JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Yarasheva Dilnoza
Osiyo Xalqaro Universiteti
Jismoniy madaniyat kafedra o’qituvchisi
Email: yarashevadilnozaismoilqizi@oxu.uz
HARAKATLI O’YIN ORQALI GANDBOLNI O’RGATISH
Anotatsiya:
Dunyo miqyosida gandbol xilma-xil murakkab texnik usullarning bajarilish sifati
ortishi bilan tobora ommalashib bormoqda. Ayniqsa gandbolchilarning yuqori natijalarga
erishishiga qaratilgan vosita va usullarni ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Gandbolchilar harakatlarining uyg„unligi va murakkab texnik usullarning ko’pligi ushbu sport
turiga qiziquvchilar sonining ortib borishiga sabab bo’lmoqda. Ayniqsa, jamoalar o’rtasida
raqobatning ortib borishi tufayli mashg’ulotlar jarayonini tashkil qilishda o„yin natijasiga ta’sir
ko’rsatuvchi omillarni aniqlash, to’pni uzatish va qabul qilish, aldamchi harakatlar va darvozaga
zarba berish aniqligini boshlang’ich tayyorgarlik bosqichidanoq takomillashtirish yo’llarini
inobatga olgan holda mashg’ulotlar jarayonini maqsadli rejalashtirish dolzarb masalalardan biri
bo’lib qolmoqda.
Kalit so'zlar:
o’yin usuli, umumiy jismoniy tayyorgarlik, musobaqa-o’yin faoliyati, jismoniy va
texnik tayyorgarligi, o’quv-mashg’ulotlar jarayonini to’g’ri tashkil qilish.
Kirish
Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan
biri bo’lgan sport o’yinlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish bo’yicha tizimli chora-
tadbirlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Jismoniy tarbiya va sport
sohasida aholi sog’ligini mustahkamlashga ko„maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy
etish” zaruriyati belgilab berilgan. Shundan kelib chiqqan holda gandbol sport turida
sportchilarni saralash texnologiyasi, gandbolchilarning texnik-taktik tayyorgarligini oshirishda
yosh gandbolchilarning boshlang’ich tayyorgarlik bosqichidagi o’quv-mashg’ulot jarayonlarini
takomillashtirish bilan bog’liq tadqiqot ishlarini olib borish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Biroq
ushbu tadqiqot ishlarida boshlang’ich tayyorgarlik bosqichidan boshlab yosh gandbolchilarning
jismoniy va texnik tayyorgarligini rivojlantirishning asosiy vositasi sifatida yo’naltirilgan
harakatli o’yinlar va mashqlardan foydalanish muammosi sport murabbiylari tomonidan
yetarlicha tatbiq etilmayotganligi sababli gandbolchilarni bazaviy tayyorlashda bir qator
talablarni qo’ymoqda. Bu esa boshlang’ich tayyorgarlik bosqichida yosh gandbolchilarning
o’quv-mashg’ulot jarayonlarini tashkil qilishda harakatli o’yinlardan foydalanish uslubiyatini
takomillashtirish bilan bog’liq tadqiqotlar olib borishni taqozo etmoqda.
Pedagogik amaliyotda o’yin usuli umumiy jismoniy tayyorgarlik muammolarini hal qilishda,
shuningdek, sport mashg’ulotlarida yordamchi vosita sifatida keng qo’llanilishi V.N.Platonov,
M.S.Bril, V.I.Lyax, I.M.Korotkov, S.A.Shmakov, H.Hammami, T.S.Usmonxo’jayev kabi
olimlarning ilmiy-uslubiy ishlarida keltirilgan.
Xorijiy yetakchi olimlardan J.L.Kozina,
I.G.Shestakov, V.Ya.Ignatiyeva, V.M.Geletskiy, Y.D.Jeleznyak, L.S.Lutebergetlar sport
maktabida gandbol sport turi bilan shug„ullanuvchi bolalarning o’quv-mashg’ulotlar jarayonini
to’g’ri tashkil qilish, ularning jismoniy va texnik tayyorgarligini rivojlantirishda yangicha
yondashuvlar zarurligini ta’kidlab o’tishgan.
Ilmiy – uslubiy adabiyotlarni o’rganish asosida biz shunga amin bo’ldikki, tayyorgarlikning
dastlabki bosqichida amalga oshiriladigan sport tayyorgarligining barcha tarkibiy qismlari,
ayniqsa texnikani rivojlantirish jarayoni qiyin kechadi. Biroq amalda murabbiylar ko’pincha
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
sport mashg’ulotlari tizimida harakatli o’yinlarning rivojlanish imkoniyatlarini e’tiborsiz
qoldiradilar. Bu, bizning fikrimizcha, murabbiyda mashg’ulot jarayonida harakatli o’yinlardan
foydalanish malakasining shakllanmaganligi bilan bog’liq. Harakatli o’yinlarni tanlash va ularni
muayyan maqsadga muvofiq o’zgartirish murabbiydan ko’proq malaka va shunga mos ravishda
yuqori pedagogik mahoratni talab qiladi.
“Boshlang’ich tayyorgarlik bosqichida yosh gandbolchi qizlarga o’yin texnikasini o’rgatishda
harakatli o’yinlardan foydalanish uslubiyati gandbol murabbiylari o’rtasida o’quv-mashq
mashg’ulotlarini tashkil qilish va o’tkazish hamda mashg’ulotlarda harakatli o’yinlarning
qo’llanilish ahamiyatini aniqlash bo’yicha o’tkazilgan anketa so’rovnomasi natijalari tahlili,
harakatli o’yinlarni o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish, musobaqa-o’yin
faoliyati sharoitlarida gandbolchilarni tayyorlash, musobaqa-o’yin uslubini qo’llagan holda
gandbolchilarni tayyorlash tasnifi, gandbolchilarni tayyorlashda qo’llaniladigan harakatli
o’yinlarni tizimlashtirish va mashg’ulotlarda qo’llash metodikasi, pedagogik tajriba boshida
boshlang’ich tayyorgarlik bosqichida shug’ullanuvchi sportchi qizlarning jismoniy va texnik
tayyorgarligi ko’rsatkichlari ko’tarildi.
“Birgalikda o’ynash”.
O’yinchilar 2 kishilik jamoalarga bo’linadi. Har bir jamoada to’p bor va
endi ular to’pni bir-biriga uzatishlari kerak. Jamoalar to’pni qabul qilish uchun bo’sh hududga
yugurishdan tashqari, boshqa jamoalarning to’pini tortib olish yoki urib chiqarishga harakat
qilishi kerak. O’yinda uch qadam qoidasi va vaqt qoidasi amal qiladi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
“Jamoadoshlaringizni himoya qiling”.
Tutuvchi to’pga ega bo’lmagan o’yinchiga tegishga
harakat qilishi kerak. To’pga egalik qiladigan o’yinchilar ushlanib qolish xavfi ostida bo’lgan
o’sha o’yinchiga to’pni uzatishlari kerak. Bir yoki bir nechta to’plardan foydalanish mumkin.
Agar ko’proq to„p ishlatilsa, o„yinchilar qo’lga tushib qolish xavfi bo’lgan o’yinchiga bir nechta
to’p uzatmaslikka e’tibor berishlari kerak.
Harakatli o'yinlar orqali gandbolni o'rgatishning afzalliklari:
1.
Qiziqarli va faol o'quv muhitini yaratish:
Gandbol o'rgatishda harakatli o'yinlar orqali
o'quvchilarni faol va qiziqarli tarzda jalb qilish mumkin. Bu o'yinlar yoshlar orasida sportga
bo'lgan qiziqishni oshiradi.
2.
Sport qoidalari va texnikasini o'rgatish:
Gandbolning asosiy elementlari (to'pni ushlab
turish, to'pni uzatish, zarba berish va himoya qilish) harakatli o'yinlar orqali osonroq o'rgatiladi.
Bu o'yinlar o'quvchilarga sportni o'rganishda nazariyadan ko'ra amaliy tajriba beradi.
3.
Jamoaviy ish va hamkorlikni rivojlantirish:
Gandbol — jamoaviy sport turi, shuning
uchun harakatli o'yinlar yordamida jamoaviy ish, hamkorlik va raqobat ruhini rivojlantirish
muhimdir.
Gandbolni o‘rgatishda harakatli o‘yindan foydalanishning metodik tamoyillari:
1.
Bosqichma-bosqich yondashuv:
O‘quvchilarga dastlab oddiy harakatlar, masalan, to‘pni
uzatish yoki qabul qilishni o‘rgatib, asta-sekin murakkabroq vazifalarga o‘tish. Harakatli o‘yinlar
bu jarayonda oddiy mashqlardan boshlanib, murakkab guruhli o‘yinlarga qadar rivojlanadi.
2.
O‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish:
Harakatli o‘yinlar yordamida o‘quvchilarni
faol ishtirok etishga undash, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va o‘rgatish jarayonini qiziqarli
qilish.
3.
Jismoniy va psixologik tayyorgarlik:
O‘quvchilarni harakatlar orqali faollashtirish, ularni
jismoniy va psixologik nuqtai nazardan tayyorlash. Harakatli o‘yinlar o‘quvchilarga tezkor
qarorlar qabul qilish, o‘zining va jamoasining holatini baholash imkonini beradi.
Xulosa:
Harakatli o‘yinlar orqali gandbolni o‘rgatish jismoniy faollikni oshirish, sport qoidalari va
texnikalarini amaliyotda mustahkamlash, jamoaviy ishni rivojlantirish uchun samarali usuldir.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Bu yondashuv o‘quvchilarga sportga nisbatan qiziqish va faoliyatni sevimli mashg‘ulotga
aylantiradi. Harakatli o‘yinlar yordamida o‘quvchilar to‘pni ushlab turish, uzatish, zarba berish
va himoya qilish texnikalarini muvaffaqiyatli o‘rganadilar.
Foydalangan adabiyotlar
1. Dilnoza, Y. (2024). BOLALARNING GANDBOLGA XOS MAHORAT DARAJASINI
ANIQLASH.
2. Dilnoza, Y. (2024). BODY HYDRATION OF FEMALE HANDBALL PLAYERS
DURING THE GAME STATUS.
American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research
,
4
(04), 07-14.
3. Dilnoza, Y. (2024).
GANDBOL SANOAT VA
TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH.
4. Ярашева, Д. (2024). Yosh gandbolchilarda izokinetik dinamik muvozanat, plyometrik
mashg’ulotlarning anaerobikasi.
Зарубежная лингвистика и лингводидактика
,
2
(1/S), 838-
847.
5. Dilnoza, Y. (2024). SPORT MARKETINGIDA HOMIYLIK ALOQALARI.
6. Dilnoza,
Y.,
&
Diyor,
O.
(2024).
NOGIRONLIK
VA
SPORT
SOTSIOLOGIYASI.
MASTERS
,
2
(8), 76-82.
7. Dilnoza, Y., & Diyor, O. (2024). AQLIY TARBIYA VA FITNES.
PSIXOLOGIYA VA
SOTSIOLOGIYA ILMIY JURNALI
,
2
(7), 79-82.
8. Dilnoza, Y., & Diyor, O. (2024). AQLIY TARBIYA VA FITNES.
PSIXOLOGIYA VA
SOTSIOLOGIYA ILMIY JURNALI
,
2
(7), 79-82.
9. Dilnoza, Y., & Diyor, O. (2024). FUTBOL O'YINNI O'ZLASHTIRISH ENG KENG
TARQALGAN TAKTIKASI VA MASHG'ULOT TEXNIKASI.
PSIXOLOGIYA VA
SOTSIOLOGIYA ILMIY JURNALI
,
2
(7), 83-88.
10. Yarasheva Dilnoza, (2024). BODY HYDRATION OF FEMALE HANDBALL PLAYERS
DURING THE GAME STATUS.
American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research
,
4
(04), 07–14. https://doi.org/10.37547/ajsshr/Volume04Issue04-02
11. Dilnoza,
Y.
(2024).
MASHG’ULOT
JARAYONIDA
GANDBOLCHINING
FUNKSIONAL HOLATINI O’RGANISH.
PEDAGOG
,
7
(6), 39-46.
12. Yarasheva,
D.
(2024).
GANDBOLDA
TO’PNI
QO’LLASH
TEXNIKALARI.
PEDAGOG
,
7
(5), 13-20.
13. Yarasheva, D. (2024). TYPES AND EFFECTIVENESS OF FITNESS TRAINING. Modern
Science and Research, 3(1), 299-307.
14. Yarasheva, D. (2024). IN HANDBALL GYMS: SAFE PHYSICAL EXERCISES AND
INJURY PREVENTION. Modern Science and Research, 3(2), 23-32.
15. Yarasheva, D. (2024). USE OF HANDBALL INDUSTRY AND TECHNOLOGY. Modern
Science and Research, 3(2), 9-15.
