152
BOSHLANG’ICH SINFLARDA DIDAKTIK O’YINLAR
TASHKIL QILISH
Imamova Gulxasem Turg‘anbay qizi
Nukus davlat pedagogika instituti
Boshlang'ich fakultet 1-kurs talabasi
Annotatsiya:
O‘qituvchi bir o‘quvchi bilan ishlab, ta’limni bevosita tashkil etgan,
boshqargan, nazorat etgan. O‘qituvchi matnlarni o‘qib bergan yoki bolalariga o‘qitib
so‘zlatgan. Qoida va ta’riflarni yodlash, jismoniy mashqlarni bajarish musiqa asboblarida u yoki
bu kuyni ijro etish yo‘llari bilan bolalar hayot, san’at, notiqlik, jismoniy madaniyatga oid
bilimlarni o‘zlashtirgan. Keyinchalik individual ta’lim o‘rnini guruhlar asosida o‘qitish
egallagan.
Kalit so’zlar:
o’qituvchi, boshlang’ich ta’lim, metodika, qoida, innovatsiya.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining har bir darsni tashkil etish uchun turli
didaktik o‘yinlardan foydalanishlari yaxshi samara beradi. Chunki 6-7 yoshli
bolalar hayotida maktab davri ancha murakkab davr bo‘lib, bolalar oldida jiddiy
sinov turadi. Bola yangi hayot – maktab hayotiga kirib boradi. Endi u yangi
jamoaning a’zosi ekanligini his etishga, intizomga bo‘ysunishga, yangi
rejimga moslashishga majbur bo‘ladi. Bola yosh bo‘lishiga qaramay, endi
uning maktabda o‘qish, uy vazifalarini bajarish, murakkab materiallarni
o‘rganish kabi zarur yumushlari ko‘p. Muhimi, o‘yindan maktabga, kundalik
majburiy va davomli mehnatga o‘tish bola hayotida tub burilishdir. Hatto,
maktabgacha tarbiya muassasalaridan kelgan bolalar uchun ham bu oson
kechmaydi. Uydan maktabga kelgan bolalarga esa yana ham qiyin. Ayniqsa,
sinfda 40–45 daqiqali darsda o‘tirish, tinglash va topshiriqlarni bajarish, uzoq
aqliy mehnat bolani tez toliqtiradi. Bola maktabdan, o‘qishdan sovib ketishi
mumkin. Shuning uchun ham o‘qituvchilar bola-larning maktabdagi hayotini
qiziqarli tashkil etishga intilishlari, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga
harakat qilishlari lozim. Motiv o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi. Uni bolalar
yoshiga va psixologik xususiyatlariga mos didaktik o‘yinlar va mustaqil ishlar
vositasida hosil qilish mumkin. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim jarayonida pedagogik
texnologiyalardan foydalangan holda darslarni qiziqarli olib borish natijasida
o‘quvchilarni darsga jalb etish samarali bo‘ladi. Shunday darslarda bolalar
diqqati to‘liq jalb etiladi, xotirasi yaxshi ishlaydi. Motivlar o‘quvchilaring
bilimlarini chuqur egallashlariga yordam beradi. Shuning uchun ham
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ta’lim jarayonini qiziqarli motivlar asosida
tashkil etishga e’tibor qaratishlari zarur. “Pedagogik texnologiya”
153
tushunchasining vujudga kelishi, ta’limning ilk tashkiliy va metodik
shakllarining vujudga kelishi bilan bog‘liq. Individual ta’lim o‘quv-tarbiya
jarayonining eng qadimiy tashkiliy shakli bo‘lib, u dastavval qadimgi
Yunonistonda paydo bo‘lgan edi. O‘qituvchi bir o‘quvchi bilan ishlab, ta’limni
bevosita tashkil etgan, boshqargan, nazorat etgan. O‘qituvchi matnlarni o‘qib
bergan yoki bolalariga o‘qitib so‘zlatgan. Qoida va ta’riflarni yodlash, jismoniy
mashqlarni bajarish musiqa asboblarida u yoki bu kuyni ijro etish yo‘llari bilan
bolalar hayot, san’at, notiqlik, jismoniy madaniyatga oid bilimlarni
o‘zlashtirgan. Keyinchalik individual ta’lim o‘rnini guruhlar asosida o‘qitish
egallagan. O‘rta asrlarga kelib qoidalarni yodlash, bir xil tipdagi mashqlarni
bajarish, og‘zaki savol-javob, yuqori pog‘onalarda esa ma’ruza, munozara
ta’limning yetakchi usullariga aylana boshlagan. Bu holat asta-sekin sinf-dars
sistemasini keltirib chiqarib, yangi texnogiyalarni kelib chiqishiga zamin
hozirlagan.
1. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish. Pedagogika o‘z metodlarini yo‘q joydan
yaratmaydi. U hayotdan kishilar xulq-atvorining real omillarini, bolalar hayotini
pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish vazifalariga javob
beradiganlarini tanlab oladi, ulardan tarbiyaviy ishda pedagogik ta‘sir
ko‘rsatish usullari sifatida foydalanadi. Pedagogik ta‘sir ko‘rsatish metodikasi
bolalarning ijtimoiy-foydali faoliyatini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq
tarzda tashkil etishga xizmat qiladigan vositalar tizimidan iboratdir. Bu
vazifalar tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, bolalarning xulq-atvorini
rag‘batlantiradi, qiyin va murakkab vazifalarni quvonch, ijodiy zavq-shavq
manbaiga, har bir o‘quvchining shaxsiy muddaosiga aylantiradi.
2. Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy usullari. Pedagogik ta’sir
ko‘rsatishning asosiy usullari – ishontirish, talab, istiqbol, rag‘batlantirish va
jazolash, jamoatchilik fikridir. O‘zaro hamkorlikda ta‘sir ko‘rsatishning natijasi
ishontirishdir. U haqiqiy va soxta turlarga bo‘linadi. Ishonch 3 tarkibiy qismdan
iborat: 1. Bilim; 2. Hissiyot; 3. Xulq-atvor. U tushunish – kechinma – qabul
qilish orqali amalga oshadi. Ishontirish shakllari quyidagilar: ma‘ruza, bahs,
munozara, suhbat, hikoya qilish, dalillash, ko‘rsatish (namoyish qilish),
shaxsiy namuna. Pedagogik talab – ta‘lim-tarbiya jarayonida ko‘p
qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib, u tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi
shaxsiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Pedagogik ta‘sir ko‘rsatish usuli
bo‘lgan talab bilan jamoani tashkil etish metodi sifatidagi yagona pedagogik
talablarni farqlay bilish lozim. Agar yagona pedagogik talablar bolalarning
154
ijtimoiy foydali faoliyatini rag‘batlantirish mazmunini, jamoani jipslashtirishda
pedagoglar bilan bolalarning harakatlari birligiga erishish yo‘llarini ta‘minlasa,
talab esa xulq-atvor va faoliyat normalarini, bolalarning xatti-harakatlari
hamda ishlarida amalga oshirish usullaridan iboratdir. Istiqbol ta‘sir
ko‘rsatishning juda ta‘sirchan usuli bo‘lib, u bolalarning xatti-harakatlarini
ular oldiga maroqli, qiziqarli maqsadlar qo‘yish yo‘li bilan ta‘minlaydi, bu
maqsadlar ularning shaxsiy intilishlari, qiziqish va muddaolariga aylanadi. Bu
usul maktab o‘quvchilarida shaxsning eng muhum fazilatlaridan biri bo‘lgan
maqsadga intiluvchanlikni shakl-lantirishga yordam beradi. Rag‘batlantirish va
jazolash tarbiyaning eng an‘anaviy usuli bo‘lib, tarbiyalanuvchilar xulq-atvoriga
tuzatish kiritishni, ya‘ni foydali xatti-harakatlarni qo‘shimcha rag‘batlantirishni
va tarbiyalanuvchilarning nomaqbul xatti-harakatlarini to‘xtatishni ta‘minlaydi,
bunda ularning huquq, burchlarini kengaytirish yoki cheklash, ularga axloqiy
ta‘sir ko‘rsatish yo‘lidan foydalaniladi. Rag‘batlantirish va jazolash metodi o‘ziga
xos xususiyatga ega bo‘lganligi sababli uni qo‘llashda juda ehtiyot bo‘lish
lozim. Jamoatchilik fikri ta‘sir ko‘rsatishning qudratli usuli bo‘lib,
tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini har tomonlama va muntazam
rag‘batlantirib borishni ta‘minlaydi, jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ancha
to‘liq amalga oshiradi. Pedagogik ta‘sir ko‘rsatish usullaridan samarali
foydalanishning zarur sharti pedagogikaning tarbiyalanuvchilarga bo‘lgan
munosabatlarining chinakam insonparvarligidir.
3. Pedagogik ta‘sirning ta‘lim-tarbiyadagi o‘rni. Respublikamiz istiqlolga
erishgan hozirgi davrda shaxsga chuqur, asosli va umumiy talablar qo‘iladi,
lekin ikkinchi tomondan, shaxsga katta hurmat ko‘rsatiladi. Bu shaxsga
bo‘lgan talablarni va unga bo‘lgan izzat-hurmatni birga qo‘shish – ikki xil zarur
shart bo‘lib, pedagogning bolalarga bo‘lgan munosabatlarining chinakam
insonparvarligidir. Boshlang‘ich ta‘lim. Konsepsiyasida boshlang‘ich
ta‘limning maqsad va vazifalari aniq belgilab berilgan. Chunonchi, bolalarning
ongi va tafakkurida mavjud bo‘lgan yashirin imkoniyatlarni aniqlash va
rivojlantirish kichik maktab yoshidagi bolalarda ta‘limning dastlabki davridan
boshlab yangi imkoniyatlarni, o‘quv materialini muvaffaqiyatli
o‘zlashtirishgagina emas, balki hayotiy muammolarni yechishga ham
tayyorlaydi, o‘quvchilarda o‘rganish va ta‘lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishini
oshiradi. Shu bois, boshlang‘ich ta‘lim sinfdan tashqari o‘qish darslarida –
SWOT – tahlil metodi, – FSMU texnologiyasi, – Charxpalak, – Svetafor, – Qor
parchalari – Tushunchalar tahlili kabi innovatsion texnologiyalardan foydalanish
155
o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni o‘stiradi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida
suhbat o‘qilgan kitobni muhokama qilishda ham, yangi kitob tavsiya qilishda
ham qo‘llanadi; suhbat elementlari o‘qilgan asardan asosiy mazmunni ajratish
uchun, voqealar izchilligini, bo‘lgan vaqti va o‘rnini, bog‘lanishini belgilashga
yordam beradi. Suhbat uchun savol tuzishda o‘quvchilarning mustaqilligi,
hayotdan, o‘qilgan boshqa kitoblardan qo‘shimcha javob berishi hisobga olinadi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida qiziqarli mashqlarga alohida o‘rin beriladi.
Bunday darslarda adabiy viktorina (bir mavzu ustida savol-javob o‘yini), eng
yaxshi insholar, illyustratsiyalar, topishmoq topish, konkurslar o‘tkazish,
topishmoqlar albomini tuzish, tayyorgarliksiz jamoaviy yoki individual ravishda
ertak to‘qib aytish, o‘quvchilar hayoti haqida, yozuvchilarning chuqur ma‘noli
gap (hikmatli so‘z)lari va maqollar, latifalar aytish mumkin. Ba‘zan
o‘qituvchilar bunday darslarda innovatsion texno-logiyalaridan “Hazil minuti”,
“5 sekund o‘ylash uchun”, “Topishmoqlarni top”, “Bilimdonlar klubi” kabi
qiziqarli mashg‘ulotlarni doimo o‘tkazib turadilar. Xulosa qilib aytadigan
bo‘lsak, innovatsion texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash ta‘limning
an‘anaviy tizimidan farqli ravishda innovatsion texnologiyalar asosida o‘qish
darslarining har bir jarayonida o‘quvchining faolligiga asoslangan, mustaqil
faoliyati, o‘zlashtirish qobiliyatini hisobga olgan holda, ta‘lim jarayoniga to‘liq
jalb etilishi yotadi. Innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan darsning
an‘anaviy darsdan farqi shuki, bu darsda o‘quvchiga erkinlik muhitini yaratib
berishida ko‘rinadi. Bu imkoniyat o‘quvchiga hech qanday tazyiq
o‘tkazmasdan, uning shaxsiyatiga tegmasdan savollar berish orqali do‘stona
munosabatdagi o‘quv muhitini yaratishidadir. O‘qitishning turli texnologiyalari
pedagogik o‘yinlar, qiziqarli boshqotirmalar, rasmli ko‘rinishdagi rebuslar
o‘quvchilarda o‘qish darslariga qiziqishlarini orttirish ko‘nikmasini shakl-
lantiradi. O‘quvchilarda zamonaviy ta‘limni tashkil etishda innovatsion
pedagogik
texnologiya
usullaridan
foydalanishning
mohiyati-mazmunini
tushuntirish, ularda muay-yan tasavvurlarni hosil qilishga erishish maqsadga
muvofiqdir. Innovatsion pedagogik texnologiyada kutilgan natijaga erishish
uchun faqat o‘qituvchi emas, o‘quvchilarning shaxsiy ehtiyojlari, talablari va
xislatlariga asoslangan holda, ko‘zda tutilgan maqsad amalga oshirishi va natijali
bo‘lishini rejalashni o‘qituvchi o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi.
156
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Norov, I. K., Shirinova, N. A., & Yuldasheva, S. S. (2020). BADIIY ASARNI
TAHLIL QILISHDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISH. In
Молодой исследователь: вызовы и перспективы (pp. 124-126).
2.
Sanober, S., Aldawsari, M., Karimovna, A. D., & Ofori, I. (2022). Blockchain
Integrated with Principal Component Analysis: A Solution to Smart Security
against Cyber-Attacks. Security and Communication Networks, 2022.
3.
Shukhratovich, Y. S. (2022). STUDY OF NECRONYMS IN THE TERRITORY
OF KARAKALPAKSTAN. Gospodarka i Innowacje., 21, 101-104.
4.
Abdurakhimova, D. K. (2014). PREREQUISITES FOR THE TRANSITION OF
TRADITIONAL BANKS TO DIGITAL BANKING. The Way of Science, 23.
5.
Азларова, А. (2022). ЎЗБЕКИСТОНДА РАҚАМЛИ БАНКЛАРНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ
ИСТИҚБОЛЛАРИ.
Economics
and
Innovative
Technologies, 10(5), 22-30.
6.
Tajimuratovna, X. M., Menglibaevna, B. S., Ataxanovna, Y. G., & Zaripbaevna, S.
A. (2021). Umumiy O ‘Rta Ta’lim Maktablarida O ‘Quvchilar Bilimlarini
Baholash Va Nazorat Qilishda Elektron Vositalaridan Foydalanish Usullari.
BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(5), 16-
19.
7.
Norov, I., Yo’ldoshev, J., & Yo’ldoshev, S. (2023). ZAMONAVIY PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA DARS TASHKIL QILISH. INTERNATIONAL
JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY, 1(4), 40-
47.
8.
Anvarovich, N. E., & Malik ogli, S. S. (2023). Influence of Financial Inclusion
Enclosed by Digital Banking Products on UzbekistanS Economy. Best Journal of
Innovation in Science, Research and Development, 2(4), 32-37.
9.
Jindal, L., Sharma, A., Prasad, K. D. V., Irshad, A., Rivera, R., & Karimovna, A.
D. (2023). A machine learning method for predicting disease-associated
microRNA connections using network internal topology data. Healthcare
Analytics, 100215.
10.
Atakhanovna, Y. G., & Azada, A. (2021, May). FEATURES OF THE USE OF
MIXED EDUCATION IN UZBEK LANGUAGE CLASSES. In E-Conference
Globe (pp. 77-80).
11.
Abdurakhimova, P. D. THEORETICAL AND PRACTICAL FOUNDATIONS OF
BANKING INNOVATIONS'IMPACT ON ECONOMIC DEVELOPMENT OF
COUNTRIES.
