni juda chuqur va tasirli tarzda ochib
bergan. Onaning fidokorligi nafaqat uning o‘z hayotida, balki farzandining kelajagiga
bo‘lgan umidlari, orzulari va intilishlarida ham yaqqol seziladi.
Onaning o‘z farzandi bilan bog‘liq orzu-umidlari
Ona farzandining kelajagi haqida doimo o‘ylaydi va uning yaxshi inson bo‘lib
yetishishini xohlaydi. Hikoyada ona o‘z farzandi uchun orzu qiladi, uning baxtli hayot
kechirishi uchun tinmay harakat qiladi. Bu onalik hissining yana bir go‘zal jihati bo‘lib,
onaning mehr-muhabbatini yanada yuksak darajaga ko‘taradi. Farzandining orzularini
amalga oshirish yo‘lida ona o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga soladi va bu jarayonda
o‘zining hayotiy tajribasidan samarali foydalanadi.
“Odam” hikoyasini o‘qiy turib insonlarda aynan shunday hislar kechishi mumkin.
Inson o‘zini bir lahza Adolat onani o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rsa shukronalik hissini tuyadi.
Aynan shunday holat bizning hayotimizda ham bo‘lishi mumkin ediku degan savollar
tug‘uladi. Hikoyada yozuvchi balki umuman boshqa narsalarni o‘ylab yozgandir ammo
biz kabi o‘quvchilar o‘zimiz uchun tamomila boshqa tuyg‘ularni kashf etishimiz mumkin.
Shukur Xolmirzayevning “Odam” hikoyasida onalikning eng go‘zal jihatlari chuqur
ifodalangan. Asar qahramoni bo‘lgan ona obrazi mehr-muhabbat, fidoyilik va sabr-toqat
timsoli sifatida gavdalanadi. Hikoyada onaning farzandi uchun cheksiz g‘amxo‘rligi, uning
taqdirini o‘zgartirishga bo‘lgan intilishi va jonfidoligi yorqin aks etgan. Muallif ona
mehrining inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatini ta’sirchan badiiy vositalar orqali yoritib
bergan. Tassavur qiling bugungi kun davri uchun bunday onalar qahramon deya
olishimiz mumkunmi? Shu mavzuni talabalar bilan muhokama qilib ko‘rish mumkin.
Ular bilan hikoyani o‘qib birgalikda erkin tarzda muhokama qilib, o‘zlarining
shaxsiy qarashlarini bilish, hikoya o‘qish jarayonida nutqiy jihatdan ularni
rivojlantirish,qarashlarini erkin ayta olish va albatta muhokamada qat’iyatlik bilan o‘z
fikrlarida tura olish kabi xususiyatlarini rivojlanishida hikoyaning nafaqat shakli balki
mazmuni ham qanchalik beqiyosligini bilishimiz mumkin. Shukur Xolmirzayev serqirra
ijodiy faoliyat egasi,millatimizning fidoiy yozuvchisi haqiqatgo‘y adib,yozuvchi
hikoyachilik rivojiga o‘zining hikoyalari va qissalari bilan salmoqli hissa qo‘shgan.
Atrofda ro‘y berayotgan voqea –hodisalarga hikoyalari orqali hozirjavoblik bilan javob
bera olgan. Sa’natsiz adabiyotsiz yashashni tasavvur etolmaydigan qahramonlar talqini
Shukur Xolmirzayevning ijodida qayta-qayta ko‘zga tashlanadi. Darhaqiqat,u umri
davomida yozuvchilik ruhi va hayoti bilan yashagan. Sh. Xolmirzayev ijodida
obyektivlik,insonni tushinishga harakat,xolislik kabi jihatlar yaqqol namoyon bo‘ladi.
Shukur Xolmirzayev o‘zining o‘chmas merosi hisoblanmish – asarlari bilan barhayotdir.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701
238
Shukur Xolmirzayevning “Odam” hikoyasi onalikni ulug‘lovchi badiiy asarlardan
biridir. Unda ona obrazi nafaqat biologik farzandini, balki atrofdagi har bir insonni mehr
bilan bag‘riga bosadigan ulug‘vor timsol sifatida tasvirlangan. Onaning fidoyiligi,
bardoshi va mehri asar davomida yorqin ko‘rinib turadi. Asar orqali yozuvchi insoniylik
va mehr-muhabbat eng yuksak qadriyat ekanligini ta’kidlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Jo‘rayev, F. “Onalik mavzusi o‘zbek adabiyotida” // Ilmiy tadqiqotlar to‘plami, 2023.
2.
Ismoilov, Z. O‘zbek nasrida badiiy tafakkur rivoji – Toshkent: Akademnashr, 2020.
3.
Karimov, U. “Shukur Xolmirzayev hikoyalarida obraz va badiiylik” // Ilmiy
maqolalar to‘plami, 2021.
4.
Rustamov, D. “Shukur Xolmirzayev hikoyalarida ijtimoiy muammolar yoritilishi”
// Adabiyotshunoslik tadqiqotlari, 2023.
5.
Saidov, H. “Shukur Xolmirzayev ijodida insoniylik va hayot haqiqatlari” //
Adabiyot va san’at, 2022.
6.
G‘ulomov, N. “O‘zbek adabiyotida onalik mavzusi” // Adabiyotshunoslik jurnali, 2020.
7.
Yoqubov, A. O‘zbek hikoyachiligida realizm – Toshkent: Fan, 2018.