Авторы

  • Аббос Эрмирзаев
    Доцент, Наманганский государственный институт иностранных языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.88563

Ключевые слова:

социолингвистический компетенция аутентичный материал визуальный

Аннотация

Современные образовательные учреждения признают эффективность использования аутентичных материалов в процессе совершенствования социолингвистической компетенции студентов. В данной статье рассматриваются виды аутентичных материалов, способствующих развитию социолингвистической компетенции, а также педагогические технологии их преподавания.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The role of authentic materials in improving the
sociolinguistic competence of future English teachers

Abbos Ermirzaev

1


Namangan State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025
Received in revised form

15

January 2025

Accepted 25

February 2025

Available online

15

March 2025

Modern educational institutions recognize the effectiveness

of using authentic materials in the process of improving
students' sociolinguistic competence. This article examines the

types of authentic materials that contribute to the development

of sociolinguistic competence, as well as the pedagogical

technologies for their teaching.

2181-3663

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1-pp1

11-115

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

sociolinguistic,

competence,

authentic,

material,

visual.

Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingvistik

kompetensiyasini

takomillashtirishda

autentik

materiallarning roli

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

sotsiolingvistik,
kompetensiya,

autentik,

material,

vizual.

Zamonaviy ta’lim m

uassasalari tomonidan talabalarning

sotsiolingvistik kompetensiyasini takomillashtirishda autentik

materiallardan foydalanish samarali ekanligi e’tirof etilmoqda.

Ushbu

maqolada

sotsiolingvistik

kompetensiyani

takomillashtiruvchi autentik material turlari va ularni

o‘qitishdagi pedagogik texnologiyalar haqida so‘z yuritiladi.

1

Associate Professor, Namangan State Institute of Foreign Languages.

E-mail: nasirdinovayorkinoy@gmal.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

3

2 (2025) / ISSN 2181-3701

112

Роль аутентичных материалов в совершенствовании
социолингвистической

компетенции

будущих

преподавателей английского языка

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

социолингвистический,
компетенция,

аутентичный,

материал,

визуальный

.

Современные образовательные учреждения признают

эффективность использования аутентичных материалов в

процессе

совершенствования

социолингвистической

компетенции студентов. В данной статье рассматриваются

виды аутентичных материалов, способствующих развитию
социолингвистической

компетенции,

а

также

педагогические технологии их преподавания

.



KIRISH

Dunyoda talabalarning sotsiolingvistik kompetensiyasini takomillashtirish orqali

kasbiy yetuklikni rivojlantirish, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim asosida
talabalar orasida millatlararo bag‘rikenglikni tarbiyalashga doir qato

r ilmiy izlanishlar olib

borilmoqda. Sarbon deklaratsiyasi (Sorbonne Declaration), Taʼlim barcha uchun

(Education For All(EFA)), Ming yillik rivojlanish maqsadlari (Millennium Development

Goals (MDGs)), Jahon taʼlim forumi (World Education Forum) va Lissab

on

Konvensiyalarida kompetentli yondashuv asosida malakali kadrlarni tayyorlash

yoʻnalishlari belgilab berilgan. Ayniqsa, talabalarda insonparvarlik, millatlararo muloqot
madaniyatini rivojlantirish, turli madaniyat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat v

a bir-

birini tushunish muammosini hal etishda innovatsion izlanishlar, jamiyatni
modernizatsiya qilish jarayonlarini takomillashtirish hamda lingvomadaniyatshunoslik
yondashuvi asosida talabalarning sotsiolingvistik kompetensiyasini takomillashtirishning
p

edagogik imkoniyatlarini yaxshilash, o‘quv materiallarini tanlashda madaniyat bilan

uyg‘unlik yo‘nalishidagi tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Talabalarning sotsiolingvistik kompetensiyasini takomillashtirishda autentik

materiallarning ahamiyati beqiyosdir. Autentik material

bu asl (original) va tabiiy

kontekstda yaratilgan material bo‘lib, u til o‘rganish yoki o‘qitish maqsadida maxsus

moslashtirilmagan. Bunday materi

allar aslida tilni qo‘llaydigan kishilar tomonidan, o‘z

ehtiyojlari va muloqot maqsadlarida yaratiladi.

Gebhard (1996) EFL/ESL o‘qituvchilari foydalangan autentik materiallarning yana

bir qancha misollarini keltiradi. Quyida uning dars rejalashtirish uchun

manba bo‘lib

xizmat qilishi mumkin bo‘lgan ba’zi misollari keltirilgan: a) matnli materiallar: gazeta va
jurnal maqolalari, kitoblar, blog postlar, reklama matnlari, e’lonlar; b) audio va video

materiallar: intervyular, radio eshittirishlari, podkastlar, filmlar, seriallar, YouTube
videolari; c) vizual materiallar: Infografikalar, posterlar, diagrammalar, billboard
reklamalari; d) kunlik hayotda ishlatiladigan hujjatlar: Chiptalar, menyular, xarita va

yo‘riqnomalar, kvitansiyalar, rasmiy hujjatlar.[2]

Dars

lar samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchilarning autentik materiallardan

foydalanishi muhim hisoblanadi. Aslida, autentik materiallardan foydalanish bir qancha

afzalliklarga ega. Brinton (1991) ga ko‘ra, autentik materiallar va ommaviy axborot


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

3

2 (2025) / ISSN 2181-3701

113

vositalari tala

balarga auditoriyada til o‘rganish muhiti va tashqi dunyo o‘rtasidagi bevosita

bog‘liqlikni mustahkamlashga yordam beradi. Gebhard (1996) autentik materiallarni til
o‘rganishni kontekstga joylashtirish usuli sifatida ko‘radi. Darslar televideniyedagi ob

-

ha

vo hisobotini tushunishga asoslangan bo‘lsa, talabalar tilning o‘ziga emas, balki mazmun

va ma’noga e’tibor qaratadilar. Bu esa talabalar uchun muhim til manbai bo‘lib xizmat
qiladi, shunda ular faqat darslik va o‘qituvchi tomonidan taqdim etilgan material

lardan

tashqari qo‘shimcha til bilishni mustahkamlovchi til sohiblarining madaniyatiga xos
nutqiy etikasini o‘rganadi va amalda qo‘llashga harakat qiladilar. [2]

Bundan tashqari, Melvin va Stout talabalarda autentik materiallardan foydalangan

holda madani

yatni o‘rganish jarayonida umumiy o‘rganish motivatsiyasining oshishi va

fanga bo‘lgan qiziqishning yangilanishini kuzatganlar. Ular dars davomida talabalarni

tayyorlangan topshiriqlar orqali maqsadli madaniyatga mansub shaharga (masalan, Nyu-
York shahrida

dam olish kunlarini o‘tkazish) “yuborib”, autentik materiallardan

foydalanganlar. Talabalar autentik materiallar bilan bevosita ishlashga ko‘nikkan sari, tilni
real hayotiy sharoitlarda qo‘llashning amaliy foydasini yaxshiroq tushuna

boshlaganliklarini bi

ldirganlar. Ular darsdan tashqarida kerak bo‘ladigan ko‘nikmalarni

mashq qilish va o‘z madaniyatidan tashqaridagi madaniyatlar haqida bilish foydali
ekanligini ta’kidlashgan.[3]

Shuningdek, ba’zi tadqiqotchilar sinfda ko‘proq autentik materiallar bo‘lishi

kerakligini ta’kidlaydilar, chunki ingliz tilini o‘rgatish uchun maxsus ishlab chiqilgan
materiallar va haqiqiy suhbatlar o‘rtasida katta farq bor. Porter va Roberts autentik va
noautentik materiallar o‘rtasidagi farqlarni tahlil qilib, o‘quv materiallari

uchun yozilgan

suhbatlar odatda sekin sur’atda bo‘lishini, muayyan tuzilmalarning juda tez

-tez

takrorlanishini va nutqning ravon o‘tishini ta’kidlaydilar. Shuningdek, ikkilanmalar (“uh”
va “mm”) ko‘pincha yo‘qolib ketadi va gaplar mukammal shakllantiriladi

, deyarli xatolarsiz

bo‘ladi.[4] Boshqacha aytganda, talabalar auditoriyada eshitadigan til real dunyodagi
tildan farq qiladi. Ko‘pgina hollarda, auditoriyada eshitiladigan til sun’iylashgan bo‘lib, bu
autentiklikni yo‘qotadi, chunki ayrim o‘qituvchilar mu

ayyan til jihatlarini tushunarliroq

shaklda o‘rgatish zarur deb hisoblaydilar.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Bo‘lajak

ingliz

tili

o‘qituvchilarining

sotsiolingvistik

kompetensiyani

takomillashtirishda autentik materiallar bilan ishlash muhokama qilindi. Ingliz tilidagi
autentik materiallar tahlil qilindi va til sohiblariga xos tarzda muloqot jarayonini amalga

oshirish ya’ni sotsiolingvistik kompetensiyani takomillashtiruvchi yondashuvlar va
pedagogik texnologiyalar o‘rganildi.

TAHLILLAR VA NATIJALAR

Autentik til materialning guruhda ishlatilishining ahamiyati quyidagicha:

Til tabiiydir. Agar biz tilni o‘rgatish maqsadida soddalashtirsak yoki o‘zgartirsak

(struktura

ni cheklash, lug‘at tarkibini nazorat qilish va hokazo), vazifani yanada

murakkablashtirishimiz mumkin. Aslida biz ma’no topishda yordam beradigan ishoralarni

olib tashlashimiz mumkin.

Autentik til materiallari talabalar uchun kichik hajmdagi material bilan ishlash

imkoniyatini yaratadi, lekin shu bilan birga u to‘liq va mazmunli xabarlarni o‘z ichiga oladi.

Autentik bosma materiallar talabalar uchun til bo‘lmagan belgilarni (maket,

rasmlar, ranglar, ramzlar, u joylashgan muhit) ishlatish imkoniyatini yaratadi, bu esa

ularga ma’noni osonroq tushunishda yordam beradi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

3

2 (2025) / ISSN 2181-3701

114

Talabalar o‘rganayotgan narsalarining tashqi dunyoda kerak bo‘lishini darhol

tushunishlari kerak. Real hayotiy materiallarning realistik tarzda ishlatilishi bu bog‘liqlikni

yaqqol ko‘rsatib bera

di.

Nunan (1999:27) ta’kidlaganidek, talabalar iloji boricha turli xil autentik

materiallarni tinglashi va o‘qishi muhimligini aytadi. Bu esa talabalarning motivatsiyasini

oshirib, o‘quv jarayoniga jon baxsh etadi va ular uchun auditoriyadagi bilimlar bila

n real

hayotdagi bilimlar o‘rtasida muhim bog‘liqlikni shakllantirishga yordam beradi.[1]

Bugungi kunda ko‘plab yetakchi til tadqiqotchilari muhim deb hisoblaydigan yana

bir jihat

o‘quv materiallari Task

-

Based Language Teachingni qo‘llash muhimdir.

Task-Based Language Teaching

til o‘rganishning umumiy yondashuvi bo‘lib,

o‘quvchilarning bajaradigan “vazifalari”ni ta’lim jarayonining markaziy qismi sifatida

ko‘radi. Bu yondashuvda ta’lim jarayoni o‘quv dasturi maqsadlari bilan bevosita bog‘liq

bo‘lgan kommunikativ vazifalar to‘plami sifatida tasvirlanadi.

Nunan (1991:279) vazifaga asoslangan yondashuvning besh asosiy xususiyatini

keltirib o‘tadi:

Chet tilida muloqot qilishni o‘rganishga urg‘u berish, o‘quv jarayoniga autentik

matnlarni (o‘quv materiallarini) kiritish, talabalarga faqat tilga emas, balki o‘rganish

jarayoniga ham e’tibor qaratish imkoniyatini yaratish, talabalarning shaxsiy tajribalarini

sinfxonadagi ta’lim jarayonining muhim qismi sifatida ko‘rib chiqish, sinfxonada

o‘rganilgan tilni sinfdan tashqarida qo‘llash imkoniyatini yaratishga harakat qilish.

Uning fikricha, vazifa

mazmunni tushunish, til birliklarini o‘zlashtirish, tilni ishlab

chiqarish va o‘rganilayotgan tilda muloqot qilishga yo‘naltirilgan topshiriqdir.

Talabalarga autentik materiallardan foydalanib, aniq vazifalarni bajarayotgan va

real dunyo til maqsadlariga erishayotgan auditoriya mashg‘ulotlarining ba’zi misollari

keltirilgan:

Madaniy obyektlardan foydalanish orqali mashg‘ulotlar

Madaniyat sohasiga doir materiallardan (masalan, fotosuratlar, ramzlar va

qo‘shiqlardagi tasvirlar) to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri foydalanish va ularni qo‘llash sinfda juda

samarali bo‘lishi mumkin. Tomalin va Stempleski (1998) tomonidan ishlab chiqilgan

“Madaniy kompozitsiya” deb nomlangan mashg‘ulot ingliz tilida yozish ko‘nikmalarini

rivojlantirishga xizmat qilgan.

O‘qituvchi ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarga qilgan sayohatlaridan yig‘ilgan

turli realiya (masalan, avtobus yoki samolyot chiptalari, kvitansiyalar, kuponlar, pullar va

fotosuratlar)ni tarqatadi. Ushbu narsalar aralashtiriladi va tartibsiz holda beriladi.

O‘quvchilar ikki yoki uch kishilik guruhlarga bo‘linadi. Ular har bir narsani aniqlaydilar va

o‘z to‘plamiga asoslangan hikoya yaratadilar.

Keyin guruhlar o‘z hikoyalarini guruh oldid

a taqdim etadilar, har bir ishtirokchi

hikoyaning bir qismini gapirib beradi. Hikoyada eslatib o‘tilgan har bir element guruhga

ko‘rsatiladi va stol ustiga qo‘yiladi. Barcha guruhlar tugatgandan so‘ng, har bir o‘quvchi o‘z

hikoyasining individual variantini yozadi.

Bunday madaniyat o‘rgatuvchi faoliyatlar uchun vazifa yo‘nalishli yondashuv

tavsiya etiladi. O‘quvchilar kichik guruhlarda yoki juftliklarda ishlab, aniq ma’lumotlarni

ishlab chiqadilar, o‘z kashfiyotlarini baham ko‘rib, ularni maqsadli madaniyat

kontekstida

hamda o‘z madaniyatlari bilan solishtirib talqin qiladilar.

Eshitish mashg‘ulotlari


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

3

2 (2025) / ISSN 2181-3701

115

O‘quvchilarning real dunyoda eshitish ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor

qaratishning bir usuli eshitish mashg‘ulotlaridan foydalanishdir. “Tinglab tushunish”

nomli mashg‘ulot tinglash strategiyalarini o‘rgatish uchun ishlab chiqilgan.

O‘quvchilarga ular mehmon sifatida kechaga borganliklari va suhbatlarni pinhona

eshitish (eavesdropping) mumkinligi aytiladi. Ular real hayotdagi kecha suhbatlarining

qisqa b

o‘laklarini tinglaydilar va maxsus topshiriq varag‘iga odamlar qanday mavzuda

gaplashayotganini yozib qo‘yadilar. Shuningdek, ushbu mavzu ularga qiziqmi yoki

yo‘qligini ham belgilaydilar.

Keyingi bosqich sifatida o‘quvchilar ingliz tilida suhbatlar olib bo

riladigan haqiqiy

muhitlarda (yoki televizordagi inglizcha suhbatlarni kuzatib) yana shunday kuzatuvlar

qilishlari, eshitganlari bo‘yicha qaydlar olib, sinfga hisobot berishlari mumkin.

Eshitish/tomosha qilish mashg‘ulotlari. Jim tomosha qilish: o‘quvchila

r video

lavhani ovozsiz tomosha qilib, unda nima sodir bo‘layotganini taxmin qilishlari va

gapirayotgan odamlar nima deyayotganini oldindan tasavvur qilishlari kerak. Oldindan

taxmin qilish: o‘quvchilar videoning faqat boshini tomosha qiladilar, so‘ngra vo

qealar

qanday davom etishini taxmin qiladilar. Bo‘lingan tomosha qilish (Split Viewing): guruh

ikki kichik guruhga bo‘linadi: yarim guruh ekranga qarab o‘tiradi, qolganlari esa ekranga

qaray olmaydi va faqat ovozni eshitadi. Keyin juftliklar bo‘lib ishlash

adi va videoda nima

bo‘lgani haqida hikoya tuzadilar.

Bunday mashg‘ulotlar uchun mashqqa asoslangan yondashuv tavsiya etiladi.

O‘qituvchi: qaysi til birliklari avvaldan o‘rgatilishi kerakligini aniqlab olishi;

o‘quvchilarning diqqatini aniq tomosha qilish

vazifalariga qaratishi; ushbu jarayonda

qaysi til jihatlari o‘rgatilishini belgilab olishi; mashg‘ulot uchun maxsus topshiriq

varaqalari tayyorlashi kerak. Agar imkon bo‘lsa, videodagi suhbat matni yozib olinib,

keyinchalik o‘quvchilar bilan tahlil qilish

uchun ishlatilishi mumkin.

Autentik materiallar talabalarga real kommunikativ tajriba taqdim etadi. Masalan,

filmlar, intervyular, gazeta maqolalari, podkastlar va ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotlar

sotsiolingvistik tafovutlarni o‘rganishga yordam beradi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, autentik materiallar bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining

sotsiolingvistik kompetensiyasini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular

yordamida talabalar tilning nafaqat grammatik tomonini, balki uning turli madaniy va

kommunikativ jihatlarini ham chuqur anglash imkoniga ega bo‘ladilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Nunan, D. Second Language Teaching and Learning. Boston: Heinle and Heinle

Publishers.

1999.

2.

Gebhard J. Teaching English as a Foreign Language: A Teacher Self-Development

and Methodology Guide. Ann Arbor: The University of Michigan Press.

1996.

3.

Melvin B.S. and Stout D.S. Motivating language learners through authentic materials.

In W. Rivers (ed.) Interactive Language Teaching. New York: Cambridge University

Press, 44-56.

2007.

4.

Porter D. and Roberts J. Authentic listening activities. In M. L. Long (ed.)

Methodologyin TESOL. Rowley, Mass.: Newbury House.

2001.

Библиографические ссылки

Nunan, D. Second Language Teaching and Learning. Boston: Heinle and Heinle Publishers. – 1999.

Gebhard J. Teaching English as a Foreign Language: A Teacher Self-Development and Methodology Guide. Ann Arbor: The University of Michigan Press. –1996.

Melvin B.S. and Stout D.S. Motivating language learners through authentic materials. In W. Rivers (ed.) Interactive Language Teaching. New York: Cambridge University Press, 44-56. – 2007.

Porter D. and Roberts J. Authentic listening activities. In M. L. Long (ed.) Methodologyin TESOL. Rowley, Mass.: Newbury House. – 2001.