Авторы

  • Sirojev Shoxrux Fayzullo o’g’li
    Osiyo Xalqaro Universiteti Jismoniy Madaniyat kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.83187

Ключевые слова:

Sport industriyasi iqtisodiy ta’sir globallashuv sport mahsulotlari sarmoya sport siyosati infratuzilma xizmat bozori ommaviy madaniyat iqtisodiy rivojlanish.

Аннотация

 Mazkur maqolada sportning tarixiy rivojlanishi, sanoatlashuvi va iqtisodiy tizimlarga integratsiyasi chuqur tahlil qilinadi. Dastlab jismoniy ehtiyojlardan kelib chiqqan sport faoliyatlari, sanoat inqilobi va globallashuv jarayonida iqtisodiy, madaniy va sotsiologik tizimlar bilan uzviy bog‘liq bir industriyaga aylangan. Sport endüstriyasi bugungi kunda infratuzilma, turizm, media, sog‘liqni saqlash, ta’lim, reklama va iste’mol bozori kabi ko‘plab sohalarga ta’sir ko‘rsatmoqda. Sport mahsulotlari, xizmatlari, tashkilotlari va muxlislar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar uni yirik moliyaviy resurs manbai sifatida namoyon qilmoqda. Shuningdek, davlatlarning sport siyosati va investitsiyalari sportning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotdagi rolini yanada kuchaytirmoqda. Tadqiqot, sportning nafaqat jismoniy sog‘lomlashtirish vositasi, balki global miqyosda iqtisodiy strategiya vositasi sifatida ahamiyatini ko‘rsatadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Sirojev Shoxrux Fayzullo o’g’li

Osiyo Xalqaro Universiteti Jismoniy Madaniyat kafedrasi o’qituvchisi

SPORTNING SANOATLASHUVI: IQTISODIY OMILLAR VA GLOBALLASHUV

DOIRASIDAGI O‘ZGARISHLAR

Annotatsiya:

Mazkur maqolada sportning tarixiy rivojlanishi, sanoatlashuvi va iqtisodiy

tizimlarga integratsiyasi chuqur tahlil qilinadi. Dastlab jismoniy ehtiyojlardan kelib chiqqan

sport faoliyatlari, sanoat inqilobi va globallashuv jarayonida iqtisodiy, madaniy va sotsiologik

tizimlar bilan uzviy bog‘liq bir industriyaga aylangan. Sport endüstriyasi bugungi kunda

infratuzilma, turizm, media, sog‘liqni saqlash, ta’lim, reklama va iste’mol bozori kabi ko‘plab

sohalarga ta’sir ko‘rsatmoqda. Sport mahsulotlari, xizmatlari, tashkilotlari va muxlislar

o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar uni yirik moliyaviy resurs manbai sifatida namoyon qilmoqda.

Shuningdek, davlatlarning sport siyosati va investitsiyalari sportning ijtimoiy va iqtisodiy

taraqqiyotdagi rolini yanada kuchaytirmoqda. Tadqiqot, sportning nafaqat jismoniy

sog‘lomlashtirish vositasi, balki global miqyosda iqtisodiy strategiya vositasi sifatida ahamiyatini

ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar:

Sport industriyasi, iqtisodiy ta’sir, globallashuv, sport mahsulotlari, sarmoya,

sport siyosati, infratuzilma, xizmat bozori, ommaviy madaniyat, iqtisodiy rivojlanish.

Kirish

Turmush tarziga aylangan sport - kundalik hayotning ajralmas bir qismidir. Sog‘lom har bir

insonning ongli ravishda o‘z organizmining tabiiy mexanizmlari doirasida sport bilan

shug‘ullanishi, bugungi kunda sport va sport faoliyatlarini tushuntirish uchun yetarli emas. Sport

bilan birga muxlislik qilish va sportga oid bahs-munozaralarda ishtirok etish ham shaxs

hayotining ajralmas qismiga aylangan. O‘ziga xos tartibi, qoidalari va estetikasiga ega bo‘lgan

sport – sportchisi, muxlisi, jihozlari, hakami, rahbariyati, huquqi, transferi, turizmi, transporti,

siyosati, dopingi, porasi va yana ko‘plab unsurlari bilan yagona bir butun tizimdir.

Bugungi kunda sport, shaxsiy va ijtimoiy salomatlikni asrash va rivojlantirish xususiyati bilan

muhim bir xizmat sohasi sifatida tan olingan. Katta hajmdagi moliyaviy harakatlar

sarmoyadorlarning e’tiborini kuchli jalb qilmoqda. Ommaviy axborot vositalarining keng

ko‘lamli tarqalishi va media kuchining ta’siri tufayli foydali reklama va targ‘ibot vositasiga

aylangan sport, keng omma orasida qiziqish uyg‘otuvchi tomosha va ko‘ngilochar faoliyat

sifatida iste’molni rag‘batlantiruvchi bir sohaga aylangan. Shu bilan birga, u tadbirkorlar uchun

moliyaviy sarmoya nuqtai nazaridan ham jozibador bo‘lmoqda.

Sport nafaqat xizmat ko‘rsatish sohasiga, balki mahsulot ishlab chiqarish va iste’mol sohalariga

ham ta’sir ko‘rsatib, yirik sanoat sohasiga aylangan. U faoliyat yuritayotgan va ta’sir

ko‘rsatadigan turli sohalar orqali yaratilayotgan moliyaviy hajm bilan mamlakat iqtisodiyotiga

sezilarli daromad keltirmoqda. Sportning ajralmas bo‘g‘ini bo‘lgan sport klublari esa - qonun,

nizom, reglament va shartnomalar kabi huquqiy xususiyatga ega bo‘lgan qoidalar asosida tashkil

etilib, faoliyat yuritadigan, har bir a’zosining va boshqaruvga qatnashuvchilarning vakolat va

mas’uliyat doirasi aniq belgilangan tashkilotlardir. Bu tashkilotlar jamiyatga professional yoki

havaskor tarzda turli sport turlarida xizmat ko‘rsatadi, har qanday yoshdagi, jismoniy

imkoniyatga ega insonlar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratadi, yuqori natijalar


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

ko‘rsatishga qodir professional sportchilarni tayyorlashni maqsad qiladi. Ular xususiy huquqiy

normalar asosida tashkil etilgan va boshqariladigan nodavlat notijorat tashkilotlardir.

Sportning tarixiy rivojlanishi va sport industriyasi

Sport lotin tilidagi “desportare” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, bu so‘z lug‘aviy jihatdan “o‘yin,

hordiq, zavqlanish, odatiy ishlardan chalg‘ish” ma’nolarini anglatadi. Sport - bu jismoniy va

ruhiy qobiliyatlarni rivojlantiruvchi, o‘ziga xos qoidalari va texnikasi bo‘lgan, yakka tartibda

yoki jamoaviy tarzda bajariladigan o‘rgatuvchi va ko‘ngilochar faoliyat turi hisoblanadi.

Bugungi kunda sport insoniyat tarixida tirikchilik faoliyatlari sifatida yuzaga kelgan

harakatlardan evolyutsiya yo‘li bilan rivojlangan. Shu sababli sport faoliyatlarining tarixi

insoniyat tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Tadqiqotlarga ko‘ra, hozirgi zamon odami

evolyutsiyasining boshlang‘ich bosqichida yashagan neandertallar miloddan avvalgi 180 000–70

000 yillar oralig‘ida mavjud bo‘lgan, biroq ularning ovda qurol ishlatgani aniqlanmagan.

Keyinchalik esa ovchi–yig‘uvchi guruhlar nayzaga o‘xshash qurollardan foydalana boshlagan va

ularni rivojlantirgan. Maqsadga aniqlik bilan zarba berish uchun bu guruhlar eng sodda ma’noda

mashqlar bajarganliklari aniqlangan.

Neolit davrda dehqonchilik va chorvachilik rivojlanishi natijasida “bo‘sh vaqt” tushunchasi

shakllangan. Aynan shu bo‘sh vaqt bilan birga sport ham ehtiyoj asosida rivojlanib borgan. Yuk

tashish, transport va himoya-hujum asosli harakatlar mahsulot yoki insonning tezroq va

xavfsizroq harakatlanishini ta’minlagan. Insoniyat tarixining rivojlanish bosqichida jamiyatlar

tovar ayirboshlash orqali savdo qilganlar. Dastlab ov mahsulotlari savdo obyekti bo‘lgan bo‘lsa,

keyinchalik doimiy yashashga o‘tganlaridan so‘ng dehqonchilik va chorvachilikdan olingan

mahsulotlar asosiy tovar sifatida ishlatilgan.

Qadimgi Yunonistonda ta’limning asosiy maqsadi “yaxshi va go‘zal odam” yetishtirish bo‘lgan

va bu idealdagi insonni tarbiyalashda jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish ham muhim deb

hisoblangan. Olimpizm g‘oyasining ildizi ham aynan jismoniy va ruhiy barkamollikka erishgan

shaxs yetishtirishga qaratilgan bo‘lib, bu qadriyatlar qadimgi yunon sport tushunchasi, olimpiya

o‘yinlari va ta’lim tizimiga asoslanadi. Aristokratik boshqaruvga ega bo‘lgan qadimgi

Yunonistonda “ideal insonlar” aristokratlar va zodagon erkaklar bo‘lganligi uchun olimpiya

o‘yinlarida qullar va ayollar ishtirok etmagan. Atletik sport turlari esa zodagonlar qatlamiga

kirmaydigan boshqa guruhlar tomonidan amalga oshirilgan.

Sport o‘rta asrlardan boshlab asta-sekin shakllana boshlagan. Feodal tizim asosidagi jamiyatlar

ma’naviy ustunlik mafkurasiga tayanib, diniy tushunchalar asosida shakllangan. Natijada atletik

o‘yinlar yo‘qolgan. Feodal aristokratlar, jumladan, tennisning ilk shakli hisoblangan “Ju-de-

paum” kabi o‘yinlar bilan shug‘ullangan bo‘lsa, ular o‘z serflariga tartibsiz ravishda ibtidoiy

futbol o‘ynashiga ham ruxsat berganlar. Atletik o‘yinlarning katta qismi yo‘qolishi bilan feodal

jamiyatlar zamonaviy sportning tug‘ilishi uchun markazga aylangan. Bu jarayonda sport feodal

aristokratlar uchun imtiyozga aylangan bo‘lsa-da, asta-sekin omma uchun ochiq tadbirga aylana

boshlagan.

Sport industriyasi tushunchasi va sportning sanoatlashuvi

Sport - iqtisodiy, madaniy va sotsiologik nuqtai nazardan doimiy ravishda o‘sib borayotgan va

rivojlanayotgan hodisa bo‘lib, so‘nggi yillarda insonlarning sog‘lom hayot kechirishi uchun

muhim omil sifatida keng tarqalgan. Biroq, professionallashuv bilan birga sport faqat bo‘sh


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

vaqtni samarali o‘tkazish va sog‘lom hayot tarzining vositasi bo‘lib qolmay, balki iqtisodiy

qiymat yaratuvchi bir soha, ya’ni sektor sifatida ham maydonga chiqdi. Sport iqtisodiy qiymat

yaratish orqali yirik iste’mol guruhlarini shakllantirish va ularni birlashtirishga imkon bergan.

Shu bilan birga, boshqa sohalar bilan o‘zaro ta’siri, o‘zgarayotgan iste’mol odatlari va kengayib

borayotgan iste’molchilar guruhining ta’siri bilan sport tijorat tusini olib, yirik sanoat sohasiga

aylangan.

Sport industriyasi - sportga yo‘naltirilgan mahsulotlar mavjud bo‘lgan bozorni va bu faoliyat

bilan shug‘ullanadigan korxonalarni o‘rganuvchi sohaga aylandi. Bu soha boshqa industriyalar

bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, bilvosita yoki bevosita turli tarmoqlarga ta’sir ko‘rsatadi.

Natijada, sport tashkilotlari, mahsulotlari, tuzilmalari, marketingi va ommaviy axborot vositalari

orqali keng ko‘lamda ta’sir doirasiga ega bo‘ldi. Sport industriyasining tarixiy jarayondagi

shakllanishi sanoat inqilobi bilan boshlangan. Bu davrda yuzaga kelgan modernizatsiya va

sanoatlashuv ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jamiyatga oid hodisalarning o‘zgarishi va

rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Shaharlashuv, sanoatlashuv, ommaviy kommunikatsiya,

transportdagi o‘sishlar yangi ish o‘rinlarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan va ayni paytda

qishloqdan shaharga migratsiyani tezlashtirgan.

Sanoat inqilobi natijasida bo‘sh vaqt tushunchasining paydo bo‘lishi ijtimoiy va madaniy

hayotdagi o‘zgarishlar bilan uyg‘unlashib, an’anaviylik bilan zamonaviy sport shaklini vujudga

keltirgan. Sanoatlashuv tufayli yuzaga kelgan raqobat muhiti esa sifat bo‘yicha raqobatni keltirib

chiqargan. Sanoatlashtirilgan va rivojlangan milliy sektorlar globallashuv bilan birga o‘zgarish

va transformatsiyaga uchragan. Sport - sanoat va iste’mol mahsuloti sifatida globallashuvning

olib kelgan raqobatidan bevosita ta’sirlangan. Globallashuv bilan birga axborot almashinuvi,

kommunikatsiya texnologiyalari, ommaviy madaniyat va unga bog‘liq barcha madaniy,

sotsiologik va iqtisodiy sohalar ham o‘zgarishga uchragan. Sport va sport industriyasi ham ushbu

globallashuv oqibatida rivojlanish va transformatsiyaga yuz tutgan.

Bu o‘zgarishlar natijasida sport - tomoshabinni va ishtirokchilarni ommaviy tarzda o‘ziga jalb

qiladigan nihoyaviy iste’mol mahsuloti sifatida namoyon bo‘lmoqda. Raqobatning nihoyatda

kuchli bo‘lishi tufayli sport klublarining o‘z muxlislarini o‘z taraflariga og‘dirishlari juda

murakkab bo‘lib qolgan. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi, sportda ham iste’molchilarning kutish

darajasi tez sur’atlarda oshgan. Muxlislar o‘zlarini tegishli deb bilgan jamoalardan yuqori

darajadagi sadoqat bilan natija kutishmoqda va buning uchun yanada kuchli va raqobatbardosh

jamoalar tuzilmoqda. Muxlislar o‘z sadoqatlarini ko‘rsatish va jamoaga hissa qo‘shish

maqsadida klub ishlab chiqargan mahsulotlarni xarid qilayotgan bo‘lsalar, sport klublari esa bu

talabga javoban muxlis e’tiborini tortadigan mahsulotlar xilma-xilligini yaratish ustida

ishlamoqdalar.

Sport industriyasining ko‘lamlari va iqtisodiy ta’siri

Sport industriyasi o‘z iste’molchilariga bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish faoliyatlari bilan birga

sportga oid mahsulot va xizmatlarni taklif qiluvchi bir bozor sifatida qaraladi. Faoliyat va tadbir

yo‘nalishlari orqali sport mahsulotlari bozori, qurilish sohasi, turizm sohasi, logotip va

franchayzing, sovg‘alik mahsulotlar bozori, oziq-ovqat sohasi, reklama, ko‘ngilochar tadbirlar va

promoaksiyalar sohasi hamda huquq tizimi ustida bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Sport industriyasi

o‘z mahsulot va xizmatlaridan tashqari do‘konlar, restoranlar, mehmonxonalar, zavodlar, barlar

kabi tadbirkorlik subyektlariga ham ta’sir etadi. Unda quyidagi turdagi mahsulotlar mavjud:

Ishtirokchi mahsulotlar

: musobaqalarda bevosita qatnashish imkoniyati,

Tomoshabin mahsulotlar

: sport musobaqalarini kuzatish,


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Sport anjomlari va jihozlari

,

Logotipli tijorat mahsulotlari

,

Sport inshootlari

,

Sportchilarning anjomlariga xizmat ko‘rsatish

,

Sport tadbirlarini boshqarish va marketingi

,

Matbuot va efir faoliyatlari

,

Sport huquqi va qonunchiligi

.

Bundan tashqari, sport industriyasi mamlakat iqtisodiy rivojlanishida ham muhim rol o‘ynaydi.

Bu soha ta’lim, ta’lim muassasalari, transport, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik, ommaviy axborot

vositalari, jurnalistika, sharhlovchilik va eksport kabi ko‘plab iqtisodiy tarmoqlarga hissa

qo‘shmoqda.

Bugungi kunda sport inshootlari faqat musobaqalar vaqtida cheklangan soatlarda

foydalaniladigan joylar emas, balki muxlislar uchun ochiq bo‘lgan, klubga iqtisodiy daromad

keltiruvchi maydonlarga aylangan. Sport turlarining xilma-xilligi va boshqa sohalarga bo‘lgan

ta’siri bilan sport industriyasi milliy iqtisodiyotda muhim o‘rin tutmoqda. U valyuta, kapital va

moliyaviy bozorlar, shu jumladan valyuta kurslari va foiz stavkalari kabi makroiqtisodiy

ko‘rsatkichlarga ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu mezonlarga muvaffaqiyatli tarzda ega bo‘lgan davlatlar

sport sektorida ham ilg‘or o‘rinni egallab kelmoqda.

Sport industriyasida kuzatilayotgan taraqqiyot, sport faoliyatlarini keng ommalarni qamrab

oluvchi ko‘ngilochar va tomosha faoliyatlariga aylantirib, bu orqali iste’mol sohasiga kengaytirdi.

Shuningdek, moliyaviy faollikning yuqoriligi sababli sarmoyadorlar e’tiborini tortmoqda. Demak,

sportning iqtisodiy faoliyat doirasining kengligi va xizmat sohasidan tashqari boshqa ko‘plab

tarmoqlarga ta’siri, uni haqiqiy bir sanoat tarmog‘iga aylantirdi.

Sportning iqtisodiy ta’siri

Sport va san’at - tomosha vositasi bo‘lishi, o‘ziga xos "super yulduzlar"ni yaratishi, jamiyatlarga

ta’sir ko‘rsatishi va o‘ziga sodiq muxlislar guruhiga ega bo‘lishi jihatidan o‘zaro

o‘xshashliklarga ega. Iste’dodlarning notekis taqsimlanishi va buning natijasida daromad

taqsimotining iste’dodga qarab shakllanishi, martaba rivoji va eng asosiysi, daromad - xarajat

muvozanati nuqtai nazaridan sport va san’at orasida muhim o‘xshashliklar mavjud.

Sport iqtisodchilari sportga sarmoya kiritgan investorlarning dastlabki motivatsiyasi madaniy

yondashuvga asoslanganini qayd etishgan. Ayniqsa, davlat tashkilotlarining sport sohasidagi

sarmoyalari aynan shu madaniy qarashlar bilan ajralib turadi. Biroq investorlar nuqtai nazaridan

qaralganda, sportning iqtisodiy daromad keltirish imkoniyati san’atdan asosiy farqni tashkil etadi.

Muxlis va tomoshabinlar uchun ham sport va san’at katta ommaviy e’tiborga ega bo‘lgan ikki

soha sifatida tan olingan bo‘lsa-da, ularning iqtisodiy daromad potentsiali jihatidan farqlanishi

aniqlanmoqda. Bu holat iqtisodiyotni madaniy yondashuv asosida o‘rganuvchi olimlar uchun

juda qiziqarli tadqiqot obyekti bo‘lib chiqmoqda. Ko‘plab mamlakatlarda sportning tashkil

etilishi va ommaga yetkazilishi davlat tomonidan ijtimoiy xizmat sifatida amalga oshiriladi.

Davlatlar tarixiy jarayon davomida o‘z iqtisodiy va siyosiy tuzilishlariga mos ravishda ta’lim,

sog‘liqni saqlash kabi xizmatlarni majburiy ravishda bajarib keladi. Shu sababli, iqtisodiyot,

sog‘liq, moliya, jamoat xavfsizligi va atrof-muhit bilan bog‘liq qonunchilik isloh qilinadi.

Zamonaviy jamiyatlarda sport hayotning ajralmas qismiga aylangan. Davlatlar esa tashkilotchilik

tamoyiliga mos ravishda ko‘ngilochar va tijorat faoliyatining bir qismi sifatida sport klublarini


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

nazorat tizimi doirasida kuzatib boradi. Aholiga sport bilan bog‘liq xizmatlarni yetkazish uchun

tegishli qonunchilik me’yorlari ishlab chiqilib, iqtisodiy resurslar ajratiladi. Bu kabi tashabbuslar

asosida davlat organlari yangi sport inshootlarini qurish va mavjudlarini yangilash bo‘yicha

yetakchi rolni o‘ynaydi. Sport industriyasi mahsulot va xizmat ishlab chiqarish nuqtai nazaridan

o‘rganilganda, dastlabki iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash davlat tashkilotlari tomonidan taqdim

etiladi. Bunga parallel tarzda sport tashkilotlari va xususiy sektor subyektlari ham qo‘shimcha

iqtisodiy manbalarni shakllantiradi.

Xulosa

Sport, zamonaviy jamiyatlarda faqat jismoniy faoliyat yoki ko‘ngilochar mashg‘ulot sifatida

emas, balki kuchli iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tizimlarga ta’sir etuvchi yirik bir industriya

sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tarixiy jarayonda sport avvalo hayotiy ehtiyojlarga tayangan holda

shakllangan bo‘lsa, hozirgi globallashgan dunyoda u iste’mol bozori, madaniyat, texnologiya,

transport, sog‘liqni saqlash, media va turizm kabi ko‘plab sohalarga bevosita bog‘liq holda

rivojlanmoqda. Sanoat inqilobi bilan sportning ommaviylashuvi, raqobat muhiti va iqtisodiy

tizimga integratsiyasi jadallashgan. Bu esa sportni xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda

mahsulot ishlab chiqaruvchi sohalar, marketing, franchayzing, brend yaratish, media va reklama

bilan chambarchas bog‘liq qilgan. Sport klublari, tashkilotlar, muxlislar va iste’molchilarning

iqtisodiy munosabatlari orqali sport - yirik moliyaviy aylanish markaziga aylangan.

Shuningdek, davlatlar sportni faqat sog‘lomlashtirish vositasi sifatida emas, balki iqtisodiy va

madaniy siyosatning bir elementi sifatida ko‘rmoqda. Sport inshootlariga sarmoya kiritish, sport

tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va qonunchilik asosida sport sohasini boshqarish bu

yo‘nalishdagi asosiy mexanizmlardandir. Umuman olganda, sportning sanoatlashuvi va iqtisodiy

integratsiyasi uni faqat musobaqalar doirasidan chiqarib, keng ko‘lamli ijtimoiy va iqtisodiy

tizimlar bilan uzviy bog‘liq yirik global sektorga aylantirgan. Shu jihatdan sport industriyasi,

hozirgi davrda nafaqat sog‘lom hayot tarzi balki strategik iqtisodiy taraqqiyot vositasi sifatida

ham katta ahamiyatga egadir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. 1.Andreff, W. (2006). Sport in developing countries. In W. Andreff & S. Szymanski (Eds.),

Handbook on the Economics of Sport (pp. 308–315). Cheltenham, UK: Edward Elgar Publishing.

2. 2.Gratton, C., & Taylor, P. (2000). Economics of Sport and Recreation. London: E & FN

Spon.

3. 3.Smith, A. C. T., & Stewart, B. (2010). The special features of sport: A critical revisit.

Sport Management Review, 13(1), 1–13.

https://doi.org/10.1016/j.smr.2009.07.002

4. 4.Zimbalist, A. (2003). Sport as Business. Oxford Review of Economic Policy, 19(4), 503–

511.

https://doi.org/10.1093/oxrep/19.4.503

5.

5.

Sirojev,

S.

(2025).

KURASHCHILARDA

JISMONIY

SIFATLARNI

RIVOJLANTIRISH. ИКРО журнал, 14(02), 718-720.

6.

6.

Shoxrux, S. (2025). VOLEYBOLDA TAKTIK TAYYORGARLIK. PEDAGOGIK

TADQIQOTLAR JURNALI, 3(1), 280-284.

7.

7.

Sirojev, S. (2024). YUGURISH TURLARI VA QISQA MASOFAGA YUGURISH

TEXNIKASI. Международный журнал научных исследователей, 9(1), 251-256.

8.

8.

Shoxrux,S.(2025). VOLEYBOLDA TAKTIK TAYYORGARLIK. PEDAGOGIK

TADQIQOTLAR JURNALI, 3(1), 280-284.

9.

Sirojev, S. (2025). VOLEYBOL O'RGANISH USULLARI VA

METODLARI. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 2(2), 304-308.

Библиографические ссылки

1.Andreff, W. (2006). Sport in developing countries. In W. Andreff & S. Szymanski (Eds.), Handbook on the Economics of Sport (pp. 308–315). Cheltenham, UK: Edward Elgar Publishing.

2.Gratton, C., & Taylor, P. (2000). Economics of Sport and Recreation. London: E & FN Spon.

3.Smith, A. C. T., & Stewart, B. (2010). The special features of sport: A critical revisit. Sport Management Review, 13(1), 1–13. https://doi.org/10.1016/j.smr.2009.07.002

4.Zimbalist, A. (2003). Sport as Business. Oxford Review of Economic Policy, 19(4), 503–511. https://doi.org/10.1093/oxrep/19.4.503

5.Sirojev, S. (2025). KURASHCHILARDA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH. ИКРО журнал, 14(02), 718-720.

6.Shoxrux, S. (2025). VOLEYBOLDA TAKTIK TAYYORGARLIK. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 3(1), 280-284.

7.Sirojev, S. (2024). YUGURISH TURLARI VA QISQA MASOFAGA YUGURISH TEXNIKASI. Международный журнал научных исследователей, 9(1), 251-256.

8.Shoxrux,S.(2025). VOLEYBOLDA TAKTIK TAYYORGARLIK. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 3(1), 280-284.

Sirojev, S. (2025). VOLEYBOL O'RGANISH USULLARI VA METODLARI. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 2(2), 304-308.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)