Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Semantic analysis of loanwords from German in the
education system found in official and administrative
documents
Fotima ERGASHEVA
1
Termez State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2025
Received in revised form
10
March 2025
Accepted 25 March 2025
Available online
25 April 2025
This article will focus on lexemes related to the education
system, translated from German into Uzbek, their etymology,
semantic edges in Russian, German and Uzbek, as well as their
original meaning in the native Word, the scope of application in
official departmental documents in Uzbek.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss4
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
mastering,
education,
German,
Russian,
Uzbek,
official departmental style,
law,
decree,
resolution.
Nemis tilidan ta’lim tizimiga kirgan o’zlashma so‘zlarning
rasmiy-idoraviy hujjatlarda uchraydigan semantik tahlili
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
o‘zlashma,
ta’lim,
nemis tili,
rus tili,
o‘zbek tili,
rasmiy-idoraviy uslub,
qonun,
farmon,
farmoyish.
Mazkur maqolada nemis tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan ta’lim
tizimiga oid leksemalar, ularning etimologiyasi, rus, nemis va o‘zbek
tillaridagi semantik qirralari, hamda uning tub so‘zdagi asl ma’nosi,
o‘zbek tilidagi rasmiy-idoraviy hujjatlarda qo‘llanilish doirasi
haqida so‘z boradi.
1
PhD student, Termez State University
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701
205
Семантический анализ заимствованных из немецкого
языка слов, встречающихся в официально-деловых
документах системы образования
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
освоение,
образование,
немецкий,
русский,
узбекский,
официально-
ведомственный стиль,
закон,
указ,
постановление.
В данной статье речь пойдет о лексемах, относящихся к
системе образования, освоенной с немецкого на узбекский
язык, их этимологии, семантических краях в русском,
немецком и узбекском языках, а также об их
первоначальном значении в исконном Слове, о сфере
применения в официальных ведомственных документах на
узбекском языке.
KIRISH
Tilshunoslikda bir tildan ikkinchi tilga biror bir leksemaning kirib kelishiga asosiy
omillardan biri ta’lim sohasidir. Ta’lim sohasidagi chet el adabiyotlari, tajriba
almashinuvlari, biror bir davlatga ta’lim sohasidagi tashriflar, hamkorliklar natijasida
o‘zlashmalar avval og’zaki nutqda, keyinchalik esa yozma nutqda sekin asta ta’lim
leksikasida joy ola boshlaydi. Bizning ushbu maqolada maqsadimiz ta’limga oid nemis
tilidan kirib kelgan terminlarni tahlil etishdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar
Mahkamasi, Vazirliklarning qonunosti hujjatlarida shunday terminlarni ishlatilishini
guvohi bo‘lamiz. O‘zbek tilida keng qo‘llaniladigan faol nemis tili orqali o‘zbek tili
leksemasiga kirib kelgan o‘zlashmalardan biri
fakultet
leksemasidir. Fakultet O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.12.2024 yildagi 836-son “Oliy va kasbiy ta’lim
tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ham qo‘llangan “... Attestatsiya o‘quv jarayoni jadvalida
ko‘rsatilgan muddatlarda, fakultet dekani yoki o‘quv-uslubiy ishlarga mas’ul tarkibiy
bo‘linma (bo‘lim, boshqarma) tomonidan tayyorlangan hamda oliy ta’lim tashkiloti o‘quv
ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlangan attestatsiya jadvali asosida
o‘tkaziladi.”[1]
F. Klugening etimologik lug’atida
fakultet
- lotincha
facultas
so‘zidan kelib chiqqan
bo‘lib, bu esa o‘z navbatida
fakli-tat-s
shaklidan olingan. Bu so‘z, qadimgi lotincha
facul
,
ya’ni
fakli
, (biror ishni bajarish imkoniyati) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, bu esa lotincha
facilis
(oson) so‘ziga taalluqli. So‘z dastlab
quvvat, kuch
ma’nosini bildirgan, so‘ng yunon
tilidagi δύναμις (dýnamis) so‘ziga tarjima qilingan bo‘lib, Aristotel bu so‘zni ma’lum bir
bilim sohasi bo‘yicha mahorat ma’nosida ishlatgan. Shu tariqa bu so‘z “bilim sohasi,
tadqiqot sohasi” degan ma’noga ega bo‘lgan.
Universitetlar tashkil topgan paytda
fakultet
biror fan sohasining barcha
o‘qituvchilari va tinglovchilarining umumiy atamasi bo‘lgan. Dastlab o‘qituvchilar
jamlanmasi
collegium facultatis
deb atalgan. Keyinchalik bu atama asosiy fan sohasiga oid
barcha o‘qituvchilar degan ma’noda qo‘llanila boshlagan. Masalan, 1508 yildagi “Codex
diplomaticus Saxoniae regiae” nomli hujjatda quyidagicha keltirilgan: «Ordinarius va
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701
206
boshqa doktorlar Leypzig universitetida huquqshunoslik fakultetida» -degan ma’lumot
keltirilgan [6].
Nemis tilining Duden universal lug’atida ushbu leksemaning bir nechta ma’nolari
berilgan
fakultet
– Fakultät lotinchadan
facultas
(bilim va tadqiqot sohasi) so‘zidan
olingan, hamda uning nemis tilida quyidagi semantic qirralari mavjud: 1. Oliy ta’lim
sohasida a. O‘zaro bog‘liq fanlar yoki ilmiy yo‘nalishlardan iborat, universitet yoki oliy
o‘quv yurtining ta’lim va boshqaruv bo‘linmasi: b) Fakultetga tegishli bo‘lgan barcha
o‘qituvchilar va talabalarning yig‘indisi. c) Fakultet joylashgan bino yoki xonalar
majmuasi. 2. Boshqa din, e’tiqodni targ’ib qilish. 3. Matematikada tabiiy sonlar ketma-
ketligi asosida tuzilgan ko‘paytma kabi ma’nolari izohlangan.[7]
Duden nemis tilidagi xorijiy so‘zlar lug’atida
fakultet
quyidagicha izohlangan 1.
O‘zaro bog‘liq fanlar yoki ilmiy yo‘nalishlardan iborat, universitet yoki oliy o‘quv
yurtining ta’lim va boshqaruv bo‘linmasi: b) Fakultetga tegishli bo‘lgan barcha
o‘qituvchilar va talabalarning yig‘indisi. Fakultas so‘ziga bog’liq bo‘lsa a. (katolik cherkov
huquqida) yuqori cherkov lavozimidagi shaxsning quyi lavozimdagiga o‘tkazadigan
huquqlari. b. Matematikada mahsulot (ya’ni ko‘paytma), uning ko‘paytuvchilari bir dan
boshlangan natural sonlar ketma-ketligining bo‘linmalari orqali hosil qilinadi.[10]
M. Fasmer rus tilining etimologik lug’atida fakultet so‘zini rus tiliga kirib kelishini
quyidagicha tavsiflaydi
fakultet
- XVI asrda nemis tili orqali lotin tilidan kirib kelgan
o‘zlashma bo‘lib, harfma - harf tarjima qilinganda kuch degan ma’noni bildirsa, yunon
tilidagi δύναμις kalkalashgan deb qaralganda bu so‘z bilim sohasi degan ma’no kasb
etishi to‘g’risida ma’lumot keltirgan.[9]
O‘zbek tilining izohli lug’atining 1981-yilgi nashrida
fakutet
- o‘zbek tiliga rus tili
orqali lotin tilidan kirib kelgan, va izohi oliy o‘quv yurtining ma’lum ixtisosligiga doir
fanlar o‘qitiladigan bo‘limi degan ma’lumot keltirilgan.[4]
O‘zbek tilining izohli lug’atining 2006, 2023-yillardagi nashrida
fakultet
– nemis
tilidagi
Fakultät
so‘zidan o ‘zbek tiliga, lotin tilidagi
facultatis
leksemasidan nemis tiliga
ko ‘chgan o‘zlashma va uning lotin tilidagi ma’nosi qobiliyat, imkoniyat, o‘zbek tilida esa
Oliy o‘quv yurtining ma‘lum ixtisoslik bo‘yicha tegishli fanlar o‘qitiladigan bo‘limi – izohi
berilgan.[3,5] Demak fakultet o‘zbek tiliga nemis tili orqali lotin tilidan o‘zbek tiliga
o‘zlashgan leksema bo‘lib, uning dastlabki lotin tilidagi ma’nosi (imkoniyat, qobiliyat) o‘z
kuchini yo‘qotib o‘zbek tiliga, oliy o‘quv yurtidagi bo‘lim, hamda biror bir ilmiy soha yoki
yo‘nalish ma’nolari doirasida ishlatiladi, hamda ona tilimizda fakultet so‘zini muqobil
varianti mavjud emas. Biz misol keltirgan Vazirlar Mahkamasi qarorida fakultet
o‘zlashmasi Oliy o‘quv yurtining bo‘limi semantikasi qo‘llangan. Fonetik va grafik
jihatdan o‘rganadigan bo‘lsak, nemis tilida “ä” umlauti “e” unlisi tarzida talaffuz qilinadi,
lekin grafikada “
ä
” umlauti yoziladi. O‘zbek va rus tillarida
fakultet
qanday aytilsa, xuddi
shunday yoziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-
son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi qarorida nemis tili orqali o‘zbek tiliga
o‘zlashgan o‘zlashma doktorant o‘zlashmasini uchratamiz.[2] “...
doktorant
— ilmiy
tashkilot yoki ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga
belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;”.
Doktorant
- nemis tilida dastlab doktor so‘zi
negizida shakllngan bo’lib, F. Klugening etimologik lug’atida doktor - nemis tilida mujskiy
rodga tegishli bo‘lib akademik daraja, unvonnni anglatadi. Etimologiyasiga ko`ra lotin
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701
207
tilidan nemis tiliga o ‘zlashgan, «Doktor» so‘zi lotin tilidagi
doctor
so‘zidan olingan bo‘lib,
«o‘qituvchi» ma'nosini anglatadi va
docere
«o‘rgatmoq» fe'lidan kelib chiqqan.
Shuningdek, Luther 1520-yilda «Universitetlarning doktorlari» haqida so‘zlab,
ularni «o‘qituvchi» deb atagan. Doktor so'zi ilgari «o'qituvchi» sifatida ishlatilgan,
masalan, 1629-yilda Weimar shahrining gazetasidagi nashrlarning birida nashrida «,dem
wil ich von hertzen gerne zu full sitzen und jn lassen meinen
Doctor
sein».» deb yozilgan.
Bu so‘zning ma‘nosi asta-sekin rivojlanib, uni akademik ta’lim sohasidagi o‘qituvchining
unvoni sifatida ishlatish boshlandi, unga o‘quv fani ham qo'shilgan: Dr. med. dastlab
«tibbiyot fanlari o‘qituvchisi» ma'nosini anglatgan.
Keyinchalik, «doktor» akademik unvon sifatida keng tarqalib, bu unvon faqat
o‘qituvchilarga emas, balki o‘qituvchilik bilan shug’ullanmaganlarga ham berila
boshlandi. 1500 – yildan boshlab, ko ‘cha tilida meditsina xodimlarini ham doktor deb
atash boshlandi, bunga sabab 15-asrning ikkinchi yarmida «Doktor» shuningdek
shifokor kasbi sifatida ham ishlatiladi. Bu rivojlanish shundan kelib chiqadiki, meditsina
doktori sifatida ta’lim olgan shaxslar ko‘pincha universitetdagi o‘quv jarayonidan
tashqariga chiqib, o‘z kasbiy faoliyatini boshlaydilar. Ba'zan «Doktor» faqat ilmiy ta'limga
ega bo'lgan shifokorni anglatadi, bu esa bilimdan yomon foydalanadigan va soxta
shifokorlardan farq qiladi.
Hozirgi kundagi til va kundalik nutqda esa «Doktor» so‘zi ko‘pincha «Shifokor»
ma’nosida ishlatiladi. «Doktorant» — akademik darajani olish uchun ishlayotgan shaxs;
eng qadimgi XVI-asr misollarda «Doctorant» (lotincha hozirgi zamon fe'liga mos keladi)
va «Doctorant» (lotincha «doctorandus» — «doktorlik darajasini olish uchun nomzod»)
shakllari mavjud, bu «doctorare» (doktorlik darajasini berish yoki olish) lotincha fe'lidan
kelib chiqqan.
Ommaviy tilda esa bu shaklning passiv ma'nosi yo'qolgan va u faqat faol ma'noda
doktorant
ishlatilmoqda.[6] Nemis tilining Duden universal lug’at kitobida esa
doktorand
–
nemis tiliga o ‘rta asr lotin tilidan olingan bo ‘lib, ilmiy dissertatsiya ishini yozayotgan
shaxs – deb izohlangan.
Nemis tilining xorijiy so‘zlar lug’atida
doktorand
– Dissertatsiya ishi bilan doktorlik
unvonini olish uchu himoyaga chiqayotgan kishi ma’nosida izohlangan.[7] M.
Vasmerning rustilining etimologik lug’atida doktorant so‘zining etimologik tarixi mavjud
emas.
L.P. Krisinning lug’atida
doktorant
– doktor so ‘ziga -ant suffeksini qo‘shish orqali
yasalgan leksema bo‘lib, doktorlik unvonini olish uchun ilmiy yozayotgan ilmiy
muassasaga biriktirilgan shaxs.[8] O’zbek tilining izohli lug’atining 2006,2023-tilgi
nashrlarida
doktorant – n
emis tilidagi “Doktorant” so‘zidan olingan bo‘lib, - doktorlik
ilmiy darajasini olishga tayyorlanayotgan, bu so‘z esa nemis tiliga lotin tilidan kirib
kelgan bo‘lib,
doctorantis
- ta'lim olayotgan leksemasidan shakllangan, va doktorlik
dissertatsiyasini yozish uchun biror ilmiy muassasaga biriktirib qo'yilgan fan nomzodi.
Ikkinchi ma’nosi ilmiy tadqiqot institutlari va oliy o'quv yurtlari huzuridagi uch yillik oliy
malakali ilmiy xodimlar tayyorlash tizimida o'qiyotgan tadqiqotchi.[3,5]
O‘zbek tilining izohli lug’atining 1981-yilgi nashrida
doktorant
– rus tilidan o‘zbek
tiliga kirib kelgan o’zlashma sifatida qayd etilgan va doktorlik dissertatsiyasini yozish
uchun ilmiy muassasaga bog‘lab, biriktirib qo‘yilgan va shu yo‘l bilan doktorlik ilmiy
darajasini olish uchun tayyorlanayotgan olim -izohi berilgan.[4]
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701
208
Demak doktorant- o‘zbek tiliga nemis tilidan kirib kelgan o‘zlashma bo‘lib, o‘zbek
tilining dastlabki lug’atida rus tilidan kirgan o‘zlashma deb kiritilgan, hamda nemis tili,
rus tili, o‘zbek tilida bir xil ma’no fan doktori ilmiy darajasini olish uchun doktoranturada
tahsil olayotgan, yoki mustaqil ravishda doktorlik ilmiy darajasi uchun ilmiy ish
dissertatsiyasini yozayotgan shaxs ma’nosida keladi. O‘zbekistonda doktorantura ikki
bosqichdan iborat bo‘lganligi uchun doktorant tushunchasi ikki xildir: tayanch doktorant
(PhD, fan nomzodi), doktorant(DSc,fan doktori). O‘zbek tilida doktorant yoki tayanch
doktorant so‘zlarining senonim so‘zi ilmiy tadqiqotchi lekemasidir.
O‘zbek tilining fonetikasi va grafikasida nemis tilidan o‘zbek tiliga bu so ‘z
o‘zlashganda “d” til oldi, jarangli undosh tovushi, “t” til oldi, jarangsiz undosh tovushiga
almashgan. Lekin og’zaki nutqda “doktorant” emas “daktarant” tarzida talaffuz qilinadi,
imlo qoidasiga asosan “doktorant” yoziladi.
Doktorant so‘ziga rus tilida “-ura” faoliyat va jarayonni ifodalovchi ot yasovchi
qo‘shimcha qo‘shilib, doktorantura – ilmiy-tadqiqot institutlari, hamda oliy o’quv yurtlari
huzuridagi 3 yillik oliy malakali ilmiy xodimlar- fan doktorlari tayyorlash shakli degan
izoh keltirilgan va bu so‘z o‘zbek tiliga rus tilidan o‘zlashgan. Doktorant so‘zini o‘zbek
tilida, ilmiy izlanuvchi, tadqiqotchi kabi maqbul variantlarini uchratishimiz mumkin.
O‘rganishlarimiz natijasida shunday xulosaga keldikki, biz tahlil qilgan ikkala
leksema ham asrlar natijasida bir tildab-ikkinchi tilga o ‘tganda o ‘zining asl semantik
qiymatini yo ‘qotib, matnlarda boshqa ma’noda qo ‘llanila boshlagan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.12.2024 yildagi 836-
son “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-
son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Qarori.
3.
E.Begmatov, A. Hojyev, A. Madvaliyev, N. Mahmudov “O‘zbek tilining izohli
lug'ati”. G’ G’ulom. – Toshkent, 2023.
4.
Akobirov S.F., Aliqulov T.A., Ibrohimov S.I. “O‘zbek tilining izohli lug'ati”. –
Moskva: Rus tili nashriyoti, 1981.
5.
Begmatov E., Hojyev A., Madvaliyev A., Mahmudov N. “O‘zbek tilining izohli
lug'ati”. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” nashriyoti. –Toshkent, 2006.
6.
Kluge F. “Etymologisches Wörterbuch der Deutschen Sprache.“ J.Guttentag.
nashriyoti. Berlin 1967
7.
Duden. “Unversales Deutsches Wörterbuch.“ Duden Verlag. Berlin. 2019.
8.
Крысин Л.П. “Толковый словарь иноязычныx слов”. – Moskva, Эксмо.
2006.
9.
Vasmer M. Russisches Etymologisches Wörterbuch. Carl Winter
Universitatsverlag. Heidelberg. 1953
10.
Duden Das Fremdwörterbuch. Dudenverlag. Mannheim, Zürich. 2010
11.
Khudaykulov, A. E., & Isoqova, F. S. (2024). FUNCTIONING OF BORROWED
WORDS OF ENGLISH ORIGIN IN UZBEK POLITICAL TEXTS. Mental Enlightenment
Scientific-Methodological Journal, 5(08), 113-125.
12.
Bakhrom, E. F. (2022). Methods for developing reading competence in
German.
