Авторы

  • Гульбахор Тожикулова
    Jizzаx Dаvlаt pedаgоgikа universiteti

Биография автора

  • Гульбахор Тожикулова , Jizzаx Dаvlаt pedаgоgikа universiteti
    Mаxsus pedаgоgikа kаfedrаsi о‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.87460

Ключевые слова:

aqli zaif alohida ehtiyojli bolalar ijtimoiy maxsus ta’lim kliniko-pedagogik oligofreniya endogen ekzogen irsiy omillar aqli zaiflik debillik imbesillik idiotiya.

Аннотация

Mazkur maqolada aqli zaif quvchilar nutqini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Aqli zaif o‘quvchilarda nutq nuqsonlarini bartaraf etishning samarali yo‘llari ochib berilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

207

AQLI ZAIF OʻQUVCHILARNING MULOQOT KOʻNIKMALARINI

SHAKLLANTIRISH

Tоjikulоvа Gulbаxоr Furqаt qizi

Jizzаx Dаvlаt pedаgоgikа universiteti Mаxsus pedаgоgikа kаfedrаsi о‘qituvchisi

gulbaxortojikulova@icloud.com


Annotatsiya:

Mazkur maqolada aqli zaif quvchilar nutqini rivojlantirishning

o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Aqli zaif o‘quvchilarda nutq nuqsonlarini bartaraf
etishning samarali yo‘llari ochib berilgan

.

Аннотация:

В данной статье описаны особенности речевого развития

умственно отсталых детей. Выявлены эффективные способы устранения
речевых проблем у умственно отсталых детей.

Abstract:

This article discusses the specific features of speech development in

children with intellectual disabilities. Effective ways to eliminate speech problems in
children with intellectual disabilities are revealed.

Kalit so‘zlar:

aqli zaif, alohida ehtiyojli bolalar, ijtimoiy, maxsus ta’lim,

kliniko-pedagogik, oligofreniya, endogen, ekzogen, irsiy omillar, aqli zaiflik,
debillik, imbesillik, idiotiya.

Ключевые слова:

умственно отсталые, дети с особыми потребностями,

социальное, специальное образование, клинико-педагогический, олигофрения,
эндогенные, экзогенные, генетические факторы, умственная отсталость,
глупость, имбецильность, идиотия.

Keywords:

mentally retarded, children with special needs, social, special

education, clinical and pedagogical, oligophrenia, endogenous, exogenous, hereditary
factors, mental retardation, debility, imbecility, idiocy.


Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan har bir oila, har bir bola hayoti

maktab bilan bog‘langani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi
ekanligi ta’kidlangan. Shunday ekan jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni
bo‘lgan alohida yordamga muhtoj bolalarga beriladigan e’tibor ham katta ahamiyatga
ega. Maxsus muassasalarning asosiy vazifasi aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan
bolalar ijtimoiy moslashuvi-adaptasiyasini amalga oshirish,ya’ni ularni mustaqil
hayotga tayyorlash, jamiyatda o‘z o‘rnini topib,hamma qatori mehnat qilib, yashab
ketishiga,ijtimoiy himoyalanishiga yordam berishdir. Maxsus pedagogikaning muhim
masalalaridan biri aqli zaif o‘quvchilar nutqini rivojlantirish hisoblanadi. Chunki nutq
inson hayotida juda katta rol o‘ynaydi.

Rivojlanayotgan nutq avvaliga muomala vositasi sifatida, keyinchalik fikrlarni

ifodalash va tafakkur quroli sifatida chiqadi, inson xulq-atvori va faoliyatini


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

208

boshqaradi. Aqli zaif bolalarda nutq buzilishining ziga xosligi oliy asab faoliyatining
o‘ziga xosliklari va ularning psixik rivojlanishi bilan aniqlanadi.

S.Ya.Rubinshteynning fikricha, barcha analizatordagi yangi differensial

aloqaning miyada sekin ishlab chiqilishi va funksiya qatlamlarining zaifligi aqli zaif
bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganining asosiy sabablari hisoblanadi.

Nutq-eshitish analizator sohasidagi differensiyalovchi shartli aloqalarning sekin

rivojlanishi natijasida aqli zaif bola uzoq muddat davomida nutq tovushlarini ajrata
olmaydi, atrofdagilar aytayotgan so‘zlarni tushunmaydi, nutqni aniqtiniq eshita
olmaydi. Aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishi dastlabki oylardanoq ortda qoladi.
Nutqni yaxshiegallagan bola o‘z fikrlarini yaxshi bayon qila oladi, darsliklardagi
materialni to‘liq tushuntirib, bayon qilib bera oladi. Nutqi maqsadga muvofiq tarzda
rivojlangan bola o‘z fikrini mantiqiy ketma-ketlikda, asoslangan va ziga nisbatan
ishonch bilan bildira oladi.

Nutq tizimining turli komponentlarining shakllanishi va rivojlanishining

buzilishi nutqning umumiy rivojlanmaganligi deb ataladi. Nutq kamchiliklarini
bartaraf etishning samarali uslublarini ishlab chiqish, shu jumladan, bolalarni
maktabga tayyorlashda zamonaviy logopediyaning eng dolzarb vazifalaridan biri
hisoblanadi. Nutq nuqsonlariga ega aqli zaif bolalarni o‘z vaqtida aniqlash, mavjud
og‘zaki nutq kamchiliklarini to‘g‘ri tasniflash va unga mos korreksion ta’limni
tashkil etish bu bolalarda yozish va qish kamchiliklari paydo bo‘lishining oldini
olibgina qolmasdan, kelgusida dastur materialini o‘zlashtirishda ortda qolishga yo‘l
qo‘ymaydi.

Nutqni rivojlantirishning asosiy vazifalari nutqning tovush madaniyatini

tarbiyalash, til boyligi, faolligini oshirish, nutqning grammatik tomonini
rivojlantirish, aloqa nutqini qitish barcha maktabgacha yoshdagi muassasalarda hal
qilinadi. Bolaning aloqa nutqini shakllantirish tilning grammatik tuzilishi, lug‘at
tarkibi, tovush tomonini zlashtirish bilan chambarchas bog‘liqlikda kelib chiqadi.

Ko‘p olimlar qatori L.S.Volkova, S.N.Shaxovskayaning ta’kidlashlaricha, aqli

zaif bolalarda nutqning grammatik tomonlari shakllanmaganligi kuzatiladi. Bu
agrammatizmlar (gaplarni tuzish yoki ularni tushunishda vujudga keladigan
qiyinchiliklarda ifodalanadigan nutqning buzilishi) grammatik umumlashtirishlarni
talab qiladigan ko‘pgina vazifalarni bajarishdagi qiyinchiliklarda namoyon bo‘ladi.
Bunda so‘z yasash va so‘z o‘zgartirishning morfologik shakllari, gapning sintaksis
tarkibi yaxshi shakllanmagan bo‘ladi.

Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-

internatida ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish omillaridan biri fanlararo
aloqalarni to‘g‘ri tashkil etishdan iboratdir. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘qish va
yozuv darslarida turli bo‘limlar va mavzularning o‘zaro bog‘lanishi hamda aloqasini
aniq belgilashi va o‘qitish jarayonida unga amal qilishi lozim. Dastur talabiga ko‘ra


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

209

har bir yangi bo‘limni bundan avval o‘tilgan material bilan bog‘lash talab etiladi. Fan
ichidagi bo‘limlar orasidagi o‘zaro bog‘lanishni aniq bilish va hisobga olish
o‘qituvchiga o‘tilganlarni samarali va izchil takrorlash va mustahkamlashga imkon
beradi.

Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘quv fanlarini ma’lum tizimda

o‘qitishning psixologik asoslari yuzasidan shu soha olimlari L.S.Vigotskiy,
V.A.Lubovskiy, M.S.Pevzner, T.А.Vlasova, V.G.Petrova, S.Ya.Rubinshteyn va
boshqalar turli ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishgan. М.F.Gnezdilov, V.G.Petrova,
S.Sh.Aytmetovalarning asarlarida aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktab-internatida fanlararo aloqalar korreksion ishlarni amalga
oshirishda juda muhim ahamiyatga ega ekanligi keng yoritilgan. Har bir o‘quv
fanining mazmuni o‘quvchining lug‘atini boyitadi va nutqning o‘sishiga
qaratiladi.O‘quvchilarni erkin va mustaqil fikrlashga o‘rgatish,hayotga tayyorlash
uchun nutqini o‘stirish,nutqiy muloqotga, o‘qish va yozishga ,kasb-hunarga o‘rgatish
dolzarb muammolardan biridir.

Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-

internatda nutq o‘stirish ishlari yozuv, ona tili, o‘qish, nutq o‘stirish darslarida
ta’limiy vazifa sifatida bajarilsa, boshqa fanlarda nutq o‘stirish ishlari korreksion
vazifa sifatida bajariladi. Har bir darsda ta’limiy va tarbiyaviy ishlardan tashqari
albatta bolaning bilish faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish, korreksiyalash
ishlari amalga oshiriladi. Bu ishlar barcha fanlarda dars jarayonida va darsdan
tashqari vaqtda,logopedik mashg‘ulotlarda mehnat faoliyati asosida olib boriladi.
Nutqni o‘z vaqtida to‘g‘ri egallash bolaga atrofdagi insonlar bilan erkin muloqotda
bo‘lish imkonini beradi,o‘z xulqini boshqarishga yordamlashadi, psixik faoliyatining
rivojlanishiga ko‘maklashadi, maktabda ta’lim-tarbiya berish jarayonini ancha
yengillashtiradi. Ta’lim jarayoni aqli zaif o‘quvchi shaxsini har tomonlama
shakllantirish,uni orqada qolishiga olib keluvchi ruhiy va jismoniy rivojlanishidagi
turli xil nuqsonlarni tuzatish, yengillatish, korreksiya qilishga yo‘naltirilgan chora-
tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan Turli sabablarga ko‘ra sinfdagi guruhli
ishdan orqada qolgan, ulgurmovchi o‘quvchilarga logopedik yordam ko‘rsatilishi
tufayli ular dastur talablariga mos ravishda bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Xulosa qilib shuni aytshimiz mumkinki nutq mexanizmlari murakkab

bo‘lganligi sababli aqli zaif o‘quvchilar o‘qish va yozishni ,kasb-hunarni me’yordagi
tengdoshlariga nisbatan qiyinchiliklar bilan o‘zlashtiradilar. Hozirgi kunda aqli zaif
o‘quvchilarni nutqini o‘stirishda ularning psixofizik rivojlanishidagi o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda maxsus yaratilgan korreksion-pedagogik tizim
asosida olib boriladigan ishlarda fanlararo bog‘lanish muhim ahamiyat kasb etadi.


Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

210

1. Ayupova, Mukarram Yu. "Speech Preparation of Preschool Children with

Speech Deficiency for School Education." Journal of Pharmaceutical Negative
Results (2022): 2345-2353.

2. Абидова Н.З. Организация работи учителя-логопеда в условиях

инклюзивной практики // мактаб ва ҳаёт журнали, № 4 (168) / 2022.

3. Соботович, Е.Ф. Речевое недоразвитие у детей и пути его коррекции /

Е.Ф. Соботович. - М. : Классикс Стиль, 2013. - 158 с.

4. Mamatkulova L.T.“Aqli zaif bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining

yozma nutqidagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish”.Toshkent tibbiyot akademiyasi
axborotnomasi .2022/5-son,242-244.

5. Mamatkulova, L. T. (2022). Defects in the written speech of elementary

school students with intellectual disabilities and their elimination. Confrencea, 6(6),
16-17

Библиографические ссылки

Ayupova, Mukarram Yu. "Speech Preparation of Preschool Children with Speech Deficiency for School Education." Journal of Pharmaceutical Negative Results (2022): 2345-2353.

Абидова Н.З. Организация работи учителя-логопеда в условиях инклюзивной практики // мактаб ва ҳаёт журнали, № 4 (168) / 2022.

Соботович, Е.Ф. Речевое недоразвитие у детей и пути его коррекции / Е.Ф. Соботович. - М. : Классикс Стиль, 2013. - 158 с.

Mamatkulova L.T.“Aqli zaif bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yozma nutqidagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish”.Toshkent tibbiyot akademiyasi axborotnomasi .2022/5-son,242-244.

Mamatkulova, L. T. (2022). Defects in the written speech of elementary school students with intellectual disabilities and their elimination. Confrencea, 6(6), 16-17

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)