International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
188
TURIZM MADANIYATINI SHAKLLANISHIDA EKOTURIZM VA
EKOLOGIK MADANIYATNING AHAMIYATI
Dadaboyeva Madina
Qo‘qon universiteti BT yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya:
Maqolada turizm madaniyati shakllanishida ekoturizm va
ekologik madaniyatning ahamiyati o‘rganilgan. Ekoturizm tabiatni muhofaza qilishga
yo‘naltirilgan yangi turizm turi sifatida turizm madaniyatini rivojlantirishda muhim
rol o‘ynaydi. Maqolada ekologik madaniyatning insonlarda atrof-muhitga
munosabatini yaxshilash va turizm sohasida mas’uliyatni oshirishdagi ahamiyati
ta’kidlangan. Turizmni rivojlantirishda ekologik va madaniy omillarni birlashtirish
orqali milliy va xalqaro miqyosda do‘stlik va hamkorlik mustahkamlanishi
ko‘rsatilgan.
Kalit so‘zlar:
turizm madaniyati, ekoturizm, ekologik madaniyat, tolerantlik,
millatlararo totuvlik, tabiatni muhofaza qilish, ekologik savodxonlik, diniy
bag‘rikenglik.
KIRISh
Turizm madaniyati umummadaniyatning muhim qismi bo‘lgan dinlararo
bag‘rikenglik va tolerantlik madaniyati, millatlararo totuvlik bilan ham o‘zaro
aloqada rivojlanadi. Zero, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
Islom Karimov ta’kidlaganidek, «b
ugun biz turizmning o‘rni haqida, ayniqsa,
xalqaro sayyohlikning hozirgi bosqichdagi ahamiyati haqida gapirganda, eng dolzarb
masalalardan biri – bu tolerantlik tamoyili bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Biz aynan
turizm orkali tolerantlik nima ekanini bilamiz, anglaymiz. Bu xalqaro tushuncha
bo‘lib, dunyodagi barcha millatlarga birdek qadrli va tushunarlidir. Tolerantlik
avvalambor turli millatga mansub insonlarning bir-biriga hurmat bilan munosabatda
bo‘lishini va eng asosiysi, bir-birini tushunishni anglatadi. Bu ikki tushunchani
shunday anglash kerakki, qaerda turizm rivojlangan bo‘lsa – o‘sha yerda tolerantlik
bor, deb aytishga imkon beradi, desam, o‘ylaymanki, sizlar ham bu fikrga
qo‘shilasiz»
. Bundan ko‘rinadiki, turizmni rivojlantirish uchun, avvalo
mamlakatimizda diniy bag‘rikenglikka e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Bu
borada O‘zbekiston bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan mamlakatlar qatoriga
kiradi.
METODLAR
34
БМТ Жаҳон сайёҳлик ташкилоти Ижроия Кенгашининг 99-сессияси. – Тошкент, «Ўзбекистон», 2014. –Б. 14
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
189
Tadqiqotni amalga oshirishda falsafaning ijtimoiy hodisalarni tadqiq qilishdagi:
analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik, umumlashtirish, konkretlashtirish kabi
usullaridan foydalanildi.
NATIJALAR
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘p millatli mintaqada turli millatlar vakillari
manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta’minlash rivojlanishning hal
qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, bir mamlakat doirasida o‘zaro
milliy manfaatlarni teng qondirish, ular o‘rtasidagi manfaatli aloqalarni ta’minlash
juda muhim masala ekanini ham anglamoq lozim. Millatlararo totuvlik, muomala
madaniyati millatlar, davlatlar, xalqaro tuzilmalar o‘rtasidagi ana shu masalani to‘g‘ri
hal etishga yordam beradi. Bizning fikrimizcha, millatlar o‘rtasidagi
munosabatlarning
yaxshilanishi
turizm
madaniyatining
qanchalik
darajada
shakllanganligiga bog‘liq. Turizm madaniyatini globallashuvning omilllaridan biri
sifatida talqin qiladigan bo‘lsak, uni rivojlantirish orqali globallashuvning ijobiy
xususiyatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
- turizm madaniyati orqali turli millatlarga mansub kishilar o‘rtasida yaqin
hamkorlik, do‘stlik va birdamlik, o‘zaro ishonch, totuvlik va barqarorlik shakllanadi;
- turizm madaniyati ta’sirida dunyo aholisining xalqaro siyosiy-huquqiy
madaniyati va ijtimoiy ong darajasi o‘sib boradi, davlatlar o‘rtasidagi do‘stona
munosabatlar rivojlanadi;
- turizm madaniyati vositasida millatlararo, davlatlararo etnik guruhlar, shaxslar
o‘rtasidagi munosabatlar ahil qo‘shnichilik, yagona dunyo prinsiplari asosida
kengayadi;
- turli xalqlar, millatlar vakillari o‘rtasidagi bilvosita muloqot tarzida namoyon
bo‘ladigan odob-axloq munosabatlari o‘sib boradi.
MUNOZARALAR
Tolerantlikni demokratiyaning bir ko‘rinishi deb hisoblasak, turizmni tolerantlik
bilan birgalikda qo‘llanilishi demokratiya va turizm atamasini keltirib chiqaradi.
Diniy-ziyorat turizmini rivojlantirishda, tartibga solishda dinlararo bag‘rikenglik
madaniyati tushunchasi ko‘makchi vazifasini o‘taydi.
Bugungi kunga kelib, diniy tolerantlik davr mafkurasiga aylandi. Dunyo
taraqqiyoti rivojlangani sari insoniyat ma’naviy qadriyatlarga ehtiyoj sezmoqda.
Inson ma’naviyati bevosita diniy qarashlar zaminidagi axloq normalari asosida
sayqallanib kelganini bugun hech kim inkor etmaydi. Shuning uchun ham dunyoda
turli diniy va etnik tinchlikni saqlashda diniy turizm madaniyatini rivojlantirish katta
ahamiyatga ega
35
Нуртазина Н.Д. Религиозный туризм в Казахстане: история и современные проблемы // Современные
проблемы сервиса и туризма. 2009. № 4.- С. 25-37.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
190
Butun dunyoda «2002 yil – ekoturizm yili», deb e’lon qilindi
. Bu albatta, bejiz
emas. Negaki, hozirgi kunda ekologik muammolar dolzarb bo‘lib, tabiatni muhofaza
qilish va ulardan oqilona foydalanish dunyo hamjamiyati oldida turgan eng muhim
masalalardan biri hisoblanadi. Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, tabiiy
boyliklardan tejab-tergab foydalanish ko‘p jihatdan insonlarning ekologik
savodxonlik darajasiga va ekologik madaniyatiga bog‘liqdir.
Ekologik madaniyat – bu maqsadga qaratilgan ekologik ta’lim va tarbiya
mahsuli bo‘lib, u shaxs tomonidan ma’lum darajada jamiyat ekologik madaniyatini
egallaganini ifodalaydi hamda ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatish uchun zarur
ekologik tarbiyalanganlik darajasini bildiradi. Shuningdek, aholining ekologik
savodxonlik darajasini oshirish eng ustuvor masalalardan hisoblanadi. Bunga
uzluksiz ta’lim va tarbiya tizimida ekologik inqirozning kelib chiqish sabab va
oqibatlarini keng targ‘ib qilish va har bir insonning tabiatga nisbatan mehrini oshirish
orqali erishish mumkin.
Turizm madaniyatini rivojlantirishda ekologik madaniyatning o‘rni muhim
hisoblanadi. Chunki, turizmning Ekoturizm sohasi ekologiya bilan bog‘liq bo‘lganligi
sababli, turizmning ushbu yo‘nalishlarini rivojlantirishda turizm ob’ekti hamda
tashrif
buyuruvchi
turistning
ekologik
madaniyati
qanchalik
darajada
shakllanganligiga bog‘liq. «Ekoturizm turizmning yangi sohasi bo‘lib, ikkinchi nomi
«tabiatga yumshoq teguvchi turizm», ya’ni atrof-muhitga eng kam ta’sirini
ta’minlovchi turizmdir. Ekoturizm dasturi odatda ekologik toza joylarga borishni
nazarda tutadi va tabiat qo‘riqxonalariga uyushtiriladi»
. Turizmning bu turi tabiiy
hududlarga mas’uliyat bilan sayohat qilishni hamda tabiatni muhofaza etishni
ta’minlaydi va mahalliy xalqning turmush darajasini yaxshilaydi.
XULOSA
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, turizm bugungi kunga kelib dunyo
davlatlarining iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlovchi ijtimoiy faoliyat turiga
aylanib bormoqda. Ko‘plab turistik kompaniyalar vujudga kelmoqda, ular ko‘plab
mamlakatlarda o‘z mehmonxonalarini qurib «mehmonxonalar zanjiri»ni hosil
qilishmoqda. Turizm biznesi globol rivojlanib borishi uning iqtisodiy, siyosiy,
ijtimoiy, ekologik, diniy jarayonlarni tartibga solish borasida turizm madaniyatini
yuksaltirish mamlakatimiz qonunchiligida aks etdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
БМТ Жаҳон сайёҳлик ташкилоти Ижроия Кенгашининг 99-
сессияси. – Тошкент, «Ўзбекистон», 2014. –Б. 14
36
Мирзаев M.A., Алиева M.T., Туризм асослари., Тошкент -2011. – Б. 231.
37
Ҳакимов Н.Ҳ., Жумаев Т.Ж., Икрамова Н.И. Иқтисодий экология. - Т.: ТДИУ, 2005. – Б. 347.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
191
2.
Мирзаев М.А., Алиева М.Т., Туризм асослари., Тошкент -2011. – Б.
231.
3.
Нуртазина Н.Д. Религиозный туризм в Казахстане: история и
современные проблемы // Современные проблемы сервиса и туризма. 2009. №
4.- С. 25-37.
4.
Ҳакимов Н.Ҳ., Жумаев Т.Ж., Икрамова Н.И. Иқтисодий экология. -
Т.: ТДИУ, 2005. – Б. 347.
