JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Sirojev Shoxrux Fayzullo o’g’li
Osiyo Xalqaro Universiteti Jismoniy Madaniyat kafedrasi o’qituvchisi
YOSH SPORTCHILARDA UMUMIY (AEROB) CHIDAMLILIKNIRIVOJLANTIRISH
Annotatsiya:
Bolalik davridan boshlab jismoniy yuklamalarni oqilona taqsimlashda umumiy
chidamlilikni rivojlantirishga katta e’tibor berish lozimligi tomonidan e’tirof etiladi. Inson
chidamli bo‘lishi uchun organizmdagi turli tizimlarning yaxshi rivojlanishiga erishish lozim.
Bolalarning chidamlilik darajasini oshirish, birinchidan, yurak - tomir faoliyatini kuchaytirishni;
ikkinchidan, funksional tizimlarningfaoliyati jarayonida paydo bo‘ladigan quvvatni tejab-tergab
sarflashni; uchinchidan, funksional imkoniyatlardan iloji boricha to‘la foydalanishni nazarda
tutadi.
Kirish so’z:
chidamlilik, aerob, anaerob, jismoniy mashq, yugurish.
Umumiy chidamlilik va uni rivojlantirish uslublari
Kichik maktab yoshidagi bolalarda chidamlilik darajasi ancha past bo‘ladi. Biroq 10 yoshlarga
kelib ularda tezkor ishni bir necha marta bajarishga (qisqa masofaga takroriy yugurish),
shuningdek, nisbatan uzoq vaqt davomida kam shiddatli ishni (sekin yugurish) bajarishga
bo‘lgan qobiliyat oshadi. Demak, sekin yugurish kichik maktab yoshidan boshlab chidamlilikni
rivojlantirish uchun muvaffaqiyat bilan qo‘llanilishi mumkin.
Birinchi mashg‘ulotlardanoq umumiy chidamlilikni rivojlantirishgakatta e’tibor qaratish lozim.
Bunda bir maromli uzoq davom etadigan sekin yugurishdan foydalanish tavsiya etiladi .
Mualliflar mashq paytida umumiy chidamlilikni rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan usullar va
uslublar, shuningdek, bir guruh murabbiylar tomonidan o‘tkazilgan tajriba hamda uning
natijalarini ta’riflab berganlar.
Biror bir faoliyatda charchoqqa qarshilik ko‘rsatish qobiliyati chidamlilik deb ataladi.
Umumiy chidamlilik - insonning odatiy bo‘lmagan faoliyatni uzoq vaqt va muvaffaqiyatli bajara
olish qobiliyati.
Umumiy chidamlilikning namoyon bo‘lishi asosida inson organizmining funksional xususiyatlari
yotadi. Ular har xil turdagi harakat faoliyatiga nisbatan chidamlilik namoyon bo‘lishining
maxsus bo‘lmagan asosini tashkil etadi.
Bu, birinchi navbatda, vegetativ funksiyalar, jumladan, energiyaning aerob manbasi
unumdorligidir. Masalan, insonning nafas olish imkoniyatlarida o‘ziga xoslik u qadar
sezilmaydi. U harakatning tashqi shakliga u qadar bog‘liq emas. Shuning uchun, agar kimdir
yugurish mashg‘ulotlari evaziga o‘zining aerob imkoniyatlari darajasini ancha yaxshilab olsa, bu
boshqa harakatlarning (yurish, eshkak eshish va x.k.) bajarilish unumdorligiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Organizmning vegetativ tizimlari ishini takomillashtirishga asoslangan mashq bilan
chiniqqanlikning maxsus bo‘lmagan, umumlashtirilgan darajasi chidamlilikning bitta faoliyat
turidan ikkinchisiga keng qamrovda o‘tish uchun qulay sharoit yaratadi. Shuning uchun ushbu
chidamlilik turini «umumiy» sifatida belgilashga asos bo‘ladi. Mushak ishi davomiyligi ortishi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
bilan chidamlilikning ko‘chishi oshib boradi (Volkov.N.I vaboshqalar). Umumiy chidamlilikning
ijobiy ko‘chish samarasi sport amaliyotida va kasb-amaliy jismoniy tarbiyada keng qo‘llaniladi.
Umumiy chidamlilikni rivojlantirish uchun o‘z tuzilishiga ko‘ra musobaqa mashqlaridan yoki
kasbga oid harakatlardan ancha yiroq bo‘lgan, lekin yurak-tomir hamda nafas olish tizimlari
uchun yuqori samarali hisoblangan mashqlar tez-tez qo‘llaniladi.
Muallifning ta’kidlashicha, aerob xususiyatdagi ishga bo‘lganchidamlilik darajasini oraliqli va
o‘zgaruvchan uslublarning tegishli rejimlarini qo‘llash yordamida oshirish mumkin. Oraliqli
asosiy uslub shu narsani tashkil qiladiki, nisbatan yuklamali ish bajarilgandan so‘ng dam olish
oraliqlari vaqtida yurak urish hajmi eng katta ko‘rsatkichlarga yetadi.
Yosh sportchilar chidamliligini belgilab beruvchi omillar
Chidamlilikning namoyon bo‘lishini oldindan belgilab beruvchi omillar quyidagilar:
mushaklarning tuzilishi; ichki mushak va mushaklararo koordinatsiya; yurak-qon tomir, nafas
olish va asab tizimlari ishining unumdorligi; organizmdagi energiya manbalarining zahirasi;
boshqa jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasi; harakat faoliyatining texnik va taktik
tejamkorligi.
Chidamlilikning namoyon bo‘lishida shunday o‘xshash bog‘liqlik boshqa harakat sifatlarining
rivojlanish darajasida ham kuzatiladi. Bu shundan dalolatki, faqat boshqa jismoniy sifatlar
optimal darajada rivojlangan bo‘lsagina, chidamlilikning yuqori darajada namoyon bo‘lishiga
erishish mumkin.
Musobaqa faoliyatida chidamlilikning namoyon bo‘lish darajasi sport kurashining optimal
taktikasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Aerob xususiyatdagi ishda o‘zgaruvchan tezlik bilan ishlash keng qo‘llaniladi. Bunda nisbatan
yuqori va nisbatan past tezlik bilan yugurib o‘tiladigan bo‘laklarni o‘zgartirib turish, bo‘laklar
shiddatini tomir urishi daqiqada 160-170 zarbagacha bo‘lganda oshirishni hamda oxirida kam
shiddatli bo‘lakda YuQT daqiqada 140-145 zarba bo‘lganda kamaytirishni nazarda tutadi.
Chidamlilikni rivojlantirish vositalari. Umumiy chidamliliknirivojlantirish uchun turli jismoniy
mashqlar va ularning komplekslari qo‘llanilishi mumkin. Ular quyidagi talablarga javob berishi
lozim:
-
nisbatan oddiy bajarilish texnikasi;
-
aksariyat skelet mushaklarining faol ishlashi;
-
chidamlilikning namoyon bo‘lishini chegaralovchi funksional tizimlarning yuqori darajada
faolligi;
-
mashg‘ulot yuklamasini me’yorlash va boshqarish imkoniyati;
-
uzoq vaqt (bir necha daqiqadan bir necha soatlargacha) bajarish imkoniyati.
Sanab o‘tilgan talablarga siklik mashqlar: yurish, yugurish va x.k. ko‘p jihatdan mos keladi.
Ko‘pchilik siklik mashqlarni bajarish texnikasi deyarli hamma kishilar uchun oson va yengil.
Ularni bajarishda deyarli hamma skelet mushaklari baravar ishtirok etadi va organizmning
yetakchi funksional tizimlari faollashadi. Lekin siklik mashqlarning eng asosiysi - bu yuklama
shiddati va davomiyligini muayyan kishining salomatlik holati va jismoniy tayyorgarligi
darajasiga qat’iy muvofiq holda me’yorlash imkoniyatidir.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Siklik mashqlar yordamida erishilgan umumiy chidamlilikning rivojlanishidagi ijobiy
o‘zgarishlar tuzilishiga ko‘ra har xil bo‘lgan harakatlardan ish qobiliyatiga yaxshi ta’sir
ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, kichik va katta fiziologik shiddat zonalarida bajariladigan
mashqlarda chidamlilikning yuqori darajada ko‘chishi kuzatiladi.
Sport va harakatli o‘yinlar, ayniqsa, bolalik hamda o‘smirlik yoshida chidamlilikni (umumiy,
tezlik- kuch) kompleks rivojlantirish uchun ancha qo‘l keladi. Shu bilan birga, shuni ta’kidlash
joizki, mashg‘ulot yuklamalarini qat’iy me’yorlash, boshqarish va hisobga olish imkoniyatining
yo‘qligi ularning muhim kamchiligi hisoblanadi.
Umumiy chidamlilikni rivojlantirishda keltirilgan talablarga javob beradigan asiklik mashqlar
yordamida ham katta samaraga erishish mumkin. Odatda ularning samaradorligi nafaqat
qandaydir alohida mashqning bajarilishi bilan, balki turli mashqlarni ko‘p marta takrorlash orqali
ta’minlanadi. Shuning evaziga yetakchi funksional tizimlarga zarur darajada ta’sir ko‘rsatishga
erishiladi.
Chidamlilikni kompleks rivojlantirish uchun yordamchi vosita sifatida nafas olish mashqlarini
qo‘llash maqsadga muvofiq: nafas olish tezligi, chuqurligi va maromini boshqargan holda
o‘zgartirish; o‘pka giperventilyatsiyasi va me’yorlangan nafasni ushlab turish; nafas olishni
harakat fazalari bilan sinxronlashtirish; har xil tipdagi: og‘izdan va burundan, ko‘krakdan va
qorindan nafas olishni tanlab qo‘llash. Chidamlilikni rivojlantirish uchun tashqi muhit omillari -
havo harorati, nisbiy namlik, ultrabinafsha nurlar, atmosfera bosimi va boshqalardan maqsadli
foydalanish mashqlarning samaradorligini oshirishga imkon beradi. Iqlim sharoitlarining har
qanday o‘zgarishi organizmda fiziologik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bunda organizmning
aynan har qanday iqlim sharoitiga moslashishi muhim emas. Ob-havo - iqlim sharoitlari
o‘zgarishiga moslashish natijasida vegetativ asab tizimining reaktivligi oshadi, nafas olish va qon
aylanish tezlashadi, oksidlanish- tiklanish jarayonlari kuchayadi va natijada chidamlilik ortadi.
Atrof-muhit omillari orasida tog‘ iqlimi chidamlilikning rivojlanishiga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.
Bu uning bir qator o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq: past atmosfera bosimi, kislorodning past
parsial bosimi; ultrabinafsha nurlanishning yuqori faolligi va h.k.Chidamlilikni rivojlantirishga
qaratilgan mashg‘ulotlarni dengiz sathidan 1500 dan 2500 m gacha balandlikda o‘tkazish
maqsadga muvofiqdir.
Umumiy chidamlilikni rivojlantirish usuliyati. Umumiy chidamlilikni rivojlantirish jarayonida
uning namoyon bo‘lishini cheklovchiomillarga nisbatan mashg‘ulot ta’sirini ta’minlash zarur. Bu
quyidagi vazifalarni ketma-ket hal qilishni taqozo etadi:
-
aerob energiya ta’minoti funksional tizimlari shiddatini rivojlantirish. Kislorodning maksimal
iste’mol qilinishi (KMIQ)umumlashtirilgan ko‘rsatkich hisoblanadi;
-
energiya ta’minotining aerob manbai sig‘imini rivojlantirish. Insonning ma’lum bir ishni
ushbu ish uchun maksimal kislorod iste’mol qilish darajasida imkon qadar uzoqroq bajarish
qobiliyati bilan tavsiflanadi;
-
aerob energiya ta’minotining funksional tizimlari harakatchanligini takomillashtirish;
-
funksional va texnik tejamkorlikni yaxshilash. Standart ish birligi uchun energiya
sarflanishining kamayishi bilan tavsiflanadi;
-
organizmning bufer tizimlari quvvati va sig‘imini hamda uni ro‘yobga chiqarish
imkoniyatlarini oshirish. Insonning organizm ichki muhitidagi o‘zgarishlarni ko‘tarish qobiliyati
bilan tavsiflanadi (tananing yoshga xos harorati, sut kislotasining to‘planishi, tananing alohida
bo‘g‘inlaridagi og‘irliklar va h.k.).
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar qat’iy tartiblashtirilgan va musobaqa mashqlari uslublari yordamida
samarali hal etilishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Sirojev,
S.
(2025).
KURASHCHILARDA
JISMONIY
SIFATLARNI
RIVOJLANTIRISH. ИКРО журнал, 14(02), 718-720.
2.Shoxrux, S. (2025). VOLEYBOLDA TAKTIK TAYYORGARLIK. PEDAGOGIK
TADQIQOTLAR JURNALI, 3(1), 280-284.
3.Sirojev, S. (2024). YUGURISH TURLARI VA QISQA MASOFAGA YUGURISH
TEXNIKASI. Международный журнал научных исследователей, 9(1), 251-256.
4.Shoxrux,S.(2025).
VOLEYBOLDA
TAKTIK
TAYYORGARLIK.
PEDAGOGIK
TADQIQOTLAR JURNALI, 3(1), 280-284.
5. Sirojev, S. (2025). VOLEYBOL O'RGANISH USULLARI VA METODLARI. PEDAGOGIK
TADQIQOTLAR JURNALI, 2(2), 304-308.
