Авторы

  • Гульбахор Тожикулова
    Jizzаx Dаvlаt pedаgоgikа universiteti

Биография автора

  • Гульбахор Тожикулова , Jizzаx Dаvlаt pedаgоgikа universiteti
    Mаxsus pedаgоgikа kаfedrаsi о‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.87463

Ключевые слова:

Diqqat xotira psixologiya kognitiv jarayonlar neyropsixologiya test metodikalari diqqatning barqarorligi.

Аннотация

Ushbu maqolada diqqat va xotirani eksperimental tekshirish metodikalari tahlil qilinadi.Tadqiqot jarayonida psixologik testlar, eksperimental usullar hamda neyropsixologik baholash vositalari qo‘llaniladi.Mazkur metodikalar inson kognitiv faoliyatini baholash, diqqatning barqarorligi va xotira jarayonlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Natijalar diqqat va xotiraning individual xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, turli yosh guruhlari va shaxsiy tipologiyalarga ko‘ra ularning o‘zgarishini kuzatishga imkon beradi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

211

NUTQI TO‘LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALARDA DIQQAT VA

XOTIRANI TEKSHIRUV METODLARINI O‘TKAZISH

Tоjikulоvа Gulbаxоr Furqаt qizi

Jizzаx Dаvlаt pedаgоgikа universiteti Mаxsus pedаgоgikа kаfedrаsi о‘qituvchisi

gulbaxortojikulova@icloud.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada diqqat va xotirani eksperimental tekshirish

metodikalari tahlil qilinadi.Tadqiqot jarayonida psixologik testlar, eksperimental
usullar hamda neyropsixologik baholash vositalari qo‘llaniladi.Mazkur metodikalar
inson kognitiv faoliyatini baholash, diqqatning barqarorligi va xotira jarayonlarini
o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Natijalar diqqat va xotiraning individual
xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, turli yosh guruhlari va shaxsiy tipologiyalarga
ko‘ra ularning o‘zgarishini kuzatishga imkon beradi.

Kalit so‘zlar:

Diqqat, xotira, psixologiya, kognitiv jarayonlar, neyropsixologiya,

test metodikalari, diqqatning barqarorligi.

Аннотация:

В данной статье рассматриваются экспериментальные методы

исследования внимания и памяти. В процессе исследования используются
психологические

тесты,

экспериментальные

методики

и

нейропсихологические инструменты оценки. Эти методики играют важную
роль в оценке когнитивных функций, изучении устойчивости внимания и
процессов

памяти.

Полученные

результаты

позволяют

выявить

индивидуальные особенности внимания и памяти, а также отслеживать их
изменения в различных возрастных группах и типологиях личности.

Ключевые слова:

Внимание, память, экспериментальная психология,

когнитивные

процессы,

нейропсихология,

методики

тестирования,

устойчивость внимания.

Abstract:

This article analyzes the methods of experimental testing of attention

and memory. Psychological tests, experimental methods, and neuropsychological
assessment tools are used in the research process. These methods are of great
importance in assessing human cognitive activity, studying the stability of attention
and memory processes. The results allow us to identify individual characteristics of
attention and memory, as well as to observe their changes in different age groups and
personal typologies.

Keywords:

Attention,

memory,

psychology,

cognitive

processes,

neuropsychology, test methods, stability of attention.

Diqqat - subyekt faoliyatining biror obyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har

qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Diqqat deb ongni bir nuqtaga
to'plab, muayyan bir obyektga aktiv

qaratilishiga aytiladi.Nutq kamchiligiga ega


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

212

bo'lgan bolalar uchun diqqat-e'tiborning o'zgaruvchanligi, ixtiyoriy diqqatning
pastligi, o'z harakatlarini

rejalashtirishdagi qiyinchiliklar kabi bir qator xususiyatlar

xosdir. Diqqat ta'sir etuvchi analizatorlarning (ko'rish yoki eshitish)

ishtirokiga ko'ra

farqlanadi: nutqida kamchiligi bor bolalarda diqqatni to'plash ancha murakkab
jarayon hisoblanadi. Masalan, nutqi

to‘liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi

bolalarda rang, shakl,figuralarning fazoviy joylashishini farqlashda xatolar ko‘p
uchraydi. Bunday bolalar diqqatining tarqoqligi tufayli biron-bir ishni oxirigayetkaza
olmaydi. Nutqi to‘liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda

diqqatni nutq

va amaliy harakat o'rtasida bo'lish amalda bajarib

bo‘lmaydigan qiyin vazifa

hisoblanadi. Bolalar diqqatidagi kamchiliklar butun ish jarayoni davomida kuzatiladi.
Ularda diqqatning ko‘chishi, ya’ni bir narsadan ikkinchi boshqa narsaga, faoliyatning

bir turidan boshqa turiga o'tishi qiyinchiliklar bilan kechadi. Buning

sabablaridan biri

ketma-ket qilinadigan ish mazmunlari o'rtasida

bog‘liqlikning borligi yoki yo‘qligida.

Agar bunday bog‘liqlik

bo’lsa diqqat tez va oson ko‘chadi. Diqqat ko‘chishining

yengillik

yoki qiyinlik sabablaridan yana biri diqqat qaratilgan narsalarga

va

bajarilayotgan ishlarga nisbatan bolalarning munosabatlaridadir.

Bosh miya poʻstlogʻining muayyan joylaridagi optimal qoʻzgʻalish manbalari

Diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi. Diqqat ikki turga boʻlinadi: ixtiyorsiz
(passiv) diqqat va ixtiyoriy (aktiv) diqqat. Ixtiyorsiz diqqat biron tashqi sabab
taʼsirida kishi xohishidan qatʼi nazar hosil boʻladi. Bunday diqqat odamdan iroda
kuchini talab qilmaydi. Diqqatni jalb qilish uchun qoʻzgʻatuvchining kuchi katta
ahamiyatga ega emas, narsaning chiroyliligi, yorqinligi, oʻtkir hidliligi va boshqa
xususiyatlari Diqqatni beixtiyor tortadi. Ixtiyoriy diqqatda psixik faoliyat oldindan
belgilangan maqsad bilan muayyan narsaga ongli ravishda jalb etiladi. Diqqatning bu
turi iroda kuchini talab qiladi, shuning uchun bu diqqat irodaviy diqqat deb ham
ataladi. Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy diqqat vositasida amalga
oshiriladi. Diqqatning barqarorlik, koʻchuvchanlik, boʻlinuvchilik kabi xususiyatlari,
koʻlami bor. Diqqatning barqarorligi uning yagona, umumiy (masalan, kitob oʻqish,
masala yechish kabi) ishga xizmat qiluvchi narsa yoki hodisaga uzoq muddat jalb
boʻla olishidan iborat. Bunda harakat obyektlari (masalan, kitob matni, masalada
berilgan sonlar va shu kabilar) hamda harakatning oʻzi (masalan, masalani yechish
yoʻllari) oʻzgarib turishi mumkin, lekin faoliyatning umumiy yoʻnalishi oʻzgarmay
saqlani-shi lozim. Koʻchuvchan diqqat bir faoliyatdan yoki narsadan boshqa faoliyat
yoki narsaga tez jalb boʻladi. Bu xususiyat diqqatning avvalgi narsaga qay darajada
qaratilganligiga va yangi faoliyatning xususiyatiga (uning diqqatni qanchalik qarata
olishiga) bogʻliq.

Individning o‘z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni

yana esga tushirishi xotira

deb ataladi. Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga

tushirish va unutish kabi asosiy jarayonlar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bu


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

213

jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat
davomida shakllanadi va o‘sha faoliyat bilan belgilanadi. Muayyan bir materialni
esda olib qolish hayot faoliyati jarayonida individual tajriba orttirilishiga bog‘liqdir.
Esda olib qolingan narsani keyinchalik kechadigan faoliyatda qo‘llash uchun uni esga
tushirish kerak.

Ulug‘ muallim va shifokor Ibn Sino nutq va xotiraning o‘zara bog‘liqligiga

e'tibor bergan va shunday degan edi: «Bolalar birga bo'lganda doim bir-birlari bilan
gaplashadilar va bu bilan o‘z xotiralari va nutqlarini rivojlantiradilaf». Xotiraning bir
necha turlari mavjud: ko'rgazmali-tasavvurli,so'zli-mavhum va oraliq. Bu turlar inson
yuqori asab faoliyati birinchi va ikkinchi signal tizimlarining o‘zara nisbatiga bog'liq
bo'ladi. Xotira u yoki bu turining ustunligi, xususan, inson hayoti va faoliyatining
turlari va shart-sharoitlariga bog'liq. Masalan: ko'rgazmali-tasavvurli xotira turi
ko'pincha rassomlarda uchraydi. Ko‘rgazmali-tasavvurli xotira turli xil taassurotlarni
eslab qolishda qanday analizator unumdor bo'lishiga qarab farqlanadi. Shunga
muvofiq harakatlantiruvchi, ko'rish va eshitish xotirasini farqlaydilar.Bu turlar
alohida juda kam ucIuaydi. Ko'p hollarda aralash turini uchratish mumkin: ko'rish-
harakatlantiruvchi, ko'rish-eshitish, eshitish-harakatlanti ruvchi. Xotira hajrnining
buzilishi bosh miya yarim sharining disfunksiyasiga, taqdim etilgan ma'lumotlarni
tiklash tartibidagi qiyinchiliklar esa - o'ng yarim shaming disfunksiyasi bilan bog'liq.

Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar xotirasi bilan bog'liq muammolar bilan G.S.

Gumennaya, M.l. Belyajova, YF.Garkusha, O.N. Usanova va boshqa olimlar
shug‘ullanganlar. Bunday bolalarning ko'rish xotirasi ko‘lami deyarli me'yordagidan
farqlamaydi. Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalarda xotira funksiyalarini tadqiq qilish
shuni ko'rsatadiki, ularning ko'rish xotirasi me'yordan hechqanday farq qilmas ekan.
Dizartrik bolalarda geometrik shakllarni eslab qolish ehtimoIi juda kam. Bunday
bolalarda bu sohadagi past natijalar idrokning buzilish shakllari, fazoviy tasavvurning
bo'shligi bilan bog'liq (I.T. Vlasenko).

Diqqat va xotirani eksperimental tekshirish metodikalari va ularni o‘tkazish

tartibi diqqat va xotira insonning muhim kognitiv funksiyalaridan biri bo‘lib, ularni
eksperimental tekshirish psixologiyada keng qo‘llaniladi. Ushbu jarayon turli
metodikalar yordamida amalga oshiriladi.

1. Diqqatni eksperimental tekshirish metodikalari

Diqqatni baholash uchun turli eksperimental metodlar mavjud. Ulardan ba'zilari

quyidagilardir:

Munsterberg metodikasi (Qidiruv testi)

Maqsad: Diqqatning barqarorligi va taqsimlanishini o‘rganish.
O‘tkazish usuli:
Ishtirokchilarga harflar yoki so‘zlar berilgan uzun matn taqdim etiladi.
Ular ushbu matnda yashiringan so‘zlarni belgilashlari kerak.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

214

Qancha vaqt ichida va nechta so‘z topilganligi baholanadi.

Kraepelin yoki Shulte jadvallari

Maqsad: Diqqatning tezligi va taqsimlanishini aniqlash.
O‘tkazish usuli:
Ishtirokchiga raqamlar yoki harflar berilgan jadval taqdim etiladi.
U jadval bo‘yicha ketma-ket belgilash yoki ma’lum qoidalarga asoslanib ishlov

berishi kerak.

Javoblarning to‘g‘riligi va tezligi baholanadi.

Bourdon testi (Diqqatning barqarorligini o‘lchash)

Maqsad: Uzoq muddatli diqqatni va ishlash qobiliyatini baholash.
O‘tkazish usuli:
Ishtirokchi tasodifiy harflar yoki belgilar ketma-ketligidan keraklilarini ajratib

chiqishi kerak. Xatolik soni va ish tezligi diqqat barqarorligining ko‘rsatkichi sifatida
baholanadi.

Xotirani eksperimental tekshirish metodikalari

Xotirani baholash uchun quyidagi usullar keng qo‘llaniladi:

"O‘n ta so‘z" metodikasi (Luria testi)

Maqsad: Qisqa muddatli va uzoq muddatli xotirani o‘lchash.O‘tkazish usuli:
Ishtirokchiga 10 ta so‘z o‘qib eshittiriladi.U ularni eslab qolishi va takror aytib

berishi kerak.So‘zlar necha martada va qanchalik to‘g‘ri eslab qolinishi hisoblab
chiqiladi.

Piktogramma metodikasi:

Maqsad: Semantik xotirani va vizual assotsiatsiyalarni baholash. O‘tkazish

usuli: Ishtirokchiga bir nechta so‘zlar beriladi. U so‘zlarning ma’nosini aks ettiruvchi
rasm chizishi kerak.bir muddat o‘tgach, ishtirokchi chizgan rasmlariga qarab
so‘zlarni eslab qolgan-qolmaganligi tekshiriladi. Eksperimental tekshiruvni o‘tkazish
tartibi tayyorlov bosqichida, ishtirokchilarga metodikaning maqsadi tushuntiriladi.
Sharoitlar tayyorlanadi (tinch muhit, vaqt chegarasi belgilash).

Eksperiment o‘tkazish tanlangan metodikaga ko‘ra ishtirokchilar bilan test

ishlanadi. Natijalar qayd etiladi (tezlik, xatolik, yodda saqlash samaradorligi).
Natijalarni tahlil qilish, ishtirokchilarning natijalari o‘zaro taqqoslanadi. Yosh,
shaxsiy xususiyatlar va boshqa omillar hisobga olinadi. Xulosalar chiqariladi va ilmiy
tahlil qilinadi.

Diqqat va xotira insonning muhim kognitiv jarayonlari bo‘lib, ularning

funksional

xususiyatlarini

o‘rganish

eksperimental

psixologiya

va

neyropsixologiyada muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, diqqatning
barqarorligi, taqsimlanishi va xotiraning turli shakllari individual xususiyatlarga,
yoshga va psixofiziologik holatga bog‘liq. Ushbu jarayonlarni chuqur tahlil qilish
uchun turli eksperimental metodikalar, jumladan, psixologik testlar, xotira sinovlari


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

215

va diqqatni baholash usullari qo‘llaniladi. Mazkur metodikalar yordamida diqqat va
xotiraning samaradorligi, ularning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi, tashqi omillarning
ta’siri va shaxsiy farqlar tahlil qilinadi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim jarayonida
diqqatni jamlash, eslab qolish samaradorligini oshirish va shaxsiy rivojlanish
strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ilmiy asos yaratadi.Bundan tashqari, diqqat
va xotirani eksperimental tekshirish metodikalari neyropsixologik diagnostika,
psixoterapiya va reabilitatsiya jarayonlarida ham muhim rol o‘ynaydi. Diqqatning
buzilishi yoki xotira zaiflashuvi kabi muammolarni erta aniqlash va ularga qarshi mos
terapiya choralarini ishlab chiqish imkonini beradi. Shu bois, ushbu tadqiqotlar
nafaqat fundamental psixologik bilimlarni kengaytiradi, balki amaliyotda ham muhim
ahamiyatga ega. Kelajakda ushbu sohada yanada innovatsion metodikalar va
neyrotexnologiyalardan foydalanish orqalikognitiv jarayonlarni chuqurroq tahlil
qilish va ularni takomillashtirishga yo‘naltirilgan yangi yondashuvlar ishlab chiqilishi
kutilmoqda.Shu sababli, diqqat va xotirani o‘rganish hozirgi zamon psixologiyasining
dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Mo'minova L.R. M 99 Maxsus psixologiya: o‘quv qo‘llanma / L.R.

2.Mo‘minova, Sh.M.Amirsaidova, Z.N. Mamarajabova, M.U.Xamidova, D.B.
Yakubjanova, Z.M. Djalolova, N.Z.Abidova; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta
maxsus ta'lim vazirligi. - Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati
nashriyoti, 2013. - 272 b.

3.Goziyev E. Yosh psixologiyasi. - T, 1994.
4.Mamedov K.Q., Soatov M.l., Po'latova P.M. Oligofrenopedagogika asoslari:

Pedagogika institutlari defektologiya fak. talabalari uchun o'quv qo'llanma. - T.,
O'qituvchi, 1994. 45.

5.Mavlyanova R., Turayeva O.,Xolikberdiyev K. Pedagogika. - T., O'qituvchi,

2001..

6.Stroop, J. R.(1935).Studies of interference in serial verbal reactions.Journal of

Experimental Psychology, 18(6), 643–662.

7.Ibodullayev Z.R. Tibbiyot psixologiyasi., Darslik (3-nashr)., T.: 2019. – 494 b.

2.

8.Ibodullayev.Z.R. Asab kasalliklari. Darslik. T.: 2014. – 1000 b. 3. Ibodullayev

Z.R. Tibbiy psixologiyada tekshirish usullari. O`quv qo`llanma.; T.: 2020. – 74 b. 4.

9. Xomskaya E.D. Neyropsixologiya. Uchebnik. М., 2017. – 495 b. 5. 10.Luriya

A.R. Osnovi neyropsixologii. М., 2018. – 365 b.

Библиографические ссылки

Mo'minova L.R. M 99 Maxsus psixologiya: o‘quv qo‘llanma / L.R. 2.Mo‘minova, Sh.M.Amirsaidova, Z.N. Mamarajabova, M.U.Xamidova, D.B. Yakubjanova, Z.M. Djalolova, N.Z.Abidova; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2013. - 272 b.

Goziyev E. Yosh psixologiyasi. - T, 1994.

Mamedov K.Q., Soatov M.l., Po'latova P.M. Oligofrenopedagogika asoslari: Pedagogika institutlari defektologiya fak. talabalari uchun o'quv qo'llanma. - T., O'qituvchi, 1994. 45.

Mavlyanova R., Turayeva O.,Xolikberdiyev K. Pedagogika. - T., O'qituvchi, 2001..

Stroop, J. R.(1935).Studies of interference in serial verbal reactions.Journal of Experimental Psychology, 18(6), 643–662.

Ibodullayev Z.R. Tibbiyot psixologiyasi., Darslik (3-nashr)., T.: 2019. – 494 b. 2.

Ibodullayev.Z.R. Asab kasalliklari. Darslik. T.: 2014. – 1000 b. 3. Ibodullayev Z.R. Tibbiy psixologiyada tekshirish usullari. O`quv qo`llanma.; T.: 2020. – 74 b. 4.

Xomskaya E.D. Neyropsixologiya. Uchebnik. М., 2017. – 495 b. 5. 10.Luriya A.R. Osnovi neyropsixologii. М., 2018. – 365 b.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)