Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The theory of conceptual field in linguistics
Mukhabat JUMAEVA
1
Navoi State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2025
Received in revised form
10
March 2025
Accepted 25 March 2025
Available online
25 April 2025
This scientific article explores the modern understanding of
the concept in linguistics, discussing the opinions and reports of
foreign and Uzbek linguists, as well as various theoretical
approaches and scholars' perspectives on the interpretation of
the concept. It examines the features of cognitive analysis of
linguistic units. Additionally, reflections on syntactic, semantic,
and pragmatic analysis are presented.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss4
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
Cognitive,
concept,
conceptualization,
linguoculturology,
semantics,
syntax,
pragmatics,
linguistic units,
comparative typology,
conceptualization.
Lingvomadaniyatshunoslikda konseptual maydon talqini
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Kognitiv,
konsept,
konseptuallashish,
lingvokulturologiya,
senantika,
sintaktika,
pragmatika,
til birliklari,
qiyosiy tipologiya,
konseptualizatsiya.
Ushbu ilmiy maqolada konsept tushunchasining
zamonaviy tilshunoslikdagi tadqiqi, xorij va o'zbek tilshunos
olimlari tomonidan bildirgan firk va ma'ruzalari, konsept
tushunchasi talqini haqidagi olimlarning turli nazariy
qarashlari va fikr mulohazalari tahlil qilingan. Til birliklarini
tahlil qilishning kognitiv jihatlari o'ziga xos tomonlari ko'rib
chiqilgan. Sintaktik, semantik va pragmatik tahlillar
togʻrisida fikr yuritildi.
1
PhD candidate at the Department of English Linguistics. Navoi State University.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2025) / ISSN 2181-3701
75
Теория концептуального поля в лингвистике
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Когнитивный,
концепт,
концептуализация,
лингвокультурология,
семантика,
синтаксис,
прагматика,
языковые единицы,
сравнительная типология,
концептуализация
.
В данной научной статье исследуется современное
понимание концепта в лингвистике, обсуждаются мнения и
доклады зарубежных и узбекских лингвистов, а также
различные теоретические подходы и взгляды ученых к
интерпретации концепта. Рассматриваются особенности
когнитивного анализа языковых единиц. Кроме того,
приводятся размышления о синтаксическом, семантическом
и прагматическом анализе.
XX asr oxiri - XXI asr boshlarida inson ongi va tafakkurini o
‘
rganishga qiziqish
yanada ortdi.
Tilshunoslikda, Z.D. Popova va I.A. Sternin ta’riflaganidek, kognitiv
yondashuv neyrofiziologiya asosida vujudga kelgan neyrolingvistikadan boshlab
bosqichma-bosqich rivojlandi va buning asosida kognitiv tilshunoslikning nazariy
asosi shakllandi. Kognitiv tilshunoslik
–
umumiy kognitiv mexanizm sifatida tilga
qaratilgan lingvistik yo‘nalish, kognitiv vosita sifatida, axborotni ifodalash (kodlash)
va o‘zgartirishda rol o‘ynaydigan belgilar tizimini o‘rganadi. Shu bilan birga, kognitiv
tilshunosl
ikda ma’lumotlarni kodlash usuli sifatida konsept tushunchasi nazarda
tutiladi. S.G. Vorkachev ta’kidlaganidek, konsept kognitiv tilshunoslikning asosiy
tushunchasi hisoblanadi.
Tilshunoslikda konseptning asosiy xususiyati borasida bir qator fikrlar
bildir
ilgan bo‘lsada, uning ta’rifida sezilarli darajada noaniqlik mavjud. A.V.
Kravchenkoning ta’kidlashicha, tadqiqotchilar ko‘p hollarda konseptni boshqa,
noaniq tushunchalar orqali aniqlashga harakat qilishadi . Bizning fikrimizcha,
konseptning pragmatik jihatdan mazmunli va yetarlicha konkretlashtirilgan
tushunchasini mavjud ta’riflardan ajratib olish mumkin: konseptning ta’riflarida
uning “mental birlik”—
“mental shakl” , “xotira birligi” , “ong birligi” yoki “tafakkur
birligi” , “predmet g‘oyasi” , “bilish
kvanti” yoki “tafakkur kvanti” ekanligi qayd etiladi.
Bu kuzatishlar, kognitiv tilshunoslar konseptni faqat mental tabiatga (qandaydir
tarzda inson ongida mavjud ega bo‘lgan va inson bilimi va tajribasi bilan ham, tashqi
olam bilan ham o‘zaro ta’sir qiluvchi minimal bo‘linmas birlik sifatida qabul qilishini
ta’kidlashga imkon beradi.
S.A. Askoldov-
Alekseyev konsept tushunchasini “fikrlash jarayonida bir xil
turdagi predmetlar, harakatlar, aqliy vazifalarning noaniq to‘plamini namoyon
etadigan tafakkur shak
li” deb ta’riflagan . Qizig‘i shundaki, olim o‘sha paytda ham
konseptni anglash uchun turli xil yondashuvlar mavjudligi, shu jumladan, konseptni
“sof aqliy tuzilma” deb tushunish mumkin va obyektiv voqelikning bir qismi sifatida
uning umumiyligi yoki indiv
idualligini ta’kidlash zaruriyati haqida gapiradi.
So‘nggi davrlarda konsept hodisasi konseptual yondashuv bilan
shug‘ullangan ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan chuqur o‘rganildi. S.A. Askoldov
-
Alekseyevdan keyin D.S. Lixachev bu tushunchaga oydinlik kiritadi. Uning nazarida,
konsept so‘zning o‘zi emas, balki, birinchidan, har bir so‘zning asosiy (lug‘aviy)
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2025) / ISSN 2181-3701
76
ma’nosi uchun alohida shakllanib, shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida, u individual va
milliy xususiyatga ega. So‘zning qaysi lug‘aviy ma’nosi konseptni
hosil qilishi, odatda,
kontekstdan, ba’zan esa umumiy vaziyatdan ma’lum bo‘ladi. Konsept to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
so‘zning ma’nosidan kelib chiqmaydi, balki lug‘aviy ma’noning insonning shaxsiy va
jamoa tajribasi bilan to‘qnashuvi natijasidir .
Konseptning bosh
qa ta’riflari bir qator tadqiqotchilar tomonidan berilgan.
Ye.S. Kubryakovaning fikricha, konsept
–
bu xotiraning operasion birligi, mental
leksika, ongning konseptual tizimi va tili, olamning butun manzarasi, bilim kvantidir.
Eng muhim konseptlar tilda if
odalangan. V. Krasnix konseptni shunday ta’riflaydi:
“garchi u bilan bog‘liq vizual
-
obraz birlashmalari mavjud bo‘lsa
-da, vizual prototipik
obrazga ega bo‘lmagan “madaniy predmet”ning eng mavhum g‘oyasi”. V.I. Karasikka
ko‘ra, lingvomadaniyatshunoslikning
asosiy birligi madaniy konsept
–
ko‘p o‘lchovli
semantik shakl bo‘lib, unda qiymat, obraz va tushunchalar ajralib turadi . S.G.
Vorkachevning qayd etishicha, tafakkurning operasion birligi sifatida konsept
bilimlarni aniqlash va turkumlash usuli va natijasidir . Z.D. Popova va I.A. Sterninning
fikricha, konsept
–
diskret mental shakl bo‘lib, shaxs aqliy kodining nisbatan tartibli
ichki tuzilishga ega bo‘lgan asosiy birligi, shaxs va jamiyatning kognitiv faoliyati
natijasini ifodalaydi va ifodalanayotgan predmet yoki hodisa haqida murakkab,
ensiklopedik ma’lumotlarni va ularning talqini haqida jamoatchilik bilimi va
tafakkurining munosabatini jamlab oladi .
D.U. Ashurovaning konseptga bo‘lgan nuqtai nazarida konsept –
bu uyg‘un
birlik hosil qiluvchi mental tu
zilma bo‘lib, u olam tasvirining yadroviy komponenti
sifatida lingvomadaniy ahamiyatga ega bo‘lgan alohida shaxsga va butun jamiyatga
tegishlidir .
O‘.Q. Yusupovning ta’rificha, konsept –
bu ongimizda mavjud tashqi yoki ichki
dunyodagi biror narsa yoki hodisa haqidagi bilimlar majmuasi, u haqidagi obrazlar va
unga bo‘lgan ijobiy, salbiy yoki neytral munosabatdir.
Ma’lumki, inson til va moddiy olamni bir xil uslubda hamda bir xil yo‘nalishda
o‘zlashtiradi. Moddiy dunyo idroki ayni paytda idrok etilayotgan pr
edmet-hodisalar
haqida tushuncha tug‘ilishini, keyinchalik ushbu tushuncha mental namuna –
konsept
sifatida shakllanib, moddiy nom olishini taqozo qiladi.
D. Xudoyberganovaning “Matnning antroposentrik tadqiqi” nomli
monografiyasida konsept mental tuzilma
bo‘lib, u ayni vaqtda ko‘p qirrali va ko‘p
qatlamli, o‘zida psixologik, kognitiv
-semantik va lingvokulturologik jihatlarni
namoyon etuvchi tuzilmadir. Chunonchi, konseptning kognitiv va lingvokulturologik
tadqiqotlar obyekti sifatida tavsiflanayotgani ham shundan dalolat beradi, deb
ta’kidlanadi.
Akademik D.S. Lixachyov konseptni maxsus maydon sifatida taqdim etdi .
Leksik birliklar orqali ifoda topgan konsept yadro va sarhad maydoni tuzilishiga ega.
Ushbu maydon har qanday tizimga xos bo‘lgan o‘ziga xos x
ususiyatlar, aloqalar va
munosabatlarga ega bo‘lgan tizimdir. Tilshunoslikda maydon an’anaviy ravishda
umumiy mazmun bilan birlashtirilgan va belgilangan hodisalarning konseptual
o‘xshashligini aks ettiruvchi lisoniy birliklar to‘plami sifatida tushuniladi
.
“Konseptual maydon” tushunchasi kognitiv tilshunoslikning asosiy
tushunchalaridan biridir. Bir qator tilshunoslar asarlari tahlili shuni ko‘rsatadiki,
konseptual maydon atamasi aniq ta’rifga ega emas. Maydon tushunchasi lisoniy
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2025) / ISSN 2181-3701
77
birliklarni tizimga birlas
htirgan ma’lum bir tarkibiy miqdorning mavjudligi g‘oyasini
o‘zida mujassam etgan. Til tizimining maydon modeli periferik sarhadlari bilan bir
-
biriga o‘tadigan va ko‘p bosqichli xarakterga ega bo‘lgan doimiy maydonlar to‘plami
sifatida ifodalanadi. Konsept
ual maydonning tuzilishi va mazmuni ma’lum bir
tadqiqotning vazifalari va maqsadlariga qarab o‘zgaradi. Maydon yondashuvi
konseptlarni har tomonlama tavsiflashga imkon beradi. Ular bir-biri bilan turli xil
munosabatlarga kirishadilar, konseptual maydon deb ataladigan maxsus tarzda
tashkil etilgan konseptual sohani shakllantiradilar.
Konseptual maydon tizimli ravishda tashkil etilgan va alohida, tuzilgan
tizimni ifodalaydi. Konseptual maydonning quyidagi xususiyatlari ajralib turadi:
tizimiy munosabatlar bi
lan o‘zaro bog‘langan va maydon tarkibiy qismlarini tashkil
etuvchi ko‘p bosqichli vositalar to‘plami; uning tarkibiy qismlariga xos bo‘lgan u yoki
bu bosqichdagi umumiy ma’nodorligi; qarama
-
qarshi yoki qutbli bo‘lishi mumkin
bo‘lgan umumiy ma’nodan boshqa
ma’nolarni farqlash imkoniyati; murakkab
tuzilishi. Konseptual maydon modeli murakkab mental shakllanish sifatida bir nechta
tarkibiy qismlarni birlashtiradi, konseptning kommunikativ-tegishli qismining
murakkab aktuallashtirilgan mazmuni va tuzilishini m
a’lum bir tilda so‘zlashuvchilar
tafakkurining aksi sifatida taqdim etishga imkon beradi.
Konseptual maydon har xil turdagi kognitiv tuzilmalarni va turli xil mental
ifodalarni o‘z ichiga olgan eng katta aqliy strukturadir. Konsept tizim (tarkibiy birlik)
obyekti sifatida geshtalt va konseptual-mantiqiy bosqichda (konseptual maydon
bosqichi) ifodalanadi.
Tilshunoslikda maydon tashkil topishi to‘g‘risidagi qoidalar til
semantikasini, birinchi navbatda, leksik semantikani tahlil qilish bilan bog‘liq holda
p
aydo bo‘ldi. Biroq, XX asrning 20
-
yillarida Y.L. Vaysgerber “lisoniy maydon” g‘oyasini
har bir tilga xos bo‘lgan maxsus dunyoqarash bilan bog‘laydi va uni “olamning lisoniy
manzarasi” tushunchasi kontekstiga bog‘laydi. Olimning ta’kidlashicha, “ruhiy orali
q
olami”ga tegishli bo‘lgan “lisoniy maydon” tushunchasi nafaqat alohida lisoniy
birliklarning mazmunini qamrab oladi, balki bu tilni tavsiflovchi dunyoqarashni
amalga oshirish usulidir. Shu o‘rinda “maydon”, birinchi navbatda, tilning konseptual
sohasiga
tegishli ekanligini ko‘rish mumkin.
Yu.N. Karaulov tomonidan “konseptual” va “semantik maydon” o‘rtasidagi
farq kuzatilgan. Konseptual maydon
–
bu konseptual tarkib maydoni bo‘lib, ma’lum
bir tilning madaniy predmet olami va inson tafakkuri mantig‘ini his
obga olgan holda
mantiqiy
–
semantik guruhlar (paradigmalar), tuzilmalari bilan belgilanadi; bu
predmet olami haqidagi bilim. Konseptual maydon haqiqatni bevosita aks ettiradi.
Semantik maydon
–
leksik va milliy jihatdan o‘ziga xos; bu –
til, so‘zlar va u
larning
ma’nolari haqidagi bilimdir . Assosiativ maydon –
bu lisoniy faoliyatdagi inson
tafakkur faoliyatining ontologik aksi. Ushbu uch turdagi maydonlar izomorfik bo‘lib,
lisoniy faoliyat va idrokda bir-
biri bilan o‘zaro munosabatga kirishadi.
Zamonaviy kognitiv tilshunoslikda konseptual maydon odatda integral va
differensial kognitiv xususiyatlarga ega bo‘lgan pog‘onali ravishda tartiblashgan
tushunchalar to‘plami sifatida talqin etiladi. Shu ma’noda konseptual maydonlar
murakkab tuzilishga ega bo‘lgan a
jralmas kognitiv makonlardir. I.A. Tarasovaning
so‘zlariga ko‘ra, konseptual maydonni konseptuallashuvning propozision, metonimik
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2025) / ISSN 2181-3701
78
va metaforik modellarini o‘z ichiga olgan murakkab turdagi kognitiv tuzilish sifatida
ko‘rib chiqish mumkin.
“Maydon” atamasi “mazmuni bilan birlashtirilgan va belgilangan
hodisalarning konseptual, obyektiv yoki funksional o‘xshashligini aks ettiruvchi
lisoniy birliklar to‘plami” deb yoki “umumiy (o‘zgarmas) xususiyatlarga ega lisoniy
elementlarning mavjudligi va guruhlanishi usu
li” sifatida ta’riflanadi.
Til tizimining maydon modeli periferik zonalari bilan bir-
biriga o‘tadigan va
ko‘p bosqichli xarakterga ega bo‘lgan doimiy maydonlar to‘plami sifatida ifodalanadi.
Tilning maydon tushunchasi uslubiy ahamiyatga ega. Ushbu sohada olib borilgan
ishlar [Адмони 1968; Гулыга, Шендельс 1969; Бондарко 1967; Кузнецова 1963;
Щur 2018], tilning maydon konsepsiyasining quyidagi asosiy xususiyatlarini
ko‘rsatadi:
1. Maydonni tashkil etuvchi elementlar semantik umumiylikka ega va tilda
bitta vazifani bajaradi.
2. Maydon bir hil va turlicha elementlarni birlashtiradi.
3. Maydon tarkibiy qismlardan hosil bo‘ladi.
4. Maydon vertikal va gorizontal shaklga ega.
5. Maydon tarkibi yadro va periferik tarkibiy qismlardan iborat.
6. Teng maydonlar qisman bir-
biriga ta’sir qilib, asta
-
sekin o‘tish zonalarini
hosil qiladi, bu til tizimining maydonni tashkil etish qonunidir.
Maydonlarni o‘rganishda bir nechta asosiy yondashuvlar mavjud:
universal-lingvistik, unda maydon har qanday tizimli lisoniy shakl bilan
tenglashtiriladi;
universal-fanlararo, til maydoni madaniyat yoki assosiativ maydonga mos
keladi;
maxsus-lingvistik, unda maydon tilning semantik va/yoki lisoniy
darajasining maxsus birligi sifatida tushuniladi.
Maydon yondashuvi konseptlarni har tomonlama tavsiflashga imkon beradi.
Ular bir-biri bilan turli xil munosabatlarga kirishadilar, maxsus tarzda tashkil etilgan
konseptual sohalarni shakllantiradilar, ular konseptual maydon ,
ko‘plik maydoni,
ko‘p qatlamli maydon yoki sintagmatik va paradigmatik maydonlar to‘plamini
anglatuvchi murakkab maydonlardir.
Lisoniy hodisalarni tavsiflashda maydon yondashuvi paradigmatik [Trier
1931; Coseriu 1966; Lounsbury 1956], sintaktik [Weisgerber 1954; Porzig 1957],
grammatik [Адмони 1968], grammatik
-
leksik [Гулыга, Шендельс 1969], funksional
-
semantik [Бондарко 1987: 32] maydonlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Yuqoridagi maydon turlarida qo‘shimcha ravishda semantik maydon yoki
leksik-semantik ma
ydon ajralib turadi, bu umumiy ma’no bilan birlashtirilgan va
belgilangan hodisalarning predmetli, tushunchaviy yoki funksional o‘xshashligini aks
ettiruvchi lisoniy birliklar to‘plami sifatida tushuniladi. Semantik maydon uning
tarkibiy so‘zlari o‘rtasida
semantik munosabatlarning mavjudligi, munosabatlarning
tizimli tabiati, leksik birliklarning o‘zaro bog‘liqligi, nisbiy avtonomiya, shuningdek
uning semantik makonini belgilashning uzluksizligi bilan tavsiflanadi .
Demak, konseptual maydon tuzilishini modellashtirish asosiy konsept va
boshqa tegishli konseptlar o‘rtasidagi muhim aloqalar va munosabatlarni aniqlashni
o‘z ichiga oladi. Strukturaviy aloqalar va konseptlar o‘rtasidagi munosabatlar odatda
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2025) / ISSN 2181-3701
79
“konseptual to‘plam” yoki “konseptlar kombinasiyasi” tus
hunchasi yordamida
tavsiflanadi.
Konsept amalga oshiradigan dasturning semantik jihatdan asosiy
parametrlarini belgilab beradi. Semantik dastur elementlari keyinchalik yana
yangilanib, konseptual tizimni boyituvchi yangi tafakkur konseptlarini shakllantirish
uchun asos bo‘la oladi .Shuni ta’kidlash lozimki, konseptosferaning muayyan
maydonini shakllantirish jarayonida alohida konseptlarning xususiyatlari muhimdir,
chunki aynan konsept mazmunida xalqlarning madaniy tajribasidagi farqlar namoyon
bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, konseptlar ular uchun begona bo‘lgan
konseptosferalar bilan ziddiyatga kirishishi mumkin. Bu, ko‘pincha, tegishli
konseptlarning qiymat komponentlari mos kelmaganligida namoyon bo‘ladi.
Konseptual maydon lisoniy birliklarda belgilangan mazmunli kategoriya
hisoblanadi. Uning tuzilishi bir nechta muhim xususiyatlar tufayli shakllanadi:
so‘zning tarixi va uning tildagi hayoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan so‘zning
rag‘batlantiruvchi xususiyatlari; u yoki bu moslik orqali amalga osh
iriladigan obrazli
xususiyatlar; u yoki bu tarzda semantik maydon hosil qiladigan tushunchaviy
xususiyatlar; xalqningning tafakkur xususiyatlarini yashirin yoki aniq aks ettiradigan
qiymat xususiyatlari. Shunday qilib, konseptual maydon tizimli ravishda tashkil
etilgan va alohida tuzilgan fragmentni ifodalaydi, deb ta’kidlash mumkin.
Konseptual maydon konseptning rivojlanishini va uning boshqa konseptlar
bilan aloqalarini aks ettiruvchi konseptual qatlamlar yoki segmentlar [Воронова,
Стернин 2000: 80] yoki
domenlardan [Fauconnier 2007: 352] iborat bo‘lishi mumkin.
Domen semantik birliklarni tavsiflash mumkin bo‘lgan konseptlarning aniq
belgilangan maydoni sifatida qaraladi . Domenlar kognitiv hodisalarning keng
doirasini tavsiflash uchun ishlatilishi mumkin: tafakkur hodisalari, ifoda makonlari,
konseptlar yoki konseptual majmualar [O‘sha manba: 147
-
153]. Ushbu ta’rifga V.
Kroft tomonidan qo‘shimcha, ya’ni asos vazifasini bajaradigan semantik tuzilma,
konseptni “qo‘llab
-
quvvatlaydigan” fon bilimlar kiritilad
i.
Agar biz konseptual maydonni
–
konseptni hamda uning yadro va periferik
konseptual xususiyatlarini ifodalovchi birliklar to‘plami sifatida tushunsak,
“konseptual maydon” atamasi bu holda konseptlarni faollashtiruvchi lisoniy vositalar
to‘plami sifatida tushuniladigan “nominativ maydon” atamasining sinonimi sifatida
qaralmaydimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Bizning tadqiqotimizda qabul qilingan konseptual maydonni tushunishning
semantik yondashuvi uni nominativ sohadan ajratishga imkon beradi, uning
doirasida, birinchi navbatda, nominasiya jarayoni va voqelik olami, subyekt va uning
belgilanishi uchun tanlangan til birligi bilan aloqani o‘rnatish o‘rganiladi. Boshqacha
qilib aytganda, nominativ maydonda lisoniy birliklarning nominativ vazifasi,
konseptual maydonda esa gnoseologik vazifa muhim hisoblanadi. Nominativ maydon
juda katta barqarorlikka ega, unga kiritilgan til birliklarining aksariyati ko‘p asrlik
an’ana bilan belgilanadi, konseptual maydon har xil ma’no turlarini amalga oshirishga
qaratilgan
va zamonaviy ona tilida so‘zlashuvchilar tafakkurini aks ettiruvchi ochiq
tizimdir.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, nominativ maydon til tabiiy rivojlanishining
natijasidir, konseptual maydon esa ilmiy tadqiqotlar, konseptuallashtiruv natijasi,
ya’ni ma’nolarni yaratish va o‘zgartirish jarayoni sifatida ishlaydi va shuning uchun u
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2025) / ISSN 2181-3701
80
doimiy ravishda u yoki bu tarzda yangilanadi [Соломоник 1995: 305],
konseptuallashtiruv deganda, “olamni ko‘rish, idrok etish va yaratish” xususiyatlari
nazarda tutiladi [Апресян 19
95: 350-351].
Agar konseptual maydonni konseptlar to‘plami sifatida ko‘rib chiqsak, unda
“konseptosfera” tushunchasidan qanday farq qiladi, degan savol tug‘iladi. I.A. Sternin
konseptosferani “konseptlardan uning birliklari sifatida tashkil topgan bilim sohasi”,
“halqlar konseptlarining tartiblangan to‘plami, tafakkurning axborot bazasi" sifatida
belgilaydi.
Eng muhimi shundaki, “konseptual maydon” tushunchasining kiritilishi
konseptlarning bog‘lanishlarini qat’iy lisoniy jihatdan ko‘rib chiqish, ularning
n
olisoniy ifodalari o‘rtasidagi munosabatlar orqali ular orasidagi assosiativ aloqalarni
tahlil qilish imkoniyatini beradi, konseptosfera tushunchasi esa konseptning ijtimoiy
va sosiomadaniy tabiatiga ishora qiladi, shuningdek noverbal vositalarni o‘z ichig
a
oladi.
Olimlarning fikricha, konseptual maydon lisoniy tafakkurni, konseptosfera
–
kognitiv tafakkurni aks ettiradi. Bizning tadqiqotimiz doirasida konseptual maydon
konseptlar to‘plami sifatida qaralmaydi, balki kalit so‘z bilan ifodalangan ma’lum bir
konseptning barcha semantik boyligini tavsiflashga imkon beruvchi model sifatida
qaraladi.
Konseptual
maydon
tarkibiga
quyidagi
mikromaydonlar
kiradi:
tushunchaviy, paradigmatik, sintagmatik, metaforik, assosiativ-verbal. Shu bilan
birga, har bir mikromaydo
n kalit so‘zning semantik xususiyatlarini hamda yadro va
periferiyani aniqlash asosida shakllanadi va “til birliklarining semantik tahlili lisoniy
tafakkur konseptning mazmun-semantik yadrosini aniqlashga imkon beradi.
Konsept mazmunini maydon tuzilishi shaklida aks ettirish badiiy asarlarda
maydon sifatida ifodalangan konseptosferani modellashtirish uchun imkoniyat
yaratadi, bu konseptning nutqiy ifodasida badiiy matnning ahamiyatini aniqlashga
imkon beradi. Olamning badiiy manzarasi murakkab tarkibli, ko‘
p jihatlardan iborat
bo‘lib, ba’zida lisoniy ifoda bilan tafovutga ega bo‘ladi. Yozuvchining olam manzarasi
tasviri xususiyatlari uning asosini qanday majoziy-mantiqiy mental majmualar tashkil
etishi va ularning ma’lum badiiy matnlarda qanday ifodalanishi
bilan bevosita
bog‘liqdir. Shuning uchun, tabiiyki, badiiy konseptning to‘liq va aniq tasnifini yaratish,
faqat ko‘plab badiiy asarlarini ko‘rib chiqish asosida amalga oshirilishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Bode, K. (2018). A world of fiction: Literary preservation and national
identity. University of Toronto Press.
2.
Egan, S. (2019). Literary heritage and historical consciousness in
contemporary fiction. Routledge.
3.
Frye, N. (2020). Cultural memory and the uses of literature. University of
Toronto Press.
4.
Greenwood, D. J. (2017). Language preservation and identity: Studies in
historical linguistics. Palgrave Macmillan.
5.
Herman, D. (2021). Narrative ways of worldmaking: Language, memory, and
imagination. De Gruyter.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2025) / ISSN 2181-3701
81
6.
Rubio, M., & Waterston, E. (Eds.). (2016). The annotated Anne of Green Gables.
Oxford University Press.
7.
Smith, J. A. (2022). Reviving the old words: The role of archaisms in English
literary traditions. Cambridge Scholars Publishing.
8.
Trask, R. L. (2019). Historical linguistics (2nd ed.). Routledge.
9.
Yates, D. (2017). Language, culture, and memory: Revisiting the classics.
Palgrave Pivot.
10.
Zhao, M. (2018). Language change and cultural continuity: A sociolinguistic
approach. Springer.
