Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Linguopoetic analysis of Shoira Shams's works.
Classification of vocatives used in the "Samandar"
collection
Makhfuza MADAMINOVA
1
, Doniyor YULDASHEV
2
Urgench State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2025
Received in revised form
10 March 2025
Accepted 25 March 2025
Available online
25 April 2025
This article discusses the vocatives used in the divan and
their classification according to structure, as well as their
significant aspects in linguistics. The article emphasizes that
when vocatives are embedded in the content of the verses used
in the divan, their artistic quality, emotional impact, and the
author's successful aspects are also reflected in the
classification of these vocatives.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss4/S-pp32-35
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
exclamation,
prepositive,
simple form,
complex form,
internal structure,
application to linguistics.
Shoira Shams ijodi lingvopoetik tahlili. “Samandar”
devonida qo‘llanilgan undalmalar tasnifi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
undalma,
prepozitiv,
sodda shakli,
murakkab shakli,
ichki tuzilishi,
tilshunoslikka tatbiqi.
Ushbu maqolada devonda qo‘llanilgan undalmalar va
ularning
tuzilishiga
ko‘ra
tasniflanishi
va
buning
tilshunoslikdagi ahamiyatli jihatlari haqida so‘z
boradi. Bu
maqola
devonda
qo‘llanilgan
baytlarning
mazmuniga
undalmalar
singdirilgan
holatda
ularning
badiiyligi,
ta’sirlanchili va ijodkorning muvaffaqiyatli jihatlari ham
undalmalarning tasniflanishida ekanligini ta’kidlaydi
1
Student, Urgench State University named after Abu Rayhan Biruni.
2
Doctor of Philological Sciences, Professor, Urgench State University named after Abu Rayhan Biruni
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2025) / ISSN 2181-3701
33
Лингвопоэтический анализ творчества поэтессы
Шамс. Классификация обращений, использованных в
диване "Самандар"
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
императив,
предлог,
простая форма,
сложная форма,
внутренняя структура,
применение в
лингвистике
.
В
данной
статье
рассматриваются
обращения,
использованные в диване, их классификация по структуре и
важные аспекты этой классификации в лингвистике. Статья
подчеркивает, что художественность, выразительность и
успешность творческого подхода автора проявляются в том,
как обращения внедрены в содержание бейтов дивана, и эти
аспекты также отражаются в классификации обращений
.
Undalma
—
soʻzlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmet deb tasavvur
qilingan hodisani bildiradigan
so‘z yoki soʻz birikmasi. Undalma, kirishlar yoki kir
itmalar
kabi, gapni kengaytiradi, ammo uning boʻlaklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi,
yozuvda vergul yoki undov belgisi bilan ajratiladi. Undalma gap boshida ham, oʻrtasida
ham va oxirida ham kelishi mumkin.
Gap boshida undalma maxsus intonatsiya
bilan aytiladi va baʼzan vokativ gap
vazifasini bajaradi. Undalma, kirish, kiritma kabi, fikr bayonida muhim oʻrin tutadi.
Shuning uchun ularni gapning uchinchi darajali boʻlaklari sifatida qarash ham mavjud.
Undalma gapning har erida kela oladi: gapning b
oshida ham o‘rtasida ham, oxirida
ham. Undalmaning o‘rni uning semantik funksiyasiga, stilistik xususiyatiga, tarkibiga,
asosiysi, gapning strukturasi va mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Yozuvchilar o‘z asarlarida
undalmalarni uch holatda qo‘llaydi: prepozitiv,
interpozitiv va postpozitiv.
Prepozitiv (odatdagi) holatda, ya’ni undalma gap boshida kelganda so‘zlovchining
maqsadi tinglovchining diqqatini tortish bo‘lib, fikr konkret adresatga qaratiladi.
Misol uchun:
Buncha solur o‘t jahona,
Layli,
Qo‘ymasmi qadam m
akona,
Layli.
El ashkini to‘kkali qilur jazm,
Har lahza topib bahona,
Layli.
Qo‘zg‘otgali ishq elini bir zum,
Ko‘z tashlab o‘tar tomona,
Layli.
Zor o‘ldi ko‘ngul yuzing ko‘ray deb,
Oshiq sanga g‘oyibona,
Layli.
Shoira qalam yo‘ndi bitay deb,
Majnun yo‘
lida fasona,
Layli.
Ushbu g‘azalida ijodkor Layli obraziga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilmoqda va bu
undalma hisoblanadi.
Undalmalar tuzilishi jihatidan ikkiga bo‘linadi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2025) / ISSN 2181-3701
34
1.
Sodda undalmalar.
2.
Murakkab undalmalar.
Sodda undalmalar bir so‘zdan iborat undalmal
ardir.
Misol uchun:
Shams
, tildan o‘lsa gar mahrum, otingni debon,
Chun “yashab bo‘lmas, degay, ul shahsuvorimdan kechib” .
Charx
, yig‘latding mani, asroring emdi fosh etib,
Nega bunyod etmading avval dilimni tosh etib?!
Shoira
, ozordin gar ko‘zda ashking qon o‘lur,
Ishqda, chun, aylamish bag‘ringni ul gulnor nor.
Ko‘ngil ravshan tabassum qilsang,
Dilafro‘zim
, takallum qilsang.
Qara,
Shoira
, parvo qilmagay ul,
Ming oh-u nolani bekora qilding.
Ikki va undan ortiq so‘zlar bilan kengaytirilgan undal
maga murakkab undalmalar
deyiladi.
Misol uchun:
Ey falak oynasiga qonimi sochgan habib,
Ufq yutdi bag‘rixunim, ulki qonmasdir nega?
Oshig‘ing qatlini istar furqating,
Qotil o‘lma,
Sen Masiho-yu tabib
.
Faqiring naylasin, voh
Ishim oh o‘ldi,
yo Rab
.
Ey maloyik sarvari
, dil sanda erdi, bilmading,
Gul yuzing deb ikki ko‘z gulshanda erdi bilmading.
Tushmidi yoki xayol, men birla erding,
ey Hilol
,
Bog‘ ichida ikki pechak dillashib davri visol.
Vatandin ayri dillarga davo yo‘q erkan,
ey Bobur
,
Diyoring bo‘yidek toza havo yo‘q erkan,
ey Bobur
.
Yuqoridagi baytlar mazmunidan anglashiladiki, murakkab undalmalar, yanada
badiiy tasvir vositalarini oshiruvchi unsir bo‘lib xizmat qilgan. Bu esa g‘azalni yanada sof
va dalillash kabi izohlar bilan ifodalashda muhim
rol o‘ynaydi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2025) / ISSN 2181-3701
35
Xulosa o‘rnida aytish joizki, undalma va uning tuzilishiga ko‘ra turlari, asnosida,
mumtoz adabiyot durdonalarini o‘rganish ta’sirchanlik va ma’noni kuchaytirish kabi
qo‘shimcha ma’no anglashilishida hamda bunday tadqiqotlar bilan tilshunosl
ikning
ahamiyati katta ekanligini bildiradi. Baytlar tarbidagi undalmalarning qo‘llanganligi bu
shoiraning yutug‘i ,,desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Chunki misralardagi undalmalar mushtariylarning diqqat-
e’tiborini jalb qilishga va
yanada keng qamrovli mushohada bilan yondashishga undaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
“Samandar” devoni. Shoira Shams/ “Quvonchbek
-
Mashhura” MCHJ
Urganch-2019.
2.
“Badiiy asarlarda undalmalar va ularning tasniflanishi” Ergasheva
Gulchehra(maqolasidan). Ilmiy tadqiqotlar jurnali 8-son/2022.
3.
https://uz.wikipedia.org
