Авторы

  • Сайёра Халимова
    Кандидат филологических наук, доцент, Университет журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.96364

Ключевые слова:

национальный язык орфография царизм народное образование язык пресса журнал

Аннотация

В статье рассматривается полемика между видным представителем джадидистского просветительского движения Махмудходжой Бехбуди и татарским публицистом Рауфом Музаффарзадой, посвящённая вопросам национального языка и орфографии. Оба мыслителя рассматривали язык печати как язык нации и всеобщего образования, отстаивая идею чистоты и самобытности узбекского литературного языка в условиях усиленного давления царской власти. Особое внимание уделяется взглядам М. Бехбуди, чьи идеи сыграли значительную роль в становлении языка и стиля периодических изданий начала XX века.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Mahmudkhoja Behbudiy's debate with Rauf Muzaffarzoda
concerning language

Sayyora KHALIMOVA

1


Journalism and Mass Communications University of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025

Received in revised form

15

January 2025

Accepted 25

February 2025

Available online

15

March 2025

This scientific article analyzes the debate between

Mahmudkhoja Behbudiy, a prominent representative of the
Jadid enlightenment movement, and the Tatar publicist

Rauf Muzaffarzoda regarding the national language and spelling.

They considered the language of the press as the language of the

nation and its general classroom, fighting for the purity of the
Uzbek literary language even during the difficult times when

tsarist oppressive policies were at their peak. In particular,

M. Behbudiy's valuable thoughts on the national language gave a

great impetus to the formation of the language and style of
publications of that time.

2181-3663/© 2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1-pp135-140

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

national language,

orthography,

public education,

language,

press,

journal.

Mahmudxo‘ja Bеhbudiyning Rauf Muzaffarzoda bilan til
xususidagi bahsi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

milliy til,

imlo,

chorizm,

umumdarsxona,

lison,

matbuot,

majalla,

jarida.

Mazkur ilmiy maqolada jadid ma’rifatparvarlik harakatining

yirik namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiy va tatar publitsisti

Rauf Muzaffarzoda o‘rtasidagi milliy til va imlo xususidagi bahsi

tahlil etilgan.Ular matbuot tilini millatning tili, umumdarsxonasi

deya, chor mustabidlik siyosati avj olgan og‘ir damlarda ham
o‘zbek adabiy tilining sofligi uchun kurashganlar. Ayniqsa,

M. Behbudiyning milliy tili xususidagi qimmatli fikrlari o‘sha

davr nashrlarini til va uslubini shakllanishiga katta turtki bergan.

1

Candidate of Philological Sciences, Associate Professor, Journalism and Mass Communications University of

Uzbekistan. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: sayyorahalimova1971@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

136

Спор Махмудходжи Бехбуди с Рауфом Музаффарзада о

языке

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

национальный язык,
орфография,

царизм,

народное образование,
язык,

пресса,

журнал.

В статье рассматривается полемика между видным

представителем

джадидистского

просветительского

движения

Махмудходжой

Бехбуди

и

татарским

публицистом

Рауфом

Музаффарзадой,

посвящённая

вопросам национального языка и орфографии. Оба

мыслителя рассматривали язык печати как язык нации и

всеобщего образования, отстаивая идею чистоты и
самобытности узбекского литературного языка в условиях
усиленного давления царской власти. Особое внимание

уделяется взглядам М. Бехбуди, чьи идеи сыграли

значительную роль в становлении языка и стиля

периодических изданий начала XX века.


KIRISH

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, XX asr boshlari, xususan, 1913–1914-yillar

Turkistonda chor mustabidlik zulmining kuchayishi, ayni paytda milliy ziyolilarning
mafkuraviy va ijtimoiy-siyosiy faoliyatlarida jipslashish jarayoni ko‘zga tashlanadi.
Shu bilan birga, XX asrning birinchi o‘n yilligida Turkistonning ijtimoiy hayotida bir qator
o‘zgarishlar yuzaga keldi: savdo va sanoat rivojlana boshladi. Temur yo‘l, pochta-telegraf
tashkil topdi, matbuot nashriyot ishlari, teatr va boshqa muassasalar taraqqiy topdi.
Bu jarayon, tabiiyki, o‘zbek adabiy tilining yangi so‘z va iboralar bilan boyishiga olib keldi.
Shu bilan birga ruscha, tatarcha, turkcha, ozarbayjoncha unsurlar mahalliy matbuot tiliga
kirib bordi.

MAVZUGA OID ADABIYATLARNING TAHLILI

Jumladan, 1914–1915-yillarda Toshkentda chop etilgan “Sadoi Turkiston” gazetasi

ham shu jarayondan chetda qolmadi. Gazetaning butun faoliyati davomida 80 dan ortiq
ruscha so‘zlar ishlatilgan. Jumladan: polisiya, ko‘piya, zagranitsa, zakun, ukaz,
sovushchaniya, siezd, nolug, otsinka, chilen, afitser, uchitel, bankurut, novometodniy,
narodniy, kuvartir va hakazo ruscha so‘zlarni ishlatilganini ko‘rish mumkin. Ma’lumki,
o‘sha paytlarda “Tarjimon”, “Vaqt” kabi gazetalar Turkistonda ham keng tarqalgan edi.
“Sadoi Turkiston”ning har bir sahifasida ushbu gazetalardan olingan xabar va yangiliklar
berib berib borilgan. Chunonchi, “Bolqon yana qon istayur” (18-son), “Bolgariyaning
ishonduruvi” (29-son), “Maktab tamom etuv” (20-son), “Qoratog‘dan muhojirlar keluv”
(19-son) va hokazo. Shu bilan birga, Turkistonda matbuot, teatr tashkil qilishda, yangi usul
maktablari ochishda tatarlarning bevosita ishtiroki o‘sha davr adabiy tiliga ham kuchli
ta’sir qilgan. “Sadoi Turkiston” gazetasining eng faol muharrirlaridan biri Rauf
Muzaffarzoda – tatar millatiga mansub bo‘lgan. Uning maqolalarida o‘z ona tilining
unsurlari ko‘p uchraydi. Hatto gazetada bosilgan maqolalarning sarlavhalar uslubida ham
buni aniq ko‘rish mumkin. “Hozirgi madrasalarimizda o‘quv”(20-son), “Bizda o‘quv va
o‘qituv” (8-son), “Yubileyg‘a hozirlanuv” (13-son), “Milliy tashbishlar” (7-son),
“To‘y masalasina” (6-son), “Gosudarstvenniy dumada mol so‘yuv masalasi” (1-son) va
boshqalar. Rauf Muzaffarzodaning “Turkistonda tijorat va ziroat” maqolasidagi:
“Chet mamlakatlaridan meva olishqa ehtiyoj qolmayajaq va miliyunlarcha pullar o‘z


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

137

qissamizga kirajakdur” jumlalari o‘sha davr tili va uslubini yaqqol ko‘rsatadi. Ammo
Rauf Muzaffarzoda publisistik faoliyati davomida milliy til masalasiga oid ko‘plab
maqolalar yozgan. U “Sadoi Turkiston” tahririyatiga ishga kelgan paytda endigina
25 bahorni qarshilagan navqiron yigit edi. Dastlab u tahririyat kotibi vazifasida xizmat
qiladi. A. Muzaffarov tahririyat kotibi zimmasidagi mashaqqatli yumushlar bilan o‘ralashib
qolmay, sermahsul ijodiy faoliyat bilan ham shug‘ullangan. “Sadoi Turkiston” sahifalarida
uning qalamiga mansub 40 dan ortiq maqola mavjud. Gazetaning qariyb har bir sonida
“Rauf Muzaffarzoda”, “A. Muzaffarov” imzolari bilan maqolalari chop etilgan. Ular
muallifning o‘tkir zehnli, bilimdon, muammolarni teran fahmlovchi, e’tiqodi kuchli
publisist bo‘lganligidan dalolat beradi. Ayniqsa, uning “Til va din” maqolasi inson
kamolotida birinchi ruhiy ozuqa til orqali qalbga jo bo‘lishi haqida bahs yuritadi. “Demakki,
– deydi muallif – har narsa kibi din ham insonning ruhiga o‘z tili, o‘z adabiyoti ila ko‘broq
ta’sir qiladi. Bu kundan e’tiboran til masalasiga ahamiyat bera boshlamak va bu xususda
muhim maqola va risolalar nashr etmak ahli qalam vazifasidur” [1]. Muallif ziyolilarni
milliy til sofligini saqlab qolishda namuna bo‘lishga, tilga oid darsliklar yozishga chorlaydi:
“Ilmiy va fan kitoblari yozmak matbuot, adabiyotni vujudga chiqarmak uchun eng birinchi
qurol ona tilidur” [2].

Ma’lumki, o‘sha paytlarda madrasalarda forscha, arabcha kitoblar ko‘proq

o‘qitilardi. Boisi bunday bilim dargohlarida asosan din ilmidan saboq berilgan. Shuning
uchun ham bu kitoblarga ehtiyoj katta bo‘lgan. Arab va fors tillarini bilish fazilat
hisoblanardi. Shu tariqa turkiy tilga e’tibor zarur darajasida emas edi. Ko‘pgina turkiy
so‘zlar o‘rniga ajnabiy so‘zlar qo‘llanilardi. Shu bois, “So‘zlaganda, yozganda ajnabiy
so‘zlarni aralashtirish – bu jaholatdur” – deb yozadi R. Muzaffarzoda [3]. U xalq ruhiyatini
uyg‘otib olish uchun yozilayotgan asarlar, chop etilayotgan matbuot nashrlari sodda va
tushunarli bo‘lishi lozim degan talabni qo‘ydi. Bu katta bahsga aylanib, “Oyina” jurnalida
Mahmudxo‘ja Behbudiy Rauf Muzaffarzoda qarashlarini chuqur tahlil etadi [4]. Jumladan,
M.Behbudiy shunday yozadi: “Sadoi Turkiston” rafiqimizda til masalasinda maqolalar
yozilmoqdadur. Ba’zi afandilar mehmonni “qo‘noq” deyilsun deb taklif etarlar. Holbuki
qo‘noq deganda, bir turk fahmlaydur. Mehmon deganda, turk fahmlagani ustida, yana bir
forsiy musulmon qarindoshimizda anglaydur. “Tilimizdan forsiy va arabiyni quvayluk”,
bu ko‘p yengil orzu, ammo ijrosi mumkin emas orzulardandur. Masalan, muning tarafdori
bo‘lgan mo‘’tabar “Sadoi Turkiston”ni “Turk eli dovushi” lozim bo‘lur. Turkistonni
“Turk eli” yoxud “Turk yeri” yozmoq kerak bo‘lur”. Ulug‘ ma’rifatparvar Rauf
Muzaffarzodaning arabiy va forsiy so‘zlarni ajnabiy deb ta’rif berishiga norozilik bildiradi.
“Muhtaram A. Muzaffar afandi 63-raqam “Sadoi Turkiston”da handasadagi arabiy istiloh
va ismlarg‘a turkiy muqobillar ko‘rsaturlar. Anga qaraganda, handasani o‘ziga “andoza”
forsiyning muarrabi va yoinki buzulg‘onidur. Anga ham turkcha va barcha ulum va funun
va Qur’ong‘a ham turkcha ism qo‘ymoq lozim kelur. Holbuki, ba’zi bir nimarsani ismi,
lug‘atan musammasining ma’nosig‘a dalolat qilmay, ammo istilohan, ta’liman va tarixan va
yoinki zamonan anga ism va alam bo‘lub qolgandur. Chunonchi “vohid qiyosi” ma’noyi
fanniysini “solishtirish o‘lchovi” ado etmaydur. Bo‘lsa-bo‘lmasa, bu bir istiloh bo‘lub,
“solishtirish o‘lchovi”, ya’ni vohid qiyosi deyilmaguncha fahmlanilmas. Avom uchun bu
so‘zlar yozilaturgon bo‘lsa, ul ikkisini-da fahmlamaydur. Agarda maktab talabalari uchun
bo‘lsa, Turkistonda yo‘q turkiy handasa kitobimizdan muqaddam bir-da loyatinoho yangi
istilohi turkiya lug‘ati chiqormoq lozim kelur” [5].


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

138

Mahmudxo‘ja Behbudiy matbuot tilidan forsiy, arabiy so‘zlarni olib tashlash yoki

ularni tarjimalarini ommaga havola etishni foydasiz bir harakat deb baholaydi.
Ikkinchidan “Sadoi Turkiston” gazetasi tilida tatar tili va uslubi ko‘p qo‘llanayotganligini
tanqid qiladi. “Sadoi Turqiston”ning 64-raqamindagi “Til masalasi”da “Kurrai arzda
yashamakda bo‘lgan har millatni o‘ziga maxsus bir lisoni milliysi vordur” jumlalarni bir oz
turkcha yozmoq kerakligig‘a mashvarat bermoq lozim. Ammo butun fanniy va ilmiy va
diniy istiloh va iboratlarg‘a muqobil turkchadan ism ta’yin qilmoq fikrig‘a cho‘mmoq
o‘zni charchatib va matbuotnn zoe’ qilmoqdan boshqa nimarsa emasdur” [6].
R. Muzaffarzodaning ona tili muammolari yuzasidan chiqishlaridan keyin Turkistonning
ko‘pgina shaharlaridan tahririyatga ushbu masalaga munosabat bildirilgan maktublar
ham kelgan. Jumladan, Muharram "Namangoniy" qalamiga mansub “Til masalasi” [ 7]
sarlavhali maktubida “lison masalasi hayot va mamot masalasi” deya ta’riflanadi. Maktub
muallifining fikricha, turkiy qavmlar tushunadigan o‘rta (umumiy) bir tilning bo‘lishi
foydalidir. Shundagina ular bir-birlarining matbuoti va adabiyotidan bemalol bahramand
bo‘ladi”. Bu kabi bahslar o‘sha davr milliy nashrlarida keng avj olgan. Ammo
M. Behbudiyning ushbu xulosasi, milliy til xususida to‘g‘ri yo‘lni belgilab bergan edi.
“Xulosa fikrimiz shuki, yalg‘uz turkcha so‘ylamak va yozmoq abadan mumkin yo‘q. Baqadri
imkon arabiy va forsiyni oz yozayluq. Barcha ilmu fan istiloh va lug‘atlarig‘a turkchadan
muqobil oxtarib vaqtni zoe etmayluk. Taraqqiy etgan turkiy shevadagi ilmiy va fanniy
kitoblarni anglamoqg‘a sa’y va g‘ayrat etayluk. Kelar zamon uchun hozirlanayluk” [8] .
“Sadoi Turkiston” gazetasi va “Oyina” jurnali doimiy hamkor va hammaslak bo‘lgan.
Jumladan: “Oyina” jurnalining reklamasi gazetaning bir necha sonlarida muntazam berib
borilgan. 50-sonida chop etilgan reklamada shunday satrlar bor: “Turkiy va forsiy, o‘rta
shevada, ba’zan ruscha, har ishdan bohis musavvar haftalik majallai islomiyadur. Hozirda
Turkistonda birdan – bir majalla bo‘lg‘onligi uchun bunga mushtariy bo‘lmak o‘qishga
iqtidori bo‘lg‘on har kimga milliy bir qarzdur” [9]. Bu kabi hamkorlik, shu bilan birga milliy
nashrlar orasidagi sog‘lom bahs-munozaralar o‘sha davr publisistikasining o‘ziga xos
xususiyatini namoyon etadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “Sadoi Turkiston”, “Oyina”
kabi milliy nashrlar matbuotni “millatning umumdarsxonasi, savodxonlik maktabi” deb
bilishgan. Xalqda ruhsizlik, fikrsizlik jaholat va eski odatlar hukm surayotgan bir paytda,
ularga yo‘lboshchi bo‘lishga harakat qildi. Jarida, majalla so‘zlariga nopisandlik bilan
qarayotgan, arzimagan voqealarni yozib maktub yo‘llayotgan gazetxonlarni tiyrakroq
bo‘lishga, millat manfaatlarini yuksak qo‘yishga da’vat qiladi. Bunday da’vatlar “Idoradan
javoblar” ruknlarida chop etib borilgan. Chunonchi “Sadoi Turkiston” gazetasi 56-sonida
yozadi: “Imzosiz, chuvalangan, ma’nosiz va uzun maktublarning joyi jarida emas, balki
sabatdur”, deya keskin talab qo‘yilgan. [ 10].

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Jadid matbuoti haqidagi dastlabki ma’lumotlar orasida Z. Said, A. Avloniy,

N. Abduazizova, M. Xudoyqulov, B. Do‘stqoraev qalamiga mansub asarlar alohida
ahamiyatga ega [11]. Mazkur asarlarda XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda
yo‘lga qo‘yilgan milliy nashrlar tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan. Ayniqsa,
professor Boybo‘ta Do‘stqoraevning “O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi” darsligi va yosh
olimlarning Mahmudxo‘ja Behbudiy, Ubaydulla Asadullaxo‘jaev, Cho‘lpon, Hoji Muin va
boshqa jadidlarning muharrirlik va publisistik faoliyati bo‘yicha dissertasiyalar
himoya qilindi. “Al-Isloh”, “Oyina”, “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnallari, “Sadoi Turkiston”
gazetasi bo‘yicha alohida tadqiqotlar yaratildi. Filologiya fanlari nomzodi, dosent


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

139

B. Do‘stqoraevning “O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi” darsligi asl manbalarga
asoslanganligi va tahlillarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Ammo aynan jadid
publisistlarining tili va uslubi alohida to‘liq tadqiq etilmagan.

TAHLIL VA NATIJALAR

Jadid ma’rifatparvarlari milliy til va imlo masalasida ham jiddiy kamchilik va

muammolarni keskin matbuot orqali keskin tahlil etishgan. Xususan, Mahmudxo‘ja
Behbudiy, Abdulla Avloniy, Ashurali Zohiriy, Fitrat bu xususda bir qator maqolalar yozib,
jamoatchilikni bahs-munozaralarga chorlagan. M. Behbudiy maqolalaridan biriga
“Har millat o‘z tili ila faxr etar” degan hikmatomuz iborani sarlavha qilib qo‘yarkan,
faqat g‘ururlanish, iftixor hissi yetishmasligini, “faxr etmoq” bilan birga tilning muhofaza
choralarini ko‘rish lozimligini ta’kidlaydi [12]. Mahmudxo‘ja Behbudiy davr tilining
murakkabligini, eski o‘zbek adabiy tili, umumturkiy til va hozirgi o‘zbek tiliga xos
birliklarning aralash holda qo‘llanishini o‘z vaqtida to‘g‘ri anglay oldi va bundan to‘g‘ri
xulosa chiqaradi.Xulosa fikrimiz shuki, yalg‘uz turkcha so‘ylamak va yozmoq abadan
mumkin yo‘q. Baqadri imkon arabiy va forsiyni oz yozayluq. Barcha ilmu fan istiloh va
lug‘atlarig‘a turkchadan muqobil oxtarib vaqtni zoe etmayluk. Taraqqiy etgan turkiy
shevadagi ilmiy va fanniy kitoblarni anglamoqg‘a sa’y va g‘ayrat etayluk. Kelar zamon
uchun hozirlanayluk [13].

Shu o‘rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish

lozim: “Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat
tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday
qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak [14] Shubhasiz, til millatning ko‘zgusi,
madaniyati, dunyoda borligining go‘zal ifodasidir. Ayniqsa, milliy matbuotimiz tili sof,
ravon va boy bo‘lmog‘i lozim. Chunki, matbuot – xalq uchun savodxonlik maktabidir.
Shu bois ham Mahmudxo‘ja Behbudiy kabi jadid publisistlari aynan mana shu ilg‘or
konsepsiya asosida millatning ertangi taqdiri va istiqboli, tili va adabiyoti uchun
kurashgan. Biz ulardan ibrat olmog‘imiz lozim.

XULOSA VA TAKLIFLAR

“Oyina” jurnali, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona” gazetalari o‘z davrining muhim

muammo va kamchiliklarini tahlil etib, keng jamoatchilik e’tiboriga havola etgan. Xususan,
XX asr boshlarida Turkistonda yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat tufayli til va imlo
masalasidagi muammolar jadid ziyolilarini tashvishga solgan. Bu borada Mahmudxo‘ja
Behbudiyning ilg‘or qarashlari hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q: “Hech bir firqa va
yo lahjaning avom tili matbuotg‘a kirmaydur. Kirsa-da, maktab risolalarig‘a va fanniy
kitoblarg‘a kirmaydur. Azbaski, fanniy, adab, ta’lim, tarbiya va diniy kitoblarni sirf avom
tilig‘a yozmoq mumkin emasdur” [15]. Bu fikrlar, ilg‘or g‘oyalarni o‘rganish, yosh avlodda
ona tiliga muhabbat ruhini tarbiyalash, tafakkuriga singdirish va amaliyotga tadbiq etish
jamiyatimizni rivoji, миллатнинг саводхонлик даражасини va tafakkur salohiyatini
oshishга xizmat qiladi.Bugungi matbuotimiz tilida va uslubida uchrayotgan kamchiliklarni
kuzatar ekanmiz, bundan bir asr oldin ulug‘ ma’rifatparvarlarimizning matbuot tili, milliy
til xususidagi yuksak talablarini yodga olaylik. Zero, milliy til – har bir millatning ko‘zgusi
va ma’rifati va ma’naviyatidan darak beradi. Biz ulardan ibrat olmog`imiz lozimdir.


FOYDALANILGAN ADABIYОTLAR:

1.

“Sadoi Turkiston”, 1914, 4 iyul.

2.

“Sadoi Turkiston”, 1914, 5 avgust.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

140

3.

“Sadoi Turkiston”, 1915, 23 fevral.

4.

“Oyina”, 1915, 11-12 sonlar

5.

“Oyina”, 1915 yil, 12-son

6.

“Oyina”, 1915 yil, 12-son.

7.

Sadoi Turkiston. 1915, 20 mart.

8.

“Oyina”, 1915 yil, 12-son.

9.

“Sadoi Turkiston”, 1914, 3 dekabr.

10.

“Sadoi Turkiston”, 1915, 21 yanvar.

11.

Said Z. O‘zbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar./1870-1927/.Toshkent-

Samarqand: O‘zbekiston, 1927.36-b.

12.

Avloniy A. Burung‘i o‘zbek vaqtli matbuotining tarixi.//Turkiston,1924 yil 24 iyun.

13.

Abduazizova N. O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi. T:. Sharq, 2002.

14.

Do‘stqoraev B. O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi. T: Ma’naviyat, 2009 .

15.

“Oyina”, 1914, 35- son.

16.

“Oyina” jurnali, 1915 yil, 11-12-sonlar. 274-277, 306-311-betlar.

17.

https://president.uz/uz/lists/view/2953.(Murojaat vaqti: 21.05.2025.soat 09.20)

18.

M.Behbudiy. “Til masalasi”.“Oyina” jurnali, 1915 yil, 11-12-sonlar. 274-277, 306-

311-betlar.

Библиографические ссылки

“Sadoi Turkiston”, 1914, 4 iyul

“ Sadoi Turkiston”, 1914, 5 avgust.

“Sadoi Turkiston”, 1915, 23 fevral.

“Oyina”, 1915, 11-12 sonlar

“Oyina”, 1915 yil, 12-son

“Oyina”, 1915 yil, 12-son.

Sadoi Turkiston. 1915, 20 mart.

“Oyina”, 1915 yil, 12-son.

“Sadoi Turkiston”, 1914, 3 dekabr.

“Sadoi Turkiston”, 1915, 21 yanvar.

Said Z. O‘zbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar./1870-1927/.Toshkent-Samarqand: O‘zbekiston, 1927.36-b.

Avloniy A. Burung‘i o‘zbek vaqtli matbuotining tarixi.//Turkiston,1924 yil 24 iyun.

Abduazizova N. O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi. T:. Sharq, 2002.

Do‘stqoraev B. O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi. T: Ma'naviyat, 2009 .

“Oyina”, 1914, 35- son.

“Oyina” jurnali, 1915 yil, 11-12-sonlar. 274-277, 306-311-betlar.

M.Behbudiy. “Til masalasi”.“Oyina” jurnali, 1915 yil, 11-12-sonlar. 274-277, 306-311-betlar.