International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
198
FIZIKADAN LABORATORIYA ISHLARINI ZAMONAVIY MEDOTLAR
ASOSIDA TASHKILLASHTIRISH
Karimov Xasan Narzullayevich
Djalalov Temur Asfandiyarovich
Ochilova Ozoda Odilovna
Axmadov Majidjon Ashraf o‘g‘li
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU
“Moskva muhandislik fizikasi instituti” Milliy tadqiqot yadro universiteti
Toshkent filiali
Annotatsiya:
Maksvell taqsimoti molekulalarning tezliklarini taqsimlash
qonuniyatini tasvirlaydi va gaz molekulalarining xususiyatlarini tahlil qilishda muhim
o‘rin tutadi. Ushbu maqolada Maksvell taqsimotini o‘rganishga bag‘ishlangan
laboratoriya ishlarini real va virtual laboratoriyada bajarish metodikasi tahlil qilinadi.
Har ikki usulning o‘ziga xos jihatlari, afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqilib,
ularning o‘quv jarayoniga ta'siri baholanadi.
Kalit so‘zlar:
Maksvell taqsimoti, virtual laboratoriya, real laboratoriya, gaz
molekulalari, tezlik taqsimoti, molekulyar fizika, simulyatsiya.
Kirish. Fizika fanida nazariy bilimlarni talabalarga to‘liq yetkazishning muhim
vositalaridan biri laboratoriya ishlari hisoblanadi. An’anaviy laboratoriya ishlari
talabalarni nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatadi, zamonaviy metodik
yondashuvlar va texnologiyalar bu jarayonni yangi bosqichga ko‘taradi. Bugungi
kunda texnika oliy ta’lim muassasalarida laboratoriya mashg‘ulotlarini raqamli
texnologiyalar, simulyatsiyalar va kompyuter dasturlari yordamida amalga oshirish
keng tarqalmoqda.
Zamonaviy laboratoriya ishlarini tashkil etishda raqamli texnologiyalarning roli
katta. Virtual laboratoriyalar va simulyatsiyalar orqali fizik tajribalarni amalga
oshirish imkoniyati talabalarga amaliy mashg‘ulotlarni osonlashtiradi. Masalan,
internet orqali mavjud bo‘lgan fizik simulyatorlar yordamida murakkab tajribalarni
xavfsiz va qulay sharoitda o‘tkazish mumkin. Real va virtual reallik texnologiyalari
laboratoriya ishlarini yanada interaktiv va qiziqarli qilishda muhim rol o‘ynaydi. Real
va virtual texnologiyalari yordamida talabalar real dunyodagi fizik jarayonlarni
ko‘rib, ularni o‘z qo‘llari bilan boshqarish imkoniga ega bo‘lishadi. Bu usul amaliy
tajribalarni yanada chuqurroq o‘rganishga imkon beradi. Bu tizimlar fizik
tajribalarning aniqligini oshirib, talabalarning olgan natijalarini real vaqt rejimida
kuzatish imkoniyatini beradi [1]. Masalan, o‘lchov natijalarini kompyuterga ulash
orqali avtomatik tarzda tahlil qilish va grafikalarni tuzish mumkin bo‘ladi.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
199
Zamonaviy metodikalardan yana biri bu kooperativ o‘qitishdir. Bunda talabalar
kichik guruhlarga bo‘linib, birgalikda laboratoriya ishlarini bajaradilar. Bu usul
nafaqat amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatadi, balki jamoada ishlash, mas’uliyatni
bo‘lishish va muammolarni birgalikda hal qilish malakasini ham rivojlantiradi.
Maksvell taqsimoti (Maksvell-Boltsman taqsimoti) gaz molekulalarining
tezliklarini
taqsimlash
qonuniyatini
tavsiflaydi.
Bu
taqsimot
ideal
gaz
molekulalarining termodinamik xususiyatlarini tushuntirishda va ularning tezliklari
qanday taqsimlanganini aniqlashda qo‘llaniladi. Mazkur laboratoriya ishi talabalarga
bu qonuniyatni amaliyotda o‘rganishga, molekulalar harakati va ularning tezliklarini
kuzatishga imkon beradi.
Real laboratoriyada Maksvell taqsimotini o‘rganish metodikasi. Ishning
maqsadi. Real laboratoriyada Maksvell taqsimotini o‘rganish orqali talabalar gaz
molekulalarining termodinamik xususiyatlari, ularning harakati va tezliklarini
taqsimlash qonuniyatlari bilan tanishadilar [2-4]. Maqsad talabalarga molekulalar
harakatini real tajribalar yordamida kuzatish va nazariy ma’lumotlarni amaliy
tasdiqlash imkoniyatini berishdir. Ishning bajarilishi. Tajriba boshlangandan oldin
gazning harorati va bosimi o‘lchanadi. Idish ichidagi molekulalarning harakatini
kuzatish uchun yuqori tezlikdagi kameralar o‘rnatiladi. Kameralar orqali
molekulalarning qanday harakatlanayotganini va ularning to‘qnashuvlarini kuzatish
mumkin bo‘ladi. Tezliklarni aniqlash uchun har bir molekulaning o‘tgan masofasi va
vaqt o‘lchanadi. Olingan natijalar yordamida molekulalarning harakat tezliklari
hisoblab
chiqiladi.
Xulosa
chiqarish:
Real
tajriba
yordamida
talabalar
molekulalarning tezliklari bo‘yicha Maksvell taqsimoti qanday shakllanishini
amaliyotda kuzatib, tajribaning nazariy bilimlar bilan mosligini o‘rganadilar.
Endi real laboratoriya ishlarining afzalliklari va kamchiliklari haqida so‘z
yuritamiz. Afzalliklari: Real tajribalar orqali talabalar fizik qonuniyatlarni amaliyotda
ko‘rish va ularni aniq faktlar bilan solishtirish imkoniga ega bo‘ladilar.
Kamchiliklari: Ushbu usulda tajribani o‘tkazish uchun ko‘p vaqt, jihoz va texnik
tayyorgarlik talab etiladi. Barcha tajribalarni sinchkovlik bilan o‘tkazish juda ko‘p
resurslarni talab qilishi mumkin.
Maksvell taqsimoti uchun real va vertual ishlar.
Real laboratoriya
Vertual laboratoriya
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
200
Virtual laboratoriyada Maksvell taqsimotini o‘rganish metodikasi. Ishning
maqsadi: Virtual laboratoriyada Maksvell taqsimotini o‘rganish talabalarga
tajribalarni raqamli simulyatsiyalar yordamida amalga oshirish imkonini beradi.
Maqsad talabalarga molekulalar harakatini xavfsiz va qulay sharoitda, real
laboratoriya jihozlarisiz kuzatish va tahlil qilish imkoniyatini yaratishdir. Bizga Fizik
simulyator dasturlari (masalan, PhET, Algodoo yoki boshqa fizik simulyatsiya
dasturlari) kabilar kerak bo‘ladi. Fizik simulyator dasturini ishga tushirish va gaz
molekulalari harakatini ko‘rsatadigan interfeysni tanlashimiz va kerakli shart-
sharoitdi sozlashimiz kerak. Bunda real laboratoriyadagi shart-sharoitlar simulyatsiya
qilinadi.
Eksperimental tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, real laboratoriyada
o‘tkazilgan tajriba orqali talabalar fizik qonuniyatlar bilan amaliy tanishib, tajribani
o‘z ko‘llari bilan boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Real laboratoriya ishi
ko‘proq vaqt va resurs talab qilgani sababli, barcha talabalarning faol ishtiroki
ta’minlanmagan bo‘lsa-da, aniq va real ma’lumotlar olish imkonini berdi [5-8].
Real va virtual laboratoriya ishlarini solishtirish
Aspekt
Real laboratoriya
Virtual laboratoriya
Jihozlar
Fizik
jihozlar
talab
etiladi
Raqamli dastur talab etiladi
Xavfsizlik
Texnik xavfsizlik talab
etiladi
Xavfsizlik masalasi mavjud emas
Amalga oshirish
vaqti
Ko‘proq vaqt talab etadi Tez amalga oshiriladi
Aniq natijalar
Haqiqiy
ma'lumotlar
yig‘iladi
Simulyatsiyalangan natijalar olinadi
Ta'lim
samaradorligi
Amaliyot ko‘nikmalarini
oshiradi
Tez va qulay o‘rganish imkonini
beradi
Eksperimental tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, real laboratoriyada
o‘tkazilgan tajriba orqali talabalar fizik qonuniyatlar bilan amaliy tanishib, tajribani
o‘z ko‘llari bilan boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Real laboratoriya ishi
ko‘proq vaqt va resurs talab qilgani sababli, barcha talabalarning faol ishtiroki
ta’minlanmagan bo‘lsa-da, aniq va real ma’lumotlar olish imkonini berdi [9-10].
Virtual laboratoriya esa talabalarga tez va xavfsiz sharoitda tajribani amalga
oshirish imkoniyatini yaratdi. Talabalar simulyatsiyalar orqali Maksvell taqsimoti
bilan tanishib, o‘z natijalarini tezda olishdi. Simulyatsiyalarda xatolar yoki amaliy
qiyinchiliklar bo‘lmaganligi sababli, talabalarning tezlikda ishlashlari va ko‘p sonli
tajribalarni qisqa vaqt ichida bajarishlari mumkin bo‘ldi.
Xulosa. Virtual laboratoriya ishlari o‘quv jarayonini tezlashtirish, xavfsiz va
samarali tarzda ko‘plab tajribalarni o‘tkazish imkonini beradi. Virtual laboratoriya
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
201
ishlari o‘quv jarayonini tezlashtirish, xavfsiz va samarali tarzda ko‘plab tajribalarni
o‘tkazish imkonini beradi. Maksvell taqsimotini o‘rganish laboratoriya ishlarini real
va virtual laboratoriyalarda amalga oshirish metodikalarini solishtirish shuni
ko‘rsatadiki, har ikki usulning o‘ziga xos afzallik va kamchiliklari mavjud. Real
laboratoriya: Aniq ma’lumotlar yig‘ish, amaliyot orqali chuqur bilim berish va
talabalarning tajriba o‘tkazish ko‘nikmalarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Biroq, ko‘p vaqt va texnik jihozlar talab etiladi, shuningdek, xavfsizlik masalalariga
alohida e’tibor berilishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Э.З.Имамов Х.Н.Каримов, C.C.Халилов, А.Э.Имамов. // Будущее за
обучением с активным процессом самообразования студентов. // “Science and
innovation” international scientific journal. 2022. № 5. -С. 479-482.
2. B.B.Turdiqulov, O‘S.Nazirov, Yu.N.Karimov. // Atom va molekulalarning
yorug’likni yutishi va nurlanishi // UIF = 8.1 | SJIF = 5.685. 2022. –C. 1252-1258.
3. X.N.Karimov. //
Fizika fanini o‘qitishda virtual laboratoriya ishidan
.// “Yosh olimlar, doktarantlar va tadqiqotchilarning onlayn ilmiy-forumi”
materiallar to‘plami. –B. 102-104
4. X.N.Karimov, A.E.Imamov, E.Z.Imamov. // Development of creative
thinking in higher education.// “Science and innovation” international scientific
journal.
5. Asfandiyorov M. M. Laboratoriya ishlari orqali fizika fanini o ‘qitish
samaradorligini oshirish usullari //Sustainability of education, socio-economic
science theory T2-19. – Т. 6. – С. 60-62.
6. Axmadov, M., Asfandiyorov, M., (2023). // Pedagogik dasturiy vositalar
yordamida fizika fanini o ‘qitish. // Центральноазиатский журнал образования и
инноваций, 2(10), 90-92. (
https://in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/21486
7.
X.N.Karimov,
M.M.Asfandiyorov,
M.A.Axmadov.
//Zamonaviy
yondashuvlar asosida fizika o‘qitishni rivojlantirish.// “Yosh olimlar, doktarantlar va
tadqiqotchilarning onlayn ilmiy-forumi” materiallar to‘plami. 2023. –P. 113
(
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=i5SoNTc
AAAAJ&citation_for_view=i5SoNTcAAAAJ:M3ejUd6NZC8C)
8. Jabborov, U., & Axmadov, M. (2023). // ITTERBIY KIRISHMASI
KREMNIY HAJMIDA HOSIL QILADIGAN NANOO‘LCHAMLI NUQSONLI
MARKAZLARNING KUYISH KINETIKASI. // Центральноазиатский журнал
образования
и
инноваций,
2(10),
179-182.
academy.uz/index.php/cajei/article/view/21589
9. Рахматуллаева М., Ахмадов М. FIZIKA VA KIMYO FANLARINI
O‘QITISHDA INTEGRATSIYALASHGAN YONDASHUVLAR //Interpretation
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
202
and
researches.
–
2025.
–
№.
4
(50).
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=Tl5hqLk
AAAAJ&sortby=pubdate&citation_for_view=Tl5hqLkAAAAJ:h9G0ZmjYpDoC
)
10. Назиров К., Ахмадов М., Алимов А. FIZIKA FANINI FANLARARO
BOG ‘LANISH ASOSIDA O ‘QITISHDA KIMYO FANINING O‘RNI //Talqin va
tadqiqotlar.
–
2025.
–
№.
1
(59).
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=Tl5hqLk
AAAAJ&sortby=pubdate&citation_for_view=Tl5hqLkAAAAJ:ON9TkA72AHEC
